1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish test sinovini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumtaʼlim fanlaridan (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim fanlari) bilish darajasini baholashning milliy test tizimi;
2021/2022 oʻquv yili qabulidan boshlab tegishli umumtaʼlim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentga sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilsin.
2. Belgilansinki, umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:
2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari boʻyicha;
2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari boʻyicha;
2022 — 2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari boʻyicha.
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab huquqshunoslik fani boʻyicha;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/411/0797-son)
Umumtaʼlim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarini tashkil etish va umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan taʼlim sifatini baholash boʻyicha tashkilot tomonidan amalga oshirilsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
3. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat taʼlim standarlariga mos ravishda hamda taʼlim oʻquv dasturiga muvofiq Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
4. Quyidagilar:
umumtaʼlim fanlaridan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari boʻyicha davlat namunasidagi sertifikatni berish tartib-taomillarini belgilovchi Umumtaʼlim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda taʼlim sifatini baholash boʻyicha faoliyat yuritadigan xalqaro taʼlim tashkilotlarini jalb qilgan holda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻqitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida “Bilim va koʻnikmalarni baholash markazi” nodavlat taʼlim tashkilotini tashkil qilish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Bunda “Bilim va koʻnikmalarni baholash markazi” nodavlat taʼlim tashkilotining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
xalqaro eʼtirof etilgan taʼlim sifatini baholash metodikasidan kelib chiqqan holda umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatini baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;
umumiy oʻrta taʼlimda berilayotgan bilim va koʻnikmalar sifatini tizimli baholash uchun nazorat ishlari materiallarini ishlab chiqish;
taʼlim sifatini baholash boʻyicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari va muassasalari buyurtmasiga koʻra saralash, qabul qilish va yakuniy imtihonlarni oʻtkazish;
taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish huquqini beruvchi taʼlim litsenziyalari va sertifikatlarini joriy etish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-oktabr,
646-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga 1-ILOVA
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish tartibini belgilaydi.
2. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) berish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi, sertifikat elektron shaklda beriladi.
Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar beriladi.
Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra:
70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda:
A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
B+, B, C+, C, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Milliy sertifikatga ega boʻlgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar boʻyicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
3. Chet tilini bilish darajasini baholash va malaka sertifikatini berish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
4. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim tizimining davlat taʼlim standartlariga muvofiq shakllantiriladigan pedagogik oʻlchov vositalari asosida test sinovlari yordamida baholanadi.
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat taʼlim standarlariga mos ravishda hamda taʼlim oʻquv dasturiga muvofiq Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
Test sinovlari abituriyentlarning tayyorgarlik darajasini tizimli va asosli baholash uchun yaratilgan, turli shakl va qiyinlik darajasidagi parallel topshiriqlar tizimini nazarda tutadi.
2-bob. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test sinovini tashkil etish tartibi
5. Umumtaʼlim fanlari boʻyicha test topshiriqlari formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt meʼyori), baholash mezonlari, test sinovining oʻtkazilishi muddatlari, shuningdek, talabgor tomonidan toʻldiriladigan ariza shakli Agentlik tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
6. Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda ariza berib roʻyxatdan oʻtadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
7. Talabgor mustaqil ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron ravishda toʻldiradi. Talabgordan soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Talabgorga soʻrovnoma rasmiylashtirilganidan soʻng vakolatli organ tomonidan YIDXP orqali test sinovidan oʻtish qoidalari toʻgʻrisidagi eslatma beriladi.
Talabgorning soʻrovnomasida uning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Soʻrovnomada talabgor elektron manzilining koʻrsatilgani uning soʻrovnoma boʻyicha qabul qilingan qaror, test sinovi natijalari yuzasidan apellyatsiya xulosasi haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Talabgordan soʻrovnomadagi hujjatlardan boshqa qoʻshimcha hujjatlar talab etilmaydi.
Talabgor haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga talabgorning oʻzi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Test sinovini oʻtkazish sanasi u oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin YIDXP orqali eʼlon qilinadi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/411/0797-son)
Talabgor test sinovi oʻtkaziladigan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotga YIDXP orqali ega boʻladi.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari Adliya vazirligi tomonidan vaqtincha roʻyxatga olinadi hamda ular JSHSHIR raqami shakllantiriladi.
