O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslar uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kuyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan ta’minlash me’yorlari 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan ta’minlash me’yorlari 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan homilador va emizikli ayollarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan ta’minlash me’yorlari 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davolash muassasalarida, jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot bo‘limlarida statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarni oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak (buyum) bilan ta’minlash me’yorlari 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarini sovun va yuvish vositalari bilan ta’minlash me’yorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlarni hamda tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida qamoqda saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat, ashyoviy mol-mulk, sovun va yuvish vositalari bilan ta’minlash me’yorlarining qo‘llanish tartibini, shuningdek, saqlash ta’minoti uchun pul mablag‘lari xarajatlarini belgilash;
mahkumlar uchun kiyim-kechak modelini, ularga kiyim-kechakni berish va ishlatish tartibini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan bemor mahkumlar, shuningdek, tergov hibsxonalarida saqlanayotgan, qamoqqa olingan, shifo bo‘ladigan oziq mahsulotlariga muhtoj shaxslarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini belgilash. Bunda shifo bo‘ladigan oziq mahsulotlarining qo‘shimcha qiymati mazkur qaror bilan tasdiqlangan oziq-ovqat bilan ta’minlash me’yorlarida nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini boshqalari bilan almashtirish me’yorlarini va ularni qo‘llash tartibini belgilash huquqi berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalarida va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslarning kiyim-kechak va yotoq anjomlari avval berilgan kiyim-kechak va yotoq anjomlarining foydalanish muddati tugagandan so‘ng yangilanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-mart,
143-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan ta’minlash
ME’YORLARI
1-son me’yor
jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini
o‘tayotgan mahkumlar uchun

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

500

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

150

3.

2-nav bug‘doy uni

20

4.

Turli xil yormalar (guruchsiz)

90

5.

Guruch

30

6.

Makaron mahsulotlari

20

7.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

80

8.

Parranda go‘shti (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

30

9.

Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

10.

Tuxum (dona)

1

11.

Dukkakli mahsulotlar

20

12.

Hayvon yog‘i yoki margarin

20

13.

O‘simlik yog‘i

50

14.

Shakar

30

15.

Choy

1

16.

Yodlangan osh tuzi

20

17.

Sut (yog‘liligi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan)

95

18.

Kartoshka

550

19.

Dafna yaprog‘i

0,1

20.

Tomat pastasi

3

21.

Quritilgan mevalar (shu jumladan, na’matak — 5gr)

10

22.

Sabzavotlar* jumladan:

401

karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

55

bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

95

piyoz

35

lavlagi va sabzi

85

Qovoq

20

boshqa sabzavotlar (sholg‘om, turp, bulg‘or qalampiri, baqlajon)

106

Ko‘katlar

5

Ushbu me’yor bo‘yicha quyidagilar ta’minlanadi:
umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarda, turmalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar;
tranzit olib ketilayotgan mahkumlar;
etap bo‘lgunga qadar tergov hibsxonalarida saqlanayotgan mahkumlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan tergov hibsxonalariga o‘tkazilgan yoki tergov hibsxonalarida sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan so‘ng qoldirilgan va xo‘jalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar;
manzil-koloniyada intizomiy bo‘linmaga kiritilganligi sababli ishdan ozod qilingan mahkumlar, manzil-koloniyasining korxona, muassasa va tashkiloti mablag‘lari hisobidan, keyinchalik mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish sharti bilan;
manzil-koloniyaga olib kelinmaydigan tashkilotlarda ishga jalb etilgan mahkumlar respublikada favqulodda holat ro‘y berishi yoki sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar sababli ushbu tashkilot (ishlab chiqarish) faoliyati to‘xtaganda, manzil-koloniyaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan.
Voyaga yetmaganlar tarbiya koloniyalarining tarbiyalanuvchilari oziq-ovqat bilan ta’minlash me’yorlari bo‘yicha ta’minlanadilar.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini ta’minlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yig‘ib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda go‘sht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yog‘ kabi biologik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos bo‘ladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan ta’minlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
2-son me’yor
mehnat sharoitlari og‘ir va zararli bo‘lgan ishlarda
ishlaydigan mahkumlar uchun

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

550

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

200

3.

2-nav bug‘doy uni

20

4.

Turli xil yormalar (guruchsiz)

110

5.

Guruch

30

6.

Makaron mahsulotlari

40

7.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

120

8.

Parranda go‘shti (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

9.

Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

10.

Tuxum (dona)

1

11.

Dukkakli mahsulotlar

20

12.

Hayvon yog‘i yoki margarin

20

13.

O‘simlik yog‘i

50

14.

Shakar

35

15.

Choy

1,2

16.

Yodlangan osh tuzi

20

17.

Sut (yog‘liligi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan)

95

18.

Kartoshka

550

19.

Dafna yaprog‘i

0,1

20.

Tomat pastasi

3

21.

Quritilgan mevalar (shu jumladan, na’matak — 5gr)

15

22.

Yangi mevalar va rezavorlar** jumladan:

300

olma

250

rezavorlar

50

23.

Sabzavotlar* jumladan:

416

karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

55

bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

95

Piyoz

50

lavlagi va sabzi

85

Qovoq

20

boshqa sabzavotlar (sholg‘om, turp, bulg‘or qalampiri, baqlajon)

106

Ko‘katlar

5

Ushbu me’yor bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan tasdiqlangan namunaviy ro‘yxatga muvofiq mehnat sharoitlari bevosita og‘ir va zararli bo‘lgan ishlarda ishlaydigan mahkumlar ta’minlanadilar.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini ta’minlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yig‘ib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda go‘sht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yog‘ kabi biologik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos bo‘ladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan ta’minlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
3-son me’yor
tergov hibsxonalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalarida va maxsus
qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslar uchun

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

500

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

150

3.

