Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.06.2003
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish, qishloq va suv xo‘jaligini boshqarishning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan butunlay yangi tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq va suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruv organi hisoblanadi va majburiyatlar bo‘yicha tugatilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligining huquqiy vorisi funksiyasini amalga oshiradi.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. Magistral kanallardan va yirik suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish boshqarmalari (3-ilova) negizida “O‘zsuvta’mirfoydalanish” respublika birlashmasi tashkil etilsin. Ushbu birlashma markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 45 nafar etib belgilansin.
4. Qishloq va suv xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishni rag‘batlantiruvchi, qishloq joylarda bozor infrastrukturasini shakllantirishga, qishloq va suv xo‘jaligi korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarishga ko‘maklashuvchi bozor tuzilmalarini barpo etish zarurligini hisobga olgan holda mavjud respublika ishlab chiqarish birlashmalari 4-ilovaga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar uyushmasiga aylantirilsin. Ko‘rsatib o‘tilgan birlashmalar Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishilgan holda va uning bevosita yordamida qayta tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda:
4-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan uyushmalarning faoliyat yo‘nalishlari, tuzilmasi va xodimlari soni yuzasidan, ularning faoliyati bozor normalariga to‘liq muvofiq kelishini ta’minlashni nazarda tutgan holda, ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ishda bir-birini takrorlashni, parallelizmni bartaraf etish maqsadida ilgari o‘xshash yoki bir-biriga yaqin funksiyalarni bajarib kelgan korxonalar va tashkilotlarni bir oy muddatda qo‘shib yuborsin, tugatsin yoki qayta tashkil etsin.
5. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Belgilansinki, “O‘zsuvqurilish” O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi davlat konserni bo‘linmalari suv xo‘jaligi qurilishi va yirik meliorativ qurilishlar bo‘yicha bosh pudratchi hisoblanadi.
7. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
ilgari Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga kirgan “Qashqadaryosuvqurilish”, “Kattaqo‘rg‘onsuvqurilish”, “Toshviloyatmeliosuvqurilish” trestlarini, Samarqand temir-beton buyumlari zavodini “O‘zsuvqurilish” O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi davlat konserni;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ixtiyorida bo‘lgan 6-ilovaga muvofiq paxta tozalash zavodlarini “O‘zdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksionerlik uyushmasi ixtiyoriga belgilangan tartibda bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
9. Belgilansinki, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan qishloq ma’muriy tumanlarida tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha qo‘shimcha xodimlarni jalb etgan holda, tuman suv xo‘jaligi boshqarmalari negizida tashkil etiladi.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga hamda tegishli viloyat hokimligiga, tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari esa — viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga hamda tuman hokimligiga hisob beradi;
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari viloyatlar hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, tuman boshqarmalari boshliqlari esa — tegishli tuman hokimining taqdimnomasi bo‘yicha viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-maydagi 215-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
12. Belgilansinki, budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va korxonalarning xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, uning bo‘linmalarini va unga qarashli tashkilotlarni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi.
Belgilansinki, yirik suv xo‘jaligi obyektlari (magistral kanallar, suv omborlari, nasos stansiyalari, xo‘jaliklararo kollektorlar)dan foydalanish, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek qishloq xo‘jaligining operatsiya xarajatlari budjet mablag‘lari (respublika va mahalliy budjetlar mablag‘lari) hisobiga amalga oshiriladi.
13. Moddiy manfaatdorlikni oshirish, yuqori malakali kadrlarning qishloq va suv xo‘jaligi tizimida o‘rnashib qolishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida vazirlik markaziy apparati, viloyat va tuman boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshlari tugatilgan vazirliklar va ularning bo‘linmalarida amalda qo‘llanib kelingan razryadlardan bir razryad yuqori etib belgilansin.
14. Tugatilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli xodimlariga avvalgi ish joyidagi imtiyozlar va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari saqlab qolinsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda viloyat va tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tayyorlasinlar va tasdiqlasinlar, ularni joylarga yetkazsinlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan boshqarmalarni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasidagi 4-uyga joylashtirilsin.
17. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 16-noyabrdagi 376-son, 1990-yil 31-martdagi 155-son va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-apreldagi 99-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarori Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha o‘z kuchini qisman yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son, 4-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-noyabr,
419-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — 2001-y., 6-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 4-noyabrdagi 502-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-noyabrdagi 419-son qaroriga
3-ILOVA
“O‘zsuvtamirfoydalanish” respublika birlashmasi korxonalari va tashkilotlari
RO‘YXATI
1. Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi
2. Andijon suv omboridan foydalanish boshqarmasi
3. Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi (Tallimarjon suv ombori bilan)
4. Amu—Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi (To‘dako‘l va Quyimozor suv omborlari bilan)
5. Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi
6. Katta Farg‘ona kanalidan foydalanish boshqarmasi
7. Zarafshon vodiysi suv xo‘jaligidan foydalanish boshqarmasi (Kattaqo‘rg‘on suv ombori bilan)
8. “Mirzacho‘l” ishlab chiqarish birlashmasi
9. Hisoraq Pachkamar va Chimqurg‘on suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari
10. Ohangaron va Toshkent suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari
11. Janubiy Surxon suv omboridan foydalanish boshqarmasi
12. To‘polang suv ombori qurilishi va undan foydalanish direksiyasi
13. Karkidon suv omboridan foydalanish boshqarmasi
14. Qirg‘oqlarni himoyalash dambalari va o‘zanlarni tartibga solish inshootlari boshqarmasi
15. Yirik viloyatlararo suv chiqarib yuborish kollektorlari boshqarmasi
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-noyabrdagi 419-son qaroriga
4-ILOVA
Mavjud respublika ishlab chiqarish birlashmalari negizida tashkil etiladigan uyushmalar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
2. “O‘zparrandasanoat” parranda go‘shti va tuxum yetishtirish korxonalari uyushmasi — “O‘zparrandasanoat” RIB negizida
3. “O‘zsabzavotnavurug‘lari” sabzavot-poliz ekinlari urug‘i yetishtirish, marketingi va sotish uyushmasi — “O‘zsabzavotnav-urug‘lar” respublika birlashmasi negizida
4. “Asal” asalchilik xo‘jaliklari uyushmasi — “Asal” RIB negizida
5. “O‘zjamoaqurilish” qurilish korxonalari uyushmasi — “O‘zjamoaxo‘jalikqurilish” respublika davlat-kooperativ birlashmasi negizida
6. “O‘zqishloqichimliksuvta’minot” qishloqlarni ichimlik suv bilan ta’minlash korxonalari uyushmasi — “O‘zagrovodokanal” RIB negizida
7. “O‘zqishloqxo‘jalikqurilishta’mir” qishloq xo‘jaligi obyektlarini qurish va ta’mirlash uyushmasi — “O‘zagroqurilishta’mir” RIB negizida
8. “Sanoatuyjoysuvqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi — “Sanoatuyjoysuvqurilish” tresti negizida
9. “O‘zsuvmetall” davlat-aksionerlik birlashmasi — “O‘zsuvmetall” birlashmasi negizida
10. “O‘zqishloqta’minot” uyushmasi “O‘zbarterta’minot” respublika tashkiloti negizida
11. “O‘zjamoaxo‘jaliksog‘lomlashtirish” uyushmasi — “O‘zjamoaxo‘jaliksog‘lomlashtirish” respublika birlashmasi negizida
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-noyabrdagi 419-son qaroriga
5-ILOVA
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
RO‘YXATI
I. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari
II. Xo‘jalik hisobidagi korxonalar:
“O‘zsabzavotnavurug‘lari” uyushmasi
“O‘zparrandasanoat” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi
(II bo‘limning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son qarori tahririda)
“Asal” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘limning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
“Otchopar” respublika ot sporti klubi
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘limning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
“O‘zqishloqxo‘jalikqurilishta’mir” qishloq xo‘jaligi obyektlarini qurish va ta’mirlash uyushmasi
“O‘zmaxsussuvdrenaj” ta’mirlash-qurilish tresti
“O‘zsuvta’mirqurilishfoydalanish” respublika ishlab chiqarish birlashmasi
“Qoraqalpoqta’mirqurilishmelioratsiya” tresti
“Sanoatuyjoyqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi
“O‘zsuvxorijiyqurilish” respublika birlashmasi
“O‘zsuvuskunabutlash” ishlab chiqarish birlashmasi
“O‘zmeliosuvtrans” transport korporatsiyasi
“Suv — hayot manbai” sanoat korporatsiyasi
Nasos-kuchlanish va energetika mashinasozligi uyushmasi — “NEM” uyushmasi
Ixtisoslashtirilgan “O‘zsuvenergiya” birlashmasi
“O‘zsuvmetall” davlat-aksionerlik birlashmasi
“O‘zqishloqichimliksuvta’minot” uyushmasi
“O‘zsuvloyiha” ishlab chiqarish birlashmasi
“O‘zdaverloyiha” loyihalash instituti
“O‘zqishloqqurilishloyiha” instituti
“SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
“Sovuq” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
“O‘zjamoasog‘lomlashtirish” uyushmasi
“O‘zagroaxborot” ishlab chiqarish birlashmasi
“O‘zqishloqta’minot” uyushmasi
“Miroblarning tadbirkorlik taraqqiyoti” uyushmasi
“O‘zdehqonsavdo” savdo birlashmasi
“Hosilot” mehmonxonasi aksionerlik jamiyati
III. Budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi
O‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston respublika idoralararo komissiyasi
Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi
(III bo‘limning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-dekabrdagi 553-son qarori tahririda)
Mahsulot xarid qilish va uning sifati bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi
O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo tadqiqotlari respublika markazi
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘limning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Bosh davlat veterinariya boshqarmasi
Chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Mashina va jihozlarning texnik holatini nazorat qilish bo‘yicha davlat bosh inspeksiyasi
“O‘zsuvta’mirfoydalanish” respublika birlashmasi
Toshkent shahar suv xo‘jaligi boshqarmasi
Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari (12)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi
Jizzax viloyati kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi
Markaziy ishlab chiqarish-texnologiya xizmati
“O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi
Respublika suv xo‘jaligi kengashi (Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha milliy qo‘mita)
Harbiylashtirilgan gidrometrologiya xizmati
Respublika mehnat bo‘yicha normativ-tadqiqot stansiyasi
Respublika o‘quv-uslubiy markazi
Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti — A. Chudnaya nomidagi ilg‘or tajriba maktabi
Respublika bog‘bonlar maktabi
Toshkent davlat agrar universiteti
Andijon paxtachilik instituti
Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti
Texnikumlar va kollejlar — 45 ta
Litseylar —5 ta
Bolalar bog‘chalari va yaslilari — 6 ta.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-noyabrdagi 419-son qaroriga
6-ILOVA
“O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi ixtiyoriga berilayotgan paxta tozalash zavodlari
RO‘YXATI
1. Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor” paxta tozalash zavodi.
2. Namangan viloyati Namangan tumanidagi K. Soliyev nomidagi paxta tozalash zavodi.
3. Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi “Narpay” paxta tozalash zavodi.
4. Samarqand viloyati Narpay tumanidagi Bobur nomidagi paxta tozalash zavodi.
5. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi M. Sultonov nomidagi paxta tozalash zavodi.
6. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi “Qorasuv” paxta tozalash zavodi.
7. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi Kim Pen Xva nomidagi paxta tozalash zavodi.
8. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi “Guliston” paxta tozalash zavodi.
9. Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi G‘. G‘ulom nomidagi paxta tozalash zavodi.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Oq oltin” paxta tozalash zavodi.
11. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “To‘palang” paxta tozalash zavodi.
12. Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Bekobod” paxta tozalash zavodi.
13. Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Dalvarzin” paxta tozalash zavodi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 1-2 -son, 4-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 11-son, 33-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 1-2-son, 4-modda; 6-son, 35-modda)