Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Agrar sohada ilm-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, taʼlim jarayoniga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish, hududlarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilgʻor xorijiy tajriba va agrotexnologiyalar boʻyicha yetarli bilim va malakalarga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
agrar taʼlimda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida taʼlimning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. Bunda, taʼlimning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik oʻqish hamda haftaning shanba kunini mustaqil oʻzlashtirish kuni deb belgilash;
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlarining oʻquv rejalari va fan dasturlarini agrar soha oliy taʼlim muassasalari tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistratura mutaxassisliklarida oʻqish muddatini 1 yil, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanuvchi iqtidorli talabalar uchun oʻqish muddatini 2 yil etib belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga sohada 5 yillik stajga ega boʻlgan xodimlarni tavsiyanoma asosida oʻqishga tavsiya etilganda oʻqish muddatini sirtqi taʼlim shaklida 4 yil etib belgilash hamda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt miqdorini kunduzgi taʼlim yoʻnalishidagi toʻlov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtirish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son)
tajriba-sinov tariqasida, Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining sirtqi taʼlim shakli boʻyicha masofaviy taʼlim olish tizimini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish;
xorijiy fuqarolar uchun toʻlov-kontrakt miqdorini, istisno tariqasida, ikki barobarga kamaytirish;
bakalavriat yoʻnalishida kasbiy taʼlim (yoʻnalishlar boʻyicha) boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda uch oy muddatda fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) strategiyasi va yoʻl xaritasini ishlab chiqsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Toshkent davlat agrar universitetining:
Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimiga oʻtkazgan holda Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti sifatida tashkil etish;
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutini Toshkent viloyati Qibray tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy manzilidagi binoga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qishloq xoʻjaligining dolzarb muammolari boʻyicha davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida bajariladigan maqsadli fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalarni qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Agrar taʼlim tizimini 2030-yilgacha boʻlgan innovatsion rivojlanish strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
6. Oliy taʼlim muassasalarining kafedralariga yoʻnalishlar boʻyicha biriktiriladigan agrosanoat majmuiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy markazlar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar oʻrniga agrotexnologiyalar texnikumlarini (keyingi oʻrinlarda — Texnikumlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Institut Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining, Texnikumlar qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlarining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligiga:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Toshkent davlat agrar universiteti va Institutda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari hamda professional taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha prorektor lavozimlarini joriy etish;
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti qoshida respublika oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari tarkibidan tanlab olingan yoshlar uchun “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini innovatsion rivojlantirish va uni raqamli transformatsiyalash” loyihasini amalga oshirish doirasida maxsus fakultet tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
9. Quyidagilar:
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida tashkil etiladigan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab faoliyat yuritadigan agrotexnologiyalar texnikumlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Belgilansinki:
Texnikumlarda yuqori malakali pedagog-xodimlar tarkibini shakllantirishda taʼlimning uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash maqsadida agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalari hamda hududlarda joylashgan oliy taʼlim muassasalarining turdosh kafedralari professor-oʻqituvchilariga ustuvorlik beriladi;
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yakka tartibdagi suhbat asosida kirish imtihonlarisiz qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim muassasalarining mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi;
boshqa oliy taʼlim muassasalaridagi qishloq xoʻjaligi sohasiga oid turdosh bakalavriat va magistratura mutaxassisligi taʼlim yoʻnalishlari kafedra mudirlarini lavozimga tayinlash hamda ozod etish Toshkent davlat agrar universiteti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Institut va Texnikumlarning tuzilmasi va Ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqarish korxonalarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;
pedagog-xodimlarning har yili Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashlarini;
oʻquv-uslubiy jarayonning tashkil etilishini taʼminlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini;
axborot-resurs markazlarini zarur oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan toʻldirish choralari koʻrilishini;
yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumining qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar, oliy taʼlim va agrar sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlanishini;
mamlakatdagi islohotlarning zamonaviy bosqichi ehtiyojlari va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda oʻquv rejalari hamda dasturlarini yangilash va qayta koʻrib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni taʼminlasin.
12. Quyidagilar Institut va Texnikumlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
13. Belgilab qoʻyilsinki, Institut va Texnikumlarni joriy saqlash xarajatlari 2020-yilda “Maorif” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2021-yildan boshlab mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi:
qayta tashkil etilayotgan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining Andijon viloyati, Andijon tumani, Kuyganyor shaharchasi, Oliygoh koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari, tegishli hududi, oʻquv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari hamda boshqa mol-mulkini Institutga, qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlarining mol-mulklarini Texnikumlarga belgilangan tartibda bepul berilishini taʼminlasin;
qayta tashkil etilayotgan Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida 2019/2020 oʻquv yilida tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalarga ularning oʻqishini tugatguniga qadar Institutda oʻqishini yakunlash imkoniyatini yaratsin;
Institutga boshqa hududlardan ishga qabul qilingan professor-oʻqituvchilarni faoliyat yuritgan davrida turar joy bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining qishloq xoʻjaligi sohasida professor-oʻqituvchilar va ilmiy-tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish hamda xoʻjalik shartnomalari hisobidan tushgan mablagʻlardan toʻlanadigan soliq stavkalarini ikki barobarga kamaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga:
taʼlim muassasalarini soha boʻyicha yuksak bilimlarga ega boʻlgan, chet tillarini yaxshi biladigan, zamonaviy informatsion texnologiyalardan xabardor malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlash;
xorijiy tilni, xususan ingliz tilini yaxshi oʻzlashtirganligini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlgan (IELTS darajasi 6,5 va undan yuqori) professor-oʻqituvchilarni (xorijiy tillar boʻyicha professor-oʻqituvchilar bundan mustasno) oylik maoshlariga 10 foiz ustama belgilash;
vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, professor-oʻqituvchilar tomonidan yaratilgan oʻquv adabiyotlarini chop etish xarajatlarini qoplash uchun xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish vazifalari yuklatilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2021-yil 1-yanvardan boshlab professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hamda “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga xorijiy davlatlarning yetakchi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalariga maqsadli stajirovka oʻtashga yuborish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-iyul,
PQ-4795-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-son qaroriga
1-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining kafedralariga yoʻnalishlar boʻyicha biriktiriladigan agrosanoat majmuiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy markazlar va tashkilotlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Oliy taʼlim muassasasi nomi