2-nav bug‘doy uni

20

4.

Turli xil yormalar (guruchsiz)

90

5.

Guruch

30

6.

Makaron mahsulotlari

20

7.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

100

8.

Parranda go‘shti (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

9.

Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

10.

Tuxum (dona)

1

11.

Dukkakli mahsulotlar

20

12.

Hayvon yog‘i yoki margarin

20

13.

O‘simlik yog‘i

45

14.

Shakar

30

15.

Choy

1

16.

Yodlangan osh tuzi

20

17.

Sut (yog‘liligi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan)

95

18.

Kartoshka

500

19.

Dafna yaprog‘i

0,1

20.

Tomat pastasi

3

21.

Quritilgan mevalar (shu jumladan, na’matak — 5gr)

10

22.

Sabzavotlar* jumladan:

416

karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

55

bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

95

piyoz

35

lavlagi va sabzi

85

qovoq

20

boshqa sabzavotlar (sholg‘om, turp, bulg‘or qalampiri, baqlajon)

121

ko‘katlar

5

Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu me’yor bilan reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan, shu jumladan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari qarorlariga asosan joylashtirilgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, apellyatsiya shikoyatlarining ko‘rib chiqilishini va sud hukmining qonuniy kuchga kirishini kutayotgan shaxslar ta’minlanadi.
(izohning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son)
Voyaga yetmaganlar tarbiyalash koloniyalarining tarbiyalanuvchilari oziq-ovqat bilan ta’minlash me’yorlari bo‘yicha ta’minlanadilar.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini ta’minlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yig‘ib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda go‘sht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yog‘ kabi biologik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning tergov harakati yoki sud majlisidagi ishtirokini ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan konvoy harakati davomida tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalari tomonidan ushbu muassasalarning ichki tartib qoidalarida belgilangan vaqtda konvoy qilinayotgan shaxslarni ovqatlantirish uchun konvoy xizmatlariga ushbu me’yor bo‘yicha tayyorlangan oziq-ovqat ajratiladi.
Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar haq to‘lanadigan mehnatga jalb etilgan taqdirda, maxsus qabulxonaning ichki tartib qoidalarida ovqatlantirish belgilangan vaqtda maxsus qabulxona tomonidan ushbu me’yor bo‘yicha haq to‘lanadigan mehnatga jalb etilgan shaxslarni mehnat qilayotgan joyida ovqatlanishlari ta’minlanadi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan ta’minlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
4-son me’yor
voyaga yetmagan mahkum(a)lar uchun

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

350

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

250

3.

2-nav bug‘doy uni

5

4.

Turli xil yormalar (guruchsiz)

50

5.

Guruch

30

6.

Makaron mahsulotlari

40

7.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

120

8.

Parranda go‘shti (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

9.

Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

10.

Tuxum (dona)

1,5

11.

Dukkakli mahsulotlar

10

12.

Hayvon yog‘i yoki margarin

20

13.

O‘simlik yog‘i

30

14.

Sariyog‘

20

15.

Sut (yog‘liligi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan)

250

16.

Shakar

50

17.

Choy

1

18.

Yodlangan osh tuzi

10

19.

Kartoshka

400

20.

Kartoshka kraxmali

1

21.

Quritilgan mevalar (shu jumladan, na’matak — 5gr)

20

22.

Yangi mevalar va rezavorlar* jumladan:

300

olma

250

rezavorlar

50

23.

Dafna yaprog‘i

0,1

24.

Tomat pastasi

3

25.

Sabzavotlar* jumladan:

319

karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

55

bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

65

piyoz

50

lavlagi va sabzi

65

qovoq

20

boshqa sabzavotlar (sholg‘om, turp, bulg‘or qalampiri, baqlajon)

59

ko‘katlar

5

Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini ta’minlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yig‘ib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda go‘sht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yog‘ kabi biologik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos bo‘ladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan ta’minlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
5-son — me’yor
yo‘lda bo‘lgan davrida oziq-ovqat ta’minoti
“A” — me’yor
mahkumlar uchun

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi*

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

1000

2.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

320

yoki yarim dudlangan kolbasa

190

yoki dukkakli mahsulotlar

izohga muvofiq**

yoki tuxum

yoki brinza

3.

Shakar

30

4.

Yodlangan osh tuzi

10

5.

Choy

1

“B” — me’yor
voyaga yetmagan mahkumlar uchun

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi*

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

400

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

400

3.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

380

yoki yarim dudlangan kolbasa

237

yoki dukkakli mahsulotlar

izohga muvofiq**

yoki tuxum

4.

Shakar

50

5.

Pishloq yoki brinza

60

6.

Yodlangan osh tuzi

15

7.

Choy

1

Oldingi tahrirga qarang.
Tergov hibsxonalarida saqlanayotgan qamoqqa olingan shaxslar bir tergov hibsxonasidan boshqasiga etap qilinayotgan vaqtda ushbu me’yordagi oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
* Tayyorlashni talab qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari pishirilgan holda beriladi.
** Ushbu oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash oziq-ovqat mahsulotlarining o‘zaro almashishini hisoblashga muvofiq ekvivalent miqdorda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan ta’minlash
ME’YORLARI
1-son me’yor
erkak mahkumlarning kiyim-kechaklari (buyumlari)

T/r

Buyumning nomi

Miqdori

(bir kishi uchun)

Xizmat qilish muddati

1.

