|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.11.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-sonli “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 9-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 1997-yil 7-maydagi 99 (1621)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
413-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.,4-5-son, 119-modda)