Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XOʻJALIGI MASALALARI BOʻYIChA RESPUBLIKA KENGAShLARINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Dehqonchilik sanoati kompleksi tarmoqlarida iqtisodiy qayta oʻzgarishlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va qishloq xoʻjaligi xodimlarining 1995-yildagi birinchi navbatdagi vazifalarini belgilab olish maqsadida Vazirlar Maqkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagi muddatlarda respublika kengashlari oʻtkazilsin:
paxtachilik masalalari boʻyicha — shu yil 14-martda, qatnashuvchilar soni 250 kishi;
gʻallachilik masalalari boʻyicha (boshoqli don ekinlari, sholi, don uchun makkajoʻxori) — shu yil 15-martda, qatnashuvchilar soni 200 kishi;
chorvachilik masalalari boʻyicha — shu yil 16-martda, qatnashuvchilar soni 200 kishi;
sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik masalalari boʻyicha — shu yil 17-martda, qatnashuvchilar soni 200 kishi.
2. Kengashlarni tayyorlash va oʻtkazish ishlarini tashkil etish uchun ilovaga* muvofiq tarkibda tashkiliy qoʻmita tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjalik vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda dehqonchilik sanoati kompleksi ilgʻorlarini mukofotlash toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
4. Tashkiliy qoʻmita kengashlar qatnashchilarining yetib kelishlari, joylashishlari va joʻnab ketishlari, ularga tibbiy, savdo hamda madaniy xizmat koʻrsatishga aloqador barcha masalalarni hal qilgan holda kengashlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Kengashlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar qatnashchilar soniga mutanosib ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi hisobidan amalga oshirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 2-mart,
77-son