Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻrta professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning namunaviy ustavi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tizimida oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlar va texnikumlar boʻlgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tasdiqlangan namunaviy ustav asosida taʼlim muassasalarining ustavlarini ishlab chiqsinlar hamda ularning faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlangʻich professional taʼlim dasturlari asosida taʼlim oladigan oʻquvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan taʼminlash tartibi 2021/2022 oʻquv yilidan joriy etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-avgust,
466-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlimni (keyingi oʻrinlarda professional taʼlim deb ataladi) tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasida professional taʼlim “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasida professional taʼlim — iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib, mehnat bozoridagi kadrlarga boʻlgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida shaxslarning taʼlim olishiga moʻljallangan.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Professional taʼlimni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
boshlangʻich professional taʼlim — YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda Xalqaro tasniflagich deb ataladi) 3-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari;
kasb — maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida maʼlum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan nazariy bilimlar, amaliy koʻnikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari taʼminlangan mehnat faoliyati (mashgʻuloti)ning turidir;
kasbiy kompetensiya — bilim, koʻnikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tegishli vazifalarni bajarishda faoliyat yuritish qobiliyati;
kasb-hunar maktabi — Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasalari;
kvalifikatsiya — kasbiy mahorat darajasi yoki pogʻonasi kasbiy talablarning muayyan pogʻonasiga muvofiqligi darajasi;
kollej — Xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat koʻrsatadigan taʼlim muassasalari;
kompetensiya — bilim, koʻnikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui;
koʻnikma — muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat;
mutaxassislik — biror kasb doirasida maʼlum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, koʻnikma va malakalar majmui;
professional standart — xodimga maʼlum bir kasbiy faoliyat turini, shu jumladan, maʼlum bir mehnat funksiyasini bajarish uchun zarur boʻlgan malaka talablari;
professional taʼlim — taʼlim oluvchilarda maʼlum bir mutaxassislik va kasblar boʻyicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz taʼlim tizimi;
tabaqalashtirilgan taʼlim dasturi — Xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga muvofiq boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlimda kadrlar tayyorlash uchun kasb yoki mutaxassisliklarning murakkablik darajalari, oʻqitish muddatlari bir-biridan farq qiladigan taʼlim dasturi;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim dasturi — professional taʼlim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional taʼlim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejasi, oʻquv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar toʻplami;
(5-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat taʼlim standartlari — davlat tomonidan taʼlimning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
(5-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
texnikum — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasigacha mos keluvchi va oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy taʼlim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan taʼlim muassasalari;
umumiy kompetensiya — bilim, koʻnikma va amaliy tajriba asosida kasbiga yaqin faoliyat turlarining koʻpchiligi uchun umumiy boʻlgan masalalarni hal etishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyati;
oʻrta maxsus professional taʼlim — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari;
oʻrta professional taʼlim — Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari;
oʻqitishning dual tizimi — taʼlimning nazariy qismi taʼlim muassasasida va amaliy qismi ish joylarida tashkil etiladigan oʻqitish turi;
oʻquv rejasi — professional taʼlimning muayyan kasbi yoki mutaxassisligi boʻyicha oʻquv faoliyati turlari, oʻquv fanlari (modullari) va kurslari hamda malaka amaliyotlari tarkibi, ularni oʻrganish izchilligi, soha va tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
oʻquv dasturi — professional taʼlim oʻquv rejasiga kiritilgan fanlar va amaliyotlarning mazmuni, oʻqitishning maqbul usullari, axborot manbalari koʻrsatilgan hujjat;
oʻquv jarayonining grafigi — taʼlim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va taʼtil vaqtlarini belgilovchi hujjat.
2-bob. Professional taʼlimning maqsadi va vazifalari
6. Mehnat bozoridagi ehtiyojlar, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun raqobatbardosh kadrlarni professional taʼlim bosqichlarini joriy qilish orqali tayyorlash hamda turli yoshdagi shaxslarning “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida taʼlim olishga boʻlgan talablarini qondirish professional taʼlimning maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar professional taʼlimning vazifalari hisoblanadi:
ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaxassisliklarga boʻlgan talablarini qondirish;
mehnat faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash;
mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uygʻunlashgan tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlarini hamda oʻqitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
taʼlim olish bilan birgalikda oʻquvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur bilimlarni berish va ularni kelgusida oʻz biznesini tashkil etishi yuzasidan metodik qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror oʻstirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsiya shakllar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qoʻllab, professional taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
shaxslarning professional taʼlim muassasalarini ixtiyoriy tanlashi va kasb yoki mutaxassislik boʻyicha bilim olish, shuningdek, “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlashdan oʻtish imkoniga ega boʻlish sharoitlarini yaratish;
professional taʼlim olish orqali shaxsning intellektual, madaniy va maʼnaviy rivojlanishga boʻlgan individual ehtiyojlarini qondirish, oʻquvchilarda vatanparvarlikni, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ularda masʼuliyat va ijodiy faoliyatni rivojlantirish.
3-bob. Professional taʼlimni tashkillashtirish
8. Professional taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uygʻunlashgan va tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan professional taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar professional taʼlim muassasalari toifasiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Professional taʼlim muassasalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat professional taʼlim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat professional taʼlim muassasalari belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy davlatlar va investorlar bilan tuzilgan shartnomalari va kelishuvlari asosida xalqaro professional taʼlim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
Xalqaro (davlatlararo) professional taʼlim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Professional taʼlim muassasasini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomning 2-ilovasi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq professional taʼlim muassasalarining muassislari boʻlishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Professional taʼlim muassasalari xususan, kasb-hunar maktablari nomlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan kollejlar va texnikumlarning nomlari esa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda belgilanishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
12. Professional taʼlim muassasasi oʻz tarkibida filiallar, kafedralar, boʻlimlar, oʻquv xonalari va laboratoriyalar, oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari va xoʻjaliklari, texnoparklar, oʻquv maydonchalari (poligonlar), yotoqxonalar, umumiy taʼlim dasturlarini, professional taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalar, taʼlim jarayoni bilan bogʻliq boshqa tarkibiy boʻlinmalarga ega boʻlishi mumkin.
Professional taʼlim muassasalarining namunaviy tuzilmalari boʻysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Professional taʼlim muassasasining filiali mazkur professional taʼlim muassasasi idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tashkil etiladi va tugatiladi. Professional taʼlim muassasasining filiali ushbu Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
13. Professional taʼlim muassasalarida tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari doirasida professional taʼlim beriladi, oʻquvchilarning kasbiy moyilliklari, mahorati va koʻnikmalarining rivojlanishi, tanlangan kasblar yoki mutaxassisliklarga ega boʻlishi taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat taʼlim standarti talablarini bajarish, agar qonunchilik hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar (xorijiy taʼlim muassasasi filiallari bundan mustasno) barcha professional taʼlim muassasalari uchun majburiydir.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Professional taʼlim sohalari boʻyicha davlat taʼlim standarti namunasi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlim sohalari boʻyicha davlat taʼlim standartlari asosida kasblar va mutaxassisliklarning malaka talablari ishlab chiqiladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Taʼlim sohalari boʻyicha davlat taʼlim standartlari, kasblar va mutaxassisliklar malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish uchun Vazirlik, tegishli vazirliklar va idoralar, tayanch professional taʼlim muassasalari hamda oliy taʼlim muassasalarining tajribali mutaxassislaridan iborat tarkibda mualliflar jamoasi shakllantiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat taʼlim standartlari va malaka talablari tegishli kasb va lavozimlarning professional standartlari yoki malaka talablari asosida ishlab chiqiladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Tayanch professional taʼlim muassasalari roʻyxati Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqilgan davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangandan soʻng taʼlim jarayoniga joriy etiladi.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini takomillashtirish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ish beruvchi tashkilotlarning takliflariga asosan Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun Vazirlik tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda professional taʼlimning maxsus dasturlari ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini joriy etish, muvofiqlashtirish hamda unga metodik rahbarlik qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
18. Tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashda xalqaro tajribani oʻrgangan holda professional taʼlim jarayonlariga oʻqitishning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Professional taʼlim tizimida oʻqitishning kredit-modul tizimini joriy etish tartibi, joriy etiladigan kasblar va mutaxassisliklar hamda toʻplanadigan kreditlar hajmi boʻysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
19. Professional taʼlim muassasalarida asosiy taʼlim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash Vazirlikning ruxsati asosida amalga oshiriladi. Professional taʼlim muassasalari ushbu taʼlim dasturlarini tegishli turdagi professional taʼlim muassasalari uchun belgilangan tartibga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
20. Professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar, rahbar kadrlar, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hamda ish beruvchilar taʼlim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
21. Professional taʼlim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga (davlat taʼlim muassasalari uchun), oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, burchakli shtampga va blankalarga ega boʻladi.
22. Professional taʼlim muassasalarining ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
23. Professional taʼlim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik sharoitlarini, mehnat bozorining tegishli soha mutaxassislariga boʻlgan talabini, manfaatdor vazirliklar va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji hamda oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Boshqa joylardan kelgan oʻquvchilarga, imkoniyatga qarab, professional taʼlim muassasalari uchun yotoqxonalar tashkil etiladi.
Yotoqxonalarda oʻquvchilarning yashash uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori (bepul foydalanishda boʻladigan yotoqxonalar bundan mustasno) professional taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadi.
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlashda oʻz vakolatlari doirasida yordam koʻrsatadilar va kasb-hunar maktablari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilari va xodimlariga ijtimoiy kafolatlar, qoʻllab-quvvatlash va imtiyozlar qonunchilik hujjatlari, shuningdek, professional taʼlim muassasasining ustavi asosida belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllari joriy etiladi.
Taʼlim shakllari Vazirlik tomonidan tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan kelishgan holda belgilanadi.
Sirtqi va kechki taʼlim shakllarini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
27. Professional taʼlim muassasalarida qoʻshimcha kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha kvalifikatsiyalarni egallash, jumladan, traktorchi, kombayn operatori, “V” yoki “VS” toifadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini va shu kabilarni olish istagidagi aholining turli qatlamlari uchun oʻqitish muddati 6 oydan oshmagan intensiv va qoʻshimcha oʻquv kurslari tashkil etilishi mumkin.
Mazkur oʻquv kurslari bitiruvchilariga belgilangan tartibda tashkil etilgan imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlaganidan soʻng kelgusida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan davlat namunasidagi sertifikat yoki guvohnoma beriladi.
28. Professional taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan professional taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori asosida belgilanadi.
29. Professional taʼlim muassasalari kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadilar.
Umumtaʼlim maktablarida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
30. Professional taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida oʻqitishning dual tizimi asosida tashkil etilishi mumkin. Oʻqitishning dual tizimi joriy etiladigan professional taʼlim muassasalari, kasblar yoki mutaxassisliklar roʻyxati Vazirlik bilan kelishgan holda tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻqitishning dual tizimini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
31. Professional taʼlim muassasalarini qayta ixtisoslashtirish va tayyorlanadigan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati Vazirlik tomonidan mehnat bozorining kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan va tarmoq vazirliklari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, kadrlar buyurtmachilarining takliflaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul koʻrsatkichlari va oʻquvchilarni qabul qilish tartibi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Oʻquvchilar oʻqitish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa — boʻlimlarga hamda texnikumlarda kafedralarga birlashtiriladi.
Professional taʼlim muassasasi oʻquv mashgʻulotlari maʼruzalar shaklida oʻtkazilganda oʻquvchilar guruhlarini birlashtirishi mumkin.
34. Professional taʼlim muassasalarida qoidaga koʻra guruhlarni toʻldirish kamida 12 nafar va eng koʻpi bilan 30 nafar oʻquvchilar doirasida belgilanadi.
Zarur hollarda buyurtmachilarning takliflari asosida kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish xarajatlarining qoplanishidan kelib chiqib, guruhdagi oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlishi mumkin.
Kasb-hunar maktablari boshlangʻich professional taʼlim bosqichidagi taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashda guruhlardagi oʻquvchilar soni kamida 26 nafar etib belgilanadi.
35. Oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarining hajmi, semestrlar soni, beriladigan taʼtillar va oʻquv jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari professional taʼlimning tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlariga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Professional taʼlimning oʻquv reja va dasturlari, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha tanlangan professional taʼlim muassasalarida davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari tajriba-sinovdan oʻtkazilishi hamda natijalar boʻyicha xulosalar qabul qilinishi mumkin.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
36. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun professional taʼlim muassasalarida guruhlarda oʻquvchilar soni 26 nafar va undan ortiq boʻlganda ikkita kichik guruhga boʻlgan holda quyidagi tartibda oʻqitishga ruxsat etiladi:
oʻzbek tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
rus tili (taʼlim rus tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
chet tili;
informatika va axborot texnologiyalari fanining amaliy mashgʻulotlari;
jismoniy tarbiya (har bir guruhda kamida 13 nafar yigit yoki qiz boʻlganda) mashgʻulotlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi taʼlim qoraqalpoq tilida olib boriladigan guruhlarda qoraqalpoq tili oʻquv rejasidagi ona tili va adabiyoti faniga ajratilgan soatlar hisobidan, taʼlim rus guruhlarida olib boriladigan guruhlarga oʻzbek tili uchun ajratilgan soatlar hajmida oʻzbek tiliga qoʻshimcha soat ajratilgan holda oʻqitiladi. Boshqa tillarda olib boriladigan guruhlarda oʻzbek tili uchun ajratilgan soatlar hajmida qoraqalpoq tiliga qoʻshimcha dars soati ajratiladi.
37. Vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejalari asosida professional taʼlimning tibbiyot, taʼlim (musiqa xodimi) yoʻnalishlari boʻyicha maxsus mutaxassislik fanlarining amaliy mashgʻulotlari kichik guruhlarga boʻlib oʻqitiladi.
Taʼlim (musiqa xodimi) yoʻnalishlari boʻyicha yakka tartibdagi oʻquv mashgʻulotlari tayyorlov yoʻnalishlarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ayrim kasbiy fanlarni oʻzlashtirish murakkabligidan kelib chiqqan holda kichik guruhlarga boʻlib oʻqitish kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha ishlab chiqiladigan namunaviy oʻquv rejalarida belgilanadi.
Oʻquv rejasidagi boshqa fanlar boʻyicha guruhlarni kichik guruhlarga boʻlib oʻqitish (oʻquv amaliyoti bundan mustasno) taqiqlanadi. Oʻquv rejasidagi boshqa fanlar boʻyicha guruhlarni kichik guruhlarga boʻlib oʻqitish kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmachilarning qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishiga ruxsat etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davlat taʼlim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
davlat taʼlim standarti asosida professional taʼlim muassasalarida bitiruvchilar egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarga baho berish;
oʻquv rejasi va dasturlarining davlat taʼlim standartiga muvofiqligini tahlil qilish.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Nazorat qilishning bosh vazifasi davlat taʼlim standarti buzilishini aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish hisoblanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Taʼlim standarti talablarining buzilganligi uchun javobgarlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq professional taʼlim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
41. Professional taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
ichki nazorat — Vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida professional taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazoratni tashkil etish uchun professional taʼlim muassasalarida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga shtat birliklari ajratilishi mumkin.
tashqi nazorat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
davlat-jamoat nazorati — taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
yakuniy davlat attestatsiyasi — professional taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Professional taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(41-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
42. Oʻquvchilarni professional taʼlim muassasalarida oʻqitish professional taʼlim tizimining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasi bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining korxonalarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, ish beruvchilarni oʻquv jarayoniga, kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha davlat taʼlim standarti, malaka talablari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqishga jalb etish;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
professional taʼlim sohasida oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar natijalarini professional taʼlim muassasalarida tajriba-sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchilar bilan birga ishlab chiqarish uchastkalari, qoʻshma korxonalar tashkil etish asosida malakali kadrlarni tayyorlashning dual tizimini rivojlantirish;
(42-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tashkil etilgan ishlab chiqarish uchastkalari, qoʻshma korxonalarda oʻquvchilarni tovar mahsulotlar ishlab chiqargan holda mehnat faoliyatiga va ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
(42-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
professional taʼlim muassasalari bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlari mavzularini taklif etish jarayoniga korxona, tashkilot va boshqa ish beruvchilarni jalb qilish hamda ushbu bitiruv malakaviy ishlarida erishilgan natija va yechimlarni yoki ijrochi-bitiruvchilarning oʻzlarini bunday loyihalarni joylarda amalga oshirishda ishtirokini taʼminlash;
ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonlari bevosita ishlab chiqarishda amalga oshirilishiga erishish, ishlab chiqarishdagi malakali mutaxassislar – ishlab chiqarish vakillarini taʼlim jarayoniga jalb etish.
43. Professional taʼlim muassasasida taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirgan oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ushbu diplom olingan bilim, koʻnikma va malakalarni mehnat faoliyatida qoʻllash huquqini beradi.
Oldin taʼlim olgan kasb yoki mutaxassislik doirasida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatlar beriladi.
Bitiruvchilarga belgilangan tartibda tegishli razryadlar belgilanadi.
44. Professional taʼlim muassasalarida beriladigan davlat namunasidagi diplom, sertifikat, guvohnoma va akademik maʼlumotnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat namunasidagi hujjatlarni toʻldirish, saqlash, bitiruvchilarga berish va hisobini yuritish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
45. Davlat attestatsiyasidan oʻtmagan bitiruvchilarga malaka talab etilmaydigan ish oʻrinlariga joylashish huquqini beradigan maʼlumotnoma beriladi. Mazkur oʻquvchilar 3 yil davomida davlat attestatsiyasi faoliyat koʻrsatayotgan davrda qayta davlat attestatsiyasidan oʻtishlari mumkin.
3 yil davomida davlat attestatsiyasidan oʻtmagan bitiruvchilar tegishli kursda qayta oʻqishlari mumkin.
4-bob. Oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish
46. Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash qoidaga koʻra, yozgi taʼtil davrida, tegishli kurs (semestr)da oʻquv mashgʻulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
47. Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash oʻquvchining (oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasidan birining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) arizasi va professional taʼlim muassasasi tomonidan berilgan akademik maʼlumotnoma, oʻquvchining kursdan kursga oʻtganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, oʻquvchi pasporti nusxasi, voyaga yetmagani sababli pasporti boʻlmaganda tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi koʻrsatilgan pasporti nusxasidan iborat hujjatlar yigʻma jildi asosida koʻrib chiqiladi.
48. Oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda professional taʼlim muassasasi direktori tomonidan taʼlim dasturlaridagi farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq boʻlmagan), shuningdek, oʻquvchilarni oʻqitish kursi belgilanadi.
49. Professional taʼlim muassasasi miqyosida bir darajadagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishni koʻchirish yoki taʼlim shaklini oʻzgartirish masalasi mazkur professional taʼlim muassasasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
50. Boshlangʻich professional taʼlim dasturida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻqishini umumiy oʻrta taʼlimning 10 yoki 11 sinflarida yoki boshqa boshlangʻich professional taʼlim dasturlarida taʼlimni davom ettirishi uchun oʻqishini koʻchirish boʻyicha murojaat etishlari mumkin.
Umumtaʼlim maktablarida oʻqishni davom ettirish istagidagi oʻquvchilarning arizalari tegishli Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan oʻquvchining umumtaʼlim maktablarida oʻqishni davom ettirishini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalariga yuboriladi.
Oʻqishni koʻchirish hudud miqyosida tegishli Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, bir mintaqadagi professional taʼlim muassasasidan boshqa mintaqaning (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) professional taʼlim muassasasiga koʻchirish Vazirlik tomonidan koʻrib chiqiladi.
51. Davlat granti asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida taʼlimni davom ettirish imkoniyati beriladi.
52. Oʻrta professional taʼlim dasturlari doirasida oʻqishni boshqa taʼlim muassasalariga koʻchirish qabul qiluvchi taʼlim muassasasi boʻysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
53. Oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishni koʻchirish qabul qiluvchi taʼlim muassasasi tegishli boʻlgan oliy taʼlim muassasasining xulosasiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
54. Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilar oʻqishi bir taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga koʻchirilishi mumkin.
55. Oʻqishni qayta tiklash oʻquvchi taʼlim olgan tegishli professional taʼlim muassasasi tomonidan koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
Oʻquvchi oldin oʻqigan kasb yoki mutaxassislik toʻxtatilgan boʻlsa, uning xohishiga koʻra turdosh kasb yoki mutaxassislikka yoki mazkur taʼlim muassasasida tegishli kasb yoki mutaxassislik boʻlmasa, uning oʻqishi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan boshqa taʼlim muassasasiga tiklanishi mumkin.
56. Oʻquv kursini tamomlash yakunlari boʻyicha oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, takroriy yilga qoldirish yoki oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
57. Oʻquvchini kursdan-kursga oʻtkazish, kursda qoldirish yoki oʻquvchilar safidan chiqarish professional taʼlim muassasasining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
58. Professional taʼlim dasturlari boʻyicha akademik qarzdorlikka (oʻzlashtirmaslikka) ega boʻlgan yoki oʻquv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotidan oʻtmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortiq fan boʻyicha “qoniqarsiz” yakuniy yillik baho olgan) oʻquvchilari Pedagogik kengashning qarori boʻyicha tegishli taʼlim dasturida takroran oʻqish uchun kursda qoldirilishi mumkin.
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlari asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta topshirishga qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish orqali ruxsat beriladi.
Oʻquvchi takroran oʻqish uchun kursda qoldirilganda uning oʻqigan oʻquv yili uchun toʻlagan kontrakt puli qaytarilmaydi va takroran oʻqiyotgan kursi uchun yangidan toʻlov amalga oshiriladi.
59. Professional taʼlim muassasasi oʻquvchilari quyidagi hollarda oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin:
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida) akademik taʼtil olganda;
oʻqishi boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;
sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
oʻrta yoki oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar safidan oʻz xohishiga koʻra chiqarishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;
professional taʼlim muassasasining ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
vafot etganligi sababli;
uzrsiz sabablarga koʻra 74 soatdan ortiq dars qoldirganda.
60. Oʻrta yoki oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar quyidagi sabablarga koʻra oʻquvchilar safidan chetlashtirilganda professional taʼlim muassasasi tomonidan uning oʻqigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli oʻquv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan toʻlovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga koʻra qaytarib beriladi:
oʻz xohishiga binoan;
oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
oʻquvchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
61. Professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish tartibi Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Professional taʼlim muassasasi tashabbusi bilan oʻquvchilarni kasallik, taʼtil, akademik taʼtil yoki tugʻruq taʼtillari paytida taʼlim muassasasi oʻquvchilari safidan chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
611. Texnikum oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻquvchi chetlashtirilguniga qadar oʻzlashtirgan kreditlar miqdori texnikum tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi.
Chetlashtirilgan oʻquvchiga belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma beriladi.
612. Oʻquvchilar qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega.
613. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan oʻquvchi ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan oʻquvchi akademik qarzdor hisoblanadi.
Texnikumda akademik qarzdor oʻquvchilar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi.
Texnikum pedagogik kengashi qarori bilan akademik qarzdorlikni bir marta bepul topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
614. Oʻquvchini kursdan kursga oʻtkazish, uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda GPA koʻrsatkichi 2,4 dan kam boʻlmasligi talab etiladi. GPA koʻrsatkichini toʻplay olmagan oʻquvchi qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi.
615. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor taʼlim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi va kursda qoldiriladi.
Kursda qolgan oʻquvchilar faqat qarzdor boʻlgan modullarni oʻzlashtirib, ularga mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi.
GPA koʻrsatkichini hisoblashda oʻquvchi tahsil olgan kurs yakuniga koʻra qayta topshirish natijalari ham inobatga olinadi.
Oʻquvchi ishlab chiqarish (diplomoldi) amaliyotiga qatnashmagan yoki amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va GPA koʻrsatkichidan qatʼi nazar kursda qoldiriladi.
Oʻquv rejasida belgilangan taʼlim olish muddatida tegishli kurslarni tamomlagan, lekin belgilangan kredit miqdorini toʻplay olmagan oʻquvchi texnikumda oʻqishni bitirayotgan oʻquvchi sifatida qayd etiladi.
Jami taʼlim olish muddati birinchi kursga oʻqishga qabul qilingandan soʻng 6 yilgacha deb belgilanadi.
Oʻquvchi taʼlim dasturi boʻyicha yakuniy kursni tugatgandan soʻng belgilangan eng kam kreditlar miqdorini toʻplab, shartnoma toʻlovidan qarzi boʻlmasa, “bitiruvchi” maqomiga ega boʻladi.
(611 — 615-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 09/23/648/0929-son)
5-bob. Boshlangʻich professional taʼlim
1-§. Boshlangʻich professional taʼlim muassasalari boshqaruvi
62. Boshlangʻich professional taʼlim bosqichidagi taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan kasb-hunar maktablari Vazirlik tizimida boʻladi.
63. Kasb-hunar maktablariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kasb-hunar maktabining faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasb-hunar maktabi direktori qonunchilik hujjatlariga va ustavga muvofiq taʼlim muassasasi nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda kasb-hunar maktabining shaxsiy hisobvaraqlarini ochadi, oʻz vakolati doirasida barcha xodimlar va oʻquvchilar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Direktor belgilangan tartibda ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, shuningdek, ularning xizmat vazifalarini belgilaydi.
