Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Respublikamizda sogʻliqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda.
Jumladan, 2025-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, 2022-yilga qadar yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyalari hamda sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish meʼyor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yogʻ miqdori koʻp boʻlgan taom va shirinliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar isteʼmol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional oʻsish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli oʻsma kabi insonning erta oʻlimiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʻladi.
Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan olingan saboqlar kasallikning ogʻirligi va oʻlim holatlarining katta qismi notoʻgʻri turmush tarzi tufayli kelib chiqadigan yoʻldosh kasalliklar bilan chambarchas bogʻliqligini koʻrsatdi.
Aholining sogʻlom ovqatlanishi va jismoniy faolligini taʼminlashda davlat siyosatini yanada mustahkamlash, yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, har bir fuqaroda sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish maqsadida:
1. Aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
a) 2021-yil 1-iyundan boshlab:
6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar “A” vitamini bilan;
2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlanadi;
b) 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;
35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlanadi;
v) 2021-yil 1-apreldan boshlab birinchi nav bugʻdoy uni bilan bir qatorda oliy nav bugʻdoy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
3. Bolalarning 5 yoshgacha boʻlgan davrda optimal rivojlanishi va oʻsishini taʼminlash maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi patronajning universal-progressiv modeli 2022-yil 1-yanvarga qadar bosqichma-bosqich joriy etilsin:
homilador va tugʻruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar uchun amaldagi shtatlar doirasida alohida patronaj hamshirasini biriktirish;
ushbu patronaj hamshirasi tomonidan umumiy holati qoniqarli va xavf guruhidagi aholini aniqlash hamda ular sogʻligʻining umumiy holatini differensiallashgan yondashuv asosida kuzatib borish;
umumiy holati qoniqarli boʻlgan barcha homilador va tugʻruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalarni yagona meʼyor asosida bevosita kuzatish;
ruhiy tushkunlik holati, bolaning toʻgʻri ovqatlanishi va rivojlanishi uchun sogʻlom muhitni taʼminlashda qiyinchiliklari mavjud xavf guruhidagi homilador va tugʻruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarning har biriga individual reja asosida kengaytirilgan yordam koʻrsatish.
4. Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida 2021-yil 1-yanvardan boshlab eksperiment tariqasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalari tashkil etilsin.
Belgilansinki, “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalari:
aholiga toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boradi;
respublika budjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan zarur moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanadi;
Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tuman (shahar) boʻlinmalari shtatlarini qayta koʻrib chiqish hisobiga shakllantiriladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi (E.I. Basitxanova) Moliya vazirligi (J.I. Abruyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilib, uni respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Markaz, Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiy xodimlari uchun diyetologiya boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini, aholi uchun ovqatlanish boʻyicha maslahatchi tayyorlash kurslarini tashkil etish vakolati berilsin.
6. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutiga qoʻshimcha ravishda sogʻlom va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosining asosiy turlarini kengaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarini mikronutriyentlar bilan boyitish, aholining yoshi, jinsi, fiziologik holati, kasbi va kasalliklaridan kelib chiqqan holda sogʻlom va parhezli ovqatlanish hamda profilaktik tibbiyot masalalari boʻyicha canitariya qoidalari va meʼyorlarini tayyorlash, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar olib borish vazifalari yuklatilsin.
Ilmiy-tadqiqot instituti (Oʻ.X. Adilov):
2021-yil 1-fevralga qadar Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida diyetolog mutaxassislar va ovqatlanish boʻyicha maslahatchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini tayyorlasin;
2021-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti bilan birgalikda aholining yoshi, jinsi, fiziologik holati va kasbiga koʻra guruhlari uchun tavsiya etiladigan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari hamda jismoniy mashqlar kompleksini ishlab chiqsin.
7. Markaz (B.T. Odilova) targʻibot ishlarini taniqli madaniyat vakillari va sportchilarni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda videorolik shaklida, aholi orasida infografik tarqatma materiallardan foydalangan holda olib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin. Bunda, ayniqsa, notoʻgʻri ovqatlanish va kam harakatlanishning inson salomatligiga salbiy taʼsiri, xususan buning oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar va ularning asoratlari hamda kasalliklar profilaktikasi va uni davolashda meva va sabzavotlarning xususiyatlari, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishning inson salomatligiga foydasini yoritishga alohida eʼtibor qaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.I. Ikramov), Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni tizimli amalga oshirishda Markazga yaqindan koʻmaklashsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
8. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov, J.I. Abruyev) 2021-yildan boshlab toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha keng koʻlamli targʻibot ishlarini, jumladan aholi va tibbiyot xodimlari uchun tarqatma materiallarni tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlarni moliyalashtirish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin.
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, xususan sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalarning tanlovlar asosida shakllantirilishini taʼminlasin.
9. Belgilansinki, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Shaxsiy gigiyena va jismoniy tarbiya asoslari” mashgʻulotlari oʻtkaziladi;
respublika umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv darslarini qayta koʻrib chiqqan holda 1 — 4-sinflar uchun “Tarbiya” va “Atrofimizdagi olam” fanlari, yuqori sinflar uchun “Biologiya” fani tarkibida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha “Salomatlik saboqlari” mavzulari kiritiladi;
akademik litsey, professional va oliy taʼlim muassasalarining “Jismoniy tarbiya” fani doirasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi;
tibbiyot texnikumlarida valeolog, diyetolog, nutritsiolog mutaxassisliklarini tayyorlash, nutritsiolog va diyetolog magistratura (internatura, klinik ordinatura) mutaxassisliklarini 1 yillik oʻquv dasturlari asosida tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat, klinik ordinatura, magistratura, tibbiyot kollejlari va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining barcha yoʻnalishlarida toʻgʻri ovqatlanish mavzulari alohida siklda oʻqitiladi;
barcha mutaxassisliklar boʻyicha vrach va oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslari boʻyicha fan dasturlariga “Sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish mezonlari” mavzulari kiritiladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan oʻquv mashgʻulotlarini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida ishlab chiqsin.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov) hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (R.S. Irmatov):
a) uch oy muddatda malaka oshirish va seminar-mashgʻulotlar oʻtkaziladigan joy hamda ularni moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda quyidagi dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Oldingi tahrirga qarang.
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, jumladan koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlarida faoliyat yurituvchi vrach va oʻrta tibbiyot xodimlarini diyetologiyani chuqurlashtirib oʻrgatgan holda valeologiya boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish;
(10-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oilaviy shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlarini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asosan yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi boʻyicha katta yoshdagi aholiga maslahatlar berish yuzasidan oʻqitish;
(10-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga xodimlari hamda dekretiv guruh vakillari uchun toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi va sanitar-gigiyenik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha seminar-mashgʻulotlar oʻtkazish;
“Salomatlik yoʻlaklari”da davlat organlari va tashkilotlarining xodimlarini jalb etgan holda piyoda va velosipedda yurish boʻyicha marafonlar va sport musobaqalarini oʻtkazish;
b) 2021-yil 1-oktabrga qadar Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha tavsiyalari asosida yuqumli boʻlmagan kasalliklarga oid diagnostika (davolash) standartlari va klinik protokol (qoʻllanma)larni qayta tasdiqlasin;
v) 2022-yil 1-yanvarga qadar mahallalar kesimida yuqumli boʻlmagan kasalliklar boʻyicha “aholining salomatlik profili”ni yaratsin va uni oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borsin. Bunda, aholining ovqatlanish xarakteri, tana vazni indeksi, alkogolli ichimlik va tamakiga qaramlilikning mavjudligi, arterial bosim, qondagi qand miqdori va xolesterin darajasi kabi koʻrsatkichlarning qamrab olinishini nazarda tutsin.
11. Belgilansinki, oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini koʻrsatuvchi belgilar bilan tamgʻalash quyidagi tartibda ikki bosqichda joriy etiladi:
a) 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;
xavfsizlik belgisi bilan tamgʻalangan oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasi imtiyozli tariflar asosida tarqatiladi (joylashtiriladi);
taʼlim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan tamgʻalanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bunday mahsulotlarni realizatsiya qilish savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi;
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab respublika hududida realizatsiya qilish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari ularning inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini koʻrsatuvchi belgilar bilan majburiy tartibda tamgʻalanadi.
Bunda, tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdorini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilash davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
12. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarda aholida sogʻlom ovqatlanish odatini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda aholida sogʻlom ovqatlanish odatini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish samaradorligini aniqlash indikatorlari 2-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda qabul qilinadigan oziq-ovqat sanoati sohasidagi xalqaro standartlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda qayta koʻrib chiqiladigan oziq-ovqat xavfsizligiga oid canitariya qoidalari va meʼyorlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
mazkur qarorning alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha harakatlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvardan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari milliy standart va meʼyorlarga muvofiqligini hamda mahsulot oʻramidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini xolis oʻrganuvchi “Sifat nazorati” televizion koʻrsatuvi namoyish etib borilishini taʼminlasin;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Oziq-ovqat mahsulotlari sifat haftaligi” tadbirini 2021-yildan boshlab har yili noyabr oyida oʻtkazishni yoʻlga qoʻysin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi “2106 90 980 3” pozitsiya bilan toʻldirilsin:

