Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2020-2021-yil qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozoriga mahsulot yetkazib berilishini tizimli monitoring qilish hamda nazoratni yo‘lga qo‘yish va narx-navoning asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2020-2021-yillar qish va bahor mavsumida ichki bozorni asosiy turdagi mahsulotlar bilan kafolatli ta’minlash maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning umumiy prognozi hamda tayyorlov tashkilotlari bo‘yicha prognoz hajmlari 1 va 2-ilovalarga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan hududiy tayyorlov tashkilotlarida zaxiraga jamg‘ariladigan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz hajmlari 3-ilovaga;
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari 4, 5 va 6-ilovalarga;
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) zaxiraga jamg‘arishning reja-jadvali 7, 7a — 7g-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish bo‘yicha belgilangan hajmlarni moliyalashtirish manbalari etib:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari uchun — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z aylanma mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi muassasalari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va ushbu vazirliklarning budjetdan tashqari mablag‘lari belgilansin.
3. Belgilansinki, 2020-2021-yillar qish-bahor mavsumi zaxirasi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga va chetdan iste’mol kartoshkasini keltirish maqsadlariga:
tijorat banklari belgilangan tartibda tayyorlov korxonalariga aylanma mablag‘lar uchun kreditlar ajratadi;
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshgan qismini belgilangan tartibda kompensatsiya qilib beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kredit ajratish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda, talab etiladigan mablag‘ni tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida depozitga joylashtirilishini ta’minlaydi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi joriy yilning 20-oktabriga qadar 4 turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda zaxiraga jamg‘arish uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlar va ijtimoiy soha muassasalari o‘rtasida istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini hamda ushbu qaror ilovalaridagi prognoz hajmlarga muvofiq mahsulotlarni to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda g‘amlab qo‘yilishini ta’minlasinlar.
Shartnoma tuzish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yil 25-oktabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim etilsin.
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi muassasalardagi ovqatlanishni jadallik bilan autsorsing tizimiga o‘tkazish bo‘yicha kerakli choralarni ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanuvchi ijtimoiy soha muassasalariga 2020-2021-yilgi qish-bahor mavsumiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jamg‘arish uchun zarur mablag‘lar budjet va budjet muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga to‘liq ajratilishini ta’minlasin.
Bunda, ijtimoy soha muassasalari tomonidan 4 ta asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) xarid qilishda dehqon bozorlarida shakllanadigan o‘rtacha narxlardan kelib chiqqan holda tegishli ijtimoy soha muassasasining xarid komissiyasi tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yo‘li bilan tuzilgan shartnomalarni tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishiga ruxsat etilsin. Ushbu shartnomalar tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtirilsin.
6. Quyidagilar:
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 8-ilovaga muvofiq;
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira maqsadlariga xarid qilishni moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Respublika ishchi guruhlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
a) asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi (G‘aniyevga):
2020-2021-yillar qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hududlar bo‘yicha zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishini monitoring qilish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojiga nisbatan kam yetishtiriladigan hududlar zaxirasi uchun yetishmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi ehtiyojdan ortiqcha bo‘lgan hududlar hisobiga qoplash choralarini ko‘rish;
mahalliy hokimliklar tomonidan zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida arzon narxlarda sifatli mahsulot yetkazib berish yuzasidan istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlarini samarali tashkil etilishini nazorat qilish;
zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan zaxira maqsadlari uchun talab etiladigan mablag‘lar bo‘yicha tijorat banklariga buyurtmalarni taqdim etilishini va mablag‘lar ajratilishini nazorat qilish;
zaxira maqsadlari uchun omborxonalar va sovutkichli sig‘imlar yetishmayotgan hududlarga boshqa hududlardagi ortiqcha sig‘imlarni biriktirish hisobiga mavjud sig‘imlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish;
zaxira maqsadlari uchun mahsulotlarni xarid qilish, tayyorlash, saqlash va sotish bilan bog‘liq aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish.
b) asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira maqsadlariga xarid qilishni moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi (Ishmetovga):
ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun zaxiraga jamg‘ariladigan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadida talab etiladigan mablag‘larni muassasalarning budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini amalga oshirish;
autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etilgan ijtimoiy soha muassasalariga xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga zaxira tadbirlari uchun talab etiladigan mablag‘larni oldindan to‘lab berilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan zaxira maqsadlari uchun rejalashtirilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
o‘n kun muddatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash hajmlariga mos omborxonalar va sovutish sig‘imlarini xatlovdan o‘tkazsinlar, xatlov natijalariga ko‘ra zaxira tadbirlari uchun belgilangan hajmlarni saqlashga ixtisoslashgan tashkilotlar ro‘yxatini alohida ko‘rsatgan holda Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim etsinlar;
