

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5295912" id="onLBC-5295912">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7550"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish;</span></div><div id="LBC7570"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish;</span></div><div id="LBC18933"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5295912" id="onLS-5295912">[<b>TSZ:</b><div id="LS3809"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;</span></div><div id="LS3810"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5296920" id="-5296920">Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5296922" id="-5296922">Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-5296926" id="-5296926">Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 4-dekabrda qabul qilingan<br />Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda maʼqullangan </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5296931" id="-5296931"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296934" id="-5296934"><strong>1-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat <a href="/acts/-111453">kodeksi </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9,181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar) quyidagi mazmundagi 57<sup>2</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296939" id="-5296939">“57<sup>2</sup>-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296943" id="-5296943">Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng koʻp jazoning yarmidan oshmasligi kerak”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296947" id="-5296947"><strong>2-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual <a href="/acts/-111460">kodeksiga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296951" id="-5296951">1) 29-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5231404">birinchi qismidagi </a>“jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash” degan soʻzlar “prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; dastlabki eshituv oʻtkazish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296955" id="-5296955">2) <a href="/acts/-111460?ONDATE=07.09.2017 00#-3347278">39<sup>2</sup>-modda</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296959" id="-5296959">quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296961" id="-5296961">“Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi oʻz yurituvida boʻlgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi, bundan belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar mustasno”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296963" id="-5296963"><a href="/acts/-111460?ONDATE=07.09.2017 00#-3347293">oltinchi </a>va <a href="/acts/-111460?ONDATE=07.09.2017 00#-3347295">yettinchi qismlari </a>tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296966" id="-5296966">3) 46-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5231439">birinchi qismidagi </a>“yarashuv toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar “sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296967" id="-5296967">4) 48-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.01.2009 00#-1428949">birinchi qismidagi </a>“u ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi qaror unga maʼlum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega boʻlish” degan soʻzlar “u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi qaror unga maʼlum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega boʻlish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296969" id="-5296969">5) 51-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253602">birinchi qismi </a>quyidagi mazmundagi 8<sup>1</sup> — 8<sup>4</sup>-bandlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296973" id="-5296973">“8<sup>1</sup>) sud tomonidan dastlabki eshituv oʻtkazilayotgan ishlarda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297007" id="-5297007">8<sup>2</sup>) oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297008" id="-5297008">8<sup>3</sup>) shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalasi koʻrib chiqilayotganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297011" id="-5297011">8<sup>4</sup>) aybiga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan ishlar boʻyicha”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297014" id="-5297014">6) 52-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=07.12.2019 00#-4748894">ikkinchi qismi </a>“8” raqamidan keyin “8<sup>3</sup>, 8<sup>4</sup>” raqamlari bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297016" id="-5297016">7) 53-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5231541">birinchi qismidagi </a>“sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish” degan soʻzlar “sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297019" id="-5297019">8) 55-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5231590">birinchi qismidagi </a>“qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻgʻrisida arizalar berish hamda yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish” degan soʻzlar “qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻgʻrisida ariza berish hamda sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297021" id="-5297021">9) 57-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5231622">birinchi qismidagi </a>“birinchi instansiya” degan soʻzlar “sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297023" id="-5297023">10) 59-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=13.01.2021 00#-5231640">birinchi qismidagi </a>“birinchi instansiya” degan soʻzlar “sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297025" id="-5297025">11) 81-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=26.04.2016 00#-2943894">uchinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297027" id="-5297027">“Agar tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan boʻlsa, ushbu Kodeks normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud boʻlganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297029" id="-5297029">12) 88-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253802">ikkinchi qismi </a>quyidagi mazmundagi 4 — 8-bandlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297030" id="-5297030">“4) shaxsni gʻayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297034" id="-5297034">5) shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, uni guvoh tariqasida soʻroq qilish, bundan ekspertiza yoki taftish oʻtkazish talab etiladigan hollar mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297036" id="-5297036">6) shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki ogʻzaki koʻrsatuvlar olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297037" id="-5297037">7) ushlangan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va soʻroq qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297039" id="-5297039">8) mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida protsess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) soʻroq qilish, bundan ular bilan bogʻliq boʻlgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirigʻi mavjud boʻlgan hollar