2106909803

Mikronutriyenti dlya obogosheniya muki

0

”.

16. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, vazir oʻrinbosari E.I. Basitxanova, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B.Q. Yusupaliyev va Markaz direktori B.T. Odilova belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-noyabr,
PQ-4887-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
1-ILOVA
2020 — 2025-yillarda aholida sogʻlom ovqatlanish odatini shakllantirish boʻyicha
chora-tadbirlar dasturi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mablagʻ miqdori

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun masʼullar

Ijro mexanizmi

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda xalqaro meʼyorlar va standartlarni implementatsiya qilish

1.

Tayyor va yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari retsepturasini oʻzgartirish, shuningdek davolash va taʼlim muassasalarida, ish joylarida natriyni past miqdorda taqdim etish orqali aholi tomonidan tuz isteʼmolini kamaytirish.

2021 — 2025-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Chora-tadbirlar dasturi

2.

Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi boʻyicha amaldagi canitariya qoidalari va meʼyorlarini hamda davlat standartlarini va texnik reglamentlarni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — JSST)ning tavsiyalari va Alimentarius Kodeksi normalariga muvofiqlashtirish.

2021 — 2023-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Davlat standartlari, texnik reglamentlar, canitariya qoidalari
va meʼyorlari

3.

Chakana savdo shoxobchalarida xalq isteʼmoli tovarlari nazorat xaridini amalga oshirish va tovar (ish, xizmat)larni ekspertizadan (laboratoriya sinovlaridan) oʻtkazish tartiblarini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Kasimov)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

4.

