Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatda pul-kredit, valyuta, soliq va tashqi savdo siyosati sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ekspertlarning baholashlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan soʻrovlar iqtisodiyotdagi yashirin aylanmaning, ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va taʼmirlash, turarjoy xizmatlarini koʻrsatish kabi sohalarda yuqori darajada saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi, bu esa vijdonli tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazmoqda, ular uchun teng boʻlmagan biznes yuritish shartlarini yuzaga keltirmoqda.
Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va maʼmuriy yukni kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan:
a) 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz toʻlovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni toʻlashga majburiy tartibda oʻtish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi;
b) rieltorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi;
v) qurilish korxonalariga hisobot davri uchun mehnatga haq toʻlash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) ish haqini naqd pulda toʻlash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat beriladi. Bunda:
qurilish tashkilotlari belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqning toʻlanishini taʼminlaydi, shuningdek, har oyda shartnoma tuzmasdan yollangan ishchilarga toʻlangan naqd pul miqdorini koʻrsatgan holda ularning reyestrini davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilib boradi;
davlat soliq xizmati organlari qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan reyestrlar asosida soliq toʻlovchilarni avtomatik ravishda identifikatsiya qiladi va toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisobga olinishini taʼminlaydi.
Belgilansinki, shartnoma tuzmasdan ishga yollangan shaxslarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar roʻy bergan taqdirda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi.
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga korporativ bank kartalaridan foydalangan holda tovarlarni (xizmatlarni) shartnoma tuzmasdan sotib olishga ruxsat beriladi, biroq bunda elektron schyot-fakturalar yoki onlayn-kassa mashinalarining cheklari majburiy ravishda olinishi shart;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-mart 28/21-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3294, 2021-yil 3-aprel) 7-bobi.
2022-yil 1-yanvargacha shunday tartib oʻrnatilganki, unga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq auditi tayinlanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 140-moddasi.
sayyor soliq tekshiruvlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda soliq tekshiruvlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda uning tartib-taomillarini tubdan soddalashtirish, shuningdek, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirishni koʻzda tutgan holda soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibini belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilansin:
biznesning “soyadan” chiqishini ragʻbatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqdsiz toʻlovlarni kengaytirish choralarini koʻrish;
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni shakllangan biznes yuritish amaliyotiga moslashtirish;
soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi vositalari hisob va tushumlarning toʻliqligiga, shu jumladan soliqlardan boʻyin tovlagan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga qaratilishini taʼminlash;
yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini “pulni yuvish”ga qarshi kurashish sohasidagi tashkilotlar faoliyati bilan muvofiqlashtirish;
ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish.
4. Joylarda quyidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tadbirkorlarga faoliyatini qonuniylashtirishda va zarur ruxsatnomalarni olishda yordam berish, shuningdek, ular bilan profilaktika ishlarini olib borish;
yashirin iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladigan sabablar va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
noqonuniy olib kirilgan yoki kontrafakt tovarlarni, shuningdek, yuk tashish hujjatlarisiz mamlakat ichida harakatlanayotgan tovarlarni sotishga qarshi kurashish;
birinchi navbatda aksizosti mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish, sotish va saqlash holatlarini aniqlash orqali davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritish va daromadlarni yashirishning oldini olish;
avvalo qurilish obyektlarida va xizmat koʻrsatish sohasidagi norasmiy mehnat faoliyatini yuritish, shuningdek, ish haqini “konvertda” toʻlash holatlarini aniqlash va bartaraf etish.
5. Hududiy komissiyalar:
ikki hafta muddatda har bir tuman va shaharning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan va masʼul organlar hamda tashkilotlarni belgilagan holda “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin va kutilayotgan natijalarni koʻrsatgan holda ularni Maxsus komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etsin;
har chorakda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Maxsus komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga “yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan vazifalar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi hamda hududlar darajasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
6. Maxsus komissiya (J. Qoʻchqorov) 2021-yil 1-fevralga qadar masʼul vazirlik va idoralarning ishi sifatli tashkil etilishini taʼminlab hamda biznes hamjamiyati, xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021 — 2025-yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
7. Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xarita”si 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Maxsus komissiya yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha, shu jumladan “yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarga doir takliflar muhokama qilinishini taʼminlasin, shuningdek, har oy erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarni eshitib borsin.
Vazirlik va idoralarning rahbarlariga “yoʻl xaritasi”ning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
8. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar:
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va hunarmandlar tomonidan hamda umumiy ovqatlanish punktlarida sotiladigan tovarlar va xizmatlar uchun aholi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda kontaktsiz texnologiyalarning joriy etilishini taʼminlasin;