Qishki bosh kiyimi (quloqchinli telpak)

1 dona

3 yil

2.

Yozgi bosh kiyimi

1 dona

1 yil

3.

Qishki kurtka (sintefonli) (paxtali yarim palto)

1 dona

3 yil

4.

Paxtali matodan kostum*

2 to‘plam

2 yil

5.

Paxtali matodan shim*

1 dona

1 yil

6.

Paxtali matodan ustki ko‘ylak*

2 dona

2 yil

7.

Ichki kiyim (qishki)** (ichki ko‘ylak va ichki ishton)

2 to‘plam

2 yil

8.

Mayka

2 dona

1 yil

9.

Trusik

2 dona

1 yil

10.

Qishki qo‘lqop (paxtali qo‘lqop)

1 juft

1 yil

11.

Charm botinka (rezinali tagcharmdagi charm botinka)

1 juft

3 yil

12.

Charm tufli

1 juft

2 yil

13.

Shippak

1 juft

2 yil

14.

Paxtali matodan paypoq*

6 juft

1 yil

Ushbu me’yor bo‘yicha tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish koloniyalarida xo‘jalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar ham ta’minlanadi.
Tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan, mavsumiy kiyimlari bo‘lmagan, shuningdek kiyim-kechagida zararkunandalar mavjud bo‘lgan shaxslar ushbu me’yor bo‘yicha kiyim-kechak bilan ta’minlanadi.
Buyumlarni ta’mirlash uchun sarflanadigan mahsulotlar ehtiyojdan kelib chiqqan holda respublika budjeti hisobidan beriladi.
* 50 foizdan kam bo‘lmagan paxta tolasidan to‘qilgan mato ishlatilishi mumkin.
** Ichki kiyim (qishki) o‘rniga mayka va trusik berishga ruxsat etiladi.
2-son me’yor
ayol mahkumalarning kiyim-kechaklari (buyumlari)

T/r

Buyumning nomi

Miqdori

(bir kishi uchun)

Xizmat qilish muddati

1.

Yarim junli matodan ro‘mol

1 dona

2 yil

2.

Durracha (paxtali uchburchak ro‘mol)

2 dona

2 yil

3.

Qishki kurtka (sintefonli) (paxtali yarim palto)

1 dona

3 yil

4.

Paxtali matodan kuzgi-bahorgi kurtka (astarli)*

1 dona

2 yil

5.

Paxtali matodan yozgi ko‘ylak kostum (sarafan)*

1 dona

2 yil

6.

Paxtali matodan ko‘ylak*

1 dona

1 yil

7.

Paxtali matodan bluza*

2 dona

2 yil

8.

Paxtali matodan xalat*

1 dona

1 yil

9.

Ichki ko‘ylak

2 dona

1 yil

10.

Mayka

2 dona

1 yil

11.

Trusik

4 dona

1 yil

12.

Siynaband

2 dona

1 yil

13.

Paxtali matodan paypoq

8 juft

1 yil

14.

Gamash

2 juft

1 yil

15.

Qishki qo‘lqop

1 juft

1 yil

16.

Charm botinka (rezinali tagcharmdagi charm botinka)

1 juft

2 yil

17.

Charm tufli

1 juft

2 yil

18.

Shippak

1 juft

2 yil

Ushbu me’yor bo‘yicha tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalarida xo‘jalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumalar ham ta’minlanadi.
Tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan, mavsumiy kiyimlari bo‘lmagan, shuningdek kiyim-kechagida zararkunandalar mavjud bo‘lgan shaxslar ushbu me’yor bo‘yicha kiyim-kechak bilan ta’minlanadi.
Jazoni ijro etish koloniyalari, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan ayollarga bir oyda 10 dona ayollar uchun gigiyenik vosita (prokladkalar yoki tamponlar) beriladi.
Buyumlarni ta’mirlash uchun sarflanadigan mahsulotlar ehtiyojdan kelib chiqqan holda respublika budjeti hisobidan beriladi.
* 50 foizdan kam bo‘lmagan paxta tolasidan to‘qilgan mato ishlatilishi mumkin.
3-son me’yor
voyaga yetmagan mahkum(a)larning kiyim-kechaklari (buyumlari)
“A” — me’yor erkaklar uchun

T/r

Buyumning nomi

Miqdori

(bir kishi uchun)

Xizmat qilish muddati

1.

Qishki bosh kiyimi (quloqchinli shapka)

1 dona

3 yil

2.

Yozgi bosh kiyim

1 dona

1 yil

3.

Qishki kurtka (sintefonli) (paxtali kurtka)

1 dona

3 yil

4.

Paxtali matodan kostum*

2 to‘plam

2 yil

5.

Maktab uchun kostum

1 to‘plam

2 yil

6.

Paxtali matodan maktab uchun oq ko‘ylak* (ip-gazlamali ustki ko‘ylak)

1 dona

2 yil

7.

Galstuk

1 dona

2 yil

8.

Paxtali matodan shim*

1 dona

1 yil

9.

Paxtali matodan ko‘ylak*

2 dona

2 yil

10.

Ichki kiyim (qishki)** (ichki ko‘ylak va ichki ishton)

2 juft

2 yil

11.

Mayka

2 dona

1 yil

12.

Trusik

2 dona

1 yil

13.

Paxtali matodan paypoq*

6 juft

1 yil

14.

Qishki qo‘lqop (yarim junli qo‘lqop yoki varejkalar)

1 juft

1 yil

15.

Charm botinka

1 juft

2 yil

16.

Charm tufli

1 juft

1 yil

17.