“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2020-yil

dekabr

Vazirlar Mahkamasi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

Qonun loyihasi

5.

Oliy nav bugʻdoy unini vitamin va mikronutriyentlar bilan boyitish boʻyicha davlat standarti va texnik reglamentni tasdiqlash hamda unni boyitish davlat dasturiga oʻzgartirish kiritish.

Shuningdek, un mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda import qilishga ruxsat berish tartibini oʻrnatish.

2021-yil

yanvar

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“Oʻzdonmahsulot” AK (F. Pulatov),
JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Davlat standarti
va texnik reglament

6.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, jumladan unga yuqori malakali va ilmiy salohiyatli kadrlarni jalb etish, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar, vivariy va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha yangi klinika tashkil etish.

2021-yil

yanvar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B. Yusupaliyev)

Ijrochilar qarorlari,
zarur hollarda,
normativ-huquqiy hujjat loyihasi

7.

Yuqumli boʻlmagan kasalliklar indikatorlarini va reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar ovqatlanishidagi muammolarni kuzatish imkoniyatini beruvchi statistik hisobotlarning davlat va idoraviy shakllarini qayta koʻrib chiqish.

2021-yil

I chorak

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov)

Statistik hisobotlar

8.

JSSTning tavsiyalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilovchi meʼyorlarni ishlab chiqish.

2021-yil

1-mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Texnik reglament,
canitariya qoidalari
va meʼyorlari

9.

Respublika hududida realizatsiya qilish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan ozi?-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda tamgʻalash boʻyicha “Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2021-yil

1-mart

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),
JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

10.

Aholi orasida yod tanqisligining ommaviy profilaktikasini amalga oshirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini yod bilan boyitish boʻyicha joriy etilgan davlat standartlari va texnik reglamentlarni takomillashtirish.

2021-yil

II chorak

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Davlat standartlari
va texnik reglamentlar

11.

JSSTning tavsiyalariga asosan bolalarga qaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar marketingini tartibga solish.

2021-yil

III chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Ijrochilar qarori

12.

Biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish.

2022-yil

I chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

Ijrochilar qarori

13.

Raqamli va chakana savdo muhitida bolalar va oʻsmirlar uchun tuz, qand va yogʻ miqdori belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va kuchli gazlangan, rangli, shirin hamda energetik ichimliklarning marketingini tartibga solish.

2022-yil

II chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

14.

Sogʻlom, tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun xavfsiz meʼyor doirasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil

III chorak

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Ijrochilar qarori,
zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

II. Notoʻgʻri ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish

15.

JSSTning xavfsiz ovqatlanishni taʼminlash boʻyicha “besh kalit dasturi”ni targʻib qilish.

2020 — 2025-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
(B. Musayev),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sagdullayev),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

16.

Ota-onalar va bolalar uchun interfaol usulda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha “Sogʻlom ovqatlanaylik” turkum koʻrsatuvlarini tayyorlash va tizimli ravishda efirga uzatish.

2021-yil yanvardan boshlab doimiy

MTRK (A. Xadjayev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
nodavlat telekompaniyalar
(kelishuv asosida)

Telekoʻrsatuv

17.

Aholining yosh, jins, fiziologik holat va kasb boʻyicha turli guruhlari uchun ovqatlanishning maqbul meʼyorlarini ishlab chiqish.

2021-yil
1-mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Ijrochilar qarorlari

18.

Aholini qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vitamin va minerallar bilan bepul taʼminlash boʻyicha davlat dasturini qabul qilish.

2021-yil
15-fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Hukumat qarori

19.

Quyidagilarni amalga oshirish:

6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;

6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini bilan;

2 — 10 yoshli bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan;

homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan;

35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepultaʼminlash. Bunda, 35 yoshgacha boʻlgan homilador va bola emizuvchi ayollarni alohida meʼyor asosida taʼminlash.

2021-yil
1-iyundan boshlab
doimiy




2022-yil
1-iyuldan boshlab doimiy

Hisob-kitoblar asosida

Budjet mablagʻlari,
grantlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolanxonalari
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

20.

Noqulay mehnat sharoiti ishlarida band boʻlgan ishchilar uchun profilaktik ovqatlantirish normalarini ishlab chiqish.

2021-yil
II chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

Ijrochilar qarorlari

21.

Tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun moʻljallangan ovqatlanish meʼyor va taomnomalarini, jumladan parhez taomlarini qayta koʻrib chiqish.

2021-yil
II chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Ijrochilar qarorlari

22.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanish tizimini takomillashtirish.

Xususan, maktab oshxonalarini sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlari talablariga mos holatga keltirish, taomlar sifati va xavfsizligini nazorat qilishni yoʻlga qoʻyish.

2021-yil

II chorak

Xalq taʼlimi vazirligi(Sh. Shermatov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

Normativ-huquqiy hujjat

23.

Umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida band boʻlgan mutaxassislar uchun sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2021-yil
III chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Targʻibot materiallari

24.

Notoʻgʻri ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha laboratoriya test sinovlari standartlarini qayta koʻrib chiqish.

Laboratoriya test sinovlari standartlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari laboratoriyalarini zarur uskuna, sarf materiallari va reaktivlar bilan taʼminlash.