bankomatlar va koʻp funksiyali oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish terminallari tarmogʻini kengaytirsin va ularning sonini 10 mingtaga yetkazsin;
xalqaro moliya institutlarining texnik yordamini jalb qilgan holda, naqdsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqsin.
9. Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR-kod yoki fiskal belgi asosida sovrinli oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha Toshkent shahrida amalga oshirilgan eksperimentni, koʻzda tutilgan budjet ajratmalari doirasida 2020-yilda respublikaning barcha hududlarida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Davlat soliq qoʻmitasi:
a) bir oy muddatda shunday tartib joriy qilsinki, unga muvofiq, nazorat-kassa mashinalari va toʻlov terminallaridan foydalanish boʻyicha sayyor tekshiruvlar soliq toʻlovchilar kesimidagi choraklik reja-jadval asosida amalga oshirilishi mumkin hamda tekshiruv natijalari va ular boʻyicha soliq nizolarini koʻrib chiqish natijalari eʼlon qilib boriladi;
b) ikki oy muddatda:
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi davlatlarning soliq idoralari oʻrtasida soliq maʼlumotlarining avtomatlashtirilgan almashinuviga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Davlat soliq qoʻmitasi raisining yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari boʻyicha doimiy maslahatchisi — chet ellik mutaxassisni tanlov asosida jalb qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan tovarlar va xizmatlarni tasniflash tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida toʻlov terminallari va onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida muntazam ravishda, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin.
11. Quyidagilar Hisob palatasining qoʻshimcha vazifalari sifatida belgilansin:
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
hududiy komissiyalar tomonidan 2021 — 2025-yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi hamda qabul qilingan “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishini nazorat qilish;
davlat boshqaruv organlarida, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha samarali ichki nazorat tizimlari joriy qilinishini taʼminlash choralari amalga oshirilishini nazorat qilish;
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
13. Davlat soliq qoʻmitasi 2021-yil 1-aprelgacha 4-ilovaga muvofiq real vaqt rejimida qoʻshimcha maʼlumotlar almashinuvini taʼminlaydigan idoralararo apparat majmuasini foydalanishga topshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy taʼminot bilan taʼminlashni tezlashtirish va birlamchi qoʻshimcha jihozlash maqsadida Moliya vazirligi 2020-2021-yillarda Davlat soliq qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda mablagʻ ajratsin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi Markazni modernizatsiya qilish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun Jahon bankining imtiyozli kreditini jalb qilishni tezlashtirsin.
Markazni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Davlat soliq qoʻmitasiga, istisno tariqasida, Markazni jihozlash uchun uskunalarni, dasturiy va moddiy-texnik vositalarni loyihalashtirish, yetkazib berish va oʻrnatish, shuningdek, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzishga ruxsat berilsin.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. Kudbiyev zimmasiga Markazni jihozlash uchun zarur uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar xaridi jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, xarid jarayonlari natijalarini eʼlon qilish yuzasidan javobgarlik yuklatilsin.
15. Tegishli vazirlik va idoralarning umumiy shtat birligi doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) Soliq qoʻmitasi tarkibida:
(15-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
Soliq nazorati departamenti tashkil etilsin, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bogʻliq firibgarlik sxemalarini aniqlash va agressiv soliq rejalashtirishga qarshi kurashish uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
2021-yil 1-iyuldan boshlab maxsus tarkibiy boʻlinma tashkil etilsin, soliq huquqbuzarliklarining oldini olish va aniqlash, shuningdek, qoʻshilgan qiymat soligʻi zanjirini shakllantirishda kontragentlar oʻrtasida hisob-kitoblarni tahlil qilish uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
v) Moliya vazirligida — yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ishlarini tashkil etish boʻlimi tuzilsin, unga Maxsus komissiyaning ishchi organi vazifalari ham yuklansin.
16. 2020-yil 1-noyabrdan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari soni 1 154 shtat birligiga yoki 10 foizga qisqartirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 10 504 shtat birligi, shu jumladan Davlat soliq qoʻmitasining markaziy apparatida — 498 shtat birligi etib belgilansin.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
18. Davlat soliq qoʻmitasi raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
zarur hollarda markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarning, shuningdek, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
boʻysunuvidagi xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar xodimlari sonini belgilash, ularning tuzilmasini, shtat birliklarini, shu jumladan boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini, ish haqi fondini, xarajatlar smetasini, transport vositalarining limitini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish.
19. Belgilansinki, davlat soliq xizmati va bojxona xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat soliq, bojxona va valyuta qonunchiligiga rioya qilishga doir tekshiruvlarni oʻtkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan koʻp boʻlmagan muddatga jalb qilinishi mumkin.
20. Maxsus komissiya (J. Qoʻchqorov) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tadbirkorlar va aholini qonuniy biznes yuritishning nufuzini oshirish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga nisbatan murosasizlik hissini targʻib qilishga jalb etish boʻyicha “media-reja”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
22. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-oktabr,
PF-6098-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
1-ILOVA
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha maxsus komissiya
TARKIBI

