1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini turizm hamda unga bevosita bogʻliq boʻlgan tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash orqali kamaytirish, mamlakatda sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash, shuningdek, “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoni va “Sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda, turizm sohasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.04.00 Ekskursiyalar]
Turoperator va turagentlik xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/622/0897-son)
Xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yigʻinlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)
Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 10-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizom 11-ilovaga muvofiq;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Turizm axborot markazlarini barpo etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 12-ilovaga muvofiq;
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 13-ilovaga muvofiq;
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 14 va 15-ilovalarga muvofiq;
Sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan amaldagi va bugungi kunda foydalanilmayotgan sobiq turizm sohasidagi davlat aktivlari va ular egallab turgan yer uchastkalari roʻyxati 16-ilovaga muvofiq;
(1-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 17-ilovaga muvofiq;
Turizm sohasida amalga oshirish tavsiya qilinadigan innovatsion biznes gʻoya va startaplar roʻyxati 18-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Chora-tadbirlar rejasi bajarilishi ustidan doimiy monitoringni olib borilishini hamda monitoring natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar axborot kiritilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
b) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DM) turizm axborot markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini muvofiqlashtiradi va quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Markaz tizimi orqali boshqa tashabbuskorlar tomonidan tashkil etilgan va tegishli hududlarda faoliyat olib borayotgan markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
barcha markazlarga kerakli metodik va amaliy yordam koʻrsatish, ularni zarur axborot va targʻibot materiallari bilan taʼminlash;
markazlar reyestrini yuritish va monitoringini olib borish;
markazlar faoliyatida mavjud muammolarni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
v) “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK tomonidan tashkil etilgan markazlar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat mulki obyektlari, shu jumladan ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan binolar va yer uchastkalari doimiy foydalanishga bepul asosda ajratiladi;
g) Markaz tashkil etish joyni belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
d) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga aeroport, temir yoʻl vokzali hamda davlat mulki obyekti boʻlgan, shu jumladan ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan avtovokzallarda Markaz tashkil etish uchun ajratilgan maydonlardan tekin foydalanish huquqi beriladi;
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
e) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining buyurtmasiga asosan “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlaydi;
(3-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
j) “Chorvoq” suv omborida motorsiz, maxsus vazifalarni bajarish vakolatiga ega boʻlgan vazirlik va idoralarning hamda tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan, GPS uskunasi oʻrnatilgan va yagona milliy GPS monitoring hamda navigatsiya tizimiga ulangan motorli suv transporti vositalaridan tashqari barcha motorli suv transporti vositalarining harakatlanishi, shuningdek, Chirchiq daryosi va uning irmoqlarida (maxsus ajratilgan suv havzalaridan tashqari) choʻmilish, transport vositalarini yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash taqiqlanadi;
(3-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2024-y., 09/24/540/0684-son)
z) joylashtirish vositasining turini aniqlash va oʻrnatish xalqaro standartlashtirish tashkilotining standartlari asosida faqatgina Turizm qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Turizm qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shuningdek, davlat oʻrmon fondi uchastkalari hamda boshqa hududlarda amalga oshiriladigan togʻ, trek, changʻi, velosiped, mototsikl, gʻor turizmi, otda sayr qilish va turizmning boshqa maxsus turlaridagi ekskursiyalarning boshlanish qismida yengil konstruksiyali turizm axborot markazlari (tashrif markazlari — Visitor center) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun turizm sohasining subyektlariga oʻrnatilgan tartibda muayyan muddatga vaqtinchalik foydalanishga beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlarini hisobga olgan holda “Turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida Xavfsiz turizm jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoniga asosan turizm sohasining subyektlariga taqdim etiladigan foizsiz subsidiya, kompensatsiya va foizsiz ssudalar uchun budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar hamda Jamgʻarmaga Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobot yilida foydalanilmaganda olib qoʻyilmaydi va keyinchalik Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish uchun belgilangan tartibda va maqsadlarda foydalaniladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarni tijorat banklarida ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamgʻarib borish hamda vaqtincha boʻsh mablagʻlarni depozitga joylashtirish vakolati beriladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi uch oy muddatda:
turoperatorlik faoliyati uchun berilgan litsenziyalarni xatlovdan oʻtkazsin va yakuniga koʻra turoperator va turagentlar faoliyatlarini amalda boʻlgan litsenziyalariga asosan alohida faoliyatlarga ajratishni taʼminlasin;
turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun mazkur qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan oʻquv-seminarlar tashkil etsin;
xostel xizmatlarining muvofiqlik sertifikatlarini xatlovdan oʻtkazib, ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritsin.
9. Belgilansinki, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga (keyingi oʻrinlarda — Universitet deb ataladi) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, har oʻquv yili uchun Davlat test markazi veb-sayti orqali bakalavriatga va Universitet tomonidan magistraturaga amalga oshiriladigan qabul jarayonlarida, istisno tariqasida, xorijiy tillar (ingliz tili) boʻyicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) boʻyicha kamida V2 va undan yuqori, TOEFL IBT boʻyicha kamida 72 va undan yuqori ball bilim darajasi koʻrsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (V2 va undan yuqori) toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarning hujjatlari rasmiylashtirilishiga ruxsat etiladi.
10. Samarqand viloyati hokimligi bir hafta muddatda:
Samarqand viloyati Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bilan birgalikda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti rektoratini Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 20-uy manzilida joylashgan binoga (tutash hududi bilan birgalikda) operativ boshqaruv huquqi bilan begʻaraz asosda topshirilishini, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti qabul qilib olinishini;
Samarqand Harbiy prokuraturasi bilan birgalikda Samarqand shahri Bobir Mirzo koʻchasi 3-uy manzilida joylashgan maʼmuriy bino (bino va inshootlari)ni oʻrnatilgan tartibda “Ipak yoʻli ofisi” unitar korxonasi tasarrufiga begʻaraz asosda topshirilishini, “Ipak yoʻli ofisi” unitar korxonasi maʼmuriy binoni qabul qilib olinishi hamda undan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga tegishli Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur shoh koʻchasi, 107 “b”-uy manzilida joylashgan maʼmuriy binoning tutash hududidagi yer usti va osti avtoturargohi, dov-daraxtlar, kirish yoʻlaklari operativ boshqaruv huquqi bilan “Interhotel” MCHJ va “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini beriladigan mol-mulkning qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga bepul berilishi taʼminlansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 20-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 21-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
16. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror hamda turizm sohasida yaratilgan imkoniyatlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 2-ILOVA
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish hamda turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan turistik xizmatlarning alohida turlari, shu jumladan turoperator xizmatlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari (restoranlar) xizmatlari, turistlarga transport xizmatini koʻrsatish xizmatlarini sertifikatlashtirish ushbu Nizom talablariga muvofiq ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza beruvchi — sertifikatlashtirish obyektini sertifikatlashtirishga ariza bergan shaxs;
bitim — muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini berish toʻgʻrisidagi bitim;
joylashtirish vositalari xizmatlari — joylashtirish vositalarida, shu jumladan bajaruvchi va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha roʻyxati belgilangan qoʻshimcha xizmatlar majmui;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa obyektlar, shuningdek joylashtirish vositasi sifatida tunash uchun jihozlangan yer usti transporti;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)
joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarni tasniflash tizimi (tasniflash tizimi) — normativ hujjatda belgilangan, binolar, jihozlar, inshootlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar nomenkulaturasi va sifati, xizmat koʻrsatish darajasiga doir talablar majmuiga asoslangan tegishli toifani joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarga berish uchun koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini baholash tizimi;
muvofiqlik belgisi — xizmatning muayyan normativ hujjatga muvofiqligini koʻrsatish uchun xizmatlarga doir ilova hujjatlari uning bilan tamgʻalanadigan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan belgi;
muvofiqlik sertifikati (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) — turoperator, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini va ularning muayyan normativ hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;
sertifikati egasi — sertifikat berilgan shaxs;
plyaj xizmatlari — dam olish, choʻmilish, sogʻlomlashtirish tartib-taomillari uchun moʻljallangan va jihozlangan, qoʻm, shagʻal, tosh yoki boshqa materiallardan tashkil topgan tabiiy yoki sunʼiy suv havzalari qirgʻoq boʻylarida koʻrsatiladigan xizmatlar majmui;
sertifikatlashtirish obyektlari — turoperator, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish;
sertifikatlashtirish — sertifikatlashtirish obyektining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash boʻyicha faoliyat;
togʻ changʻisi trassalari xizmatlari — togʻ changʻisi, snoubord va boshqalarda uchish uchun moʻljallangan, loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan chegaralar va komponentlarga ega boʻlgan, togʻ yonbagʻrida xavfsiz va qulay turishni taʼminlaydigan inshootda koʻrsatiladigan xizmatlar majmui;
turoperator xizmatlari — turistik mahsulotni targʻib qilish va realizatsiya qilish boʻyicha xizmatlar (tashish, joylashtirish, ovqatlanish, axborotga oid xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xizmatlar majmui (shu jumladan gid (ekskursiya yetakchisi), gid-tarjimon va (yoki) yoʻriqchi-yoʻl boshlovchining xizmatlari) va shartnoma boʻyicha koʻrsatiladigan boshqa turistik xizmatlar).
3. Joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida amalga oshirish mumkin, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 3-marta (har 1,5 yilda) inspeksiya nazoratini oʻtkazgan holda besh yildan iborat boʻladi.
Turoperator xizmatlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari (restoranlar) xizmatlari va turistlarga transport xizmatini koʻrsatish xizmatlari uchun ixtiyoriylik asosida berilgan sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 1-marta (har 2,5 yilda) inspeksiya nazoratini oʻtkazgan holda besh yildan iborat boʻladi.
Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Amaldagi sertifikatsiz joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 214-moddaci.
4. Turoperator, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlar xizmatlarini sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek, sertifikatlashtirilgan xizmatlarining standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar (keyingi oʻrinlarda — normativ hujjat) talablariga muvofiqligining inspeksiya nazoratini oʻtkazish, “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DM (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
5. Turistik xizmatlarning standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
6. Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni oʻrganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)
7. Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Markaz elektron shaklda Markazning rasmiy veb-sayti orqali ariza va unga ilova qilingan hujjat va maʼlumotlarni yuboradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
8. Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:
normativ hujjatlar talablariga binoan turizm sohasida maʼlumotga va/yoki malaka sertifikatlariga ega boʻlgan ariza beruvchining xodimlari toʻgʻrisida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlar;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beruvchi tomonidan turoperator xizmatini tashkillashtirish uchun tuzilgan shartnomalar (transport va ekskursiya xizmatiga, joylashtirish, gid-tarjimonlar xizmatiga, ovqatlanish, koʻngilochar va dam olish, turagentlik xizmatlariga hamda turistlarni qabul qiluvchi davlatlardagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va boshqalar) roʻyxati.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
9. Joylashtirish vositalari xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:
normativ hujjatlar talablariga binoan turizm sohasida maʼlumotga va/yoki malaka sertifikatlariga ega boʻlgan ariza beruvchining xodimlari toʻgʻrisida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlar;
vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga joylashtirish vositasining muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yongʻin va sanitariya-gigiyena xavfsizligi va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish) xulosa (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech boʻlmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan joylashtirish vositalari uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar oʻrniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
mehmonlar xavfsizligi va xizmat koʻrsatish (dezinfeksiya, yongʻin signalizatsiyasi tizimi va liftlarga texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida) sifatini taʼminlash boʻyicha tegishli xizmatlar bilan shartnomalar nusxalari;
Markaz ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
10. Togʻ changʻisi trassalari xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:
normativ hujjatlar talablariga binoan qutqaruv xizmatlarini attestatlash organida attestatsiyadan oʻtgan ariza beruvchining xodimlari, qutqaruv boʻlinmalari va qutqaruvchilari toʻgʻrisida ushbu Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlar;
vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga togʻ changʻisi trassalarining muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yongʻin va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, ekologik talablarga muvofiqligi va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini toʻgʻrisida davlat ekologik ekspertizasi, togʻ koʻchkilari xavfi boʻyicha va osma kanat yoʻlini xavfsiz ekspluatatsiya qilish) xulosa (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech boʻlmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan togʻ changʻisi trassalari uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar oʻrniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
trassa nomi koʻrsatib oʻtilgan holda togʻ changʻisi trassasining 1:5000 masshtabdagi sxemasi (xaritasi, rejasi);
togʻ changʻisi majmuasi hududidagi obyektlarning joylashish reja-xaritasi;
Markaz ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
11. Plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi lozim:
normativ hujjatlar talablariga binoan qutqaruv xizmatlarini attestatlash organida attestatsiyadan oʻtgan ariza beruvchining xodimlari, qutqaruv boʻlinmalari va qutqaruvchilari toʻgʻrisida ushbu Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlar;
vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga plyajlarning muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yongʻin va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, suv sifati boʻyicha laboratoriya nazorati va plyaj akvatoriyasi tubini gʻavvoslar tomonidan tekshirish natijalari boʻyicha) xulosa (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech boʻlmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan plyajlar uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar oʻrniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
plyaj hududidagi obyektlarning joylashish reja — xaritasi;
Markaz ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
12. Ariza beruvchining xohishiga koʻra ariza beruvchining koʻrsatilayotgan xizmatlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlar arizaga ilova qilinishi mumkin.
2-§. Sertifikatlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Markaz ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida arizani koʻrib chiqadi va sertifikatlashtirishni amalga oshirish toʻgʻrisida yoki sertifikatlashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
14. Sertifikatlashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
arizada toʻliq boʻlmagan hajmdagi maʼlumotlarni koʻrsatish;
ushbu Nizomning 8, 9, 10 yoki 11-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim qilinishi;
agarda taqdim etilgan ariza, hujjatlar va maʼlumotlar sifatining sertifikatlashtirish maqsadlari uchun zarur boʻlgan axborotni toʻliq darajada aniqlashga imkon bermasligi.
Sertifikatlashtirishni ushbu bandda koʻrsatib oʻtilmagan boshqa asoslar boʻyicha rad etish mumkin emas.
15. Markaz qaror qabul qilgandan keyin bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga quyidagilarni yuboradi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisida — sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror va Markazning bank hisob rekvizitlari, sertifikatlashtirishga toʻlanadigan haq miqdori va muddati koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar (xizmatlar) narxi ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan hisoblanadi;
sertifikatlashtirishni rad etish toʻgʻrisida — rad etishning muayyan asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda qaror.
16. Ariza beruvchi qarorni olgandan keyin oʻttiz kun mobaynida Markaz bilan sertifikatlashtirish toʻgʻrisida shartnoma imzolashi va Markazning bank hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha haq toʻlashi shart.
17. Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlar buzilgan taqdirda Markazning sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilinadi, bu toʻgʻrida ariza beruvchi ikki ish kuni mobaynida xabardor qilinadi.
18. Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlar ariza beruvchi tomonidan bajarilgandan keyin bir ish kuni davomida Markaz rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tarkibi va sertifikatlashtirish maqsadi, obyektlari, hajmi va uning boʻyicha ishlar mazmunini aniqlaydigan sertifikatlashtirish dasturi tasdiqlanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Komissiya ishini rejalashtirish va muvofiqlashtirishni Markazning sifat boʻyicha ekspert-auditorlari orasidan tayinlanadigan uning raisi amalga oshiradi.
19. Komissiya tomonidan sertifikatlashtirish obyektining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash:
turoperator xizmatlari uchun — turoperator xizmatlari koʻrsatiladigan joyda oʻtkaziladi;
joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari uchun — joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajning joylashgan joyida oʻtkaziladi.
Komissiya Markaz rahbariyatining buyrugʻi tasdiqlangan kundan boshlab besh ish kuni davomida baholashni oʻtkazishni boshlashi kerak. Baholash muddati joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarda ikki ish kunidan, turoperatorlar xizmatlarida bir ish kunidan oshmasligi lozim.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
20. Baholashni oʻtkazish uchun ariza beruvchi komissiyaga normativ hujjatlar talablariga binoan zarur hujjatlarni taqdim etishi va uning ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratishi lozim.
Bunda ariza beruvchidan, taqdim qilinayotgan xizmatlarni sertifikatlashtirishga tegishli boʻlmagan hujjatlarni berishni va ularni baholashni amalga oshirishni talab qilish mumkin emas.
21. Baholash vaqtida normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obyektining aniq muvofiqligi, shu jumladan quyidagilar tekshiriladi:
a) xodimlarning malakasi, ularning oʻz lavozim yoʻriqnomalarini bilishlari va unga rioya qilishlari;
b) sertifikatlashtirish obyektining holati va jihozlanganligi;
v) ariza beruvchining xavfsizlikni taʼminlash tizimi talablariga rioya qilishi va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati.
22. Joylashtirish vositalari xizmatlari uchun quyidagilar majburiy shartlar hisoblanadi:
mehmonxonalarning nomerlarni onlayn band qilish halqaro servislarga ulanishini;
Internet tarmogʻiga, shu jumladan kamida 4 mb/s tezlikdagi wi-fi simsiz tarmogʻi orqali kirishni taʼminlash.
23. Sertifikatlashtirish obyektining normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha nomuvofiqlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
24. Joylashtirish vositalari xizmatlarini baholash oʻtkazilayotganda quyidagilar majburiy shartlar hisoblanadi:
10 tagacha nomerga ega boʻlgan joylashtirish vositalarining nomerlarini toʻliq tekshirish;
10 tadan koʻp nomerga ega boʻlgan joylashtirish vositalarining nomerlarini tanlab tekshirish (15 % dan 30 % gacha);
joylashtirish vositalarining boshqa xonalari va jihozlarini toʻliq tekshirish.
Nomerlarni tanlash komissiya raisi tomonidan amalga oshiriladi va joylashtirish vositasining haqiqiy holatining aniqligini taʼminlashi kerak.
Agar ariza beruvchining ikki yoki undan ortiq joylashtirish vositalari mavjud boʻlsa har bir joylashtirish vositasi boʻyicha alohida sertifikatlashtirish oʻtkaziladi.
25. Agar ariza beruvchi oʻzining turistik industriya obyektlariga toifa berilishiga daʼvogar boʻlsa, bu toʻgʻrida arizada koʻrsatib oʻtilishi kerak, turistik industriya obyektlarini baholash vaqtida komissiya ushbu obyektni tasniflash tizimiga binoan uning tegishli toifaga muvofiqligini aniqlaydi.
26. Mehmonxonalar toifalari yulduz (yulduzlar) koʻrinishidagi belgi bilan belgilanadi va beshta toifa boʻyicha tasniflanadi. Eng yuqori toifa bu besh yulduz, eng past — bitta yulduz.
Togʻ changʻisi trassalari toʻrtta toifa boʻyicha tasniflanadi:
yashil rang — oʻrganuvchilar uchun;
koʻk rang — murakkablikning quyi darajasi;
qizil rang — murakkablikning oʻrta darajasi;
qora rang — murakkablikning yuqori darajasi.
Plyajlar uchta toifa boʻyicha tasniflanadi:
koʻk bayroq — I toifadagi plyaj uchun;
yashil bayroq — II toifadagi plyaj uchun;
sariq bayroq — III toifadagi plyaj uchun.
Baholash davomida ushbu Nizomning 7, 8 va 9-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha tasniflash bayonnomasi yoki ushbu Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha turoperator xizmati va joylashtirish vositasini baholash bayonnomasi tuziladi.
27. Ish natijalariga koʻra komissiya ushbu Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha, qaror qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasini ikki nusxada tuzadi.
Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasida sertifikatlashtirish maqsadlari uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa axborot qoʻshimcha tarzda aks ettirilishi mumkin.
28. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasiga sertifikatlashtirish obyektini baholash bayonnomasi, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari uchun — tasniflash bayonnomasi, nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda — nomuvofiqlik toʻgʻrisida bayonnomalar hamda sertifikatlashtirishning barcha bosqichlarida komissiya tomonidan shakllantirilgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi va bayonnomalarning ikkinchi nusxasi ariza beruvchiga imzo qoʻydirib beriladi.
4-§. Sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilish
29. Komissiya raisi sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi tuzilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida ushbu dalolatnomani Markazga taqdim etadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
30. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida Markaz quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
sertifikat berish toʻgʻrisida (joylashtirish vositalari xizmatlariga nisbatan sertifikat berish toʻgʻrisidagi qarorda ularning tasniflash tizimiga binoan tegishli toifani berish toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilishi mumkin);
sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida — agar aniqlangan nomuvofiqliklar baholash vaqtida ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa.
Qaror sertifikatlashtirishda ishtirok etmagan sifat boʻyicha ekspert-auditor tomonidan tayyorlanadi va Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
31. Sertifikat egasi va Markaz oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan muvofiqlik belgisidan foydalaniladi va u sertifikatning amal qilish muddati davomida sertifikatlashtirish obyektida Markaz tomonidan inspeksiya nazorati oʻtkazilishi orqali tasdiqlanishi lozim.
32. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda ushbu qaror ariza beruvchiga yuboriladi.
Sertifikat berish toʻgʻrisidagi qarorda ariza beruvchiga Markaz bilan bitimni imzolash shartlari va muddatlari hamda sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllashga toʻlov toʻlash uchun Markazning bank hisobi rekvizitlari koʻrsatib oʻtiladi.
Sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash uchun toʻlov miqdorini ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq ariza beruvchining oʻzi mustaqil hisoblaydi.
33. Sertifikat berish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab oʻttiz kun davomida ariza beruvchi Markaz bilan bitimni imzolashi, Markazning bank hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllashga toʻlovni toʻlashi hamda ushbu hisobini Markazga taqdim etishi kerak.
34. Ushbu Nizomning 33-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlardan biri buzilgan holatlarda Markazning sertifikat berish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilinadi, bu toʻgʻrida ariza beruvchiga bildirish xati yuboriladi. Bunda sertifikatlashtirish toʻgʻrisida shartnoma boʻyicha toʻlangan toʻlov ariza beruvchiga qaytarib berilmaydi.
35. Sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlgan muayyan sabablar koʻrsatib oʻtilgan, sertifikat berishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga yuboriladi. Ariza beruvchi qarorni olgan kundan boshlab oʻttiz kun davomida koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etadi va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim qiladi.
36. Sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilgan holatlarda, nomuvofiqliklarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi tegishli ariza ariza beruvchidan olingan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda bepul ravishda, faqat nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlash uchun oʻtkaziladigan sertifikatlashtirish bosqichi amalga oshiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Bunda komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida avval tuzilgan dalolatnomaga qoʻshimcha ravishda sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasini tuzadi.
Sertifikatlashtirish obyektini baholashning qoʻshimcha dalolatnomasida sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilganligi toʻgʻrisida axborot koʻrsatiladi.
37. Markaz komissiyaning qoʻshimcha dalolatnomasi olgan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda ushbu Nizomning 30-bandiga muvofiq qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni davomida ushbu qaror ariza beruvchiga yuboriladi.
Bunda yangi asoslar boʻyicha sertifikat berishning rad etilishi mumkin emas.
38. Sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan sertifikatlashtirish talablarini bajarish toʻgʻrisidagi ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
39. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 33-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlarni bajargan kunning oʻzida Markaz ushbu Nizomning 13 va 14-ilovalariga binoan shaklda sertifikat rasmiylashtiradi va uni Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Rasmiylashtirilgan sertifikat QR-kod sanoqli tizimidan foydalangan holda elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
40. Ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra sertifikat maxsus blankda rasmiylashtirilishi va ariza beruvchining tegishli tarzda vakolatlangan vakiliga imzolab berilishi mumkin.
Sertifikat blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi, blankalar Markazga blankalarni zarur miqdorda beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmasiga binoan “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlanadi.
41. Amaldagi sertifikat uning egasiga muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan esa tasniflash tizimiga muvofiq berilgan toifani qoʻllashga huquq beradi. Turoperator, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari koʻrsatish vaqtida amaldagi sertifikat egalari muvofiqlik belgisidan sertifikatning amal qilish muddati davomida oʻzlarining reklama va axborot materiallarida foydalanishlari mumkin.
Ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlarini koʻrsatish uchun sertifikatda tasniflash tizimi boʻyicha ularning toifasi koʻrsatiladi yoki koʻrsatib oʻtilmaydi.
Joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarga nisbatan har bir joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassasi va plyajga alohida sertifikat beriladi.
Turoperator xizmatlariga nisbatan xizmat koʻrsatiladigan har bir joyga alohida sertifikat beriladi.
42. Sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan faoliyatni keyinchalik amalga oshirish uchun sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha uch oydan kech boʻlmagan vaqtda sertifikat egasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qayta sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Markazga murojaat qilishi kerak.
43. Sertifikat egasi:
normativ hujjatlarga va ushbu Nizom talablariga, bitim shartlariga rioya qilishi;
xizmatlarga doir sertifikatni qoʻllash va ilova hujjatlarini muvofiqlik belgisi bilan belgilash qoidalariga va normativ hujjatlar talablariga binoan joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarga berilgan toifani ishlatish qoidalariga rioya qilishi;
barcha manfaatdor shaxslarga sertifikat bilan bemalol tanishish imkoniyatini taʼminlashi;
ushbu Nizomning 2, 3 va 4-ilovalariga muvofiq shakllarda taqdim qilingan maʼlumotlarning oʻzgarishi va menejmenti tizimidagi, koʻrsatilayotgan xizmatlar roʻyxatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida Markazga bir oy davomida axborot berishi;
oʻz sertifikatini qoʻllash huquqini uchinchi shaxslarga bermasligi;
faoliyatni toʻxtatish, qaytadan tashkil etish yoki joylashgan joyini yoki xizmat koʻrsatish joyini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻttiz kun davomida sertifikatning asl nusxasini ilova qilgan holda Markazga yozma xabar berishi;
sertifikat egasini tugatish, uning faoliyatini toʻxtatish, uning qaytadan tashkil etilishi yoki qayta sertifikatlashtirishdan bosh tortish vaqtida sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha oʻzining xizmat koʻrsatishini toʻxtatishini taʼminlashi kerak, ushbu Nizom 80-bandining “b” kichik bandiga muvofiq sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar bundan mustasno.
6-§. Koʻrsatilayotgan turistik xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va qisqartirish boʻyicha sertifikatlashtirish
44. Koʻrsatilayotgan turistik xizmatlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha (qisqartirish) sertifikatlashtirish, ushbu Nizomning 7 — 24 hamda 27 — 30-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
45. Sertifikatlashtirish obyektining koʻrsatilayotgan turistik xizmatlar roʻyxatini qisqartirish Markaz qarori bilan quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:
turistik xizmatlar roʻyxatinini qisqartirish toʻgʻrisida sertifikatlashtirish obyektining arizasi;
sertifikatlashtirish obyekti faoliyatining inspeksiya nazorati natijalari.
46. Turistik xizmatlar roʻyxatini kengaytirish yoki qisqartirish vaqtida Markaz sertifikatlashtirish obyektining sertifikatini qayta rasmiylashtiradi. Bunda sertifikatning amal qilish muddati avval berilgan sertifikatning amal qilish muddatiga muvofiq boʻladi.
47. Turistik xizmatlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha sertifikatlashtirish ishlarining (xizmatlar) narxi ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan toʻlovlar miqdorini eʼtiborga olgan holda faqat kengaytirilayotgan xizmatlar uchun hisoblanadi.
Turistik xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va qisqartirish boʻyicha sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash uchun toʻlov miqdorini ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq kengaytirilayotgan xizmatlar uchun ariza beruvchining oʻzi mustaqil hisoblaydi.
Turistik xizmatlarni qisqartirish uchun toʻlov undirilmaydi.
48. Davriy inspeksiya nazorati normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obyektining muvofiqligini tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Inspeksiya nazoratini oʻtkazish muddati turoperator xizmatlari uchun besh ish kunidan hamda joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyajlar uchun oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
49. Markaz inspeksiya nazoratini oʻtkazish davrini belgilaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi veb-saytida Inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejasini joylashtiradi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
50. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun Markaz rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tarkibi, inspeksiya nazoratini oʻtkazish muddati va dasturi tasdiqlanadi.
Markazning sifat boʻyicha ekspert-auditorlari orasidan komissiya raisi tayinlanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
51. Markaz inspeksiya nazorati oʻtkaziladigan oy boshlanguncha oʻn ish kunidan kech boʻlmagan vaqtda sertifikat egasiga bu toʻgʻrida maʼlum qiladi va ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan, toʻlov miqdorlarini eʼtiborga olgan holda hisoblanadigan inspeksiya nazoratini oʻtkazish narxi toʻgʻrisida xabar beradi.
Sertifikat egasi tasdiqlangan rejaga binoan inspeksiya nazorati oʻtkazilishi lozim boʻlgan oyning oʻn beshinchi sanasigacha inspeksiya nazoratini oʻtkazish toʻlovi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni Markazga taqdim qilishi lozim.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
52. Inspeksiya nazoratini oʻtkazishga oʻz vaqtida toʻlov toʻlanmaganda yoki inspeksiya nazoratini oʻtkazish rad etilganda Markaz sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
53. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorda inspeksiya nazoratini oʻtkazishga toʻlov toʻlash uchun sertifikat egasiga oʻttiz kunlik muddat berilishi koʻrsatib oʻtiladi.
Belgilangan muddat davomida sertifikat egasi tomonidan inspeksiya nazoratini oʻtkazishga toʻlov toʻlanganidan soʻng Markaz oʻn ish kuni davomida inspeksiya nazoratini oʻtkazishi kerak.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
54. Inspeksiya nazorati ushbu Nizomning 19 — 29 bandlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Bunda komissiya sertifikatining asl nusxasini mavjudligini va ushbu Nizomning 8 — 11 bandlarida belgilangan hujjatlarning dolzarbligini tekshiradi.
Inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha Markazning qarori chiqarilgungacha sertifikat egasi oʻz faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
(54-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
55. Rejadagi inspeksiya nazorati bitimga asosan sertifikatning amal qilishi davrida uch marta oʻtkaziladi.
Sertifikatlashtirishdan keyin:
birinchi rejadagi inspeksiya nazorati sertifikat berilgandan keyin kamida olti oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi;
keyingi rejadagi inspeksiya nazoratlari avvalgi inspeksiya nazorati oʻtkazilgandan keyin kamida oʻn sakkiz oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son)
56. Sertifikatlashtirish obyekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazorati ushbu Nizomning 43-bandi talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va sertifikatlashtirish obyektlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifati yuzasidan isteʼmolchilarning yozma shikoyat murojaati Markazga tushgan taqdirda oʻtkaziladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
57. Isteʼmolchilarning yozma murojaati asosida amalga oshiriladigan rejadan tashqari inspeksiya nazorati murojaat yoki shikoyatda koʻrsatib oʻtilgan nomuvofiqliklarni baholashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
58. Inspeksiya nazoratining dalolatnomasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida Markaz quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
(58-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
a) inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy boʻlganda — sertifikatning amal qilishini tasdiqlash toʻgʻrisida. Joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan qarorda tasniflash tizimiga binoan amaldagi toifasini tasdiqlash yoki oʻzgarishi toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilishi mumkin;
b) inspeksiya nazoratining natijalari salbiy boʻlganda — sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida. Joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan qarorda ularning amaldagi toifasini qoʻllashga vaqtinchalik taqiq koʻrsatib oʻtiladi.
Qaror inspeksiya nazoratida ishtirok etmagan sifat boʻyicha ekspert-auditor tomonidan tayyorlanadi va Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(58-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Inspeksiya nazorati natijalariga koʻra joylashtirish vositalarining turi va (yoki) xili oʻzgartirilishi mumkin va bu haqda qarorda koʻrsatiladi.
59. Inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror uning qabul qilingan kunidan boshlab ikki ish kuni davomida sertifikat egasiga yuboriladi.
60. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun sertifikat egasiga oʻttiz kunlik muddat berilishi koʻrsatib oʻtiladi.
Belgilangan muddat davomida sertifikat egasi aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etishi va bu toʻgʻrida Markazga ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ariza taqdim qilishi mumkin.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
61. Sertifikat egasidan sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tegishli ariza barcha tasdiqlovchi hujjatlar bilan oʻz vaqtida Turizm qoʻmitasiga kelib tushgan holatlarda komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida avval tuzilgan dalolatnomaga sertifikat obyekti inspeksiya nazoratining qoʻshimcha dalolatnomasini uch kun muddatda tuzadi.
(61-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Bunda inspeksiya nazoratining qoʻshimcha dalolatnomasini tuzish uchun toʻlov undirilmaydi.
Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar sertifikat egasi tomonidan bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi axborot inspeksiya nazoratining qoʻshimcha dalolatnomasida koʻrsatiladi.
62. Komissiyaning qoʻshimcha dalolatnomasi olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda Markaz quyidagilar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
a) inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy boʻlganda — sertifikatning amal qilishini tasdiqlash toʻgʻrisida. Joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan qarorda tasniflash tizimiga binoan amaldagi toifasini tasdiqlash yoki oʻzgarishi toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilishi mumkin;
b) inspeksiya nazoratining natijalari salbiy boʻlganda — sertifikatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida.
Bunda inspeksiya nazoratining dalolatnomasida ilgari koʻrsatib oʻtilmagan yangi nomuvofiqliklar boʻyicha sertifikat amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin emas.
63. Toʻxtatib turish toʻgʻrisida qarorda koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagach Markazga kelib tushgan sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
64. Quyidagi holatlarda ham sertifikatning amal qilishi tugatiladi:
a) sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;
b) sertifikatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida sertifikat egasining arizasi boʻyicha;
v) sertifikat egasidan faoliyatni tugatish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha — faoliyatni tugatish yoki toʻxtatish kunidan boshlab;
g) sertifikat egasini tugatish yoki uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida nazorat yoki roʻyxatga olish organlaridan olingan axborot boʻyicha — sertifikat egasi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab;
d) sertifikat egasi qayta tashkil etilganda — qayta tashkil etish kunidan boshlab, agar sertifikat egasi bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻttiz kun davomida sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bilan Markazga murojaat qilgan taqdirda, mazkur qayta oʻzgartirishlar bundan mustasno;
(64-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
e) sertifikat egasining joylashgan joyi yoki sertifikatda koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarni koʻrsatish joyi oʻzgarganda, agar sertifikat egasi tegishli qaror qabul qilish kunidan boshlab oʻttiz kun davomida Markazga sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan boʻlsa, mazkur holat bundan mustasno;
(64-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
j) joylashtirish vositalari tomonidan, shu jumladan xalqaro bronlashtirish maydonlarida muvofiqlik belgisidan (yulduzlar) noqonuniy foydalanganlik holati aniqlanganda;
z) ushbu Nizomning 52-bandi va 58-bandining “b” kichik bandiga muvofiq sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilmagan holatlarda — Markaz tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab;
(64-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
i) inspeksiya nazorati davrida, shu jumladan yashirin baholashning natijalari asosida Markaz tomonidan berilgan koʻrsatma va tavsiyalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarning 30 foizidan ortigʻi bajarilmanganligi holatlari aniqlanganda.
(64-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
65. Ushbu Nizom 62-bandining “b” kichik bandi va 64-bandining “j” kichik bandiga muvofiq sertifikatining amal qilishi toʻxtatilgan tadbirkorlik subyekti Turizm qoʻmitasining tugatish toʻgʻrisidagi qarori chiqqan kundan boshlab uch oy oʻtgach sertifikatlashtirish obyektining sertifikatlashtirilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida ariza bilan Turizm qoʻmitasiga murojaat qilish huquqiga ega.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
66. Sertifikatning amal qilishi tugatilishitoʻgʻrisidagi qaror u qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida sertifikat egasiga yuboriladi.
67. Rejali inspeksiya nazorati oʻtkazish boʻyicha ishlarga haq toʻlash bitimda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Inspeksiya nazoratining narxi ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan toʻlovlar miqdorini eʼtiborga olgan holda hisoblanadi.
68. Sertifikat quyidagi dalillar aniqlangan holatlarda sud qarori boʻyicha bekor qilinishi mumkin:
a) sertifikat soxta hujjatlardan foydalanib olinganda;
b) Markazning sertifikat berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniy deb topilganda.
(68-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda sertifikat Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
69. Tadbirkorlik subyektining sertifikati ushbu Nizom 68-bandining “a” kichik bandiga muvofiq bekor qilingan boʻlsa, u bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach sertifikatlashtirish obyektining sertifikatlashtirilishini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza bilan Turizm qoʻmitasiga murojaat qilish huquqiga ega.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
70. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror kiritilgan kundan boshlab sertifikat egasi joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari koʻrsatish uchun yangi shartnomalar tuzishni toʻxtatib turishi va Turizm qoʻmitasi tomonidan belgilangan muddatda nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishi lozim.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
71. Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror kelib tushgan kundan boshlab sertifikatining amal qilishi toʻxtatilgan yoki sertifikati bekor qilingan tadbirkorlik subyekti mavjud shartnomalar boʻyicha joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari koʻrsatishni va yangi shartnomalar tuzishni toʻxtatishi kerak.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
72. Sertifikat amal qilishining toʻxtatib turilishi va tugatilishi sertifikat, muvofiqlik belgisi va joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarning toifasini qoʻllash huquqini toʻxtatib turadi yoki tugatadi.
Tadbirkorlik subyekti sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turilgan, tugatilgan yoki sertifikati bekor qilingan boʻlsa, u oʻzining sertifikatlashtirilgan xizmati (sertifikati) borligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emas.
4-bob. Yashirin baholash
73. Turistik xizmatlarni koʻrsatish jarayonini va undan turistlarning qoniqishini monitoring qilish maqsadida Markaz “sirli mehmon” tayinlashi mumkin va uning ishtirokida turistik xizmatlarni yashirin baholashni oʻtkazadi.
74. “Yashirin baholash” quyidagi holatlarda oʻtkaziladi:
a) turistlarni turistik xizmatlar obyektlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatidan qoniqishi toʻgʻrisidagi soʻrovnomalar natijalari boʻyicha;
b) turistik xizmatlar koʻrsatuvchi obyektlarda tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish sifatini monitoring qilish va/yoki boshqarishni baholash tizimi tomonidan aniqlanadigan tashrif buyuruvchilarning soʻrovnomalari natijalari reytingi past boʻlganda;
v) turistik xizmat obyektining yashirin baholashni oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasiga binoan.
Yashirin baholashni oʻtkazish muddati besh ish kunidan oshmasligi lozim.
75. Yashirin baholashni oʻtkazish boʻyicha barcha xarajatlar, 74-bandning “v” kichik bandidan tashqari, Markaz tomonidan moliyalashtiriladi.
Ushbu Nizomning 74-bandi “v” kichik bandida koʻrsatilgan hollarda yashirin baholash toʻlov kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat asosida oʻtkaziladi. Bunda toʻlov miqdori yashirin baholash obyekti tomonidan toʻlovni amalga oshirish kunida sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun toʻlov summasining 30 foizi miqdorda belgilanadi.
Yuqoridagilardan tashqari ariza beruvchi xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan bevosita koʻrilgan haqiqiy qoʻshimcha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida qoplaydi.
76. Yashirin baholashni oʻtkazish uchun Markaz rahbarining buyrugʻi bilan “sirli mehmon” tayinlanadi, baholash oʻtkazish muddati tasdiqlanadi.
“Sirli mehmon” sifatida Markaz xodimlari orasidan tayinlangan xodimlar yoki boshqa shaxslar jalb qilinishi mumkin.
Markaz xodimlari orasidan tayinlangan “sirli mehmon” ushbu sertifikatlashtirilgan obyektni muvofiqligini baholashda ishtirok etmagan boʻlishi kerak.
77. Yashirin baholash sertifikat egasini xabardor qilmasdan, uning faoliyatiga aralashmasdan, bevosita turistik xizmatlar obyektining joylashgan joyida amalga oshiriladi.
Bunda “sirli mehmon” turistik xizmatlar obyekti xodimlarining tashqi koʻrinishi va oʻzini tutishini, obyektining umumiy holati va zarur jihozlar bilan taʼminlanganligini hamda xizmat koʻrsatish tezligi va sifatini baholaydi.
78. Yashirin baholash davomida ushbu Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha turistik xizmatlar obyektini yashirin baholash soʻrovnomasi (anketa) toʻldiriladi.
79. Yashirin baholash natijalari boʻyicha Markaz uch ish kuni mobaynida soʻrovnomani tahlil qiladi va turistik xizmatlar obyektiga tegishli tavsiyalar beradi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish uchun yashirin baholash natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Yashirin baholash natijalari boʻyicha Markaz tomonidan turistik xizmatlar obyektiga nisbatan biron-bir chora koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yashirin baholash natijalaridan inspeksiya nazorati davomida foydalanilishi mumkin.
5-bob. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish
80. Markaz tomonidan sertifikatni qayta rasmiylashtirish quyidagi holatlarda bitim asosida amalga oshiriladi:
a) sertifikatlashtirish arizasida koʻrsatib oʻtilgan sertifikat egasining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) yoki xizmat koʻrsatish joyi oʻzgargani toʻgʻrisida ariza bilan sertifikat egasining murojaatida, lekin ushbu ariza haqiqiy oʻzgarishlar boshlanishidan keyin oʻttiz kun davomida Markazga taqdim qilingan boʻlishi shart;
b) sertifikat egasining uni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaatida, lekin ushbu ariza qaror qabul qilingan va qayta tashkil etilgandan keyin oʻttiz kun davomida Markazga taqdim qilingan boʻlishi shart;
v) inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha sertifikatlashtirish obyektlarining toifasini, turini va/yoki xilini oʻzgartirishda;
g) sertifikat egasi tomonidan turistik xizmatlar roʻyxatining qisqarishida.
81. Ushbu Nizom 80-bandining “a”, “b” va “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan holatlarda Markaz ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni davomida sertifikat egasining arizasi asosida ushbu sertifikatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ushbu arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
avval berilgan sertifikatning asl nusxasi;
qayta rasmiylashtirish zaruratini tasdiqlovchi hujjatlarning sertifikat egasining imzosi bilan tasdiqlangan nusxalari;
ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan miqdorda sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
82. Ushbu Nizom 80-bandining “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan holatda qaror qabul qilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida sertifikatni qayta rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.
83. Qabul qilingan qaror uning qabul qilingan kunidan boshlab uch ish kunidan kech boʻlmagan vaqtda sertifikat egasiga yuboriladi, shundan soʻng Markaz qayta rasmiylashtirilgan sertifikatni uning egasiga beradi.
84. Qayta rasmiylashtirilgan sertifikatning amal qilish muddati avval uning egasiga berilgan sertifikatning amal qilish muddatiga muvofiq boʻladi.
85. Sertifikat egasining xohishiga koʻra Markaz u bilan qayta rasmiylashtirilgan sertifikatning amal qilish muddati yuzasidan yangi bitim tuzadi.
86. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holatga kelgan sertifikat oʻrniga Markaz sertifikat egasining tegishli arizasiga binoan, ariza olingan kundan boshlab besh kun davomida uning dublikatini beradi.
Ariza bilan ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan miqdorda sertifikat dublikatini berish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etilgan shart boʻyicha, bitim asosida sertifikatning dublikati beriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
87. Sertifikat egalari va ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarda koʻrsatib oʻtilgan axborotlarning ishonchliligiga ularning oʻzlari javobgar boʻladilar.
88. Markaz belgilangan tartibda sertifikat berish toʻgʻrisida va berishni rad qilish, sertifikat amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki sertifikatlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar hisobini yuritadi.
89. Berilgan va qayta rasmiylashtirilgan sertifikatlar, amal qilish muddati toʻxtatilgan sertifikatlar, bekor qilingan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har oyda Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrini yuritish uchun Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga elektron shaklda taqdim etiladi.
(89-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Amal qilish muddati toʻxtatilgan sertifikatlar va bekor qilingan sertifikatlar toʻgʻrisidagi axborot tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda Markaz tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va sertifikatlashtirish obyektining joylashgan joyi boʻyicha ichki ishlar organiga yuboriladi hamda ushbu maʼlumot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
90. Ariza beruvchi yoki sertifikat egasi Markazning qaroridan rozi boʻlmagan holatlarda apellyatsiya bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
91. Markaz ariza beruvchining (sertifikat egasining) oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan oʻzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
92. Markaz va ariza beruvchilar hamda sertifikat egalari oʻrtasida hujjat aylanishi (ariza, hujjatlar va maʼlumotlar, qarorlar, bildirish xatlari, ariza va shu kabilarni berish va yuborish) qogʻozli manbada yoki elektron shaklda amalga oshiriladi. Ariza, hujjatlar va maʼlumotlar sifati sertifikatlashtirish maqsadlari uchun zarur boʻlgan axborotni aniqlashga imkon berishi kerak. Markazga kelib tushgan hujjatlar va maʼlumotlar sertifikatlashtirish yoki inspeksiya nazorati jarayonida ularning asl nusxalari bilan solishtiriladi.
93. Amal qilishi tugatilganva bekor qilingan sertifikatlar Markaz tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil oʻtgach belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim, bu toʻgʻrida quyidagi asosiy maʼlumotlar aks ettiriladigan maxsus jurnalda qayd amalga oshiriladi:
a) qarorning raqami va sanasi;
b) sertifikat egasining nomi;
v) koʻrsatiladigan xizmat nomi;
g) blankaning bosmaxona raqami va Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestri boʻyicha raqami;
d) yoʻq qilish sanasi.
94. Sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan Markazning hujjatlari sertifikat berilgan kundan boshlab besh yil oʻtgach belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasi.
95. Ariza beruvchilar va sertifikat egalari Markazga vakolatlangan nazorat organlarining (yongʻin va sanitariya-gigiyena xavfsizligi va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ekologik talablarga muvofiqligi va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini toʻgʻrisida davlat ekologik ekspertizasi, togʻ koʻchkilari xavfi boʻyicha va osma kanat yoʻlini xavfsiz ekspluatatsiya qilish) xulosalarini taqdim etishlari mumkin, ularda sertifikatlashtirish obyektlarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan ushbu organlar tomonidan oʻtkazilgan toʻliq boʻlmagan tekshiruv aks ettirilgan boʻladi. Aniqlangan dalillar toʻgʻrisida Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga xabar beradi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakolatlangan nazorat organlari (yongʻin va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ekologik talablarga muvofiqligi va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini toʻgʻrisida davlat ekologik ekspertizasi, togʻ koʻchkilari xavfi boʻyicha va osma kanat yoʻlini xavfsiz ekspluatatsiya qilish) boʻlgan tegishli vazirlik va idoralarga taqdimnoma yuboradi.
96. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Sertifikatga ega boʻlmasdan joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari koʻrsatadigan, sertifikatlashtirish talablarini buzgan yoki soxta hujjatlardan foydalangan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Turistik xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlaydi va pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUKga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) sertifikatlashtirish uchun ariza beradi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
Markaz
Arizani koʻrib chiqadi va sertifikatlashtirishni oʻtkazish yoki sertifikatlashtirish oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1 ish kuni davomida
Markaz
Ariza beruvchiga sertifikatlashtirish oʻtkazish toʻgʻrisida shartnomani ilova qilib sertifikatlashtirish oʻtkazish toʻgʻrisida yoki rad etish sabablari koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlashtirish oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni yuboradi
Qaror qabul qilingan kunning oʻzida
Ariza beruvchi
Markazning bank hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha haq toʻlashni amalga oshiradi.
30 kun davomida
Markaz
Komissiya tarkibi va sertifikatlashtirish dasturini tasdiqlaydi
1 ish kuni davomida
Markaz
Komissiya Markaz rahbariyatining buyrugʻi tasdiqlangan kundan boshlab baholashni oʻtkazishni boshlaydi.
5 ish kuni davomida
Markaz
Komissiya sertifikatlashtirish obyektini normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi, baholash dalolatnomasini rasmiylashtiradi va baholash dalolatnomasini Markazga taqdim qiladi.
3 ish kunidan koʻp emas, turoperator xizmati uchun — 2 ish kunidan koʻp emas
Markaz
Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1 ish kuni davomida
Ariza beruvchi
Sertifikat berish rad etilganda nomuvofiqliklarni bartaraf etadi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etadi.
30 kun davomida
Markaz
Sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilganda — qayta baholashni amalga oshiradi.
2 ish kunidan koʻp emas
Markaz
Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1 ish kuni davomida
Markaz
Ariza beruvchiga sertifikat berish (sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini berish toʻgʻrisidagi bitimni ilova qilgan holda) yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni yuboradi.
Qaror qabul qilingan kunning oʻzida
Ariza beruvchi
Sertifikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda — sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini berish toʻgʻrisida bitim tuzadi.
30 kun davomida
Markaz
Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida sertifikatni rasmiylashtiradi va roʻyxatdan oʻtkazadi. Ariza beruvchi vakiliga sertifikatni beradi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan kunning oʻzida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarning bittadan ortigʻini sertifikatlashtirishda toʻlov miqdori sertifikatlashtirishning umumiy summasidan 35% ga kamayadi.
Mehmonxona xizmatlari
4.
Sigʻimi 10 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
2,7
5.
Sigʻimi 25 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
3,8
6.
Sigʻimi 50 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
6,0
7.
Sigʻimi 100 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
6,8
8.
Sigʻimi 150 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
10,7
9.
Sigʻimi 200 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
12,1
10.
Sigʻimi 350 ta va undan yuqori joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari
13,6
Togʻ changʻisi trassasi xizmatlari
11.
Togʻ changʻisi trassasi xizmatlari
9,2
Plyaj xizmatlari
12.
Plyaj xizmatlari
9,2
Turistik industriya obyektlarining toifasini aniqlash va uni berish vaqtida sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlarga toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilganning 200% miqdorida belgilanadi.
Sanatoriylar, pansionlar va yashash uchun j?y bilan taʼminlagan holda meditsina xizmati koʻrsatish faoliyatni amalga oshiruvchi joylashtirish vositalarida sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlarning 50% miqdorida belgilanadi.
Inspeksiya nazorati uchun toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovning 50% miqdorida belgilanadi.
13.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish
0,5
14.
Sertifikat dublikatini berish
0,1
Izohlar:
1. Sertifikatlashtirish bilan bogʻliq ishlarni oʻtkazishda toʻlanadigan toʻlov miqdorini hisoblash uchun sertifikatlashtirish shartnomasi rasmiylashtirilgan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qoʻllanadi.
2. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar (xizmatlar) narxi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun toʻlov miqdorini ushbu Nizomning 5b-ilovasida koʻrsatilgan tegishli koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
3. Inspeksiya nazoratini oʻtkazishda toʻlanadigan toʻlov miqdorini hisoblash uchun inspeksiya nazoratiga toʻlov toʻlangan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qoʻllanadi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5a-ILOVA
Sertifikatlashtirilgan xizmatlar koʻrsatishdan besh yilda tushgan daromadning prognoz qilingan hajmi (QQSsiz)
Muvofiqlik belgisini qoʻllash uchun toʻlov (daromadning prognoz qilingan
har bir 10 mln. soʻmiga)
1.
10 000 mln. soʻmdan koʻp emas
Bazaviy hisoblash miqdorining
5 foizi miqdori
2.
10 000 mln. soʻmdan yuqori
Bazaviy hisoblash miqdorining
2,5 foizi miqdori
Izohlar:
1. Toʻlanadigan toʻlov miqdorini hisoblash uchun bitim rasmiylashtirilgan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qoʻllanadi.
2. Rahbarlik funksiyalari va buxgalterlik hisobi funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxslarning hamda reja boʻlimi (shtat jadvalida boʻlganda) boshligʻining imzolari qoʻyilgan arizachining yozma deklaratsiyasi sertifikatlashtirilgan xizmatlar koʻrsatishdan uch yilda tushgan daromadning prognoz qilingan hajmining tasdigʻi hisoblanadi.
3. Sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash uchun toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovni ushbu Nizomning 5b-ilovasida koʻrsatilgan tegishli koeffitsiyentga koʻpaytirish yoʻli orqali aniqlanadi.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son)
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5b-ILOVA
Respublikaning hududlarida sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash uchun toʻlovlarga doir
KOEFFITSIYENTLAR
T/r
Mintaqa
Shahar va tuman markazlari
Qishloq aholi punktlari
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
0,7
0,7
2.
Andijon viloyati
1,1
0,7
3.
Jizzax viloyati
1,1
0,7
4.
Qashqadaryo viloyati
1,2
0,8
5.
Namangan viloyati
1,1
0,7
6.
Navoiy viloyati
1
0,7
7.
Surxandaryo viloyati
0,9
0,6
8.
Sirdaryo viloyati
0,7
0,7
9.
Toshkent viloyati
1,3
1,3
10.
Fargʻona viloyati
1,2
0,7
11.
Samarqand viloyati
1,6
0,7
12.
Buxoro viloyati
1,5
0,7
13.
Xorazm viloyati
1,2
0,7
14.
Toshkent sh.
1,8
–
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Sertifikatlashtirish obyektining nomuvofiqligi toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Joylashtirish vositasini tasniflash
BAYONNOMASI
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Togʻ changʻisi trassalarini tasniflash
BAYONNOMASI
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Plyajlarini tasniflash
BAYONNOMASI
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Sertifikatlashtirish obyektini baholash
BAYONNOMASI
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
“Yashirin baholash”
SOʻROVNOMASI
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 3-ILOVA
Turoperator va turagentlik xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu nizom turopepator va turagent xizmatlarini taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
turagentlik faoliyati — turistik mahsulotni targʻib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati;
turist — vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) yigirma toʻrt soatdan ketma-ket oʻn ikki oygacha boʻlgan davrga boruvchi yoki vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs;
turistik vaucher — turistning tur tarkibiga kiruvchi hizmatlarga boʻlgan huquqini belgilovchi va ularning va ularning haqi toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat;
turistik mahsulot buyurtmachisi — turist, ekskursant yoki turist yoxud ekskursant nomidan turistik mahsulotga buyurtma beruvchi boshqa shaxs;
turistik mahsulot — turistik bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda yoxud turistning yoki ekskursantning buyurtmasiga koʻra turoperator tomonidan shakllantiriladigan, turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan turistik xizmatlar majmui;
turistik xizmatlar — joylashtirish, ovqatlantirish transport ekskursiya va maslahat hizmati koʻrsatish buyicha hizmatlar shuningdek turist va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan hizmatlar;
turoperatorlik faoliyati — turistik mahsulotni shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati;
ekskurant — vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs.
3. Turistik xizmatlarning tarkibi (miqdori, hajmi) turlari va qiymati agar qonunchilik hujjatlarida boshqa talablar nazarda tutilgan boʻlmasa, turistik xizmatlarni koʻrsatish shartnomasida belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Turoperatorlar va turagentlar turistik faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
2-bob. Turoperator va turagent xizmatlariga qoʻyiladigan talablar
5. Turoperator va (yoki) turagent xizmatlari mijoz bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgandan keyin koʻrsatiladi.
6. Turoperatorlar va (yoki) turagentlarning xizmat koʻratish tartibi turoperator va (yoki) turagent tomonidan buyurtmachiga maʼqul shaklda yetkaziladi.
7. Turoperator va (yoki) turagent uning firma nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va ish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni turistlar (ekskursantlar)ga yetkazilishini taʼminlaydi. Ushbu maʼlumotlarni ijrochi turistlar (ekskursantlar) tanishishi uchun qulay boʻlgan shaklda yetkazadi.
8. Turoperator va turagent ish faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan taqdirda turistga (ekskursantga) faoliyatini vaqtincha toʻxtatish maddati haqida maʼlumot berishi shart.
Bunda turoperator yoki turagent tuzilgan shartnomaga muvofiq turistga (ekskursantga) turistik xizmatlarni koʻrsatishi shart.
9. Turoperator va (yoki) turagent turistning (ekskursantning) birinchi talabi buyicha mulohazalar va takliflar (shikoyat) daftarini taqdim etishi shart.
10. Turoperator turistlarga (ekskursantlarga) turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi turistik hizmatlar majmui yoki ularning bir qismini mutaqil yoki alohida turistik hizmatlar turlarini koʻrsatuvchi shaxslarni jalb etgan holda koʻrsatilishini taʼminlaydi.
11. Turoperator turga kiruvchi xizmatlarga boʻlgan huquqni alohida turistik hizmatlar koʻrsatuvchi shaxslar bilan yoki turga kiruvchi xizmatlarning barcha turlari koʻrsatilishini taʼminlovchi turistlarni (ekskursantlarni) qabul qiluvchi turoperator bilan tuzilgan shartnomalar asosida oladi.
12. Turistik mahsulotni shakllantirish chogʻida turoperator atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish taʼminlanishini nazarda tutishi shart.
13. Turistik mahsulotni targʻib etish chogʻida turoperator va turagent turistik mahsulot toʻgʻrisidagi axborotning ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.
14. Turagent turistik mahsulotni targʻib etishni turoperator bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi.
15. Turistik mahsulotni shakllantirish uchun turoperatorga beriladigan buyurtmanoma dastlabki shartnoma xususiyatiga ega boʻlgan bitim tarzida rasmiylashtiriladi.
16. Turoperator va turagent oʻz faoliyatini faqat litsenziyada koʻrsatilgan yunalishda amalga oshiradi
17. Turoperatorlar oʻz xizmatlarini faqat qonun hujjatlarga muvofiq fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini olgandan keyin amalga oshirishi shart.
3-bob. Turoperator va turagent xizmatlaridan foydalanish shartlari
18. Turoperator va (yoki) turagent buyurtmachiga turistik mahsulot toʻgʻrisida zarur va ishonchli maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etishni taʼminlaydi.
19. Turistik mahulot haqidagi maʼlumotlarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
turni amalga oshirish uchun rioya qilish zarur boʻlgan tibbiy rasmiyatchiliklar, shu jumladan turistning (ekskursiyachining) turda ishtirok etishiga moneʼlik qilishi mumkin boʻlgan maʼlum kasalliklar, xususan ularning jismoniy holati va yoshiga xos xususiyatlar;
bojxona, chegara va boshqa qoidalar (sayohat qilish uchun zarur boʻlgan hajmda);
kirish va chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun asosiy talablar (vaqtincha boʻlish mamlakati (joyi) ga kirish va chiqish vizasi);
turistning (ekskursiyachining) vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyda) favqulodda holatlarda uning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa holatlar, shuningdek, turistning (ekskursiyachining) mol-mulkiga zarar yetkazish xavfi boʻlgan hollarda murojaat qilishi mumkin boʻlgan vaqtincha boʻlish mamlakati (joyi) da joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarining joylashgan joyi (pochta manzili) va aloqa telefonlari;
turizm mahsulotining xususiyatiga qarab, agar u muhim boʻlsa, turizm mahsulotiga kiritilgan baʼzi xizmatlarni taqdim etadigan uchinchi tomonga;
mahalliy aholining urf-odatlari, diniy marosimlar, ziyoratgohlar, tabiat, tarixiy, madaniy yodgorliklar va alohida muhofaza qilinadigan turistik obyektlar, atrof-muhitning holati (sayohat qilish uchun zarur boʻlgan hajmda);
vaqtincha yashash mamlakati (joyi) ning milliy va diniy xususiyatlari;
boshqa sayohat xususiyatlari haqida.