2021-yil
III chorak



2021-2022-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun ajratilgan budjet mablagʻlari,
mahalliy budjet mablagʻlari,
grantlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy
chora-tadbirlar

25.

Yuqumli boʻlmagan kasalliklarga oid diagnostika va davolash standartlari hamda klinik qoʻllanma va protokollarni toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha JSSTning tavsiyalari asosida qayta tasdiqlash.

2021-yil
III chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Davolash
va diagnostika standartlari hamda klinik protokollar

26.

Respublika boʻyicha patronajning universal progressiv modelini ishlab chiqish yoʻli bilan homilador ayollar va 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning ota-onalariga ovqatlanish masalalari boʻyicha maslahat berib borish tizimini yaratish.

2021-yil
yanvar —dekabr

1 mln. AQSH doll.

YUNISEF mablagʻlari
(kelishuv asosida)

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
YUNISEFning
Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Universal progressiv modelni amaliyotga
joriy etish

27.

Aholi, xususan bolalar uchun mahalliy meva, sabzavot va boshqa xomashyolar asosida ilmiy asoslangan oziq-ovqat va ichimliklar retsepturalarini ishlab chiqish.

2022-yil
II chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

Retsepturalar ishlab chiqish

III. Ovqatlanish gigiyenasi va uning nutritsiologiya, diyetologiya kabi yoʻnalishlarida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda sogʻlom ovqatlanishni shakllantirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash

28.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining tibbiy xodimlarini JSSTning tavsiyalariga koʻra yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalingan bemorlarni oʻzlarini parvarishlash va oʻz salomatligini nazorat qilishga oʻrgatish boʻyicha oʻqitish.

2021 — 2025-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

29.

Homilador, emizikli onalar va 2 yoshgacha bolalarning sogʻlom ovqatlanishiga oid JSSTning “Birinchi 1000 kunlik” dasturi asosida shifokor va hamshiralar malakasini oshirish.

2021 — 2025-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

30.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida JSSTning tavsiyalariga koʻra 40 va undan katta yoshdagi fuqarolarda yuqumli boʻlmagan kasalliklarning xavf omillarini aniqlash.

2021 — 2025-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

31.

Keng turdagi maʼlumotlarni tahlil qilish orqali respublika aholisining turmush tarzi, ovqatlanishi va yondosh kasalliklariga bogʻliq holatda ularning metabolomikasini oʻrganish.

2021-2022-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Tanlov natijalariga
koʻra ajratiladigan mablagʻlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
ilmiy-tadqiqot institutlari

Ilmiy-tadqiqot ishlari

32.

Tibbiyot taʼlimi tizimida ayol va bolalarning ovqatlanishi boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

Oilaviy shifokor, pediatr, bolalar tor mutaxassislari, akusher-ginekolog, diyetolog va nutritsiologlar tayyorlash dasturlariga reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar va oʻsmirlarning toʻgʻri ovqatlanishi mavzusini kiritish.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

50 ming AQSH doll.

YUNISEF mablagʻlari
(kelishuv asosida)

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(ke�ishuv asosida)

Oʻquv dasturlari

33.

Davlat muassasa va tashkilotlarida diyetologiya mutaxassisini jalb qilgan holda tizimli ravishda toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha seminar-mashgʻulotlar oʻtkazib borish.

2021-yildan boshlab doimiy

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
davlat muassasa
va tashkilotlari

Seminar mashgʻulotlari

34.

Dekretiv kontingent vakillari uchun sogʻlom turmush tarzi, sanitariya-gigiyena koʻnikmalarini hosil qilish boʻyicha maxsus kurslarni tashkillashtirish va tizimli ravishda amalga oshirish.

2021-yildan boshlab doimiy

Ijrochilarning mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
muassasa va tashkilotlar

Seminar mashgʻulotlari

35.

Nutritsiologiya va diyetologiya mutaxassislarini tayyorlashda diplomgacha, diplomdan keyingi va malaka oshirish dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

2021-yil
I chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Oʻquv dasturlari

36.

Oliy taʼlim muassasalarida “Oziq-ovqat texnologiyasi”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi”, “Oziq-ovqat xavfsizligi”, “Agrobiotexnologiya”, “Meva-sabzovotchilikda biotexnologiya”, “Qishloq xoʻjaligida ekologik xavfsizlik”, “Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning anʼanaviy hamda innovatsion texnologiyasi va sertifikatsiyasi”, “Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini sifat va standart nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.

2021-yil
II chorak

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
tegishli vazirlik
va idoralar

Oʻquv dasturlari

37.

Yoshlar orasida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish boʻyicha global tekshiruv (GYTS) tadqiqot dasturini amalga oshirish.

2021-yil aprel

10 ming AQSH doll.

JSST mablagʻlari (kelishuv asosida)

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Xalq taʼlimi vazirligi(Sh. Shermatov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

38.

Bolalar va ayollar holatini baholash boʻyicha YUNISEFning multiindikatorli “MICS” tadqiqot dasturini amalga oshirish.

2021-yil

sentabr

295,0 ming AQSH doll.

700,0ming AQSH doll.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlar

YUNISEF mablagʻlari
(kelishuv asosida)

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

39.

Bolalarda semizlikni epidemiologik nazorat qilish boʻyicha Yevropa tashabbusi (COSI) dasturini 5 yilda bir marta amalga oshirish.

Dastlab 2021/2022 oʻquv yilida

20 ming AQSH doll.