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, komissiya raisi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, komissiya hamraisi

M.B. Nurmuratov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

A.M. Boboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi

A.D. Tashkulov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi

A.Yu. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi

H.S. Turaxujayev

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

B.A. Begalov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika qoʻmitasi raisi

I.I. Norqulov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.S. Xidoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.N. Rahmonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

L.Sh. Kudratov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

D.R. Li

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori

D.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

D.A. Vahobov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

A.E. Burxonov

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

I.R. Shukurov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturam huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Kelishuv asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi

Kelishuv asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi

A.Ya. Haydarov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari, komissiya kotibi

Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
2-ILOVA
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha hududiy komissiyalarning
Namunaviy tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.

lavozimi boʻyicha

hokim, komissiya raisi

lavozimi boʻyicha

hokimning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

viloyat prokurori

lavozimi boʻyicha

Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari

lavozimi boʻyicha

viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi viloyat boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

hokimning qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

viloyat hokimi birinchi oʻrinbosari kotibiyati mudiri, komissiya kotibi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
3-ILOVA
Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xarita”si

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Iqtisodiyotda yashirin aylanma darajasini qisqartirish va qonuniy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralari

1.

Alohida tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat muhitini buzadigan eksklyuziv huquqlar, yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalarni bekor qilish.

1. Amaldagi imtiyozlar va preferensiyalarni tahlil qilish.

2020-yil
dekabr

Moliya vazirligi
(Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(Abdinazarov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
(Sharipov)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tahlil natijalari hamda alohida imtiyoz va preferensiyalarni bekor qilish toʻgʻrisida hukumat qarorlari loyihalarini kiritish.

2021-yil
fevral

2.

Elektron tijorat bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini hamda ularni soliqqa tortish tizimini soddalashtirish. Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini bank kartalaridan foydalangan holda toʻlab, maxsus elektron dasturlar (elektron maydonchalar) orqali sotish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Elektron tijorat bozoridagi amaldagi vaziyatni tahlil qilish, mavjud takliflarni tadbirkorlar bilan muhokama qilish.

2020-yil dekabr
2021-yil
fevral

DSQ (Kudbiyev), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov),
Markaziy bank (Nurmuratov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
fevral

3.

Jahon banki mutaxassislari ishtirokida yashirin iqtisodiyotni statistik baholash metodikasini ishlab chiqish va joriy qilish.

