Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekistonda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga koʻtarish, ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan diagnostika va davolash texnologiyalarini, shu jumladan telemeditsina, raqamlashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam xizmatlarini koʻrsatish hamda hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koreya Respublikasi hamkorligida va iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasining moliyaviy hamkorligida “Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tuzish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha dastlabki chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 10-dekabrdagi PQ-2082-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tibbiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan bino va inshootlar (keyingi oʻrinlarda — obyekt) qurib bitkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining obyektda 280 oʻrinli davlat muassasasi shaklidagi Bolalar milliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
pediatriyaning barcha yoʻnalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya boʻyicha ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish, shu jumladan neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinoloringologiya kabi sohalarni rivojlantirish;
respublika va hududiy tibbiyot muassasalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini pediatriyaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha muvofiqlashtirish, ixtisoslashtirilgan, shu jumladan yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etish;
pediatriyaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha tibbiyot sohasidagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlarini tayyorlashda ishtirok etish;
bolalar kasalliklari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini keng joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xorijiy ilmiy-tadqiqot tibbiyot markazlari, klinikalar va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
tibbiy turizm sohasida tibbiy xizmatlar va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash va mazkur xizmatlar eksporti hajmini oshirish.
4. 2020 — 2022-yillarda bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga koʻtarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga koʻtarishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
telemeditsina va boshqa yuqori raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda, bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish;
bolalarga yuqori texnologik tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
pediatriya sohasida ixtisoslashtirilgan, shu jumladan yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etishni kengaytirish.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasining “Sogʻliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroriga 1 — 4-ilovalar qoidalari Markaz faoliyatiga ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda kasallikni yuqori texnologiyalar yordamida davolaydigan turlar boʻyicha xarajatlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi respublika bolalar tibbiyot muassasalari va hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan berilgan yoʻllanmalarga (orderlarga) asosan tabaqalashtirilgan tariflar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
6. Markazga:
xorijiy va mahalliy mutaxassislarni boshqaruvchi, konsultant, maslahatchi va tibbiyot xodimi sifatida jalb qilish va ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, lavozim maoshi hamda boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
laboratoriya, radiologiya, nuklear tibbiyot va gemodializ xizmatlarini ijara hamda autsorsing mexanizmlarini qoʻllash orqali tajribali nodavlat tibbiyot tashkilotlariga berish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash huquqi berilsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari Markaz boʻysunuviga oʻtkazilsin.
Belgilansinki:
hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari yuridik shaxs maqomini hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qoladi;
Markaz hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bolalar boʻlimi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻn kun muddatda:
a) Markaz ustavi va uning tuzilmasini;
Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan davolanadigan bemorlarni tanlash mezonlari, zaruratga koʻra, ularni navbatga qoʻyish va shifoxonaga yotqizish, shu jumladan shoshilinch va favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam koʻrsatish tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
b) Markazning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlasin va Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsin;
Toshkent shahrida joylashgan tibbiyot sohasidagi oliy taʼlim muassasalari klinik bazalarini Markazda joylashtirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Markaz, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari (boʻlimlari) oʻrtasida telemeditsina aloqasini oʻrnatishni taʼminlasin. Bunda:
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020-yil 1-dekabrga qadar Markaz, hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarini (boʻlimlarini) yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulash va barcha hududlarda belgilangan tartibda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlasin;
Sogʻliqni saqlash vazirligi 2021-yil 1-yanvarga qadar telemeditsina yoʻnalishidagi loyihaning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ushbu bandda belgilangan tadbirlar jalb qilinadigan chet el investitsiyalari va Sogʻliqni saqlash vazirligiga markazlashgan xaridlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
2020-yil sentyabrdan boshlab ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablagʻlarni asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika bolalar tibbiyot muassasalari va hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan beriladigan yoʻllanmalarga (orderlarga) asosan tabaqalashtirilgan tariflar asosida Markaz tomonidan koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishi taʼminlasin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-avgust,
523-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 523-son qaroriga
ILOVA
2020 — 2022-yillarda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga koʻtarishga yoʻnaltirilgan
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga
oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Summa

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

I. Bolalarga yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish buyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Bolalar milliy tibbiyot markazi shtat birliklarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

hududiy koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining tuzilmasi, umumiy oʻrinlar fondi, shtat birliklari va Nizomini koʻrib chiqish va tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi

2020-yil avgust

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

2.