Taʼlim yoʻnalishlari
va mutaxassisliklari nomi

Biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari
va tashkilotlar nomi

1.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Dehqonchilik va melioratsiya

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

Suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

2.

Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Oʻsimlikshunoslik

Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti, uning Surxondaryo va Andijon filiallari

3.

Toshkent davlat agrar universiteti va Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Soya va moyli ekinlar

Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti va uning Nukus filiali

4.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiali

Genetika va eksperimental biologiya ilmiy tadqiqot instituti

5.

Toshkent davlat agrar universiteti

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti

6.

Toshkent davlat agrar universiteti

Agrokimyo va tuproqshunoslik

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti

7.

Toshkent davlat agrar universiteti

Oʻsimliklarni himoya qilish

Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti

8.

Toshkent davlat agrar universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Qishloq xoʻjaligi fitopatologiyasi

Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti va uning Surxondaryo filiali

9.

Toshkent davlat agrar universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Oʻsimliklar va qishloq xoʻjalik mahsulotlari karantini

Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti va uning Surxondaryo filiali

10.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Mevachilik va uzumchilik

M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

11.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Sabzavotchilik,polizchilik va kartoshkachilik

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

12.

Toshkent davlat agrar universiteti

Qishloq xoʻjaligida ekologik xavfsizlik va botanika

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy tadqiqot instituti

Botanika instituti

13.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash

M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

14.

Toshkent davlat agrar universiteti

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy tadqiqot instituti

15.

Toshkent davlat agrar universiteti

Agrobiotexnologiya

Genomika va bioinformatika markazi

Mikrobiologiya instituti

16.

Toshkent davlat agrar universiteti

Ipakchilik va tutchilik

Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti

17.

Toshkent davlat agrar universiteti

Baliqchilik

Baliqchilik ilmiy tadqiqot instituti

18.

Toshkent davlat agrar universiteti

Umumiy zootexnologiya

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti

19.

Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Oʻrmonchilik

Oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot instituti va uning Andijon filiali

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-son qaroriga
2-ILOVA
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida tashkil etiladigan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
ROʻYXATI

T/r

Taʼlim yoʻnalishi

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi

1.

Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash

2.

Qishloq xoʻjaligi huquqi

3.

Uzumchilik va vinochilik

Magistratura mutaxassisliklari

1.

Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar boʻyicha)

2.

Agrokimyo

3.

Agronomiya

4.

Seleksiya va urugʻchilik (ekinlar guruhlari boʻyicha)

5.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha)

6.

Sabzavotchilik va polizchilik

7.

Mevachilik

8.

Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi

9.

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar boʻyicha)

10.

Qishloq xoʻjaligi biotexnologiyasi

11.

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-son qaroriga
3-ILOVA
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab faoliyat yuritadigan agrotexnologiyalar texnikumlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tuman (shahar) nomi

Taʼlim muassasasi nomi

Quvvati

Metodik yordam koʻrsatuvchi oliy taʼlim muassasasi

Yangi nomi

Andijon viloyati

1.

Shahrixon tumani

Shahrixon qishloq xoʻjaligi kolleji

900

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumi

11.

Marhamat tumani

Marhamat agrotexnologiyalar texnikumi

1 200

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Marhamat agrotexnologiyalar texnikumi

12.

Asaka tumani

Asaka oziq-ovqat texnologiyasi va sanoati kolleji

900

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Asaka agrotexnologiyalar texnikumi

Buxoro viloyati

2.

Romitan tumani

Romitan qishloq xoʻjaligi kolleji

600

Toshkent davlat agrar universiteti

Romitan agrotexnologiyalar texnikumi

3.

Gʻijduvon tumani

Gʻijduvon qishloq xoʻjaligi kolleji

720

Toshkent davlat agrar universiteti

Gʻijduvon agrotexnologiyalar texnikumi

Jizzax viloyati

4.

Gʻallaorol tumani

Gʻallaorol tumani qishloq xoʻjaligi kolleji

720

Toshkent davlat agrar universiteti

Gʻallaorol agrotexnologiyalar texnikumi

Navoiy viloyati

5.

Xatirchi tumani

Xatirchi qishloq xoʻjaligi kolleji

585

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Xatirchi agrotexnologiyalar texnikumi

Namangan viloyati

6.

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Toʻraqoʻrgʻon qishloq xoʻjaligi kolleji

1 050

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Toʻraqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi

Samarqand viloyati

7.

Jomboy tumani

Jomboy qishloq xoʻjaligi kolleji

900

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Jomboy agrotexnologiyalar texnikumi

Sirdaryo viloyati

8.

Sirdaryo tumani

Sirdaryo qishloq xoʻjaligi kolleji

720

Toshkent davlat agrar universiteti

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi

Surxondaryo viloyati

9.

Qiziriq tumani

Qiziriq qishloq xoʻjaligi kolleji

735

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi

10.

Qumqoʻrgʻon tumani

Qumqoʻrgʻon qishloq xoʻjaligi kolleji

782

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Qumqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi

101.

Denov tumani

Denov-Xazorbogʻ agrotexnologiyalar texnikumi

652

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Denov-Xazorbogʻ agrotexnologiyalar texnikumi

Toshkent viloyati

11.

Zangiota tumani

Zangiota qishloq xoʻjaligi kolleji

615

Toshkent davlat agrar universiteti

Zangiota agrotexnologiyalar texnikumi

111.

Boʻka tumani

Boʻka agrotexnologiyalar texnikumi

715

Toshkent davlat agrar universiteti

Boʻka agrotexnologiyalar texnikumi

112.

Yangiyoʻl shahri

Yangiyoʻl tuman texnologiya iqtisodiyot kolleji

720

Toshkent davlat agrar universiteti

Yangiyoʻl agrotexnologiyalar texnikumi

Xorazm viloyati

12.

Urganch tumani

Urganch tuman qishloq xoʻjaligi kolleji

675

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Urganch agrotexnologiyalar texnikumi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 07/20/4795/1129-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)