

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.07.2006
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-34642" id="onLBC-34642">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6294"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-34642" id="onLS-34642">[<b>TSZ:</b><div id="LS3722"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-34709" id="-34709">Oʻzbekiston Respublikasining qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-34710" id="-34710">Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-34713" id="-34713"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1068403" id="-1068403">Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ–42-sonli “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-1022944#-1023479">Qonuniga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-34715" id="-34715">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34716" id="-34716">1-modda. Asosiy tushunchalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34718" id="-34718">Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34722" id="-34722">“muallif” — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34723" id="-34723">“yozuv” — ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biron-bir moddiy shakldagi mujassami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34725" id="-34725">“ijrochi” — aktyor, qoʻshiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol oʻynaydigan, oʻqiydigan, ifodali oʻqiydigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki sanʼat asarini (shu jumladan estrada, sirk yoki qoʻgʻirchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissori va dirijyori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34726" id="-34726">“eʼlon qilish (oshkor qilish, chop etish)” — ommaning oqilona talab-ehtiyojlarini qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chiqqan holda asar, fonogramma nusxalarini muomalaga yetarli miqdorda chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34727" id="-34727">“manzarali-amaliy sanʼat asarlari” — amalda foydalaniladigan buyumlarga koʻchirilgan ikki oʻlchovli yoki uch oʻlchovli sanʼat asari, shu jumladan badiiy xunarmandchilik asari yoki sanoat yoʻli bilan tayyorlanadigan asar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34728" id="-34728">“fonogramma” — biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutlaqo ovozli yozuvi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34729" id="-34729">“asar nusxasi” — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan koʻchirmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34731" id="-34731">“fonogramma nusxasi” — fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammaga jo boʻlgan ovozlarning hammasini yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma koʻchirmasi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34734" id="-34734">2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34738" id="-34738">Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari fan, adabiyot va sanʼat asarlarini (mualliflik huquqi), sahna asarlarini, ijrolarni, fonogrammalarni, efir va kabel orqali koʻrsatuv hamda eshittirishlar beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuv va eshittirishlarini yaratish hamda ulardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34741" id="-34741">3-modda. Xalqaro shartnomalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34742" id="-34742">Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-34747" id="onLBC-34747">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6295"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-34747" id="-34747">II. MUALLIFLIK HUQUQI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34749" id="-34749">4-modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34751" id="-34751">Mualliflik huquqi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34753" id="-34753">mualliflarning va ularning huquqiy vorislarining fuqaroligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi xududida eʼlon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan asarlarga tatbiq qilinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34757" id="-34757">Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida eʼlon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan asarlarga tatbiq qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34759" id="-34759">Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida eʼlon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan asarlarga tadbiq qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning fuqarosi boʻlgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34760" id="-34760">Basharti asar Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida birinchi marta eʼlon qilingan sanadan soʻng oʻttiz kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududida eʼlon qilingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida eʼlon qilingan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34763" id="-34763">Asar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻriqlanishi lozim boʻlsa, uning muallifi hududida mualliflik huquqini olish uchun asos boʻlib xizmat qilgan yuridik fakt sodir boʻlgan davlatning qonuni bilan aniqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34767" id="-34767">5-modda. Mualliflik huquqi bilan qoʻriqlanadigan asarlar (mualliflik huquqi obyektlari)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34769" id="-34769">Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qatʼi nazar, tatbiq qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34771" id="-34771">Asar ogʻzaki, yozma shaklda yoki uni idrok etish imkonini beradigan boshqa obyektiv shaklda ifodalangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34782" id="-34782">Yozma shakldagi yoki moddiy jismda oʻzgacha usulda ifodalangan asar (qoʻlyozma, mashinka yozuvi, notali yozuvlar, texnika vositalari yordamidagi yozuv, shu jumladan audio yoki videoyozuv, ikki oʻlchovli yoki hajmiy-fazoviy shaklda yaratilgan tasvir va hokazo), undan uchinchi shaxslarning foydalanish imkoniyati bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, obyektiv shaklga ega deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34785" id="-34785">Ogʻzaki yoki moddiy jismda ifodalanmagan boshqa asar, basharti u uchinchi shaxslar idrok eta oladigan holga kelgan boʻlsa (omma oldida soʻzlash, ommaviy ijrochilik va hokazo), obyektiv shaklga ega deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34788" id="-34788">Mualliflik huquqi eʼlon qilingan asarlarga nisbatan ham, eʼlon qilinmagan asarlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34790" id="-34790">Mualliflik huquqi gʻoyalar, konsepsiyalar, prinsiplar, tizimlar, taklif qilinayotgan yechimlar, obyektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34792" id="-34792">Mualliflik huquqining yuzaga kelishi uchun asarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki boshqa biron-bir rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34824" id="-34824">6-modda. Mualliflik huquqi obyektlarining turlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34826" id="-34826">Mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34830" id="-34830">adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34832" id="-34832">dramatik va ssenariy asarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34834" id="-34834">matnli va matnsiz musiqa asarlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34837" id="-34837">musiqali-dramatik asarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34840" id="-34840">xoreografiya asarlari va pantomimalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34842" id="-34842">audiovizual asarlar (kino, tele va videofilmlar, slayd-filmlar, diafilmlar va boshqa xil kino, tele hamda video asarlar), radioasarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34845" id="-34845">rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy sanʼat asarlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34846" id="-34846">manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34850" id="-34850">arxitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34851" id="-34851">fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34855" id="-34855">joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli, tarxlar, eskizlar va asarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34857" id="-34857">barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34861" id="-34861">ushbu Qonunning <a href="/acts/-34642#-34767">5-moddasida </a>belgilab qoʻyilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34864" id="-34864">7-modda. Asarning qismlari va hosila asarlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34866" id="-34866">Ushbu Qonunning <a href="/acts/-34642#-34767">5-moddasida </a>belgilab qoʻyilgan talablarni qanoatlantiruvchi asarlarning qismlari, ularning nomi va hosila asarlar mualliflik huquqi obyektlaridir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34869" id="-34869">Hosila asarlar jumlasiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34872" id="-34872">boshqa asarlarni qayta ishlash natijasida yaratilgan asarlar (ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar hamda fan, adabiyot va sanʼat sohasidagi shunga oʻxshash boshqa asarlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34875" id="-34875">tarjimalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34879" id="-34879">materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga koʻra ijodiy mehnat natijasi boʻlgan toʻplamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, maʼlumot bazalari) va boshqa jamlama asarlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34884" id="-34884">Hosila asarlarning yaratilishi uchun asos boʻlgan yoki ular oʻz ichiga olgan asarlar mualliflik huquqi obyektlari boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, hosila asarlar mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34886" id="-34886">8-modda. Mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydigan asarlar va ularga oʻxshash faoliyat natijalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34889" id="-34889">Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34891" id="-34891">rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, toʻxtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34896" id="-34896">rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34899" id="-34899">xalq ijodiyoti asarlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34904" id="-34904">oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34907" id="-34907">insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34912" id="-34912">9-modda. Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalariga boʻlgan huquqlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34916" id="-34916">Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga boʻlgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaxsga tegishlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34918" id="-34918">Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan shaxslar, basharti bunday loyihani ishlab chiqish toʻgʻrisida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlanmagan boʻlsa, oʻzlari yaratgan loyihalarni eʼlon qilishga haqlidir. Loyihani eʼlon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar oʻz ism-shariflarini koʻrsatishga haqlidirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34920" id="-34920">Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti loyiha uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan eʼlon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan boʻlsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34923" id="-34923">Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chogʻida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga koʻra loyihaga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34925" id="-34925">Vakolatli organ loyihani maʼqullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan shaxsning ismi-sharifini koʻrsatmagan holda foydalanishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34928" id="-34928">10-modda. Asar muallifi. Mualliflik prezumsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34931" id="-34931">Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ana shu fuqaro asar muallifi deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34933" id="-34933">Asar birinchi marta eʼlon qilinganda muallif sifatida koʻrsatilgan shaxs, basharti oʻzga hol isbotlanmagan boʻlsa, asar muallifi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34937" id="-34937">Asar imzosiz yoki taxallus ostida eʼlon qilingan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarda ismi-sharifi yoki nomi koʻrsatilgan noshir, basharti boshqa dalillar boʻlmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash huquqiga ega boʻladi. Bu qoida bunday asar muallifi oʻz shaxsini oshkor etgunicha va oʻzining muallif ekanligini maʼlum qilgunicha amalda boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34940" id="-34940">11-modda. Hammualliflik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34942" id="-34942">Ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi, mazkur asar boʻlinmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qatʼi nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34944" id="-34944">Basharti asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bogʻliq boʻlmagan holda foydalanish mumkin boʻlsa, bu mustaqil mazmunga ega boʻlgan qism deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34947" id="-34947">Hammualliflarning har biri, basharti ularning oʻrtasidagi bitimda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, asarning oʻzi yaratgan, mustaqil mazmunga ega boʻlgan qismidan oʻz xohishiga koʻra foydalanishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34950" id="-34950">Hammualliflar oʻrtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, bitim asosida belgilanadi. Bunday bitim boʻlmagan taqdirda, asarga boʻlgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34953" id="-34953">Basharti hammualliflarning asari boʻlinmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar boʻlmay turib taqiqlab qoʻyishga hammualliflardan hech biri haqli emas.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34969" id="-34969">12-modda. Film mualliflari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34972" id="-34972">Quyidagilar kinofilm, telefilm va videofilmning toʻliq mualliflari (hammualliflari)dir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34973" id="-34973">sahnalashtiruvchi rejissor;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34975" id="-34975">ssenariy muallifi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34977" id="-34977">muayyan audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asarining muallifi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34979" id="-34979">sahnalashtiruvchi operator.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34983" id="-34983">Bunday asarning hammualliflari jumlasiga aytib oʻtilgan mualliflar bilan kelishuvga binoan filmda foydalanilgan boshqa asarlarning mualliflari kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34984" id="-34984">Muqaddam mavjud boʻlib, shuningdek film ustida ish olib borish jarayonida yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har biri umuman filmga boʻlgan mualliflikdan qatʼi nazar, mustaqil mazmunga ega boʻlgan oʻz asariga mualliflikni saqlab qoladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34987" id="-34987">13-modda. Hosila asarlarning mualliflari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34991" id="-34991">Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaxslar, tarjimonlar, toʻplamlar va boshqa jamlama asarlarning tuzuvchilari hosila asarlarning mualliflari deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34993" id="-34993">Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan yoki jamlama asarga kiritilgan asar muallifining huquqlariga rioya etgan taqdirdagina hosila asarga boʻlgan mualliflik huquqidan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34998" id="-34998">Hosila asarlar yaratuvchilarining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning muqaddam foydalanilgan asarlar asosida oʻz hosila asarlarini yaratishlariga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35001" id="-35001">14-modda. Intervyu mualliflari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35003" id="-35003">Intervyu yozuviga boʻlgan mualliflik huquqi hammualliflar tariqasida intervyu bergan shaxs bilan intervyu oʻtkazgan va uni yozib olgan shaxsga, basharti ular oʻrtasidagi kelishuvda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, tegishlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35007" id="-35007">Intervyu yozuvini eʼlon qilish, koʻrsatish va eshittirishga intervyu bergan shaxsning roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35010" id="-35010">15-modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35014" id="-35014">Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (ensiklopediyalarning noshirlari, filmlarning tayyorlovchilari, prodyuserlar va shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb eʼtirof etilmaydi. Biroq ushbu Qonun yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shunday asarlardan foydalanishda alohida huquqlarga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35016" id="-35016">Ensiklopediyalardan, ensiklopedik lugʻatlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli toʻplamlaridan, gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlardan foydalanishning alohida huquqlari ularning noshirlariga tegishlidir. Bunday nashrdan har qanday tarzda foydalanilganida ham noshir oʻz nomini koʻrsatishga yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35025" id="-35025">Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, basharti asar yaratishga doir shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, toʻliq nashrdan qatʼi nazar, oʻz asarlaridan foydalanishga boʻlgan alohida huquqlarini saqlab qoladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35027" id="-35027">Audiovizual asar, shu jumladan film yaratish xususida shartnoma tuzish, basharti bunday shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, mazkur asar mualliflarining asarni takrorlashga, uni tarqatishga, omma oldida ijro etishga, barchaning eʼtiboriga yetkazish uchun kabel orqali berishga, efirga uzatish yoki asardan boshqa har qanday tarzda ommaviy foydalanishga, film matnini subtitrlash va dublyaj qilishga boʻlgan alohida huquqlarining asarni tayyorlovchiga oʻtishiga olib kelmaydi. Mazkur huquqlar audiovizual asarga boʻlgan mualliflik huquqining amal qilish muddati davomida amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35028" id="-35028">Film tayyorlovchisi bu asardan har qanday tarzda foydalanilganida ham oʻz ismi-sharifi yoki nomini koʻrsatishga yoxud ismi-sharifi yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35030" id="-35030">Film omma oldida namoyish etilganida musiqa asarining muallifi oʻzining musiqa asari (matnli yoki matnsiz) omma oldida ijro etilganligi uchun haq olish huquqini saqlab qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35031" id="-35031">Film muallifi va filmga boʻlgan mulkiy huquqning boshqa egalari roziligisiz filmning oxirgi variantini (yozuvning asl nusxasini) yoʻq qilib yuborish taqiqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35034" id="-35034">16-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35035" id="-35035">Alohida mualliflik huquqining egasi oʻz huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35036" id="-35036">aylana ichiga olingan lotincha “S” harfi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35039" id="-35039">alohida mualliflik huquqlari egasining ism-sharifi (nomi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35040" id="-35040">asar birinchi marta eʼlon qilingan yil.