Bolalar milliy tibbiyot markazida xalqaro standartlarga mos keladigan tibbiy xizmatlarni koʻrsatish va bemor xavfsizligini yuqori darajada taʼminlash uchun “JCI” tashkilotida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil

1-dekabr

400 ming AQSh doll

Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) granti

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov),

Bolalar milliy tibbiyot markazi

3.

Bolalarga yuqori texnologik yordam koʻrsatishning yangi imkoniyati asosida tashxis qoʻyish va kasalliklarni davolash standartlarini hamda klinik protokollarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

4.

Oʻzbekistonda genetik omillarni hisobga olgan holda erta tashxis qoʻyish, prognozlash va davolashning yangi personallashgan texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

Bolalar milliy tibbiyot markazining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, homiylik va xayriya mablagʻlar?

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Bolalar milliy tibbiyot markazi

5.

Pozitron-emission tomografiya va gamma-kamera tekshiruvlari uchun zarur boʻlgan radioizotop ashyolarni yetkazish, sozlash va Oʻzbekiston Respublikasi xududiga olib kirish uchun radioaktiv nazorat uskunalariga litsenziya olish.

Reja boʻyicha

2021-2022-yillarda

Sogʻliqni saqlash sohasi uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

xamda Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati (Yusupaliyev),

“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (Gulomov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov)

II. Telemeditsina va boshqa yuqori raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda, bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish

6.

Bolalar milliy tibbiyot markazida Pusan Universiteti va hududiy koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari bilan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, oʻzaro maʼlumotlar almashuvini hamda taʼlim olish, malaka oshirish va masofaviy telemeditsinani bosqichma-bosqich tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlari, Koreya Respublikasi Pusan Universiteti va KHIDI tashkiloti grantlari asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov)

7.

Bolalar milliy tibbiyot markazining “Shifoxona axborot tizimi” orqali HIS tizimini EMR darajasiga yetkazish va HIMSS sertifikatini olish;

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021

1 mln AQSh doll

Xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlari,

Koreya xalqaro sogʻliqni saql�sh jamgʻarmasi (KOFIH) granti,

Mahalliy budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

barcha hududiykoʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarida “Shifoxona axborot tizimini” (HIS) shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

6 mlrd soʻm

8.

“Elektron poliklinika” namunaviy axborot tizimini ishga tushirish hamda quyidagi imkoniyatlarni yaratish:

shifokorlar ish jadvalini shakllantirish;

tibbiyot muassasalarining joylashgan joyi va ularning ish soatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish;

“Shifokor qabuliga yozilish” elektron xizmatini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021

4600 ming

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari kredit mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Kudratov)

III. Bolalarga yuqori texnologik tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

9.

Bolalar milliy tibbiyot markaz faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2 ta yengil va 1 ta yuk tashish avtomobilini;

hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlariga 13 ta yengil xizmat avtomobilini xarid qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

850mln, soʻm

Sogʻliqni saqlash sohasi uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari

mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

1500,0 mln,soʻm

10.

Nukus shahrida Shayx Halifa nomidagi “Ona va bola” markazini xalqaro talablar va standartlar asosida qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

7 mln. AQSh dollari

“Khalifa Bin Zayed AI Nahyan Foundation” (OAE) tashkiloti grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi

11.

Yuqori texnologiyali yordam koʻrsatish boʻyicha hududiy koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazi xodimlarining malakasini oshirish.

Reja-jadval

Doimiy

Hisob-kitoblar asosida

Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Bolalar milliy tibbiyot markazi (Jafarov)

12.