20. Turizm mahsulotini sotish turizm operatori va (yoki) turizm agenti va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Turoperator va (yoki) turagent oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
turizm mahsulotini turizm agenti tomonidan sotish shartlari;
turagentning turizm operatori nomidan yoki oʻz nomidan turizm mahsulotini sotish huquqi va majburiyatlari;
turagent tomonidan subagent shartnomasini tuzish imkoniyatini (imkonsizligini) taʼminlovchi shartlar;
buyurtmachi turizm mahsulotini taqdim etish shartnomasini bajarish boʻyicha ularga shikoyatnoma taqdim etgan taqdirda, turizm operatori va turizm agentining oʻzaro munosabatlari tartibi;
turoperator va (yoki) turagentning javobgarligi, shuningdek, turizm mahsuloti buyurtmachisi oldidagi har bir tomonning turizm mahsuloti toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etmaganligi yoki notoʻgʻri maʼlumot taqdim etganligi, turizm xizmatlarini taqdim etish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarligi.
21. Turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsuloti buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnoma quyidagilarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim:
turoperator va (yoki) turagentning nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), faoliyat yoʻnalishi va litsenziya raqami;
turizm mahsulotini sotish uchun zarur boʻlgan hajmdagi turizm mahsulotini buyurtmachisi toʻgʻrisida maʼlumot;
turizm mahsulotining narxi va uni toʻlash tartibi;
turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsuloti buyurtmachisining huquqlari va majburiyatlari;
shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish shartlari va tartibi;
turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsuloti buyurtmachisining javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi.
22. Turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsuloti buyurtmachisi shartnomada turizm mahsulotini isteʼmol qilish shartlari, shu jumladan sayohat dasturi, yoʻnalish va sayohat shartlari, harakatlanish, turar joy va ovqatlanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, turistlar va ekskursiyachilar uchun vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyi) transport xizmatlari toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin, ekskursiya yetakchisi, gid (gid-tarjimon), yoʻriqchi-yoʻl boshlovchining boʻlishi, shuningdek, qoʻshimcha xizmatlar mavjudligi.
23. Turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsulotini buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnoma boshqa shartlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
24. Turoperator va (yoki) turagent va buyurtmachi oʻrtasida turizm mahsulotini sotish toʻgʻrisida bitim tomonlar oʻrtasida yozma va / yoki elektron shaklda ushbu shartnomaning barcha muhim shartlari boʻyicha kelishuvga erishilgan boʻlsa, tuzilgan hisoblanadi.
25. Turoperator va (yoki) turagent buyurtmachining roziligisiz shartnomada koʻrsatilmagan qoʻshimcha haq evaziga qoʻshimcha xizmatlarni taqdim etishga haqli emas.
Savdo shartlari va turizm mahsulotining narxi shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan turistik yoʻllanmada (vaucher) koʻrsatilgan.
26. Turoperator va (yoki) turagent isteʼmolchiga sifati belgilangan talablarga va tuzilgan shartnomaga muvofiq turizm mahsulotini yetkazib beradi.
27. Agar vaqtincha yashash mamlakati (joyi) toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari uning hududida vaqtincha joylashgan shaxslarga tibbiy yordamni toʻlash kafolatlariga qoʻyiladigan talablarni belgilab qoʻygan boʻlsa, turoperator yoki turagent bunday kafolatlarning sugʻurta polisini taqdim etishini taʼminlashi shart. Turist (ekskursiyachi) iltimosiga binoan u boshqa xavf-xatarlar (shu jumladan, ularning hayoti va sogʻligʻi uchun katta xavf tugʻdiradigan yoʻnalishlardan oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan) boʻyicha sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishda yordam beradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Turoperator va (yoki) turagent tur boshlanishidan kamida 24 soat oldin buyurtmachiga asl shartnomani, turistik chiptani, buyurtmachining turizm mahsulotiga kiritilgan xizmatlarga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni (vaucher, chipta va boshqalar), shuningdek buyurtmachiga turni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etishi shart. Ushbu hujjatlarni eng kech muddatlarda buyurtmachiga topshirish faqat buyurtmachining roziligi bilan amalga oshiriladi.
29. Shartnomaning tomonlaridan har biri ushbu shartnomani tuzishda tomonlar kelib chiqqan holatlar oʻzgarishi sababli uni oʻzgartirishni yoki bekor qilishni talab qilishga haqlidir.
30. Vazirlar Mahkamasi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va (yoki) tahdidi paydo boʻlganda, respublikaning butun hududida yoki uning bir qismida yuqori ogohlantirish rejimi yoki favqulodda holat joriy etilgan taqdirda yoxud xorijiy davlat tomonidan mamlakatga turistlarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganda yoki vaqtincha kirishni cheklashga oid qaror qabul qilingan taqdirda buyurtmachining turizm mahsulot uchun toʻlagan pul summalarini belgilangan muddatda qaytarish boʻyicha turoperatorning majburiyatlarini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bunda turoperator belgilangan muddatda buyurtmachini teng ekvivalentdagi turizm mahsuloti bilan taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Vazirlar Mahkamasi buyurtmachining turizm mahsuloti uchun toʻlagan pul summalarini belgilangan muddatda qaytarish boʻyicha turoperatorning majburiyatlarini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda turoperator bir tomonlama tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan turizm mahsulotini sotish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Bunda turoperator Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatda va teng ekvivalentdagi turizm mahsulotini amalga oshirishni qatʼiy taʼminlashini tasdiqlovchi majburiyatnomani buyurtmachiga taqdim etadi.
Majburiyatnoma muddati davomida turoperator quyidagi shartlar asosida buyurtmachiga turizm mahsulotini taqdim etishi shart:
turistik mahsulotning isteʼmol xususiyatlari (tashrif dasturi, yoʻnalishi va sayohat shartlari, yashash sharoiti (joylashtirish vositasi joylashgan joy, mehmonxona toifasi) va ovqatlanish, xizmatlar. vaqtincha boʻlib turgan mamlakatda (joyda) turistni tashish xizmatlari, shuningdek qoʻshimcha xizmatlar) oʻsha paytdagi turizm mahsulotini sotish shartnomasida tuzilgan teng shartlar asosida boʻlishi lozim.
Agarda xizmat koʻrsatish vaqtida turizm mahsulotining umumiy narxi turoperator yoki turagentning buyurtmachi bilan tuzilgan oʻsha paytdagi turizm mahsulotini sotish shartnomasida koʻrsatilganidan yuqori boʻlsa, turoperator buyurtmachidan turizm mahsulotining umumiy narxiga qoʻshimcha haq talab qilishga haqli emas.
Agar turizm mahsuloti buyurtmachisi turoperator tomonidan taqdim etilgan majburiyatnoma muddati tugaguniga qadar turizm mahsulotidan foydalanmasa, turizm mahsulotini sotish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinadi va turoperator turizm mahsuloti uchun buyurtmachi tomonidan toʻlangan pulni majburiyatnoma muddati tugagan kundan boshlab 10 ish kunidan kechiktirmay qaytarishi shart.
4-bob. Turoperatorlar va turagentlarning huquq va majburiyatlari
31. Turoperatorlar va turagentlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
turning davomiyligi va yoʻnalishini, xizmat koʻrsatish shartlarini, transport xizmatining turini, turist (ekskursant)ning roziligi va iltimosiga binoan turist (ekskursant)ning xavfsizligini taʼminlash va ularning mulkini himoya qilish choralarini oʻzgartirish;
turist va ekskursantning roziligi bilan turning belgilangan narxini, agar ular bu haqda tur boshlanishidan yigirma kun oldin xabardor qilinsa, oshiriladi;
taklif etiluvchi turistik xizmatlarni taqdim etishning iloji boʻlmagan favqulodda holatlar mavjud boʻlsa shartnomani bekor qilishga, shuningdek, guruh yaratish uchun zarur boʻlgan turistlar (ekskursantlar)ning miqdori taʼminlanmaganligi holatlarida turistlar (ekskursantlar)ga turizm xizmatlari koʻrsatish shartnomasini bekor qilinishi haqida tur boshlanishidan yigirma kun oldin xabar berilishi kerak;
turistlar, ekskursantlar yoki turizm sohasi subyektlari tomonidan yetkazilgan zarar va nomoddiy zararni qoplashni talab qilish.
32. Turoperator va turagentning majburiyatlari:
Turistlarga (ekskursantlar) turizm xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash;
turizm xizmatlarini taqdim etmagan yoki qisman taqdim etgan yoki yetarli darajada boʻlmagan holda, turistlar (ekskursantlar)ga yetkazilgan zararlar va mulkiy boʻlmagan zararni qoplash;
turistlar va ekskursantlarga turni tashkil etish, ularning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish;
turistlar (ekskursantlar)ning vaqtincha boʻlish mamlakati (joyi) toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish.
(32-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
turizm xizmatlarini taqdim etish boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan xizmatlarni olish;
sayohat bilan bogʻliq toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni, shu jumladan vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) kirish va boʻlish qoidalari, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy marosimlari, madaniy meros obyektlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va turizm obyektlari, atrof-muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
shaxsiy xavfsizligi va oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taʼminlanishi, shuningdek oʻz mol-mulkining but saqlanishini taʼminlash;
shoshilinch tibbiy yordam olish;
turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasi bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda moddiy zararning oʻrni qoplanishi, shuningdek maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
agar turning umumiy qiymati oshishi shartnomada shartlashilgan qiymatidan ortib ketsa, turistik xizmatlar koʻrsatishga doir shartnomani turoperatorlar va turagentlarga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplamagan holda bekor qilish.
34. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:
turda ishtirok etish uchun oʻz sogʻligʻi holatining va (yoki) yoshining xususiyatlariga bogʻliq cheklovlar (qarshi koʻrsatmalar) toʻgʻrisidagi, oʻz doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi hamda vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) kirishi uchun cheklovlar haqidagi maʼlumotlarni turoperatorning va (yoki) turagentning talabiga koʻra taqdim etishi;
turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasi shartlariga va vaqtincha boʻlish mamlakatining (joyining) qonunchilik hujjatlariga rioya etishi, uning siyosiy hamda ijtimoiy tuzilishini, mahalliy aholining anʼanalarini, urf-odatlarini, diniy eʼtiqodini hurmat qilishi;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlariga zarar yetkazmasligi;
vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) bojxona va chegara nazorati, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishi shart.
35. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
36. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bajaruvchi — tashrif buyuruvchiga mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik subyekti;
bron qilish — tashrif buyuruvchi (buyurtmachi) tomonidan joylashtirish vositasida nomerni (joyni) avvaldan buyurtma qilish;
buyurtmachi — mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq mehmonxona xizmatlarini buyuruvchi yoki sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
joylashtirish boʻyicha xizmatlar (keyingi oʻrinlarda — mehmonxona xizmatlari) — joylashtirish vositasida vaqtinchalik yashash joyi berish boʻyicha xizmatlar majmui;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, xostellar, oilaviy mehmon uylari, oʻtov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlarini koʻrsatadigan boshqa obyektlar, shuningdek tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti;
nomer (joy) narxi — vaqtincha yashash va bajaruvchi tomonidan belgilangan vaqtincha yashash bilan bogʻliq boshqa mehmonxona xizmatlari qiymati;
ommaviy shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) — bajaruvchi tomonidan tuzilgan hamda mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha uning vazifalarini belgilovchi shartnoma;
tashrif buyuruvchi — mehmonxona xizmatlarini buyurgan, sotib olgan va/yoki foydalanadigan jismoniy shaxs.
3. Mehmonxona xizmatlariga, shu jumladan, ularning hajmi va sifatiga doir talablar, qonunchilik hujjatlarida boshqa talablar nazarda tutilmagan boʻlsa, bajaruvchi va tashrif buyuruvchi (buyurtmachi)ning kelishuviga binoan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Nomer (joy) narxi bajaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.
5. Mehmonxona xizmatlari doimiy yashash joyi, fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qatʼi nazar koʻrsatilishi lozim.
6. Bajaruvchi mazkur Nizom talablariga zid boʻlmagan, joylashtirish vositasida mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanishning ichki qoidalarini (keyingi oʻrinlarda — joylashtirish vositasining ichki qoidalari) belgilashi lozim.
7. Joylashtirish vositasiga tashrif buyuruvchining kelish vaqtidan boshlab va uning ketishigacha boʻlgan muddatda u band qilgan nomerga (joyga) turar-joy daxlsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari normalari tatbiq etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Mehmonxona xizmati koʻrsatish tartibi bajaruvchi tomonidan tashrif buyuruvchiga (buyurtmachiga) eng maʼqul shaklda maʼlum qilinadi.
9. Joylashtirish vositalari majburiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat muassasasi tomonidan sertifikatlashtiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
10. Toifa berilgan joylashtirish vositasining mulkdori va (yoki) egasi uning mazkur toifaga muvofiq boʻlishini taʼminlashi shart.
2-bob. Bajaruvchi va u tomonidan taqdim etiladigan mehmonxona xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar
11. Bajaruvchi, tashrif buyuruvchilar tanishishi uchun qulay boʻlgan joyda, shu jumladan, joylashtirish vositasining qabul qilish joyidagi maʼlumotlar taxtasiga va internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga (agar mavjud boʻlsa) quyidagi maʼlumotlarni joylashtirishi lozim:
a) bajaruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xususan, nomi, manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili;
b) bajaruvchining yuqori turuvchi tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
v) joylashtirish vositasining tegishli toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
g) mehmonxona xizmatlari uchun muvofiqlik sertifikati nusxasi yoki oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan koʻchirma;
d) nomerlar (joylar) narxi;
e) nomer (joy) narxiga kiradigan mehmonxona xizmatlari roʻyxati;
j) mehmonxona xizmatlariga toʻlovni amalga oshirish shakli va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
z) alohida toʻlov evaziga, bajaruvchi tomonidan koʻrsatiladigan boshqa mehmonxona xizmatlari roʻyxati, narxi hamda ularni olish shartlari;
i) nomer (joy) bron qilish va bronni bekor qilish shakli, shartlari va tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
k) imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasi roʻyxati, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishda taqdim etiladigan imtiyozlar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa);
l) joylashtirish vositasida uchinchi shaxslar tomonidan toʻlov evaziga koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
m) joylashtirish vositasiga kelish (ketish) vaqti toʻgʻrisida maʼlumotlar;
n) joylashtirish vositasida mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish qoidalari toʻgʻrisida maʼlumotlar.
12. Bajaruvchi joylashtirish vositasida boʻlish qoidalari toʻgʻrisida har bir nomerni axborot bilan taʼminlashi lozim.
13. Bajaruvchi va u koʻrsatadigan mehmonxona xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tashrif buyuruvchilarga davlat tilida hamda qoʻshimcha ravishda ingliz va rus tillarida, shuningdek, bajaruvchining ixtiyoriga koʻra boshqa tillarda maʼlum qilinadi.
3-bob. Mehmonxona xizmatlarini taqdim etish tartibi va shartlari
14. Bajaruvchi nomerlar (joylar) bron qilishni har qanday shaklda, shu jumladan, shartnoma yoki buyurtma qabul qilish usulida (telefon yoki boshqa shaklda) amalga oshirish huquqiga ega.
15. Bajaruvchi tomonidan joylashtirish vositasida bron qilishning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
kafolatlangan — joylashtirish vositasida nomer (joy) tashrif buyuruvchi kelishigacha ushlab turiladigan bron qilish turi boʻlib, bunda tashrif buyuruvchi tomonidan bron oʻz vaqtida bekor qilinmagan, tashrif buyuruvchi belgilangan muddatdan kechikkan yoki kelmagan hollarda tashrif buyuruvchidan nomer (joy)ning boʻsh turganligi uchun, biroq bir sutkadan koʻp boʻlmagan miqdordagi toʻlov summasi bajaruvchi tomonidan undiriladi.
Bunda tashrif buyuruvchi bir sutkadan koʻp vaqtga kech qolganda kafolatlangan bron qilish bekor qilinadi;
kafolatlanmagan — joylashtirish vositasida nomer (joy) bajaruvchi tomonidan maʼlum bir soatgacha bron qilinadi, belgilangan muddatda tashrif buyuruvchi kelmaganda kafolatlanmagan bron bekor qilinadi.
Bron qilishning boshqa turlari joylashtirish vositasining ichki qoidalarida belgilanishi mumkin.
16. Tashrif buyuruvchi (buyurtmachi) tomonidan buyurtma qilingan nomer toifasi va uning narxi, bron qilish shartlari, joylashtirish vositasida yashash muddati toʻgʻrisidagi, shuningdek, bajaruvchi tomonidan aniqlanadigan boshqa maʼlumotlar olingan vaqtdan boshlab bron haqiqiy hisoblanadi.
17. Tashrif buyuruvchi (buyurtmachi) nomerlar (joylar) bron qilish haqidagi buyurtmani oʻz ixtiyoriga koʻra bekor qilish huquqiga ega. Nomerlar (joylar) bronni rad etish tartibi va shakli joylashtirish vositasining ichki qoidalari bilan belgilanadi.
18. Agar buyurtmada koʻrsatilgan sanada boʻsh nomer (joy) mavjud boʻlmasa bajaruvchi bron qilishni rad etish huquqiga ega.
19. Mehmonxona xizmatlari tashrif buyuruvchi tomonidan pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat koʻrsatganidan soʻng taqdim etiladi.
20. Joylashtirish vositasida oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarni roʻyxatdan oʻtkazish ular bilan birga boʻlgan ota-onalari (qonuniy vakillari) yoki hamrohlik qilayotgan boshqa shaxslarning fuqarolik pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati, hamrohlik qilayotgan shaxslarning vakolatini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, ushbu voyaga yetmagan shaxslarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi yoki pasporti asosida amalga oshiriladi.
21. Tashrif buyuruvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish joylashtirish vositalarida yashovchilarni Internet butun jahon axborot tarmogʻi orqali hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi orqali amalga oshiriladi.
22. Bajaruvchi tashrif buyuruvchining talabiga koʻra u bilan quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi shartnoma tuzishi lozim:
a) bajaruvchining nomi;
b) tashrif buyuruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
v) taqdim etilayotgan nomer (joy) toʻgʻrisida maʼlumotlar;
g) nomer (joy) narxi;
d) joylashtirish vositasida boʻlish muddati;
e) boshqa zarur maʼlumotlar (tomonlar ixtiyoriga koʻra).
Shartnoma elektron yoki yozma shaklda tuzilishi mumkin.
23. Bajaruvchi joylashtirish vositasiga tashrif buyuruvchilarga kecha-kunduz xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.
24. Tashrif buyuruvchining joylashtirish vositasiga kelishi va undan ketishi mahalliy vaqt boʻyicha shu kundagi sutkaning 12:00 soatida belgilanadigan hisob-kitob soatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bajaruvchi mahalliy xususiyatlar va faoliyat turini hisobga olgan holda belgilangan hisob-kitob soatini oʻzgartirish huquqiga ega.
Hisob-kitob soati va keyingi tashrif buyuruvchining nomerga (joyga) joylashtirish soati oraligʻidagi vaqt (nomer va/yoki joyni tayyorlash uchun) uch soatdan oshmasligi kerak. Kelish vaqti bajaruvchi tomonidan belgilanadi.
25. Nomer (joy) narxi, nomer (joy) narxiga kiradigan mehmonxona xizmatlari roʻyxati, shuningdek, nomer (joy)ga toʻlovni amalga oshirish shakli va tartibi bajaruvchi tomonidan belgilanadi.
Bajaruvchi yashash uchun sutkali va/yoki soatli toʻlovni belgilashi mumkin.
26. Bajaruvchi tashrif buyuruvchining roziligisiz nomer (joy) narxiga kirmaydigan boshqa qoʻshimcha toʻlov evaziga koʻrsatiladigan mehmonxona xizmatlarini taqdim qilishi taqiqlanadi.
27. Bajaruvchi tashrif buyuruvchining soʻroviga koʻra quyidagi turdagi xizmatlarni bepul tarzda koʻrsatishi lozim:
a) tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni chaqirish;
b) tibbiyot dori qutisidan foydalanish;
v) tashrif buyuruvchining nomiga yuborilgan yozishmalarni yetkazib berish;
g) maʼlum vaqtda uygʻotish;
d) qaynagan suv, ignalar, iplar, idish-tovoqlar va oshxona anjomlarining bir toʻplamini taqdim etish;
e) bajaruvchining ixtiyoriga koʻra boshqa mehmonxona xizmatlari.
28. Tashrif buyuruvchilarga koʻrsatilgan mehmonxona xizmatlari uchun toʻlov shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
29. Hisob-kitob soatidan keyin tashrif buyuruvchining ketishi kechikkan hollarda tashrif buyuruvchidan koʻrsatilgan mehmonxona xizmati uchun toʻlov miqdori bajaruvchi tomonidan belgilanadi.
30. Tashrif buyuruvchi bajaruvchiga haqiqatan qilgan xarajatlarini toʻlash sharti bilan mehmonxona xizmatlaridan foydalanishni toʻxtatishi mumkin.
4-bob. Bajaruvchi va tashrif buyuruvchining javobgarligi
31. Bajaruvchi tashrif buyuruvchining saqlash uchun topshirilgan buyumlarining butligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 899-moddasida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Bajaruvchi tomonidan tashrif buyuruvchiga buyumlarini saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi shart.
32. Bajaruvchi shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 237-moddasi va 24-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-son “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
33. Shartnoma talablari va/yoki shartlariga javob bermaydigan mehmonxona xizmatlarini taqdim etish natijasida tashrif buyuruvchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bajaruvchi tomonidan qoplanishi shart.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
34. Tashrif buyuruvchining aybi bilan joylashtirish vositasining mulki yoʻqolgan yoki unga ziyon yetkazilgan hollarda tashrif buyuruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
35. Agar shartnoma shartlari taraflarning biri tomonidan buzilgan taqdirda, ikkinchi taraf shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
36. Ushbu Nizom talablariga rioya qilishni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rviojlantirish davlat qoʻmitasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/622/0897-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 6-ILOVA
Xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(6-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
1. Ushbu Nizom xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
yoʻlovchi manifesti — charter reyslar orqali tashilgan yoʻlovchilarning toʻliq roʻyxati boʻlgan va chegara qoʻshinlariga taqdim qilinadigan maʼlumot;
kompensatsiya — tadbirkorlik subyektlarining xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda ajratiladigan mablagʻlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
qoʻshma charter reyslar — bir va undan ortiq tadbirkorlik subyektlarining yoʻlovchilari ishtirok etuvchi charter reyslar;
mustaqil charter reyslar — faqat bitta tadbirkorlik subyektining yoʻlovchilari ishtirok etuvchi charter reyslar;
tadbirkorlik subyekti — havo orqali yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilot, shuningdek, belgilangan tartibda turoperator sifatida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs;
charter reyslar — parvozlar jadvali boʻyicha reyslardan alohida va tashqarida amalga oshiriladigan reyslar.
3. Kompensatsiya ushbu Nizomda belgilangan tartibda mustaqil ravishda yoki birgalikda Oʻzbekiston Respublikasiga turistlarni jalb etuvchi tadbirkorlik subyektlariga quyidagi hollarda beriladi:
a) chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yoʻlovchilar) uchun ikki tomonlama (Oʻzbekistonga va undan) charter reysini tashkil etganda;
b) bitta charter reysi bilan kelgan xorijiy yoʻlovchilarning Oʻzbekistondagi joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolganda;
v) xorijiy yoʻlovchilarning qolish davomiyligini aniqlash uchun Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga ular toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot (F.I.Sh., fuqaroligi) taqdim etganda.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
Tadbirkorlik subyektlari xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Tadbirkorlik subyektlarining charter reyslari amalga oshiriladigan respublikaning xalqaro aeroportlari har chorakda (keyingi oyning 10-sanasiga qadar) Qoʻmitaga charter reysining sanasi va uchib kelib qoʻngan vaqti koʻrsatilgan maʼlumotlarni va yoʻlovchi manifestini ularga kompensatsiyani taʼminlash maqsadida taqdim etadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
2-bob. Arizani koʻrib chiqish va kompensatsiya ajratish tartibi
5. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shartlarga rioya etgan holda charter reyslariga turistlarni jalb qilgan va olib kelgan tadbirkorlik subyektlariga har bir yoʻlovchi uchun:
har yili 20-fevral soat 00:00 dan — 19-noyabr soat 23:59 ga qadar 20 AQSH dollari;
har yili 20-noyabr soat 00:00 dan — 19-fevral soat 23:59 ga qadar 50 AQSH dollari miqdorida kompensatsiya ajratiladi.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan vaqt tadbirkorlik subyektlari hamda Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlari tomonidan Qoʻmitaga taqdim etiladigan maʼlumotlarda koʻrsatilgan uchib kelib qoʻnish sanasi va vaqti asosida hisoblanadi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
6. Bir nechta tadbirkorlik subyektlarining yoʻlovchilarini tashishda kompensatsiya bitta tadbirkorlik subyekti tomonidan olib kelingan yoʻlovchilar sonining samolyotdagi umumiy yoʻlovchilar soniga nisbati asosida hisoblanadi.
7. Bitta tadbirkorlik subyekti tomonidan berilgan charter reyslarga buyurtmalar (bitta tadbirkorlik subyektining yoʻlovchilarini bitta charter reys orqali tashish) ustuvor ravishda koʻrib chiqiladi.
8. Kompensatsiya olish uchun tadbirkorlik subyekti Qoʻmitaga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) yoʻlovchi manifestining nusxasi;
b) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha axborot varaqasi.
9. Qoʻshma charter reyslariga oid tadbirkorlik subyektlarining hujjatlar toʻplamlari Qoʻmitaga alohida topshirilishi kerak.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
10. Kompensatsiya har chorak yakunlariga koʻra, mazkur yakunlangan chorakda (chorakdan keyingi oyning 20-sanasiga qadar) ariza bergan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.
11. Qoʻmita chorak davomida kelib tushgan arizalarni chorakdan keyingi oyining 10-sanasiga qadar ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganish asosida kompensatsiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda qabul qilingan qaror nusxasini qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida ariza beruvchiga yuboradi.
Kompensatsiya ajratish toʻgʻrisidagi qarorda kompensatsiya miqdori, tadbirkorlik subyekti nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), kompensatsiya oluvchi yuridik shaxsning nomi, STIR, tijorat bankidagi hisobvaragʻining rekvizitlari koʻrsatiladi.
Qarorning nusxasi qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
12. Taqdim etilgan hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish zarurati tugʻilsa, Qoʻmita arizachini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va arizani koʻrib chiqishni qoʻshimcha oʻn ish kuniga uzaytirish huquqiga ega.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
13. Kompensatsiya ajratish rad etilganda, kompensatsiya ajratishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatilgan holda qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida arizachiga yuboriladi.
Arizachi qarorni olgandan soʻng keyingi chorakda ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi hamda Qoʻmitaga ularni bartaraf etish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
14. Kompensatsiya quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda;
tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslarga qoʻra kompensatsiya ajratishni rad etish taʼqiqlanadi.
15. Kompensatsiya ajratish toʻgʻrisida qayta berilgan ariza Qoʻmita tomonidan keyingi chorak yakunlariga koʻra koʻrib chiqiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
Bunda ilgari aniqlanmagan asoslarga koʻra kompensatsiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiyalarni toʻlash uchun Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ajratilgan mablagʻlarning hisob-kitoblari toʻgʻrisida ariza yuboradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch ish kuni ichida Qoʻmita arizasini koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻni Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya ajratish uchun Qoʻmitaga Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida alohida shaxsiy hisobvaraq (keyingi oʻrinlarda — shaxsiy hisobvaraq) ochadi.
Ushbu davr mobaynida Qoʻmita qabul qilingan qaror asosida Qoʻmita huzuridagi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya miqdorining yarmini shaxsiy hisobvaraqqa oʻtkazadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
18. Pul mablagʻlari shaxsiy hisobvaraqqa tushganidan soʻng, Qoʻmita besh ish kuni ichida ularni xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
19. Kompensatsiya toʻlovlari milliy valyutada, kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
20. Qoʻmita kompensatsiya ajratishni tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Qoʻmita huzuridagi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ajratilgan mablagʻlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishi yuzasidan javobgar hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
21. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda kompensatsiya toʻlovlari ustidan tizimli nazoratni taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya toʻlovining mezonlarini belgilash, shuningdek, kompensatsiya ajratishda yuzaga keladigan nizolar va favqulodda holatlar (fors-major) sabablarini koʻrib chiqish hamda hal qilish vakolatiga ega.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
22. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishi ustidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
Tadbirkorlik subyekti
Nizomning 8-bandiga muvofiq Turizm qoʻmitasiga belgilangan tartibda kompensatsiya ajratilishi uchun ariza topshiradi.
Oʻz xohishiga koʻra
Qoʻmita
1. Hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi hamda kompensatsiya toʻlash yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Chorakdan keyingi oyning 10-sanasiga qadar
2. Qabul qilingan qaror nusxasini arizachiga yuboradi.
1 ish kuni ichida
Qoʻmita
Taqdim etilgan hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish zarurati tugʻilsa, arizachini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va arizani koʻrib chiqish muddatini uzaytiradi.
Qoʻshimcha 10 ish kuni ichida
Qoʻmita
Kompensatsiya berish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablarini aniq koʻrsatgan holda, qaror qabul qiladi va arizachiga yuboradi.
1 ish kuni ichida
Tadbirkorlik subyekti
Kompensatsiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda Qoʻmitaga ariza bilan murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
Qoʻmita
Kompensatsiya olish toʻgʻrisida qayta berilgan arizani koʻrib chiqadi.
Keyingi chorak yakunlariga koʻra
Qoʻmita
Tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya toʻlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ajratilgan mablagʻlarning hisob-kitoblari toʻgʻrisida ariza yuboradi.
3 ish kuni ichida
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Qoʻmitaning arizasini koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻni Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
3 ish kuni ichida
Qoʻmita
Mablagʻlar shaxsiy hisobvaraqqa tushganidan soʻng, ularni xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
5 ish kuni ichida
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
Xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi
ARIZA
Sizga shuni maʼlum qiladiki, (tadbirkorlik subyekti nomi) tadbirkorlik subyektlariga oʻz safarlari uchun toʻlanadigan kompensatsiyani olishga qiziqish bildiradi.