64. Kasb-hunar maktabi direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengash tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning funksiyalari kasb-hunar maktabining Ustavida belgilanadi.
2-§. Boshlangʻich professional taʼlim bosqichida taʼlim jarayonini tashkil etish
65. Professional taʼlim muassasasiga oʻqishga oʻquvchilar direktorning buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
66. Oʻquvchilarga oʻquvchilik guvohnomasi beriladi. Oʻquvchilik guvohnomasi namunasi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
67. Oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:
professional taʼlim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;
belgilangan tartibda professional taʼlim muassasalari maʼmuriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;
kasbiy kompetensiyalar va umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
axborot — kutubxonalar, professional taʼlim muassasasining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari xizmatlaridan taʼlim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻquvchilar boshlangʻich professional taʼlim dasturida, professional taʼlim muassasasining ustavida, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.
(67-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
68. Boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlash umumtaʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlariga asosan kasb-hunar maktablarida amalga oshiriladi.
Oʻquvchilar kasblarning murakkabligidan kelib chiqqan holda bir yoki bir nechta kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirishiga moʻljallangan 2 yillik boshlangʻich professional taʼlim dasturlari asosida taʼlim oladilar.
69. Boshlangʻich professional taʼlim dasturlari kunduzgi taʼlim shaklida tashkil etiladi.
70. Umumtaʼlim fanlari qoidaga koʻra kasblarning xususiyatlaridan kelib chiqib qisqartirilgan holda malaka talablari va oʻquv rejalariga kiritiladi.
Malaka talablari va oʻquv rejalariga kiritiladigan umumtaʼlim fanlari roʻyxati va soatlar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Oʻquv rejalariga oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi qoʻshimcha fanlar ham kiritilishi mumkin.
Oʻquv rejasidagi oʻquv yuklamasining taqsimoti tegishli kasbning xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Kasblarning xususiyatlari hamda ularni oʻqitish uchun belgilangan soatlar hajmidan kelib chiqqan holda oʻquvchilarni ikki yil davomida amalga oshirilgan taʼlim dasturida ikki yoki undan koʻp kvalifikatsiyalarga oʻqitish yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
71. Taʼlim jarayoni mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professional taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oʻquv jarayoni grafigi hamda dars jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
72. Boshlangʻich professional taʼlim dasturlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi taʼlim muassasalarida oʻquv yili 2-sentabrdan boshlanadi va tasdiqlangan oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.
Oʻquv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy taʼlim: 80 — 85 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi: 2 — 4 foiz;
taʼtillar: 13 — 16 foiz.
Oʻquv yuklamalari umumtaʼlim, kasbiy (umumkasbiy va maxsus) fanlar va amaliyotlar bloklari boʻyicha taqsimlanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Oʻquv yili davomida oʻquvchilarga beriladigan taʼtillar oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi. Vazirlik tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin.
73. Oʻquvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan auditoriya va amaliyot mashgʻulotlari hajmi 42 soatgacha boʻladi.
Oʻquv mashgʻulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda oʻquv rejasiga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik oʻquv soati joriy etilishi mumkin.
Oʻqishning normativ muddati ikki yil boʻlgani holda oʻquv jarayoni 94 hafta davom etadi.
74. Kasb-hunar maktabida asosiy taʼlim bosqichidan tashqari toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatilishi mumkin.
Bunda kasb-hunar maktabining oʻquvchilarni qabul qilish imkoniyatlari, moddiy-texnik bazaning yaratilganligi, oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalar taʼminoti va oʻqish istagidagi shaxslarning mavjudligi hisobga olinadi.
75. Kasb-hunar maktablarida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan kasblar doirasida toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish istagidagi shaxslarning oʻqitish muddatlari oldingi taʼlim olgan dasturlarni koʻrib chiqqan holda kasblarning oʻquv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.
76. Boshlangʻich professional taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan va davlat namunasidagi diplom olgan bitiruvchilar mazkur diplom asosida oliy taʼlim muassasalarida taʼlimni davom ettirish uchun hujjat topshirishlari mumkin.
6-bob. Oʻrta professional taʼlim
1-§. Oʻrta professional taʼlim muassasalari boshqaruvi
77. Oʻrta professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat koʻrsatadigan kollejlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda vazirliklar va idoralarning idoraviy boʻysunuvida boʻladi.
78. Kollejlarga tegishli vazirliklar va idora rahbari tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kollejning faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
79. Kollej direktori qonunchilik hujjatlariga va ustavga muvofiq taʼlim muassasasi nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda kollejning shaxsiy hisobvaraqlarini ochadi, oʻz vakolati doirasida barcha xodimlar va oʻquvchilar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
(79-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Direktor belgilangan tartibda ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, shuningdek, ularning xizmat vazifalarini belgilaydi.
80. Kollej direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengash tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning faoliyati kollejning Ustavida belgilanadi.
81. Kollejlarda tarmoq vazirliklari va idoralari vakillaridan iborat tarkibda vasiylik kengashlari tuzilishi mumkin.
Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyati tartibi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
82. Tizimida kollejlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar:
kollejlarni budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moddiy va moliyaviy taʼminlaydilar;
oʻquvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadilar;
bitiruvchilarni amaliyot oʻtashi uchun amaliyot bazalari bilan taʼminlaydilar va egallangan kasb yoki mutaxassisliklar boʻyicha ular mehnatidan samarali foydalanish masalalarini hal etadilar.
83. Tizimida kollejlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar oʻquvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va uni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratishi mumkin.
2-§. Oʻrta professional taʼlim darajasida taʼlim jarayonini tashkil etish
84. Vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat koʻrsatadigan professional taʼlim muassasasiga oʻqishga oʻquvchilar direktorning buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
85. Oʻrta professional taʼlim dasturlarida oʻquvchilar toʻlov-kontrakt yoki davlat buyurtmasi boʻyicha davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin.
86. Oʻquvchilarga kollej tomonidan oʻquvchilik guvohnomasi beriladi. Oʻquvchilik guvohnomasi tizimida kollejlar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan namuna asosida belgilangan tartibda taʼminlanadi.
87. Tizimida kollejlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga taʼlim oladigan oʻquvchilar boʻyicha mablagʻ ajratgan muassasa, oʻquvchi va kollej oʻrtasida kadrlar tayyorlash bilan bogʻliq qoʻshimcha shartlarni aks ettirgan shartnomalar imzolanishi mumkin.
88. Oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:
professional taʼlim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolardan oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;
belgilangan tartibda professional taʼlim muassasalari maʼmuriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;
taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlimni davom ettirishini toʻxtatish boʻyicha professional taʼlim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilish;
axborot — kutubxonalardan, professional taʼlim muassasasining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari xizmatlaridan taʼlim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash boʻyicha murojaat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻquvchilar oʻrta professional taʼlim dasturida, professional taʼlim muassasasining ustavida, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.
(88-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
89. Taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishdagi yutuqlar, eksperimental konstruktorlik, dizayn va boshqa ishlarni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishganligi uchun oʻquvchilarni maʼnaviy ragʻbatlantirishning turli shakllari qoʻllanilishi mumkin.
90. Oʻrta professional taʼlim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda tashkil etiladi.
91. Oʻrta professional taʼlim dasturlarining davomiyligi kasblar va mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtiriladi.
Professional taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatorida kasblar va mutaxassisliklarning oʻqitish muddatlari belgilanadi.
“Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kasb yoki mutaxassislik doirasida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish istagidagi shaxslarni oʻqitish muddatlari oldingi taʼlim olgan dasturlarni koʻrib chiqqan holda kasblar va mutaxassisliklarning oʻquv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.
92. Taʼlim jarayoni mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professional taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oʻquv jarayoni grafigi hamda dars jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
93. Oʻrta professional taʼlim dasturlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoni taʼlim muassasalari va buyurtmachilarning kelishuvi asosida boshlanadi va tasdiqlangan oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.
Oʻquv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy taʼlim: 75 — 95 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi: 1 — 5 foiz;
taʼtillar: 4 — 20 foiz
Oʻquv yuklamalari kasbiy (umumkasbiy va maxsus) fanlar va amaliyotlar bloklari boʻyicha taqsimlanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Oʻquv yili davomida oʻquvchilarga beriladigan taʼtillar oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi. Vazirlik tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin.
94. Vazirliklar, idoralar va ish beruvchilarning buyurtmalari yoki oʻquvchilarning xohish-istaklari asosida oʻquv rejalariga qoʻshimcha fanlar kiritilishi mumkin. Mazkur oʻquv rejasidagi qoʻshimcha fanlarni oʻqitish xarajatlari buyurtmachilarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
95. Oʻquvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan kunduzgi taʼlim shaklida auditoriya va amaliyot mashgʻulotlari hajmi 36 soatgacha boʻladi.
Oʻquv mashgʻulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda oʻquv rejasiga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik oʻquv soati joriy etilishi mumkin.
Oʻqishning normativ muddati ikki yilgacha boʻlgani holda oʻquv jarayoni 22 — 94 hafta davom etishi zarur.
96. Sirtqi va kechki taʼlim shakllarining oʻquv rejasi va dasturlari buyurtmachilarning takliflari asosida professional taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlikka tasdiqlash uchun kiritiladi.
Sirtqi va kechki taʼlim shakllarining oʻqitish davomiyligi kunduzgi taʼlim shaklidagi muddatlardan farqlanishi mumkin.
7-bob. Oʻrta maxsus professional taʼlim
1-§. Oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari boshqaruvi
97. Oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan oliy taʼlim muassasalari huzurida faoliyat koʻrsatuvchi texnikumlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda oliy taʼlim muassasalari, vazirliklar va idoralarning idoraviy boʻysunuvida boʻladi.
98. Texnikumlarga tegishli oliy taʼlim muassasasining tavsiyasi asosida vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor texnikumning faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
99. Texnikum direktori qonunchilik hujjatlariga va ustavga muvofiq taʼlim muassasasi nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda texnikumning shaxsiy hisobvaraqlarini ochadi, oʻz vakolati doirasida barcha xodimlar va oʻquvchilar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
(99-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Direktor belgilangan tartibda ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, shuningdek, ularning xizmat vazifalarini belgilaydi.
100. Texnikum direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengashlar tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning funksiyalari texnikumning Ustavida belgilanadi.
101. Texnikumlarda tarmoq vazirliklari, idoralari, belgilangan tartib va ustav asosida ish koʻruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini oʻz ichiga oladigan vasiylik kengashlari tuzilishi mumkin.
Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyati tartibi tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi.
102. Tizimida texnikumlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar:
a) tegishli ish beruvchilar bilan birgalikda:
texnikumlarni moddiy va moliyaviy taʼminlaydilar;
bitiruvchilarni amaliyot oʻtashi uchun amaliyot bazalari bilan taʼminlaydilar va egallangan kasb yoki mutaxassisliklar boʻyicha ular mehnatidan samarali foydalanish masalalarini hal etadilar.
b) tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda:
oʻquvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadilar;
texnikum bitiruvchilari kelgusida oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlarida taʼlimni davom ettirishini hisobga olgan holda tayyorlanadigan mutaxassisliklar roʻyxatini shakllantiradilar;
texnikumlarning kamida 2 yillik muddatga moʻljallangan taʼlim dasturlarini ishlab chiqadilar va Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etadilar;
kunduzgi taʼlim dasturlari bitiruvchilari oliy taʼlim muassasasining 2-kursidan toʻlov-kontrakt asosida taʼlimni davom ettirishini tashkil etadilar.
Tegishli oliy taʼlim muassasalari texnikumlarni moddiy va moliyaviy taʼminlashda ishtirok etishlari hamda moliyaviy yordam koʻrsatishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tizimida texnikumlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar qonunchilik hujjatlariga muvofiq texnikumlar faoliyatini tashkil etishda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
(102-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-§. Oʻrta maxsus professional taʼlim darajasida taʼlim jarayonini tashkil etish
103. Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi professional taʼlim muassasasiga oʻqishga oʻquvchilar direktorning buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
104. Oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarida oʻquvchilar toʻlov-kontrakt yoki davlat buyurtmasi boʻyicha davlat grantlari asosida taʼlim olishlari mumkin.
105. Oʻquvchilarga texnikum tomonidan oʻquvchilik guvohnomasi beriladi. Tizimida texnikumlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar Vazirlik bilan kelishilgan namuna asosida belgilangan tartibda oʻquvchilik guvohnomasi bilan taʼminlaydilar.
106. Oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:
professional taʼlim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;
belgilangan tartibda professional taʼlim muassasalari maʼmuriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;
taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlimni davom ettirishini toʻxtatish boʻyicha professional taʼlim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilish;
axborot kutubxonalardan, professional taʼlim muassasasining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari xizmatlaridan taʼlim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash boʻyicha murojaat qilish;
oliy taʼlim muassasasining tegishli yoʻnalishlarida taʼlimni davom ettirish maqsadida suhbatlarda qatnashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻquvchilar oʻrta maxsus professional taʼlim dasturida, professional taʼlim muassasasining ustavida, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.
(106-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
107. Taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishdagi yutuqlari, eksperimental konstruktorlik, dizayn va boshqa ishlarni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishganligi uchun oʻquvchilarni maʼnaviy ragʻbatlantirishning turli shakllari qoʻllanilishi mumkin.
108. Oʻrta maxsus professional taʼlim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda tashkil etiladi.
109. Oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlari oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari taʼlim dasturlari bilan integratsiyalanadi.
110. Oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarining davomiyligi mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtiriladi.
Professional taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatorida mutaxassisliklarning oʻqitish muddatlari belgilanadi.
“Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida mutaxassislik doirasida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish istagidagi shaxslarning oʻqitish muddatlari oldingi taʼlim olgan dasturlarni koʻrib chiqqan holda mutaxassisliklarning oʻquv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.
111. Oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoni qoidaga koʻra 2-sentabrda boshlanadi va tasdiqlangan oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.
Oʻquv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy taʼlim: 80 — 85 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi: 1 — 3 foiz;
taʼtillar: 14 — 18 foiz.
Oʻquv yuklamalari gumanitar va tabiiy fanlar, mutaxassislik fanlari va amaliyotlar bloklari boʻyicha taqsimlanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Oʻquv yili davomida oʻquvchilarga beriladigan taʼtillar oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi. Vazirlik tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin.
112. Oʻquvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan kunduzgi taʼlim shaklida auditoriya va amaliyot mashgʻulotlari hajmi 36 soatgacha boʻladi.
Oʻquv mashgʻulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda oʻquv rejasiga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik oʻquv soati joriy etilishi mumkin.
Oʻqishning normativ muddati ikki yildan kam boʻlmagani holda oʻquv jarayoni kamida 94 hafta davom etishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
113. Oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini davom ettirishi tartibi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
(113-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
114. Sirtqi va kechki taʼlim shakllarining oʻquv rejasi va dasturlari buyurtmachilarning takliflari asosida professional taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi.
Sirtqi va kechki taʼlim shakllarining oʻqitish davomiyligi kunduzgi taʼlim shaklidagi muddatlardan farqlanishi mumkin.
8-bob. Professional taʼlim muassasalari oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari
115. Professional taʼlim muassasalarida Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan professional standartlar asosida tegishli maʼlumotga va belgilangan talablarga javob beradigan oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ishlash huquqiga ega. Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish sud qaroriga muvofiq taqiqlangan shaxslar bundan mustasno.
116. Professional taʼlim muassasalariga oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini ishga qabul qilish professional taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Professional taʼlim muassasalarida oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini ishga qabul qilishda tanlov tashkil etish tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ayrim vazirliklar va idoralarning xususiyatidan kelib chiqib, ularning tizimidagi professional taʼlim muassasalariga oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini ishga qabul qilishda oʻsha vazirlik va idora tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda boshqacha tartib belgilanishi mumkin.
117. Professional taʼlim muassasasi oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining oʻquv yuklamalari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.
Oʻqituvchilarning (oʻquv fanlari va soatlar boʻyicha) boshqa oʻqituvchilar oʻrnida ishlashi tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
118. Professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
119. Professional taʼlim muassasasi maʼmuriyati oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik, kasbiy va psixologik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun javob beradi.
120. Professional taʼlim muassasasi oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tayyorlash, malakasini oshirish, va ularni qayta tayyorlash belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
121. Professional taʼlim muassasalarida amaliyot mashgʻulotlarini oʻtkazishda pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan, biroq koʻp yillik tajribaga ega malakali mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
122. Professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining huquqlari va majburiyatlari tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
123. Professional taʼlim muassasalari maʼmuriyati oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining professional taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash sohasidagi innovatsion gʻoyalari va takliflarini, oʻquv-metodik materiallarini, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borishini oʻz vakolatlari doirasida qoʻllab-quvvatlaydi.
Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining takliflari va oʻquv-metodik materiallarni professional taʼlim tizimida ommalashtirish boʻyicha taʼlim muassasalari rahbariyati vakolatli organlar bilan hamkorlikni oʻrnatadi.
9-bob. Professional taʼlim muassasalarining moliyaviy taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
124. Professional taʼlimni moliyalashtirish manbalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(124-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
125. Kasb-hunar maktablarida boshlangʻich professional taʼlim dasturlari asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan taʼminlanadi.
126. Kasb-hunar maktablari oʻquvchilarni uch mahal ovqat bilan taʼminlashi yoki mazkur ovqat pullarini ularga toʻlab berishi mumkin.
Kasb-hunar maktablarida oʻquvchilarni uch mahal ovqatlantirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan oʻquvchilarni uch mahal ovqat bilan taʼminlash autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladi.
Professional taʼlim muassasalarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
127. Kam taʼminlangan oilalardan oʻquvchilar kollejlar va texnikumlarda taʼlim olishlari, belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi.
128. Yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar belgilangan tartibda moddiy taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
129. Professional taʼlim muassasalarining moliyaviy taʼminoti darajasini oshirish maqsadida qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan taʼlim xizmatlari koʻrsatilishi, tadbirkorlik faoliyatini, maslahatlar berish tizimini, ekspertiza qilishni, noshirlik ishlarini va ishlab chiqarishning boshqa turlari yoʻlga qoʻyishi mumkin.
(129-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
130. Kollejlar va texnikumlar boʻysunivi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar hamda Vazirlikning Kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda har yili oʻqitishning shakllanayotgan jami xarajatlaridan kelib chiqib toʻlov-kontrakt miqdorlarini belgilaydilar.
Nodavlat professional taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari nodavlat professional taʼlim muassasasi tomonidan muassislar bilan kelishgan holda belgilanadi.
131. Xorijiy fuqarolar belgilangan tartibda professional taʼlim muassasalarida taʼlim olishlari mumkin. Xorijiy fuqarolarni oʻqitish muddati, davomiyligi va ularni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati professional taʼlim muassasalari tomonidan boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“IT-visa”ga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlar asosida taʼlim olish va oʻqishga kirish huquqiga ega.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Oldingi tahrirga qarang.
132. Professional taʼlim muassasalari xodimlarining ish haqi, samarali faoliyatlarini ragʻbatlantirish miqdori va ish haqiga boshqa qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga va professional taʼlim muassasalarining ustavlariga muvofiq belgilanadi.
(132-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
133. Professional taʼlim muassasasining mol-mulki uning tezkor boshqaruvida boʻladi va ulardan faqat mazkur Nizom hamda ustavda qayd etilgan vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
134. Professional taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan jihozlashning namunaviy meʼyorlari asosida jihozlanadi.
135. Nodavlat professional taʼlim muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash muassislar tomonidan, davlat taʼlim muassasalari uchun Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi namunaviy meʼyorlardan past boʻlmagan miqdorlarda amalga oshiriladi.
136. Professional taʼlim muassasalarining mol-mulki, bino va inshootlari hamda yer maydonlari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etiladi.
Professional taʼlim muassasasining mol-mulkidan samarali va maqsadli foydalanilishi uchun professional taʼlim muassasasi direktori toʻliq javob beradi.
137. Professional taʼlim muassasalari moliya va statistika hisobotini yuritadi hamda uni belgilangan muddatlarda tegishli organlarga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
138. Professional taʼlim muassasalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(138-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
139. Professional taʼlim dasturlari asosida kadrlarni maqsadli tayyorlashni moliyalashtirishda, professional taʼlim muassasalarining moddiy-texnika va resurs bazasini mustahkamlashda, shuningdek, zamonaviy anjomlar, apparaturalar va uskunalar bilan jihozlashda korxonalar, tashkilotlar va boshqa ish beruvchilar ixtiyoriy (yoki tuzilgan shartnomalar asosida) qatnashishi mumkin.
140. Professional taʼlim muassasasi belgilangan tartibda mulkni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega.
141. Professional taʼlim muassasasi tomonidan qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilinishi davlat budjeti tomonidan uni moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga olib kelmaydi.
142. Professional taʼlim muassasasi tomonidan tadbirkorlik va boshqa daromad keltiradigan faoliyatdan olingan budjetdan tashqari mablagʻlar belgilangan tartibda ishlatiladi.
Ushbu mablagʻlar bilan operatsiyalar belgilangan tartibda daromad keltiradigan faoliyatni amalga oshirish uchun daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
10-bob. Xalqaro hamkorlik
143. Professional taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq taʼlim, ilmiy va boshqa faoliyat sohalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Professional taʼlim muassasalarining xalqaro hamkorligi xorijiy jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ham amalga oshiriladi.
144. Professional taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari amalga oshirilishi va hamkorlikda qoʻshma boʻlimlar (fakultetlar) belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkin.
145. Professional taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
146. Belgilangan tartibda professional taʼlim muassasalari xodimlari xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlarga malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb etilishi mumkin.
147. Professional taʼlim muassasalari xorijiy davlatlarning fuqarolariga taʼlim xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish va rivojlantirish uchun belgilangan tartibda mazkur davlatlar fuqarolari oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish tadbirlarini tashkil etishi mumkin.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
148. Professional taʼlim muassasalarida oʻquv yuklamalarining hajmi va taqsimoti boʻyicha boshqa meʼyorlar davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va malaka talablarida belgilanadi.
(148-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
149. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan tashkiliy-huquqiy shakllaridan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha professional taʼlim muassasalari har chorak yakuni boʻyicha oʻquvchilar harakati va faoliyat koʻrsatayotgan rahbar hamda oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari toʻgʻrisida statistik maʼlumotlarni tegishli Kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga va boshqarmalar Vazirlikka taqdim etadi.
150. Professional taʼlim muassasalarini qayta tashkil etish yoki tugatishda mazkur professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari Vazirlik tomonidan boshqa professional taʼlim muassasalariga oʻtkazish va amaldagi taʼlim dasturlari asosida oʻqishni tamomlashga sharoit yaratish choralari koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
151. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
2-ILOVA
Boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining
NAMUNAVIY USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kasb-hunar maktabi — Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kasb-hunar maktabi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Kasb-hunar maktabini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Kasb-hunar maktablari yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalarga, Moliya vazirligining Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlimlarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlariga, rekvizitlarga ega boʻlgan, oʻz nomidan shartnomalar tuzadigan, mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradigan, yuklangan majburiyatlarni bajaradigan hamda sud, arbitraj organlarida daʼvogar va javobgar boʻladigan taʼlim muassasasi hisoblanadi.
6. Kasb-hunar maktablarining rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi: “.....kasb-hunar maktabi”, qisqartirilgan nomi — “..KHM”;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi: “ ..... vocational school”, qisqartirilgan nomi — “...VSc”;
v) rus tilida:
toʻliq nomi: “...professionalnaya shkola”, qisqartirilgan nomi — “...PSH”.
7. Kasb-hunar maktabining joylashgan joyi (pochta manzili): pochta indeksi, viloyati (shahar), _______tumani, ____-mavze, koʻcha nomi,- “___”-uy.
2-bob. Kasb-hunar maktablarining asosiy maqsad va vazifalari
8. Kasb-hunar maktablarining asosiy maqsadi:
umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfi bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni amalga oshirish;
oʻquvchilarni tanlagan kasb boʻyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy koʻnikma va malakaga hamda yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.
9. Quyidagilar kasb-hunar maktablarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiyot soha va tarmoqlaridagi zarur sohaviy kasb-hunar boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalarga ega boʻlgan hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllay oladigan mutaxassislar tayyorlash;
egallagan kasb-hunar boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan, sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni taʼminlaydigan taʼlim dasturi asosida oʻqitish;
tanlab olingan kasb-hunarni egallash jarayonida oʻquvchilarning kasbiy layoqat, koʻnikma va malakalarini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat taʼlim standartlari talablariga koʻra oʻquvchilarda malaka va koʻnikmalarni shakllantirish;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy — texnika, oʻquv — metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish;
kasb-hunarga tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;
oʻquvchilarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy anʼanalariga hurmat, Vatan bilan gʻururlanish va iftixor tuygʻusini shakllantirish;
oʻquvchilarni maʼnaviy — axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;
oʻqituvchi, taʼlim oluvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish.