Sport uchun oyoq kiyimi (sport uchun tufli)

1 juft

2 yil

18.

Shippak

1 juft

2 yil

“B” — me’yor ayollar uchun

T/r

Buyumning nomi

Miqdori

(bir kishi uchun)

Xizmat qilish muddati

1.

Yarim junli matodan ro‘mol

1 dona

2 yil

2.

Durracha (ip-gazlamali uchburchak ro‘mol)

2 dona

2 yil

3.

Qishki kurtka (sintefonli) (paxtalik yarim palto)

1 dona

3 yil

4.

Paxtali matodan kuzgi-bahorgi kurtka (astarli)*

1 dona

2 yil

5.

Paxtali matodan yozgi ko‘ylak kostum (sarafan)*

1 dona

2 yil

6.

Maktab uchun kostum

1 to‘plam

2 yil

7.

Paxtali matodan maktab uchun oq ko‘ylak* (paxtali matodan ko‘ylak)

1 dona

2 yil

8.

Galstuk

1 dona

2 yil

9.

Paxtali matodan yubka*

1 dona

1 yil

10.

Paxtali matodan ko‘ylak*

2 dona

2 yil

11.

Paxtali matodan bluza*

2 dona

2 yil

12.

Paxtali matodan xalat*

1 dona

1 yil

13.

Ichki ko‘ylak

2 dona

1 yil

14.

Mayka

2 dona

1 yil

15.

Trusik

2 dona

1 yil

16.

Siynaband

2 dona

1 yil

17.

Paxtali matodan paypoq*

8 juft

1 yil

18.

Gamash

2 juft

1 yil

19.

Qishki qo‘lqop (yarim junli qo‘lqop yoki varejkalar)

1 juft

1 yil

20.

Charm botinka (rezinali tagcharmdagi charmbotinka)

1 juft

2 yil

21.

Charm tufli

1 juft

2 yil

22.

Sport uchun oyoq kiyimi (sport uchun tufli)

1 juft

2 yil

23.

Shippak

1 juft

2 yil

Ushbu me’yor bo‘yicha tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish koloniyalarida xo‘jalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumalar ham ta’minlanadi.
Tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan, mavsumiy kiyimlari bo‘lmagan, shuningdek kiyim-kechagida zararkunandalar mavjud bo‘lgan shaxslar ushbu me’yor bo‘yicha kiyim-kechak bilan ta’minlanadi.
Jazoni ijro etish koloniyalari, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan ayollarga bir oyda 10 dona ayollar uchun gigiyenik vosita (prokladkalar yoki tamponlar) beriladi.
Buyumlarni ta’mirlash uchun sarflanadigan mahsulotlar ehtiyojdan kelib chiqqan holda respublika budjeti hisobidan beriladi.
* 50 foizdan kam bo‘lmagan paxta tolasidan to‘qilgan mato ishlatilishi mumkin.
** Ichki kiyim (qishki) o‘rniga mayka va trusik berishga ruxsat etiladi.
4-son me’yor
tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlab turilgan shaxslar, shuningdek, jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning o‘rin-to‘shak bilan ta’minlash*

T/r

Buyumning nomi

Miqdori

(bir kishi uchun)

Xizmat qilish muddati

1.

Adyol (yarim junli ko‘rpa)

1 dona

3 yil

2.

Paxtali matras

1 dona

4 yil

3.

Paxtali yostiq

1 dona

4 yil

4.

Choyshab

3 dona

2 yil

5.

Yostiq jildi

2 dona

2 yil

6.

Sochiq

2 dona

1 yil

7.

Gigiyena ehtiyojlari uchun sochiq (ayol shaxslarga beriladi)

1 dona

1 yil

8.

Hojatxona qog‘ozi**

1 o‘ram (30±1m)

1 oy

* Inventar foydalanish uchun beriladi.
5-son me’yor
tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari oshxonasi, non pishirish sexida ishlaydigan mahkumlarni maxsus kiyim bilan ta’minlash

T/r

Materialning nomi

Miqdori

(bir kishi uchun)

Xizmat qilish muddati

1.

Bosh kiyim, oq rangli

2 dona

1 yil

2.

Kostum oq rangli (shimli)

2 to‘plam

1 yil

3.

Kalish

1 juft

1 yil

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan homilador va emizikli ayollarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan ta’minlash
ME’YORLARI
1-son me’yor
tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan homilador va emizikli ayollar uchun oziq-ovqat mahsulotlari

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

200

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

300

3.

2-nav bug‘doy uni

20

4.

Turli xil yormalar (guruchsiz)

100

5.

Guruch

30

6.

Makaron mahsulotlari

20

7.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

125

8.

Parranda go‘shti (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

9.

Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

10.

Tuxum (dona)

2

11.

Dukkakli mahsulotlar

20

12.

Hayvon yog‘i yoki margarin

10

13.

O‘simlik yog‘i

40

14.

Sariyog‘

40

15.

Sut (yog‘liligi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan)

500

16.

Tvorog

50

17.

Shakar

60

18.

Choy

1

19.

Yodlangan osh tuzi

10

20.

Dafna yaprog‘i

0,1

21.

Yangi mevalar*

240

olma

200

rezavorlar

40

22.

Tomat pastasi

3

23.

Kartoshka kraxmali

1

24.

Kartoshka

450

25.

Quritilgan mevalar (shu jumladan, na’matak — 5gr)

15

26.