____ yilning ___ choragida biz (aeroport(lar)ning nomi) aeroport(lar)iga (mamlakat(lar)ning nomi) singari mamlakatlardan charter reyslarini tashkillashtirdik.
____________
(sana)
Imzo
Litsenziya raqami (turizm operatorining): ____________________________
Tadbirkorlik subyektining nomi: ___________________________________
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
Xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/550/0724-son)
Axborot varaqasi
Turizm operatori / tashuvchining litsenziya raqami
Turizm operatori / tashuvchi nomi
Litsenziya egasining savdo belgisi
Turizm operatori / tashuvchi manzili
Shahar va mobil telefonlar raqamlari
Elektron pochta manzili
Korxona STIR i
Bank/filial/bank hisob raqami (soʻmli hisob)
Vakolatli vakilning F.I.Sh, lavozimi
* Yuqorida talab qilingan maʼlumotlar toʻliq hajmda toʻldirilishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 7-ILOVA
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Markaz — Qoʻmita huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi;
turizm sohasining subyektlari — turistik xizmatlar majmuini yoki ularning bir qismini koʻrsatish, qoʻshimcha turistik xizmatlarni (ishlarni) bajarish hamda turistlar va ekskursantlarga tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.
3. Tanlov asosida tanlab olingan (keyingi oʻrinlarda — tanlov) turizm sohasining subyektlari xalqaro turistik koʻrgazma va yarmarkalarda (keyingi oʻrinlarda — koʻrgazma va (yoki) yarmarka) koʻrgazma maydonlarini ijaraga olish, eksponatlar uchun inshootlar yaratish va oʻrnatish xarajatlarini qoplashdan ozod qilinadi.
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan xalqaro turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida turizm sohasining subyektlarining ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlari ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan xarajatlarni Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
2-bob. Tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlari
5. Xalqaro turizm yarmarkalari va (yoki) koʻrgazmalarda xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun turizm sohasining subyekti tadbirdan 90 kalendar kun oldin Markazga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi arizani (keyingi oʻrinlarda — ariza) shaxsan oʻzi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda topshiradi.
6. Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
a) tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqida guvohnoma nusxasi;
b) turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar nusxalari;
v) turizm xizmatlariga qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda olingan sertifikat nusxalari;
g) ushbu Nizomga 4-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumot va hujjatlar.
7. Tanlovda qatnashish talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
a) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq “kirish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;
b) qayta tashkil etish, tugatish va toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlmasligi;
(7-band “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
v) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlishi;
g) qoʻmita tomonidan ilgari oʻtkazilgan koʻrgazmalarda ishtirok etish uchun Qoʻmitaga qarzdorligining yoʻqligi.
8. Markaz subyektlar tomonidan taqdim qilingan arizalarni kelib tushishiga muvofiq ravishda, markazning axborot resurslaridan foydalangan holda, elektron shakldagi daftarda qayd etadi.
9. Markaz turizm sohasining subyektlari tomonidan taqdim etilgan arizalarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida arizani koʻrib chiqadi va tanlovda ishtirok etish yoki tanlovda ishtirok etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
10. Arizani rad qilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
a) ushbu Nizomning 5-bandida koʻzda tutilgan hujjatlarni taqdim qilmaslik (toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim qilish);
b) taqdim etilgan arizalar va hujjatlarda ishonib boʻlmaydigan maʼlumotlar mavjudligi;
v) subyekt tomonidan ariza va hujjatlarni taqdim etish muddatlarining buzilishi;
g) ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan talablarga rioya qilmaslik.
Markaz qaror qabul qilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida turizm sohasining subyektiga qabul qilingan qarorni yuboradi.
3-bob. Turizm sohasining subyektlarini tanlab olish tartibi
11. Koʻrgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etuvchi turizm sohasining subyektlarini tanlab olish Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga Qoʻmita, Markaz va Oʻzbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi rahbarlari (mutaxassislari) kiradi.
Qoʻmitaning qarori bilan Komissiya raisi etib Qoʻmita rahbariyati tarkibiga kiruvchi mansabdor shaxs tayinlanishi mumkin.
Markaz Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Koʻrgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etuvchiturizm sohasining subyektlarini tanlash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ball tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Koʻrgazma va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun turizm sohasining subyektlarini tanlash quyidagi toifalar boʻyicha amalga oshiriladi:
I toifa — ish tajribasiga ega boʻlgan turoperator va turagentlar:
a) 3 yilgacha;
b) 3 yildan (+ 1 kun) 10 yilgacha;
v) 10 yildan ortiq.
II toifa — joylashtirish vositalari;
III toifa — transport xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar.
II va III toifadagi turizm sohasining subyektlari mavjud boʻlmagan hollarda ularning oʻrniga I toifadagi turizm sohasi subyektlari tanlanadi.
Koʻrgazmalar va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun ajratilgan joylar soni quyidagi toifalarga boʻlinadi:
turoperator va turagentlar uchun — 60 foiz;
joylashtirish vositalari uchun — 20 foiz;
transport xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun — 20 foiz.
Koʻrgazmalar va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun eng yaxshi turizm sohasining subyektini tanlash unga berilgan eng yuqori ball toʻplangan holda amalga oshiriladi.
Joylashtirish vositlari va transport xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan koʻrgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etish uchun qiziqish bildirilmagan taqdirda, ular uchun ajratilgan oʻrinlar turoperator va turagentlar oʻrtasida taqsimlanadi.
13. Turizm sohasining subyektlari uchun koʻrgazma va (yoki) yarmarkada qatnashish uchun tanlovda teng imkoniyatlar mavjud boʻlganda, Komissiya raisi qaroriga binoan subyektga ustunlik beriladi.
14. Ariza roʻyxatga olingan sanadan boshlab 20 kalendar kuni ichida Markaz turizm sohasining subyektini tekshirish hamda ushbu Nizomda koʻzda tutilgan tadbirlarda qatnashish uchun tanlovdan oʻtkazish natijalari haqida xabardor qiladi.
15. Markaz ushbu Nizomda koʻzda tutilgan tadbirlarda qatnashish uchun tanlov yakunlangan sanadan boshlab uch ish kuni ichida tanlov jarayonidan oʻtgan turizm sohasining subyektlari haqidagi axborotni uzbekistan.travel veb-saytida va Qoʻmitaning internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida shu jumladan Markazning axborot resurslarida joylashtiradi, shuningdek, tanlovdan oʻtmagan turizm sohasining subyektlarini qabul qilingan qarorning sabablari haqida xabardor qiladi.
4-bob. Komissiyaning ish tartibi
16. Komissiya faoliyati qarorlar masʼuliyatlilik, oshkoralik va kollegiallik asosida muhokama qilish va qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
17. Komissiya oʻz faoliyatida qonunchilik va ushbu Nizomga amal qiladi.
18. Komissiya aʼzosini almashtirishga faqat Qoʻmita raisining qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
19. Komissiya, agar uning majlisida komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa (kvorum), oʻz funksiyalarini amalga oshirishda qonuniy huquqqa ega boʻladi.
Komissiya aʼzolari komissiya majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida oʻz vaqtida xabardor qilinishi lozim. Komissiya aʼzolari tomonidan sirtdan ovoz berish yoki soʻrov yoʻli bilan qaror qabul qilinishi mumkin.
20. Quyidagilar Komissiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
a) turizm sohasi subyektlarining arizalarini (maʼlumotlarini, hujjatlarini) koʻrib chiqish, baholash va taqqoslash;
b) tanlovda qatnashishga ruxsat berish yoki oʻrnatilgan talablarga javob bermaydigan arizalarni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
v) majlis natijalari boʻyicha bayonnomalarni toʻldirish.
21. Komissiya aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
a) barcha taqdim etilgan hujjatlar va tanlov materiallari bilan tanishish;
b) komissiya majlisida soʻzga chiqish va bayonnomalarning toʻgʻriligini tekshirish.
22. Komissiya aʼzolari:
a) qonunchilik va ushbu Nizom talablariga rioya qilish;
b) komissiya majlislarida shaxsan ishtirok etish;
v) turizm sohasi subyektlarining arizalarida va boshqa hujjatlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashlari shart.
23. Komissiyaga komissiya raisi rahbarlik qiladi. Komissiya raisi komissiya ishining tashkil etilishi uchun javobgardir. Komissiya raisi boʻlmagan davrda uning majburiyatlarini komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
Komissiya majlisida rais quyidagilarni amalga oshiradi:
a) komissiyaning ishiga umumiy rahbarlik qiladi;
b) komissiya majlisini oʻtkazish vaqtini tasdiqlaydi;
v) komissiya majlisi qonuniy huquqqa egaligini eʼlon qiladi yoki komissiya aʼzolarining zarur soni mavjud emasligi tufayli uni koʻchirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi;
g) komissiya majlisini ochadi va olib boradi, tanaffuslarni eʼlon qiladi;
d) kun tartibini eʼlon qiladi;
e) muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi;
j) soʻzga chiquvchilarga soʻz beradi;
z) komissiya aʼzolarining takliflarini va qabul qilinayotgan qarorlarning loyihalarini ovozga qoʻyadi, ovoz berishga yakun chiqaradi va qabul qilingan qarorlarni eʼlon qiladi;
k) zarurat tugʻilganda, ishga ekspert jalb qilish masalasini komissiya muhokamasiga qoʻyadi;
l) majlislar davomida tuziladigan bayonnomalarni imzolaydi;
m) qonunchilik va ushbu Nizomga muvofiq ravishda boshqa ishlarni amalga oshiradi.
24. Komissiya turizm sohasi subyektlarining arizalarida taqdim qilingan maʼlumotlarga tayanib, shuningdek, olingan maʼlumotlardan kelib chiqib va ekspertlar jalb qilinsa, ularning fikrini eʼtiborga olib, qaror qabul qiladi.
25. Komissiya qarori kvorum mavjud boʻlganda, majlisda qatnashayotgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
26. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnoma majlisda ishtirok etayotgan barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
5-bob. Tanlov natijalari boʻyicha shartnoma tuzish
27. Komissiya tanlov natijalari boʻyicha turizm sohasining subyektiga xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
28. Komissiya bayonnomasi asosida Markaz tanlab olingan turizm sohasi subyekti bilan tegishli xalqaro turizm koʻrgazmasi va (yoki) yarmarkasida Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, uning arizasida va komissiya bayonnomasida koʻrsatilgan shartlarda ishtirok etish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
29. Agar turizm sohasining subyekti oʻz arizasi va komissiya bayonnomasi shartlarida shartnoma tuzishdan bosh tortsa, unga nisbatan tanlov natijalari bekor qilinadi.
30. Koʻrgazmada va (yoki) yarmarkada ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻzda tutilgan shartga koʻra, tadbirda ishtirok etishdan asossiz ravishda voz kechilsa yoki bosh tortilsa, unda turizm sohasining subyekti Markazga Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan uning tadbirda qatnashishi uchun sarflangan xarajatlarni qoplab beradi.
31. Komissiya tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha tanlov ishtirokchilari uchun majburiydir.
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish
SXEMASI
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
Turizm sohasining subyekti
Koʻrgazma va (yoki) yarmarkalarda xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun Markazga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani shaxsan oʻzi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda topshiradi
Belgilangan tadbirdan 90 kalendar kun oldin
Markaz
Arizani koʻrib chiqadi va va tanlovda ishtirok etish yoki tanlovda ishtirok etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
5 ish kuni ichida
Markaz
Qabul qilingan qarorni yuboradi.
2 ish kuni ichida
Markaz
Turizm sohasining subyektini tekshirish hamda ushbu Nizomda koʻzda tutilgan tadbirlarda qatnashish uchun tanlovdan oʻtkazish natijalari haqida xabardor qiladi.
20 kalendar kun ichida
Markaz
Tadbirlarda qatnashish uchun tanlov jarayonidan oʻtgan turizm sohasining subyektlari haqidagi axborotni uzbekistan.travel veb-saytida va Qoʻmitaning internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida shu jumladan Markazning axborot resurslarida joylashtiradi, shuningdek, tanlovdan oʻtmagan turizm sohasining subyektlarini qabul qilingan qarorning sabablari haqida xabardor qiladi.
3 ish kuni ichida
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalari
ROʻYXATI
T/r
Xalqaro turizm koʻrgazmasining (yarmarkasining) nomi
Oʻtkaziladigan mamlakat, shahar
Oʻtkazilish sanasi
1.
FITUR
Madrid, Ispaniya
Yanvar
2.
New York Times Travel Show
Nyu-York, AQSH
Yanvar
3.
EMITT
Istanbul, Turkiya
Yanvar-fevral
4.
OTM
Mumbay, Hindiston
Fevral
5.
IMTM
Tel-Aviv, Isroil
Fevral
6.
ITB Berlin
Berlin, GFR
Mart
7.
MITT
Moskva, RF
Mart
8.
AITF
Boku, Ozarbayjon
Aprel
9.
KITF
Olmaota, Qozogʻiston
Aprel
10.
ATM
Dubay, BAA
Aprel
11.
SITIF
Seul, Koreya Respublikasi
Iyun
12.
HalalTravelExpo&Forum
Jakarta, Indoneziya
Iyun
13.
MATTA
Kuala-Lumpur, Malayziya
Sentabr
14.
TopResa
Parij, Fransiya
Oktabr
15.
TTG Rimini
Rimini, Italiya
Oktabr
16.
TourismExpoJapan
Yaponiya
Oktabr
17.
ITB Asia
Singapur
Oktabr
18.
WTM
London, Buyuk Britaniya
Noyabr
19.
CITM
Kunmin, XXR
Noyabr
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qaroriga koʻra ushbu Roʻyxatga turizm sohasidagi boshqa xalqaro tadbirlar ham kiritilishi mumkin.
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Xalqaro turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun turizm sohasining subyektlarini tanlashda baholash mezoni boʻyicha oʻrnatilgan
Turpaket doirasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
har bir turpaket uchun qoʻshimcha ravishda 1 balldan
3.
“Turistik mahalla”, “Turistik qishloq” yoki “Turistik ovul” maqomiga ega boʻlgan joylar uchun turpaketlar.
har bir turpaket uchun qoʻshimcha ravishda 1 balldan
III. Xodimlar va marketing faoliyati
1.
Yoʻnalishlar boʻyicha kasbiy va / yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan shtatda ishlovchilar soni:***
har bir xodim uchun 2 balldan
a) turizm;
b) marketing;
v) gid-tarjimon;
g) mehmonxona biznesi
d) turoperator va turizm bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar.
2.
Shtatda turizm bilan bogʻliq “gid”, “ekskursiya yetakchisi”, “yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi” va boshqalar boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlgan xodimlar soni***
har bir xodim uchun 2 balldan
3.
Kompaniyaning xalqaro turizm veb-platformalarida mavjudligi (Booking, Expedia, Trip.com, TakeTours i dr. xalqaro veb-portallar)
har bir veb-portal uchun 1 balldan
4.
Facebook, Instagram, YouTube, Twitter, WeChat va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda faolligi. (ijtimoiy tarmoqlarda mavjud boʻlgan obunachilarning soni)
har 1000 obunachi uchun 1 balldan
5.
Tasvirli va matnli yoʻnalish oʻrtasida muvozanat mavjud boʻlgan (50/50) tarqatma materiallar mavjudligi (Oʻzbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvchi broshyuralar va kataloglar)
har bir tarqatma material uchun 1 balldan
* faqatgina turoperator va turagentlar uchun;
** bitta turpaket fvqvt bitta yoʻnalishda koʻrib chiqiladi.Individual turlarning 30% Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda boʻlishi kerak, qolgan 70% Respublikaning boshqa hududlarida;
*** Kompaniyadagi xodimning ish tajribasi tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish paytida kamida 6 oy boʻlishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 8-ILOVA
Fuqarolar yigʻinlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom fuqarolar yigʻinlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza beruvchi — vakolatli davlat organiga fuqarolar yigʻiniga turistik maqomni berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan fuqarolar yigʻinining tegishli hududida istiqomat qiluvchi fuqaro yoki fuqarolar yigʻini raisi;
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Markaz — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat muassasasi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
“Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” va “Turizm ovuli” (keyingi oʻrinlarda — turizm mahallasi) — fuqarolar yigʻinlari hududining mavjud tabiy, tarixiy-madaniy resurslari va xususiyatlari asosida turistik xizmatlar (turistik mahsulotlar) majmui shakllangan va ushbu hududga taqdim etiladigan maqom;
turizm mahsuloti — turistning sayohatlari davomida uning ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan turizm xizmatlari, shu jumladan turar joy, ovqatlanish, transport, ekskursiya va maslahat xizmatlari, ishlari va mahsulotlari majmui;
turist — vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) yigirma toʻrt soatdan ketma-ket oʻn ikki oygacha boʻlgan davrga boruvchi yoki vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs;
ekskursant — vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs.
3. Fuqarolar yigʻiniga turizm mahallasi maqomini berishdan asosiy maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
fuqarolar yigʻinida azaldan saqlanib qolgan moddiy va madaniy merosini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlash, ilgari surish va targʻib qilish;
xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish;
turizmni barqaror rivojlantirish;
turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
mahalliy aholining madaniyati va anʼanalarini ommalashtirish;
turizm mahallasining ekologiyasini hamda tabiiy boyliklarini asrash va yaxshilash;
fuqaralor yigʻini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash;
fuqarolar yigʻini hududida yangi ish oʻrinlarini yaratish;
doimiy ravishda turizm xizmatlari sifatini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish;
turizm xizmatlarini koʻrsatishda qonun talablariga rioya qilish.
4. Fuqarolar yigʻinlariga turizm mahallasi maqomini berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Fuqarolar yigʻini turizm mahallasi maqomini olishi uchun qoʻyiladigan talablar va shartlar
5. Fuqarolar yigʻini turizm mahallasi maqomini olishi uchun quyidagi talablar va shartlarga javob berishi lozim:
a) fuqarolar yigʻini hududida xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish uchun kamida 20 ta oilaviy mehmon uylarining mavjudligi;
b) fuqarolar yigʻini hududida turistlarga kamida 5 ta sifatli turistik xizmatlarni taqdim etish (turar joy va (yoki) ovqatlanish xizmatlaridan tashqari);
v) fuqarolar yigʻini hududida mahalliy ishlab chiqarilayotgan esdalik sovgʻalari mahsulotlarini (kamida bitta savdo nuqtasi) sotish shoxobchalarini tashkil etish;
g) fuqarolar yigʻini hududida turizmning quyidagi turlaridan birini tashkillashtirish:
ekologik (geoturizm);
agroturizm (qishloq);
etnografik;
madaniy va tarixiy;
d) fuqarolar yigʻini hududida turistik koʻrgazma obyektlarining mavjudligi;
e) fuqarolar yigʻini hududida turistlar (ekskursantlar) xavfsizligini taʼminlash;
yo) turistlar uchun yaratilgan qoʻshimcha koʻngil ochar shart-sharoitlar (otlar, tuyalar, velosipedlar, kvadratsikllar, qayiqlar, katamaranlar va boshqalar ijarasi);
j) turizm toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish;
z) zarur infratuzilmaning mavjudligi (avtomobil yoʻllari, transport aloqasi, aloqa vositalari, ichimlik suvi, elektr energiyasi, Internet, sovuq mavsumda isitish tizimi);
i) hududda kuzatilishi mumkin boʻlgan tabiiy hodisalar va xavfli hududlar toʻgʻrisida maʼlumotlarning mavjudligi;
k) yil davomida turizm xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi;
l) zarur koʻrsatkichlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida mavjudligi;
m) birinchi tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi;
n) bosma shaklda turistik obyektlarni joylashish joylari xaritasi mavjudligi;
o) tashrif buyurishdan oldin turistlar tomonidan oilaviy mehmon uylari uchun joylarni bron qilish va fuqarolar yigʻini hududida koʻrsatiladigan turistik xizmatlarga buyurtma berish imkoniyatining mavjudligi;
p) fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidabarcha uchun qulay joyida maʼlumot materiallari (varaqalar, bukletlar, risolalar, xaritalar va boshqalar) mavjudligi.
3-bob. Fuqarolar yigʻiniturizm mahallasi maqomini olishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar
6. Fuqarolar yigʻini turizm mahallasi maqomini olishi maqsadida ariza beruvchi tomonidan Markazga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda, pochta orqali yoki elektron shaklda ariza topshiriladi.
7. Arizaga ariza beruvchining imzosi yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan quyidagi maʼlumotlar ilova qilinishi kerak:
ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar (F.I.O., aloqa maʼlumotlari);
fuqarolar yigʻinining nomi;
ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq fuqarolar yigʻini hududida koʻrsatiladigan turistik xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar.
8. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 7-bandida koʻzda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Arizani koʻrib chiqish uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
4-bob. Fuqarolar yigʻiniga turizm mahallasi maqomini berish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish
10. Markaz taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni ichida toʻliqligi jihatdan koʻrib chiqadi va ularni vakolatli davlat organiga yuboradi.
11. Vakolatli davlat organi arizani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi va turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va xodimlaridan iborat tarkibda maxsus komissiya tuzadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Markaz maxsus komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
12. Maxsus komissiya ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran:
uch ish kuni mobaynida fuqarolar yigʻinining ushbu Nizom talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganish yuzasidan vakolatli vakillar roʻyxatini tasdiqlaydi. Bunda, Maxsus komissiya ariza beruvchini oʻrganish sanasi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qiladi;
yetti ish kuni ichida vakolatli vakillarning fuqarolar yigʻini hududiga oʻz vaqtida chiqishlari va oʻrganish oʻtkazishni taʼminlaydi. Vakolatli vakillar ikki ish kunida ortiq boʻlmagan vaqtda fuqarolar yigʻini hududida turistlar qabul qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ushbu Nizom talablariga mos kelishini oʻrganadi;
oʻn besh ish kuni ichida fuqarolar yigʻinlarini ushbu Nizom talablari va shartlariga javob berishi yoki bermasligi haqidagi xulosa tayyorlaydi hamda Maxsus komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi.
13. Maxsus komissiya vakolatli vakillarning xulosasini koʻrib chiqadi va fuqarolar yigʻinigaturizm mahallasi maqomini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Maxsus komissiya qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichidaqarorni ariza beruvchi va vakolatli davlat organiga yuboradi.
14. Vakolatli davlat organi uch ish kuni ichida Maxsus komissiyaning qaroriga asosan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq fuqarolar yigʻiniga turizm mahallasi maqomini berish toʻgʻrisidagi guvohnoma beradi.
15. Maxsus komissiya turizm mahallasi maqomini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi va uch ish kuni ichida ariza bervuchiga yuboriladi.
16. Rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, takroriy arizani koʻrib chiqish Maxsus komissiya tomonidan ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam boʻlmagan muddatda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni tasdiqlovchi materiallar bilan oʻtkaziladi.
Materiallarni qayta koʻrib chiqishda, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Vakolatli davlat organi fuqarolar yigʻiniga turizm mahallasi maqomini bergandan soʻng, tegishli maʼlumotni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
5-bob. Fuqarolar yigʻinining huquqlari. Vakolatli davlat organining turizm mahallasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha vazifalari
18. Turizm mahallasi maqomini olgan fuqarolar yigʻinlari “Obod qishloq”va “Obod mahalla” davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritiladi.
Turistlarga bepul xizmat koʻrsatadigan aholi va xodimlar turistlarga xizmat koʻrsatishning zamonaviy uslublariga muvofiq oʻqitiladi.
Fuqarolar yigʻini hududi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bepul targʻib qilinadi.
Fuqarolar yigʻining goʻzal obyektlari toʻgʻrisidagi materiallar (risolalar, bukletlar, flayerlar va boshqalar) bepul nashr etiladi hamda xorijiy va mahalliy sayyohlik koʻrgazmalarida namoyish etiladi.
Turizm mahallasi maqomini olgan fuqarolar yigʻini viloyatning turistik yoʻnalishlariga birinchi navbatda kiritiladi.
Turizm mahallasi maqomini olgan fuqarolar yigʻinining aholisini tayyorlash, ushbu hududni milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish, shuningdek, “Turizm fuqarolar yigʻini”ning goʻzal obyektlari toʻgʻrisidagi materiallarni xorijiy va mahalliy sayyohlik koʻrgazmalarida eʼlon qilish xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi turizmni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarning xayriyalari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek qonun bilan taʼqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
19. Vakolatli davlat organi turizm mahallasi maqomiga ega boʻlgan fuqarolar yigʻinlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
turizm sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mahalliy davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda turizm sohasini, shuningdek, fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda turistik xizmatlar koʻrsatishni yaxshilash va turizm mahallasi hududida infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
eng yaxshi “Yilning turizm fuqarolar yigʻini” tanlovini tashkil etadi;
turizm mahallalari hisobini yuritadi;
turizm mahallalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;
turizm mahallasi ishtirokchilariga davlat tomonidan va boshqa yordamlar olishda koʻmaklashadi.
Vakolatli davlat organiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq turizm mahallasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Turizm mahallasi faoliyatini nazorat qilish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Fuqarolar yigʻinlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Fuqarolar yigʻinlariga turistik maqomni berish
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
Ariza beruvchi
Ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda, pochta orqali yoki elektron shaklda ariza yuboradi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
Markaz
Markaz taqdim etilgan hujjatlarni toʻliqligi jihatdan koʻrib chiqadi va vakolatli davlat organiga yuboradi.
5 ish kuni ichida
Maxsus komissiya
fuqarolar yigʻini hududiga tashrif buyuradigan vakolatli vakillarni fuqarolar yigʻinining ushbu Nizom talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganish uchun roʻyxatni tasdiqlaydi.
vakolatli vakillarning fuqarolar yigʻini hududiga oʻz vaqtida chiqishlarini taʼminlaydi.
vakolatli vakillarning fuqarolar yigʻinlarini ushbu Nizom talablari va shartlariga javob berishi yoki bermasligi haqidagi qaror qabul qiladi.
3 ish kuni ichida
7 ish kuni ichida
15 ish kuni ichida
Maxsus komissiya
Fuqarolar yigʻiniga turistik maqom berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va arizachiga yuboradi
3 ish kuni ichida
Vakolatli davlat organi
Maxsus komissiyaning qaroriga asosan ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq fuqarolar yigʻiniga turizm mahallasi maqomini berish toʻgʻrisidagi guvohnoma beradi.
3 ish kuni ichida
Maxsus komissiya
Turizm mahallasi maqomini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomaga ilova qiladi va ariza beruvchiga yuboradi.
3 ish kuni ichida
Ariza beruvchi
Rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etgandan soʻng, takroriy ariza topshiradi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
Maxsus komissiya
Takroriy arizani aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni tasdiqlovchi materiallar bilan birga koʻrib chiqadi
5 ish kuni ichida
Fuqarolar yigʻinlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Turizm fuqarolar yigʻini maqomni olish boʻyicha
ARIZA
1.
Joylashuvi
(xarita boʻyicha kenglik va uzunlik)
2.
Maydoni (gektar)
3.
Aholi
4.
Fuqarolar yigʻinining nomi;
5.
Turistik hududni yaratish maqsadlari
Aholining bilim darajasi va yashash sharoitlarini yaxshilash;
Yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Infratuzilmani rivojlantirish;
Aholi daromadlarining oʻsishi;
Turizm infratuzilmasini diversifikatsiya qilish va rivojlantirish;
Hududni ommalashtirish.
6.
Yaratilgan mehmon uylari soni
7.
Mehmon uylarining 07.08.2018 dagi 631-sonli VMQ da koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi
Moskeladi/ mos kelmaydi
8.
Fuqarolar yigʻini hududning taklif etilayotgan chegaralarida koʻrsatilgan turizm xizmatlarining roʻyxati
Gid xizmatlari, otlarni ijaraga berish, folklor, hunarmandchilik, baliq ovlash, uy muzeyi, mahorat darslar va boshqalar.
9.
Hududda joylashgan diqqatga sazovor joylarning nomi
10.
Fuqarolar yigʻini hududni rivojlantirish va shakllantirishning istiqbolli rejasi
Qoʻshimcha mehmon uylarini yaratish;
Qoʻshimcha turizm xizmatlarini yaratish;
Xizmat koʻrsatish xodimlarini oʻqitish;
Hududni boshqa turizm yoʻnalishlariga kiritish;
Hududni tartibga solish.
Fuqarolar yigʻinlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 10-ILOVA
Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasasi (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasasi) — mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga asosan belgilangan turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
turizm sohasi mutaxassisi — oliy yoki oʻrta-maxsus kasb diplomiga va (yoki) belgilangan namunadagi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik haqidagi diplomga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
turizm sohasidagi mutaxassisni qayta tayyorlash — kasbiy faoliyatning qoʻshimcha turlarini amalga oshirish uchun bilim, koʻnikma va qobiliyatlarning zarur hajmi egallanishini taʼminlovchi oʻqitish shakli;
turizm sohasidagi mutaxassisning malakasini oshirish — turizm sohasida avval egallangan bilim, koʻnikma va qobiliyatlarni qoʻllab-quvvatlash, kengaytirish, chuqurlashtirish va takomillashtirishga imkon beruvchi oʻqitish shakli.
3. Turizm sohasida mutaxassislarning qayta tayyorlanishi va malakasini oshirish amalga oshiriladigan lavozim va mutaxassisliklar nomenklaturasi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
4. Boshqa davlatlarda taʼlim muassasalarini tamomlagan jismoniy shaxslarga malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi oʻqitishga oliy yoki oʻrta-maxsus kasbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat tan olinish jarayonidan oʻtgandan soʻng ruxsat etiladi.
5. Turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
6. Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini tashkil qilish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va vazifalari
7. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsadi yuqori darajadagi kasbiy faoliyatni taʼminlash uchun zarur boʻlgan kasbiy bilimlar, koʻnikma va qobiliyatlarni olish va doimiy yangilash, kasb standartlari va taʼlim dasturlari asosida kasbiy mahoratni tizimli rivojlantirishga koʻmaklashish hisoblanadi.
8. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
funksional majburiyat va vakolatlarning samarali bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan darajada mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularning bilim, koʻnikma va qobiliyatlarini uzluksiz yangilash mexanizmlarini joriy qilish;
milliy iqtisodiyot, turizm sohasi, hududlardagi va umuman respublikadagi haqiqiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi tarkibini optimallashtirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish va ularning natijalarini monitoring qilish;
turizm bozori rivojlanishining hozirgi yoʻnalishlarini eʼtiborga olgan holda, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini oʻquv-uslubiy, axborot va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash va uni takomillashtirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining yanada rivojlanishi va modernizatsiyasini taʼminlash.
3-bob. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining tarkibi va uni boshqarish
9. Turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi tarkibiga Qoʻmita, Madaniy meros obyektlarini asrashga doir muammolarni oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut), davlat va nodavlat taʼlim muassasalari hamda buyurtmachilar kiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida taʼlim jarayoni mexanizmlari va takomillashtirish usullarini belgilaydi;
turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
turizm sohasidagi kasb standartlari hamda yoʻnalish va mutaxassisliklar Klassifikatorining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yoʻnalishlari bilan muvofiqligini taʼminlaydi.
11. Institut yagona normativ bazani ishlab chiqish va turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha taʼlim jarayonini muvofiqlashtiruvchi muassasa hisoblanadi.
12. Institutning turizm sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
milliy va xorijiy mutaxassislar va oʻqituvchilarni jalb qilgan holda turizm sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim jarayonining ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida ilgʻor xalqaro amaliyotni oʻrganish va joriy qilish;
taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va murabbiylarning kasbiy oʻsishiga qaratilgan, tashkilotlarning ishlab chiqarish bazasidan foydalangan holda amaliy oʻqitishning interfaol usullarini joriy qilish;
kasb va taʼlim standartlariga muvofiq holda, oʻquv dasturlari, oʻquv-uslubiy hujjatlar va turizm sohasidagi adabiyotlarni ishlab chiqish va ularning tahlilini amalga oshirish;
taʼlim muassasalariga turizm sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv-uslubiy hujjatlar va turizm sohasidagi adabiyotlarni taqdim etish, tarqatma materiallarning ishlab chiqilishi va nashr qilinishini tashkillashtirish;
malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalari boʻyicha taʼlim muassasalari faoliyatini uslubiy qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish;
turizm sohasi mutaxassislari kasbiy faoliyati, qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayoni monitoringining yagona elektron tizimi axborot resurslarini shakllantirgan va roʻyxatdan oʻtkazgan holda, turizm sohasining ishtirokchilari va qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro elektron aloqani taʼminlash;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yagona reyestrini yuritadi.
13. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali jarayonini tashkillashtirish maqsadida taʼlim muassasalari:
tegishli yoʻnalishlar boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirishning zarur sifatini taʼminlaydi;
kurslar doirasida sifat jihatidan tashkiliy va mahorat mashgʻulotlarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun zarur boʻlgan oʻquv, uslubiy va moddiy-texnik bazani yaratadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yuqori malakali pedagogik kadrlar va turizm sohasidagi yetakchi amaliyotchi-mutaxassislarni, shuningdek xorijiy mutaxassislar va oʻquv-uslubiy xodimlarning keng jalb qilinishini taʼminlaydi;
fanning amaliyot bilan aloqasini taʼminlaydi, turizm sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalarini qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining taʼlim jarayoniga oʻz vaqtida joriy qilish mexanizmini amalga oshiradi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquvchilarga amaliyot va ochiq maʼruzalar hamda amaliy mashgʻulotlarning oʻtkazilishi, ularning keyingi muhokamasi va tanqidiy tahlilini tashkillashtiradi;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va turizm sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish uchun tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oʻqitishda bitiruvchilarga davlat namunasidagi qayta tayyorlash va malaka oshirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi;
Institutga qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tugatgan tinglovchilar haqidagi maʼlumotlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari Yagona reyestriga kiritish uchun majburiy tartibda taqdim etadi.
14. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi turizm sohasi mutaxassislarini oʻqitishning buyurtmachilari vazirlik va idoralar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
15. Buyurtmachilar:
har yili mutaxassislarning miqdor va sifat tarkibi, belgilangan kasbiy tayyorgarligi va ixtisoslik darajasi, ish tajribasi, alohida xodimlarning ishchanlik va shaxsiy sifatlarining tahlilidan kelib chiqqan holda, ularning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishida oʻz ehtiyojlarini mustaqil ravishda belgilaydi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tasdiqlangan jadvali asosida tegishli kurslarga belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida kelishini taʼminlaydi;
kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarning ilgʻor tajribasi, yangi bilimlari va koʻnikmalari ommalashishini tashkillashtiradi, ularning ijobiy tajribasini targʻib qilish boʻyicha choralarni koʻradi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining ichki monitoringini olib boradi, yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek, boʻsh lavozimlarni toʻldirish uchun tanlovlar oʻtkazish jarayonida ularni asosiy mezon sifatida eʼtiborga oladi.
4-bob. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish hamda oʻtkazish tartibi
16. Sohaga oid boʻlmagan yoʻnalishdagi oliy yoki oʻrta va oʻrta-maxsus professional taʼlim muassasalarini bitirgan va turizm sohasi korxonalarida ishlayotgan mutaxassislar, ularning asosiy kasbiy maʼlumotlarini tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish, ular tomonidan kasb mezoni va malaka talablari bilan belgilangan darajada kasb faoliyatini olib borishi uchun zarur va yetarli boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallashini taʼminlash maqsadida qayta tayyorlovdan oʻtishi tavsiya etiladi.
17. Turizm sohasi mutaxassislari faoliyat talablaridan kelib chiqqan holda, doimiy asosda, har uch yilda bir marta malaka oshirishning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha malaka oshirishdan oʻtishi zarur.
18. Turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish pullik asosda amalga oshiriladi.
Oʻqitish narxi turizm sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturining davomiyligidan kelib chiqqan holda, taʼlim muassasasi va buyurtmachi oʻrtasidagi shartnoma asosida belgilanadi.
19. Qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim jarayonini tashkillashtirish tasdiqlangan kasbiy standartlar va malaka talablari, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim dasturlari, mashgʻulotlar jadvali orqali tartibga solinadi.
20. Qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim jarayonida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi: maʼruza, interfaol seminarlar, amaliy mashgʻulot, sayyor mashgʻulot, tajriba almashish, mustaqil oʻqish (taʼlim), malakaviy amaliyot, loyiha ishini himoya qilish va imtihon.
Tegishli axborot-uslubiy va tashkiliy-texnik asos boʻlgan taqdirda, qayta tayyorlash va malaka oshirishning taʼlim jarayoni masofaviy oʻqitish usullaridan foydalangan holda tashkil qilinishi mumkin.
Masofaviy taʼlim onlayn shakllarda tashkillashtiriladi.
21. Barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi 80 daqiqani, oʻquv mashgʻulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
22. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning taʼlim jarayoni, qoidaga koʻra, buyurtmachilardan kelib tushgan yillik buyurtmalar boʻyicha guruhlarning toʻlishidan kelib chiqqan holda, akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
Tinglovchilarning kam sonli yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayonini tashkillashtirish doirasida, oʻqitishning alohida yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan meʼyorga muvofiq guruhlarni shakllantirish uchun — bitta guruhdagi tinglovchilar soni 5 nafardan kam boʻlmagan miqdorda oʻrnatilishi mumkin.
23. Taʼlim muassasalarida turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻqitishning quyidagi shakllari orqali amalga oshiriladi:
asosiy ishdan ajralgan holda;
asosiy ishdan qisman ajralgan holda (aralash usul);
masofaviy oʻqitish shakli yordamida asosiy ishdan ajralmagan holda.
24. Asosiy ishdan ajralgan va qisman ajralgan holda (aralash usulda) qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi.
25. Qayta tayyorlash kasbiy faoliyatning qoʻshimcha turlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va qobiliyatlarni oʻzlashtirish borasida kamida 576 akademik soat hajmdagi kasbiy qayta tayyorlash dasturlarini oʻz ichiga oladi.
Malaka oshirish oʻz ichiga quyidagi oʻqitish turlarini oladi:
turizm sohasi mutaxassislarining aniq vakolatlariga oid alohida predmetlarni oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli mavzuli oʻqitish (18 — 72 akademik soat);
kasbiy faoliyat yoʻnalishi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, turizm sohasi va turizm bozori rivojlanishining dolzarb muammolarini chuqur oʻrganish boʻyicha uzoq muddatli oʻqitish (72 — 144 akademik soat);
kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida vujudga keluvchi boshqaruv, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy, ilmiy-texnik va boshqa masalalar boʻyicha mavzuli va muammoli seminarlar.
26. Qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarining oʻzlashtirilishi taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya bilan tasdiqlanadi va uning natijalari boʻyicha ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq, davlat namunasidagi hujjat — qayta tayyorlash haqidagi diplom beriladi.
Malaka oshirish kurslari natijalari boʻyicha ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq, malaka oshirganlik haqidagi guvohnoma beriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirishni oʻzlashtirish uchun tanlangan dasturni tamomlamagan yoki attestatsiyadan oʻtmagan tinglovchilarga, taʼlim muassasalari tomonidan, oʻzlashtirilgan taʼlim dasturining haqiqiy hajmi va mazmuni aks ettirilgan akademik maʼlumotnoma beriladi.
27. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturlarini mustaqil yoki masofaviy oʻqitish texnologiyalari orqali oʻzlashtirayotgan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyadan oʻtishiga ruxsat etiladi. Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha yakuniy attestatsiya taʼlim muassalarining attestatsiya komissiyalarida oʻtkaziladi.
28. Asossiz sabablar bilan mashgʻulotlarni oʻtkazib yuborganligi uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining tinglovchilari safidan chetlatilganlar, takroran pullik asosda kursdan oʻtishlari, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirishning navbatdagi kurslarida tegishli yoʻnalish (mutaxassislik) boʻyicha attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
29. Attestatsiya natijalari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursida takroran imtihon topshirish imkoniyati beriladi. Takroriy imtihon topshirish imkoniyati faqat bir marta taqdim etiladi.
5-bob. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini nazorat qilish va taʼlim muassasalarining faoliyatini baholash
30. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini nazorat qilish va baholash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) ichki nazorat:
asosiy bilimlarni baholash;
yangi bilim, koʻnikma va qobiliyatlarning oʻzlashtirilganlik darajasini joriy nazorat qilish;
oʻqitish yakunlangandan soʻng mutaxassislik boʻyicha attestatsiyani oʻz ichiga olgan yakuniy nazorat;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat.
31. Egallangan bilim va koʻnikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestatsiya oʻtkazish tartibi, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi taʼlim jarayonining sifatini baholash mexanizmlari Qoʻmita tomonidan belgilanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
32. Qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari faoliyatini baholash tartibi qonunchilik hujjatlariga asosan tartibga solinadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Taʼlim muassasalariga nisbatan talablar
33. Taʼlim muassasalari mulchilik shaklidan kelib chiqqan holda quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan nodavlat taʼlim faoliyatini yuritish uchun litsenziyaning mavjud boʻlishi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda nodavlat taʼlim muassasalarining davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan boʻlishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomning 2-ilovasi.
34. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha faoliyatni olib borayotgan taʼlim muassasasi quyidagi hujjatlarni kamida uch yil davomida saqlashi shart:
a) Institut bilan kelishilgan va taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlangan imtihon biletlari savolnomalari;
b) baholar, bilet raqamlari, imtihon komissiyasi aʼzolarining ism va familiyalari aks ettirilgan va ularning imzolari qoʻyilgan imtihon komissiyasi qaydnomasi;
v) mashgʻulotlarni oʻtkazish sanasi, mashgʻulotlarning mavzusi, oʻquv soatlari miqdori, oʻqituvchilarning familiyasi va imzosi koʻrsatilgan taʼlim jarayonida tinglovchilarning davomat jurnali;
g) hujjatlarning raqami, berilish sanasi, oʻqitish davri, oʻquv kursining nomi, tinglovchilarning familiyasi va ismi-sharifi, pasport maʼlumotlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish toʻgʻrisidagi hujjatlarning berilganligini hisobga olish jurnali.
7-bob. Turizm sohasida mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlariga qoʻyiladigan talablar
35. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv-mavzuli rejalar va oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Oʻquv dasturlari taʼlim muassasalari tomonidan Institut bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi.
Oʻquv dasturlari zaruratga qarab, ammo uch yilda kamida bir marta yangilanadi.
36. Oʻquv dasturlari tinglovchilarning amaldagi ehtiyojlari va ularning tayyorgarlik darajasini eʼtiborga olgan holda shakllantiriladi. Oʻquv dasturlari ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan holda, turli faoliyat sohalari uchun alohida ishlab chiqilishi mumkin.
Oʻquv dasturlari asosiy va qoʻshimcha oʻquv modullariga ajratilgan holda alohida oʻquv modullariga boʻlinadi.
37. Oʻquv dasturlarining mazmuniga boʻlgan asosiy talablar, mutaxassislik boʻyicha zarur va yetarli bilim va koʻnikmalarning oʻzlashtirilishini eʼtiborga olgan holda, kasb standartlari va mutaxassisning malaka tavsifnomasiga qatʼiy muvofiqlik prinsiplariga asoslanadi.
Oʻquv dasturi fan, texnika, texnologiya va turizm bozori rivojlanishining ilgʻor yutuqlariga muvofiq holda yaratilishi, turizm taʼlimi tizimida uzluksizlik, izchillik va ketma-ketlikni taʼminlashga doir talablarga javob berishi lozim.
38. Oʻquv dasturi taʼlim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni oʻzlashtirish uchun imkoniyatlarni nazarda tutishi kerak.
39. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari nazorat tadbirlarida quyidagilar nazarda tutiladi:
tinglovchilarni testdan oʻtkazish;
kamida 15 ta slayd hajmidagi malakaviy loyiha (taqdimot)ni tayyorlash va himoya qilish;
40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
41. Oʻz vaqtida va sifatli qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun javobgarlik taʼlim muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkillashtirish
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Vazirlik va idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar
Xodimni turizm sohasidagi mutaxassislarning qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridan oʻtish uchun yoʻllaydi.
Ehtiyojdan kelib chiqqan holda
2-bosqich
Taʼlim muassasalari
1. Mazkur Nizom talablariga muvofiq, mutaxassislar qayta tayyorlanishi va malakasini oshirishini tashkil qiladi.
2. Turizm sohasidagi mutaxassislarga (imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda) qayta tayyorlash haqidagi diplom yoki malaka oshirganlik haqida belgilangan namunadagi guvohnomani topshiradi.
Ushbu Nizomda belgilangan muddatlarga muvofiq
3-bosqich
Qayta tayyorlash haqida diplom yoki malaka oshirganlik toʻgʻrisida guvohnoma olgan mutaxassis
Turizm sohasida mutaxassislarning malakasini oshirganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki qayta tayyorlanganligi haqida diplom albatta boʻlishi shart boʻlgan lavozimlarda ishlash huquqiga ega boʻladi.
Kurs natijalariga koʻra
Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 11-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari toʻgʻrisidagi toʻliq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun grantlar ajratish, tadbirkorlik subyektlarining respublika hududlarida “karaoke” zallari va turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarini qoplash, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bogʻliq boʻlgan jamoat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
grant — Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan Oʻzbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari toʻgʻrisidagi toʻliq va qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun tadbirkorlik subyektlari va jamoat tashkilotlariga beriladigan pul mablagʻlari;
distribyutorlik bitimi — ishlab chiqaruvchi kompaniya va distribyutor oʻrtasida tuziladigan bitim boʻlib, unda distribyutor yetkazib beruvchidan tovarlarni sotib olish va muayyan hududda targʻib qilish/realizatsiya qilish majburiyatini oladi;
institutsional qoʻllab-quvvatlash — turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash, xorijiy sheriklar bilan aloqa oʻrnatish, xizmat safari xarajatlari, koʻrgazmalarni oʻtkazish maqsadida maydonlarni ijaraga olish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun faoliyati turizm sohasi bilan bogʻliq boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — NNTlar) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ajratiladigan pul mablagʻlari;
kinoloyiha materiallari — film sinopsisi, rejissor ssenariysi va smetasi, tasvirga olish obyektlarining joylashuvi va ular toʻgʻrisidagi axborotlar, filmning ishchi hujjatlari va boshqalarni oʻz ichiga olgan materiallar toʻplami;
kompensatsiya — tadbirkorlik subyektlariga respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) “karaoke” zallari va turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplash maqsadida beriladigan pul mablagʻlari;
onlayn kinoteatr — qonuniy professional onlayn-video bozorida faoliyat yuritayotgan, 1 million nafardan ortiq obunachisiga ega sayt va (yoki) sayt sahifasi boʻlib, undagi kontent (foydalanuvchi interfeysi, audioyoʻlakchalar va/yoki subtitrlar) kamida ikkita xorijiy tilda yuritiladi;
talabgor — grantlar olish, kompensatsiya ajratish yoki institutsional qoʻllab-quvvatlash uchun buyurtma va boshqa hujjatlar taqdim qilgan tadbirkorlik subyektlari va faoliyati turizm sohasidagi NNTlar.
3. Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan, qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlgan tadbirkorlik subyektlari va NNTlar, Qoʻmita xodimlarining tanlovda ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
4. Talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish, grant, kompensatsiya qilish va institutsional qoʻllab-quvvatlash maqsadida moliyaviy yordam mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan maxsus Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tarkibi shakllantiriladi.
2-bob. Tadbirkorlik subyektlariga grantlar ajratish tartibi
5. Grant bitta loyihaning 30 foizi, lekin 3 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda ajratiladi.
Grantning umumiy miqdori har yili Jamgʻarmaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlanadi.
6. Talabgor tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan Qoʻmitaga murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
kinoloyiha materiallari;
kinoloyiha uchun 70 foiz mablagʻning mavjudligini tasdiqlovchi bank hujjatlari;
toʻliq metrajli badiiy filmlar uchun davom etish vaqti kamida 70 daqiqalik boʻlgan badiiy filmni xalqaro kino bozorlarida sotish hamda xalqaro kinofestivallarda namoyish etish uchun targʻib qilish toʻgʻrisida xalqaro distribyuterlik bitimi yoki kafolat xati nusxasi;
qisqa metrajli badiiy filmlar uchun davom etish vaqti kamida 30 daqiqalik badiiy filmni xalqaro kinofestivallarda namoyish etish uchun targʻib qilish toʻgʻrisida xalqaro distribyuterlik bitimi yoki kafolat xati nusxasi;
hujjatli-xronikal va hujjatli-badiiy filmlar uchun davom etish vaqti kamida 40 daqiqalik filmni onlayn-kinoteatrlarda namoyish etilishini tasdiqlovchi hujjat nusxalari.
7. Loyihalar quyidagilarga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim:
a) Oʻzbekiston tarixi va tarixiy shaxslari haqidagi afsona va hikoyalar talqinini targʻib qilish;
b) mamlakat kinolokatsiyasini xalqaro media maydonda targʻib qilish;
v) Oʻzbekistonning turizm salohiyatini namoyish etish.
8. Grant har chorak yakunlariga koʻra, chorak tugaganidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar mazkur yakunlangan chorakda ariza bergan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.
9. Komissiya chorak davomida kelib tushgan arizalarni, chorak tugaganidan keyingi oyining 10 sanasiga qadar ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganish asosida grant ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror nusxasini qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida talabgorga yuboradi.
Grant ajratish toʻgʻrisidagi qarorda grant miqdori, tadbirkorlik subyekti nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), grant oluvchi yuridik shaxsning nomi, STIR, tijorat bankidagi joriy hisobining rekvizitlari koʻrsatiladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish zarurati tugʻilsa, Komissiya talabgorni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va arizani koʻrib chiqishni qoʻshimcha oʻn kunga uzaytirish huquqiga ega.
10. Grant rad etilgan taqdirda, grantni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni aniq koʻrsatgan holda qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi.
Talabgor qarorni olgandan keyin keyingi chorakda ushbu kamchiliklarni bartaraf etib, Qoʻmitaga ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
11. Grant quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilmagan yoki toʻliq taqdim etilmagan;
kinoloyihalar ushbu Nizomning 3 va 7-bandlarida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha grant ajratishni rad etish taʼqiqlanadi.
12. Komissiya tomonidan grant ajratish toʻgʻrisida qayta berilgan ariza keyingi chorak yakunlariga koʻra koʻrib chiqiladi.
Bunda, yangi, ilgari aniqlanmagan asoslar boʻyicha grant ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Loyihalari maqbul deb topilgan talabgorlar bilan Qoʻmita shartnoma tuzadi.
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarining respublika hududlarida turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarini qoplash tartibi
14. Tadbirkorlik subyektlariga respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga kompensatsiya koʻrinishida 10 million soʻm miqdorida pul mablagʻlari taqdim etiladi.
15. Quyidagi turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi:
Lazertag, basseyn, kvest-animatsiya, roller-dromlar (rollerda uchuvchilar uchun turli xil qiyaliklar va har xil balandlikdagi devorlarga ega boʻlgan maxsus jihozlangan platforma), velodrom (velosipedda mashq qilish va musobaqa uyushtirishga moʻljallangan inshoot), motokross, karting, sport labirinti, batut markazi, peyntbol, kuzatuv minorasi, djamping, flaybording, parashutdan sakrash, planetariya, karaoke zallari, myuzik-xoll, raqs klubi va boshqa innovatsion turistik koʻngilochar maskanlar.
16. Kompensatsiya mablagʻlarining umumiy hajmi yiliga 1 milliard soʻmgacha miqdorni tashkil etib, Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlanadi.
17. Talabgor kompensatsiya olish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan Qoʻmitaga murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) talabgorning tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
b) karaoke zallari va turistik koʻngilochar muassasalarning professional asbob-uskunalar bilan jihozlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
18. Komissiya arizalarni besh ish kuni davomida hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshiradi.
19. Kompensatsiya rad etilgan taqdirda, kompensatsiyani rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni aniq koʻrsatgan holda qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi.
Talabgor qarorni olgandan keyin bir oy ichida ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi va Qoʻmitaga ularni bartaraf etish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib qayta murojaat qilishi mumkin.
20. Kompensatsiya quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda;
tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha kompensatsiyani rad etish taqiqlanadi.
21. Komissiya tomonidan kompensatsiya olish toʻgʻrisida qayta berilgan ariza besh ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Bunda, yangi, ilgari aniqlanmagan asoslar boʻyicha kompensatsiyani rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Faoliyati turizm sohasi bilan bogʻliq boʻlgan jamoat tashkilotlari faoliyatini institutsional qoʻllab-quvvatlash
22. NNTlarni institutsional qoʻllab-quvvatlash uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan begʻaraz moliyaviy yordam koʻrsatish quyidagi yoʻnalishlardagi xarajatlarini qoplash uchun amalga oshiriladi:
a) xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash;
b) xorijiy hamkorlar bilan aloqa oʻrnatish;
v) turizm sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xizmat safari xarajatlarini qoplash;
g) Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlarni oʻtkazish uchun maydonlarni ijaraga olish;
d) Oʻzbekistonning turizm salohiyatini rivojlantirishga;
e) turizm brendini xalqaro bozorlarda targʻib qilishga;
j) yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini joriy qilishga;
z) turizm sohasidagi loyihalarning texnikaviy-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan boshqa xarajatlar.
23. Begʻaraz moliyaviy yordamning umumiy hajmi yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 10 ming barobarigacha miqdorni tashkil etib, Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlanadi.
24. NNT oʻrtasida moliyaviy yordam mablagʻlarini taqsimlash Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
25. NNT Qoʻmitaga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda talabnoma va ariza bilan murojaat qiladi.
26. Komissiya NNT arizalarini Qoʻmitaning rasmiy veb saytida (www.uzbektourism.uz) institutsional qoʻllab-quvvatlash uchun arizalar qabul qilish boshlanganligi haqidagi xabar rasman eʼlon qilingan sanadan boshlab 30 kun davomida qabul qiladi.
27. Komissiya tomonidan arizani koʻrib chiqish muddati arizalarni qabul qilish tugagan kundan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
28. Komissiya tomonidan talabnoma va arizalar oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va quyidagi mezonlar asosida begʻaraz pul mablagʻlari ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
a) xarajatlarning asoslanganligi;
b) muayyan yil uchun amalga oshirladigan ishlar taqvimiy rejasi (keyingi oʻrinlarda — reja)ning ishlanganligi, sifati va batafsillik darajasi;
v) rejaning turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi;
g) tadbirlarning dolzarbligi va kutiladigan natijaning realligi;
d) shunga oʻxshash maqsadlarga erishishda tajribaning mavjudligi.
Komissiya mablagʻlar ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror nusxasini qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida ariza beruvchiga yuboradi.
29. Begʻaraz moliyaviy yordam mablagʻlarini ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni aniq koʻrsatgan holda qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi.
Talabgor qarorni olgandan keyin bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, qayta kiritish huquqiga ega.
30. Komissiya tomonidan koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilmasdan kiritilgan arizalar qayta koʻrib chiqilmaydi.
31. Ajratiladigan mablagʻlar miqdori NNT talabnomasida koʻrsatilgan loyiha, taqdimotlar va boshqa hujjatlar bilan asoslangan summaga bogʻliq boʻladi.
32. Begʻaraz moliyaviy yordam mablagʻlarini ajratish Komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi. Qaror bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi.
33. Qoʻmita NNTlar bilan rejadagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan oʻzaro begʻaraz moliyaviy yordam mablagʻlarini ajratish boʻyicha shartnoma tuzadi.
34. NNT qoida tariqasida bir yilda bir marotaba ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
5-bob. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
35. Ajratilgan mablagʻlar hisobidan quyidagi xarajatlar qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
a) xayriya aksiyalari va bu turdagi xayriya ehsonlari;
b) moddiy yordam sifatida tarqatish uchun oziq-ovqat mahsulotlari va ashyolarni xarid qilish;
v) siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;
g) NNTning Ustavida nazarda tutilmagan boshqa faoliyat turlari va xarajatlari.
36. Ajratilgan mablagʻlardan quyidagi xarajatlar uchun NNT sarflashga haqli hisoblanadi:
a) turizm sohasidagi loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etgan mutaxassislarining fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yollanish xarajatlari shu jumladan, ish haqi;
b) turizm sohasidagi boshqa, shu jumladan xorijiy tashkilot va muassasalarning xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari;
v) turizm sohasi doirasida tegishli loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq bino, asbob-uskunalarni ijaraga olish;
g) ommaviy axborot vositalarida turizmni keng targʻib qilish;
d) moddiy-texnik bazani takomillashtirish, tegishli jihozlar xarid qilish;
e) turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, xizmat safarlari, transport xarajatlari;
j) turizm sohasi bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
6-bob. Mablagʻlarni sarflanishini monitoring qilish tartibi
37. Qoʻmita ajratilgan grant va moliyaviy yordam mablagʻlarining maqsadli sarflanishini monitoringini amalga oshiradi.
Grant va moliyaviy yordam oluvchilar Qoʻmitaning talabiga binoan ushbu monitoringni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni belgilangan shakl boʻyicha har chorak yakuni bilan taqdim etishi shart.
38. Institutsional yordam olgan NNTlar, Qoʻmitaga ushbu Nizomning 3 va 4-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha, moliyaviy va tahliliy hisobotlarini taqdim etadi.
39. Hisobotlar har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar Qoʻmitaga taqdim etib borilishi lozim. Hisobotlar belgilangan muddatlarda uzrli sabablarsiz taqdim etilmaganda Qoʻmita tomonidan bir tomonlama tartibda shartnoma bekor qilinadi.
40. Taqdim etilgan hisobotlarda mablagʻlar maqsadsiz ishlatilgan (sarflangan) holat aniqlanganda, Qoʻmita taqdim qilingan mablagʻlarini maqsadsiz ishlatishga yoʻl qoʻyganlikda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻzgʻatadi, shuningdek, ajratilgan mablagʻlarni undirish choralarini koʻradi.
41. Talabgor soʻralayotgan mablagʻ boʻyicha taqdim qilingan hujjatlarning muvofiqligi va mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi uchun shaxsan javobgardir.
7-bob. Komissiyani shakllantirish tartibi
42. Komissiya faoliyati oshkoralik, holisona baholash, talablarning bir xilligi va teng raqobat sharoitlarini yaratish tamoyillariga rioya qilgan holda, komissiyaning vakolatiga kiruvchi masalalarni bamaslahat muhokama qilish va hal etish asosida amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibi Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga Qoʻmita xodimlari bilan bir qatorda, moliya idoralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari hamda soha mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
43. Komissiya qarori, uning tarkibiga tayinlanganlarning uchdan ikki qismi (2/3) qatnashsa, haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnikaviy taʼminlash Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
44. Ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash maqsadida, talabnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya majlislarida OAV vakillari, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va davlat organlarining vakillari ishtirok etishlari mumkin.
8-bob. Komissiya vakolatlariga kiruvchi funksiya va vazifalar
45. Komissiya majlislari oraligʻidagi tashkiliy ishlarni tayinlangan tarkibning butun ish faoliyati davri uchun Komissiya aʼzolari orasidan saylanadigan komissiya kotibi olib boradi.
46. Komissiya kotibi:
a) talabgorlar va NNTni tashkiliy xususiyatga ega zarur axborot bilan taʼminlaydi;
b) arizalarni, loyihalarni va taqdimot materiallarini qabul qiladi va ularni Komissiya aʼzolariga yuboradi;
v) Komissiya bayonnomalarini tayyorlaydi;
g) talabgorlar taqdimotlarini oʻtkazishni tashkil qiladi.