Xorijiy davlatlarning yetakchi tibbiyot, taʼlim va ilmiy muassasalarida malakali soha mutaxassislarini tayyorlash;

2021-yildan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari,
Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablagʻlar,

buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmuradov)

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha kadrlarni tanlov asosida xorijiy tibbiyot, taʼlim va ilmiy muassasalarning klinik ordinatura, magistratura va doktorantura bosqichlarida tayyorlash;

Tanlov asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablagʻlar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot kadrlarini yetakchi xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarga markazlashtirilgan holda yuborish orqali ularning qisqa va uzoq muddatli malakasini oshirish.

Reja jadval

13.

Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish:

bolalar jarrohligi va pediatriya sohasida malakali xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari hamda yuqori texnologiyali amaliyotlarni oʻtkazish;

kasalliklarni erta aniqlash, tashxis qoʻyish, davolash va profilaktika usullari boʻyicha seminarlar, konferensiyalar, treninglar hamda vebinarlar oʻtkazish xamda oʻzaro ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Reja asosida

Doimiy

Hisob-kitoblar asosida

Davlat tibbiyot tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bolalar milliy tibbiyotmarkazi

14.

Milliy bolalar tibbiyot markazida umumlashtirilgan bolalar gematologiya-onkologiya boʻlimi mavjudligi sababli hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarda umumlashtirilgan boʻlimlar joriy etish.

Oʻzbekistonda joriy etilgan “Bolalar gematologiyasi” va “Bolalar onkologiyasi” sohalarini umumlashtirib, dunyo standartlariga mos ravishda “Bolalar va oʻsmirlar gematologiya va onkologiyasi” nomlisohani tatbiq kilish va shu yunalishda magistratura, ixtisoslash va malaka oshirish kurslari dasturida kadrlar tayyorlash

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshida “Bolalar gematologiya va onkologiyasi” kursi tashkil qilish.

Bolalar onkologiya boʻlimlarini viloyat onkodispanserlaridan hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlariga oʻtkazish va umumlashtirilgan bolalar gematologiya-onkologiya boʻlimlari tashkil kilish

Reja asosida

2020-2021-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Jaxon soglikni saklash tashkilotini sarmoyasi xisobidan

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bolalar milliy tibbiyotmarkazi

15.

Markazda tibbiyot yoʻnalishida maqolalar chop etish va ilm-fanni rivojlantirish maksadida Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyxatidan oʻtgan “Bolalar milliy markazining axborotnomasi” jurnalini taʼsis etish

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Mazkur maqsadlar uchun aj�atilgan budjet mablagʻlari doirasida hamda budjetdan tashqari mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi(Ortiqov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Bolalar milliy tibbiyot markazi

16.

Bolalar milliy tibbiyot markazi bazasida kitob-jurnallar va axborot — resurs markazi tashkil etish

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

4 chorak

Hisob-kitoblar asosida

KOICA xalqaro hamkorlik agentligi granti

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bolalar milliy tibbiyotmarkazi

17.

Bolalar milliy tibbiyot markazda bolalar jarrohligi yoʻnalishi uchun maxsus ilmiy kengash tashkil qilish

Reja asosida

2021-yil

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

18.

Klinik ordinaturada Bolalar milliy tibbiyot markazi yoʻnalishlari buyicha mutaxassislar tayyorlash

Yillik reja

2021-2022-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi(Ortiqov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari)

19.

Maktab oʻquvchilari orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni oʻtkazish:

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Sogʻliqni saqlashga koʻmaklashuvchi maktablar” dasturining respublikaning 3 ta viloyati hamda Toshkent shahrida tajriba loyihasini joriy qilish;

milliy dastur asosida oʻsmirlar orasida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish boʻyicha global izlanish oʻtkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

34,0 ming AQSh dollari

JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi(Shermatov), tegishli hokimlikla


Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish uchun 8,35 mlrd soʻm va12,64 mln AQSh dollari talab etiladi, shundan:

mlrd soʻmda

mln AQSh dollarida

Davlat budjeti mablagʻlari

2,35

-

Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablagʻlari

-

7

Xalqaro moliya tashkilotlarning kredit mablagʻlari va grantlari

6,0

5,64

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/523/1244-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)