1. Jahon Banki ekspertlariga soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etish.

2020-yil
noyabr

Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(Norqulov),
Davlat statistika qoʻmitasi
(Begalov)
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev)

2. Jahon banki mutaxassislari bilan birgalikda baholash metodikasini, shu jumladan Qashqadaryo viloyati misolida ishlab chiqish va joriy qilish.

2020-yil
dekabr

3. Yashirin iqtisodiyotni statistik baholash natijalarini eʼlon qilish.

2021-yil
yanvar

4.

Aksizosti va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar taʼsischilari jismoniy shaxslarning xarajatlari deklaratsiyalangan daromadlarga muvofiqligini oʻrganishni tashkil etish.

1. Aksizosti mahsulotlar va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishni tahlil qilish.

2020-yil
dekabr

2021-yil aprel

DSQ (Kudbiyev),
Moliya vazirligi
(Sultanov),
Maxsus komissiya aʼzolari

2. Tahlil natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil
iyun

3. Zaruratga koʻra, aktivlarning kelib chiqish manbasini aniqlashni taʼminlagan holda, jismoniy shaxslarning daromadlari toʻgʻrisidagi soliq deklaratsiyasi maʼlumotlarini qayta ishlash va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

2021-yil
avgust

5.

Davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini kengaytirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish sohasida ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini yoritish.

1. Ishlab chiqilgan dasturlar, ularga ajratilgan mablagʻlar hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisida “Ochiq budjet” portalida batafsil maʼlumotlarni joylashtirib borish.

doimiy ravishda

Moliya vazirligi (Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev),
MTRK (Xadjayev)

2. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalarini keng yoritib borish.

doimiy ravishda

3. Ommaviy axborot vositalarida yashirin iqtisodiyot mavzusida ochiq suhbatlar oʻtkazish.

doimiy ravishda

6.

Investitsiyalarning oʻzini oʻzi qoplash muddatlarini baholash, daromadlilik meʼyorlari va indekslari, rentabellik va samaradorlikning boshqa koʻrsatkichlari asosida davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan yakunlangan loyihalar va dasturlarni auditdan oʻtkazish standartlarini joriy etish.

1. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan yakunlangan loyihalar va dasturlarning samaradorligini auditdan oʻtkazish standartlarini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

Hisob palatasi (Turabov),
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan yakunlangan loyihalar va dasturlarning samaradorligini auditdan oʻtkazish standartlarini tasdiqlash.

2021-yil yanvar

7.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga budjet va korporativ buyurtmachilarning davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilishlari yuzasidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish.

1. Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash tizimini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Hisob palatasi (Turabov),
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Hisobotlar shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga maʼlumotlarni taqdim etish.

har chorak

8.

Davlat auditi sohasida samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xorijiy davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari bilan yaqin aloqalarni oʻrnatish.

1. Davlat auditi sohasida xalqaro hamkorlik boʻyicha ishchi guruhini tuzish.

2021-yil yanvar

Hisob palatasi (Turabov)

2. Xorijiy davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolash.

2021-yil iyun

9.

Budjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) birja savdolarida sotib olishda taqqoslanadigan narxlar asosida gʻoliblarni aniqlash boʻyicha takliflar kiritish.

1. Birjalarda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi va toʻlovchi boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tovarlarga (xizmatlarga) narxlar shakllanishini tahlil qilish.

2021-yil
yanvar — may

Moliya vazirligi
(Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev)

2. Savdolarda gʻoliblarni aniqlash uchun yagona talablarni yaratish boʻyicha takliflar kiritish.

2021-yil
iyun

II. Korrupsiyaga qarshi kurashish choralari

10.

Vazirliklar, idoralar hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy qilish. 1. Tashkiliy tuzilmasidakorrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy qilish zarur boʻlgan vazirliklar, idoralar hamda davlat ulushiga ega korxona va tijorat banklar roʻyxatini tasdiqlash.

2020-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Hisob palatasi (Turabov)

2. Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy qilish reja-grafigini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

3. Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etishga masʼul boʻlgan kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish.