ushbu qaror ilovalaridagi prognoz hajmlarga muvofiq asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda g‘amlab qo‘yilishini ta’minlasinlar;
2021-yil 1-yanvarga qadar tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlarni ichki iste’mol bozoriga yetkazib berish jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Bunda mahsulotlar bir tekis taqsimlanishi hisobga olinsin.
9. Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va ichki bozorga savdoga chiqarilishi monitoringini olib borishda shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari — tadbirlarga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan joriy yilning oktabr-noyabr oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga jamg‘arish va zaxira omborlaridan ichki iste’mol bozoriga sotuvga chiqarish hajmlari to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Maktabgacha ta’limi vazirligi — ijtimoiy soha muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini xarid qilish maqsadlari uchun mo‘ljallangan budjet mablag‘lari ajratilishi va o‘zlashtirilishi holati, mahsulotlarni zaxira omborlariga jamg‘arish ishlarining borishi va qish-bahor oylarida maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga har 10 kunda axborot taqdim etadilar.
2020-2021-yillar qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hududlar bo‘yicha zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi prokuratura organlarining alohida nazoratidaligi inobatga olinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
joriy yilning 20-oktabridan boshlab asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish ko‘rsatkichlari bajarilishi va ularni moliyalashtirish masalalari hal etilishi hamda tasdiqlanadigan tarmoq jadvallariga muvofiq savdo shoxobchalariga va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlari uchun samarali ishlatilishi yuzasidan monitoring olib borish tizimini joriy etsin va natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni har 10 kunda Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturaga kiritsin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 20-oktabrga qadar ochiq tanlov asosida ichki ehtiyojni qoplash imkoniyati mavjud bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, guruch) qish-bahor mavsumida import qilish miqdorlarini tasdiqlab va importyor subyektlarni tanlab olsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari (G‘aniyev):
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, guruch) 2021-yilning yanvar — may oylarida ichki ehtiyojni uzluksiz qoplash maqsadida zarur miqdorlarda import qilinishini ta’minlasin;
qish-bahor mavsumida aholi ehtiyoji uchun import qilib olib kirilayotgan kartoshka va guruchni respublikaga olib kirishda Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan bir sutkadan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishni nazoratga olsin;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda mahsulotlarni import qilishda xorijiy davlatlarning chegaralarida yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rsin.
13. Joriy yilda mahsulotlarni zaxiraga jamg‘arishda tadbirkorlik subyektlarining zarar ko‘rishini hamda jamg‘arilgan mahsulotlar narxining oshib ketishini oldini olish maqsadida:
kartoshka, piyoz, sabzi va guruch mahsulotlarini tashishda yo‘l-transport hodisasi yoki saqlash jarayonida elektr energiyasidagi uzilishlar sababli mahsulotlar nobud bo‘lganligi oqibatidagi zararlarni sug‘urta qilish mexanizmi orqali zararni qoplash;
qish-bahor mavsumida zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlarni aholi ehtiyojlariga sotishni tashkil etish uchun bozorlar va savdo komplekslarida, istisno tariqasida, beg‘araz asosda alohida rastalar hamda sotuv anjomlari vaqtinchalik foydalanish uchun ajratilsin, shuningdek ushbu korxonalarga taalluqli bo‘lgan yuk avtomashinalarning bozor avtoturargohlariga kirishi hamda chiqishi uchun to‘lovlar undirilmasligi joriy etilsin.
14. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Xayitov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda hududlardagi “Tomorqa xizmati” korxonalari orqali kam ta’minlangan oilalar tomonidan 61 ming gektar g‘alladan bo‘shagan maydonlarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga sotish tizimini yo‘lga qo‘ysinlar.
15. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi 2020-2021-yillar qish-bahor mavsumida go‘sht va tuxum mahsulotlari bilan aholini uzluksiz ravishda arzon narxlarda ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Mahalliy hokimliklar ushbu maqsadda mazkur idoralarga har bir dehqon bozorida maxsus rasta ajratilishi ta’minlasin.
“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mavsum davomida aholini ehtiyojlariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, innovatsion va tejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali narxlar oshishini oldini olish choralarini ko‘rsin.
16. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari (G‘aniyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq zaxiraga jamg‘arish uchun zarur hajmlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini takroriy ekin maydonlarida yetishtirilishini ta’minlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, zimmalariga ushbu qarorning 2 va 3-ilovalariga muvofiq asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilishga o‘z vaqtida shartnomalar tuzish va zaxiraga jamg‘arish hamda ichki iste’mol bozorga yetkazib berish;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi ushbu qarorning 4, 5 va 6-ilovalariga muvofiq asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha o‘z vaqtida shartnomalar tuzish va zaxiraga jamg‘arish hamda ulardan samarali va maqsadli foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga ushbu qarorning 4, 5 va 6-ilovalariga muvofiq asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish uchun ijtimoiy soha muassasalarini va ular tomonidan jalb etiladigan tayyorlov tashkilotlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
17. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sh. G‘aniyev va B. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-oktabr,
648-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
1-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning umumiy prognoz hajmlari