JSST mablagʻlari (kelishuv asosida)

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Turizm va sport vazirligi (A. Karimov),

JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

40.

Oʻzbekiston aholisi orasida JSST va YUNISEFning tavsiya va metodikalari asosida har 5 yilda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadqiqotlar oʻtkazish:

anemiya kasalligi, yod, foliy kislotasi va “A” vitamini yetishmasligini oʻrganish;

homilador va 5 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida toʻgʻri va sogʻlom ovqatlanishdarajasini oʻrganish;

aholi tomonidan tuz isteʼmol qilish darajasini oʻrganish;

yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavf omillariring tarqalganlik darajasi va sabablarini oʻrganish.

2022-yildan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

Grantlar,
Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

IV. Respublika hududida sotish maqsadida tayyorlan?digan va olib kiriladigan oziq-?vqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida

41.

Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi toʻyingan yogʻ kislotalari miqdorini kamaytirish va ularni toʻyinmagan yogʻ kislotalari, transyogʻlarni toʻyinmagan yogʻlar bilan almashtirish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarda erkin qand miqdorini kamaytirish choralarini koʻrish.

2021 — 2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻall�kni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),
Sogʻ�iqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

Davlat standartlari va texnik reglamentlar

42.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha biotexnologik jarayonlarni takomillashtirish, shu jumladan ferment preparatlari va biologik faol moddalar yordamida yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish.

2021 — 2025-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Grantlar, ijrochilar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

Ilmiy tadqiqotlar

43.

Korxonalarda mahsulotlarning xavfsizlik koʻrsatkichlarini belgilovchi yangi qabul qilinayotgan davlat standartlari va texnik reglamentlari asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2021 — 2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

Amaliy
chora-tadbirlar

44.

Oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish zanjirida ishtirok etuvchi korxonalarda xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (HACCP) tamoyillari asosida xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish.

2021 — 2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A . Xadjibayev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

Chora-tadbirlar dasturi

45.

Import va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida sanoat transyogʻlari, jumladan texnik palma yogʻi boʻlmasligi ustidan nazorat oʻrnatish.

2021 — 2025-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B. Yusupaliyev),
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

Amaliy
chora-tadbirlar

46.

Maktab oʻquvchilarining aqliy rivojlanishini oʻrganib borish maqsadida ular orasida har yili IQ-testlarini oʻtkazib borish hamda test natijalarini respublika miqyosida umumlashtirish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Prezident, ijod
va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova)

Amaliy
chora-tadbirlar

47.

Oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlarida koʻrsatiladigan maʼlumotlarni xalqaro standartlar va Alimentarius Kodeksi umumiy tamoyillariga muvofiqlashtirish.

2021-yil
II chorak

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Texnik reglamentlar

48.

Oziq-ovqat mahsulotlariga umumiy xavfsizlik talablarini belgilovchi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament”ni ishlab chiqish.

2021-yil

II chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov),
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi
(I. Ergashev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

49.

JSSTning tavsiyalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyogʻlardan, jumladan palma va kokos yogʻlaridan foydalanishni cheklash.

2021-yil
II chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Texnik reglament,
canitariya qoidalari va meʼyorlari

50.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida oziq-ovqat mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil

III chorak

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov),
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (I. Ergashev)

Tahliliy maʼlumot, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

51.

Taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oshxonalardagi oshpaz va oshpaz yordamchilari uchun sogʻlom ovqatlanish mavzulari boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2021-yil
III chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi

Oʻquv kurslar

V. Sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

52.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari toʻgʻrisida targʻibot ishlarini kuchaytirish.

2020 — 2025-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),
“OʻzA” agentligi (A. Koʻchimov),
MTRK (A. Xadjayev),
nodavlat telekompaniyalar
(kelishuv asosida)

Amaliy
chora-tadbirlar

53.

Kasalliklar profilaktikasi, jumladan sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki va alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish boʻyicha qisqa maslahatlar berib borish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kanallar ochish.

2020-yil
IV chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kanallar

55.

Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va ularni ishlab chiqaruvchilarning ochiq elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2021-yil
III chorak

Hisob-kitoblar asosida

Ijrochilar mablagʻlari,
grantlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (E. Xayitmetov),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

Elektron maʼlumotlar bazasi

56.

Mahallalar kesimida yuqumli boʻlmagan kasalliklar boʻyicha “aholining salomatlik profili”ni yaratish.

“Aholining salomatlik profili” asosida yuqumli boʻlmagan kasalliklar boʻyicha xavf guruhiga kiruvchi aholi bilan manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil
1-yanvar

Hisob-kitoblar asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari,
grantlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

Aholining salomatlik profili

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
2-ILOVA
2020 — 2025-yillarda aholida sogʻlom ovqatlanish odatini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish samaradorligini aniqlash
indikatorlari

T/r

Koʻrsatkichlar

Maʼlumotlar manbai

2019-yil

2025-yil

Kutilayotgan umr koʻrish davomiyligini oshirish

1.

Tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi (ikkala jinsda) (yillarda)

Statistika koʻrsatkichi

75,1

76,4

2.

Erkaklarning umr koʻrish davomiyligi (yillarda)

Statistika koʻrsatkichi

72,8

74,1

3.

Ayollarning umr koʻrish davomiyligi (yillarda)

Statistika koʻrsatkichi

77,4

78,7

Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, jumladan toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish va kasalliklar profilaktikasi

4.

