|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.06.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT BOJI STAVKALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning xoʻjalik nizolarini hal qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shartnomalar va kontraktlar shartlari boʻyicha ularning qonuniy huquqlarini ruyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 49-modda) qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga ilovaga muvofiq tahrirda oʻzgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 5-mart,
120-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 5-martdagi 120-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR
|
“2. |
Xoʻjalik sudlariga beriladigan daʼvo arizalaridan va xoʻjalik sudining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalaridan: | |
|
a) |
mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan, daʼvo bahosi: | |
| | 1 mln. soʻmgacha boʻlganda | daʼvo bahosining 3 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda; |
| | 1 mln. soʻmdan ortiq, 10 mln soʻmgacha boʻlganda | daʼvo bahosining 2 foizi miqdorida; |
| | 10 mln. soʻmdan ortiq boʻlganda | daʼvo bahosining 1 foizi miqdorida; |
| | qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan | daʼvo bahosining 1 foizi miqdorida; |
|
b) |
mulkka oid boʻlmagan tusdagi daʼvo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarining aktlarini toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xoʻjaliklarining, xususiy korxonalar, qoʻshma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid boʻlmagan daʼvo arizalaridan | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; |
|
v) |
bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalardan | eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida; |
|
g) |
xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar boʻyicha daʼvo arizalaridan | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; |
|
d) |
xoʻjalik sudlarining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalardan | birinchi instansiyada koʻrib chiqish uchun ariza berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar boʻyicha esa talashilayotgan summadan hisoblar |
|
e) |
xoʻjalik sudi qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga bin�an xoʻjalik sudlari tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun | hujjatning har bir sahifasi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida chiqarilgan stavkalar miqdorida.” |