3-bob. Kasb-hunar maktablarining huquq va majburiyatlari
10. Kasb-hunar maktabi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolati doirasida oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va mazkur Ustavga zid boʻlmagan faoliyatni amalga oshirish;
taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tanlovlar tashkil etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasb-hunar maktabi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Kasb-hunar maktabi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim-tarbiya sohasidagi farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining normativ hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari asosida sifatli kasb-hunar taʼlimini berishi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
kasb-hunar maktabi axborot — kutubxona texnologiyasi fondi umumiy oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar (shu jumladan, badiiy adabiyotlar) majmui bilan yetarli darajada taʼminlanishini tashkil etishi;
kasb-hunar maktabi oʻquvchilarida yuksak maʼnaviy — axloqiy va milliy oʻzlikni anglash kabi sifatlarni shakllantirishi;
kasb-hunar maktabi oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasini oshirish, tajriba almashinuvini tashkil etish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashi;
taʼlim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishi;
pedagogik faoliyatning sifati, ijtimoiy maqomi, nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirish borasida faoliyat koʻrsatishi;
mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan taʼlim-tarbiya va mehnat sharoitlarini yaratishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasb-hunar maktabi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Taʼlim oluvchilar
12 .Kasb-hunar maktabiga oʻqishga qabul qilingan fuqaro ushbu taʼlim muassasasi oʻquvchisi hisoblanadi.
13. Kasb-hunar maktabi oʻquvchilariga oʻquvchilik guvohnomasi beriladi.
14. Kasb-hunar maktabi oʻquvchilari:
bilim olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, tegishli kasblar boʻyicha zamonaviy ilm, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga mos nazariy va amaliy bilim olish;
taʼlim-tarbiya jarayoni davomida oʻquv-texnika jihozlari va vositalaridan, fan kabinetlari axborot-kutubxonasi fondidan, axborot-kutubxona oʻquv zali va boshqa oʻquv, yordamchi xonalardan, sport majmualari, kasb-hunar maktabiga qarashli tibbiy va texnik jihozlardan bepul foydalanish;
tuman, shahar, hudud va respublika miqyosida oʻtkaziladigan turli koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari, amaliy seminarlar, konferensiyalarda ishtirok etish;
kasb-hunar maktabida tashkil etilgan turli tadbirlarda va toʻgaraklarda qatnashish;
kasb-hunar maktabi Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlariga saylash va saylanish, taʼlim-tarbiya jarayoniga taalluqli masalalar yuzasidan vakolati doirasida takliflar kiritish, shuningdek, oʻquvchilar davomati, ularning ichki tartib-qoidalarga rioya etishi va boshqa masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasb-hunar maktabi oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Kasb-hunar maktabi oʻquvchilari:
taʼlim-tarbiya jarayonida kasb-hunar maktabi Ustaviga, ichki tartib-qoidalariga, odob-axloq, kiyinish va oʻquvchi-yoshlar uyida yashash qoidalariga qatʼiy rioya qilishga;
oʻquv va amaliy mashgʻulotlarda toʻliq ishtirok etish, fanlar boʻyicha oʻquv dasturi asosida bilimlarni muntazam oʻzlashtirib borish, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish hamda darslarga tayyorgarlik koʻrishga;
taʼlim-tarbiya jarayoni davomida oʻquv-texnika jihozlari va vositalaridan, fan kabinetlari, axborot — kutubxona fondidan, oʻquv zali va boshqa oʻquv, yordamchi xonalardan, sport majmualari, kasb-hunar maktabiga qarashli jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga;
oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda amaliyotlarni toʻliq oʻtashga;
fan kabinetlari, axborot-kutubxona oʻquv zali va sport zalida, oshxona, yotoqxona va ustaxonalarda sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga qatʼiy amal qilishga;
kasb-hunar maktabi hududida uyali telefonlardan foydalanishni tartibga soluvchi tegishli ichki tartiblarga rioya qilishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasb-hunar maktabi oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
16. Oʻqishda erishgan yutuqlari, ijodiy faoliyati va jamoat ishlarida faol qatnashgan oʻquvchilarga ragʻbatlantirishning turli shakllari qoʻllaniladi.
17. Ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan hamda huquqbuzarlik harakatlarini sodir etgan oʻquvchilarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.
5-bob. Oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ish
18. Oʻqituvchilar, ish beruvchilar, oʻquvchilar taʼlim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
19. Kasb-hunar maktabida:
taʼlim berish muddati 2 yil boʻlib, taʼlim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;
oʻquvchilar oʻqitish kurslari va tili boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashtiriladi;
guruhlarda oʻquvchilar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;
oʻquv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, taʼtillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi hamda taʼlim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;
kasb-hunar maktabida barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Taʼlimni tashkil etish davlat taʼlim standartlari asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari (malaka talabi, oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari) asosida belgilanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
21. Oʻquvchilarning nazariy va amaliy koʻnikmalari normativ hujjatlarda belgilangan tartibda aniqlashtiriladi.
22. Kasb-hunar maktabida oʻqitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, kursda qoldirish va oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, kursda qoldirish kasb-hunar maktabi pedagogik kengashining qarori va direktorning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
23. Oʻquvchilarni kasb-hunar maktabida oʻqitish taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
24. Kasb-hunar maktabi oʻquvchilarining korxona va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish va malakaviy amaliyot oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
25. Oʻquv rejasi va fan dasturlarining barcha talablarini bajargan oʻquvchi kasb-hunar maktabi pedagogik kengashining qaroriga asosan direktorning buyrugʻi bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qoʻyiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi amaldagi normativ hujjatlarga asosan yoki “Amaliy-koʻrgazmali” imtihon topshirish shaklida oʻtkaziladi.
26. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan taʼlim olgan mutaxassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi.
27. Diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati, oʻtilgan soatlar hajmi, ularni oʻzlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi.
28. Kasb-hunar maktabini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom egallangan bilim va kvalifikatsiyani mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi.
29. Oʻquv-metodik, ilmiy-metodik va tajriba ishlarini amalga oshirish maqsadida kasb-hunar maktabida fanlar boʻyicha metodik birlashma(uyushma)lar tashkil qilinadi.
30. Oʻquv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita va oʻqitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi.
31. Kasb-hunar maktabida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy anʼanalarga asoslanadi:
kasb-hunar maktabida vatanparvarlik va milliy mustaqillik gʻoyalariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa koʻsha oladigan shaxsni tarbiyalash oʻquv jarayoni bilan uzviy ravishda “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, shaxsning ijodiy faolligini shakllantiruvchi fondlarning faol ishtiroki bilan amalga oshiriladi;
yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy anʼanalariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish maqsadida kasb-hunar maktabining veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish yoʻlga qoʻyiladi;
oʻquvchilarning oʻz intellektual darajasini oshirishlari uchun badiiy adabiyotlarni oʻqishga qiziqtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targʻibot ishlarini olib borish yangi adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish va targʻib qilish orqali amalga oshiriladi;
yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy, milliy gʻoyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega boʻlgan maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliy-madaniy, tarixiy anʼanalarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qoʻllaniladi.
6-bob. Taʼlim muassasasini boshqarish
32. Kasb-hunar maktabiga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan tayinlangan direktor rahbarlik qiladi.
Kasb-hunar maktabi faoliyatini boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Direktor:
kasb-hunar maktabining faoliyatini yuritishga shaxsan javob beradi;
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda Kasb-hunar maktabi nomidan ish yuritadi;
tashabbuskor oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
oʻz vakolati doirasida xodimlar tomonidan ijro etilishi shart boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
oʻz vakolati doirasida boshqa funksiyalarni bajaradi.
Direktor maʼmuriyat faoliyati natijalari boʻyicha pedagogik kengash va Kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda vazirlikka hisobot beradi.
33. Kasb-hunar maktabining oliy organi Pedagogik kengash hisoblanadi.
Pedagogik kengash:
kasb-hunar maktabini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, boshlangʻich professional taʼlimga ega kadrlar tayyorlash va tarbiyalash sifatini oshirish va takomillashtirishni;
oʻquvchilarni qabul kilish, kursdan kursga oʻtkazish va qoldirish masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;
oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ijodiy tashabbuskorligini oshirish, ularning pedagogik tajribasini ommalashtirish boʻyicha malaka oshirish ishlarining tashkil etilishini muhokama qiladi;
tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga kasbiy toifa berish hamda bazaviy taʼrif stavkasiga belgilangan ustama haq toʻlovlarini belgilash toʻgʻrisidagi masalalarni muhokama qiladi va tegishli toifalarga tavsiya beradi;
Davlat attestatsiya komissiyasi va qabul komissiyasi hisobotini muhokama qiladi;
Pedagogik kengash tarkibiga kasb-hunar maktabi direktori, uning oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, psixolog, axborot-kutubxona boʻyicha mutaxassis kiradi. Pedagogik kengash tarkibiga zaruratga koʻra ishlab chiqarish korxonalari va ish beruvchilarning vakillari kiritilishi mumkin. Direktor Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
34. Pedagogik kengash majlislari ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi, zarur hollarda navbatdan tashqari Pedagogik kengash majlisi oʻtkazilishi mumkin. Kengash qarori umumiy, ochiq ovoz berish orqali qabul kilinadi. Pedagogik kengash qarorlari direktorning buyrugʻi bilan kuchga kiradi.
35. Kasb-hunar maktabi shtatlari jadvali belgilangan tartibda ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
36. Kasb-hunar maktabida Pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Kasb-hunar maktabi tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilot, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, murabbiylar kengashi va kasb-hunar maktabidagi taʼlim-tarbiya jarayoniga daxldor boʻlgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etilishi mumkin.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
38. Kasb-hunar maktabida fan kafedralari tashkil etiladi.
Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati toʻgʻrisidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.
39. Kasb-hunar maktabi oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan hamkor tashkilotlar oʻrtasida taʼlim sifatini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
7-bob. Pedagog xodimlar, oʻquv-tarbiyaviy xodimlar
40. Tegishli oliy maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar kasb-hunar maktabida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Pedagoglarni ishga qabul qilish, ularning oʻquv yuklamasini belgilash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mehnat kodeksining IV boʻlimi.
42. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik faoliyat darajasini baholash uchun attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifasi berish tartibi tegishli normativ hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
43. Oʻqituvchilarning pedagogik, psixologik, kasbiy mahoratini va malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash 4 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
44. Guruhlarda oʻquv, maʼnaviy — axloqiy, tarbiyaviy hamda tashkiliy ishlarga rahbarlik qilish uchun oʻqituvchilardan guruh murabbiylari tayinlanadi.
45. Oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va xodimlarning huquqlari va burchlari, lavozim vazifalari, malaka talablari va majburiyatlari kasbga qoʻyilgan talablar bilan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunlari asosida tartibga solinadi. Oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va xodimlar pedagogik mehnatning, tarbiyaviy va ilmiy jarayonning yuqori samara berishiga, oʻquvchilarda mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat, zarur kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga, kasb-hunar maktabi Ustaviga rioya qilishga majbur.
46. Oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va xodimlar Oʻzbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunlari asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
47. Oʻquv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan, yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan;
oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalar va ijodiy faoliyatni rivojlantirishdagi xissasi uchun;
oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ilmiy-tadqiqotchilik ishlaridagi faolligi uchun;
ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat hayotida faol ishtiroki uchun oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va xodimlar ragʻbatlantiriladi.
8-bob. Jamoat tashkilotlari
Oldingi tahrirga qarang.
48. Kasb-hunar maktabida oʻquvchi, oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, maʼmuriy va yordamchi xodimlarni birlashtiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. Jamoat tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
49. Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti oʻquvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining maqsad va vazifalari kasb-hunar maktabi yoshlarini birlashtirish, sogʻlom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib oʻrin egallashga koʻmaklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.
50. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi kasb-hunar maktabi xodimlari va oʻquvchilarining koʻngilli jamoat birlashmasi sifatida eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan ish koʻradi.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
9-bob. Kasb-hunar maktabining mol-mulki va mablagʻlari
51. Kasb-hunar maktabi oʻzining moliya–xoʻjalik faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, xodimlarning ish haqi, sifatli faoliyat uchun ularni ragʻbatlantirish miqdori va ish xaqiga ustamalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
53. Moliyaviy mablagʻlar kasb-hunar maktabining tasarrufida boʻladi va ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda Ustavda belgilangan vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladi.
