1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, mintaqaviy savdoni rivojlantirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, chegaraoldi va respublikaning boshqa viloyatlarini bogʻlovchi, qulay hududda joylashgan maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish ularning hududida yangi kompleks ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va savdo infratuzilmasini rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.11.00 Tashish. Transport ekspeditsiyasi (shuningdek, 09.15.14.00, 09.15.16.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni hisobga olish va rasmiylashtirish;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
6.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.03 Eksport]
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi negizida ishlab chiqaruvchilar, eksport qiluvchilar va xaridorlar uchun saqlash, transport va boshqa zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.13.00 Savdo va ombor binolari. Idish. Tovarlarni saqlash. Mavjud miqdorning tabiiy kamayishi]
2. “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini qisqartirish hisobiga tegishli infratuzilma obyektlari bilan taʼminlangan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi (keyingi oʻrinlarda — Termiz xalqaro savdo markazi) hamda “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T.A. Bobolov) Davlat xavfsizlik xizmati (A.A. Azizov) bilan birgalikda “Termez Cargo Centre” MChJni Termiz xalqaro savdo markazi ishtirokchilari reyestriga oʻrnatilgan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.03.00 Transport vositalarini olib kirish va olib chiqish;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hamda Termiz xalqaro savdo markazi tarkibiga kiruvchi hududlarning chegaralarini belgilash;
Termiz xalqaro savdo markazi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish dasturini tasdiqlash, shuningdek, tovarlarni olib kirish, olib chiqish, tegishli bojxona rejimlarini rasmiylashtirish, mahsulotlarni realizatsiya qilish, xorijiy fuqarolar va transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, ushbu hududda boʻlishi hamda undan chiqishi bilan bogʻliq tartibni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.02 Chakana oldi-sotdi;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni hisobga olish va rasmiylashtirish;
8.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.09 Erkin bojxona zonasi;
9.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat;
10.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
11.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
4. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Termiz xalqaro savdo markazi hududida:
zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash xizmatlari hamda elektron savdo portallari tashkil etiladi;
“yagona darcha” va interaktiv mexanizmlar asosida bojxona, soliq, sertifikatsiya, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank va valyuta ayirboshlash, mobil aloqa hamda mijozlar uchun tibbiyot va mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi;
Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolari va ushbu davlat hududidan kiruvchi boshqa davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, shaxsiy va pasport nazoratidan oʻtgan holda (vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtmasdan) oʻn kun davomida hududga kirish, hududda boʻlish va undan chiqish tartibi joriy etiladi;
faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilinadigan hamda Afgʻoniston Islom Respublikasi hududiga olib chiqiladigan tovarlar va xizmatlar eksportga tenglashtiriladi;
chet el tovarlari “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi hamda, istisno tariqasida, ushbu tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar harakatlanish hujjatlari asosida alohida nazorat oʻtkazish punkti orqali oʻtadi va ortga qaytishga faqat kirgan nazorat oʻtkazish punkti orqali ruxsat etiladi;
b) Termiz xalqaro savdo markazi hududiga Afgʻoniston Islom Respublikasi tomonidan kirish va undan chiqish “Termiz-avtoyoʻl” oʻtkazish punktidan maxsus texnik vositalari bilan jihozlangan alohida yoʻlak (koridor) orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari]
5. Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasi (keyingi oʻrinlarda — Sergeli industrial parki) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
6. “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi va “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruhi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ishchi guruhining (A.N. Aripov) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki hududiga salohiyatli investorlarni jalb qilish va yuqori texnologik jahon bozorida raqobatbardosh yangi mahsulot ishlab chiqarish va sifatli xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish;
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki obyektlarining qurilishi va faoliyatini yoʻlga qoʻyishga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki tashqi muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi qurilishi boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, qurilishini moliyalashtirish manbalarini aniqlash va ularning amalga oshirilishini taʼminlash.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
7. Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻn kun muddatda ustav fondlarini shakllantirish uchun Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki direksiyalariga 5,0 mlrd soʻmdan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki hududida qurilishi tugallangan obyektlar oʻrnatilgan tartibda foydalanishga qabul qilingandan soʻng Ishchi guruhi tomonidan belgilanadigan qiymatda va tartibda (“Termez Cargo Centre” MChJ obyektlaridan tashqari) “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki direksiyalari (keyingi oʻrinlarda — Direksiyalar) tomonidan oshkora savdolar oʻtkazish yoʻli bilan talabgorlarga sotiladi yoki lizing asosida beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan oʻrnatilgan tartibda Surxondaryo viloyati hokimligiga Termiz xalqaro savdo markazi obyektlari qurilishiga 20 mln AQSh dollariga teng miqdorda hamda Toshkent shahar hokimligiga Sergeli industrial parki obyektlari qurilishiga 40 mln AQSh dollariga teng miqdorda kredit ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
10. Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki obyektlarini qurishda:
Jamgʻarma kreditlari Surxondaryo viloyati hokimligiga 4 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davrni va Toshkent shahar hokimligiga 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR + 2 foizda obyektlar qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda zarur infratuzilmalarni barpo etishga Maʼmuriy kengashlar tomonidan tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatlarga asosan ajratiladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 06/23/26/0101-son)
kreditlarning asosiy qarz va foiz toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki obyektlarini investorlarga sotish, lizing yoki ijara shartnomalari asosida taqdim etishdan tushadigan mablagʻlar hamda tegishli hokimliklarning boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari hamda tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Surxondaryo viloyati (T.A. Bobolov) va Toshkent shahar (J.A. Artikxodjayev) hokimliklari Jamgʻarmadan Direksiyalarga ajratiladigan kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, kredit mablagʻlari toʻliq va oʻz vaqtida qaytarilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Surxondaryo viloyati va Toshkent shahar hokimliklariga ajratiladigan kreditlarni qaytarish prognoz jadvallari 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash]
12. Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Termiz xalqaro savdo markazi hududini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun talab etiladigan shaxsiy tarkib shtat birligini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari;
6.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
13. “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki obyektlarini qurish hamda faoliyat koʻrsatishi davrida:
a) Direksiyalarga obyektlarni sotish, lizing va ijaraga berishdan tushgan tushumning Jamgʻarmadan olingan kreditni qaytarishga yoʻnaltirilgan qismi boʻyicha foyda soligʻi stavkasi 2023-yilga qadar 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadi;
b) 2023-yil 1-yanvarga qadar:
obyektlarni qurishga jalb qilingan loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari hamda Direksiyalar qurilish ishlarini amalga oshirishda zarur boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, maxsus texnika va qurilish texnikasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalarini xorijdan olib kelishda bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilinadi;
obyektlarni qurishga jalb qilingan loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari hamda Direksiyalarga qurilish ishlarini amalga oshirish uchun import qilinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, maxsus texnika va qurilish texnikasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalari uchun hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni Direksiyalarning kafolat xati asosida 120 kunga qadar kechiktirish huquqi beriladi.
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi toʻgʻrisida 2021-yil 1-mart hamda 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-noyabr,
PF-6109-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6109-son Farmoniga 1-ILOVA
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi va “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruhi rahbari
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari
S.U. Umurzakov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
S.X. Bekenov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
L.Sh. Qudratov
—
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
O.Z. Nasritdinxodjayev
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Sh.S. Xidoyatov
—
qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari
I.R. Mahkamov
—
transport vaziri vazifasini bajaruvchi
Sh.A. Vafayev
—
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori
Sh.A. Abidov
—
Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri, Ishchi guruhi kotibi
Izohlar.
Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ishchi guruhiga zarur holda vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish huquqi beriladi.
* tegishli hududlarda barpo etiladigan obyektlar masalalarida ishtirok etadi.
*Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
**Haqiqiy toʻlovlar.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 06/23/26/0101-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6109-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Toshkent shahar hokimligiga ajratiladigan kreditni qaytarish prognoz
* Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6109/1511-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 06/23/26/0101-son)