O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IJTIMOIY AHAMIYATLI KASALLIKLAR RO‘YXATINI TASDIQLASH VA BUNDAY KASALLIKLARGA DUCHOR BO‘LGAN SHAXSLARGA IMTIYOZLAR BELGILASH TO‘G‘RISIDA
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlar uchun imtiyozlar 2-ilovaga muvofiq.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, muassasalar va tashkilotlar ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor bo‘lgan shaxslar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar berilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy yordam hajmi va turlarini bir oy muddatda belgilasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar madaniyat bo‘limiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 20-mart,
153-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 153-son qaroriga
1-ILOVA
Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar
RO‘YXATI
1. Sil kasalligi.
2. Onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o‘simtalar.
3. Jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar.
4. SPID.
5. Moxov (lepra) kasalligi.
6. Ruhiy kasalliklar.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 153-son qaroriga
2-ILOVA
Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklariga duchor bo‘lgan bemorlar uchun
imtiyozlar
Sil kasalligining har qanday shakliga duchor bo‘lgan bemorlar uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasallik birinchi marta aniqlangan bemorlar uchun sil kasalligi bilan kasallanish oqibatida mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasi berish kasallik aniqlangandan boshlab 10 oygacha sil kasalliklari muassasalarida hisobda turgan bemorlar uchun tekshirish va nogironlikni belgilash uchun keyinchalik ularni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK)ga yuborgan holda, 6 oygacha.
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Belgilab qo‘yilsinki, sil kasalligi bilan kasallanish oqibatida ish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarning ish joylari va o‘rtacha oylik ish haqlari to‘liq saqlanadi.
Bemorlarga (berilgan yo‘llanma bo‘yicha) davolanish joylarigacha avtotransportda bepul borish va kelishga yoxud mahalliy budjet hisobidan poyezdda yilda bir marta borib kelishga ruxsat etish.
Yotoqxonalarda yoki oilasi katta bo‘lgan bolali uylarda yashovchi bemorlar uchun navbatdan tashqari turar joylar berish.
Sil kasalliklarga qarshi dispanserlarning belgilashiga ko‘ra sil kasalligiga chalingan bemor bor bo‘lgan oilalarning sog‘lom bolalarini bolalar yaslilariga, bog‘chalariga, maktab-internatlarga navbatdan tashqari joylash.