54. Kasb-hunar maktabining obyektlari va mol-mulkidan oʻquv mashgʻulotlari davrida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
55. Fan kabinetlari, ustaxona va boshqa obyektlarning oʻquv-metodik va texnik jihozlanishi namunaviy normativlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Kasb-hunar maktabining mol-mulkidan samarali va maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda foydalanilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq direktor toʻliq javob beradi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
57. Kasb-hunar maktabi oʻz moliyaviy faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan buxgalteriya va statistika hisobini yuritadi, moliyaviy faoliyatni muntazam tahlil qiladi hamda mablagʻlardan maqsadli foydalanishni taʼminlaydi, moliyaviy va statistik hisobotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda tegishli organlarga taqdim etadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Kasb-hunar maktabining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10-bob. Qayta tashkil etish va tugatish
59. Kasb-hunar maktabi qonunda belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan tashkil qilinadi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻrta professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning
NAMUNAVIY USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav oʻrta professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kollejlar — Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida oʻrta professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kollej oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Kollejlar tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning tizimidagi tashkiliy tuzilma hisoblanadi va faoliyatlari ularning mablagʻi asosida moliyalashtiriladi.
Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar kollej oʻquvchilarining kasbiy taʼlim jarayonida amaliy koʻnikmalarini shakllantirishda koʻmaklashadi, mehnat bozorida Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi mutaxassislarga (keyingi oʻrinlarda – mutaxassislar) boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash choralarini koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar kollejlarda taʼlim jarayonida davlat siyosatini yuritadi va ularga oʻquv-metodik rahbarlik qiladi.
5. Kollej yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalariga, Moliya vazirligining Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlimlarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlarga, rekvizitlarga ega boʻlgan, oʻz nomidan shartnomalar tuzadigan, mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradigan, yuklagan majburiyatlarni bajaradigan hamda sud, arbitraj organlarida daʼvogar va javobgar boʻladigan taʼlim muassasasi hisoblanadi.
6. Kollejning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi: “ ”, qisqartirilgan nomi — “ ” ;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi: “ ”, qisqartirilgan nomi — “ ” ;
v) rus tilida:
toʻliq nomi: “ ”, qisqartirilgan nomi — “ ” .
7. Kollejning joylashgan joyi (pochta manzili): pochta indeksi, viloyati (shahar), tuman, -mavze, - koʻchasi, “ ”-uy.
2-bob. Kollejlarning asosiy maqsad va vazifalari
8. Kollejlarning asosiy maqsadi:
kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlashdan;
taʼlim va kadrlar tayyorlash sifatini taʼminlash borasida sohaga doir ilmiy, metodik tadqiqotlarni olib boradi, pedagog xodimlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishini qoʻllab-quvvatlashdan;
oʻquvchilarni tanlagan kasb yoki mutaxassisligi boʻyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy koʻnikma va malakaga hamda yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.
9. Quyidagilar kollejlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar boʻyicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan hamda xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
egallagan kasbi va mutaxassisligi boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishini va kasbiy tayyorgarlikni taʼminlaydigan Milliy professional va davlat taʼlim standartlari asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
sohadagi mutaxassislar va ishchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
tanlab olingan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash jarayonida oʻquvchilarning kasbiy layoqat, koʻnikma va malakalarini oshirish;
mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;
oʻquvchilarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy anʼanalariga hurmat, Vatan bilan gʻururlanish va iftixor tuygʻusini shakllantirish;
oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat taʼlim standartlari talablariga koʻra oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, taʼlim oluvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;
taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.
3-bob. Kollejlarning huquq va majburiyatlari
10. Kollej:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan vakolati doirasida shartnomalar va boshqa hujjatlar tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va mazkur Ustavga zid boʻlmagan faoliyatni amalga oshirish;
taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tanlovlar tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlari, xoʻjalik va xizmat koʻrsatish sohasida kadrlarga boʻlgan real ehtiyoj asosida kadrlar tayyorlovchi qoʻshimcha kasblar va mutaxassisliklar, shartnoma asosida qisqa muddatli oʻquv kurslari ochish;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni kollejning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy oʻquv-texnik vositalar, mebellar bilan taʼminlashga, kollej oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, xodimlarini ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyati samaradorligini oshirishni ragʻbatlantirishga sarflash.
kollej oʻquvchining kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish, budjetdan tashqari mablagʻ ishlab topish maqsadida aholiga pullik xizmat koʻrsatish boʻyicha turli sohalar bilan bogʻliq ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Kollej qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Kollej:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim-tarbiya sohasidagi farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlarining normativ hujjatlarida belgilangan vazifalarini bajarishi;
kollejning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda mablagʻ bilan taʼminlashning muqobil manbalarini, shu jumladan, tashkilotlar, homiylar mablagʻlarini, xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat taʼlim standartlari, malaka talabi, oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida yuqori sifatli kasb-hunar taʼlimini berishi;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
kollej Axborot-kutubxona fondini umumiy oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar (shu jumladan, badiiy adabiyotlar) majmui bilan yetarli darajada muntazam ravishda toʻldirib borishni taʼminlash va oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishi;
kollej oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalari malakasini oshirish, tajriba almashinuvini tashkil etish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashi;
taʼlim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishi;
pedagogik faoliyatning sifati, ijtimoiy maqomi, nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirish borasida faoliyat koʻrsatishi;
mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan taʼlim-tarbiya va mehnat sharoitlarini yaratishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Kollej qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Taʼlim oluvchilar
12. Kollejga oʻqishga qabul qilingan fuqaro ushbu taʼlim muassasasi oʻquvchisi hisoblanadi.
13. Kollej oʻquvchilariga oʻquvchilik guvohnomasi beriladi.
14. Kollej oʻquvchilari:
bilim olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, tegishli kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha zamonaviy ilm, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga mos nazariy va amaliy bilim olish;
taʼlim-tarbiya jarayoni davomida oʻquv-texnika jihozlari va vositalaridan, fan kabinetlaridan Axborot-kutubxona fondidan, Axborot¬kutubxona oʻquv zali va boshqa oʻquv, yordamchi xonalardan, sport majmualari, kollejga qarashli tibbiy va texnik jihozlardan bepul foydalanish;
kollej, tuman, shahar, respublika miqyosida oʻtkaziladigan turli koʻrik tanlovlar, sport musobaqalari, amaliy seminarlar, konferensiyalarda ishtirok etish;
kollej Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlariga saylash va saylanish, taʼlim-tarbiya jarayoniga taalluqli masalalar yuzasidan vakolati doirasida takliflar kiritish, shuningdek, oʻquvchilar davomati, ularni ichki tartib-qoidalarga rioya etishi va boshqa masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Kollej oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Kollej oʻquvchilari:
taʼlim-tarbiya jarayonida kollej Ustaviga, ichki tartib-qoidalarga, oʻquv intizomiga, kiyinish qoidalariga, oʻquvchi-yoshlar uyida yashash qoidalariga qatʼiy rioya qilishga;
fanlar boʻyicha oʻquv dasturi asosida bilimlarni vijdonan va muntazam oʻzlashtirib borishga, oʻqituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishga hamda darslarga mustaqil tayyorgarlik koʻrishga;
taʼlim-tarbiya jarayoni davomida oʻquv-texnika jihozlari va vositalaridan, fan kabinetlari, Axborot-kutubxona fondidan, oʻquv zali va boshqa oʻquv, yordamchi xonalardan, sport majmualari, kollejga qarashli tibbiy va texnik jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga;
oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda oʻquv va malakaviy amaliyotlarni oʻtashga hamda amaliyot dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarishga;
kollej hududida, fan kabinetlari, Axborot kutubxona oʻquv zali va sport zalida sanitariya¬gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga qatʼiy amal qilishga hamda oʻquvchilar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, kollej mol-mulkiga moddiy zarar yetkazuvchi har qanday holatlar toʻgʻrisida zudlik bilan maʼmuriyatni xabardor qilishga;
toʻlov-kontrakt boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishga;
milliy qadriyatlar va urf-odatlarni hurmat qilishga, odob-axloq qoidalariga rioya qilishga;
kollej hududida uyali telefonlardan foydalanishni tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar talablariga rioya qilishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Kollej oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(15-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
16. Oʻqishda erishgan yutuqlari, ijodiy faoliyati va kollejning jamoat ishlarida faol qatnashgan oʻquvchilarga ragʻbatlantirishning turli shakllari qoʻllaniladi.
17. Kollej ichki tartib qoidalarini, oʻquv intizomini buzgan hamda boshqa turdagi huquqiy javobgarliklarni keltirib chiqaruvchi nojoʻya xatti-harakatlar sodir etgan oʻquvchilarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qoʻllaniladi.
5-bob. Oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ish
18. Kollejda oʻqituvchilar tarkibi, ish beruvchilar, oʻquvchilar taʼlim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
19. Kollejda oʻqitish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
taʼlimning demokratik xarakterda ekanligi — davlat taʼlim dasturlari doirasida taʼlim-tarbiya usullarini tanlashda kollejning mustaqilligi;
taʼlimning insonparvarligi — shaxsning taʼlimga nisbatan boʻlgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrof muhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi;
taʼlimning ijtimoiyligi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urf-odatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa millatlarning tarixi va madaniyatini hurmat qilish;
taʼlim va tarbiyaning uzluksizligi va uzviy bogʻliqligi uygʻun olib borilishi;
yoshlarning kelgusida mehnat faoliyatini davom ettirishini taʼminlovchi yuqori darajadagi bilimlarni egallashi;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga sifatli bilim olish uchun shart-sharoitlar yaratish.
20. Kollejda:
taʼlim berish 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
kechki va sirtqi taʼlim shaklida oʻqish muddati va semestrlar davomiyligi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;
oʻquvchilar oʻqitish kurslari va tili boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashtiriladi;
guruhlarda oʻquvchilar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;
oʻquv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, taʼtillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi hamda taʼlim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;
kollejda barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
21. Taʼlimning mazmuni taʼlim dasturlari (oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari) asosida belgilanadi.
Mutaxassislarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar kasb standartlari va malaka talablari asosida belgilanadi.
22. Oʻquvchilarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini reyting tizimi asosida baholash tegishli normativ-hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
23. Kollejda oʻqitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, kursda qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, kursda qoldirish kollej pedagogik kengashining qaroriga asosan kollej direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Kursdan kursga shartli ravishda oʻtkazishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
24. Oʻquvchilarni kollejda oʻqitish taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi:
kollej oʻquvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish va malakaviy amaliyot oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni qoʻllab, kollej hamda muassasa va tashkilotlarning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash.
25. Oʻquvchilarning oʻquv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti kollejning amaldagi normativ hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
26. Oʻquv rejasida mavjud boʻlgan fanlar boʻyicha fan dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchi kollej pedagogik kengashining qarori va direktorning buyrugʻi bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qoʻyiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi amalda boʻlgan normativ hujjatlarga asosan oʻtkaziladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan taʼlim olgan mutaxassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi.
Diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati, oʻtilgan soatlar hajmi, ularni oʻzlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi.
27. Kollejni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom olingan bilim, koʻnikma va malakalarini mehnat faoliyatida qoʻllash huquqini beradi.
28. Oʻquv-metodik, ilmiy-metodik va tajriba ishlarini amalga oshirish maqsadida kollej fan kafedralarini tashkil kiladi.
29. Oʻquv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita, integratsiyalashgan dasturlar va oʻqitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi.
30. Oʻquv jarayoniga yoʻnalishlar boʻyicha olim va mutaxassislar jalb qilinadi. Kollejda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchun sharoit yaratiladi va ragʻbatlantiriladi.
31. Kollejda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy anʼanalarga asoslanadi:
kollejda vatanparvarlik va milliy mustaqillik gʻoyalariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa koʻsha oladigan shaxsni tarbiyalash oʻquv jarayoni bilan uzviy ravishda “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, shaxsning ijodiy faolligini shakllantiruvchi fondlarning faol ishtiroki bilan amalga oshiriladi;
yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy anʼanalariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish maqsadida kollejning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish yoʻlga qoʻyiladi;
oʻquvchilarning oʻz intellektual darajasini oshirish badiiy adabiyotlarni oʻqishga qiziqtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targʻibot ishlarini olib borish, yangi adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish va targʻib qilish orqali amalga oshiriladi;
kollej oʻquvchilarida muloqot madaniyatining zamonaviy shakllarini yaratish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bahs-munozaralar va davra suhbatlari uyushtiriladi;
chet tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy materiallarni oʻrganish va taʼlim-tarbiyaga tatbiq etish maqsadida videoroliklar, bukletlar, flayerlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
kollejda yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy, milliy gʻoyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega boʻlgan maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliy-madaniy, tarixiy anʼanalarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qoʻllaniladi.
32. Oʻquvchilarda taʼlim muassasasi va tanlagan kasbni egallash boʻyicha berilgan imkoniyatlardan gʻururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi.
33. Kollejda oʻquv yilining birinchi kuni vazirlik va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida oʻquvchilarning tantanali saflanishi, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻini olib chiqish, Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi va belgilangan tadbir asosida davom ettiriladi.