Anemiya bilan kasallanish (100 ming aholiga)

Idoraviy statistika hisoboti

5 278,8

4 587,8

5.

Yod yetishmasligi bilan bogʻliq kasallanish (100 ming aholiga)

Idoraviy statistika hisoboti

902,2

760,5

6.

Ichak infeksiyalari bilan kasallanish (100 ming aholiga)

Idoraviy statistika hisoboti

140,8

80,0

7.

Aholi tomonidan isteʼmol qilinayotgan kunlik tuz miqdori (gr.)

YUNISEF tadqiqotlari

15,1
(2017-y.)

10,5

8.

Boʻy oʻsishi kechikishi mavjud boʻlgan 5 yoshgacha bolalar ulushi (foiz)

YUNISEF tadqiqotlari

8,7

(2017-y.)

6,1

9.

Vazn ogʻirligi yetishmasligi mavjud 5 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi (foiz)

YUNISEF tadqiqotlari

2,6

(2017-y.)

1,5

10.

Ortiqcha vazni mavjud 5 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi (foiz)

YUNISEF tadqiqotlari

4,6

(2017-y.)

4,0

11.

Ortiqcha vaznga ega (BVI≥25 kg/m²) katta yoshdagi aholi ulushi (foiz)

STEPS tadqiqotlari

56,4

56,4 (oʻsishini toʻxtatish)

12.

Semizligi (BVI≥30 kg/m²) mavjud aholi ulushi (foiz)

STEPS tadqiqotlari

23,5

23,5 (oʻsishini toʻxtatish)

13.

Yurak qon-tomir kasalliklarining xavf omillari yuqori boʻlgan 40 va undan katta yoshdagi aholining ulushi (foiz)

STEPS tadqiqotlari

20,2

20,2 (saqlab qolish)

14.

30 — 69 yoshdagi aholining oʻlim sabablarida yurak qon-tomir kasalliklarining ulushi (foiz)

Davlat statistika hisoboti

52,8

43,0

15.

30 — 69 yoshdagi aholining oʻlim sabablarida saraton kasalliklarining ulushi (foiz)

Davlat statistika hisoboti

15,1

14,0

16.

30 — 69 yoshdagi aholining oʻlim sabablarida qandli diabet kasalligining ulushi (foiz)

Davlat statistika hisoboti

5,7

5,0

17.

30 — 69 yoshdagi aholining oʻlim sabablarida nafas aʼzolari surunkali kasalligining ulushi (foiz)

Davlat statistika hisoboti

1,1

0,9

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
3-ILOVA
2021 — 2023-yillarda qabul qilinadigan oziq-ovqat sanoati sohasidagi xalqaro standartlar
roʻyxati

T/r

Mahsulot turi

Standart soni

Standart indeksi

2021-yilda — 39 ta standart

1.

Qayta ishlangan meva va sabzavotlar (margimush tarkibini aniqlash, patulin tarkibini aniqlash, tanin tarkibini aniqlash usuli)

20

ISO 17239, ISO 8128-2, ISO 21803, ISO 3959, ISO 5500, ISO 6557-1, ISO 6557-2, ISO 6560, ISO 6636-2, ISO 6636-3, ISO 6637, ISO 7952, ISO 6661, ISO 6638-1, ISO 6638-2, ISO 5377, ISO 6664, ISO 6665, ISO 939, ISO 6477

2.

Yogʻ-moy mahsulotlari (linolen kislotaning murakkab va metil efirlari, yogʻ kislotalarining metil efirlarida erkin va umumiy glitserin va mono, di-triglitseridlarni aniqlash)

6

EN 14105, EN 14106, EN 14107, EN 14108, EN 14109, EN 14538

3.

Bolalar uchun sutli aralashmalar (“E” va “A” vitaminlarini aniqlash, “B (12)” vitaminini aniqlash, mio-inozitni aniqlash, umumiy yod miqdorini aniqlash)

5

ISO 20633, ISO 20635, ISO 20636, ISO 21446, ISO 23293

4.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining majburiy dasturlari (oziq-ovqat xavfsizligi uchun zaruriy dasturlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun texnik shartlar)

5

ISO/TS 22002-1, ISO/TS 22002-2, ISO/TS 22002-3, ISO/TS 22002-4, ISO/TS 22002-5

5.

Yogʻsiz mahsulotlar (ditiokarbamat va tiuram disulfid qoldiqlarini aniqlash)

2

EN 12396-1, EN 12396-2

6.

Isteʼmol uchun arzon oziq-ovqatlar (parhezbop oziq-ovqat mahsulotlari)

1

EN 16814

2022-yilda — 51 ta standart

7.

Qoʻshimchalar tarkibini aniqlash (sulfit, “A” vitamin tarkibini, nitrat, oxratoksin “A”, toksin T-2ni aniqlash)

39

EN 1785, EN 1786, EN 1988-1, EN 1988-2, EN 12823-2, EN 15829, EN 15890, EN 12014-7, CWA 16255, CEN/TS 15634-5, EN 14177, EN 16857, EN 1377, EN 1378, EN 1379, EN 15911, EN 1376, CEN/TS 15634-3, CEN/TS 15634-4, EN 15634-2, EN 17251, EN 1164, CEN/TS 16233-1, CEN/TS 16233-2, CEN/TS 17303, CWA 16960, EN 16924, EN 16995, EN 14332, EN 16801, EN 16802, EN 17266, CEN/TS 17083, EN 16620, EN 17250, EN 16852, EN 15890, EN 16187, EN 16923

8.