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35043" id="-35043">Mualliflik huquqining himoya belgisida koʻrsatilgan shaxs, basharti oʻzga hol isbotlanmagan boʻlsa, huquq egasi hisoblanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-44550" id="-44550"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35045" id="-35045">17-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35047" id="-35047">Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35049" id="-35049">mualliflik huquqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35051" id="-35051">mualliflik nomiga boʻlgan huquq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35053" id="-35053">asarning daxlsizligiga boʻlgan huquq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35055" id="-35055">Muallif shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kechish toʻgʻrisida biron-bir shaxs bilan tuzgan bitim va muallifning bu haqdagi arizasi ahamiyatsizdir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35056" id="-35056">18-modda. Mualliflik huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35060" id="-35060">Muallif (hammualliflar)ning oʻzi yaratgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ayni shu asarga mualliflik huquqi eʼtirof qilinishini istisno etadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35062" id="-35062">19-modda. Mualliflik nomiga boʻlgan huquq</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35065" id="-35065">Muallif asardan oʻz ism-sharifi, taxallusini koʻrsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydalanishga ruxsat berish borasidagi alohida huquqda (mualliflik nomiga boʻlgan huquqda) egadir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35068" id="-35068">20-modda. Asarning daxlsizligiga boʻlgan huquq</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35069" id="-35069">Muallif oʻz asariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda asarga oʻzining roziligisiz biron-bir shaxs tomonidan oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishidan asarini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning daxlsizligiga boʻlgan huquqqa) egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35071" id="-35071">Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish chogʻida asarning oʻziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi koʻrsatilishiga ham biron-bir oʻzgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35072" id="-35072">Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar bilan, soʻzboshi, xotima, sharh yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35074" id="-35074">Muallifning vafotidan keyin asarning daxlsizligini himoya qilish vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxs tomonidan, bunday koʻrsatma boʻlmagan taqdirda esa muallifning merosxoʻrlari, shuningdek qonunga muvofiq zimmasiga mualliflik huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35077" id="-35077">21-modda. Asarni eʼlon qilish huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35079" id="-35079">Muallif nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishiga imkon yaratib berish huquqi (asarni eʼlon qilish huquqi)ga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35082" id="-35082">Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish, ommaga namoyish etish yoʻli bilan yoki boshqa tarzda ommaviylashtirish orqali muallif tomonidan yoki uning roziligi bilan nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishi uchun birinchi bor imkon yaratib berilsa, asar eʼlon qilingan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35084" id="-35084">Muallif asarni eʼlon qilish toʻgʻrisida ilgari qabul qilgan qaroridan asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli koʻrgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplash sharti bilan voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Basharti asar eʼlon kilingan boʻlsa, muallif oʻz asarini chaqirib olganligini ommaga maʼlum qilishi shart. Bunda muallif asarning avval tayyorlab qoʻyilgan nusxalarini oʻz hisobidan muomaladan olib qoʻyishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35086" id="-35086">Bu qoidalar, basharti muallif bilan tuzilgan shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, xizmat asarlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35088" id="-35088">22-modda. Muallifning asardan foydalanish huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35090" id="-35090">Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish borasida alohida huquqlarga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35092" id="-35092">Asarni takrorlash va uni tarqatish, boshqa yoʻllar bilan realizatsiya qilish, xususan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35094" id="-35094">asarni omma oldida namoyish etish (koʻrgazmaga qoʻyish, eksponat sifatida koʻrsatish);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35096" id="-35096">asarning moddiy jismini tashkil etuvchi nusxasini ijaraga berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35097" id="-35097">asarni omma oldida ijro etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35100" id="-35100">asarni efirga uzatish (radio yoki televideniye orqali translatsiya qilish), shu jumladan kabel yoki aloqa yoʻldoshi orqali berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35101" id="-35101">asarni texnika yordamida yozib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35102" id="-35102">asarning texnikaviy yozuvini eshittirish yoki koʻrsatish, shu jumladan radio yoki televideniye orqali;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35105" id="-35105">asardan keyinchalik foydalanish maqsadida uni tarjima qilish yoki qayta ishlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35106" id="-35106">shaharsozlik, arxitektura, dizayn loyihasini amaliy roʻyobga chiqarish asardan foydalanish hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35109" id="-35109">Asarga uning obyektiv shaklini, aqalli asl nusxasida qanday boʻlsa, shu holdagi shaklini qayta berish (asarni nashr etish, audio yoki videoyozuvlardan nusxa koʻpaytirish va shu kabilar) asarni takrorlash hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35111" id="-35111">Asar nusxalarini sotish, almashtirish, ijaraga berish yoki ular ishtirokida boshqa amallarni bajarish, shu jumladan ularni import qilish asarni tarqatish hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35112" id="-35112">Basharti asarning nusxalari qonunan boshqa shaxsga berilgan boʻlsa, ularni keyinchalik muallifning roziligisiz va haq toʻlamagan holda tarqatishga yoʻl qoʻyiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35113" id="-35113">Asardan daromad (foyda) olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qatʼi nazar, asardan foydalanilgan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35115" id="-35115">Asarning mazmunini tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi yechimlarni) amaliy qoʻllash asardan mualliflik huquqi maʼnosida foydalanganlikni anglatmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35117" id="-35117">23-modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35118" id="-35118">Basharti asar saqlash uchun har kim foydalanishi mumkin boʻlgan saqlov joyiga (depozitariyga) topshirilgan boʻlsa va depozitariy bilan tuzilgan shartnomaga koʻra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaxsning asar nusxasini olishiga yoʻl bersa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning qoʻlyozmalarini, moddiy jismdagi boshqa asarlarni, shu jumladan mashina yordamida tayyorlangan asarlarni saqlash uchun topshirish deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35119" id="-35119">Asarni saqlash uchun topshirish asardan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxsning (huquq egasining) depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish shartlarini belgilab beruvchi shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunday shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-49913" id="-49913">Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha qoʻlyozma ishlarini deponentlash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-1088116">Yoʻriqnoma </a>(roʻyxat № 355, 15.07.1997-y.).