34. Birinchi mashgʻulot Oʻzbekiston Respublikasining milliy mustaqillik gʻoyalariga bagʻishlanadi.
6-bob. Taʼlim muassasasini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
35. Kollej faoliyatini boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi. Kollej direktori tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Uning lavozim majburiyatlari qonunchilik hujjatlariga asosan belgilanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
36. Kollej direktori:
umumiy rahbarlik qiladi, kollejning joriy faoliyatini tashkil etadi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda kollej nomidan ish yuritadi;
tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishgan holda kollejning shtatlar jadvalini, uni saqlash uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
oʻz funksional majburiyatlarini samarali bajarayotgan, kollej oldiga qoʻyilgan vazifalarga erishishga salmoqli hissa qoʻshgan yuksak professional, tashabbuskor xodimlar mehnatini moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
oʻz vakolati doirasida xodimlar tomonidan ijro etilishi shart boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
kollejga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
37. Direktor kollejning mol-mulki, moddiy bazasi va mablagʻining taqsimotchisi hisoblanadi, mehnat va xoʻjalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlarini ochadi.
38. Kollej direktorining oʻrinbosarlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda professional taʼlim muassasalari direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
kollejning bosh buxgalteri va oʻquv boʻlimlari boshliqlari kollej direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Direktor maʼmuriyat faoliyati natijalari boʻyicha ilmiy-pedagogik kengash va yuqori tashkilotlarga hisobot beradi.
39. Kollejning oliy organi Pedagogik kengash hisoblanadi.
Pedagogik kengash:
kollejni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, mutaxassislar tayyorlash va tarbiyalash sifatini oshirish va takomillashtirishni, kollejga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilishni va moddiy-texnika bazani mustahkamlashni belgilaydi;
taʼlim mazmunining turli variantlarini muhokama kilish va tanlab olish (oʻquv rejalari, dasturlar, darsliklar), oʻquv-tarbiya jarayonining shakl va usullarini, ularni amalga oshirish usullarini, oʻquvchilarni qabul kilish, kursdan kursga oʻtkazish va qoldirish, chetlashtirish masalalarini muhokama etadi hamda tegishli qarorlar qabul kiladi;
oʻqituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini oshirish, ularning pedagogik tajribasini ommalashtirish boʻyicha malaka oshirish ishlarining tashkil etilishini muhokama qiladi;
tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻqituvchilarga kasbiy toifa berish hamda bazaviy taʼrif stavkasiga belgilangan ustama haq toʻlovlarini belgilash toʻgʻrisidagi masalalarni muhokama qiladi va tegishli toifalarga tavsiya beradi;
kollejning boʻlimlari, Davlat attestatsiya komissiyasi va qabul komissiyasi hisobotini eshitadi va muhokama qiladi.
Pedagogik kengash tarkibiga kollej direktori, uning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari, oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, psixolog, Axborot-kutubxona boʻyicha mutaxassis kiradi. Kollej direktori Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
40. Pedagogik kengash majlislari ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi, zarur hollarda navbatdan tashqari Pedagogik kengash majlisi oʻtkazilishi mumkin. Kengash qarori umumiy, ochiq ovoz berish orqali kabul kilinadi. Pedagogik kengash qarori kollej direktorining buyrugʻi bilan kuchga kiradi. Pedagogik kengash majlislarida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda ish beruvchi tashkilot vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
41. Kollejning shtatlari jadvali amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
42. Kollejda Pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Kollej tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilot, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, murabbiylar kengashi va kasb-hunar maktabidagi taʼlim-tarbiya jarayoniga daxldor boʻlgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
44. Kollejda fan kafedralari tashkil etiladi.
Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati toʻgʻrisidagi Nizomlar bilan tartibga solinadi.
45. Kollejning oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan hamkor korxona va tashkilotlar oʻrtasida taʼlim sifatini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
7-bob. Pedagog xodimlar, oʻquv-tarbiyaviy xodimlar
46. Tegishli oliy maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar kollejda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega. Sudning qaroriga asosan pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish taʼqiqlangan shaxslar bu ishga qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Kollejga professor-oʻqituvchilar, pedagoglar tarkibini ishga qabul qilish, ularning oʻquv-pedagogik yuklamasini belgilash tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
48. Oʻqituvchilarning (oʻquv fanlari va soatlar boʻyicha) boshqa oʻqituvchilar oʻrnida ishlashi tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
49. Oʻqituvchilarning pedagogik faoliyat darajasini baholash uchun attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifasi berish tartibi tegishli normativ hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Oʻqituvchilarning pedagogik, psixologik, kasbiy mahoratini va malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
51. Direktorning buyrugʻi bilan oʻqituvchilar zimmasiga oʻquv fanlari boʻyicha kafedra mudirligi, tegishli oʻquv fanlar boʻyicha mavjud oʻquv xonasi mudirligi vazifasi yuklanishi mumkin.
Guruhlarda oʻquv, maʼnaviy-axloqiy, tarbiyaviy hamda tashkiliy ishlarga rahbarlik qilish uchun oʻqituvchilardan guruh murabbiylari tayinlanadi.
52. Kollejning oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlim ustalari va xodimlarining huquq va burchlari, lavozim vazifalari, malaka talablari va majburiyatlari kasbga qoʻyilgan talablar bilan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunlari asosida tartibga solinadi. Oʻqituvchi va xodimlar pedagogik mehnatning, tarbiyaviy va ilmiy jarayonining yuqori samara berishiga, oʻquvchilarda mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat, zarur kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga, kollej Ustaviga rioya qilishga majbur.
53. Kollej xodimlarining huquq va majburiyatlari uning Ustavi, direktor tomonidan tasdiqlangan Ichki mehnat tartibi qoidalari va lavozim yoʻriqnomalari bilan belgilanadi.
54. Kollejning oʻquv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq hissa qoʻshayotgan, yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va xodimlarini ragʻbatlantirish quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi:
oʻqituvchilar tomonidan oʻqitishning interfaol usullaridan foydalangan holda axborot texnologiyalarini qoʻllab taʼlim berishning yuqori darajasiga erishish;
oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalar va ijodiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha mustaqil samarali ishlashni oʻrgatish;
guruhlar murabbiylarining oʻz vazifalarini sidqidildan bajarishi;
oʻqituvchi-pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik ishlari;
kollej ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat hayotida faol ishtirok etish.
55. Kollejda oʻqituvchi, oʻquv-tarbiyaviy xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish ishlab chiqilgan ichki lokal hujjatlar bilan belgilanadi.
8-bob. Jamoat tashkilotlari
Oldingi tahrirga qarang.
56. Kollejda oʻquvchi, oʻqituvchi, maʼmuriy va yordamchi xodimlarni birlashtiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. Jamoat tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
57. Kollej oʻquvchilarining Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti oʻzini oʻzi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot boʻlib, yoshlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda oshkoralik va adolat tamoyillari asosida ish yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonunchilik hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining Nizomi asosida faoliyat koʻrsatadi.
(57-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining maqsad-vazifalari kollej yoshlarini birlashtirish, sogʻlom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib oʻrin egallashga koʻmaklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.
58. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi kollej xodimlari va oʻquvchilarining koʻngilli jamoat birlashmasi sifatida eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan ish koʻradi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
9-bob. Kollejning mol-mulki va mablagʻlari
59. Kollej oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatini budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida amalga oshiradi. Kollej faoliyatini moliyalashtirish:
tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari;
oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Kollej xodimlarining ish haqi, sifatli faoliyat uchun ularni ragʻbatlantirish miqdori va ish xaqiga ustamalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
61. Kollejning moliyaviy mablagʻlari uning tasarrufida boʻladi va ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda Ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladi.
62. Kollej fan kabinetlari va boshqa obyektlarning oʻquv-metodik va texnik jihozlanishi namunaviy normativlar bilan va ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Kollejning mol-mulkidan samarali va maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda foydalanilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq kollej direktori toʻliq javob beradi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Kollej oʻz moliyaviy faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan buxgalteriya va statistika hisobini yuritadi, moliyaviy faoliyatni muntazam tahlil qiladi hamda mablagʻlardan maqsadli foydalanishni taʼminlaydi. Moliyaviy va statistik hisobotlarni tegishli organlarga taqdim etadi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Kollejning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10-bob. Qayta tashkil etish va tugatish
66. Kollej qonunda belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan qayta tashkil qilinadi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning
NAMUNAVIY USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Texnikumlar — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy taʼlim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan taʼlim muassasalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Texnikum oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Texnikumlar tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning tizimidagi tashkiliy tuzilma hisoblanadi, faoliyati mahalliy va xorijiy grantlar, taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar texnikum oʻquvchilarini kasbiy taʼlim jarayonida amaliy koʻnikmalarini shakllantirishda, mehnat bozorida Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi mutaxassislarga (keyingi oʻrinlarda — mutaxassislar) boʻlgan ehtiyojni aniqlashda, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlashda koʻmaklashadi.
Oliy taʼlim muassasalari texnikumlarning idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, taʼlim jarayoniga oʻquv-metodik koʻmaklashadi.
5. Texnikum yuridik shaxs hisoblanib, oʻzining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalarga, Moliya vazirligining Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlimlarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlariga, rekvizitlarga ega boʻlgan, oʻz nomidan shartnomalar tuzadigan, mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradigan, yuklangan majburiyatlarni bajaradigan hamda sud, arbitraj organlarida daʼvogar va javobgar boʻladigan taʼlim muassasasi hisoblanadi.
6. Texnikumning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi: “ ”, qisqartirilgan nomi — “ ” ;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi: “ ”, qisqartirilgan nomi — “ ” ;
v) rus tilida:
toʻliq nomi: “ ”, qisqartirilgan nomi — “ ”.
7. Texnikumning joylashgan joyi (pochta manzili):, hudud, tuman (shahar), -mavze,- “ ”-uy.
2-bob. Texnikumlarning asosiy maqsad va vazifalari
8. Texnikumlarning asosiy maqsadi:
kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan, umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida shakllantirilgan guruhlarda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash;
kadrlar buyurtmasi asosida professional kasbiy malakaga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash:
Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlash;
oʻquvchilarni tanlangan mutaxassislik boʻyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy koʻnikma va malakaga hamda yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.
9. Quyidagilar texnikumlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar boʻyicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega hamda xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
egallagan mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni taʼminlaydigan davlat taʼlim standartlari doirasida tanlangan mutaxassislik boʻyicha oʻqitish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
tanlab olingan mutaxassislik boʻyicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyani egallash jarayonida oʻquvchilarning kasbiy layoqat, koʻnikma va malakalarini oshirish;
mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;
oʻquvchilarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy anʼanalariga hurmat, Vatan bilan gʻururlanish va iftixor tuygʻusini shakllantirish;
oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat taʼlim standartlari talablariga koʻra oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan malaka va koʻnikmalarni oʻquvchilar ongiga singdirish;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
oʻqituvchi, taʼlim oluvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini joriy etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.
3-bob. Texnikumlarning huquq va majburiyatlari
10. Texnikum:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan vakolati doirasida shartnomalar va normativ-hujjatlar tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va ushbu Ustavga zid boʻlmagan faoliyatni amalga oshirish;
taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida oʻqituvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tanlovlar tashkil etish;
respublika iqtisodiyoti, xoʻjalik va xizmat koʻrsatish sohasida mutaxassislarga boʻlgan talab va real ehtiyojlar asosida belgilangan tartibda tegishli mutaxassislar tayyorlovchi qoʻshimcha yoʻnalishlar, shartnoma asosida kasbga tayyorlovchi qisqa muddatli oʻquv kurslari ochish;
texnikum oʻquvchisining kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish, budjetdan tashqari mablagʻ ishlab topish maqsadida aholiga pullik xizmat koʻrsatish boʻyicha turli sohalar bilan bogʻliq ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni texnikumning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy oʻquv-texnik vositalar, mebellar bilan taʼminlashga, texnikum xodimlarini ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyat samaradorligini oshirishni ragʻbatlantirishga sarflash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnikum qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Texnikum:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim-tarbiya sohasidagi farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlarining normativ hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarishga;
texnikumning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda mablagʻ bilan taʼminlashning muqobil manbalarini, shu jumladan, tashkilotlar, homiylar mablagʻlarini, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat taʼlim standartlari, malaka talabi, oʻquv reja va fan dasturlari asosida yuqori sifatli oʻrta maxsus professional taʼlimni berishga;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
texnikum axborot-kutubxona fondini umumiy oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar (shu jumladan, badiiy adabiyotlar) majmui bilan yetarli darajada muntazam ravishda toʻldirib borishni taʼminlash hamda oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etishga;
texnikum oʻqituvchilari malakasini oshirish, tajriba almashinuvini tashkil etish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga;
taʼlim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga;
pedagogik faoliyatning sifati, ijtimoiy maqomi, nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirish borasida faoliyat koʻrsatishga;
mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan taʼlim-tarbiya va mehnat sharoitlarini yaratishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnikum qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Taʼlim oluvchilar
12. Texnikumga oʻqishga qabul qilingan fuqaro ushbu taʼlim muassasasi oʻquvchisi hisoblanadi.
13. Oʻqishda erishgan yutuqlari, oʻquv-ishlab chiqarish, ijodiy faoliyat va texnikumning boshqa ishlarida faol qatnashgan oʻquvchilarga moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning turli xil shakllari qoʻllaniladi.