mustasno”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297041" id="-5297041">13) quyidagi mazmundagi 12<sup>1</sup>-bob bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5297042" id="-5297042"><strong>“12<sup>1</sup>-bob. KOʻRSATUVLARNI OLDINDAN MUSTAHKAMLAB QOʻYISh</strong></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297043" id="-5297043">121<sup>1</sup>-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297049" id="-5297049">Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish guvoh va jabrlanuvchini (fuqaroviy daʼvogarni) ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga binoan soʻroq qilishdan iborat boʻlib, u ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sud muhokamasi qoidalariga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297053" id="-5297053">121<sup>2</sup>-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish uchun asoslar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297055" id="-5297055">Guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy daʼvogarni) obyektiv sabablarga koʻra (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan ogʻir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chogʻida keyinchalik soʻroq qilish mumkin boʻlmay qoladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan hollarda, ularning koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297056" id="-5297056">Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarur boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni zarur materiallar bilan birga prokurorga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297057" id="-5297057">Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), guvoh va himoyachi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida prokurorga murojaat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297059" id="-5297059">Prokuror koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorning yoxud murojaatning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni yoki murojaatni surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yoki hududiy harbiy sudga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297060" id="-5297060">Iltimosnomaga koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini tasdiqlovchi jinoyat ishi materiallarining koʻchirma nusxalari ilova qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297062" id="-5297062">121<sup>3</sup>-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297063" id="-5297063">Sud koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi va iltimosnomani qanoatlantirish hamda sud majlisini tayinlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va bu haqda taraflarga xabar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297065" id="-5297065">Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash boʻyicha sud majlisini uch sutkadan kechiktirmay oʻtkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297066" id="-5297066">Agar sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlashni iltimosnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasida asossiz deb topsa, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297069" id="-5297069">Sudning koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan ushbu ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin. Apellatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297072" id="-5297072">Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297078" id="-5297078">sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297080" id="-5297080">sudyaning ajrimini bekor qilishga va koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297083" id="-5297083">Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat, protest berilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297084" id="-5297084">Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganidan keyin sudga takroran murojaat qilishga faqat koʻrsatuvlarni mustahkamlash toʻgʻrisida iltimosnoma berish uchun yangi asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297087" id="-5297087">121<sup>4</sup>-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297088" id="-5297088">Guvohning, jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish sudda soʻroq qilish tartibiga rioya etilgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va zarurat boʻlganda protsessning boshqa ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida ushbu Kodeksning 442-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297090" id="-5297090">Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini asoslaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297093" id="-5297093">Sud majlisi audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297095" id="-5297095">Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga taʼsir qiladigan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga chaqirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297096" id="-5297096">Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297098" id="-5297098">Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki himoyachi uzrli sabablarga koʻra kelmagan va bu haqda sudga oldindan xabar bergan boʻlsa, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlarning amalga oshirilishi keyinga qoldirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297100" id="-5297100">Guvohning yoki jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlar amalga oshirilganligi haqida ushbu Kodeksning 426, 427-moddalari talablariga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297104" id="-5297104">Taraflar sud majlisi bayonnomasining koʻchirma nusxasini, shuningdek oʻz hisobidan audio- va videoyozuvlarni olishga hamda sud majlisining bayonnomasi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297105" id="-5297105">Sudya sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan mulohazalarni darhol koʻrib chiqadi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297106" id="-5297106">Sud majlisining bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar, bayonnoma yuzasidan berilgan mulohazalar va ularni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilingan qaror jinoyat ishi materiallariga qoʻshish uchun prokurorga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297107" id="-5297107">Bayonnomaning va unga ilova qilingan materiallarning koʻchirma nusxalari sudda saqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297109" id="-5297109">121<sup>5</sup>-modda. Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsni qayta soʻroq qilish uchun asoslar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297110" id="-5297110">Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan guvohlarni, jabrlanuvchilarni (fuqaroviy daʼvogarlarni) qayta soʻroq qilishga keyinchalik sudga qadar ish yuritish bosqichida yoki sud muhokamasi davomida koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi savollar tugʻilganda yoʻl qoʻyiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297111" id="-5297111">14) <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-254630">225-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297112" id="-5297112">quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297114" id="-5297114">“Shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi taʼminlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297116" id="-5297116"><a href="/acts/-111460?ONDATE=01.01.2009 00#-1429259">beshinchi qismi </a>oltinchi qism deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297117" id="-5297117">15) 226-modda <a href="/acts/-111460?ONDATE=07.09.2017 00#-3349893">birinchi qismining </a>birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297118" id="-5297118">“Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan (erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarning haqiqiy cheklangan payti) eʼtiboran koʻpi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297119" id="-5297119">16) <a href="/acts/-111460?ONDATE=05.09.2014 00#-2461171">243-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297120" id="-5297120"><a href="/acts/-111460?ONDATE=07.09.2017 00#-3349981">yettinchi qismidagi </a>“agar ishda qatnashayotgan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297121" id="-5297121"><a href="/acts/-111460?ONDATE=05.09.2014 00#-2461179">sakkizinchi qismining </a>birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297122" id="-5297122">“Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi, himoyachi bundan mustasno”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297123" id="-5297123">17) 247-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=07.09.2017 00#-3350396">beshinchi qismidagi </a>“agar ishda qatnashayotgan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297124" id="-5297124">18) <a href="/acts/-111460?ONDATE=23.09.2008 00#-3351334">345-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297125" id="-5297125"><a href="/acts/-111460?ONDATE=15.01.2021 01#-5230839">ikkinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297126" id="-5297126">“Jinoyat kodeksining 97 — 103<sup>1</sup>, 108, 116, 137, 141 — 149, 175-moddalarida, 177-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 180 — 181<sup>1</sup>-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 184<sup>1</sup>-moddasida, 186-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 192<sup>1</sup> — 192<sup>11</sup>, 197<sup>1</sup>, 205 — 215, 218 — 222, 229<sup>4</sup>, 230 — 230<sup>2</sup>, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 233 — 236, 241<sup>1</sup> — 242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297128" id="-5297128"><a href="/acts/-111460?ONDATE=13.02.2021 00#-5296916">beshinchi </a>va <a href="/acts/-111460?ONDATE=09.07.2019 00#-4412013">oltinchi qismlari </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297130" id="-5297130">“Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi — beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 127<sup>1</sup>-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi qismida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164 — 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 186<sup>1</sup>-moddasida, 186<sup>2</sup>-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193 — 197, 198 — 204, 216-moddalarida, 216<sup>1</sup>-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 243, 244, 244<sup>3</sup>-moddalarida, 244<sup>4</sup>-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 248<sup>1</sup>-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 250<sup>1</sup>-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 251 — 255<sup>1</sup>-moddalarida, 255<sup>2</sup>-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 256 — 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 260<sup>1</sup>-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 263<sup>1</sup>-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278<sup>7</sup>-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar boʻyicha (qasddan odam oʻldirish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar bundan mustasno) dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297131" id="-5297131">Jinoyat kodeksining 130-moddasi uchinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 178, 186<sup>3</sup>, 188, 188<sup>1</sup>, 244<sup>1</sup>, 244<sup>2</sup>-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki tergov ish qoʻzgʻatgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ yoki surishtiruv organi tomonidan ushbu qismda nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan taqdirda, ish boʻyicha tergovni amalga oshiruvchi dastlabki tergov organi prokuror tomonidan belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297132" id="-5297132"><a href="/acts/-111460?ONDATE=07.09.2017 00#-3351356">oʻn birinchi qismidagi </a>“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297135" id="-5297135">19) 381<sup>2</sup>-modda <a href="/acts/-111460?ONDATE=07.09.2017 00#-3351744">birinchi qismi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297136" id="-5297136"><a href="/acts/-111460?ONDATE=13.02.2021 00#-5292099">1-bandi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297137" id="-5297137">“125” raqamidan keyin “125<sup>1</sup>” raqami bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297138" id="-5297138">“213-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 216<sup>1</sup>-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar “216<sup>1</sup>-moddasi birinchi qismida, 216<sup>2</sup>-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297139" id="-5297139"><a href="/acts/-111460?ONDATE=29.08.2019 00#-4497894">3-bandidagi </a>“184<sup>1</sup>-moddasida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297140" id="-5297140">20) 382-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-255793">uchinchi qismi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297142" id="-5297142">quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297143" id="-5297143">“guvohlarning va jabrlanuvchilarning (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297144" id="-5297144">gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik toʻgʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kelishuv tuzadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297146" id="-5297146"><a href="/acts/-111460?ONDATE=19.04.2018 00#-3696547">oʻninchi — oʻn yettinchi xatboshilari </a>tegishincha oʻn ikkinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297147" id="-5297147">21) 49-bobning <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256196">nomidagi </a>“TAYINLASh” degan soʻz “TAYYORLASh” degan soʻz bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297149" id="-5297149">22) <a href="/acts/-111460?ONDATE=22.02.1997 00#-260374">395 </a>va <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256211">396-moddalar </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297150" id="-5297150">“395-modda. Kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sudyaning harakatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297152" id="-5297152">Sudya jinoyat ishini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi yoxud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297154" id="-5297154">1) ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297155" id="-5297155">2) ishni sudda koʻrish uchun tayinlash haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297156" id="-5297156">3) dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297157" id="-5297157">Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarga doir ajrim sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetti sutkadan kechiktirmay qabul qilinadi. Bu muddat shu sudning raisi tomonidan koʻpi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297159" id="-5297159">396-modda. Sudga kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297160" id="-5297160">Sudya ushbu Kodeks 395-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarni hal etishda jinoyat ishi boʻyicha har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi kerak: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297161" id="-5297161">1) ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297162" id="-5297162">2) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297163" id="-5297163">3) surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning talablariga rioya qilinganmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297165" id="-5297165">4) ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297166" id="-5297166">5) jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297167" id="-5297167">6) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning talablariga muvofiq tuzilganmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297168" id="-5297168">7) dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297169" id="-5297169">23) <a href="/acts/-111460?ONDATE=22.02.1997 00#-260384">397-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297170" id="-5297170"><a href="/acts/-111460?ONDATE=22.02.1997 00#-260384">nomidagi </a>“qaror” degan soʻz “ajrim” degan soʻz bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297171" id="-5297171"><a href="/acts/-111460?ONDATE=22.02.1997 00#-260385">birinchi xatboshisidagi </a>“qarorda” degan soʻz “ajrimda” degan soʻz bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297172" id="-5297172"><a href="/acts/-111460?ONDATE=22.02.1997 00#-260391">6 </a>va <a href="/acts/-111460?ONDATE=22.02.1997 00#-260392">7-bandlari </a>quyidagi mazmundagi 6, 7 va 8-bandlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297173" id="-5297173">“6) sud muhokamasida davlat ayblovchisining va himoyachining ishtiroki;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297174" id="-5297174">7) ishning ochiq yoki yopiq sud majlisida koʻrilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297176" id="-5297176">8) sud muhokamasining joyi va vaqti koʻrsatilishi lozim”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297177" id="-5297177">24) 398-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=07.09.2017 00#-3352220">matni </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297178" id="-5297178">“Sudya surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilganda jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilmaganligini va bunday choralar bevosita sud tomonidan koʻrilishi mumkin emasligini aniqlagach, oʻz ajrimi bilan surishtiruvchining yoki tergovchining zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasini yuklaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297179" id="-5297179">25) <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256233">399</a>, <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256236">400 </a>va <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-256239">401-moddalar </a>chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297181" id="-5297181">26) 403-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=22.02.1997 00#-260400">matni </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297183" id="-5297183">“Sudya jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida koʻrsatilgan shaxslarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisida farmoyish beradi, shuningdek sud majlisiga tayyorgarlik bilan bogʻliq boshqa choralarni koʻradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297184" id="-5297184">27) <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.2017 00#-3174004">404-modda </a>chiqarib tashlansin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297185" id="-5297185">28) 405-moddaning <a href="/acts/-111460?ONDATE=24.02.2004 00#-260419">birinchi qismidagi </a>“qarori” degan soʻz “ajrimi” degan soʻz bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297186" id="-5297186">29) quyidagi mazmundagi 49<sup>1</sup>-bob bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5297187" id="-5297187">“49<sup>1</sup>-bob. JINOYAT IShI BOʻYIChA DASTLABKI EShITUV</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297188" id="-5297188">405<sup>2</sup>-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297189" id="-5297189">Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, sud muhokamasining umumiy qoidalari boʻyicha oʻtkaziladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297199" id="-5297199">405<sup>3</sup>-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297200" id="-5297200">Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297201" id="-5297201">Dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297202" id="-5297202">1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297203" id="-5297203">2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297204" id="-5297204">3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297205" id="-5297205">4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297206" id="-5297206">5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida taraflardan birining iltimosi mavjud boʻlsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297207" id="-5297207">405<sup>4</sup>-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297208" id="-5297208">Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297209" id="-5297209">1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297210" id="-5297210">2) sudyaning lavozimi va familiyasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297211" id="-5297211">3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297212" id="-5297212">4) iltimosnoma kiritgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297213" id="-5297213">5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297214" id="-5297214">6) dastlabki eshituv ishtirokchilari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297215" id="-5297215">7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297216" id="-5297216">405<sup>5</sup>-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297217" id="-5297217">Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv sudya tomonidan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297220" id="-5297220">Dastlabki eshituvni oʻtkazish davomiyligi dastlabki eshituv boshlangan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan oshmasligi kerak.