</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35120" id="-35120">24-modda. Asardan foydalanish huquqini tasarruf etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35124" id="-35124">Muallif yoki huquqqa ega boʻlgan boshqa shaxs shartnomaga, shu jumladan ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha huquqlarni oʻzga shaxsga berishi (foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish) mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35125" id="-35125">Asardan foydalanish huquqi bir shaxsdan boshqa shaxsga universal huquqiy vorislik tartibida oʻtadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-50044" id="-50044">Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining<a href="/acts/-111189#-152494"> 82-moddasiga </a>muvofiq fuqarolik huquqlarining obyektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada boʻlishi cheklab qoʻyilmagan boʻlsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35126" id="-35126">Huquq egasi boshqa shaxsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) berishi mumkin. Bunday ruxsatnoma asardan uning dastlabki shaklida foydalanish uchun ham, qayta ishlangan shaklida, xususan tarjima, aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35129" id="-35129">Asardan foydalanishning har bir usuli uchun huquq egasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35131" id="-35131">25-modda. Tasviriy sanʼat asarlaridan foydalanish huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35133" id="-35133">Tasviriy sanʼat asarining muallifi asar mulkdoridan oʻzining asarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish imkonini berishni talab qilishga haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga yetkazib berishni talab qilish mumkin emas.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35135" id="-35135">26-modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35138" id="-35138">Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi alohida huquqlarini cheklashga ushbu Qonunning <a href="/acts/-34642#-44550">17—21-moddalarida </a>yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35140" id="-35140">Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga oʻrinsiz ziyon yetkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35143" id="-35143">27-modda. Begona asarni shaxsiy maqsadlarda takrorlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35156" id="-35156">Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanilishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35159" id="-35159">Ushbu modda <a href="/acts/-34642#-35156">birinchi qismining</a> qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35160" id="-35160">binolar va shunga oʻxshash inshootlar shaklidagi arxitektura asarlaridan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35163" id="-35163">maʼlumot bazalari yoki ularning muhim qismlaridan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35166" id="-35166">qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35170" id="-35170">kitoblarni (toʻliq) va notali matnlarni reproduksiya qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35173" id="-35173">Ushbu moddaning <a href="/acts/-34642#-35156">birinchi qismida</a> nazarda tutilganidan istisno tarzda, qonunda audio va videoyozuvlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan taqdirda tegishli yozuvning muallifi, ijrochisi va ishlab chiqaruvchisi tegishli haq olish huquqiga ega boʻlishi belgilab qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35175" id="-35175">Asarni takrorlaganlik uchun haq ishlab chiqaruvchilar yoki asarni takrorlash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar (audio apparatlar, videomagnitofonlar va shu kabilar) hamda asar moddiy jismining (audio va (yoki) video plyonkalar, kassetalar, lazer diskalar, kompakt diskalar va shu kabilarning) importchilari tomonidan ajratmalar (foizlar) shaklida toʻlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35178" id="-35178">28-modda. Asardan muallifning ismi-sharifini koʻrsatgan holda erkin foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35180" id="-35180">Asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar yetmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan quyidagi tarzda erkin foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35182" id="-35182">chop etilgan asarni ulardan olingan tsitatalar tarzida (asl nusxa tilida va tarjimada), shu jumladan gazeta va jurnallarning maqolalaridan olingan parchalar tarzida tsitatadan koʻzlangan maqsadga mos hajmda ilmiy, tadqiqot, tanqid va axborot maqsadlarida takrorlash hamda tarqatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35183" id="-35183">chop etilgan asarlarni taʼlim va oʻquv tusidagi nashrlarda, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarda, audio va videoyozuvlarda misol tariqasida qoʻyilgan maqsadga loyiq hajmda takrorlash, texnika yordamida yozib olish va efir orqali berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35186" id="-35186">kundalik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy masalalar yuzasidan gazeta va jurnallarda eʼlon qilingan maqolalar yoki efir orqali berilgan shu tusdagi asarlarni gazetalarda takrorlash, efirga uzatish, bunday foydalanish muallif tomonidan atayin taqiqlangan hollar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35188" id="-35188">omma oldida soʻzlangan siyosiy nutqlar, murojaatlar, maʼruzalar va shunga oʻxshash asarlarni qoʻyilgan maqsadga mos hajmda gazetalarda takrorlash, efirga uzatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35190" id="-35190">kundalik voqealar jarayonida koʻrish yoki eshitish mumkin boʻlgan asarlarni ana shunday voqealarning sharhlarida axborot maqsadiga mos hajmda takrorlash, omma oldida namoyish etish, efirga uzatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35192" id="-35192">foyda olishni koʻzlamagan holda koʻzi ojizlar uchun qabariq nuqtali harflar yoki boshqa usullar bilan chop etilgan asarlarni takrorlash, foydalanishning ana shunday usullari uchun atayin yaratilgan asarlar bundan mustasno.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35195" id="-35195">29-modda. Asarlardan reproduksiya qilish yoʻli bilan foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35196" id="-35196">Muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta koʻrsatib, quyidagilardan foyda olishni koʻzlamay reproduksiya qilishga yoʻl qoʻyiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35199" id="-35199">asardan, yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan nusxalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek oʻz fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yoʻqotgan boshqa kutubxonalarga asarlarning nusxalarini taqdim etish uchun kutubxonalar va arxivlar tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35202" id="-35202">toʻplamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda qonuniy ravishda eʼlon qilingan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlardan, qonuniy ravishda eʼlon qilingan yozma asarlardan (suratli yoki suratsiz) qisqa parchalar fuqarolarning oʻquv va tadqiqot maqsadlaridagi soʻrovlari asosida kutubxonalar va arxivlar tomonidan, shuningdek auditoriya mashgʻulotlari uchun taʼlim muassasalari tomonidan.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35204" id="-35204">30-modda. Hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy joylashgan asarlardan erkin foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35206" id="-35206">Hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy joylashgan arxitektura, fotografiya, tasviriy sanʼat asarlarini muallifning roziligisiz va mualliflik haqi toʻlamagan holda takrorlash, efirga uzatishga yoki hammaning eʼtiboriga yetkazish uchun kabel orqali uzatishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1272129" id="-1272129">Bu qoida asarning tasviri shunday takrorlashning, efirga uzatishning yoki hammaning eʼtiboriga yetkazish uchun kabel orqali uzatishning asosiy obyekti boʻlgan hollarga nisbatan, shuningdek asarning ifodasidan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35211" id="-35211">31-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35213" id="-35213">Qonunan eʼlon qilingan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning xususiyatiga mos hajmda muallifning roziligisiz va mualliflik haqi toʻlamagan holda omma oldida ijro etishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35216" id="-35216">32-modda. Sudlov maqsadlarini koʻzlab, asarlarni erkin takrorlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35219" id="-35219">Sudlov va maʼmuriy ish yuritish maqsadlarini koʻzlab, foydalanish maqsadiga mos hajmda asarlarni muallifning roziligisiz va mualliflik haqi toʻlamagan holda ijro etishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35221" id="-35221">33-modda. Efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilotlar tomonidan asarlarni qisqa muddat foydalanish maqsadida erkin yozib olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35223" id="-35223">Efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilot oʻzi efirga uzatish huquqini olgan asarni muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va qoʻshimcha haq toʻlamagan holda qisqa muddat foydalanish maqsadida yozib olishga haqlidir, bunda efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlar beruvchi tashkilot yozuvni oʻz uskunalari yordamida hamda oʻz koʻrsatuv va eshittirishlari uchun amalga oshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35225" id="-35225">Basharti bunday yozuvni saqlab turishning uzoqroq muddati muallif bilan kelishilgan boʻlmasa, u tayyorlanganidan keyin olti oy ichida yoʻq qilib yuborilishi shart. Agar bunday yozuv butunlay hujjatli ruhda boʻlsa, u asar muallifining roziligisiz rasmiy arxivlarda saqlab qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35227" id="-35227">34-modda. EHM uchun yaratilgan dasturning yoki maʼlumotlar bazasining nusxasiga ega boʻlgan shaxs huquqlarining cheklanishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35228" id="-35228">EHM uchun yaratilgan dasturning yoki maʼlumotlar bazasining nusxasiga ega boʻlgan shaxsning EHM uchun yaratilgan dasturni va maʼlumotlar bazasini keyingi shaxsiy foydalanish maqsadida takrorlashga va qayta ishlashga boʻlgan huquqi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-44564" id="-44564">Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni yaratish, ulardan foydalanish va ularni huquqiy himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-143983">Qonuni </a>bilan ham tartibga solinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35230" id="-35230">35-modda. Xizmat asariga boʻlgan huquq</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35231" id="-35231">Xizmat topshirigʻini bajarish tartibida yaratilgan asarga (xizmat asariga) boʻlgan mualliflik huquqi shu asar muallifiga tegishlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35233" id="-35233">Xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etgan usulda va topshiriqdan kelib chiqadigan doirada foydalanish huquqi, basharti ish beruvchi bilan muallif oʻrtasidagi shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, asar yaratish haqida topshiriq bergan va muallif mehnat munosabatlari oʻrnatgan shaxsga (ish beruvchiga) tegishlidir. Ish beruvchi bunday foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35235" id="-35235">Ish beruvchi bilan muallif oʻrtasidagi shartnomada xizmat asaridan foydalanganlik uchun muallifga haq toʻlash nazarda tutilgan va asardan foydalanishning boshqa shartlari qamrab olingan boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35236" id="-35236">Ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomadan qatʼi nazar, muallif asar taqdim etilgan vaqtdan eʼtiboran oʻn yil oʻtganidan keyin, ish beruvchining roziligi bilan esa, undan ham oldinroq asardan foydalanish va mualliflik haqini olish huquqini toʻliq hajmda qoʻlga kiritadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35238" id="-35238">Muallifning xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etmaydigan usulda foydalanish huquqi cheklanmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35239" id="-35239">36-modda. Mualliflik huquqining Oʻzbekiston Respubliqasi xududida amal qilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35241" id="-35241">Birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi xududida chop etilgan yoki chop etilmagan boʻlsada, asl nusxasi biron-bir obyektiv shaklda uning hududida turgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Bunday holda mualliflik huquqi muallifga va uning merosxoʻrlariga, shuningdek fuqaroligidan qatʼi nazar, muallifning boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35243" id="-35243">Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asarlari birinchi marta chet davlat hududida chop etilgan yoki biron-bir obyektiv shaklda ana shu davlat hududida turgan boʻlsa, bunday asarga boʻlgan mualliflik huquqi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, xuddi shuningdek ularning merosxoʻrlari va boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35244" id="-35244">Muallifga xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqiy himoya berilishi vaqtida asarning chet davlat hududida chop etilganligi tegishli xalqaro shartnoma qoidalariga binoan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35246" id="-35246">Asarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida himoya qilish maqsadida asarning muallifi deb eʼtirof etiladigan shaxs asar birinchi marta qaysi davlatning hududida himoya qilina boshlagan boʻlsa, shu davlatning qonunlariga binoan aniqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35248" id="-35248">37-modda. Mualliflik huquqi amal qilishining boshlanishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35249" id="-35249">Asarga boʻlgan mualliflik huquqi chop etilganligi yoki etilmaganligidan qatʼi nazar, asarga uchinchi shaxslar idrok eta oladigan obyektiv shakl berilgan vaqtdan boshlab amal qiladi. Ogʻzaki asarga boʻlgan mualliflik huquqi bu asar uchinchi shaxslarga maʼlum qilingan vaqtdan boshlab amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35251" id="-35251">Basharti asar ushbu Qonunning <a href="/acts/-34642#-35239">36-moddasi </a>qoidalarining taʼsir doirasiga kirmasa, bunday asarga boʻlgan mualliflik huquqi, basharti u Oʻzbekiston Respublikasida eʼlon qilingan boʻlsa, birinchi marta eʼlon qilingan vaqtdan boshlab himoya qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35253" id="-35253">38-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35255" id="-35255">Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran ellik yil davomida amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35256" id="-35256">Hammualliflikda yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr koʻrgan shaxs vafot etganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35257" id="-35257">Birinchi marta taxallus ostida yoki imzosiz chop etilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran ellik yil davomida amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35259" id="-35259">Basharti ana shu muddat ichida imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan asar muallifining shaxsi maʼlum boʻlib qolsa, ushbu moddaning birinchi qismida aytilgan muddatlar qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35262" id="-35262">Ushbu moddaning <a href="/acts/-34642#-35255">birinchi qismida </a>aytib oʻtilgan muddatlar davomida mualliflik huquqi muallifning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan boshqa shaxsga oʻtadi. Ayni ana shu muddatlar ichida mualliflik huquqi muallif bilan, uning merosxoʻrlari va keyingi huquqiy vorislari bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha bu huquqni olgan huquqiy vorislarga tegishli boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35263" id="-35263">Muallif vafotidan keyin ellik yil ichida birinchi marta chop etilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran ellik yil davomida amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35266" id="-35266">Mualliflik, muallifning ism-sharifi va asarning daxlsizligi muddatsiz himoya qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35269" id="-35269">39-modda. Asarning ijtimoiy mulkka aylanishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35270" id="-35270">Asarga boʻlgan mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35272" id="-35272">Oʻzbekiston Respublikasi xududida hech qachon himoya bilan taʼmin etilmagan asarlar ijtimoiy mulk hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35274" id="-35274">Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda asarga boʻlgan mualliflik huquqiga, mualliflik nomiga boʻlgan huquqda va asarning daxlsizligiga boʻlgan huquqqa rioya etilishi lozim.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35276" id="-35276">40-modda. Mualliflik shartnomasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35278" id="-35278">Muallif yoki uning merosxoʻri mualliflik shartnomasi tuzish orqali oʻz asaridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin. Mualliflik shartnomasi uchun haq toʻlash talab qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35279" id="-35279">Mualliflik shartnomasi tayyor asar uchun yoki muallif yaratishni oʻz zimmasiga olgan asar uchun (buyurtma shartnomasi) tuziladi. Asardan u yoki bu doirada foydalanishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi muallif yoki uning merosxoʻrlari tuzadigan shartnoma ham (mualliflik litsenziya shartnomasi) mualliflik shartnomasi hisoblanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35281" id="-35281">41-modda. Mualliflik shartnomasining shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35282" id="-35282">Mualliflik shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35283" id="-35283">asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida beriladigan konkret huquqlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35285" id="-35285">asardan foydalanishning har bir usuli uchun toʻlanadigan haq miqdori va (yoki) toʻlanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni toʻlashning tartibi va muddati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35305" id="-35305">Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga