Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.10.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1996-yil 27-dekabrdagi qarorini bajarish yuzasidan hamda monopoliyaga qarshi davlat siyosatini oʻtkazish, raqobat muhiti yaratilishini taʼminlash va respublikada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
erkin (shartnomaviy) narxlar va tariflarni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar)ni va rentabellikni deklaratsiyalash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori tahririda — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻash va ularni koʻrib chiqish tartibi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi tovar bozorlarini tartibga solish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari uchun har choraklik davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori tahririda — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻgʻrisida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1993-yil 30-martdagi 160-son qarori 1-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilari, 2, 3, 4, 8-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyatini cheklash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 7-fevraldagi 34-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida monopolistik mavqeni egallagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1996-yil 19-sentabrdagi 323-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 31-mart,
165-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Tartib “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Tartib:
Monopolistik korxonalar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
narxlari Hukumat tomonidan yoki oʻz vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlarni shakllantirishda qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat mablagʻlari yoki Hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan qurilish obyektlarida foydalaniladigan tovarlari (ishlar va xizmatlari).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Qolgan mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Tartib birjalarning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlari miqdorini shakllantirishda ham qoʻllanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 32-son, 364-modda)
3. Narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish:
monopolist korxonalarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar (tariflar), ustamalar yoki rentabellikning cheklangan darajalarini deklaratsiya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga koʻra belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar joriy etish;
joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Qonunchilik bilan belgilangan tartibda narxlarni tartibga solishning boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mahsulotlari (tovarlari, xizmatlari)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar)ni, shu jumladan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning toʻgʻri qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
II. MONOPOLIST KORXONALARNING MAXSULOTLARIGA NARXLARNI DAVLAT YOʻLI BILAN TARTIBGA SOLISh
5. Monopol yuqori va monopol past narxlar belgilanishining (demping narxlar belgilanishining), xaridorgir mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga narxlar asossiz oshirilishi (pasaytirilishining, ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz natijasiga koʻra raqobatning cheklanishiga va (yoki) boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning manfaatlari kamsitilishiga sabab boʻlgan yoki sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa suiisteʼmolchiliklarning oldini olish, cheklash va ularga barham berish maqsadida monopolistlarning mahsulotlari (xizmatlari)ga narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solish joriy etiladi.
6. Muayyan sifat va turdagi mahsulotlar, xizmatlar va xalq isteʼmol tovarlari aniq guruhlari va turlarining tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida harakat qiluvchi Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri deb ataladi) kiritiladi.
7. Davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgan paytda amalda boʻlgan va xoʻjalik yurituvchi subyekt mahalliy yoki respublika bozorlarida ular boʻyicha monopolist hisoblangan mahsulotga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) yoki rentabellik oshirilishi toʻgʻrisida asosiy isteʼmolchi bilan yangi narxlar (tariflar) kelishilgandan keyin tegishli moliya organlariga deklaratsiya taqdim etishga majburdirlar.
8. Monopolist korxonalar tomonidan narxlarning pasaytirilishi mustaqil amalga oshiriladi. Bunda raqobatni cheklash maqsadida monopolist tomonidan shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflar pasaytirilishiga (demping narxlar belgilanishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Bir xil mahsulot (xizmat)ning oʻzi bir necha isteʼmolchiga (buyurtmachiga) yetkazib berilgan taqdirda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotilayotgan asosiy isteʼmolchi (buyurtmachi) boʻyicha narxlar (tariflar) oshishi, yoki hammasi boʻlib mazkur mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotiladigan bir necha isteʼmolchi (buyurtmachi) boʻyicha oldingi oyda shakllangan oʻrtacha narxlar (tariflar) toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etiladi.
10. Monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar) va rentabellikka deklaratsiya taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
11. Deklaratsiya uchun taqdim etilgan materiallar boʻyicha tegishli moliyaviy organ bir hafta muddatdan kechikmay qaror qabul qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi cheklangan deklaratsiya taqdim etilgan narxlar (tariflar) yoki rentabellik joriy etilishi sanasi etib uning tegishli moliya organida roʻyxatga olingan sana hisoblanadi. Deklaratsiya nusxasi yoki narxlar (tariflar)ni roʻyxatga olish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga va davlat monopoliyaga qarshi organiga yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
12. Monopol mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt moliya organlaridan hujjatlar olingandan keyin bir hafta muddatda isteʼmolchilarni moliya organlari tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
13. Moliya organlariga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinishi boʻyicha materiallarni taqdim etgan korxonalar, agar moliya organlari tomonidan narxlar (tariflar)ni taqdim etilgan loyihadan past darajada roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda isteʼmolchilar bilan keyinchalik hisob-kitob qilgan holda ular bilan kelishilgan narxlar (tariflar) boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni davom ettiradilar. Agar moliya organlari tomonidan monopolist tomonidan pirovard isteʼmolchiga emas, balki vositachi korxonalar, va tashkilotlarga yoki savdoga sotilgan mahsulotga loyihalashtirilayotgan narxlar (tariflar)ni pasaytirish yoki ilgari amalda boʻlganlarini saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda haqiqatda sotilgan narxlar bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan narxlar oʻrtasidagi farq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda “maxsus tranzit hisob raqami” deb ataladi) oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
IV. BELGILANGAN NARXLAR (TARIFLAR) VA USTAMALAR BELGILASh TARTIBI
17. Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning ayrim turlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda oʻz vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha ularning ijtimoiy va iqtisodiy asoslanishi hollarida belgilangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
V. MAHSULOTLAR, TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA NARXLAR ShAKLLANIShI VA QOʻLLANILIShI USTIDAN DAVLAT NAZORATI
18. Belgilangan va boshqariladigan narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qoʻllashning toʻgʻriligi ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Monopoliyaga qarshi davlat organi oʻtkazilgan tekshirishlar va tahlillar asosida xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish tartibi buzilishi natijasida olingan summalarni isteʼmolchilarga qaytarish, yoxud isteʼmolchilarni aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda — maxsus tranzit hisob raqamiga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yuzasidan sudga murojaat qiladi, olib qoʻyilishi kerak boʻlgan va amalda tushgan mablagʻlar va jarimalar hisobini yuritadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
20. Narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan va cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalarni oshirish, birja savdolari va auksionlar natijasida shakllangan monopolist korxonalar mahsulotlari narxlari bundan mustasno;
(20-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
moliya organlariga narxlar (tariflar) toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etish yoki rentabellik, ularning oshib ketishiga olib keluvchi ustamalarning cheklangan darajasini belgilash uchun ishonchsiz axborot taqdim etilishi;
mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) qiymatiga ularning narxida hisobga olingan amalda foydalanilmagan materiallar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
erkin (shartnomaviy) narxlar va tariflarning buyurtmachi yoki pudratchi tomonidan iqtisodiy jihatdan asoslanmagan holda shakllantirilishi va ularning oshirilishi, davlat mablagʻlari va Hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan qurilish obyektlarida bajarilgan ishlar hajmiga qoʻshib yozish.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimi cheklangan miqdorining tovar-xomashyo birjalari tomonidan oshirib yuborilishi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 32-son, 364-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji sotish narxidan past narxlarda sotish.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 569-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan yoqilgʻi-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejash natijasida qoʻshimcha daromad (foyda) olish mazkur Tartibning buzilishi hisoblanmaydi hamda ushbu daromad (foyda) olib qoʻyilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-apreldagi 63-sonli qaroriga muvofiq toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 15-son, 126-modda)
21. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar oshirilgan narxlar va tariflar (qoʻshimcha haq, ularga chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan amaldagi tushum bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq shakllangan narxlar va tariflar (ularga qoʻshimcha haq, chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) boʻyicha mana shu mahsulot (ishlar, xizmatlar) qiymati oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Mahsulot (tovarlar)ning sotish narxlarini sotish narxlariga savdo, taʼminot-sotish, ulgurji va boshqa ustamalarni qoʻshib shakllantiruvchi va qoʻllovchi savdo, umumiy ovqatlanish, taʼminot-sotish korxonalari, vositachilik tashkilotlari va tashkilotlar uchun olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa quyidagicha belgilanadi:
oshirilgan ustamalar qoʻllangan hollarda — mahsulotlar (tovarlar)ni sotishdan olingan ustamaning amaldagi summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq aniqlangan ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida;
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda belgilangan narxlarga belgilangan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — oshirilgan narxlar boʻyicha sotilgan mahsulotning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan mahsulotning xuddi shu hajmiga ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida.
