|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.11.1997
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKINVEST” MILLIY SUGʻURTA KOMPANIYASINING USTAV FONDI MIQDORINI KOʻPAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-noyabrdagi 524-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hsoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasining ichki va xalqaro sugʻurta bozorlaridagi faoliyatini kuchaytirish, moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida, shuningdek uning Markaziy Osiyo mintaqasida nufuzli moliya muassasasi sifatida tan olinganligini nazarda tutib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi Direktorlar kengashining kompaniya ustav fondini oʻz daromadlari hisobiga koʻpaytirish va uni milliy valyutada 50 mln soʻmgacha yetkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
3-bandining birinchi xatboshida va “Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi Ustavining 12-bandida “10 (oʻn) milliard milliy valyuta miqdorida” soʻzlari “50 million soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi Ustavining 12-bandi oxirgi gapdagi “respublika Hukumati” soʻzlaridan oldin “kompaniya Direktorlar kengashi taqdimi asosida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 27-sentabr,
376-son