tonna

T/r

Hududlar nomi

Jami mahsulot

jumladan:

Kartoshka

Piyoz

Sabzi

Guruch

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

58 000

23 000

12 000

10 000

13 000

viloyatlar:

2.

Andijon

69 000

35 000

15 000

13 000

6 000

3.

Buxoro

42 000

22 000

9 000

7 000

4 000

4.

Jizzax

27 000

16 000

6 000

3 000

2 000

5.

Qashqadaryo

65 000

35 000

15 000

8 000

7 000

6.

Navoiy

23 000

12 000

6 000

3 000

2 000

7.

Namangan

66 000

35 000

14 000

11 000

6 000

8.

Samarqand

76 000

40 000

17 000

12 000

7 000

9.

Surxondaryo

43 000

22 000

11 000

6 000

4 000

10.

Sirdaryo

20 000

10 000

5 000

3 000

2 000

11.

Toshkent

75 000

35 000

19 000

14 000

7 000

12.

Farg‘ona

83 000

40 000

20 000

16 000

7 000

13.

Xorazm

49 000

20 000

10 000

9 000

10 000

14.

Toshkent sh.

99 000

55 000

21 000

15 000

8 000

Jami:

795 000

400 000

180 000

130 000

85 000

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
2-ILOVA
2020-2021-yillar qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning tayyorlov tashkilotlari bo‘yicha prognoz hajmlari

tonna

T/r

Hududlar

Jami mahsulotlarni saqlashning umumiy
hajmi

shu jumladan:

Hududiy tayyorlovchi korxonalar va tashkilotlar

Ijtimoiy soha obyektlari

shundan:

maktabgacha ta’lim muassasalari

sog‘liqni saqlash muassasalari

xalq ta’limi muassasalari

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

58 000

56 786

1 214

918

236

60

viloyatlar:

2.

Andijon

69 000

66 566

2 434

2 033

125

276

3.

Buxoro

42 000

41 079

921

592

163

167

4.

Jizzax

27 000

26 233

767

676

92

5.

Qashqadaryo

65 000

63 603

1 397

641

469

288

6.

Navoiy

23 000

22 409

591

395

125

71

7.

Namangan

66 000

63 389

2 611

1 943

235

434

8.

Samarqand

76 000

73 300

2 700

2 103

409

189

9.

Surxondaryo

43 000

41 984

1 016

698

108

210

10.

Sirdaryo

20 000

19 453

547

509

39

11.

Toshkent

75 000

73 188

1 812

1 383

320

109

12.

Farg‘ona

83 000

78 220

4 780

3 678

647

455

13.

Xorazm

49 000

47 849

1 152

781

163

208

14.

Toshkent shahri

99 000

96 430

2 570

2 235

218

117

Jami:

795 000

770 487

24 513

18 584

3 347

2 583

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
3-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga xududiy tayyorlov tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish hajmlari

tonna

T/r

Hududlar nomi

Jami mahsulot

jumladan:

Kartoshka

Piyoz

Sabzi

Guruch

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

56 786

22 338

11 785

9 769

12 894

viloyatlar:

2.

Andijon

66 566

33 653

14 540

12 555

5 818

3.

Buxoro

41 079

21 396

8 871

6 867

3 944

4.

Jizzax

26 233

15 549

5 863

2 860

1 961

5.

Qashqadaryo

63 603

34 120

14 847

7 762

6 874

6.

Navoiy

22 409

11 646

5 887

2 917

1 958

7.

Namangan

63 389

33 483

13 523

10 502

5 881

8.

Samarqand

73 300

38 474

16 471

11 513

6 842

9.

Surxondaryo

41 984

21 338

10 857

5 852

3 937

10.

