|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.02.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
BOShQARUV APPARATI XODIMLARI SONI QISQARIShI MUNOSABATI BILAN BO‘ShAB QOLADIGAN MABLAG‘LARDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 9-fevralda 1310-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 29-yanvardagi 5-son va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 29-yanvardagi 07-2021/k/k-sonli ““Boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1310-1, 15.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida”gi 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarorining 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. Boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining 2002-yil 26-fevraldagi “Son jihatidan qisqartirilganligi tufayli boshqaruv idoralarini ta’minlash uchun xarajatlarni moliyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20 va 72-son qaror (2002-yil 13-mart, ro‘yxat raqami 1116-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 5-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
20-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. OBIDOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
72-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 6-con, 78-modda)