berilishi toʻgʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil oʻtganidan keyin, basharti foydalanuvchi shartnoma bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan boʻlsa, shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35308" id="-35308">Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi toʻgʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnomaga binoan berilayotgan huquqning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35309" id="-35309">Shartnoma tuzilgan vaqtda asardan foydalanish haqidagi hali maʼlum boʻlmagan huquqlar mualliflikka doir shartnoma mavzusi boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35310" id="-35310">Asardan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori taraflarning kelishuviga binoan mualliflik shartnomasida belgilab qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35312" id="-35312">Basharti asarni nashr etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish haqidagi mualliflik shartnomasida haq toʻlash qatʼiy summa tarzida belgilansa, shartnomada asarning eng koʻp tiraji belgilab qoʻyilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35313" id="-35313">Muallif yoki uning merosxoʻrlarining haq olishga boʻlgan huquqni rad etishi ahamiyatsizdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35315" id="-35315">Mualliflik shartnomasi boʻyicha berilgan huquqlarni shartnomadagi istalgan taraf shartnomada bevosita nazarda tutilgan taqdirdagina boshqa shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35318" id="-35318">42-modda. Mualliflik shartnomasining shakli</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35319" id="-35319">Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35321" id="-35321">43-modda. Mualliflik shartnomasi boʻyicha javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35323" id="-35323">Mualliflik shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni umuman yoki tegishli darajada bajarmagan tomon boshqa tomonga yetkazilgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani ham qoplashi shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35324" id="-35324">44-modda. Mualliflik litsenziya shartnomasining amal qilish muddati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35326" id="-35326">Mualliflik litsenziya shartnomasi unda nazarda tutilgan, ammo mualliflik huquqining amal qilish muddatidan koʻp boʻlmagan muddat davomida amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35327" id="-35327">Asar muallifi yoki uning merosxoʻrlari, mualliflik litsenziya shartnomasiga muddat toʻgʻrisidagi shart kiritilganligi yoki kiritilmaganligidan qatʼi nazar, shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil oʻtganidan keyin oʻz kontragentini kamida olti oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir. Muallif yoki uning merosxoʻrlarida bunday huquq har oʻn yilda vujudga keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35329" id="-35329">Shartnomada asardan foydalanish muddatlari nazarda tutilishi mumkin, bu muddatlarni buzganlik huquq egasining shartnomani bekor qilish huquqiga sabab boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35330" id="-35330">45-modda. Mualliflik huquqlarini boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35331" id="-35331">Huquq egasi oʻziga tegishli huquqni oʻe xohishiga koʻra shaxsan amalga oshirishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35332" id="-35332">Huquq egasidan boshqa shaxslar mualliflik huquqlarini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin, vakillikni qonuniy vakil amalga oshiradigan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35335" id="-35335">Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning egalari zimmasiga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Bunday tashkilotlar huquq egalari bilan tuzilgan shartnoma asosida oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida va oʻz huquqlari doirasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining manfaatlarini ifoda etadilar. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilab qoʻyilgan davlat organi bergan litsenziyalar asosida va shu organning nazorati ostida ish olib boradilar. Ular tijorat faoliyati bilan shugʻullanishga va asarlardan foydalanishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35338" id="-35338">Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar oʻzlariga murojaat qilgan mualliflik huquqi yoki turdosh huquq egasining topshirigʻini oʻz zimmalariga olishlari shart. Bunday tashkilotlar topshiriqni oʻzlari ishlab chiqqan qoʻshiluv shartnomasi asosida bajarishlari mumkin. Shartnomada tashkilotning qilgan xarajatlari huquq egasi tomonidan qoplanishi nazarda tutilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35340" id="-35340">Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar shartnomalarga muvofiq oʻzlari olgan vakolatlar asosida boshqa shaxslarga (foydalanuvchilarga) asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanishning tegishli usullari uchun litsenziyalar beradilar. Bunday litsenziyalarning shartlari bir toifadagi barcha foydalanuvchilar uchun bir xil boʻlmasligi kerak va yetarli asoslar boʻlmay turib litsenziya berishni rad etib boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35347" id="-35347">Ushbu moddaning <a href="/acts/-34642#-35335">uchinchi qismida </a>koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlardan boʻlak har qanday shaxslar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining manfaatlarini umumiy asoslarda ifoda etishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35349" id="-35349">46-modda. Asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35352" id="-35352">Huquq egasi bilan shartnoma tuzmagan holda asardan foydalanilgan takdirda qoidabuzar huquq egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashi shart. Huquq egasi qoidabuzardan oʻzi koʻrgan zarar oʻrniga uning qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini undirib olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35355" id="-35355">Asardan mualliflik shartnomasida nazarda tutilmagan usulda yoki bunday shartnomaning amal qilishi toʻxtaganidan keyin foydalanish asardan shartnoma tuzmagan holda foydalanish deb hisoblanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-35358" id="onLBC-35358">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6296"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.03.00 Turdosh huquqlar]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-35358" id="-35358">III. TURDOSh HUQUQLAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35361" id="-35361">47-modda. Turdosh huquqlar obyekti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35363" id="-35363">Turdosh huquqlar sahna asarlariga, ijroga, ijroning audio va videoyozuviga (ijro yozuviga), efir va kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuv va eshittirishlariga tatbiq etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35366" id="-35366">48-modda. Turdosh huquqlarning subyektlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35375" id="-35375">Ijro etish huquqi ijrochilarga — artistlarga, sahnalashtiruvchi rejissorlarga, dirijyorlarga, shuningdek ularning merosxoʻrlariga tegishlidir. Bunday ijrodan foydalanish huquqi boshqa huquqiy vorislarga oʻtishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35377" id="-35377">Ijro yozuviga boʻlgan huquq ana shunday yozuvni amalga oshirgan shaxsga yoki uning huquqiy vorislariga tegishlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35379" id="-35379">Translatsiya qilish huquqi koʻrsatuv va eshittirishni yaratgan efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotga yoki uning huquqiy vorislariga tegishlidir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35382" id="-35382">49-modda. Turdosh huquqlarning himoya belgilari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35386" id="-35386">Ijroni yozib olgan shaxs va ijrochi oʻz huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning himoya belgisidan foydalanishlari mumkin, audio yoki videoyozuvning har bir nusxasida va (yoki) ular saqlanadigan gʻilofda aks ettiriladigan bu belgi quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35387" id="-35387">aylana ichidagi lotincha “R” harfi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35390" id="-35390">alohida turdosh huquqlar egasining ismi (nomi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35394" id="-35394">yozuv birinchi marta eʼlon qilingan yil.