Sirdaryo

19 453

9 633

4 940

2 921

1 958

11.

Toshkent

73 188

33 877

18 692

13 726

6 894

12.

Farg‘ona

78 220

37 264

19 093

15 080

6 784

13.

Xorazm

47 849

19 421

9 789

8 786

9 853

14.

Toshkent sh.

96 430

53 496

20 465

14 606

7 865

Jami:

770 487

385 688

175 621

125 715

83 462

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
4-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga Maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish hajmlari

tonna

T/r

Hududlar nomi

Jami mahsulot

jumladan:

Kartoshka

Piyoz

Sabzi

Guruch

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

918

502

170

183

64

viloyatlar:

2.

Andijon

2 033

1 087

425

395

126

3.

Buxoro

592

382

95

76

39

4.

Jizzax

676

383

128

131

35

5.

Qashqadaryo

641

447

60

89

45

6.

Navoiy

395

238

84

51

23

7.

Namangan

1 943

1 110

357

397

79

8.

Samarqand

2 103

1 144

447

390

122

9.

Surxondaryo

698

471

95

95

37

10.

Sirdaryo

509

347

54

71

37

11.

Toshkent

1 383

843

263

214

62

12.

Farg‘ona

3 678

2 095

757

688

138

13.

Xorazm

781

399

153

135

95

14.

Toshkent sh.

2 235

1 299

485

346

104

Jami:

18 584

10 747

3 571

3 261

1 005

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
5-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish hajmlari

tonna

T/r

Hududlar nomi

Jami mahsulot

jumladan:

Kartoshka

Piyoz

Sabzi

Guruch

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

236

126

37

36

36

viloyatlar:

2.

Andijon

125

88

12

16

9

3.

Buxoro

163

96

20

36

11

4.

Jizzax

92

68

10

9

5

5.

Qashqadaryo

469

273

25

103

68

6.

Navoiy

125

76

15

19

15

7.

Namangan

235

137

34

45

19

8.

Samarqand

409

261

53

68

27

9.

Surxondaryo

108

73

9

15

11

10.

Sirdaryo

39

20

6

8

5

11.

Toshkent

320

206

31

46

38

12.

Farg‘ona

647

400

68

125

55

13.

Xorazm

163

89

23

29

21

14.

Toshkent sh.

218

129

33

31

25

Jami:

3 347

2 041

376

586

344

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
6-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga Xalq ta’limi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish hajmlari

tonna

T/r

Hududlar nomi

Jami mahsulot

jumladan:

Kartoshka

Piyoz

Sabzi

Guruch

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

60

34

9

11

6

viloyatlar:

2.

Andijon

276

173

23

35

46

3.

Buxoro

167

126

14

21

6

4.

Jizzax

0

0

0

0

0

5.

Qashqadaryo

288

160

69

46

14

6.

Navoiy

71

40

14

13

4

7.

Namangan

434

271

86

56

21

8.

Samarqand

189

121

29

29

9

9.

Surxondaryo

210

118

39

38

15

10.

Sirdaryo

0

0

0

0

0

11.

Toshkent

109

74

15

14

7

12.

Farg‘ona

455

242

82

107

24

13.

Xorazm

208

91

36

50

31

14.

Toshkent sh.

117

77

17

17

6

Jami:

2 583

1 524

432

437

190

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
7-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning
REJA-JADVALI

tonna

T/r

Mahsulotlar nomi

Jami zaxira xajmi

Jumladan:

Oktabr oyi jami

shu jumladan:

Noyabr oyi jami

shu jumladan:

Dekabr oyining 1 dan 10 gacha jami

15 dan
20 gacha

21 dan
31 gacha

1 dan
10 gacha

11 dan
20 gacha

21 dan
30 gacha

1.

Kartoshka

400 000

60 000

60 000

260 000

91 000

88 400

80 600

80 000

2.

Piyoz

180 000

108 000

56 160

51 840

54 000

18 900

18 360

16 740

18 000

3.

Sabzi

130 000

13 000

6 760

6 240

91 000

31 850

30 940

28 210

26 000

4.

Guruch

85 000

8 500

4 420

4 080

51 000

17 850

17 340

15 810

25 500

Jami:

795 000

189 500

67 340

122 160

456 000

159 600

155 040

141 360

149 500

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
7a-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga KARTOSHKA mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning
REJA-JADVALI

tonna

T/r

Hududlar

Jami zaxira xajmi

Jumladan:

Oktabr oyining 20 dan 30 gacha jami

Noyabr oyi jami

shu jumladan:

Dekabr oyining 1 dan 10 gachajami

1 dan 10 gacha

11 dan 20 gacha

21 dan 30 gacha

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

23 000

3 450

14 950

5 233

5 083

4 635

4 600

viloyatlar:

2.