2020-yil dekabr

4. Vazirliklar, idoralar, shuningdek, davlat ulushiga ega korxonalar va tijorat banklari kesimida korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy etish boʻyicha kompleks “yoʻl xarita”larini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

5. “Yoʻl xarita” ijrosi toʻgʻrisida hisobotlarni eshitib borish.

har chorakda

11.

Tegishli davlat organlari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyishga masʼul boʻlgan kadrlarni oʻqitish va muntazam malaka oshirish tizimini joriy etish.

1. Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini yoʻlga qoʻyishga masʼul boʻlgan kadrlarni oʻqitish va muntazam malakasini oshirish tizimini ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi
(Azizov)

2. Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini yoʻlga qoʻyishga masʼul boʻlgan xodimlarni baholash tizimini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil
mart

12.

Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibini joriy qilish.

1. Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev)

2. Markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining monitoringini taʼminlash.

doimiy ravishda

13.

Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini joriy etish, shuningdek, davriy ravishda rahbarlarning reyting va shaxsiy javobgarligini baholash natijalarini eʼlon qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Metodikani ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

2020-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Iqtisodiy tadqiqotlar
va islohotlar markazi (Xakimov)

2. Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil dekabr

3. Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasining reyting baholash natijalarini eʼlon qilib borish.

Har chorak

III. Soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish

14.

Aksizosti mahsulotlarni raqamli markirovkalash boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilishini taʼminlash.

1. Ayrim turdagi tovarlarning barcha bosqichlardagi (olib kirish, ishlab chiqarish, sotish) harakatini identifikatsiya qilish va hisobga olish tizimini ishlab chiqish, shuningdek, onlayn-kassalarni keng qoʻllash.

2021-yil yanvar

DSQ (Kudbiyev)

2. Majburiy ravishda raqamli markirovkalanadigan tovarlar roʻyxatini kengaytirish.

2021-yil
iyul

15.

Soliq toʻlovchilarni soliq toʻlamaslik xavfini baholash, kameral, sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditini oʻtkazish asosida segmentlash tizimini belgilaydigan soliq nazoratini yuritish tartibini tasdiqlash.

1. Segmentlash tizimini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr

16.

Tovarlar va xizmatlar turlarini tasniflashning yagona tizimini joriy etish orqali respublika hududida sotiladigan tovarlar va xizmatlarni majburiy identifikatsiya qilish tartibini joriy etish.

1. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Tovarlar va xizmatlar turlarini tasniflashning yagona tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr

17.

Soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash, firibgarlik sxemalarini qoʻllash, shuningdek, soliq organlarining inkassa topshiriqlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil fevral

DSQ (Kudbiyev),
Bosh prokuratura (Yoʻldoshev)

18.

Jismoniy shaxs nomiga xalqaro kuryerlik va pochta joʻnatmalari orqali keladigan, bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirishning cheklangan meʼyorlarini tenglashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

1. Xalqaro kuryerlik va pochta joʻnatmalarini tahlil qilish. Mavjud muammolarni aniqlash
va takliflarni tadbirkorlar bilan muhokama qilish.

2020-yil dekabr

DBQ (Azimov)

2. Tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishning cheklangan meʼyorlaridan ortgan taqdirda olinadigan yagona bojxona toʻlovi stavkasini pasaytirish masalasini koʻrib chiqish.

2020-yil dekabr

3. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil dekabr

4. Ushbu normaning mazmuni va uning maqsadlarini ommaviy axborot vositalarida tushuntirish.

2020-yil dekabr

19.

Keladigan chet el tovarlarini keyinchalik elektron savdo doirasida bojxona toʻlovlarini toʻlagan holda qoʻshni mamlakatlar, shuningdek, mamlakat ichida sotish uchun ixtisoslashtirilgan omborlar faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

1. Keladigan chet el tovarlari uchun ixtisoslashtirilgan omborlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2020-yil noyabr

DBQ (Azimov),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
(Sadikov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil yanvar

3. Keladigan chet el tovarlari uchun ixtisoslashtirilgan omborlar faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlarini yaratish.

2021-yil davomida

20.