Bunda 16 yoshga toʻlmagan shaxslar ID-karta yoki xorijga chiqish pasporti orqali roʻyxatga olinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
8. Agentlik tomonidan talabgor toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar maxfiyligi taʼminlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
9. Test sinovini oʻtkazish joyi, muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soni va sanasi Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-sayti va YIDXP orqali eʼlon qilinadi.
Bunda talabgorlar muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga muvofiq YIDXP orqali roʻyxatga olinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/411/0797-son)
10. Talabgorning test sinovida belgilangan oʻtirish oʻrni Agentlik tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlanadi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
11. Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da oʻtkazilishi mumkin. Test sinovi Agentlik tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi aʼzolari va kuzatuvchilar ishtirokida oʻtkaziladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
Imtihon komissiyasi yozma yoki ogʻzaki test sinovlari belgilanganda shakllantiriladi.
Imtihon komissiyasi tarkibi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi, unga Agentlik xodimlari va tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar kiritiladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
Test sinovi tegishli dasturiy taʼminot asosida kompyuterda oʻtkazilganda bilimni baholashning barcha boʻlimlari qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
12. Test sinovi Agentlik masʼul xodimining rahbarligida va kuzatuvida oʻtkaziladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
Test sinovlari maxsus jihozlangan, videokuzatuv bilan taʼminlangan holda Agentlik vakilining nazorati ostida onlayn oʻtkazilishi mumkin.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
Test sinovi vaqtida har bir ish joyida bir nafar talabgor oʻtiradi. Test sinovini oʻtkazish jarayoni doimiy videotasvirga olinadi.
13. Test sinovini oʻtkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin.
14. Test sinoviga jalb etilgan imtihon komissiyasi aʼzolari va kuzatuvchilar bilan shartnoma tuziladi.
15. Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida video qayd etish qurilmalari orqali tekshirishdan oʻtgach test sinoviga qoʻyiladi.
16. Talabgor quyidagi holatlarda dalolatnoma asosida test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi va uning natijalari hisoblanmaydi:
test sinovi oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar, qogʻoz, buyum, kiyimlarga yozilgan maʼlumotlarni olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
test materiallariga shikast yetkazsa, test materiallarini boshqa talabgorga uzatsa, tarqatsa, binodan tashqariga olib chiqsa yoki olib chiqishga urinsa;
boshqa talabgor bilan muloqot qilsa, yordam bersa yoki yordam berishga harakat qilsa;
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmagani aniqlansa.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/411/0797-son)
17. Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma bir ish kunidan kechikmay, Agentlikning rasmiy veb-saytida hamda YIDXP orqali eʼlon qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
171. Test sinovlari natijalari boʻyicha testologiya meʼyorlarining buzilish holati aniqlansa, Agentlik tomonidan test sinovi natijalari bekor qilinadi.
Quyidagi holatlarda testologiya meʼyorlari buzilgan deb hisoblanadi:
test materiallari xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash qoidalari buzilsa;
talabgorlar tomonidan test materiallarini oldindan qoʻlga kiritish holati aniqlansa;
test sinovi natijalari tahliliga koʻra taqsimot normal taqsimotdan keskin farq qilsa.
Bunda mazkur bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan holat faqat ayrim hududlarda aniqlangan taqdirda, ushbu hududlardagi test sinovlari natijalari bekor qilinadi.
Test sinovi natijalari mazkur bandga muvofiq bekor qilingan holatlarda, talabgorlarning xohishiga koʻra amalga oshirilgan toʻlov miqdori qaytariladi yoki qayta test sinovlari tashkil etiladi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlov amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi toʻlov amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
qolgan mablagʻlar — Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Talabgor toʻlovni YIDXP orqali shakllantirilgan invoys raqami orqali amalga oshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
181. Taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan belgilangan toʻlov summasining 50 foizi undiriladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
19. Agar ariza beruvchi turli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan boʻlsa, Agentlikka test sinovlari oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga koʻra (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi oʻtkazilgan sanadan besh ish kunidan kechikmay, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni YIDXP orqali Agentlikka elektron shaklda taqdim etishi va uni navbatdagi imtihonga kiritish yoki toʻlovni qaytarish boʻyicha murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagani boʻyicha arizalar yetti ish kunida koʻrib chiqiladi. Test sinovi uchun ariza berish jarayonida toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda, toʻlovni qaytarish boʻyicha arizalar toʻlov toʻliq amalga oshirilgandan soʻng, belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Toʻlovni qaytarish soʻralgan taqdirda, Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga hamda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlov miqdori vakolatli organ xulosasi asosida Adliya vazirligi tomonidan toʻliq qaytariladi. Bunda Agentlik va Adliya vazirligi oʻrtasida xulosa almashinuvi elektron tarzda amalga oshiriladi.
