|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.04.2003
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 31 DEKABRDAGI 606-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-apreldagi 173-son “Oʻzbekiston Respublikasi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga binoan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va samarali foydalanish boʻyicha vazifalar Mehnat vazirligi zimmasiga yuklatilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 8-iyun,
277-son
Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish Respublika jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. 1-banddagi “Ish bilan taʼminlash siyosatini amalga oshirish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash va davlat ish bilan taʼminlash xizmatining samarali faoliyat koʻrsatishi” soʻzlari “Mehnatdan foydalanish va ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-banddagi “ish bilan taʼminlash organlari” soʻzlari “mehnat organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etiladigan jamoat tashkilotlari roʻyxatini aniqlasin”.
4. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Belgilab qoʻyilsinki, Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikami Mehnat vazirligi tasarruf etadi”.
5. 9-bandda:
birinchi xatboshidagi “Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Mehnat vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin va quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mehnat vazirligi koʻrsatilgan valyuta mablagʻlaridan mehnat organlari moddiy-texnika negizini rivojlantirishda hamda aholini ish bilan taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlarda foydalansin”.
6. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Mehnat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash hajmlari yil choragi uchun belgilanadigan va keyinchalik ish yakunlari vazirlik hayʼati majlisida koʻrib chiqiladigan tartibni Davlat budjeti bilan ishlash tartibiga oʻxshash shaklga keltirsin”.
7. 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mehnatdan foydalanish va ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish va Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini koʻpaytirish maqsadida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish bankini, aksionerlik jamgʻarmalarini, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalarni tashkil etish huquqiga ega.
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini taʼminlash va sarflanishini nazorat qilishni kuchaytirish uchun hamda bu ishlar Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining mazkur qaror bilan tugatilayotgan Ijrochi direksiyasi tomonidan bajarib kelinganligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga, zarurat boʻlsa, Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xoʻjalik hisobidagi auditor markazini taʼsis etishga ruxsat berilsin”.
8. Qarorga ilova qilingan “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom”ning:
a) 1-bandidagi “ish bilan taʼminlash” soʻzlari “mehnatdan foydalanish va ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandidagi:
“Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining ijro etuvchi organlari” soʻzlari “Mehnat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
mazkur band quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tekshirish natijasida aniqlangan Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga qoʻshib hisoblanadigan toʻlanmay qolgan qarzlar hamda aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun undiriladigan maʼmuriy va moliyaviy jarimalar hisobiga tushadigan mablagʻlarning 16 foizi mehnat organlarining moddiy yordam jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Shu jamgʻarmalarning tashkil etilishi va sarflanishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
v) 6-bandidagi:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mehnat birjalarida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan, ishsizlik maqomiga ega boʻlgan shaxslarni, shu jumladan, kasbga ega boʻlmagan va mehnat bozoriga ilk bor tushgan yoshlarni kasbga oʻrgatish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini moliyaviy taʼminlash”;
toʻrtinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi kiritilsin:
“fuqarolarni hududlar boʻyicha ishga joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qiyin vaziyatda, istisno tariqasida, jamoat ishlarini qisman moliyaviy taʼminlash uchun mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga mutanosib ravishda dotatsiya berish”;
beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshlari tegishli ravishda oltinchi — oʻn beshinchi xatboshlari deb hisoblansin.
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boʻlimlari (mehnat birjalari) xodimlarini saqlash, barcha darajalardagi mehnat organlarini joylashtirish uchun binolar qurish va qayta qurish, moddiy-texnikaviy taʼminlashni amalga oshirish, kompyuter, koʻpaytiruvchi va boshqa zarur texnika bilan jihozlash”;
toʻqqizinchi xatboshi “amalga oshirish” soʻzlaridan soʻng “jumladan, “Mehnat” gazetasi nashriga muassislik qilish va zarurat boʻlganda xoʻjalik hisobi negizida yordam berish” soʻzlari bilan toʻldirilsin va keyin matn boʻyicha davom ettirilsin;
oʻninchi xatboshi “amalga oshirish” soʻzlaridan soʻng “hamda aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmini, mehnatga haq toʻlash, mehnat sharoitlari va meʼyornomalarini takomillashtirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin va keyin matn boʻyicha davom ettirilsin;
oʻn beshinchi xatboshi “faoliyatni” soʻzidan soʻng “jumladan, band boʻlmagan mablagʻlarning bir qismini banklardagi depozit hisoblarga oʻtkazish, qiymatli qogʻozlarga aylantirish, lotereyalar tashkil etish va auksionlar oʻtkazish, mulkchilik va xoʻjalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarni yaratish, vaqtincha moliyaviy qiyinchilikka uchragan korxonalarga aholining ish bilan taʼminlanishini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan maqsadlarda hamda toʻlanishi, taʼminlanishi va qaytarilishi shartlari bilan qisqa muddatli ssuda berilishini” soʻzlari bilan toʻldirilsin va keyin matn boʻyicha davom ettirilsin;
g) 7-bandidagi:
birinchi xatboshi “ishlab chiqilgan” soʻzlaridan soʻng “va qonunchilik bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan” soʻzlari bilan toʻldirilsin va keyin matn boʻyicha davom ettirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ish bilan taʼminlash dasturlariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat organlariga Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash hajmlarini, ularning ish yakunlarini keyinchalik vazirlik hayʼatining majlisida koʻrib chiqish sharti bilan davrlar (yil, chorak) uchun belgilaydi”;
d) 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tasarruf etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi:
Ish bilan taʼminlash respublika dasturida koʻzda tutilgan xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyaviy taʼminlanishi uchun toʻla javob berdi;
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining navbatdagi va istiqboldagi vazifalarini, shu jumladan, uning mablagʻlari sarflanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha kerakli nizomlar va yoʻriqnomalarni oʻz vakolati doirasida tasdiqlaydi;
xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hamkorlik qiladi”;
e) keyingi bandlar chiqarib tashlanib, oʻrniga quyidagi tahrirdagi 10-band kiritilsin:
“10. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlari sarflanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan, zarur boʻlganda auditorlar va auditor firmalarini jalb etish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.