Sabzavotlar* jumladan:

327

karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

40

bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

80

piyoz

60

lavlagi va sabzi

80

qovoq

20

boshqa sabzavotlar (sholg‘om, turp, bulg‘or qalampiri, baqlajon)

42

ko‘katlar

5

Ushbu me’yor bo‘yicha tug‘ishiga to‘rt oy qolgan homilador va farzandi to‘qqiz oylik bo‘lguniga qadar emizikli ayollar (shifokorning xulosasiga asosan) ta’minlanadi.
Tergov hibsxonalarida, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida onalari bilan birga hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi bolalar uylarida saqlanayotgan bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar uylari uchun belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari me’yorlari bo‘yicha ta’minlanadi.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini ta’minlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yig‘ib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda go‘sht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yog‘ kabi biologik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos bo‘ladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan ta’minlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
2-son me’yor
jazoni ijro etish muassasalarining tug‘ruq bo‘limida saqlanayotgan ayol mahkumalarning kiyim-kechak (buyum) va yotoq anjomlari

T/r

Buyumning nomi

Miqdori

(bir kishi uchun)

Xizmat qilish muddati

1.

Ayollar ko‘ylagi*

4 dona

3 yil

2.

Siynaband

2 dona

2 yil

3.

Issiq xalat*

1 dona

10 yil

4.

Paxtali matodan paypoq**

1 juft

1 yil

5.

Gamash

1 juft

1 yil

6.

Choyshab*

4 dona

3 yil

7.

Adyol uchun jild*

4 dona

3 yil

8.

Yostiq jildi*

8 dona

3 yil

9.

Tagliklar

14 dona

3 yil

10.

Sochiq

4 dona

3 yil

11.

Bolalar oldi ochiq ko‘ylakchalari

8 dona

2 yil

12.

Yo‘rgaklar*

40 dona

3 yil

13.

Bolalar choyshabi*

4 dona

3 yil

14.

Bolalar yostiq jildi*

8 dona

3 yil

15.

Tug‘ruq xonalari uchun choyshablar

2 dona

2 yil

16.

Adyol* (yarim junli adyol)

2 dona

5 yil

17.

Paxtali matras*

1 dona

4 yil

18.

Paxtali yostiq*

2 dona

10 yil

19.

Bolalar uchun matras*

1 dona

5 yil

20.

Bolalar uchun sintefonli adyol* (bolalar uchun yarim junli adyol)

1 dona

5 yil

21.

Shippak*

1 juft

1 yil

* Inventar foydalanish uchun beriladi.
** 50 foizdan kam bo‘lmagan paxta tolasidan to‘qilgan mato ishlatilishi mumkin.
3-son me’yor
homilador va emizikli ayollarning kiyim-kechaklari (buyumlari)

T/r

Buyumning nomi

Miqdori

(bir kishi uchun)

Xizmat qilish muddati

1.

Ayollar ko‘ylagi

3 dona

1 yil

2.

Siynaband

4 dona

1 yil

3.

Trusik

4 dona

1 yil

4.

Issiq xalat*

3 dona

2 yil

5.

Paxtali matodan paypoq** (junli paypoq)

8 juft

1 yil

6.

Choyshab*

3 dona

2 yil

7.

Adyol uchun jild*

3 dona

2 yil

8.

Yostiq usti jildi*

3 dona

2 yil

9.

Durracha (uchburchak ro‘mol)

3 dona

2 yil

10.

Dastro‘mol

5 dona

2 yil

11.

Sochiq

4 dona

1 yil

12.

Hammom uchun sochiq*

2 dona

1 yil

13.

Paxtali matras*

1 dona

5 yil

14.

Paxtali yostiq*

1 dona

10 yil

15.

Adyol* (yarim junli adyol)

1 dona

5 yil

16.

Peshband*

1 dona

1 yil

17.

Shippak*

1 juft

1 yil

18.

Stol usti kleyonkasi*

0,3 metr

1 yil

Onalari bilan birga jazoni ijro etish muassasalaridagi bolalar uylarida saqlanayotgan bolalar kiyim-kechak, poyabzal va boshqa buyumlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar uylari uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha ta’minlanadi.
* Inventar foydalanish uchun beriladi.
** 50 foizdan kam bo‘lmagan paxta tolasidan to‘qilgan mato ishlatilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davolash muassasalarida, jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot bo‘limlarida statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarni oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak (buyum) bilan ta’minlash
ME’YORLARI
1-son me’yor
davolash muassasalarida, jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarining tibbiyot bo‘limlarida statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
“A” — me’yor (umumiy)

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

250

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

250

3.

2-nav bug‘doy uni

20

4.

Turli xil yormalar (guruchsiz)

40

5.

Guruch

30

6.

Makaron mahsulotlari

20

7.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

100

8.

Parranda go‘shti (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

9.

Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

10.

Tuxum (dona)

1

11.

Dukkakli mahsulotlar

20

12.

Hayvon yog‘i yoki margarin

15

13.

O‘simlik yog‘i

30

14.

Sariyog‘

20

15.

Sut (yog‘liligi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan)

250

16.

Shakar

40

17.

Choy

1

18.

Yodlangan osh tuzi

10

19.

Dafna yaprog‘i

0,1

20.

Tomat pastasi

3

21.

Kartoshka kraxmali

1

22.

Kartoshka

450

23.

Quritilgan mevalar (shu jumladan, na’matak — 5gr)

15

24.