14. Texnikum oʻquvchilari:
professional taʼlim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;
belgilangan tartibda professional taʼlim muassasalari maʼmuriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;
taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlimni davom ettirishini toʻxtatish boʻyicha professional taʼlim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilish;
axborot-kutubxona, professional taʼlim muassasasining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari xizmatlaridan taʼlim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash boʻyicha murojaat qilish;
oliy taʼlim muassasasining tegishli yoʻnalishlarida taʼlimni davom ettirish;
taʼlim olishda oʻrta maxsus professional taʼlim dasturida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnikum oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(14-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Texnikum oʻquvchilari:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat taʼlim standartlarida belgilangan talablarni oʻquvchilar belgilangan muddatlarda bajarishi hamda bilim va koʻnikmalarni egallashga;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
uzrsiz sabablarga koʻra dars mashgʻulotlarini qoldirmaslik;
ushbu Ustavga, Texnikumning ichki tartib-qoidalariga, odob-axloq qoidalariga hamda oʻquv intizomiga rioya qilishga;
texnikum binolari va uning mol-mulkini asrab-avaylashga;
toʻlov-kontrakt boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnikum oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Oʻquv tarbiyaviy va ilmiy-metodik ish
16. Texnikumlarda idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar oʻquv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
17. Texnikumda:
taʼlim berish kamida 2 yil muddatda kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
kechki va sirtqi taʼlim shaklida oʻqish muddati va semestrlar davomiyligi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;
oʻquvchilar oʻqitish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashtiriladi;
guruhlarda oʻquvchilar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;
oʻquv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, taʼtillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi hamda taʼlim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;
texnikumda barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi;
texnikumda oʻqitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, kursda qoldirish, oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, oʻqishdan chetlashtirish, kursda qoldirish ilmiy pedagogik kengashning qarori va texnikum direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi;
kursdan kursga shartli ravishda oʻtkazishlarga yoʻl qoʻyilmaydi;
oʻquvchilarni texnikumda oʻqitish taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi;
texnikum oʻquvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish va malakaviy amaliyot oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ish beruvchilarni oʻquv jarayoniga foydalaniladigan oʻquv-normativ xujjatlarni ishlab chiqishga jalb etish;
bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni qoʻllab, texnikum hamda muassasa va tashkilotlarning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash;
oʻquvchilarning oʻquv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
oʻquv reja va fan dasturlarining barcha talablarini bajargan oʻquvchi texnikum ilmiy pedagogik kengashining qarori va direktorning boʻyrugʻi bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qoʻyiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi;
Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan taʼlim olgan mutaxassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi;
Diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati, oʻtilgan soatlar hajmi, ularni oʻzlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi;
texnikumni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi;
oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvoffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suxbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-kursdan oʻqishni davom ettirish xuquqiga ega boʻladi;
oʻquv-metodik, ilmiy-metodik va tajriba ishlarini amalga oshirish maqsadida texnikum fan kafedralarini tashkil kiladi;
oʻquv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita va oʻqitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi;
oʻquv jarayoniga yoʻnalishlar boʻyicha olim va mutaxassislar jalb qilinadi. Texnikumda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchun sharoit yaratiladi va ragʻbatlantiriladi.
18. Texnikumda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy anʼanalarga asoslanadi.
Texnikumda:
Oldingi tahrirga qarang.
vatanparvarlik va milliy mustaqillik gʻoyalariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshishga qodir shaxsni tarbiyalash oʻquv jarayoni bilan uzviy ravishda oila, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladi;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy anʼanalariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish maqsadida texnikumning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish yoʻlga qoʻyiladi;
oʻquvchilarning oʻz intellektual darajasini oshirishlari uchun badiiy adabiyotlarni oʻqishga qiziqtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targʻibot ishlarini olib borish yangi adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish va targʻib qilish orqali amalga oshiriladi;
texnikum oʻquvchilarida muloqot madaniyatining zamonaviy shakllarini yaratish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bahs-munozaralar va davra suhbatlari uyushtiriladi;
chet tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy materiallarni oʻrganish va taʼlim-tarbiyaga tatbiq etish maqsadida videoroliklar, bukletlar, flayerlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy, milliy gʻoyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega boʻlgan maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliy-madaniy, tarixiy anʼanalarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qoʻllaniladi;
oʻquvchilarda taʼlim muassasasi va tanlagan kasbni egallash boʻyicha berilgan imkoniyatlardan gʻururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi;
oʻquv yilining birinchi kuni vazirlik, hokimiyat, hududiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, oliy taʼlim muassasasi va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida oʻquvchilarning tantanali saflanishi, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻini olib chiqish, Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi va belgilangan tadbir asosida davom ettiriladi;
birinchi mashgʻulot Oʻzbekiston Respublikasining milliy mustaqillik gʻoyalariga bagʻishlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, hududiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbariyati va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yoshlarga oid muhim masalalarni muhokama etish uchun muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkazib boriladi.
6-bob. Taʼlim muassasasini boshqarish
19. Texnikumni boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil etilgan texnikumlar direktori rektor tavsiyasiga binoan boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik, idora va tashkilot rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Texnikum direktori:
texnikum faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va texnikumga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻrinbosarlar vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, texnikumning tarkibiy boʻlinmasi rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyati uchun javobgarligini belgilaydi;
texnikum faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, buyruqlari va koʻrsatmalari amalga oshirilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga asosan texnikum nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi;
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
texnikum tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
texnikum oʻqituvchi va xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
texnikum tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
texnikum pedagogik xodimlari va oʻquvchilari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
texnikumning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;
texnikumning mol-mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
texnikumning shtat jadvallari va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
texnikum oʻqituvchilari va boshqa xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, oʻrnak koʻrsatgan texnikum xodimlariga unvonlar berish va davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
texnikum direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(19-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7-bob. Taʼlim muassasasining tuzilishi
20. Texnikum shtatlari jadvali amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
21. Texnikumda Ilmiy pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi, Jamoatchilik kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.
22. Texnikum faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun texnikum ilmiy pedagogik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etiladi. Kengash toʻgʻrisidagi nizom va uning ish rejasi Kengash yigʻilishida tasdiqlanadi.
Kengash tarkibi direktor tomonidan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga oliy taʼlim muassasasining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, direktor oʻrinbosarlari, kotib, yuqori malakali oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hamda biriktirilgan oliy taʼlim muassasasi vakillari kiradi.
Kengash qarorlarining ijrosi direktor va uning oʻrinbosarlari tomonidan taʼminlanadi.
23. Kengashning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
texnikum faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarining buyruqlari, hududiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasining koʻrsatmalari va topshiriqlari ijrosi taʼminlanishini tashkil qilish;
texnikumning yillik ish rejasi va boshqa rejalarni tasdiqlash;
budjetdan tashqari mablagʻlar sarf-xarajati hisobotlarini koʻrib chiqish;
texnikum pedagogik jamoasining faoliyatini oʻquvchilarning egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarini taʼminlashga, oʻquvchilarga taʼlim berish sifatini oshirishga yoʻnaltirish;
oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda oʻquv-metodik jarayonni tashkil etish, moddiy-texnik bazadan unumli foydalanish masalalarini koʻrib chiqish;
texnikum oʻquvchilarining yoʻnalishlar boʻyicha axborotlari va hisobotlarini eshitish, taʼlim muassasasining sanitariya-gigiyenik holati, yongʻinga qarshi amalga oshiriladigan ishlar, mehnatni muhofaza qilish, oʻquvchilarning sogʻligʻi va hayotiga oid hamda boshqa masalalarni muhokama qilish va qaror qabul qilish;
texnikum guruh murabbiylari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni eshitish;
qabul komissiyasining texnikumga oʻquvchilarni qabul qilish yuzasidan hisobotini eshitish;
oʻquvchilarga taʼlim berishda oʻqitishning ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish choralarini koʻrish;
oʻquvchilarni yuksak maʼnaviy-axloqiy, umuminsoniy va milliy ruhda, oʻz Vatani, xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish;
texnikumda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va taʼlim samaradorligini oshirish boʻyicha zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, kursda qoldirish, chetlashtirish, oʻqishga tiklash, bitiruvchilarga oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlar, shu jumladan, ularning dublikatini berish masalalarini koʻrib chiqish;
yuqori malakali pedagoglarning ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, yosh pedagog oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish;
oʻz vakolati doirasida lokal hujjatlarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
chin yetim, yetim, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish;
direktor oʻrinbosarlari, tarkibiy boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini eshitish.
Kengash texnikum faoliyatiga taalluqli boʻlgan boshqa muhim masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Texnikum tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilot, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, murabbiylar kengashi va taʼlim-tarbiya jarayoniga daxldor boʻlgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
25. Texnikumda fan kafedralari va biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarining kafedra filiallari tashkil etiladi.
Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati toʻgʻrisidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.
26. Texnikumning oʻqituvchilari va tegishli oliy taʼlim muassasasi kafedralarining professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
27. Texnikum direktori taʼlim muassasasidagi oʻquv-tarbiya va ilmiy-metodik ishlar samaradorligi boʻyicha oliy taʼlim muassasasining kengashida hisobot beradi.
Oliy taʼlim muassasasi kengashi yigʻilishlarida texnikum direktori ishtirok etadi.
8-bob. Pedagog xodimlar, oʻquv-tarbiyaviy xodimlar
28. Texnikumda pedagog xodimlaor, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar faoliyat yuritadi.
29. Pedagog xodimlar tarkibiga oliy maʼlumotli, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi va ishlab chiqarish ustasi lavozimlari kiradi.
30. Belgilangan talablarga muvofiq tegishli oliy maʼlumotga, kasb tayyorgarligi va zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar texnikumda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Sud qarori bilan kasb-hunar taʼlimi muassasalarida ishlashi taqiqlangan shaxslarning texnikumga faoliyat olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Texnikumlarga xodimlarni ishga qabul qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari oʻrindoshlik asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi toʻlash shartlari asosida pedagogik faoliyatga jalb etilishi mumkin.
32. Pedagog, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning huquq va majburiyatlari texnikumning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari va lavozim yoʻriqnomalarida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Texnikumning oʻqituvchi va boshqa xodimlari tarkibini davriy attestatsiyadan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
34. Texnikum direktori oʻrinbosarlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda texnikum direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
9-bob. Jamoat tashkilotlari
Oldingi tahrirga qarang.
35. Texnikumda oʻquvchi, pedagog xodim, maʼmuriy va yordamchi xodimlarni birlashtiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. Jamoat tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
36. Texnikum oʻquvchilarining Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti oʻzini oʻzi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot boʻlib, yoshlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda oshkoralik va adolat tamoyillari asosida ish yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonunchilik hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Nizomi asosida faoliyat koʻrsatadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
38. Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining maqsad-vazifalari texnikum yoshlarini birlashtirish, sogʻlom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib oʻrin egallashga koʻmaklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.
39. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi texnikum xodimlari va oʻquvchilarining koʻngilli jamoat birlashmasi sifatida eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan ish koʻradi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
10-bob. Texnikumning mol-mulki va mablagʻlari
Oldingi tahrirga qarang.
41. Texnikum oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatini budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida amalga oshiradi. Texnikum faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar va mablagʻlar orqali amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda:
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari;
oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobidan amalga oshiriladi.
42. Texnikumning moliyaviy mablagʻi uning toʻliq ixtiyorida boʻlib, qonun bilan belgilangan tartibda taʼlim muassasasining ehtiyojini qondirishga ishlatiladi.
43. Bino, xonalar mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi.
44. Texnikum oʻz faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda amalga oshiradi, moliya va statistika hisobotlarini yuritadi hamda tegishli organlarga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Texnikumning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11-bob. Qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
46. Texnikumni qayta tashkil etish yoki tugatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 7-son, 49-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2017-yil 1-maydagi 251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 18-son, 324-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2020-y., 09/20/466/1164-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2023-y., 09/23/648/0929-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)