Sirka (2H-NMR, C-IRMS sirka kislotalarining tahlili)

5

EN 13188, EN 13189, EN 16466-1, EN 16466-2, EN 16466-3

9.

Don va don mahsulotlari (oxratoksin A miqdorini, xom kleykovina tarkibini, yashirin hasharotlar zararlanishini aniqlash)

4

ISO 16624, ISO 5530-3, ISO 7971-1, ISO 7305

10.

Goʻsht va goʻsht mahsulotlari (umumiy fosfor miqdorini aniqlash, nitritni aniqlash usuli, L-(+) -glutamin kislota miqdorini aniqlash)

2

ISO 4134, ISO 1442

11.

Oziq-ovqat tarkibiy qismlarini aniqlash va texnik mezonlari (oziq-ovqat moddalari uchun texnik mezonlar)

1

ISO/TS 19657

2023-yilda — 68 ta standart

12.

Meva va sabzavot sharbatlari (pHni aniqlash, natriy, kaliy, kalsiy
va magniyni aniqlash, kulning umumiy ishqoriyligini aniqlash)

30

EN 1131, EN 1133, EN 1134, EN 1135, EN 1136, EN 1138, EN 1139, EN 1140, EN 1141, EN 1142, EN 12133, EN 12134, EN 12135, EN 12136, EN 12137, EN 12138, EN 12143, EN 12144, EN 12145, EN 12146, EN 12147, EN 12148, EN 12630, EN 12631, EN 12632, EN 12742, ENV 12140, ENV 12141, ENV 12142, ENV 13070

13.

Qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari (sirop koʻrinishidagi glukoza,
quruq moddani aniqlash, azot miqdorini Kjeldahl usuli bilan aniqlash,
benzoy va sorbin kislotalarining konsentratsiyalarini aniqlash)

15

ISO 1741, ISO 1742, ISO 1838, ISO 1871, ISO 18787, ISO 13495, ISO 21983, ISO 22855, ISO 2295, ISO 24276, ISO 26642, ISO 6541, ISO 7304-2, ISO 6540, ISO 7002

14.

Sut va sut mahsulotlari (atom emissiyasi spektrometriyasi usuli, sut yogʻining titrlangan kislotaliligini aniqlash)

8

ISO 15151, ISO 21422, ISO 21424, ISO 23291, ISO 8086, ISO 9874, ISO 5764, ISO 488

15.

Molekulyar biomarker tahlil (SSR kungaboqar tahlili, SSR marker yordamida makkajoʻxori tahlili)

6

ISO/TR 17622, ISO 16577, ISO 16578, ISO 20813, ISO/TR 17623, ISO/TS 16393

16.

Gorizontal molekulyar biomarkerlarni tahlil qilish usullari (genetik oʻzgartirilgan organizmlarni aniqlash uchun tahlil usullari, PCRga asoslangan real vaqtdagi skrining usul)

5

ISO/TS 21569-2, ISO/TS 21569-3, ISO/TS 21569-4, ISO/TS 21569-5, ISO/TS 21569-6

17.

Hayvonlar va oʻsimliklarning yogʻ moylari (sterol va stanol tarkibini aniqlash, oksidlanishga chidamlilikni aniqlash)

3

ISO 23349, ISO 6463, ISO 18363-2

18.

Kraxmal (oltingugurt dioksidi tarkibini aniqlash)

1

EN 1185

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
4-ILOVA
2021 — 2023-yillarda qayta koʻrib chiqiladigan oziq-ovqat xavfsizligiga oid canitariya qoidalari va meʼyorlari
roʻyxati

T/r

Yoʻnalish nomi

SanQvaM soni

shundan:

2021-yil

2022-yil

2023-yil

soni

indeksi

soni

indeksi

soni

indeksi

1.

Fiziologik ehtiyojlar normalari

11

2

№ 0036-95,
№ 0097-00

4

№ 0107-01, № 0126-01, № 0132-02, № 0135-03

5

№ 0140-03, № 0333-16, № 0347-17, № 0348-17, № 0353-18

2.

Oziq-ovqat korxonalari uchun oʻrnatilgan va ishlab chiqarish jarayoni qoidalari

15

2

№ 0048-95, № 0066-96

6

№ 0084-98, № 0265-09, № 0281-09, № 0106-01, № 0290-11, № 0257-08

7

№ 0301-12, № 0309-14, № 0308-14, № 0328-16, № 0344-17, № 0367-19, № 0369-19

3.

Oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosi va qoʻshimchalari

3

1

№ 0070-97

1

№ 0338-16

1

№ 0366-19

4.

Oziq-ovqat sifati

8

2

№ 0060-96, № 0067-96

3

№ 0085-98, № 0087-99, № 0093-99

3

№ 0108-01, № 0200-06, № 0362-18

Jami

37

7

14

16

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4887-son qarorining alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan
harakatlar rejasi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Respublika darajasida

Viloyat darajasida

Tuman (shahar) darajasida

1.

Aholini qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vitamin, mineral va dori vositalari bilan taʼminlash.