Sabzavotlar* jumladan:

416

karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

55

bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

95

piyoz

50

lavlagi va sabzi

85

qovoq

20

boshqa sabzavotlar (sholg‘om, turp, bulg‘or qalampiri, baqlajon)

106

ko‘katlar

5

Ushbu me’yor bo‘yicha manzil-koloniyada kasalligi bo‘yicha (tibbiy ko‘rsatkichlarga va tibbiy xulosaga asosan) ishdan ozod qilingan mahkumlar manzil-koloniyaning korxona, muassasa va tashkiloti mablag‘lari hisobidan keyinchalik mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish sharti bilan ta’minlanadi.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini ta’minlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yig‘ib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda go‘sht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yog‘ kabi biologik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos bo‘ladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan ta’minlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
“B” — me’yor
distrofiya, avitaminoz, I va II guruh nogironligi, sil, oshqozon yarasi, yomon sifatli hosila, o‘sma hamda ruhiy kasalliklar bilan dispanser hisobiga olingan bemorlarning oziq-ovqat mahsulotlari

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

200

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

250

3.

2-nav bug‘doy uni

20

4.

Turli xil yormalar (guruchsiz)

40

5.

Guruch

30

6.

Makaron mahsulotlari

30

7.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

150

8.

Parranda go‘shti (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

9.

Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

10.

Tuxum (dona)

1,5

11.

Dukkakli mahsulotlar

20

12.

Hayvon yog‘i yoki margarin

10

13.

O‘simlik yog‘i

30

14.

Sariyog‘

40

15.

Sut (yog‘liligi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan)

500

16.

Tvorog

50

17.

Shakar

45

18.

Choy

1

19.

Yodlangan osh tuzi

10

20.

Dafna yaprog‘i

0,1

21.

Tomat pastasi

3

22.

Kartoshka kraxmali

1

23.

Kartoshka

450

24.

Quritilgan mevalar (shu jumladan, na’matak — 5gr)

15

25.

Sabzavotlar* jumladan:

401

karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

55

bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

95

piyoz

60

lavlagi va sabzi

90

qovoq

20

boshqa sabzavotlar (sholg‘om, turp, bulg‘or qalampiri, baqlajon)

76

ko‘katlar

5

26.

Asal

10

27.

Yangi mevalar va rezavorlar* jumladan:

140

olma

100

rezavorlar

40

Ushbu me’yor bo‘yicha tergov hibsxonalari yoki jazoni ijro etish muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha distrofiya, avitaminoz, I va II-guruh nogironligi, sil, oshqozon yarasi, yomon sifatli hosila, o‘sma, koronavirus infeksiyalari, o‘tkir infeksion hamda ruhiy kasalliklar bilan dispanser hisobiga olinib, ambulator yoki statsionar davolanayotgan bemorlar ta’minlanadi.
Silning faol shakli bilan kasallanganlar qamoqda saqlanayotgan davr yoki jazo muddatini o‘tash davri mobaynida to‘liq ushbu me’yor bo‘yicha ta’minlanadi. Shuningdek, tibbiy ko‘rsatkichlar va tibbiy xulosaga asosan boshqa surunkali kasalliklar bilan dispanser ro‘yxatiga olingan shaxslar saqlash joyidan qat’i nazar, ushbu me’yor bilan to‘liq ta’minlanadi.
Shu bilan birga, ushbu me’yor bo‘yicha manzil-koloniyada kasalligi bo‘yicha (tibbiy ko‘rsatkichlarga va tibbiy xulosaga asosan) ishdan ozod qilingan mahkumlar, manzil-koloniyaning korxona, muassasa va tashkiloti mablag‘lari hisobidan keyinchalik mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish sharti bilan ta’minlanadi.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini ta’minlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yig‘ib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda go‘sht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yog‘ kabi biologik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos bo‘ladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan ta’minlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
“V” — me’yor
statsionar davolashda va sog‘lomlashtirish guruhlarida bo‘lgan voyaga yetmagan bemorlarning oziq-ovqat mahsulotlari

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

250

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

300

3.

2-nav bug‘doy uni

20

4.

Turli xil yormalar (guruchsiz)

40

5.

Guruch

30

6.

Makaron mahsulotlari

35

7.

Go‘sht (mol, qo‘y go‘shti va boshqalar)

125

8.

Parranda go‘shti (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

9.

Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

10.

Tuxum (dona)

1,5

11.

Dukkakli mahsulotlar

20

12.

Hayvon yog‘i yoki margarin

10

13.

O‘simlik yog‘i

30

14.

Sariyog‘

30

15.

Sut (yog‘liligi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan)

300

16.

Tvorog

30

17.

Shakar

45

18.

Choy

1

19.

Yodlangan osh tuzi

10

20.

Dafna yaprog‘i

0,1

21.

Tomat pastasi

3

22.

Kartoshka kraxmali

1

23.

Kartoshka

450

24.

Quritilgan mevalar (shu jumladan, na’matak — 5gr)

20

25.

Yangi mevalar va rezavorlar* jumladan:

240

olma

200

rezavorlar

40

26.

Sabzavotlar* jumladan:

339

karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

55

bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

65

piyoz

60

lavlagi va sabzi

65

qovoq

20

boshqa sabzavotlar (sholg‘om, turp, bulg‘or qalampiri, baqlajon)

69

ko‘katlar

5

Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini ta’minlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yig‘ib berilishiga ruxsat beriladi. Taomnomani tuzishda go‘sht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yog‘ kabi biologik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos bo‘ladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan ta’minlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
“G” — me’yor
OITV infeksiyasi va OITS kasalligiga chalinganlarning oziq-ovqat mahsulotlari

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining nomi

Bir kishi uchun sutkalik miqdor (gramm)

1.

1-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

500

2.

2-nav undan tayyorlangan bug‘doy noni

200

3.

2-nav bug‘doy uni

20

4.

Turli xil yormalar (guruchsiz)

40

5.