47. Komissiya:
a) talabgorlarning talabnomalarini kelib tushishiga qarab xronologik tartibda roʻyxatga oladi;
b) qabul qilingan talabnomalarni oʻrganish va tahlil qilish boʻyicha majlislar oʻtkazadi. Tahlil quyidagilarni aniqlash uchun oʻtkaziladi:
talabgorning yozma arizasida koʻrsatilgan har bir yoʻnalish boʻyicha moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligini;
sotib olinadigan moddiy boyliklar, jalb qilinadigan ishlar va xizmatlarga talabgor tomonidan taklif etilgan narxlarning asosli ekanligini;
v) Qoʻmitaning Moliya-iqtisod boshqarmasi va tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda moliyaviy yordam mablagʻlarining sarflanishini monitoring qiladi;
48. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uni Komissiyaning hamma aʼzolari imzolaydi.
49. Komissiya talabgorning arizasini hamda talabgor toʻgʻrisida oʻrganilayotgan masalaga daxldor boshqa mavjud materiallarni tahlil qiladi.
50. Taqdim qilingan har bir pul mablagʻi boʻyicha Komissiya alohida ish jild shakllantiradi.
9-bob. Grant, moliyaviy yordam mablagʻlari va kompensatsiya ajratish tartibi
51. Grant, moliyaviy yordam mablagʻlari va kompensatsiya Jamgʻarmadan ajratiladi va Qoʻmita tomonidan ariza beruvchilaring ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
52. Grant, moliyaviy yordam mablagʻlari va kompensatsiya ajratish boʻyicha Qoʻmita tomonidan qaror qabul qilingandan soʻng ularni Qoʻmita besh ish kunida tadbirkorlik subyektlari va NNTlarning ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga oʻtkazib beradi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
53. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qiladi, shuningdek, zaruratga koʻra, uni oʻzgartirish yoki toʻldirish boʻyicha Komissiya raisiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi.
54. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 12-ILOVA
Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom turistik axborot markazlarini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyishning tartibi va shartlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
arizachi — turistik axborot markazini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan va belgilangan tartibda uni Reyestrga kiritish uchun ariza bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
vakolatli tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK;
Turistik axborot markazlarining yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK tomonidan yuritiladigan turistik axborot markazlariga oid maʼlumotlar bazasi;
turistik axborot markazi egasi — Reyestrga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
turistik axborot markazi — jismoniy va yuridik shaxslarni turistik resurslar hamda turistik industriya obyektlari toʻgʻrisida xabardor qilish, shuningdek, turistik bozorlarda turistik mahsulotlarni targʻib qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi markaz.
3. Turistik axborot markazi:
Oʻzbekiston Respublikasida kirish va ichki turizmni rivojlantirish, uning turistik salohiyati toʻgʻrisidagi axborotni shakllantirish va tarqatishga koʻmak berish maqsadida;
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari hududida turizm resurslari, turizm sayohat yoʻnalishlari, turizm zonalarining mavjudligi va oʻziga xosligini hisobga olgan holda tashkil qilinadi.
4. Quyidagi turistik axborot markazining vazifalari hisoblanadi:
sifatli axborot xizmatini koʻrsatish, turist va ekskursantlar hohish va istaklarini aniqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini mamlakat ichida va chet elda targʻib qilish;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi milliy madaniyati, anʼana va yutuqlarini targʻib etish;
turistlarga sayohat uchun birinchi navbatdagi xizmatlar va tovarlarni taqdim qilish.
5. Oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida turistik axborot markazi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va tashkilotlari, turizm sohasi subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish;
Oʻzbekiston Respublikasidagi diqqatga sazovor joylar, sanʼat, tarix va arxitektura yodgorliklari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, turizm obyektlari, taklif qilinayotgan ekskursiyalar, ommaviy-madaniy tadbirlar, koʻrgazma, festival, transport harakati jadvallari va turizm sohasi subyektlari va ishtirokchilari uchun zarur boshqa dolzarb va tezkor maʼlumotlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda taqdim etish;
Oʻzbekiston Respublikasi va hududlarining turizm salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash;
Oʻzbekiston Respublikasi va uning turizm salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va tarqatish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
turizm faoliyati subyektlari va ishtirokchilari uchun axborot mahsulotlarini tarqatish (bukletlar, xaritalar, reklama prospektlari va boshqalar);
Oʻzbekiston Respublikasi va hududlarining turistik jozibadorligini oshirish maqsadida reklama va marketing faoliyatini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi va hududlarining turizm salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotni turizm faoliyati subyektlariga taqdim etish.
2-bob. Turistik axborot markazlarini tashkil etish va ularning Reyestrini yuritish
6. Turistik axborot markazi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita), davlat hoqimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq matlubot kooperativi, fermer xoʻjaliklaridan tashqari barcha turdagi tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladi. Turistik axborot markazi yuridik shaxsning tuzilmaviy boʻlinmasi, shu jumladan alohida tashkilot shaklida tashkil etilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Turistik axborot markazi faoliyati oʻz mablagʻlari hisobidan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Turistik axborot markazini Reyestrga kiritish uning faoliyatini tashkil etishning majburiy sharti hisoblanadi. Markazni Reyestrga kiritish uni oʻrganish dalolatnomasi asosida Reyestrdan tegishli koʻchirma berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
9. Reyestr vakolatli organ tomonidan yuritiladi.
10. Reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi:
turistik axborot markazini individual reyestr raqamini bergan holda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq roʻyxat boʻyicha Markaz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlumotlar bazasiga kiritish;
maʼlumotlar bazasini Internet butunjahon axborot tarmogʻida onlayn rejimda yangilab borish.
11. Reyestr elektron shaklda yuritiladi va vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim.
12. Arizachi uni Reyestrga kiritish uchun vakolatli organga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza bilan murojaat qiladi.
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlov undirilmaydi.
13. Ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etganlik uchun arizachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Arizachi tomonidan ariza vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, uni olganligi toʻgʻrisidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
15. Vakolatli organ hujjatlarni ularni olgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi, shuningdek, ularning mazkur Nizom va “Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qilish xizmatlari. Talablar” (ISO 14785:2014, ITD) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
16. Oʻrganib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli organ ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi.
17. Turistik axborot markazi talab etilayotgan majburiy shartlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, vakolatli organ dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida arizachiga turistik axborot markazini Reyestrga kiritishni rad etish sabablari hamda ularni bartaraf qilish va qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati (uch oygacha)ni koʻrsatgan holda yozma shaklda bildirish xati yuboradi.
18. Arizachi tomonidan turistik axborot markazini Reyestrga kiritish rad etilishiga asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, vakolatli organ ikki ish kuni ichida koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qoʻshimcha dalolatnoma rasmiylashtirgan holda hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi.
Qayta koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan muqaddam arizachiga yozma bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Turistik axborot markazi talab etilayotgan majburiy shartlarga muvofiq boʻlgan taqdirda, vakolatli organ bir ish kuni ichida Markazga individual reyestr raqamini bergan holda uni Reyestrga kiritadi va arizachiga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyestrdan koʻchirma beradi.
20. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda turistik axborot markazi egasi ushbu oʻzgarish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organni xabardor qilishlari shart.
Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar turistik axborot markazi egalari tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda uni olganligi toʻgʻrisidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
21. Turistik axborot markazini Reyestrdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
turistik axborot markazi egasi Reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bersa;
turistik axborot markazi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilsa;
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
vakolatli organ tomonidan oʻrganish va turistlarni anketalashtirish davomida turistik axborot markazi tomonidan mazkur Nizom talablarining muntazam (ikki va undan ortiq) ravishda buzilganligi aniqlansa.
Oʻrganish jarayonida aniqlangan buzilishlar turistik axborot markazi egasi tomonidan bartaraf etilgandan soʻng, u Reyestrga kiritish toʻgʻrisida takroran ariza topshirishi mumkin.
22. Arizachi va turistik axborot markazi egasi vakolatli organning harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
23. Vakolatli organ Reyestrdan berilgan va qayta rasmiylashtirilgan koʻchirmalar, shuningdek, Reyestrdan chiqarilgan turistik axborot markazi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning dolzarb holatda elektron shaklda saqlanishini va oʻzining veb-saytida onlayn rejimda eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
3-bob. Turistik axborot markazi atrof hududi, bino va ish rejimiga boʻlgan talablar
24. Turistik axborot markazi “Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qilish xizmatlari. Talablar” (ISO 14785:2014, ITD) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartiga muvofiq oq rangdagi “i” harfi yashil fonda joylashgan axborot belgisi bilan belgilanadi hamda u Markaz joylashgan joydagi peshtaxta, axborot stendida (tablo) joylashadi.
Binoning tashqi tomonida Oʻzbekiston turizm portali (uzbekistan.travel) va uning QR-kodi, Qoʻmitaning “Call” markazi va tegishli hududiy ichki ishlar organi xavfsiz turizm boʻlinmasining (mavjud hududlarda) telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumot joylashtirilgan jadval ilingan boʻlishi lozim.
25. Turistik axborot markazi binosi turistlar va ekskursantlar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi, shaxsiy kompyuterlar (Internet butunjahon axborot tarmogʻiga ulangan) va tegishli orgtexnika (printer, skaner, nusxa koʻchirish qurilmasi va boshqalar) bilan taʼminlangan ish joylari bilan jihozlanadi.
26. Turistik axborot markazi binosi nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz kirishlari uchun markaz binosi va unga tutash hududlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq loyihalashtiriladi.
27. Turistik axborot markazi turistlar uchun imkon qadar qulay joyda (shahar markazlari, yodgorliklar atrofi, transport bekatlari, chegara oʻtkazish punktlari, shuningdek, alohida turizm obyektlariga olib boradigan magistral yoʻllar) tashkil qilinadi.
Turistik axborot markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida bepul joylashtiriladi. Turistik axborot markazlari xodimlarining chegara oʻtkazish punktlariga kirib-chiqishi ularning ushbu axborot markazida faoliyat olib borishini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Turistik axborot markazini piyodalarning harakatlanishi cheklangan joylarda joylashtirish taqiqlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)
28. Turistik axborot markazi tomonidan turistlar va ekskursantlar qabuli har kuni, bayram va dam olish kunlaridan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Turistik axborot markazining ish jadvali vakolatli organ bilan kelishgan holda turizm mavsumi va oʻtkaziladigan keng koʻlamli tadbirlardan kelib chiqib belgilanadi.
Turizm xizmatlariga boʻlgan talab oshgan davrda, shu jumladan keng koʻlamli ommaviy sport, sogʻlomlashtirish, madaniy va boshqa tadbirlar vaqtida, turistik axborot markazi tomonidan uning rahbari qaroriga asosan xizmatlar yigirma toʻrt soat davomida uzluksiz koʻrsatilishi mumkin. Markazning ish jadvali binoning kirish qismiga ilingan boʻlishi shart.
29. Turistik axborot markazi toʻliq stavkada ishlovchi kamida bir nafar xodim bilan taʼminlanishi lozim. Xodimning ish joyi yoki beydj-kartasida uning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi kerak.
4-bob. Pullik va bepul xizmatlar koʻrsatish
30. Turistik axborot markazi turistlar va ekskursantlar talabiga asosan quyidagi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bepul taqdim qilishi lozim:
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibi;
turistlarni qiziqtirgan madaniy obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
madaniy, sport, ommaviy va boshqa muhim tadbirlar haqida maʼlumotlar;
turistik yoʻnalishlar;
transport qatnovi, avtomobillar ijarasi;
umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari;
mehmonxona va shu kabi joylashtirish vositalari;
tibbiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari;
turizm obyektlarining ekologik holati va atrof-muhit;
turoperatorlar, gid, ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-kuzatuvchi;
turli favqulodda vaziyatlar.
Bundan tashqari, Markazda quyidagi bepul xizmatlar boʻlishi kerak:
turistlar tomonidan shaharlararo telefondan foydalanish;
mustaqil sayohat qilib, chodirli lagerlarda hamda tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatdan oʻtish majburiyati va murojaat qilgan holda “E-mehmon” tizimida roʻyxatdan oʻtkazish;
Oʻzbekiston va hududlarning turizm salohiyatiga oid turizm xaritalari, broshuralar va boshqa tarqatma materiallarni taqdim etish.
Turistik axborot markazi turizm xaritalari, broshuralar va boshqa tarqatma materiallar bilan Qoʻmita tomonidan bepul taʼminlanadi.
31. Turistik axborot markazi tomonidan quyidagi pullik xizmatlar ham koʻrsatilishi mumkin:
bron qilish (avia, temir yoʻl chiptalari, mehmonxona xonalari, jamoat transportiga, madaniy meros obyektlari, muzeylar, galereyalarga chiptalar va boshqalar);
sim-karta, Internet aloqasi, suvenir mahsulotlari (shu jumladan xalq xunarmandchiligi, sanʼat mahsulotlari va boshqalar), bosma nashrlar, ichimlik, birinchi darajali tovarlar sotuvi;
velosipedlar, avtotransport, valyuta ayirboshlash (bankomat oʻrnatish orqali) boʻyicha xizmatlar;
mobil aloqa va turistik yigʻim uchun toʻlov qabul qilish boʻyicha xizmat koʻrsatish.
Bunda turistik axborot markazi xodimlari xizmat koʻrsatilishidan oldin ularning pullik yoki bepul ekanligi toʻgʻrisida turistlarni xabardor qilishlari majburiy hisoblanadi.
5-bob. Statistik hisob yuritish
32. Turistik axborot markazi xizmatidan foydalanayotgan turistlar toʻgʻrisida quyidagilarni oʻz ichiga maʼlumotlarni yigʻib borishi lozim:
turistlar soni;
turistlarning fuqaroviy mansubligi;
turistlarning kelish maqsadi;
talab etilayotgan xizmat turlari;
turistik axborot markazi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar yuzasidan taklif va eʼtirozlar.
33. Maʼlumot har chorak yakuni boʻyicha vakolatli organga taqdim etiladi.
34. Turistik axborot markazi faoliyatini tashkil etish va olib borishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Turistik axborot markazlarining yagona reyestriga kiritiladigan
MAʼLUMOTLAR
1. Turistik axborot markazini tashkil qilgan subyekt nomi (arizachi).
2. Turistik axborot markazining pochta manzili.
3. Soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami.
4. Arizachi toʻgʻrisidagi maʼlumot (F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili).
5. Individual reyestr raqami va Yagona reyestrga kiritilgan sana.
Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 13-ILOVA
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari va faol targʻibot ishlari uchun taqdirlanadilar.
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
4. Mahalliy darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tadbirkorlik subyektlari har yili 1-avgustga qadar oʻz xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) hududiy boʻlinmalariga taqdim etadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Respublika darajasidagi davlat organlari, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tashkilotlar har yili 1-avgustga qadar oʻz xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Qoʻmitaga taqdim etadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Nomzod boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning obyektivka-maʼlumotnomasi, soʻnggi uch yil davomida u tomonidan turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etiladi.
5. Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari tomonidan nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 20-avgustga qadar Qoʻmitaga taqdim etiladi.
Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari mazkur Nizomning 4-bandi birinchi xatboshisida belgilangan holatlarni istisno qilgan holda oʻz tashabbusiga koʻra ham nomzodlar toʻgʻrisida har yili 20-avgustga qadar Qoʻmitaga taklif kiritishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
6. Qoʻmita raisi tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
7. Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar oʻrganilib, har yili 15-sentabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa chiqariladi.
Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:
xorijda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va keng auditoriya oʻrtasida mamlakatimiz turizm salohiyatini targʻib etishdagi faolligi;
zamonaviy turizm mahsulotlari va innovatsion yechimga ega xizmatlarni yaratish boʻyicha samarali faoliyatni amalga oshirganligi;
Oʻzbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi samarali faoliyati;
yetakchi xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qilish hamda mamlakatda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng ommaga yetkazishga qaratilgan materiallar soni va ommalashganligi;
turizm sohasidagi davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda faol ishtirok etganligi;
turizmning alohida turlarini rivojlantirish va turizm yoʻnalishlari jozibadorligini oshirishdagi faolligi;
turistlarga koʻrsatiladigan xizmat turlarini koʻpaytirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha saʼyi harakatlari;
turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali faoliyati;
turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirganligi;
(7-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
madaniy meros obyektlarini saqlash, rivojlantirish va targʻib qilishda faol ishtirok etganligi;
turizm va servis sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda koʻp yillik tajribaga egaligi, ustoz-shogird anʼanalarini joriy etganligi, mahalliy va xalqaro xalqaro grant loyihalarida faol qatnashganligi;
turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari va mavjud muammolarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan taklif, yangilik va ishlanmalarining dolzarbligi va amaliyotga joriy etilganligi;
turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish borasidagi samarali faoliyati;
turizm infratuzilmasi obyektlarida sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash ishlariga katta hissa qoʻshganligi;
turizm va unga yondosh sohalarda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib borib, samarali davlat-xususiy sektor sherikligi loyihalarini amalga oshirganligi;
Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda davlat organlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishidagi hissasi;
turizm sohasida Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash boʻyicha samarali faoliyati va boshqalar.
8. Qoʻmita raisi oʻz tashabbusi bilan ham koʻkrak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.
9. Komissiya xulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 20-sentabrga qadar chiqariladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
10. Koʻkrak nishoni “Butunjahon turizm kuni” — 27-sentabrda Qoʻmita raisi yoki uning nomidan va uning topshirigʻiga koʻra boshqa masʼul shaxslar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
11. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Qoʻmitaning Internet butun jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy va sohaviy veb-saytlarida hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi. Biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan beriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
13. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.
14. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
15. Qoʻmita ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalariga taqdim etadi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga taqdim etadi.
Har yili 1-avgustga qadar
Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlar
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari
Nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi va nomzodlar yuzasidan xulosalarni Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga taqdim etadi.
Har yili 20-avgustga qadar
3-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyasi
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosani chiqaradi.
Har yili 15-sentabrga qadar
4-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi buyrugʻini chiqaradi.
Har yili 20-sentabrga qadar
5-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi
Turizm sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi
Har yili 27-sentabr arafasida
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 14-ILOVA
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni
TAVSIFI
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining old tomoni markaz qismida sayohat va tinchlik timsolini aks ettiruvchi uchayotgan humo qush tasvirlangan boʻlib, mamlakatimiz bayrogʻi ranglari bilan oʻralgan humo qush qanotlari oʻrtasiga joylashtirilgan Oʻzbekiston xaritasi Oʻzbekistonning turizm maskanlariga sayohat va ularning joylashuvini anglatadi.
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan sariq rangdagi doira ichida “Oʻzbekistan Respublikasi” soʻzlari tilla rangda yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismida “Turizm fidoyisi” soʻzlari yozilgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomoni yuqori qismida Oʻzbekistonning turizm brendi “Oʻzbekistan” logotipi va markazida toʻrt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “Turizm sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” soʻzlari yozilgan.
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 6 millimetrli koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 1 millimetrli koʻk, eni 2 millimetrli yashil va eni 5 millimetr boʻlgan oq rangdagi yoʻllar tushirilgan.
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 15-ILOVA
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) toʻq koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “TURIZM FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan.
Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Turizm va madaniy meros”, uchinchi satrda “vazirligining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-son buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “Turizm sohasini rivojlantirishga” ikkinchi satrda “qoʼshgan hissasi uchun” (kichik harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), uchinchi satrda “TURIZM FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), “koʻkrak nishoni bilan mukofotlanadi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi yozilgan.
(oʻn uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 16-ILOVA
Sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan amaldagi va bugungi kunda foydalanilmayotgan sobiq turizm sohasidagi davlat aktivlari va ular egallab turgan yer uchastkalari
ROʻYXATI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
1. Mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalari.
2. Dam olish maskanlari.
3. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari.
4. Davolash-sogʻlomlashtirish komplekslari, sanatoriylar (sihatgohlar) va pansionatlar.
5. Suzish havzalari.
6. Dor yoʻllari.
7. Koʻngilochar savdo markazlari.
8. Restoran, kafelar va boshqa ovqatlanish shohobchalari.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 17-ILOVA
Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar
I. Koronavirus pandemiyasi sharoitida xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar
1.
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi obyektlarining onlayn reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritish va doimiy yangilab borish, uning mobil ilovasini va hududlar kesimida reyestrga kiritilgan obyektlarni, xizmat koʻrsatuvchi turoperatorlarni aks ettiruvchi dinamik xaritani ishga tushirish.
2020-yil avgustdan boshlab, doimiy
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
2.
Reyestrga kiritilgan obyektlarga bino va inshootlarning tashqi qismlarida, shuningdek, kuzatuv hujjatlarida “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tanitish belgisidan foydalanish huquqini berish.
2020-yil avgustdan boshlab, doimiy
amalga oshirish uchun —
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
3.
Sertifikatlashtirishga oid arizalarni elektron shaklda taqdim etish shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tasarrufidagi obyektlarini ixtiyoriy sertifikatlashtirish va ularni Reyestrga kiritish boʻyicha choralarni amalga oshirish.
2020-yil avgustdan boshlab, doimiy
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),
“Oʻzstandart” agentligi
(D. Sattarov)
A. Abduhakimov
4.
Turistlarga xizmat koʻrsatuvchi davlat mulki obyektlarini (transport infratuzilmasi, madaniy va tabiiy meros obyektlari va boshqalar) “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimiga integratsiyalash va ularni Reyestrga kiritish choralarini koʻrish.
2020-yil avgustdan boshlab, doimiy
ishlab chiqish va tasdiqlash uchun — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov, B. Yusupaliyev), Transport vazirligi (E. Ganiyev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), vazirlik va idoralar
B. Musayev
5.
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi doirasida turistlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab sayohatlari davomida koronovirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olganda, ularga kompensatsiya toʻlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2020-yil avgustdan boshlab, doimiy
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
A. Abduhakimov
6.
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni maqsadli turistik bozorlarda keng targʻib qilish.
2020-yil avgustdan boshlab, doimiy
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, tadbirkorlik subyektlari
A. Abduhakimov
7.
Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar amalda boʻluvchi quyidagi majburiyatlar:
Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan turoperatorlar tomonidan turizm xizmatlarini koʻrsatish faqat Reyestrga kiritilgan obyektlarda, ushbu majburiyatini oʻz zimmasiga olish toʻgʻrisidagi arizasi asosida tashkil etishni;
davlat va xususiy tashkilotlarda sanitariya-epidemiologiya xavfsizlikni taʼminlashni muvofiqlashtiruvchi “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi uchun masʼul-menejer tayinlanishini belgilash.
2020-yil avgustdan boshlab, doimiy
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
8.
Jahondagi sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida isteʼmolchilar va xizmat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi muloqotni raqamli tizimga oʻtkazish, kommunikativ muloqotni kamaytirish shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida “Raqamli taomnoma” loyihasini amalga oshirish.
Bunda quyidagilarga eʼtibor qaratish:
taomnomadagi taomlarning tayyorlanish jarayonining videoroligi mavjudligi;
taomlarning tarixi va madaniyatimizdagi roli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
elektron toʻlov tizimi, shu jumladan xalqaro kartalar orqali toʻlash imkoniyati mavjudligi;
xizmat sifatini baholash va izoh qoldirish imkoniyati mavjudligi;
taomnomani mijoz tomonidan foydalanilgandan soʻng sanitariya talablari asosida zararsizlantirish choralarini koʻrish.
2020-yil
oktabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Oʻzbekiston gastronomik turizm assotsiatsiyasi (G. Odilova)
A. Abduhakimov
9.
Davlat tomonidan taqdim etilgan ragʻbatlantiruvchi choralar, arzon turizm mahsulotlarini, hamda turistlar uchun kuchaytirilgan sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimini toʻgʻrisida xorijdagi hamkorlarga keng yetkazishva respublikaga turistik oqimni oshirish boʻyicha muzokaralar olib borish.
2020-yil avgustdan boshlab, doimiy
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari, Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, tadbirkorlik subyektlari
A. Abduhakimov
10.
Xorijiy mamlakat fuqarolarining mamlakatga kirishga qoʻyilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish mexanizmi boʻyicha takliflar kiritish.
2020-yil avgust-sentabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Transport vazirligi (E. Ganiyev)
A. Abduhakimov
11.
Keng aloqalarga ega boʻlgan malakali yuridik yoki jismoniy shaxslarni Oʻzbekiston turizm elchisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilarining birinchi oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining vakili sifatida jalb qilish yoʻli bilan xorijiy turistlar sonini oshirish choralarini koʻrish.
2021-yil
aprel
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
A. Abduhakimov
12.
Xorijiy mamlakatlardan turistik oqimni oshirish maqsadida chet eldagi diplomatik vakolatxonalar bilan birgalikda ziyorat, gastronomik turizm, “nostalgiya”, tibbiyot va tarixiy turizm yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar rejasini, shu jumladan quyidagilarni ishlab chiqish:
Oʻzbekiston Respublikasiga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslari mavjud boʻlgan Rossiya hududlaridagi yirik turoperator va turagentlar, kasaba uyushmalar, nafaqaxoʻrlar, jamoat tashkilotlari, boshqa turdagi tashkilotlar, yiriq sanoat korxonalari va boshqa hamkor tashkilotlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish;
manzilli roʻyxat asosida turistik mahsulotlar taqdimoti va turoperatorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali ularni Oʻzbekiston Respublikaga jalb qilish boʻyicha qoʻshma reja ishlab chiqish;
turistlarni jalb qilayotgan tashkilotlar uchun ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilishni
2020-yil sentabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi, Oʻzbekiston ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi, Oʻzbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi
A. Abduhakimov
13.
Manfaatdor aviakompaniyalar bilan birgalikda turistlarning xavfsizligini taʼminlash va keng turistlar oqimini jalb qilishga qaratilgan shart-sharoitlarni namoyish etish maqsadida manzilli mamlakatlarning ommaviy axborot vositalari vakillari va turoperatorlari uchun “Turizmni ochish (tiklash) haftaliklari”ni tashkil etish.
2020-yil avgust — dekabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Transport vazirligi (E. Ganiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi,
turizm va transport sohasidagi tadbirkorlik subyektlari
A. Abduhakimov
14.
Jahon Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi eng nufuzli xorijiy blogerlar roʻyxatini tuzish va ularni turistlar oqimini oshirish boʻyicha tadbirlariga jalb qilish.
2020-yil noyabrdan boshlab
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
A. Abduhakimov
15.
“TRT Avaz” (Turkiya), “Trans7”, “SCTV” (Indoneziya), “AlHijrah” (Malayziya), “Alif TV” (Rossiya), “IlmFeed” (Buyuk Britaniya) va “HalalTrip” (Singapur) va boshqa xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tegishli tijorat takliflarini tayyorlash va turlarni tashkil etish.
2020-yil noyabrdan boshlab
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
A. Abduhakimov
16.
Mashhur xorijiy dinshunos olimlarni aniqlab, ularning Oʻzbekiston Respublikasiga safarlarini tashkil etish va OAVda yoritish.
2021-yil
iyun
amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Transport vazirligi (E. Ganiyev)
A. Abduhakimov
17.
MDH mamlakatlarining viloyatlararo va xalqaro avtobus yoʻnalishlarida mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qiluvchi reklama bannerlarini oʻrnatish.
2020-yil noyabr
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
18.
Xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikda Oʻzbekistonni xavfsiz mamlakat sifatida targʻib qilishga qaratilgan targʻibot tadbirlari rejasini ishlab chiqishva amalga oshirish choralarini koʻrish.
2020-yil avgust
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
A. Abduhakimov
19.
Alohida turizm yoʻnalishlari hamda yoshlar uchun Oʻzbekistonning turistik salohiyati toʻgʻrisida yangi reklama roliklari, tarqatma (risola) va bosma materiallarni ishlab chiqish.
2020-yil sentabrdan boshlab
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
20.
Respublikaning “ziyorat turizmi” salohiyati haqida xorij mamlakatlarida ommalashtirishga qaratilgan media-platformalar va yuqori sifatli media-kontentlarni yaratish.
doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov)
A. Abduhakimov
21.
“Shibuya” (Tokio) milliy turizm brendlarini reklama qilish boʻyicha ijobiy tajriba asosida mamlakatda qulay sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, xalqaro sport tadbirlarida va maqsadli mamlakatlarda Oʻzbekistonni ommalashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.
Bunda respublikaning turizm salohiyatini dunyoning yirik shaharlarida, yangi shaklda, “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” (Oʻzbekiston. Xavfsiz sayohat KAFOLATLANGAN) shiori ostida ommalashtirishni taʼminlash.
2020-yil sentabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
A. Abduhakimov
22.
“Oʻz oʻlkangni kashf et” loyihasi doirasida diqqatga sazovor joylar va tabiiy yodgorliklar toʻgʻrisida audio, foto va video materiallar yigʻish jarayoniga mahalliy aholini jalb qilish, shu asosda “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” yoki “Turizm ovuli” maqomiga ega boʻlgan aholi punktlarining reyestrini kengaytirish.
2020-yil
avgust-sentabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
23.
Pandemiyadan keyin Oʻzbekiston boʻylab sayohatlar toʻgʻrisida takliflarni aholi oʻrtasida ommalashtirish uchun turizm sohasi subyektlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan choralarni koʻrish hamda “Sayohatni rejalashtir” tadbirlarini oʻtkazish.
epidemiologik vaziyat barqarorlashgan-dan keyin
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
24.
Pandemiyadan keyin turistlar oqimini qayta tiklash maqsadida xorij fuqarolarining Oʻzbekistonga rejalashtirilgan safarini saqlab qolishga qaratilgan “Turizmni saqlab qol: sayohatni bekor qilma, muddatni kechiktir” shiori ostida marketing kampaniyasini oʻtkazish.
2020-yil
avgust-sentabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
25.
Tadbirkorlar uchun turizm sohasida biznes gʻoyalar reyestrini yaratish, gʻoyalar yigʻishni va ularning mualliflarini ragʻbatlantirishninazarda tutuvchi “Turizm uchun yangi biznes gʻoyalar” onlayn tanlovini oʻtkazish.
2020-yil
avgust-sentabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
26.
