Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.07.2006
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-sonli “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1996-yil 11-sentabrdagi 186 (1438)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar maazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
273-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 136-modda)