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35398" id="-35398">50-modda. Ijrochining huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35400" id="-35400">Ijrochi quyidagi huquqlarga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35403" id="-35403">ijro vaqtida, ijro yozuvining nusxalarida, ijro translatsiya qilinayotganda yoki takrorlanayotganida uning ismini koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35408" id="-35408">asarni buzib ijro etishdan ximoya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35411" id="-35411">ijrodan foydalanishni amalga oshirish yoki foydalanishga ruxsat berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35414" id="-35414">Ijrodan foydalanish huquqi quyidagilarga ruxsat berish huquqini qamrab oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35416" id="-35416">ijroni efir va kabel orqali translatsiya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35419" id="-35419">ijroni texnika vositalari yordamida yozib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35421" id="-35421">yozib olingan ijroni translatsiya qilish va omma oldida takrorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35424" id="-35424">ijro yozuvini koʻpaytirish va uning nusxalarini tarqatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35428" id="-35428">Ijrochilar oʻz huquqlarini ijro etilayotgan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda roʻyobga chiqaradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35430" id="-35430">Ijrodan foydalanish huquqini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-49957" id="-49957">Qarang: mazkur Qonunning <a href="/acts/-34642#-36615">60-moddasi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35431" id="-35431">Xizmat topshirigʻini bajarish tartibida amalga oshirilgan ijroga (xizmat ijrosiga) boʻlgan huquqqa nisbatan tegishincha ushbu Qonun <a href="/acts/-34642#-35230">35-moddasining</a> qoidalari tatbiq etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35433" id="-35433">51-modda. Ijrochi huquqlarining amal qilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35434" id="-35434">Ijrochining Oʻzbekiston Respublikasi hududida birinchi marta amalga oshirilgan ijroga boʻlgan huquqi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Bunday hollarda, fuqaroligidan qatʼi nazar, huquq ijrochiga, uning merosxoʻrlariga, shuningdek ijrochining boshqa huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi. Ijrochining huquqi ijro birinchi bor chet davlat hududida amalga oshirilgan hollarda ham unga, shuningdek uning huquqiy vorislariga tegishli deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35436" id="-35436">Ijrochining huquqlari birinchi yozuv yoki birinchi ijro (sahnalashtirish) paytidan eʼtiboran ellik yil davomida amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35439" id="-35439">Ijrochining nomga boʻlgan huquqi va ijroni buzishlardan himoya qilish huquqi muddatsiz qoʻriqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35440" id="-35440">52-modda. Ijrodan foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35443" id="-35443">Ijrochi va ijro etish huquqining boshqa egasi bu huquqdan oʻz xohishiga koʻra mustaqil ravishda foydalanishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35445" id="-35445">Ijrodan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat ijrochining ruxsati bilan yoki boshqa huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida uning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35450" id="-35450">53-modda. Ijrodan foydalanish huquqini tasarruf etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35454" id="-35454">Huquq egasi oʻzining ijrodan foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish, shu jumladan ijrodan u yoki bu doirada foydalanish uchun boshqa shaxsga ruxsatnoma (litsenziya) berish yoʻli bilan oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35456" id="-35456">Ijrochi yoki uning huquqiy vorisi ijrodan foydalanishga ruxsat etganlik uchun haq olish huquqiga ega. Foydalanishning har bir turi uchun alohida haq toʻlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35457" id="-35457">Haq olish huquqidan voz kechish ahamiyatsizdir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35459" id="-35459">54-modda. Ijroni yozib olgan shaxsning huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35463" id="-35463">Ijroning audioyozuvini, videoyozuvini, audio-videoyozuvini amalga oshirgan shaxs va uning huquqiy vorisi ana shu yozuvga nisbatan alohida huquqa ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35464" id="-35464">Bunday yozuvdan boshqa shaxslarning foydalanishiga ana shu yozuvni amalga oshirgan shaxs yoki uning huquqiy vorisining ruxsati bilangina yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35466" id="-35466">Ijroni yozib olgan shaxs yoki uning huquqiy vorisi quyidagilarni amalga oshirishga yoki quyidagilarga ruxsat berishga haqlidir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35469" id="-35469">yozuvni omma oldida takrorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35472" id="-35472">yozuvga tuzatishlar kiritish yoki uni oʻzga tarzda qayta ishlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35474" id="-35474">yozuvning nusxalarini tarqatish (sotish, ijaraga berish va shu kabilar), shu jumladan chet elga berib yuborish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-44638" id="edi-44638"><a href="/acts/-34642?ONDATE=17.09.1996 00#-44637">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-44638" id="-44638"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-44578" id="-44578">yozuvlardan nusxa koʻchirish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-44594" id="-44594">(54-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 15-dekabrdagi 175–II-son <a href="/acts/-43183?ONDATE=20.01.2001 00#-80731">Qonuniga </a>muvofiq beshinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35477" id="-35477">yozuv nusxalarini import qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35480" id="-35480">Basharti ijro yozuvining nusxasiga egalik qilish huquqi ijroni yozib olgan shaxsga tegishli boʻlmasa, yozuvdan foydalanish, shu jumladan uni tijorat maqsadida ijaraga berish sohasidagi alohida huquq yozuvni amalga oshirgan shaxsda saqlanib qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35482" id="-35482">Ijroni yozib olgan shaxsning huquqlarini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-49964" id="-49964">Qarang: mazkur Qonunning <a href="/acts/-34642#-36615">60-moddasi.</a></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35483" id="-35483">Ijro yozuviga boʻlgan huquqning egalari oʻz huquqlarini asarlar mualliflarining huquqlarini va ijrochilarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-35486" id="-35486">55-modda. Ijrochining yozuvidan foydalanganlik uchun haq toʻlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35488" id="-35488">Foyda olish maqsadida eʼlon qilingan ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning va ijrosi yozilgan ijrochining roziligisiz, lekin haq toʻlagan holda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35492" id="-35492">yozuvni omma oldida ijro etishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-35498" id="-35498">yozuvni efir orqali koʻrsatish va eshittirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36568" id="-36568">yozuvni hammaning umumiy maʼlumoti uchun kabel orqali yuborishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36570" id="-36570">Ushbu moddaning <a href="/acts/-34642#-35488">birinchi qismida </a>nazarda tutilgan haqni toʻplash, taqsimlash hamda toʻlash mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanadigan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi (ushbu Qonunning<a href="/acts/-34642#-35330"> 45-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36572" id="-36572">Ushbu moddaning <a href="/acts/-34642#-35488">birinchi qismida </a>nazarda tutilgan haq miqdori va uni toʻlash tartibi, bir tarafdan, yozuvdan foydalanuvchi yoki bunday foydalanuvchilar birlashmasi hamda, ikkinchi tarafdan, mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi bitimda belgilab qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36573" id="-36573">Haq miqdori yozuvdan foydalanishning har bir turi uchun belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-36575" id="-36575">56-modda. Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxs huquqlarining amal qilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36576" id="-36576">Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning huquqi, agar bu yozuv birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasida omma oldida takrorlangan yoki uning nusxalari omma orasida tarqatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36578" id="-36578">Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxs huquqi Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi yoki joylashgan manzili boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslarga ham tegishli deb tan olinadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-44640" id="edi-44640"><a href="/acts/-34642?ONDATE=17.09.1996 00#-44639">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-44640" id="-44640"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-44608" id="-44608">Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari kuchiga yoki hamjihatlik prinsipiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda foydalanadilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-44615" id="-44615">(56-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 15-dekabrdagi 175—II-son <a href="/acts/-43183?ONDATE=20.01.2001 00#-80739">Qonuniga </a>muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36580" id="-36580">Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning huquqlari yozuv amalga oshirilgan paytdan boshlab ellik yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-36582" id="-36582">57-modda. Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36585" id="-36585">Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot oʻz koʻrsatuv va eshittirishlaridan istalgan shaklda foydalanish va uchinchi shaxslarga bunday koʻrsatuv va eshittirishlardan foydalanish uchun ruxsat berish borasida alohida huquqlarga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36588" id="-36588">Koʻrsatuv va eshittirishlardan uchinchi shaxslarning foydalanishi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Huquq egasi foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36590" id="-36590">Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot quyidagilarga haqlidir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36591" id="-36591">koʻrsatuv va eshittirishni translatsiya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36593" id="-36593">efir orqali koʻrsatuv va eshittirishlarni beruvchi boshqa tashkilotlarga va kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarga oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini bir vaqtning oʻzida translatsiya qilishga hamda retranslatsiya qilishga ruxsat berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36594" id="-36594">oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini yozib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36595" id="-36595">oʻz koʻrsatuv va eshittirishlari yozuvini takrorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36598" id="-36598">takrorlangan yozuv nusxalarini tarqatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36599" id="-36599">oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini translatsiya qilishga va bir vaqtning oʻzida kabel orqali translatsiya, retranslatsiya qilishga hamda bu koʻrsatuv va eshittirishlar yozuvini translatsiya qilishga ruxsat berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36601" id="-36601">kirish pullik boʻlgan joylarda ommaviy translatsiya qilish va takrorlash, boshqa shaxslarga shunday translatsiya qilish va takrorlashga ruxsat berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36603" id="-36603">Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarning huquqlarini cheklash qonun bilan belgilab qoʻyiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-49969" id="-49969">Qarang: mazkur Qonunning <a href="/acts/-34642#-36615">60-modaasi.</a></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36604" id="-36604">Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot oʻz huquqlarini asar mualliflarining huquqlari va ijrochilarning huquqlarini, zarur hollarda esa, ijro yozuviga boʻlgan huquq egalarining hamda efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi boshqa tashkilotlarning huquqlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-36610" id="-36610">58-modda. Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot huquqlarining amal qilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36611" id="-36611">Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi, basharti tashkilotning ushbu hududda joylashgan manzili boʻlsa hamda unda joylashtirilgan uzatkichlar yordamida koʻrsatuv va eshittirishlarni amalga oshirayotgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36612" id="-36612">Efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuv va eshittirishga boʻlgan huquqi uni birinchi marta efirga translatsiya qilish paytidan boshlab ellik yil mobaynida amal qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-36613" id="-36613">59-modda. Kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36614" id="-36614">Kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ushbu Qonunda belgilangan huquqlariga tatbiqan belgilanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-49973" id="-49973">Qarang: mazkur Qonunning <a href="/acts/-34642?ONDATE=17.09.1996 00#-36610">58-modaasi.</a></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-36615" id="-36615">60-modda. Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan ijrochi, ijro yozuvini amalga oshirgan shaxs huquqlarining cheklanishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36617" id="-36617">Ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning roziligisiz va haq toʻlamasdan ijrodan, sahna asaridan, efir orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan, kabel orqali berilgan eshittirish va koʻrsatuvdan hamda ularning yozuvidan foydalanishga, shuningdek yozuvni takrorlashga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36619" id="-36619">kundalik voqealar sharhiga ijrodan, sahna asaridan, yozuvdan, efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan unchalik katta boʻlmagan parchalar qoʻshish yoʻli bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36620" id="-36620">faqat oʻquv yoki ilmiy tadqiqot maqsadlarida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36634" id="-36634">ijrodan, sahna asaridan, yozuvdan, efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan uncha katta boʻlmagan parchalar keltirish shaklida, faqat bunday parchalar keltirish axborot maqsadlarida amalga oshirilishi va bunda efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan tijorat maqsadida eʼlon qilingan yozuv nusxalaridan istalgan shaklda foydalanish ushbu Qonunning <a href="/acts/-34642#-35486">55-moddasi </a>qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi sharti bilan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36635" id="-36635">ushbu Qonunda adabiyot, fan va sanʼat asarlari muallifining mulkiy huquqlarini cheklash borasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36636" id="-36636">Fonogramma ishlab chiqaruvchining, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarning roziligisiz efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan hamda uning yozuvidan shaxsiy maqsadda foydalanishga va fonogrammani takrorlashga yoʻl qoʻyiladi. Fonogrammani takrorlashga ushbu Qonunning <a href="/acts/-34642#-35143">27-moddasiga </a>muvofiq haq toʻlangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36638" id="-36638">Agar qisqa muddat foydalanish uchun yozish yoki takrorlash efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan uning oʻz asbob-uskunalari yordamida hamda uning oʻz koʻrsatuvi va eshittirishi uchun amalga oshirilayotgan boʻlsa, ushbu Qonun <a href="/acts/-34642#-35398">50</a>, <a href="/acts/-34642#-35459">54</a>, <a href="/acts/-34642#-36610">58</a> va <a href="/acts/-34642#-36613">59-moddalarining</a> ijroning, sahna asarining yoki koʻrsatuv va eshittirishning qisqa muddat foydalaniladigan yozuvlarini amalga oshirish, tijorat maqsadida eʼlon qilingan yozuvni takrorlash uchun ijrochining, ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning hamda efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ruxsatini olish haqidagi qoidalari quyidagi shartlar bilan qoʻllanilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36640" id="-36640">efir orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilot ushbu modda qoidalariga muvofiq qisqa muddat foydalaniladigan yozuv yoki bunday yozuvni takrorlash amalga oshiriladigan sahna asarining oʻzini, ijroni yoki koʻrsatuv va eshittirishni efirga berish uchun oldindan ruxsat olgan taqdirda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36641" id="-36641">qisqa muddat foydalaniladigan yozuv adabiyot, fan va sanʼat asarlarining bunday yozuvlariga nisbatan belgilangan muddat doirasida yoʻq qilib yuborilgan taqdirda (ushbu Qonunning <a href="/acts/-34642#-35221">33-moddasi</a>), basharti yozuv butunlay hujjat ruhida boʻlsa, rasmiy arxivlarda saqlanishi mumkin boʻlgan yagona nusxa bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36644" id="-36644">Ushbu moddada nazarda tutilgan cheklashlar ijrodan, ijro yozuvidan, sahna asaridan, efir yoki kabel orqali berilgan koʻrsatuv va eshittirishdan hamda ularning yozuvidan normal foydalanishga zarar yetkazmagan holda va ijrochining, ijro yozuvini amalga oshirgan shaxsning, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning hamda koʻrsatib oʻtilgan asarlar mualliflarining qonuniy manfaatlarini cheklab qoʻymagan holda qoʻllaniladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-36666" id="-36666">61-modda. Turdosh huquqlardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmaganlik va asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-36669" id="-36669">Turdosh huquqlardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmagan yoxud asardan shartnoma tuzmagan holda noqonuniy foydalangan shaxs shartnomani umuman yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi yoxud ziyon yetkazganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalarga muvofiq javobgar boʻladi.</div></div><div class="EXPLANATION"><label id="s527"></label><div name="-48097" id="-48097">Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href="/acts/-180552#-197389">1041—1081-moddalari </a>bilan ham tartibga solinadi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-36649" id="-36649">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-36650" id="-36650">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-36651" id="-36651">1996-yil 30-avgust.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-36652" id="-36652">272-I-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-34712" id="-34712">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 135-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