Xalq isteʼmol tovarlarini import qiluvchilar va yuk tashuvchi “kargo” xizmatlari faoliyatini tashkil etishda shaffoflikni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish.

Kontragentlar tomonidan barcha pullik hisob-kitoblarni faqat bank hisob raqamlari orqali amalga oshirilishini nazorat qilish imkoniyatini yaratgan holda import qilinadigan tovarlarning yakuniy isteʼmolchiga yetib borgunga qadar harakatini oʻrganish.

2021-yil

iyul

Maxsus komissiya

21.

Qurilish sohasidagi soliq toʻlovchilarni xavf darajasi boʻyicha baholash indikatorlarini ishlab chiqish. Eng avvalo, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlarida band boʻlgan pudratchi tashkilotlardagi ishchilar soni haqqoniyligining muntazam monitoringini olib borish.

1. Indikatorlarni shakllantirish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

DSQ (Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),

Qurilish vazirligi
(Zakirov)

2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil dekabr

3. Respublikaning yirik shaharlarida tajribadan oʻtkazish.

2020-yil dekabr

4. Tajriba natijalari toʻgʻrisida hisobot berish va maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda, uni boshqa sohalarda qoʻllashni kengaytirish boʻyicha takliflar kiritish.

2021-yil
may

22.

Zarurat boʻlganda, berilgan huquqni suiisteʼmol qilganligi va (yoki) bitimning soxtaligini tekshirish uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga oladigan, ammo toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar ustidan soliq auditini oʻtkazish yoʻli bilan hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi haqqoniyligining monitoringi va tekshirilishini taʼminlash.

1. Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida Soliq nazorati departamentini tashkil etish.

2020-yil dekabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Monitoring oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

3. Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash uchun ehtimoliy firibgarlik sxemalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish hamda budjetga mablagʻlar tushumini taʼminlash.

doimiy ravishda

23.

Onlayn NKM va toʻlov terminallaridan foydalanmasdan faoliyatni koʻrsatganlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borish.

1. Media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar hamda soliq toʻlashdan boʻyin tovlash uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida yoritish.

doimiy ravishda

24.

Elektron shakldagi hisob-fakturalarni rasmiylashtirish, saqlash va hisobga olish tizimidan foydalanilishini taʼminlash boʻyicha soliq toʻlovchilarga yordam koʻrsatish.

1. Ushbu tartib-taomillarni soddalashtirish uchun mexanizmlar ishlab chiqish.

doimiy ravishda

DSQ (Kudbiyev)

2. Ommaviy axborot vositalarida elektron hisob-fakturalarning qulayliklari toʻgʻrisida yoritish.

doimiy ravishda

25.

Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni hamda tovar-moddiy tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni majburiy elektron roʻyxatdan oʻtkazish tartibini joriy etish.

1. Shartnomalarni va ishonchnomalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazishga oʻtish uchun mexanizmlar ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Ommaviy axborot vositalarida shartnomalarni va ishonchnomalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazishning qulayliklarini yoritish.

2021-yil yanvar

26.

Umumeʼtirof etilgan xalqaro normalar va amaliyotga asoslangan bojxona auditini amalga oshirish tartibini joriy etish.

1. Bojxona auditini amalga oshirish tartibi boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2020-yil noyabr

DBQ (Azimov)

2. Xalqaro ekspertlar koʻmagida bojxona auditini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

2020-yil dekabr

27.

Bojxona auditini amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilishini taʼminlash hamda bojxona organlarini yangi funksiyalarni bajarishga tayyorlash choralarini koʻrish.

1. Bojxona auditini oʻtkazish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

DBQ (Azimov)

2. Bojxona auditini oʻtkazish tartibi boʻyicha bojxona organlari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish.

2021-yil davomida

28.

Soliq organlarini “xizmat koʻrsatuvchi” yuqori texnologiyali tashkilotga transformatsiya qilishni davom ettirish.

Biznes-jarayonlarni reinjiniring qilish, yangi dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni joriy etish.

2021-yil davomida

DSQ (Kudbiyev)

29.