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston boʻylab sayohatlarni tasvirlovchi fotosuratlarni joylashtirish va ragʻbatlantirishga qaratilgan xorijiy turistlar orasida “Oʻzbekiston haqidagi taassurotlar” va mahalliy turistlar orasida “Mening sayohatim” aksiyalarini oʻtkazish.
2020-yil
avgust-sentabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
27.
Taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida tadbirkorlar orasida “COVID-19 ga qarshi dori” shiori ostida faol targʻibot kompaniyasi olib borish.
doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
28.
Dunyodagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan keyin respublikaning turistik salohiyatini xorijiy mamlakatlarda targʻib qilishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish:
turistik oqimni jalb qilish boʻyicha alohida yondashuv asosida marketing kompaniyasini tashkil qilgan holda asosiy turistik bozorlar — maqsadli mamlakatlarni aniqlash;
maqsadli mamlakatlardan turistik oqimni tiklash uchun turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha ustuvor chora-tadbirlarni amalga oshirish;
maqsadli mamlakatlarda Oʻzbekistonning turistik salohiyatini targʻib qilishga ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilish.
dunyodagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgan-dan keyin
ishlab chiqish va kiritish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
A. Abduhakimov
29.
Koronavirusning yangi turi “COVID-2019”ning tarqalishi va oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan taʼsirchan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kunlik tarzda OAVlarda yoritib borish.
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik barqaror deb eʼlon qilingunga qadar
amalga oshirish uchun — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmonov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjanov)
B. Musayev
II. Koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakat turizm sohasini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash
30.
Ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va sayohatni tashkil qilish boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlarni namoyish etish maqsadida xorijiy turoperator va turagentlar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish.
2020-yil
avgust-sentabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
A. Abduhakimov
31.
Mamlakatga turistlarni jalb qilish uchun maqsadli mamlakatlarda Oʻzbekistonning turistik brendini doimiy ravishda targʻib qilayotgan kompaniyalarni jalb qilish choralarini koʻrish.
doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
A. Abduhakimov
32.
Milliy manfaatlardan kelib chiqib, “loukoster” modelidagi kamxarj aviakompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishida mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, iqtisodiy barqaror va pandemiya oqibatlarini bartaraf etgan mamlakatlarga reyslar ochish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.
2021-yil yanvar
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), “Uzbekistan Airways” (B. Xakimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
33.
“Pulli konsultativ xizmatlar kelishuvi” doirasida Jahon banki ekspertlarini jalb qilgan holda va eng yaxshi xorijiy tajribadan, shu jumladan aviakompaniyalarning amalga oshirgan reyslaridan kelib chiqib, aeroportlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun differensiyalashgan stavkalar va yigʻimlarni hisoblash va qoʻllash tartibini ishlab chiqish.
2020-yil oktabr
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
34.
Raqobatbardosh narxlarni taʼminlagan holda stavkalarni hisoblash va qoʻllashning yangi tartibi boʻyicha aeroportlar xizmatlari uchun yagona tarif va yigʻimlarni tasdiqlash.
2020-yil sentabr
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
35.
Avia, temir yoʻl va avtobuslar, birinchi navbatda hududlararo ichki yoʻnalishlar boʻyicha qatnovlar soni va marshrutlarni koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2020-yil sentabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), “Uzbekistan Airways” (B. Xakimov),
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xosilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
36.
Turistik oqimni oshirish maqsadida Markaziy Osiyo, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Belorussiyaning rivojlangan shaharlari rahbarlari bilan Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va Qoʻqon shahar hokimlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish orqali turistik shaharlar forumini, shu jumladan onlayn forumini tashkil qilish.
2020-2021-yilllar
amalga oshirish uchun — Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov)
A. Abduhakimov
37.
Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Shahrisabz va Qoʻqon shaharlaridagi tadbirkorlar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida turizm sohasida koronavirusning salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan uchrashuvlarni (onlayn-vebinarlar) tashkil qilish.
2020-yil sentabr-oktabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, Oʻzbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi, Oʻzbekiston ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
38.
“Bahodirlar oʻyinlari”, “Amir Temur jang oʻyinlari” va boshqa koʻngilochar musobaqalarni tashkil etish va oʻtkazish.
2021-yil
davomida
amalga oshirish uchun — Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Mudofa vazirligi (B. Qurbonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), “Uzreport” axborot agentligi (R. Joʻrayev)
A. Abduhakimov
39.
“Uzbekistan Airways” AJning yangi va qoʻshimcha parvozlari uchun respublika va mahalliy budjetdan subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish.
2021-yil yanvar
ishlab chiqish uchun — Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Transport vazirligi (E. Ganiyev), “Uzbekistan Airways” AJ (B. Xakimov)
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev ), “Uzbekistan Airways” AJ (B. Xakimov)
A. Ramatov
40.
Tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda yoʻlovchilarga imtiyozlar va chegirmalar taqdim etuvchi jozibador tariflarni (“KIDS GO FREE”, “FAMILY & FRIENDS”) ishlab chiqish va targʻib qilish choralarini koʻrish.
2020-yil sentabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), “Uzbekistan Airways” AJ (B. Xakimov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xosilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
A. Ramatov
41.
Xorijiy davlatlar, jumladan Rossiya Federatsiyasining kasaba uyushmalari aʼzolari va sanoat korxonalari ishchilari uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurish imkonini beruvchi maxsus turizm mahsulotlarini ishlab chiqish boʻyicha choralar koʻrish.
2021-yil
aprel
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Transport vazirligi (E. Ganiyev), Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi
A. Abduhakimov
42.
Mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan suvenirlarni sotish uchun “Crafted.uz” onlayn-platforma loyihasini yaratish.
2020-yil
oktabr
ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
A. Ramatov,
A. Abduhakimov
43.
Uy sharoitida ishlaydigan biznes vakillari tomonidan qoʻlda tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro elektron savdosini rivojlantirish maqsadida:
elektron savdo maydonchalari orqali chet elda sotilgan suvenirlar va boshqa qoʻl mehnati buyumlarining xalqaro pochta joʻnatmalariga narxlarni pasaytirish;
Suvenirlar va boshqa qoʻl mehnati buyumlarini elektron savdoga qoʻyishdan oldin ularni badiiy ekspertizadan oʻtkazishning soddalashtirilgan mexanizmini yaratish.
2020-yil
noyabr
amalga oshirish uchun — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
“Uzbekiston pochtasi” AJ (A. Fayzullayev),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov,
B. Musayev,
O. Umarov
44.
Suvenir va boshqa qoʻl mehnati buyumlarini savdoga qoʻyilishiga qadar saqlash uchun Toshkent, Buxoro, Samarqand va Fargʻona shaharlarida markaziy omborni tashkil qilish uchun foydalanilmayotgan davlat obyektlarini ajratilishini taʼminlash.
2020-yil
oktabr
amalga oshirish uchun — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Buxoro, Samarqand, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari
J. Qoʻchqorov
45.
Mamlakatga turistlarni jalb qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasida Oʻzbekiston turizm brendini doimiy targʻib qilayotgan kompaniyalarni Moskva, Sankt-Peterburg, Vladimir, Kazan, Vladivostok, Tyumen, Surgut, Krasnodar, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Kemerovo, Yekaterinburg, Vladivostok shaharlarida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining vakolatli vakili sifatida jalb qilish boʻyicha choralar koʻrish.
doimiy
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
A. Abduhakimov
46.
Ichki turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlari qamrab olingan arzon narxlardagi ichki turizm mahsulot (turpaket)larini ishlab chiqish, hamda ularni joylarda keng targʻib qilish.
doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F.Davrukov), Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, tadbirkorlik subyektlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi, Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi, Oʻzbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi
A. Abduhakimov
47.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan “Ichki turizm oyligi”ni eʼlon qilish.
har yili
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
48.
“Ichki turizm oyligi”da hududlardagi turizm sohasi subyektlari (mehmonxona, umumiy ovqatlanish punktlari, madaniy koʻngilochar obyektlar va boshqalar) tomonidan taqdim qilinadigan chegirmalar toʻgʻrisida axborot (eʼlonlar) joylashtirib borish.
doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi, Ekstremal va togʻ turizmi Federatsiyasi, Oʻzbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi
A. Abduhakimov
49.
“Ichki turizm oyligi” davomida faol targʻibot ishlarini olib borgan jurnalistlar va blogerlar uchun “Eng yaxshi telekoʻrsatuv”, “Eng yaxshi video”, “Eng yaxshi post” va “Eng yaxshi maqola” yoʻnalishlarida tanlov tashkil etish.
doimiy
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjanov)
A. Abduhakimov
50.
Faol va ekstremal turizmni rivojlantirish maqsadida ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shuningdek boshqa togʻli hududlarda amalga oshiriladigan ekskursiyaning boshlanish qismida tashrif markazlari (visitor center) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda:
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalar balansiga yer uchastkalarini ajratish;
mahalliy kengashlar tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda tashrif markazi hududiga kirish toʻlovlarini joriy qilish va uni Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish;
tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda turistlarga xizmatlar (yoʻriqchi-yoʻlboshlovchi xizmatlarini koʻrsatish, tegishli anjomlarni ijaraga berish va boshqalar) koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish va boshqalar.
2020-yil oktabr
yer uchastkalarini ajratish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Sh. Abdurazoqov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Sh.Abdurazoqov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov)
A. Abduhakimov
51.
Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi boshchiligida quyidagi qoʻshma Hayʼatlarni tashkil etish:
Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — Turizm sohasida transport-kommunikatsiyalarini rivojlantirish hayʼati;
Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — Turizm, madaniyat va sportni kompleks rivojlantirish boʻyicha hayʼati.
Manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, jamoat tashkilotlari ekspertlarini jalb qilgan holda qoʻshma hayʼatlarning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, maqsadlari, vazifalari va ish tartibini belgilaydigan nizomni tasdiqlash.
2020-yil
sentabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Transport vazirligi (E. Ganiyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)
A. Abduhakimov
52.
Gid (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarni ragʻbatlantirish maqsadida:
toʻlov asosida gid (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarni jalb qilgan holda, 11 tildagi “Ekskursiya yetakchilari portfeli” uslubiy qoʻllanmasini ishlab chiqish;
yosh gidlarni tayyorlash va amaldagi faoliyat olib borayotgan gidlarning mahoratini oshirishga moʻljallangan, 11 tilda onlayn namoyish qilinuvchi gidlarning mualliflik videoustaxonalarini tashkil qilish.
2020-yil
oktabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
A. Abduhakimov
53.
Mamlakatdagi muqaddas ziyoratgohlar va qadamjolarni oʻzaro bogʻlagan ichki ziyorat turizmi mahsulotlarini (turpaketlarni) ishlab chiqish, shuningdek, mahalliy fuqarolar uchun ularga tashrif buyurishda chegirmalar taqdim qilish choralarini koʻrish.
2020-yil sentabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov)
A. Abduhakimov
54.
Nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan uygʻunlashtirish maqsadida kelgusida “Turizm” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchi kurs talabalarining ish bilan bandligini taʼminlagan holda, mamlakatning turizm tarmogʻi korxonalarida ularning muntazam amaliyotini tashkil etish.
doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), oliy taʼlim muassasalari
A. Abduhakimov
55.
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida ijtimoiy reklama sifatida ommaviy axborot vositalarida, jumladan, tashqi reklama vositalarini (bannerlar va tashqi ekranlar uchun videoroliklar) tayyorlash va oʻrnatish orqali targʻibot materiallarini yoritib borish tadbirlarini oʻtkazish.
doimiy
ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjanov)
A. Abduhakimov
56.
Markaziy va hududiy telekanallarda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida turkum koʻrsatuvlar tayyorlash va keng yoritib borish.
doimiy
ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjanov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev)
A. Abduhakimov
57.
Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritish:
madaniyat obyektlariga kirish va ularda qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishda chegirmalar taqdim etish masalasini koʻrib chiqish;
xususiy madaniy-koʻngilochar markazlari, yirik savdo obyektlari xizmatlariga chegirmalar joriy qilish.
2020-yil sentabr
amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
58.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratish va muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish imkoniyatini taqdim etish orqali umumiy ovqatlanish tarmoqlari filiallarini ochayotgan tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek,ularning innovatsion biznes gʻoyalari va “startap” loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish.
2020-yil
sentabr
amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
59.
Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:
turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ixtiyoriy, mavsumiy chegirmalar joriy etish;
har bir hudud kesimida budjet va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun imtiyozli sayohat paketlari asosida sayohatga chiqish jadvalini shakllantirish.
2020-yil avgustdan boshlab doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
A. Abduhakimov
60.
Rasmiy sanalar, umumxalq bayramlarini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan va dam olish kunlarini 5 kungacha (“Oltin hafta”) boʻlgan muddatga uzaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bunda:
har yili (noyabr oyida) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarori bilan keyingi yil uchun ish vaqti meʼyorining davomiyligi (taqvimi)ni tasdiqlab borish;
ish vaqti meʼyorining davomiyligi (taqvimi) asosida ichki turizmni rivojlantirish choralarini koʻrish.
2020-yil sentabr
amalga oshirish uchun — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov)
J. Qoʻchqorov
61.
Quyidagi yoʻnalishlarda onlayn seminarlarni tashkil qilish:
joylashtirish vositalari xodimlari uchun xizmat koʻrsatish sifatini oshirish;
turoperator/turagentlar uchun marketing faoliyatini yanada takomillashtirish.
2020-yil sentabrdan boshlab doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
62.
Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmondoʻstlik va xizmat koʻrsatish (savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat va boshqalar) etikasi boʻyicha qoʻllanmalar va videoroliklarni ishlab chiqish.
2020-yil
sentabr
amalga oshirish uchun — Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
J. Qoʻchqorov,
A. Abduhakimov
63.
Mahalliy budjet va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining hisobidan teng ulushlarda quyidagi tanlovlarni oʻtkazish:
mamlakat hududlari boʻylab eng koʻp sayohatlarni tashkil etgan turoperatorlarni tanlash;
mamlakat hududlari boʻylab sayohatlarni tashkil etuvchi eng faol muassasani tanlash.
2021-yil fevraldan boshlab doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
A. Abduhakimov
64.
Turistlarga milliy matolar namunalarini koʻrsatish, mato ishlab chiqarishning kelib chiqishi va rivojlanish tarixini, shuningdek, Oʻzbekiston madaniy merosini aks ettiruvchi milliy liboslar koʻrgazmalarni namoyish etish maqsadida Zarqaynar koʻchasidagi 1-uy binosida Oʻzbekiston milliy liboslar va matolar Markazini tashkil etish.
2021-yil sentabr
ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev)
amalga oshirish uchun — Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev)
A. Abd���akimov
65.
Bolalar teatrlarida oʻz yurtini keng oʻrganishga va sayohat qilishga daʼvat etuvchi yangi spektakllarni yaratish.
Qoʻgʻirchoq teatri uchun eng yaxshi ssenariyga tanlov tashkil etish va tanlov gʻoliblarini mukofotlash uchun mablagʻ ajratish;
Tanlovda gʻolib boʻlgan ssenariy asosida spektakl uchun qoʻgʻirchoqlar va dekoratsiyalarni yaratishni moliyalashtirish.
2020-yil dekabr
amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar
A. Abduhakimov
66.
Karantin paytida professional sportchilar va fitness murabbiylarni jalb qilgan holda sport turizmini va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini (Home Fitness) targʻib qilish, shuningdek, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka yetkazish.
2020-yil avgustdan boshlab doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
67.
Respublikada yoʻlovchilar tashishni yanada rivojlantirish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:
hududlararo avtobus qatnovlari soni va yoʻnalishlarini oshirish;
Buxoro, Samarqand, Fargʻona shaharlari va respublikaning boshqa hududlari oʻrtasidagi aviaparvozlar sonini oshirish;
vertolyotlarda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish.
2020-yil oktabr
2021-yil aprel
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), “Uzbekistan Airways” AK
(B. Xakimov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AK (X. Xasilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Ramatov
68.
Respublika boʻylab mustaqil sayohat qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida avtotransport vositalari va tirkamalarni (tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti) ishlab chiqarish va/yoki olib kirishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.
2020-yil
oktabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (D.Dexkonov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)
A. Ramatov
69.
Malaka oshirishni, shu jumladan turizm sohasi subyektlari xodimlari, shuningdek gid (gid-tarjimonlar), yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi va ekskursiya yetakchilarini masofaviy oʻqitish orqali tashkil etish.
2020-yil avgustdan boshlab doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
70.
“Ipak yoʻli” Xalqaro turizm universiteti atrofida turizm va taʼlim parkini tashkil etish uchun Davlat budjeti va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan teng ulushlarda 3,5 mlrd soʻm miqdorida mablagʻlar ajratish.
2021-yil
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
A. Abduhakimov
71.
“Ipak yoʻli” Xalqaro turizm universitetining xalqaro reytinglar boʻyicha mavqeyini oshirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish:
universitetga talabalikka qabul qilish jarayonini tashkil qilish uchun mustaqillik huquqini berish, shu jumladan yiliga ikki marta (bahor va kuz semestri) talabalarni qabul qilish mexanizmini joriy etish;
universitetning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqqan holda xalqaro taʼlim malaka standartlariga muvofiq oʻqitishning oltinchi va yettinchi darajalarini joriy etish boʻyicha choralarni koʻrish;
ingliz tilini mukammal darajada biladigan tegishli professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirgan holda oʻquv jarayonini Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadigan xorijiy tillarda olib borish;
ilgʻor, eʼtirof etilgan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqalar) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashishi;
Bolonya deklaratsiyasiga qoʻshilish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2021-yil yanvar
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
A. Abduhakimov
72.
“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetidagi butun oʻquv jarayonini ingliz tiliga oʻtkazish uchun:
universitetning 2 va 3-bosqich talabalarini ingliz tilini bilish darajasini sinovdan oʻtkazish;
oʻquv yilida qoniqarsiz natijani qayd etgan universitet talabalarini mamlakatdagi tegishli taʼlim yoʻnalishidagi boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish.
2021-yil
oktabr-noyabr
amalga oshirish uchun —
Davlat test markazi (M. Karimov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
73.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligining markaziy apparati xodimlari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufiga berilgan taʼlim muassasalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish.
2020-yil
II yarim yillik
amalga oshirish uchun —
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)
A. Abduhakimov
74.
Oʻquv-amaliyot jarayonini yanada maqbullashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimidagi texnikum va kollejlar hududlaridagi yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga 10 yilga ijaraga berishni koʻzda tutgan holda bir qismi talabalar yotoqxonasi uchun ajratiladigan mehmonxona va xostellar qurish ishlarini, shu jumladan, lozim boʻlganda qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritgan holda tashkil etish.
2020-yil
avgustdan boshlab
amalga oshirish uchun —
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
75.
Samarqand shahri, Turkiston koʻchasi manzilidagi Sartepa turizm va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji joylashgan hududdan 250 kishiga moʻljallangan yotoqxonani mazkur chora-tadbirlar rejasining 45 bandidagi mexanizm asosida qurish uchun yer uchastkasini ajratish
2020-yil
sentabr
amalga oshirish uchun — Samarqand viloyati hokimligi (E.Turdimov),
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
76.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarni rekonstruksiya qilish va yangilash uchun kamida 10 million AQSH dollari miqdoridagi xalqaro moliyaviy institutlarning imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish masalasini koʻrib chiqish.
2020-yil
oktabr
amalga oshirish uchun —
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
S. Umurzakov,
A. Abduhakimov
77.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlarning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish maqsadida:
laboratoriyalar bilan jihozlash uchun budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan;
kapital taʼmirlash va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan 2021 — 2023-yillar davlat investitsiya dasturiga kiritish orqali mablagʻlar ajratilishini taʼminlash.
2020-2021-yillar
mablagʻlar ajratish uchun —
Moliya vazirligi (T.Ishmetov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F.Davrukov)
A. Abduhakimov
78.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlarning iqtidorli talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiyalar toʻlash tizimini joriy etish.
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Aqqulov)
A. Abduhakimov
79.
Turizm sohasidagi taʼlim muassasalari quvvatlarini oshirish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Boʻstonliq oʻrmon xoʻjaligi va servis kasb-hunar kolleji va uning bino va inshootlarini oʻrnatilgan tartibda begʻaraz asosda topshirishni, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qabul qilib olishni (tasarrufiga oʻtkazish) taʼminlash.
2020-yil sentabr
ishlab chiqish uchun — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
80.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlarning xorijiy hamkorlar bilan kelishuvlarga muvofiq maqomi va nomini (rebrending) Qoʻmita tomonidan mustaqil belgilash huquqini berish.
2020-yil oktabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Aqqulov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
A. Abduhakimov
81.
Fuqarolarning sogʻlom turmush tarzini tashkil etish, kasallanish darajasini, shu jumladan yurak xastaligini kamaytirish, aholining jismoniy faolligini oshirish maqsadida quyidagilani nazarda tutuvchi “Sogʻlom hayot sari qadam” loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish:
jahon standartlariga asoslanib, zarur shart-sharoitlarni hisobga olgan holda va sanitariya-epidemiologiya talablari asosida har bir tuman va shaharning markaziy koʻchalarida piyodalar yoʻlaklarini tashkil etish;
piyodalar uchun alohida yoʻl belgilari, shu jumladan bosib oʻtgan masofa, sarflangan kaloriya miqdori, sogʻliq koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi koʻrsatkichlar oʻrnatish;
aholining jinsi va yoshiga qarab, ularga ixtiyoriy kunlik yurish normalarini joriy etish;
Yurish meʼyorlarini maʼlum bir davrda bajargan fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun toʻlovning 50 foiz miqdorida imtiyozlar va chegirmalar belgilash;
piyoda yurishni chorlashga qaratilgan aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlarini tashkil etish.
2020-yil
sentabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov, B. Yusupaliyev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (N. Maksumov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
82.
Tibbiy turizmni rivojlantirishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uzbekistan — hope and healing land!” (Oʻzbekiston umidli va shifobaxsh zamin) mexanizmini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
hududlardagi davolash va tibbiyot maskanlarini xatlovdan oʻtkazgan holda ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini shakllantirish;
milliy tibbiyot muassasalari salohiyatini ochish, shuningdek, ular tomonidan koʻrsatiladigan sayyohlik xizmati bilan uygʻun holda tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi targʻibot materiallarini tayyorlash, shu jumladan Internet orqali targʻib qilish;
tibbiy turizmni rivojlantirish sohasi boʻyicha yirik xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston tibbiyot muassasalarining ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratish;
maxsus tibbiy tur paketlar ishlab chiqish, shu jumladan turistlarning kelishi, davolanishi va qaytib ketish davomida sifatli va xavfsiz xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha choralarni koʻrish;
tibbiyot muassasalalarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar joriy qilish, shuningdek, davlat budjeti va boshqa manbalardan ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ssudalar ajratish;
respublika tibbiyot turizmi salohiyatini“Uzbekistan — hope and healing land!” (Oʻzbekiston umidli va shifobaxsh zamin) shiori ostida keng targʻib qilish.
2020-yil dekabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov), manfaatdor vazirlik va idoralar
B. Musayev, A. Abduhakimov
83.
Respublikadagi madaniy meros obyektlari hududlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Clean&Eco” mexanizmni amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
madaniy meros obyektlariga “Clean&Eco” maqom berish;
madaniy meros obyektlari hududlarida yetarli miqdorda axlat qutilarini oʻrnatish;
ekologik qayta ishlash mexanizmin yoʻlga qoʻyish orqali madaniy meros obyektlari hududlarini kunlik tozalash va obodonlashtirish boʻyicha choralarni koʻrish;
tashrif buyurish tartibi toʻgʻrisidagi eslatmani ishlab chiqish, shu jumladan “Clean&Eco” maqomidagi madaniy meros obyektlari hududida axlat tashlashni taqiqlash.
2020-yil
oktabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Ramatov
84.
Speleologiya sohasida ilgʻor tadqiqot markazlari vakillari, olimlarni, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, Xalqaro speleologiya va Xalqaro geologiya forumlarini yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash.
2021-yil
amalga oshirish uchun — Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B. Islamov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (B. Kuchkarov)
O. Umarov
85.
Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini keng targʻib qilish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish:
“Matbuot tarqatuvchi” AK kiosklari maydonining 50 foizini milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosi va targʻiboti uchun begʻaraz ajratish, shuningdek, foydalanilmayotgan kiosklarni toʻliq begʻaraz shartda ijaraga taqdim qilish;
davlat tasarrufida boʻlgan bino va inshootlarda, jumladan moddiy madaniy meros obyektlarida milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosi uchun “nol” qiymatda ijaraga berish.
2020-yil
sentabr
ishlab chiqish uchun — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov), Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov),Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)
amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Ramatov
86.
Respublikadagi suv havzalarida motorli transport vositalaridan foydalanishni Vazirlar Mahkamasi ruxsatnomasi asosida amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2020-yil sentabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Sh. Abdurazoqov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Ramatov, A. Abduhakimov
87.
Tabiat manzarasining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida turistik zonalar hududida qurilishi rejalashtirilgan binolar, inshootlar va boshqa obyektlarga (strategik obyektlar bundan mustasno) quyidagi umumiy talablarni belgilovchi tartib ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
binolar, inshootlar va boshqa obyektlar hududi chegara devorlarining ruxsat etilgan balandligini aniq belgilash;
chegara devorlarini hudud landshaftiga mos, tabiiy xom-ashyo va materiallardan qurish;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlar hududini chegara devorlar bilan oʻrash talab etiladigan obyektlar toifalarini belgilash;
belgilangan talablarga rioya qilmagan tadbirkorlik subyektlaridan toʻlov undirish;
belgilangan talablarga rioya qilgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirishva boshqalar.
2020-yil oktabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Sh. Abdurazoqov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Ramatov, A. Abduhakimov
88.
Maʼdanli suv buloqlari va toza havo bilan sogʻlomlashtirishga ixtisoslashgan sihatgohlarda koʻrsatiladigan xizmatlarni yaxshilash orqali ichki turizmni rivojlantirish maqsadida:
mazkur sihatgohlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish boʻyicha manzilli dastur tayyorlash;
ular atrofida yengil konstruksiyali joylashtirish vositalarini tashkil qilish.
2020-yil sentabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmonov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov)
A. Abduhakimov
89.
Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarni jalb qilgan holda “Oʻlkashunoslik”, “Yosh turist” yoʻnalishidagi turkum teleradiodasturlarni tayyorlash
2020-yil avgustdan boshlab, doimiy
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev)
A. Abduhakimov
90.
“Prime-Time” vaqtlarida mamlakat boʻylab sayohat qilishga chorlovchi materiallarni efirga uzatib borish.
doimiy
amalga oshirish uchun — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), “Uzreport” axborot agentligi (R. Jurayev),)
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
III. Turizm va yondosh infratuzilmani jadal rivojlantirish
91.
Panoramali koʻrinishi 180 daraja, shuningdek obyektdan 50 metr radiusda madaniy meros obyektlariga kirishning asosiy tegrasi boʻylab inshootlarni (savdo va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlari, xavfsiz turizm boʻlimlarining situatsion markazlari va boshqalar) qurish va oʻrnatishni taqiqlash.
2020-yil
avgust oyidan boshlab
ishlab chiqish va kelishish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
A. Ramatov
92.
Oʻzbekiston oʻquv yurtlariga chet ellik talabalarni jalb qilish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatadigan rekruting agentliklari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2020-yil
sentabr
ishlab chiqish va kelishish uchun —
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
93.
Joylashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish maqsadida mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalarining alohida xonalarini “Condo Hotels” tizimi boʻyicha turar joy sifatida xususiy mulkka sotishga ruxsat berish, lozim boʻlganda tegishli qonun va qonunosti hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish.
2020-yil
sentabr oyidan boshlab
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Yer resurslari, geodeziya, kartografiyava davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Ichki ishlar vazirligi(P. Bobojonov ), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), tadbirkorlik subyektlari
A. Abduhakimov
94.
Daraxtlar va butalarni ekish, boshqa mamlakatlarda oʻsadigan oʻsimliklarni mintaqada keyinchalik yetishtirish uchun moslashtirishga qaratilgan maxsus pitomniklar tashkil etish, yangi suv infratuzilmasini, shu jumladan purkagich qurilmalarini qurishni nazarda tutuvchi shahar atrofi boʻylab “yashil belbogʻlar”ni tuzish konsepsiyasini ishlab chiqish va quyidagi bosqichlarda:
2022-yilgacha bosh reja tasdiqlangan holda shaharlar atrofi boʻylab;
2023-yilgacha respublikaning boshqa mintaqaviy ahamiyatga molik shaharlari atrofi boʻylab amalga oshirish.
2020-yil
oktabr
ishlab chiqish va kelishish uchun — Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Sh. Abdurazoqov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),Adliya vazirligi (R. Davletov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va vil�yatlar hokimliklari
A. Ramatov
95.
Sochma oltin konlari hududida turistik xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlari boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
sochma oltin konlari uchastkalarini roʻyxatini ularda turistik xizmatlarni tashkil etish istiqbollari asosida tuzish;
Butunjahon oltin yuvuvchilar uyushmasi (The World Goldpanning Association (WGA)bilan hamkorlik oʻrnatish va oltinni yuvish boʻyicha Oʻzbekistonda xalqaro chempionatlarni tashkil etish;
sochma oltin konlari hududidagi turistik xizmatlar toʻgʻrisida uzoq xorijdagi turistlarga alohida eʼtibor bergan holda reklama aksiyalarini oʻtkazish.
2020-yil
sentabr
amalga oshirish uchun — Davlat geologiya va mineral resuslar qoʻmitasi (B.Islamov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
97.
Turizni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi bino va inshootlarga faoliyati turizm sohasi bilan bogʻliq boʻlgan jamoat tashkilotlarini Qoʻmita raisining buyrugʻiga muvofiq begʻaraz joylashtirish choralarini koʻrish hamda “kovorking” markazini tashkil etish.
