1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qimmatbaho metallarni qabul qilish, saqlash, topshirish va hisobini yuritish tizimini yanada takomillashtirish, aholining qimmatbaho metallardan jamg‘arma sifatida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-son Farmoniga muvofiq:
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida” Qonunining 5-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-noyabrdagi “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4030-son qarori.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
1. Markaziy bank, Moliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining jismoniy shaxslarga tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lganda va tovarlarni olib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan me’yoridan oshgan taqdirda, majburiy ravishda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish huquqini berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Davlat bojxona qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu bandning qoidalarini respublika aholisiga va xorijiy davlatlarning fuqarolariga yetkazish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
2. Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilganligi munosabati bilan Markaziy bankning:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligini (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tugatish va Markaziy bankning markaziy apparati tuzilmasida Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini (keyingi o‘rinlarda — xizmat) tashkil etish;
tugatilayotgan Agentlikning Markaziy bank tomonidan xalqaro rezervlarni boshqarish operatsiyalari doirasida sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni hamda saqlanayotgan boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash, jo‘natish va hisobini yuritish borasidagi funksiyalarini xizmatga o‘tkazish takliflari ma’qullansin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqi]
Markaziy bank tugatilayotgan Agentlikning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qo‘riqlash. Idoraviy qo‘riqlash]
xizmat tomonidan qimmatbaho metallarni hamda boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va jo‘natish maqsadida foydalaniladigan Markaziy bankning bino va obyektlari o‘ta muhim obyektlar toifasiga kiradi va tegishlicha muhofaza qilinadi.
4. Markaziy bank:
a) bir hafta muddatda:
xizmatning tashkiliy va shtat tuzilmasini hamda u to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Agentlikning pul mablag‘lari, mol-mulki, arxiv va boshqa hujjatlari o‘z balansiga qabul qilinishini ta’minlasin;
b) qonunchilikka muvofiq ravishda Agentlikni tugatish choralarini ko‘rsin;
v) bir oy muddatda:
xizmat tomonidan qimmatbaho metallarni qabul qilish, saqlash, jo‘natish va hisobini yuritish tartibini tasdiqlasin;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
5. “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga yetkazib berish mexanizmini joriy etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-sentabr,
PF-6066-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoniga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5215-son Farmonida:
a) 1-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
4.
Qimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan boshqa buyumlar
7106 (jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqiladigan o‘lchovli kumush yombilardan (quymalardan) tashqari), 7107 — 7111000000 (jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqiladigan o‘lchovli oltin yombilar (quymalardan) tashqari), 7115
”;
b) 2-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
2.
Qimmatbaho metallar, qotishmalar, ulardan tayyorlangan buyumlar, rudalar, konsentratlar, parchalar va chiqindilar, qimmatbaho tabiiy toshlar va ulardan tayyorlangan buyumlar, chiqindilar, tabiiy qimmatbaho toshlarning kukunlari va rekuperatori, dur va undan tayyorlangan buyumlar, qaxrabo va undan tayyorlangan buyumlar
2843, 3006400000 (faqat qimmatbaho metallardan), 7106 — 7115 (jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqiladigan o‘lchovli oltin va kumush yombilardan (quymalardan) tashqari), 7118 (faqat qimmatbaho metallardan, jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqiladigan Markaziy bankning oltin va kumush tangalaridan tashqari), 9003190001, 9021290000 (faqat qimmatbaho metallardan), 9101, 9111100000, 911310, 9608109200 va 9608109900 (faqat qimmatbaho metallardan), 9608300000 (faqat qimmatbaho metallardan), 9705 000000 (faqat qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar, jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqiladigan Markaziy bankning oltin va kumush tangalaridan tashqari), 7116 (faqat dur va tabiiy qimmatbaho toshlardan), 9602000000 (faqat ishlov berilgan qaxrabo va undan tayyorlangan buyumlar)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga 2-ilovadan 61-band chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3199-son qarorining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-noyabrdagi “2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3388-son qaroriga 5-ilovaning to‘rtinchi xatboshisidagi “B.B. Sabirov — Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori” so‘zlari “R.E. Umarov — Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoniga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim farmonlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 31-oktabrdagi “Qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va sotish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3346-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-son Farmoniga 3-ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)