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan dasturiy hisob yuritish komplekslarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

1. Tadbirkorlik subyektlarini oʻz dasturiy mahsulotlarini soliq organlarining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilishga ragʻbatlantirish boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish.

2021-yil
mart

DSQ (Kudbiyev)

2. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil
may

30.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning insofsiz qatnashchilarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish.

1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning insofsiz qatnashchilarining reyestrini (roʻyxatini) yuritish tartibi loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil
dekabr

DSQ (Kudbiyev),
DBQ (Azimov),
Savdo-sanoat palatasi
(Ikramov)

2. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil yanvar

31.

Transfert narx shakllanishi masalalari boʻyicha norezidentlarning soliq nazorati va maʼmuriyatchiligi sohasida soliq qonunchiligini takomillashtirish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2021-yil
may

DSQ (Kudbiyev),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
iyul

32.

Xorijiy yuridik shaxslarning soliq maʼmuriyatchiligi hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va qaytarishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2021-yil
iyul

DSQ (Kudbiyev),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil sentabr

33.

Aktivlarning kelib chiqish manbasini aniqlashni taʼminlagan holda, jismoniy shaxslarning daromadlari toʻgʻrisidagi soliq deklaratsiyasi maʼlumotlarini qayta ishlash va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2021-yil
mart

DSQ (Kudbiyev,)
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(Ortikov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
mart

34.

Davlat soliq xizmati organlarida soliq sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha elektron ish yuritilishini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2021-yil yanvar

DSQ (Kudbiyev)

2. Takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil yanvar

35.

Ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyishning jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibini yuridik shaxslarga nisbatan ham tatbiq etish bilan bir qatorda soliq solish maqsadida bitimning bozor konyunkturasini hisobga olish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi
(Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev),
Savdo-sanoat palatasi
(Ikramov)

Izoh:
“Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar, zarurat tugʻilgan taqdirda, boshqa bandlarning hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida Maxsus komissiya aʼzolari va (yoki) masʼul vazirlik va idoralarning takliflari asosida “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham koʻzda tutilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
4-ILOVA
Real vaqt rejimida idoralararo elektron aloqa orqali soliq organlariga taqdim etiladigan qoʻshimcha maʼlumotlar
Roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Maʼlumotlar nomi

Maʼlumotni taqdim qiluvchi idoralar

1.

QQSning qaytarilishi boʻyicha haqiqiy xarajatlar toʻgʻrisida mablagʻ oluvchilar kesimida maʼlumot

Moliya vazirligi

2.

Berilgan davlat nafaqalari toʻgʻrisida oluvchilar kesimida maʼlumot

3.

Birja savdolari orqali amalga oshirilgan bitimlar toʻgʻrisida (savdo predmeti, narx va hisob-kitob shartlari) savdo ishtirokchilari kesimida maʼlumot

“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ

4.

Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari tomonidan olib qoʻyilgan (olingan) mol-mulk va mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumot

Surishtiruv organlari, tergovgacha tekshirish, dastlabki tergov, sud organlari

5.

Koʻchmas mulk va yer uchastkalari toʻgʻrisida toifalar boʻyicha maʼlumot

Kadastr agentligi

6.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va “pul yuvish” bilan bogʻliq maʼlumotlar

Bosh prokuratura

7.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi toʻgʻrisida maʼlumot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

8.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan tabiiy gaz hajmi toʻgʻrisida maʼlumot

“Oʻztransgaz” AJ,

“Hududiy gaz tarmoqlari”

9.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan suv hajmi toʻgʻrisida maʼlumot

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

10.

Yoʻlovchi va yuk tashish haqida maʼlumot

Transport vazirligi

11.

Yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) va ular tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

12.

Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga qoʻllanilgan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot

13.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida vaqtincha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

14.

Roʻyxatdan oʻtgan fuqarolik holati dalolatnomalari va ularning tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot

Adliya vazirligi

15.

Davlat xaridlari toʻgʻrisida maʼlumot

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi

16.

Realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan davlat mulki obyektlari toʻgʻrisida, shuningdek, davlat ulushiga tegishli sof foydadan hisoblangan dividendlar va ajratmalar toʻgʻrisida maʼlumot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

17.