Andijon

35 000

5 250

22 750

7 963

7 735

7 053

7 000

3.

Buxoro

22 000

3 300

14 300

5 005

4 862

4 433

4 400

4.

Jizzax

16 000

2 400

10 400

3 640

3 536

3 224

3 200

5.

Qashqadaryo

35 000

5 250

22 750

7 963

7 735

7 053

7 000

6.

Navoiy

12 000

1 800

7 800

2 730

2 652

2 418

2 400

7.

Namangan

35 000

5 250

22 750

7 963

7 735

7 053

7 000

8.

Samarqand

40 000

6 000

26 000

9 100

8 840

8 060

8 000

9.

Surxondaryo

22 000

3 300

14 300

5 005

4 862

4 433

4 400

10.

Sirdaryo

10 000

1 500

6 500

2 275

2 210

2 015

2 000

11.

Toshkent

35 000

5 250

22 750

7 963

7 735

7 053

7 000

12.

Farg‘ona

40 000

6 000

26 000

9 100

8 840

8 060

8 000

13.

Xorazm

20 000

3 000

13 000

4 550

4 420

4 030

4 000

14.

Toshkent shahri

55 000

8 250

35 750

12 513

12 155

11 083

11 000

Jami:

400 000

60 000

260 000

91 000

88 400

80 600

80 000

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
7b-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga PIYOZ mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning
REJA-JADVALI

tonna

T/r

Hududlar

Jami zaxira xajmi

Oktabr oyi jami

shu jumladan:

Noyabr oyi jami

shu jumladan:

Dekabr oyining 1 dan 10 gacha jami

15 dan 20 gacha

21 dan 31 gacha

1 dan 10 gacha

11 dan 20gacha

21 dan 30 gacha

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

12 000

7 200

3 744

3 456

3 600

1 260

1 224

1 116

1 200

viloyatlar:

2.

Andijon

15 000

9 000

4 680

4 320

4 500

1 575

1 530

1 395

1 500

3.

Buxoro

9 000

5 400

2 808

2 592

2 700

945

918

837

900

4.

Jizzax

6 000

3 600

1 872

1 728

1 800

630

612

558

600

5.

Qashqadaryo

15 000

9 000

4 680

4 320

4 500

1 575

1 530

1 395

1 500

6.

Navoiy

6 000

3 600

1 872

1 728

1 800

630

612

558

600

7.

Namangan

14 000

8 400

4 368

4 032

4 200

1 470

1 428

1 302

1 400

8.

Samarqand

17 000

10 200

5 304

4 896

5 100

1 785

1 734

1 581

1 700

9.

Surxondaryo

11 000

6 600

3 432

3 168

3 300

1 155

1 122

1 023

1 100

10.

Sirdaryo

5 000

3 000

1 560

1 440

1 500

525

510

465

500

11.

Toshkent

19 000

11 400

5 928

5 472

5 700

1 995

1 938

1 767

1 900

12.

Farg‘ona

20 000

12 000

6 240

5 760

6 000

2 100

2 040

1 860

2 000

13.

Xorazm

10 000

6 000

3 120

2 880

3 000

1 050

1 020

930

1 000

14.

Toshkent shahri

21 000

12 600

6 552

6 048

6 300

2 205

2 142

1 953

2 100

Jami:

180 000

108 000

56 160

51 840

54 000

18 900

18 360

16 740

18 000

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
7v-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga SABZI mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning
REJA-JADVALI

tonna

T/r

Hududlar

Jami zaxira xajmi

Jumladan:

Oktabr oyi jami

shu jumladan:

Noyabr oyi jami

shu jumladan:

Dekabr oyining 1 dan 10 gacha jami

15 dan 20gacha

21 dan 31gacha

1 dan 10 gacha

11 dan 20 gacha

21 dan 30 gacha

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

10 000

1 000

520

480

7 000

2 450

2 380

2 170

2 000

viloyatlar:

2.

Andijon

13 000

1 300

676

624

9 100

3 185

3 094

2 821

2 600

3.

Buxoro

7 000

700

364

336

4 900

1 715

1 666

1 519

1 400

4.

Jizzax

3 000

300

156

144

2 100

735

714

651

600

5.