1. Aholini vitamin, mineral va dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

muddat: 3 oy

2. Keyingi yil uchun davlat dasturini moliyalashtirish maqsadida respublika budjetining xarajatlar smetasida zarur mablagʻlarni nazarda tutish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sh. Shoraxmedov), Moliya vazirligi (J. Abruyev)

muddat: har yili 1-aprelga qadar

1. Davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi sonining prognoz koʻrsatkichini tahlil qilish va umumlashtirish.

masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, viloyat statistika boshqarmalari

muddat: har yili 1-fevralga qadar

1. Davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi sonining keyingi yil uchun prognoz koʻrsatkichini aniqlash.

masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman (shahar) statistika boʻlimlari

muddat: har yili 1-yanvarga qadar

3. Davlat dasturi bilan qamrab olingan aholining elektron reyestrini shakllantirish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (elektron reyestrni ishlab chiqish A. Azizov, unga kontingentni kiritib borish A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-may

2. Elektron reyestrga kiritilgan aholini tahlil qilish va ular sogʻligʻini monitoring qilib borish.

masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari

muddat: tahlil qilish — har yili 15-aprelga qadar, monitoring qilish — doimiy

2. Elektron reyestrga davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi kontingentini kiritish.

masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: dastlab — 2021-yil 15-mart, keyinchalik — kontingent aholi aniqlangan kun davomida

4. Davlat dasturi boʻyicha zarur vitamin, mineral va dori vositalarini markazlashgan tartibda xarid qilish va hududlarga yetkazish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sh. Shoraxmedov)

muddat: har yili 1-iyunga qadar

3. Davlat dasturi boʻyicha xarid qilingan vitamin, mineral va dori vositalarini birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga yetkazish hamda preparatlarning aholiga manzilli yetkazilishi ustidan nazorat olib borish.

masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, viloyat hokimliklari, viloyat prokuraturalari

muddat: yetkazish — tuman (shahar) tibbiyot boʻlimidan talab tushgach 3 kun ichida, nazorat — doimiy

3. Davlat dasturi boʻyicha hududlarga yetkazilgan vitamin, mineral va dori vositalarini aholiga bevosita yetkazish.

masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: kontingent aholi aniqlangan kunda

3.

Bolalarning 5 yoshgacha boʻlgan davrda optimal rivojlanishi va oʻsishini taʼminlash maqsadida patronajning universal-progressiv modelini 2022-yil 1-yanvarga qadar toʻliq joriy etish.

1. YUNISEFning tavsiyalari asosida patronaj hamshiralarini universal-progressiv model boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 1 oy

1. Mazkur model boʻyicha ishlaydigan patronaj hamshiralarini saralab olish.

masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari

muddat: 2021-yil davomida

1. Mazkur model boʻyicha ishlaydigan patronaj hamshiralarining nomzodlari boʻyicha takliflar kiritish.

masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: har chorak yakunida

2. Hamshiralarni oʻqitish tarmoq rejasini tuzish va unga asosan oʻqitish ishlarini amalga oshirish hamda patronaj hamshirasining yuklamasini qayta koʻrib chiqish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil davomida

2. Mazkur model boʻyicha patronaj hamshiralarini dastur boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish.

masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazlari

muddat: 2021-yil davomida

2. Mazkur model boʻyicha ishlaydigan patronaj hamshiralari uchun zarur sharoitlar yaratish.

Hududlar kesimida homilador va tugʻruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar reyestrini shakllantirish va ularni belgilangan meʼyorlar asosida kuzatib borish

masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: tarmoq rejasiga muvofiq

4.

Aholiga toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib borish boʻyicha “Sirdaryo eksperimenti”ni oʻtkazish.

1. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish uchun tizimning amaldagi shtat meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

1. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarida faoliyat yuritadigan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlarini maxsus dastur boʻyicha qayta tayyorlash.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev), Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining Guliston filiali (M. Qarshiboyeva)

muddat: 2021-yil 1-may

1. Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish va jihozlash.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklari va tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalari faoliyat yuritadigan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlarining funksional vazifalari, tibbiy-sanitariya yordam hajmi va ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash natijalarini tahlil qilish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: har oyda, 2022-yil 1-iyulga qadar

2. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalari tibbiyot xodi��lari faoliyati samaradorligini baholab borish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: har oyda, 2022-yil 1-iyulga qadar

3. Eksperiment natijasini atroflicha tahlil qilib, uni takomillashtirish va respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2022-yil 1-iyul

3. Eksperiment natijasini umumlashtirib borish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

masʼullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: har chorakda, 2022-yil 1-iyulga qadar

3. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarida profilaktik tadbirlardan oʻtgan aholining takliflarini umumlashtirish.

masʼullar: Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: doimiy, 2022-yil 1-iyulga qadar

5.

Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sogʻligʻi uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda ularni tamgʻalash tizimini joriy etish.

1. Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sogʻligʻi uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda ularni tamgʻalash belgilarini ishlab chiqish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida)

muddat: 2021-yil 1-fevral

2. Tamgʻalash belgilarini hisobga olgan holda JSSTning tavsiyalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilovchi meʼyorlarni ishlab chiqish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida)

muddat: 2021-yil 1-mart

1. “Nazorat xaridi” orqali aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalash qoidalariga rioya etmaydigan ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisida keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari

muddat: doimiy ravishda

1. Oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalash qoidalariga rioya etilishini “nazorat xaridi” orqali oʻrganib borish.

masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov)

muddat: doimiy ravishda

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 07/20/4887/1496-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)