Guruch

30

6.

Makaron mahsulotlari

100

7.

Baliq (ichak-chavoqlaridan tozalangan)

35

8.

Tuxum (dona)

2

9.

Dukkakli mahsulotlar

40

10.

O‘simlik yog‘i

40

11.

Sariyog‘

40

12.

Sut (yog‘liligi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan)

300

13.

Tvorog

100

14.

Shakar

45

15.

Choy

2

16.

Yodlangan osh tuzi

6

17.

Tomat pastasi

3

18.

Kartoshka kraxmali

10

19.

Kartoshka

400

20.

Sabzavotlar* jumladan:

401

karam (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

55

bodring va pomidor (yangi uzilgan yoki tuzlangan)

95

piyoz

40

lavlagi va sabzi

95

boshqa sabzavotlar (sholg‘om, turp, bulg‘or qalampiri, baqlajon)

81

ko‘k piyoz

15

petrushka, ukrop, selderey (ko‘katlar)

20

21.

Yangi mevalar*

200

22.

Quritilgan mevalar (shu jumladan, na’matak — 5gr)

30

23.

Ko‘k no‘xat (konservalangan)

20

24.

Sharbatlar

100

25.

Qandolat mahsulotlari

100

26.

Parranda go‘shti (ichak- chavoqlaridan tozalangan)

200

27.

Pishloq

20

28.

Kefir (qatiq)

200

29.

Asal

10

30.

Qahva yoki kakao

1

31.

Xamirturush

1

32.

Ziravorlar

1

Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan dispanser hisobiga olingan OITV infeksiyasi va OITS kasalligiga chalingan bemorlar saqlanish joyidan qat’i nazar, ushbu me’yor bo‘yicha to‘liq ta’minlanadi.
Shu bilan birga, ushbu me’yor bo‘yicha manzil-koloniyada kasalligi bo‘yicha (tibbiy ko‘rsatkichlarga va tibbiy xulosaga asosan) ishdan ozod qilingan mahkumlar, manzil-koloniyaning korxona, muassasa va tashkiloti mablag‘lari hisobidan keyinchalik mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish sharti bilan ta’minlanadi.
Organizmning energiyaga va oziqa moddalariga fiziologik ehtiyojini ta’minlash uchun taomnoma 7 kunga tuziladi. Taomnomani tuzishda bir turdagi mahsulot miqdorini haftaning qaysidir kuni yoki kunlariga yig‘ib berilishiga ruxsat etiladi. Taomnomani tuzishda go‘sht, turli xil yormalar, non, shakar, tuz va yog‘ kabi biologik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar har kuni ishlatilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanishi uchun muassasada mahsulotlarni olib kirish kunidagi maxsus kontingentning amaldagi soni asos bo‘ladi.
* Mevalar va rezavorlar hamda sabzavotlar bilan ta’minlash ularning yetishtirilishi yoki pishish mavsumiga qarab amalga oshiriladi.
2-son me’yor
davolash muassasalarida, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot bo‘limlarida statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarning kiyim-kechaklari (buyumlari)

T/r

Buyumning nomi

1 kishiga

Xizmat qilish muddati

1.

Kasalxona kostumi (erkaklarga beriladi)
(ichki ko‘ylak va ichki ishton)

2 to‘plam

1 yil

2.

Kasalxona ko‘ylagi (ayollarga beriladi)
(ip-gazlamali ichki ko‘ylak va ichki pantalon)

2 dona

1 yil

3.

Kasalxona xalati* (ip-gazlamali xalat)

1 dona

3 yil

4.

Paxtali matodan paypoq**

2 juft

1 yil

5.

Gamash (ayollarga beriladi)

2 juft

1 yil

6.

Adyol* (yarim junli adyol)

1 dona

3 yil

7.

Paxtali matras*

1 dona

4 yil

8.

Paxtali yostiq

1 dona

4 yil

9.

Choyshab*,***

2 dona

1 yil

10.

Yostiq jildi*

2 dona

1 yil

11.

Sochiq

2 dona

1 yil

12.

Gigiyena ehtiyojlari uchun sochiq (ayollarga beriladi)

1 dona

1 yil

13.

Shippak*

1 juft

1 yil

Ushbu me’yorga qo‘shimcha ravishda mahkumlarning ro‘yxatdagi soniga nisbatan 5 foiz miqdorda ichki kiyim va o‘rin-to‘shak anjomlari epidemik jamg‘arma uchun beriladi.
* Inventar foydalanish uchun beriladi.
** 50 foizdan kam bo‘lmagan paxta tolasidan to‘qilgan mato ishlatilishi mumkin.
*** Sil, teri kasalliklariga chalinganlarga va operatsiyadan keyingi bemorlar uchun 1 yilga 3 dona choyshab beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarini sovun va yuvish vositalari bilan ta’minlash
ME’YORLARI
Tergov hibsxonalarida saqlab turilgan shaxslar, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlarni hojatxona-yuvinish, sanitariya-gigiyena ehtiyojlari va hammomda yuvinish uchun sovun bilan ta’minlash me’yori

(grammda)

T/r

Shaxslarning toifalari

Miqdori (bir kishiga bir oy uchun)

hojatxona-yuvinish ehtiyojlari va hammomda yuvinish uchun

xo‘jalik sovuni, sanitariya-gigiyena ehtiyoj-lari uchun

Idish yuvish vositasi

xo‘jalik sovuni

atir sovun

1.

Tergov hibsxonasida saqlab turilgan shaxslar va mahkumlarga:

erkaklar

200

ayollar

200

100

2.