2021-yil yanvar
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari
A. Abduhakimov
98.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash boshqarmasi negizida belgilangan boshqaruv shtatlari doirasida quyidagi vazifalarni yuklangan holda Turizm akseleratorlarini boshqarish boshqarmasini tuzish:
har bir hududning turizm turlari va mahsulotlariga ixtisoslashtirish inobatga olgan holda hududlarda turizm sohasida tadbirkorlik rivojlantirish uchun salohiyatini oʻrganish;
turizm sohasida startap va innovatsion biznes gʻoyalarni amalga oshirishda koʻmaklashish, shu jumladan, moliyaviy yordam koʻrsatish orqali qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga fuqarolarni keng jalb qilish va faolligini oshirish.
2020-yil sentabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
99.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan viloyati Namangan shahri 3-kichik nohiya, “Porloq” MFY Tinchlik koʻchasida joylashgan maʼmuriy Davlat aktivlarini boshqarish agentligi balansidagi bino (“Maʼmuriy va bank” bino va inshootlari)ni oʻrnatilgan tartibda begʻaraz asosda topshirishini, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qabul qilib olishini (tasarrufiga oʻtkazish) taʼminlash.
2020-yil avgust-sentabr
topshirilishi uchun — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)
qabul qilinishi uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
100.
Quyidagi obyektlarning nomi va rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davriy ravishda yangilab borgan holda xalqaro qidiruv tizimlari, kartografiya va navigatsiya xizmatlari (elektron kartalar, sputniklardan olingan rasmlar va boshqalar) oʻz vaqtida taqdim qilib borish:
turistik obyektlar, shu jumladan, avtomagistrallar boʻyicha joylashgan respublika koʻchalari, obyektlari va joylari;
turistik obyektlar, shu jumladan, avtomagistrallar boʻyicha joylashgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati.
2020-yil avgust-sentabr
amalga oshirish uchun — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Qudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Abduhakimov
101.
Respublika miqyosida turistik yoʻl koʻrsatkichlarini tan olingan xalqaro standartlar va yagona tizim asosida ochiq tender asosida tajribali, shu jumladan xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda oʻrnatilishini tashkil qilish.
2020-2021-yillar
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
102.
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidajoylashtirish vositalari, ovqatlanish, savdo va boshqa xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tez qurib bitiriladigan yengil konstruksiyalar asosida barpo etish uchun tadbirkorlarga yer uchastkalarini qisqa muddatga (bir yildan uch yilgacha) ijaraga berish boʻyicha alohida mexanizm ishlab chiqish.
Mazkur mexanizmning ijobiy tajribasini Xonobod shahri, Vodil qishlogʻi, Zomin, Baxmal, Boysun, Sariosiyo, Kitob, Shahrisabz, Nurota Urgut, Moʻynoq tumanlari va Sarmishsoy darasi, va Sudochye koʻlining qirgʻoq hududida joriy etish.
2020-yil
avgust-sentabr
2020-2022-yillar
amalga oshirish uchun — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
A. Ramatov,
A. Abduhakimov
103.
Turizm namoyish obyektlari va infratuzilmalarida hamda xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻylab koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumot aks ettirilgan turistik yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2020-yil
davomida
amalga oshirish uchun — Qorqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Transport vazirligi (E. Ganiyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), manfaatdor vazirlik va idoralar
A. Abduhakimov
104.
Xorazm viloyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yildagi tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq “Ichan qalʼa” davlat muzeyi qoʻriqxonasi hududida Xorazm viloyati tarixi muzeyini tashkil etish ishlari yakunlash jarayonida ekanini inobatga olib, Xiva shahrining “Deshan qalʼa” hududida Xorazm viloyatining tarixi bilan bogʻliq sayyohlar uchun qiziqarli mavzuda boʻlgan muzey tashkil etish konsetsiyasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish.
2020-yil oktabr
ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qurilish vazirligi (B. Zokirov)
A. Abduhakimov
105.
Internetga keng polosali ulanishni taqdim etish uchun xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarini LTE (4G) toʻrtinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari bilan barqaror qoplash va ularning tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrish.
2021-yil
yanvar
amalga oshirish uchun — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Qorqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
106.
“Yandeks-karta” va “Google Maps” xaritalarida xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻylab aholi va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadigan turli tadbirkorlik faoliyati obyektlarinining maʼlumotlarini (manzili, xizmat turi, obyektning fotosurati) aniq koordinatlarini koʻrsatgan holda joylashtirilishini taʼminlash.
2021-yil
yanvar
amalga oshirish uchun — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Qudbiyev),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov),
Qorqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
107.
Shahar va tumanlarning markaziy koʻchalarida jahon standartlari asosida velosiped haydovchilari uchun alohida yoʻlaklar tashkil etish. Bunda, aholining xavfsiz va faol harakatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishga va shaharsozlik normalari va qoidalariga qatʼiy amal qilish.
2021-yil aprel
amalga oshirish uchun — Qorqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Qurilish vazirligi (B. Zakirov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)
A. Ramatov,
A. Abduxakimov
108.
Yoshlar uchun zamonaviy kutubxona, kovorking markazi, bepul Wi-Fi hududi, jurnallarga bepul obuna, onlayn kutubxonalardan foydalanish, vebinar va treninglar oʻtkazish uchun qulayliklar yaratilgan “Yoshlar turizm laboratoriyasi”ni tashkil etish.
Bunda, yoshlar tomonidan zamonaviy targʻibot materiallari va qoʻlda tayyorlangan mahsulotlar namunalarini yaratish uchun sharoit yaratish.
2020-yil oktabr
tashkil etish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (A. Jumaboyev)
A. Abduhakimov
109.
Talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda salohiyatli turistik mahallalar (qishloqlar, ovullar) hududida kamida 20 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va ularda kamida 5 turdagi turistik xizmatlarning koʻrsatilishini taʼminlash.
doimiy
amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)
A. Abduhakimov
110.
Turistlar tashriflari amalga oshiriladigan obyektlarning tegishli koʻrinishini tartibga keltirish, shu jumladan madaniy meros obyektlariga tashrif buyuruvchilarni roʻyxatga olishning yagona elektron tizimini joriy etish boʻyicha kompleks ishlarni amalga oshirish.
2020-yil
sentabr
amalga oshirish uchun— Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)
A. Abduhakimov
111.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va respublikaning boshqa tadbirkorlik subyektlarining savdo infratuzilmasini xalqaro elektron savdo maydonchalari infratuzilmasi bilan integratsiya qilish maqsadida:
xalqaro maslahatchilarni jalb qilgan holda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga oʻzlarining ishlab chiqarilgan mahsulotlarini va asl buyumlarini joylashtirish va sotish uchun elektron savdo maydonchalarining imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha, shu jumladan xorijda bepul oʻqitishni tashkil etish;
mahalliy ishlab chiqaruvchilar va boshqa tadbirkorlik subektlarining hunarmandlik buyumlari va suvenir mahsulotlarini xalqaro elektron savdo maydonchalarida qoʻyish;
hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochish boʻyicha xalqaro elektron savdo maydonchalari bilan muzokaralar olib borish.
2020-yil 1-avgustdan boshlab doimiy ravishda
amalga oshirish uchun — Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
“Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)
A. Abduhakimov
112.
Zarur infratuzulmani yaratish uchun “Uzbekistan Airports” AJ bilan kelishgan holda xalqaro aeroportlarga 1 km radiusgacha joylashgan boʻsh yer uchastkalari ajratilishini taʼminlash.
2020-yil
oktabr
amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
113.
Xalqaro aeroportlarda, birinchi navbatda mahalliy mahsulotlarni joylashtirish, shu jumladan alkogol mahsulotlarini sotish uchun maxsus pavilyon tashkil qilgan holda bojsiz savdo doʻkonlari (“Duty Free”) faoliyatini tashkil etish.
2020-yil dekabr
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), “Uzbekistan Airports” AJ (R. Ismailov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
114.
Respublikaning chegara tumanlarida “Hunarmand”, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzbekzargar”, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va “Oʻzsharobsanoat” AJning eksportga yoʻnaltiriladigan mahsulotlarining ulgurji savdo nuqtalarini tashkil qilish.
2020-yil avgust-sentabr
ishlab chiqish uchun — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) amalga oshirish uchun — Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Qudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), “Oʻzbektoʻqimachiliksanoati” (I. Xaydarov), “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Oʻzbekzargar” uyushmasi (D. Samatov), “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (B. Sharipov)
A. Abduhakimov
115.
Ipakchilik mahsulotlari markazlariga turistlar tashriflarini tashkil etish, ularga virtual sayohat qilish imkonini yaratish, ipakchilik mahsulotlarini elektron savdo platformalari orqali sotish imkoniyatlarini yoʻlga qoʻyish
2020-yil oktabr
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (B. Sharipov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi(F. Davrukov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
116.
“Luxaviation” kompaniyasi va boshqa shunga oʻxshash xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:
vertolet xizmatlarini taqdim qilgan holda, respublika turizm namoyishi obyektlari boʻylab vertolet marshrutlarini tashkil qilish;
barcha uchish punktlarida turistlarning aviatsiya xavfsizligi uchun masʼullarni belgilash;
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida aeroklub va uning oʻquv markazini tashkil qilish.
2020-yil dekabr
(mamlakatdagi pandemiya sharoitidan kelib chiqib 2021-yil mart)
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev), Toshkent viloyat hokimligi (R. Holmatov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
117.
Tegishli hududlarda vertolyotlarga moʻljallangan maydonchalar yaratish uchun zarur joy ajratilishini, shuningdek, yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlagan holda aeroklub va uning oʻquv markazini tashkil etishni taʼminlash.
2020-yil
sentabr
amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
A. Abduhakimov
118.
Joylashtirish vositalariga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirish kiritish:
har bir nomerda elektron dastur bilan integratsiyalashgan elektron kalitli (plastik magnit karta) elektron qulflarni joriy etish;
“Xavfsiz turizm” va “Xavfsiz shahar” tizimlari bilan integratsiyalashgan videokuzatuv tizimlarini oʻrnatish;
uch va undan yuqori toifadagi (yulduz) mehmonxonalarda majburiy, boshqa turdagi joylashtirish vositalari uchun tavsiyaviy xarakterdagi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotish nuqtalarining mavjudligini belgilash.
Bunda tadbirkorlik subyektlariga yuqorida koʻrsatilgan talablarni bajarish uchun kamida olti oy vaqt berilishini nazarda tutish.
2020-yil dekabr
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov), Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov )
A. Abduhakimov
119.
Mamlakatning koʻshni davlatlar bilan Gʻishtkoʻprik, Olot, Shovot, Doʻstlik, Oybek va Jartepa chegara oʻtkazish nuqtalarida turistlarni chegaradan tezkor oʻtish mexanizmlarini (“yashil yoʻlak” va “Fast Track” xizmati) sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda joriy etish boʻyicha asoslantirilgan taklif kiritish.
2020-yil
noyabr
ishlab chiqish va kelishish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari
A. Abduhakimov
120.
Quyidagilarni amalga oshirish orqali anklav hududlarga qoʻshni mamlakatlar va uchinchi davlat fuqarolari uchun sayohat tashkil qilish imkoniyatlarini oʻrganish:
anklav hududga turistik yoʻnalishlar asosida koʻp martalik vizalar berish masalasini koʻrib chiqish;
qoʻshni mamlakatlar bilan anklav hududlarga maxsus belgiga va chegaradan oʻtishda ustuvor huquqqa ega boʻlgan turizm sohasi subyektlarining transport vositalari orqali turlarni tashkil qilish masalasini koʻrib chiqish;
qoʻshni mamlakatlarning anklav hududlariga sayohatlarni tashkil qiluvchi turoperatorlar roʻyxatini shakllantirish;
anklav hududlarga qoʻshma sayohat dasturlarini ishlab chiqish;
ushbu turdagi sayohatlarni vertolet orqali amalga oshirish masalasini koʻrib chiqish.
2021-yil aprel
ishlab chiqish va kelishish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Transport vazirligi (E. Ganiyev)
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Transport vazirligi (E. Ganiyev),tadbirkorlik subyektlari
A. Abduhakimov
121.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qoshidagi Turizm soxasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan “Andijon turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi”ga 5 mlrd. soʻm mablagʻni oʻtkazish.
2021-yil (turizm yigʻimi tiklangandan soʻng)
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov)
A. Abduhakimov
122.
Mamlakatda fuqaro aviatashishlarini amalga oshiruvchi kamida 5 ta yangi rezident aviakompaniyalar tashkil etish taʼminlash.
2023-yil fevral
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Adliya vazirligi (R.Davletov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
123.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi “Yoʻl boʻyi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 793-son qaroriga muvofiq jamoat maqsadlariga moʻljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻymasligini tashkil etish.
2020-yil
1-sentabrdan
amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi (B. Yusupaliyev), “Oʻzbekneftegaz” AJ (M. Abdullayev), Monopoliyadan chiqarish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)
A. Ramatov, A. Abduhakimov
124.
Respublikaning togʻli hududlari mavjud viloyatlari (shaharlari)da 5 — 7 ta dan osma dor yoʻli (kanatka), togʻli hududi boʻlmagan viloyatlari (shaharlari)da 2 ta dan osma aylanma dor yoʻli (kanatnaya doroga) tashkil qilish joylari (dor yoʻli xaritasi, uzunligi, tutash huxudlarida turizm va xizmat turlarini rivojlantirish) va shu maqsadda yerlarni uzoq muddatli ijaraga berish boʻyicha takliflar tayyorlash va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga kiritish.
2020-yil 1-dekabr
amalga oshirish uchun —
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
A. Abduhakimov
125.
Respublikaning shahar va tumanlaridagi tarixiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda “Turizm koʻchasi”, “Turizm mahallasi” tashkil qilish boʻyicha moliyaviy manbaalarini koʻrsatgan holda aniq takliflarni shakllantirish va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga kiritish.
2021-yil
1-yanvar
amalga oshirish uchun —
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
A. Ramatov, A. Abduhakimov
(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 18-ILOVA
Turizm sohasida amalga oshirish tavsiya qilinadigan innovatsion biznes gʻoya va startaplar
ROʻYXATI
T/r
Biznes gʻoya nomlanishi
Biznes gʻoya tavsifi
1.
“Zipline” attraksioni
Poʻlat arqonda tezkor tushish, tushish vaqti — 25 sekunddan 60 sekundgacha (odatda tepalik va manzarali joylarda tashkil qilinadi).
2.
“Aeroquvur” attraksioni
Quvurda havoni haydash yoʻli bilan odam havoda muallaq turishiga imkon beruvchi, havoda katta tezlik bilan harakatlanish taʼsirini yaratuvchi attraksion tashkillashtirish.
3.
“Zorbing-markaz” attraksioni
Shaffof sharda (zorb) tepalikdan tushish yoki shu shar ichida suv havzasidan suzib oʻtish.
4.
“Jon saqlash” kurslarini tashkil qilish
Choʻl va togʻlarda yovvoyi tabiatda jon saqlash usullarini oʻrgatuvchi turlar tashkil qilish.
5.
“Makajoʻxori labirinti”
Makkajoʻxori dalalarida yoʻllar tarmogʻi yaratiladi va guruhlar, oilalar va ishchi jamoalar tomonidan oʻtish uchun kvestlar tashkil qilinadi.
6.
“Roupdjamping” va “bandji-djamping”
Katta balandlikdan sakrovchining oyogʻiga choʻziluvchi uzun arqon bogʻlagan holda sakrash.
7.
Ov turizmi
Yovvoyi hayvon va qushlarga ov oʻtkazish maqsadida sayohatlar tashkil qilish. Katta boʻlmagan hududda, oʻlja olishni kafolatlovchi ixotalagan joylarda ov tashkil qilish.
8.
“Agroturizm markazi” yaratish
Fermerlar va dehqon xoʻjaliklari tomorqalarida meva va sabzovotlar yetishtirish, terib olish hamda chorvaga yem berish, sayr qildirish va boshqa ishlar davomida turistlar uchun yengil jismoniy mehnatda ishtirok etish imkoniyatini yaratish.
9.
“Baliqchilik” maktabi
Suv havzalari yoki daryolarda turistlarga baliq tutishni oʻrgatish va tur tashkil etish.
10.
“Shum bola” turi
Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asarida tasvirlangan hamda shu nomli filmda koʻrsatilgan joylar boʻylab sayohat.
11.
“Oʻz daraxtingni ek va sayyorani qutqar” turi
Turistlar tomonidan Orol dengizining qurigan joylariga sayohat qilish va daraxt ekish.
12.
“Choy marosimi”
Choyni isteʼmol qilish, yetishtirish va ishlab chiqish tarixi bilan tanishtirish, uning foydali xususiyatlarini hamda choyni damlash va ichish jarayonini namoyish qilish.
13.
“Karavaning”
Sayohat uchun maxsus jixozlangan furgon koʻrinishidagi gʻildirakli uyni ijaraga berish.
14.
Veloturlar
Velosipedlarda yaqin va uzoq masofalarga turlar tashkil qilish.
15.
Suvenir va esdalik sovgʻalarni yaratish
Mamlakatning mashhur minoralari koʻrinishidagi qalam va ruchkalar, respublikaning tarixiy joylari mozaik rasmlaridan kubik-rubiklar tayyorlash.
Mashhur turizm obyektlari shaklida yoki ularning rasmlaridan foydalangan holda shirinliklar tayyorlash.
16.
“Osh” muzeyi
Osh toʻgʻrisidagi, uni turli hududlarda tayyorlash usullari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar beruvchi ommaviy taqdimot tashkil qilish, mashhur odamlar fikrlari berilgan peshtaxtalar yaratish, shuningdek osh tayyorlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatini yaratish.
17.
“Hayolot va boshqotirmalar” muzei
Quyunli tunneldan oʻtish, nurli effektlar, antigravitatsiya xonalari xizmatlarini koʻrsatuvchi muzey tashkil qilish. Muzey qoshida boshqotirmalar va illyuziyalar bilan bogʻliq turli maxsulotlar sotiluvchi aqlli doʻkon ochish mumkin.
18.
Ijod doʻkoni
Qoʻlda tayyorlangan, individual xususiyatga ega, qiyosi yoʻq mualliflik va dizaynerlik buyumlari savdosini tashkil qilish.
19.
“Ibn Sino” choyxonasini yaratish
Ibn Sino va boshqa tabiblar kitoblarida keltirilgan retseptlarga asosan yaratilgan ichimliklar tayyorlanuvchi choyxona tashkil qilish.
20.
Metallolomdan haykallar yaratish
Metallolom va boshqa materiallardan haykallar yaratish va ularni onlayn muzeylarga joylashtirish.
Yaratuvchilarni ragʻbatlantirish maqsadida har bir haykalni individual raqam bilan roʻyxatga olish va shu raqam orqali muzeyga tashrif buyuruvchilar internet orqali pul mablagʻlari oʻtkazishlari mumkin.
21.
Teatrdan tashqari tomoshalar
Turistlar uchun sayyor tomoshalar, shu jumladan tarixiy sahnalarni mamlakatning tarixiy va turizm obyektlarida tashkil qilish va oʻtkazish, jamoat joylarida mashhur spektakllardan parchalar koʻrsatish.
22.
“Avatar” orqali uzoq masofadan sayohat hizmatlari
Yer sharining qaysidir joyida turuvchi boshlovchi (Avatar) uni boshqaradigan tomoshabin (User) uchun eshittirish olib borish imkonini beruvchi dastur yaratish. Bunda tomoshabin internet tarmogʻi orqali ekranning narigi tomonida uning qahramoni bilan boʻlayotgan barcha voqealarni eshitadi va koʻradi. Dastur jismoniy yoki moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligi sabab sayohat qila olmaydiganlar uchun shahar yoki mamlakat boʻylab ekskursiyalar olib borish va tajriba almashish imkoniyatini beradi.
23.
Elektron gid
Tarixiy obyektga kirish joyida xorijiy turistlarga ularning ona tilida obyekt tarixi va u toʻgʻrisida qiziqarli faktlar toʻgʻrisida soʻzlab beruvchi maxsus jixoz taqdim qilish.
24.
Bemyguest (“Mening mehmonim boʻling”) onlayn portalini yaratish
Chet ellik turistlarga tunash uchun joy berishga tayyor boʻlgan qishloq va shahar tashqarisida yashovchi aholi eʼlonlari uchun onlayn portal. Ushbu xizmat mustaqil va “backpacker” turistlari uchun oson va arzon joy topish va oʻzbek turmushi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
25.
Carpool onlayn portalini yaratish
Bepul yoki arzon transport izlash uchun onlayn portal. Saytda yoki ilovada xususiy yengil avtomobil xaydovchilari aniq bir vaqtda maʼlum yoʻnalish boʻylab yurishlari va mashinada qancha boʻsh joy borligi toʻgʻrisida maʼlumot qoldiradilar. Mahalliy yoki xorijiy turistlar ushbu xizmatdan bekorga, kichik haq evaziga yoki yonilgʻi uchun xarajatni qoplagan holda foydalanishlari mumkin.
26.
“Kapsul xosteli”ni tashkillashtirish
Faqatgina uxlash yoki noutbukda yotgan holda ishlash imkonini beruvchi 1,5m*2m*1,3m hajmdagi bir nechta yacheykalardan iborat xostel.
27.
Velorikshalarda ekskursiyalar tashkil qilish
Ekskursovodlar standart xizmatlarinivelosipedlarni ijaraga berish nuqtalari bilan birlashtiruvchi velorikshalarda ekskursiyalar uyushtirish.
28.
Havo sharlarida ekskursiyalar tashkil qilish
Tarixiy joylar boʻylab yoki ochiq tabiatda havo sharlarida ekskursiyalar uyushtirish.
29.
“Olov tomoshalari” yoki “fayer-shou” oʻtkazish
Olovdan foydalangan holda koʻchada tomoshalar qoʻyish, shuningdek olovdan ijodiy gʻoyalarni amalga oshirish uchun foydalanish. Olov tomoshalari, odatda, olov teatri deb nomlanuvchi bir necha artistlardan iborat guruh tomonidan ijro etiladi.
30.
Peyntbol
Nishonga tekkanda yorilib rangga boʻyaydigan boʻyoqli sharlarni (jelatin qoplamali maishiy boʻyoq) otuvchi markerlardan (pnevmatik vosita) foydalangan holda jamoaviy oʻyin tashkil qilish.
31.
Lazertag
Yuqori texnologiyali zararsiz lazer vositalaridan foydalangan holda tashkil etiladigan peyntbol formatidagi jamoaviy oʻyin tashkil qilish.
32.
Roller-drom
Rollerda uchuvchilar uchun turli xil qiyaliklar va har xil balandlikdagi devorlarga ega boʻlgan maxsus jihozlangan platforma.
33.
Velodrom
velosipedda mashq qilish va musobaqa uyushtirishga moʻljallangan inshoot
34.
Karting
Sport va xordiq chiqarishning bir turi, “kart”da (kuzovsiz eng oddiy poyga avtomobillari) poyga tashkil qilish.
35.
Kuzatuv minorasi
Tevarak atrofni yuqoridan tomosha qilish va foto/videosuratlar olish uchun maxsus jihozlangan minora.
36.
Flaybording
Suv oqimining reaktiv kuchi hisobiga harakatga keltiriluvchi maxsus taxtachada (doska) parvozni nazarda tutuvchi ekstremal spor turi
Izoh: Roʻyxatga, zarur holatda, Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(19-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 20-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 5-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “turizm operatorlari” soʻzlari “turoperatorlar va turagentlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 11-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomning ilovasiga quyidagi mazmundagi 7-band qoʻshilsin:
“Bir vaqtning oʻzida 10 kishidan koʻp boʻlmagan shaxslarga mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatida:
a) 37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
37.
Oilaviy mehmon uylari va xostellarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish
”;
b) 80-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
80.
Turistik faoliyat — turagentlik va ekskursiya xizmatlari, shuningdek, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlari
”;
v) quyidagi mazmundagi 86-band qoʻshilsin:
“
86.
Turistlarga uy-joyni qisqa muddatga ijaraga berish (30 kungacha)
”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-martdagi 137-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 27-modda):
a) 1-ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish;
b) turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;
v) turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy oʻquv markazlarida va taʼlim muassasalarida stajirovkalardan oʻtish;
g) hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni koʻrgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targʻib qilish;
e) xorijiy turizm yarmarkalarida, koʻrgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish;
j) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YUNVTO)ga aʼzolik badallari toʻlash;
z) Qoʻmita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yoʻli ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovgʻalar xarid qilish;
i) Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
k) Qoʻmita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlov;
l) Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni qaytarish;
m) Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, aʼzolik badallarini toʻlash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq toʻlash uchun xorijiy valyutada mablagʻlar ajratish;
n) Turizmni rivojlantirish instituti hamda Kongress va koʻrgazmalar markazi faoliyati moliyalashtirish;
o) “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qoʻshganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
p) nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish, turizm sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini Qoʻmita raisining qarori bilan toʻlab berish;
r) Hukumat topshiriqlari asosida turizm sohasidagi tadbirlar bilan bogʻli boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash);
s) turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni ragʻbatlantirish. Mazkur ragʻbatlantirish shartlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi;
t) Oʻzbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika hududida har chorakda quyidagi hisob raqamlarga mablagʻlar oʻtkazish orqali ilgari surish:
Jamgʻarmaga oʻtgan chorak yakunlari boʻyicha tushgan umumiy mablagʻlarning — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUKga — 20 foizi miqdorida;
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga oʻtgan chorak mobaynida tegishli hududdagi joylashtirish vositalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolarning tunab qolish soniga mutanosib ravishda — 5 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga qoʻshni davlatlar, MDHning boshqa davlatlari va uzoq xorij mamlakatlaridan oʻtgan yilning shu davriga nisbatan respublikaga kelgan xorijiy fuqarolar sonining oʻsishi asosida — 10 foizi miqdorida. Ajratmalar miqdori Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining qarori bilan ularning ish samaradorligiga qarab oʻzgartirilishi mumkin;
u) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar (diplomatik vakolatxonalarning hisobiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy valyutada poʻl oʻtkazish yoʻli bilan), shu jumladan, B2B uchrashuvlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xorijiy delegatsiya vakillarining xarajatlarini qoplash;
f) Jamgʻarmaga kelib tushadigan barcha mablagʻlarning 10 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkazish”;
2-bandning yettinchi xatboshisiga “xorijiy fuqarolar tomonidan” soʻzlaridan keyin “tijorat banklarining filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
“turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritishga;
joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) qoʻllagan holda turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoʻmitaga oʻz vaqtida taqdim qilishga”;
“Joylashtirish vositalari” grafasining “Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan” pozitsiyasidan “oʻtov” soʻzi chiqarib tashlansin;
“Joylashtirish vositalari” grafasining “Oilaviy mehmon uylari” pozitsiyasiga “oʻtov” soʻzi qoʻshilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 3-ilovadagi “turisticheskaya” soʻzlari “otdix i dosug” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovadagi “turisticheskaya” soʻzlari “otdix i dosug” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida Nizomning:
“17. Viloyatlardagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga oʻxshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning maʼmuriyati tomonidan, ular kelib joylashgan vaqtda, ularning bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
26-bandining 3-xatboshisidagi “12 soat mobaynida” soʻzlari “ular kelib joylashgan vaqtda” soʻzlari etib oʻqilsin.
b) Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 28-bandi
2-xatboshisidagi “12 soat mobaynida” soʻzlari “ular kelib joylashgan vaqtda” soʻzlari etib oʻqilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2022-y., 09/22/71/0129-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi nizomda:
a) 2-bandining ikkinchi xatboshisida “top-50 mehmonxona brendlaridan” degan soʻzlardan keyin “yoki top-5 mehmonxona tarmoqlaridan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
v) 9-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“mehmonxona shartnoma asosida boshqa yuridik shaxsga ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — investor va ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida belgilangan tartibda tuzilgan mol-mulkni ishonchli boshqarish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi;
Qoʻmita huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan arizachiga, mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — ishonchli boshqaruvchiga taqdim etilgan 3 yoki 4 yulduzli mehmonxona toifasi koʻrsatilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi”;
g) 10-bandning birinchi xatboshisiga “investor” soʻzidan keyin “yoki ishonchli boshqaruvchi” soʻzlari qoʻshilsin;
““Brand Finance” kompaniyasining top-50 reytingiga yoki top-5 mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi mehmonxona bilan franchayzing toʻgʻrisida shartnoma tuzilgandan soʻng ushbu mehmonxona top-50 reyting yoki top-5 mehmonxona tarmoqlari roʻyxatidan chiqarilgan taqdirda, franchayzing shartnoma oʻz kuchini yoʻqotmagan boʻlsa ham, top-50 reyting yoki top-5 mehmonxona tarmoqlari roʻyxatidan chiqarilgani eʼlon qilingan yildan keyingi yil uchun qisman moliyalashtirish davom ettirilishi toʻxtatiladi.”;
“38. 3 yoki 4 yulduzli toifaga ega boʻlgan mehmonxona uchun subsidiya ajratilgan davrdan boshlab 5 yildan kam boʻlmagan muddatda mehmonxonaning kamida ushbu toifaga egaligi mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilganligidan qatʼiy nazar, investor tomonidan taʼminlanishi lozim, aks holda ajratilgan subsidiya Davlat budjetiga qaytariladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 21-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 6-apreldagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 42-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 5-iyundagi 355-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 94-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni, “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son va “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qarorlari)” 2018-yil 29-maydagi 398-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2018-yil 1-oktabrdagi 781-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga ilovaning 39-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 46-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida” 2019-yil 12-sentabrdagi PF-5819-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 19-sentabrdagi PF-5833-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qarori)” 2019-yil 21-oktabrdagi 885-son qaroriga ilovaning 6 va 9-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni)” 2019-yil 21-oktabrdagi 886-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 157 va 165-bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” 2020-yil 16-iyundagi 384-son qaroriga 1-ilovasining 24-bandi.