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297221" id="-5297221">405<sup>6</sup>-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297222" id="-5297222">Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297223" id="-5297223">Taraflarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi bildirish dastlabki eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin yuborilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297224" id="-5297224">Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi va davlat ayblovchisi ishtirok etishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297225" id="-5297225">Dastlabki eshituv ayblanuvchi yoʻqligida uning iltimosiga koʻra yoki basharti sud muhokamasini ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlsa, taraflardan birining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297226" id="-5297226">Oʻz vaqtida xabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun monelik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297227" id="-5297227">Raislik qiluvchi dastlabki eshituv boʻyicha sud majlisini belgilangan vaqtda ochadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297228" id="-5297228">Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, himoyachi, sud majlisining kotibi ekanligini eʼlon qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297229" id="-5297229">Raislik qiluvchi ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi. Keyin raislik qiluvchi, agar jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishda ishtirok etayotgan boʻlsa, ayblanuvchining qonuniy vakilining, jabrlanuvchining, uning vakilining shaxsini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297230" id="-5297230">Raislik qiluvchi sud majlisi ishtirokchilariga ularning sudyani, davlat ayblovchisini, sud majlisi kotibini va sud majlisining boshqa ishtirokchilarini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Bildirilgan rad qilishlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297231" id="-5297231">Raislik qiluvchi ayblanuvchidan, shuningdek sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297232" id="-5297232">Dastlabki eshituvni oʻtkazish raislik qiluvchining maʼruzasi bilan boshlanadi, maʼruzadan keyin u sud majlisida hozir boʻlganlarni eshitadi. Soʻngra jinoyat ishiga doir materiallar tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297233" id="-5297233">Agar bir taraf nomaqbul dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma bergan boʻlsa, sudya boshqa tarafdan unda mazkur iltimosnomaga qarshi eʼtirozi bor-yoʻqligini surishtiradi. Eʼtirozlar mavjud boʻlmagan va dalillarni nomaqbul deb eʼtirof etish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sudya iltimosnomani qanoatlantiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297234" id="-5297234">Taraflarning qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari, agar ushbu dalillar ish uchun ahamiyatli boʻlsa, qanoatlantirilishi kerak. Shundan soʻng davlat ayblovchisining va himoyachining dastlabki eshituvda hal etilayotgan masalalar yuzasidan fikri eshitiladi. Davlat ayblovchisining va himoyachining fikrini eshitgach, raislik qiluvchi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi, ushbu ajrim sud majlisida oʻqib eshittirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297235" id="-5297235">Dastlabki eshituv natijalari boʻyicha sudya ushbu Kodeksning 405<sup>14</sup>-moddasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297236" id="-5297236">Dastlabki eshituv jarayonida sud majlisi kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha bayonnoma yuritadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297237" id="-5297237">405<sup>7</sup>-modda. Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish va qayta tiklash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297238" id="-5297238">Agar jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish chogʻida ayblanuvchining yashiringanligi aniqlansa, sudya ushbu ayblanuvchiga nisbatan ish yuritishni toʻxtatib turish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, bundan ushbu Kodeksning 410 va 418-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bir vaqtning oʻzida ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish masalasi hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297239" id="-5297239">Ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli kasallikka chalinganligi sud-tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, sudya ishni yuritishni ayblanuvchi sogʻayguniga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297240" id="-5297240">Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish uning toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin qayta tiklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297241" id="-5297241">Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida sudya ajrim chiqaradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297242" id="-5297242">405<sup>8</sup>-modda. Toʻxtatib turilgan jinoyat ishini prokurorga oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297243" id="-5297243">Ushbu Kodeks 405<sup>7</sup>-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritilishi toʻxtatib turilgan jinoyat ishi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ayblanuvchini qidirish choralarini koʻrish uchun oʻtkaziladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297244" id="-5297244">405<sup>9</sup>-modda. Jinoyat ishini toʻxtatib turish muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297245" id="-5297245">Jinoyat ishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297246" id="-5297246">ushbu Kodeks 405<sup>7</sup>-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi topilguniga qadar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297247" id="-5297247">ushbu Kodeks 405<sup>7</sup>-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi sogʻayguniga qadar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297248" id="-5297248">405<sup>10</sup>-modda. Jinoyat ishini tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297249" id="-5297249">Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda sud jinoyat ishini tugatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297250" id="-5297250">Sud ajrimida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297251" id="-5297251">jinoyat ishini tugatish asoslari koʻrsatiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297252" id="-5297252">ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish haqidagi masalalar hal etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297253" id="-5297253">ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297254" id="-5297254">Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ishni tugatishga haqlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297255" id="-5297255">Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutka ichida prokurorga yuboriladi, oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsga va jabrlanuvchiga topshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297256" id="-5297256">405<sup>11</sup>-modda. Nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297257" id="-5297257">Ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul dalillar deb hisoblasa, chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297258" id="-5297258">Iltimosnoma jinoyat ishi sudga ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi bilan birga yuborilganidan keyin, ayblov dalolatnomasining yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran uch sutka