Davolash muassasalaridava tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot bo‘limlarida statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarga:

erkaklar

250

ayollar

250

100

3.

Voyaga yetmagan mahkumlarga (barcha ehtiyojlari uchun):

erkaklar

400

50

ayollar

400

50

4.

Og‘ir va zararli mehnat sharoitlari bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan mahkumlarga:

erkaklar

250

ayollar

250

100

5.

Tergov hibsxonalari, jazoniijro etish muassasalari va davolash muassasalarining oshxona ishchilariga

100

6.

Tergov hibsxonalari va jazoniijro etish muassasalarining oshpaz hamdanon kesuvchi bo‘lib ishlaydigan mahkumlariga

150

7.

Sartarosh, dezinfektor bo‘lib ishlaydigan mahkumlargahamda tergov hibsxonalari davolash muassasalariva jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot bo‘limlarida bemorlarga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlardagi mahkumlarga

100

8.

Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan shaxslarga

100

9.

Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida o‘ta zararli va ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan shaxslarga

400

10.

Ovqatlanish-oshxona idishlarini va oshxona buyumlarini yuvish uchun

90

1) Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida oshpaz va non kesuvchi bo‘lib ishlaydigan mahkumlarga yuvinishi uchun qo‘shimcha ravishda ishga kirishidan avval 100 gramm xo‘jalik sovuni beriladi.
2) Me’yorlarda sanitariya-gigiyena ehtiyojlari uchun nazarda tutilgan xo‘jalik sovuni umumiy foydalanish joylariga (ishlab chiqarishda va jazoni ijro etish muassasalari yuvinish joylariga, dushlarga) beriladi.
3) Teriga zararli ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ishlarda ishlaydiganlar uchun sovunga qo‘shimcha ravishda yuvib tashlaydigan va zararsizlantiruvchi vositalar belgilangan me’yorlarga muvofiq bepul beriladi.
Kiyimning ifloslanish va suvning qattiqlik darajasiga qarab, 1 kg quruq kiyim-kechak va yotoq buyumlari uchun sovun va kir yuvish vositalari bilan ta’minlash me’yori
a) kir yuvish kukunidan foydalangan holda yuvish

Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ko‘rinishi

Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ifloslik darajasi

Sintetik kir yuvish kukuni

(gramm)

Aralash kir yuvish kukuni

(gramm)

yumshoq suvda

qattiq suvda

yumshoq suvda

qattiq suvda

Oq

I

27

36

31

40,5

II

30

40

35

45

III

36

48

42

54

IV

45

60

52,5

67,5

Rangli

I

22,5

27

27

31

II

25

30

30

35

III

30

36

36

42

IV

37,5

45

45

52,5

b) sovun va kalsiylangan sodadan foydalangan holda yuvish

Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ko‘rinishi

Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ifloslik darajasi

60 foizli xo‘jalik sovuni

(gramm)

Kalsiylangan soda

(gramm)

60 foizli xo‘jalik sovuni

(gramm)

Kalsiylangan soda

(gramm)

yumshoq suvda

qattiq suvda

Oq

I

19

19

24

24

II

21

21

27

27

III

25

25

32

32

IV

32

32

40

40

Rangli

I

20

3,5

24

5,5

II

22

4

28

6

III

26

5

33

7

IV

33

7

42

9

1) Kiyim-kechak va yotoq buyumlarining ifloslanish darajasi quyidagicha tavsiflanadi:
I daraja — kam ifloslangan kiyim va yotoq buyumlari, kam foydalangan va yangi kiyim-kechaklar;
II daraja — o‘rtacha ifloslangan kiyim-kechak va yotoq buyumlari (dog‘ va yedirilgan joylari bo‘lgan yotoq buyumlari, shaxsiy sochiq va boshqa buyumlar);
III daraja — katta dog‘lari va yedirilgan joylari bo‘lgan juda ifloslangan yotoq buyumlari (oshxona sochiqlari, ko‘p ishlatilgan kiyimlar va boshqa buyumlar);
IV daraja — maishiy va ishlab chiqarishda kir bo‘lgan o‘ta ifloslangan kiyim-kechaklar va buyumlar (maxsus va oshxona kiyim-kechaklari va buyumlari).
2) IV darajali ifloslangan kiyim-kechaklarni va buyumlarni yuvish uchun 1 kg quruq buyumlar uchun sarflanadigan sintetik kir yuvish kukuni me’yorlariga kalsiylangan soda qo‘shiladi:
a) yumshoq suvda — oq kiyim-kechak va yotoq buyumlari uchun 6 gramm va ranglisiga 3 gramm;
b) qattiq suvda — oq kiyim-kechak va yotoq buyumlari uchun 8 gramm va ranglisiga 5 gramm.
3) Kiyim-kechak va yotoq buyumlar qo‘lda yuvilganda, 1 kg quruq buyumlar uchun sovun va yuvish vositalari sarflanishi quyidagilarni tashkil etadi:
60 foizli xo‘jalik sovuni — 20 gramm (yoki 40 foizli — 30 gramm);
kalsiylangan soda — 12 gramm.
4) Xo‘jalik sovuni va kalsiylangan soda sintetik kir yuvish kukuni bo‘lmaganda ishlatiladi.
5) Suvning qattiqlik darajasi joylardagi sanitariya-epidemiologiya laboratoriyalarining tahlil natijalariga ko‘ra tasdiqlanishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vaqtincha saqlash hibsxonalarida va tergov hibsxonalarida saqlab turilgan shaxslarning, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlarning ta’minoti me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 7-iyuldagi 184-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 53-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga ilovaning 41-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 09/21/143/0213-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)