Qashqadaryo

8 000

800

416

384

5 600

1 960

1 904

1 736

1 600

6.

Navoiy

3 000

300

156

144

2 100

735

714

651

600

7.

Namangan

11 000

1 100

572

528

7 700

2 695

2 618

2 387

2 200

8.

Samarqand

12 000

1 200

624

576

8 400

2 940

2 856

2 604

2 400

9.

Surxondaryo

6 000

600

312

288

4 200

1 470

1 428

1 302

1 200

10.

Sirdaryo

3 000

300

156

144

2 100

735

714

651

600

11.

Toshkent

14 000

1 400

728

672

9 800

3 430

3 332

3 038

2 800

12.

Farg‘ona

16 000

1 600

832

768

11 200

3 920

3 808

3 472

3 200

13.

Xorazm

9 000

900

468

432

6 300

2 205

2 142

1 953

1 800

14.

Toshkent shahri

15 000

1 500

780

720

10 500

3 675

3 570

3 255

3 000

Jami:

130 000

13 000

6 760

6 240

91 000

31 850

30 940

28 210

26 000

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
7g-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga GURUCH mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning
REJA-JADVALI

tonna

T/r

Hududlar

Jami zaxira xajmi

Jumladan:

Oktabr oyi
jami

shu jumladan:

Noyabr oyi jami

shu jumladan:

Dekabr oyining 1 dan 10 gacha jami

15 dan 20 gacha

21 dan 31 gacha

1 dan 10 gacha

11 dan 20 gacha

21 dan 30 gacha

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

13 000

1 300

676

624

7 800

2 730

2 652

2 418

3 900

viloyatlar:

2.

Andijon

6 000

600

312

288

3 600

1 260

1 224

1 116

1 800

3.

Buxoro

4 000

400

208

192

2 400

840

816

744

1 200

4.

Jizzax

2 000

200

104

96

1 200

420

408

372

600

5.

Qashqadaryo

7 000

700

364

336

4 200

1 470

1 428

1 302

2 100

6.

Navoiy

2 000

200

104

96

1 200

420

408

372

600

7.

Namangan

6 000

600

312

288

3 600

1 260

1 224

1 116

1 800

8.

Samarqand

7 000

700

364

336

4 200

1 470

1 428

1 302

2 100

9.

Surxondaryo

4 000

400

208

192

2 400

840

816

744

1 200

10.

Sirdaryo

2 000

200

104

96

1 200

420

408

372

600

11.

Toshkent

7 000

700

364

336

4 200

1 470

1 428

1 302

2 100

12.

Farg‘ona

7 000

700

364

336

4 200

1 470

1 428

1 302

2 100

13.

Xorazm

10 000

1 000

520

480

6 000

2 100

2 040

1 860

3 000

14.

Toshkent shahri

8 000

800

416

384

4 800

1 680

1 632

1 488

2 400

Jami:

85 000

8 500

4 420

4 080

51 000

17 850

17 340

15 810

25 500

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
8-ILOVA
Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va maqsadli ishlatishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika
ISHCHI GURUHI

1.

G‘aniyev Sh.M.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, respublika ishchi guruhi rahbari

2.

Xodjayev J.A.

Qishloq xo‘jaligi vaziri

3.

Ishmetov T.A.

Moliya vaziri

4.

Ortiqov A.J.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

Kudbiyev Sh.D.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

6.

Vaxabov A.J.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbari

7.

Shodmonov A.Q.

Sog‘liqni saqlash vaziri

8.

Shermatov Sh.Sh.

Xalq ta’limi vaziri

9.

Shin A.V.

Maktabgacha ta’lim vaziri

10.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

11.

Eshniyozov J.U.

Vazirlar Mahkamasi apparatining bosh mutaxassisi, respublika ishchi guruhi kotibi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga
9-ILOVA
Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira maqsadlariga xarid qilishni moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika
ISHCHI GURUHI

1.

Ishmetov T.A.

O‘zbekiston Respublikasi — Moliya vaziri, respublika ishchi guruhi rahbari

2.

Shodmonov A.Q.

Sog‘liqni saqlash vaziri

3.

Shermatov Sh.Sh.

Xalq ta’limi vaziri

4.

Shin A.V.

Maktabgacha ta’lim vaziri

5.

Xolxo‘jayev S.M.

Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari

6.

Ismailov U.

Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash Davlat jamg‘armasi rahbari

6.

Lavozim bo‘yicha

Tijorat banki rahbarlari

7.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2020-y., 09/20/648/1391-son)