ichida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297259" id="-5297259">Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297260" id="-5297260">Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297261" id="-5297261">1) taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297262" id="-5297262">2) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297263" id="-5297263">Dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan holda ularni chiqarib tashlash toʻgʻrisida himoya tarafi tomonidan berilgan iltimosnomani koʻrib chiqish chogʻida himoya tarafi taqdim etgan vajlarni rad etish prokurorning zimmasida boʻladi. Qolgan hollarda buni isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan tarafning zimmasida boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297264" id="-5297264">Agar sud dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur dalil yuridik kuchini yoʻqotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos boʻlishi, shuningdek sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297265" id="-5297265">Ishni mazmunan koʻrish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297267" id="-5297267">405<sup>12</sup>-modda. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun asoslar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297268" id="-5297268">Sudya jinoyat ishining sud tomonidan koʻrib chiqilishiga doir toʻsqinliklarni bartaraf etish uchun uni taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda prokurorga yuboradi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297270" id="-5297270">1) ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi ushbu Kodeksning talablari buzilgan holda tuzilgan boʻlsa va bu mazkur ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi asosida sud tomonidan hukm yoki boshqa qaror chiqarish imkoniyatini istisno etsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297271" id="-5297271">2) tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan birga sudga yuborilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tuzish zarurati boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297272" id="-5297272">3) jinoyat ishlarini birlashtirish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297273" id="-5297273">4) ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishish chogʻida unga ushbu Kodeksning 375 va 381<sup>13</sup>-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297274" id="-5297274">5) ayblov dalolatnomasida yoki ayblov xulosasida, jinoyat ishini tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida malakalash uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki eshituv jarayonida aniqlangan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297275" id="-5297275">Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishini prokurorga yuborishda sud ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatishi shart. Bunda sud jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qaysi moddasi bilan tavsiflash lozimligini koʻrsatishga, shuningdek dalillarni baholash toʻgʻrisida, ayblanuvchining aybdorligi haqida xulosa qilishga haqli emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297276" id="-5297276">Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi masalani hal etadi. Zarur boʻlgan taqdirda sudya ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatini tergov ishlarini yuritish va boshqa protsessual harakatlarni bajarish uchun ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297277" id="-5297277">405<sup>13</sup>-modda. Jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297278" id="-5297278">Dastlabki eshituv vaqtida ushbu Kodeksning 392-moddasida nazarda tutilgan, jinoyat ishi kelib tushganidan keyin yuzaga kelgan asoslar aniqlangan taqdirda, sudya oʻz tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297279" id="-5297279">405<sup>14</sup>-modda. Sud ajrimi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297280" id="-5297280">Sudya dastlabki eshituvni oʻtkazish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297281" id="-5297281">1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297282" id="-5297282">2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297283" id="-5297283">3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297285" id="-5297285">4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish yoki ajratish haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297286" id="-5297286">5) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirishni rad etish haqida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297287" id="-5297287">Ajrim chiqarilgan yoki ish apellatsiya instansiyasi sudidan qaytgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay uni chiqargan sud tomonidan ijro etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297289" id="-5297289">405<sup>15</sup>-modda. Sud ajrimi ustidan shikoyat berish va protest keltirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297291" id="-5297291">Sudyaning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida xususiy shikoyat, xususiy protest berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297292" id="-5297292">Xususiy shikoyat, xususiy protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, sud uni materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yigirma toʻrt soat ichida yuborishi shart. Apellatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay xususiy shikoyat, xususiy protest bilan birga koʻrib chiqishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297293" id="-5297293">Apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat, xususiy protestni koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297294" id="-5297294">sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni, protestni esa — qanoatlantirmay qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297295" id="-5297295">sudyaning ajrimini oʻzgartirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297296" id="-5297296">sudyaning ajrimini bekor qilishga va ishni mohiyatan koʻrib chiqish uchun sudga yuborishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297298" id="-5297298">Jinoyat ishi ajrimni chiqargan sudga apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay qaytarilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297299" id="-5297299">Birinchi instansiya sudining ajrimi bekor qilingan hollarda ish birinchi instansiya sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash bosqichidan boshlab umumiy qoidalarga asosan koʻrib chiqiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297302" id="-5297302">30) quyidagi mazmundagi 62<sup>1</sup>-bob bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5297303" id="-5297303">“62<sup>1</sup>-bob. AYBGA IQRORLIK TOʻGʻRISIDAGI KELIShUV</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297312" id="-5297312">586<sup>1</sup>-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv va uni tuzish shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297314" id="-5297314">Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumonga, ayblovga rozi boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol koʻmaklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyatlar boʻyicha tuziladigan kelishuvdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297315" id="-5297315">Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv quyidagi shartlar mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297316" id="-5297316">1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi oʻz harakatlarining mohiyatini, shuningdek oʻzi bergan iltimosnomaning oqibatini anglab yetgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297318" id="-5297318">2) iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan keyin berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297319" id="-5297319">3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organi tomonidan qoʻyilgan gumonni yoxud ayblovni, ish boʻyicha mavjud boʻlgan dalillarni, shuningdek yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini inkor etmasa hamda uni bartaraf etgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297320" id="-5297320">Aybiga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv quyidagi hollarda tuzilishi mumkin emas, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297321" id="-5297321">1) ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297322" id="-5297322">2) shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ulardan loaqal bittasi ushbu moddada belgilangan talablarga toʻgʻri kelmasa.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297323" id="-5297323">586<sup>2</sup>-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297325" id="-5297325">Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297326" id="-5297326">Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, qonuniy vakili tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297329" id="-5297329">Iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki tergovda qoʻyilgan gumonni yoki ayblovni tan olishi, dalillarni inkor qilmasligi, jinoyatni tergov qilishga koʻmaklashishi, jinoyat natijasida olingan mol-mulkning topilishi uchun qaysi harakatlarni amalga oshirish shartligini, jinoyatga aloqador boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligini koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297330" id="-5297330">Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan bajariladigan va jinoyatni fosh etish uchun koʻmaklashadigan muayyan harakatlar ham koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297331" id="-5297331">586<sup>3</sup>-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning prokuror tomonidan koʻrib chiqilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297332" id="-5297332">Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297333" id="-5297333">Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297334" id="-5297334">Prokuror kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida koʻrib chiqadi va ushbu Kodeksning 586<sup>1</sup>-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy daʼvogarni ham kelishuv tuzish masalasini koʻrib chiqish uchun jalb qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297335" id="-5297335">Prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqayotganda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297336" id="-5297336">1) jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qoʻshimcha materiallarni oʻrganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti boʻlgan harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297337" id="-5297337">2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani ixtiyoriy ravishda va oʻz xohishi bilan, shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan-bermaganligini, unga nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, tuzilayotgan kelishuvning mohiyatini tushungan-tushunmaganligini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297338" id="-5297338">Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta koʻrib chiqilishi mumkinligini aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297339" id="-5297339">586<sup>4</sup>-modda. Prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarori</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297340" id="-5297340">Prokuror aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297341" id="-5297341">1) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297343" id="-5297343">2) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297344" id="-5297344">Prokuror tomonidan aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297345" id="-5297345">586<sup>5</sup>-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning mazmuni</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297348" id="-5297348">Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297350" id="-5297350">kelishuv tuzilgan sana va joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297354" id="-5297354">kelishuv tuzayotgan prokuror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297355" id="-5297355">kelishuv tuzayotgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, boshqa maʼlumotlari, himoyachi haqidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297356" id="-5297356">jinoyat sodir etilgan joy va vaqtning, shuningdek isbotlanishi lozim boʻlgan boshqa holatlarning tavsifi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297357" id="-5297357">Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, qismi, bandi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297358" id="-5297358">gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar, aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297359" id="-5297359">sodir etilgan jinoyatni fosh etish, jinoyat ishi boʻyicha dalillarni taqdim etish, jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkni aniqlash boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv imzolanganidan keyin bajarishni oʻz zimmasiga oladigan harakatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297360" id="-5297360">yetkazilgan zararning miqdori va uning oʻrni qoplanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297361" id="-5297361">ushbu Kodeks 586<sup>3</sup>-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni bajarmaganlik oqibatlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297362" id="-5297362">Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida bir necha shaxs jalb etilgan boʻlsa, aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297363" id="-5297363">Kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanadi. Kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297365" id="-5297365">586<sup>6</sup>-modda. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297366" id="-5297366">Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin ish boʻyicha tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlmagan taqdirda prokuror ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni zudlik bilan sudga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297367" id="-5297367">Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlgan taqdirda, prokuror ishni surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297369" id="-5297369">Surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun yetarli hajmda dalillarni toʻplaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297371" id="-5297371">Agar ishni sudga qadar yuritish jarayonida jinoyatning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilmagan boshqa holatlari aniqlansa, kelishuv oʻz kuchini yoʻqotadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297373" id="-5297373">Bunda aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzishni istisno etadigan holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish umumiy tartibda olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297377" id="-5297377">Agar aniqlangan holatlar aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzishni istisno etmasa, kelishuv ushbu Kodeksning 586<sup>2</sup> — 586<sup>4</sup>-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297379" id="-5297379">Gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun dalillar toʻplanganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi ishni prokurorga taqdim etadi. Prokuror jinoyat ishi materiallarini besh sutka ichida koʻrib chiqib, ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv bilan birga sudga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297381" id="-5297381">Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan boʻlsa va ularning barchasi bilan ham aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilmagan boʻlsa, oʻzi bilan kelishuv tuzilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi, bu haqda kelishuvda koʻrsatiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297384" id="-5297384">586<sup>7</sup>-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni sud tomonidan koʻrib chiqish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297386" id="-5297386">Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga doir ishlar ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda umumiy tartibda, jinoyat ishi kelishuv bilan birga sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297387" id="-5297387">Sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, qonuniy vakil, himoyachi, prokuror ishtirok etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297388" id="-5297388">Sud majlisi oʻtkaziladigan joy va sana haqida lozim darajada xabardor qilingan jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning vakilining kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297390" id="-5297390">Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga oid ishlar boʻyicha sud muhokamasida prokuror kelishuvning mazmunini oʻqib eshittiradi, sudlanuvchining surishtiruv hamda dastlabki tergovga koʻmaklashganligini tasdiqlaydi va bu aynan nimada ifodalanganligini tushuntiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297391" id="-5297391">Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga oid ishlarni koʻrib chiqish chogʻida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297392" id="-5297392">kelishuvni tuzishda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining protsessual huquqlari taʼminlangan-taʼminlanmaganligini va ushbu Kodeksning 586<sup>1</sup>-moddasida koʻrsatilgan talablar bajarilgan-bajarilmaganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297393" id="-5297393">kelishuvning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan-tuzilmaganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297394" id="-5297394">gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuvning mohiyatini, uning shartlarini tushungan-tushunmaganligini, uning oqibatlarini anglab yetgan-etmaganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297396" id="-5297396">sudlanuvchi kelishuvni qoʻllab-quvvatlashi yoki qoʻllab-quvvatlanmasligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297397" id="-5297397">gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297398" id="-5297398">Sud sudlanuvchi va uning himoyachisining, prokurorning, shuningdek zarur hollarda, jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) fikrini eshitadi, shundan soʻng qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297399" id="-5297399">Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bayonnoma yuritiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297401" id="-5297401">586<sup>8</sup>-modda. Sudning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha qarori</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297402" id="-5297402">Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297403" id="-5297403">1) kelishuvni tasdiqlash toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297404" id="-5297404">2) kelishuvni tasdiqlashni rad etish va ishni prokurorga yuborish haqida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297406" id="-5297406">Kelishuv tasdiqlangan hollarda, sud ayblov hukmi chiqaradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297407" id="-5297407">586<sup>9</sup>-modda. Sudning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni tasdiqlashni rad etishi va jinoyat ishini prokurorga yuborishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297408" id="-5297408">Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297409" id="-5297409">1) kelishuvni tasdiqlash uchun asoslar mavjud boʻlmasa yoki kelishuvni tuzishda protsessual qonunchilik talablari buzilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297410" id="-5297410">2) sud kelishuvda nazarda tutilgan sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovda jinoyatning malakalanishga taalluqli shartlarga rozi boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297411" id="-5297411">3) sudlanuvchining aybdorligi borasida sudda asosli shubha tugʻilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297412" id="-5297412">4) taraflar tuzilgan kelishuvdan voz kechsa, kelishuvni tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi va jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tergov qilish yoki kelishuvni qayta koʻrib chiqish uchun prokurorga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297413" id="-5297413">Sudning ajrimiga sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5297414" id="-5297414">586<sup>10</sup>-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha sud hukmini chiqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297418" id="-5297418">Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297420" id="-5297420">Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 586<sup>7</sup>-moddasida sanab oʻtilgan savollarga javoblar shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297421" id="-5297421">Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297422" id="-5297422"><strong>3-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297423" id="-5297423"><strong>4-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297424" id="-5297424">hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297425" id="-5297425">davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5297426" id="-5297426"><strong>5-modda.</strong> Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5297427" id="-5297427">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5297428" id="-5297428">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5297429" id="-5297429">2021-yil 18-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5297430" id="-5297430">OʻRQ-675-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-5296929" id="-5296929">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