Mahsulotlariga, isteʼmolchilarga qaytarish rentabelligining cheklangan darajalari belgilangan korxonalar uchun umuman mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) guruhlari (turlari) boʻyicha rentabellikning cheklangan darajasini oshirish hisobiga olingan va isteʼmolchilarga qaytarilmagan yoxud korxonalar tomonidan choraklik hisob-kitoblar asosida maxsus tranzit hisob raqamiga kiritilmagan summa olib qoʻyilishi kerak.
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
22. Ushbu Tartibni buzish natijasida olingan mablagʻlar (mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiya qilinmagan narxini qoʻllashdan olingan tafovutdan tashqari) isteʼmolchilarga qaytariladi yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda maxsus tranzit hisob raqamiga undirib olinadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiya qilinmagan narxini qoʻllashdan olingan tafovut isteʼmolchilarga qaytariladi yoxud, isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, tegishli budjetga undirib olinadi.
Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibini buzganlik uchun ushbu Tartibning 28-bandida belgilangan hollarda va miqdorlarda jarima undiriladi.
Monopolist korxonalar tomonidan monopol mahsulotlarni birja savdolari va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining oʻrtacha olingan narxlarida sotishda ularga nisbatan deklaratsiya qilingan cheklangan narxni oshirganlik uchun sanksiyalar qoʻllanmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Jarima qonunni buzishning butun davriga qoʻllaniladi va xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidan va uning budjet bilan oʻzaro munosabatlaridan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin, xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan foydadan undiriladi, mazkur Tartibning 28-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qonunsiz olingan mablagʻlar olib qoʻyilishi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning mazkur Tartib buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
25. Maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summani hisoblab chiqishda soliqlarning oshirilishiga olib kelgan mazkur Tartib buzilishiga yoʻl qoʻygan korxonalarda soliqlarning va boshqa toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi korxonadan olib qoʻyiladigan summa pasaytirilishi hisobiga oʻtkazilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
26. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari sudning noqonuniy olingan mablagʻlarni undirish va ushbu Tartib buzilganligi uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qarorini olgandan keyin bir oy muddatda ushbu mablagʻlarni maxsus tranzit hisob raqamiga undirish choralarini koʻradi.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablagʻlar va jarimalar oyiga ikki marta (oyning 17-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablagʻlarning 80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga;
mablagʻlarning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Nazorat organlari mazkur Tartib buzilganligi aniqlangan taqdirda tekshirish materiallarini tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
28. Ushbu Tartibning buzilganligini mustaqil ravishda aniqlagan va buning natijasida ortiqcha summa olgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ularni isteʼmolchilarga qaytaradi yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazadi. Bu holda jarima qoʻllanmaydi.
(28-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Ushbu Tartibning buzilganligi monopoliyaga qarshi organ tomonidan aniqlangan taqdirda 10 foizdan 20 foizgacha miqdorda jarima qoʻllanadi, xuddi shunday buzilish jarima qoʻllangandan keyin bir yil mobaynida takroran aniqlangan taqdirda ushbu Tartibning 22-bandi birinchi va ikkinchi xatboshiga muvofiq qaytariladigan (olib qoʻyiladigan) summaning 20 foizdan 50 foizigacha miqdorda jarima qoʻllanadi, alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotish hollari bundan mustasno.
Alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotish holatlari aniqlangan taqdirda alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaga:
ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotilgan alkogolli mahsulot qiymatining 20 foizi miqdorida, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
aynan shu qonun buzilishi bir yil mobaynida takroran aniqlangan taqdirda — ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotilgan alkogolli mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqining 300 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda jarima qoʻllanadi.
Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshida nazarda tutilgan jarima summasini aniqlashda sotilgan alkogolli mahsulot qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxi boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Jarima solish sud tartibida amalga oshiriladi, tayyorlovchilar (ijrochilar, sotuvchilar) tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va jarima ixtiyoriy ravishda toʻlangan hollarda esa — davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.
Xoʻjalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan miqdordagi jarimani undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 569-modda)
29. Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan boshqarish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda mablagʻlarni olib qoʻyish bunday qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob schyotidan amalga oshiriladi.
30. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (yozma koʻrsatmasi) ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
31. Notoʻgʻri olib qoʻyilgan mablagʻlar va jarimalarni qaytarish monopoliyaga qarshi davlat organi qaroriga koʻra, yoxud sud qaroriga koʻra maxsus tranzit hisob raqamiga tushayotgan mablagʻlardan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha foizlar qoʻshgan holda amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)