Soliq imtiyozlarini qoʻllovchi ishtirokchilar va rezidentlar toʻgʻrisida maʼlumot

Soliq imtiyozlari taqdim etilishi nazarda tutilgan birlashmalar, maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalari va boshqa tashkilotlar

18.

Shaxslarning pensiyaga chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumot

Pensiya jamgʻarmasi

19.

Billing tizimi orqali mijozlardan olingan toʻlovlar haqida maʼlumot

Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlarini realizatsiya qiluvchi korxonalar

Izoh. Yashirin iqtisodiyotni qiskartirish boʻyicha maxsus komissiya ushbu Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilovaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotganQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidan “davlat soliq xizmati organlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-son qarori 4 bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-noyabrdagi “Jamansoy karyerida ohaktosh va Borsakelmas konida texnik tuzni qazib olishni koʻpaytirgan holda Qoʻngʻirot soda zavodida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1853-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi “krome naloga na dobavlennuyu stoimost” soʻzlaridan keyin “i naloga za polzovaniye nedrami v chasti dobivayemogo izvestnyaka dlya realizatsii drugim litsam” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3802-son qarorida:
a) 2, 4-bandlar, shuningdek 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Davlat soliq xizmati organlari davlat ulushi boʻlgan jamiyatlardan dividendlar va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalar yigʻimini undirishni amalga oshiradi”;
ikkinchi xatboshidagi “kameral nazorat oʻrnatish” soʻzlari “soliq nazoratini amalga oshirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq maʼmuriyatchiligi sohasida soliq organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish vazifasi yuklangan holda Yigʻma axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin”;
g) 14-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
d) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda, Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-son qarori 7-bandi ikkinchi xatboshisining rus tilidagi matni “gosudarstvennie selevie fondi” soʻzlaridan keyin “v techeniye pervix trex let” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-4426-son qarori 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4555-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4707-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Respublika hududlari va tarmoqlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasi” soʻzlari “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son Farmonida:
a) 3-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”.
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Belgilansinki, 2020 — 2025-yillar davomida akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) boʻyicha oʻqitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qoʻllagan holda oʻqitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasida dastlabki roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari (“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha), talabalari va bitiruvchilari (oʻqishni tugatgandan soʻng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini oʻqitish xarajatlari oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari birgalikda belgilangan oʻqitishning yagona qiymati boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlariga qoplab beriladi;
b) oliy taʼlim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (oʻqishni tugatgandan soʻng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
dastlabki roʻyxatdan oʻtish xarajatlari — toʻliq hajmda;
imtihon topshirish uchun birinchi marta roʻyxatdan oʻtish xarajatlari — roʻyxatdan oʻtish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, roʻyxatdan oʻtish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda;
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta roʻyxatdan oʻtish xarajatlari — roʻyxatdan oʻtish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻquv markazlariga oʻqitish xarajatlarini, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (oʻqishni tugatgandan soʻng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplash boʻyicha avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4819-son qarorida:
uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi qarori” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi raisi tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari, Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning oʻrinbosarlari Kadastr agentligi direktori tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlinmalari boshliqlari, Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlari (“Respublika aerogeodeziya markazi” DK, “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, “Oʻzdaverloyiha” Davlat ilmiy-loyiha instituti, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji), shuningdek, ularning komplayens nazorat xizmati xodimlari Kadastr agentligi direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Kadastr agentligi direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 45-bandning birinchi xatboshisidagi “2 va 3” soʻzlari “2, 3 va 4” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga
4-ilova
Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga koʻp yil xizmatlari uchun har oylik ustama haq
MIQDORLARI

Ish staji

Ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga ustama haq miqdori (koeffitsiyent hisobida)

2 yildan 5 yilgacha

0,1

5 yildan 10 yilgacha

0,2

10 yildan 15 yilgacha

0,3

15 yildan 20 yilgacha

0,4

20 yildan 25 yilgacha

0,5

25 yildan ortiq

0,6

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son; 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)