Navbatdagi test sinovida qatnashish soʻralgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan uzrli sababga koʻra test sinovida ishtirok eta olmagan talabgorga toʻlovni amalga oshirmasdan navbatdagi test sinovida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Talabgor toʻlovni qaytarish yoki navbatdagi test sinovida qatnashish boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron tarzda toʻldiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/411/0797-son)
20. Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, talabgor tomonidan amalga oshirilgan toʻlov qaytarilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
21. Test sinovi oʻtkazilishi jarayonida talabgor bir vaqtda faqat bitta umumtaʼlim fanidan test topshirishiga ruxsat etiladi.
22. Test sinovidan oʻta olmagan talabgor test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida YIDXP orqali Agentlikka apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Talabgor apellyatsiya shikoyati berish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron tarzda toʻldiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
23. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun Agentlik direktorining buyrugʻi bilan 5 yoki 7 nafar Agentlik xodimlari va taʼlim tizimi pedagoglaridan iborat boʻlgan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/411/0797-son)
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Imtixon komissiyasi aʼzolari kiritilmaydi.
Apellyatsiya ikki hafta mobaynida koʻrib chiqiladi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
24. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
test sinovi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish;
test sinovlari natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiyani qanoatlantirish.
Agar talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellyatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Agar talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar asosli deb topilsa, apellyatsiya komissiyasi qarori bilan test natijalari oʻzgartiriladi.
Apellyatsiya komissiyasining qarorlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Talabgor Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning davlat namunasidagi sertifikatini berish tartibi
26. Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Agentlik direktorining buyrugʻi asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
27. Sertifikatlar reyestri Agentlik tomonidan yuritiladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
pasport maʼlumotlari (seriyasi va tartib raqami, pasportning kim tomonidan va qachon berilganligi) yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari (tartib raqami, guvohnomaning kim tomonidan va qachon berilganligi);
Agentlikning sertifikat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻining sanasi va tartib raqami;
(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
sertifikatning hisobga olish seriyasi va tartib raqami;
Amal qilish muddati tugashiga 10 kun qolgan sertifikat egalariga YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabarnoma hamda Agentlikning tegishli axborot tizimi orqali talabgor roʻyxatdan oʻtishda kiritgan telefon raqamiga bepul “SMS-xabarnoma” yuboriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
28. Sertifikatning haqiqiyligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali tekshirish imkoniyati yaratiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
29. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):
3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (e-mail):
6. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan chegirma qoʻllanilish huquqiga egaligi (Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolari, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar):
Ha/Yoʻq
7. Imtihonni topshirish hududi:
8. Imtihonni topshirish fani:
9. Imtihonni topshirish tili:
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Toʻlovni qaytarish boʻyicha
SOʻROVNOMA
__________________
(sanasi)
____________
(raqami)
1. F.I.O.:
2. Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):
3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (e-mail):
6. Imtihon sanasi:
7. Imtihonni topshirish fani:
8. Uzrli sababga koʻra (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgorning ushbu holatni asoslovchi hujjatlari:
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Imtihon natijalari yuzasidan apellyatsiya shikoyatini berish uchun
SOʻROVNOMA
__________________
(sanasi)
_____________
(raqami)
1. F.I.O.:
2. Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):
3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (e-mail):
6. Imtihon sanasi:
7. Imtihonni topshirish fani:
8. Shikoyatning qisqacha mazmuni:
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“maxsus dastur orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, taʼlim turi, taʼlim muassasasining nomi, abituriyentning fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport seriyasi va raqami, yashash joyi, tugʻilgan yili va joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, taʼlim olgan taʼlim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat) raqami, belgilangan tartibda berilgan imtiyozlari haqida maʼlumot (agar ushbu imtiyozlar boʻyicha hujjatlar mavjud boʻlsa) hamda toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot, oʻqitish tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish usulini kiritish”.