Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKANING IJODKOR VA TIBBIYOT XODIMLARIGA IMTIYOZLAR BERISH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston mustaqilligining 1 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga imtiyozlar berish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-iyuldagi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar:
joriy yilning oxirigacha tibbiyot, ijodkor xodimlarga va ularga tenglashtirilgan ayrim toifadagi mutaxassislarga (1, 2, 3-ilovalar), shuningdek, yuqorida qayd qilingan toifalarga mansub boʻlgan, kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega pensionerlarga ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni belgilangan tartibda tekin shaxsiy mulk qilib bersinlar;
qayd etilgan toifalardagi xodimlarga birinchi navbatda yer uchastkalari hamda “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv boʻlinmalari bilan birgalikda yakka tartibdagi qurilish uchun binokorlik materiallari ajratilishini taʼminlasinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, ijodiy uyushmalar va jamiyatlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida 1, 2, 3-ilovalarda qayd etilgan ijodkor va tibbiyot xodimlariga uy-joyni shaxsiy mulk qilib berish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.S. Samandarov va M.Q. Qoraboyev oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 27-avgust,
399-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-avgustdagi 399-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston mustaqilligining 1 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga imtiyozlar berish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-iyuldagi Farmoni aʼzolariga tatbiq etiladigan Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari va jamiyatlari
ROʻYXATI
Yozuvchilar uyushmasi
Adiblar ittifoqi
Jurnalistlar uyushmasi
Kinematografchilar uyushmasi
Fotosuratchilar uyushmasi
Dizaynerlar uyushmasi
Meʼmorlar uyushmasi
Kompozitorlar uyushmasi
Rassomlar uyushmasi
Teatr arboblari uyushmasi
Musiqa jamiyati
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-avgustdagi 399-son qaroriga
2- ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston mustaqilligining 1 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga imtiyozlar berish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-iyuldagi Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq qilinadigan mutaxassislar toifalari
ROʻYXATI
Madaniy-oqartuv muassasalari boʻyicha — madaniyat tarixi yodgorliklarini taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi taʼmirlovchi rassomlar, xalq ijodiyoti ilmiy-metodik markazlarining, muzeylarning, kutubxonalarning ilmiy xodimlari, “xalq”, “namunali”, sovrindor unvoniga ega boʻlgan havaskorlik jamoalarining rassomlari, muharrirlari, rejissorlari, baletmeysterlari, xormeysterlari, rahbarlari, artistlari, dirijorlari, sahnalashtiruvchi rassomlar, akkompaniatorlar, toʻgaraklar, boʻlimlar (seksiyalar)ning rahbarlari, rejissor, dirijor, baletmeyster, xormeyster assitentlari, eksponatlarni saqlovchilar, muzey nazoratchilari;
teatr-tomosha muassasalari boʻyicha — vokalchi artistlar (yakkaxon xonandalar), balet artistlari, drama artistlari, orkestr artistlari, xor va yordamchi tarkib artistlari, badiiy rahbarlar, rejissorlar, dirijorlar, baletmeysterlar, sahnalashtiruvchi rassomlar, sahnalashtiruvchi rejissorlar, adabiy-dramatik qismlar rahbarlari, badiiy-sahnalashtiruvchi qismlarning, musiqiy qismlarning, truppalarning mudirlari, badiiy rahbar (bosh rejissor) ning yordamchilari: vokal klassi boʻyicha, balet klassi boʻyicha konsertmeysterlar, vokal, balet, nutq texnikasi boʻyicha rejissorlar, ovoz rejissorlari, xormeysterlar, repetitorlar, bosh direktorlar, direktorlar, tijorat direktorlari, boshqaruvchi direktorlar;
simfonik, kamer orkestrlarning artistlari, ashula va raqs ansambllarining, raqs va xor jamoalarining, xalq cholgʻu asboblari, estrada-simfonik duxovoy orkestrlarning artistlari, estrada orkestrlari va ansambllarining artistlari, vokalchi (opera va kamer) artistlari, konsertlarni olib boruvchilar, estrada-cholgʻu ansambllarining artistlari, ijodiy jamoalarning direktorlari, barcha janrlar artistlari, manej inspektorlari (tomoshani olib boruvchilar), yirtqich hayvonlarni oʻrgatuvchi artistlar, orkestrlar artistlari;
Toshkent madaniyat xodimlari malakasini oshirish instituti professor-oʻqituvchilari tarkibi;
ilmiy xodimlar: Hamza nomidagi sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining direktori, direktor oʻrinbosarlari, ilmiy kotibi, shuʼba mudirlari, katta, kichik mutaxassislari;
matbuot xodimlari — birlashmalarning bosh direktorlari, ularning muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari, katta muharrir, muharrir, uning oʻrinbosarlari, bosh rassom, katta rassom va rassom, tahririyat mudiri, tahririyat mudirining oʻrinbosari, masʼul kotib, masʼul kotibning oʻrinbosari, boʻlim mudiri, muxbir, sahifalarning nashr etilishini nazorat qiluvchi xodimlar;
teleradioeshittirish xodimlari — muharrirlar, rejissorlar, rejissor assistentlari, diktorlar, efirga qoʻyuvchilar, kinoteleoperatorlar, sahnalashtiruvchi rassomlar, tarjimonlar, dirijorlar, teleoperatorlar, ovoz rejissorlari, ovoz rejissori assistentlari, ovoz operatorlari, ovoz operatori assistentlari, sahnalashtiruvchi rejissorlar, kinorejissorlar, kinooperatorlar, artistlar;
kinematografiya xodimlari — kino artistlari, sahnalashtiruvchi kinorejissorlar, kinorejissorlar, montajchilar, sahnalashtiruvchi operatorlar, kinooperatorlar, kinorejissor va kinooperator assistentlari, kinooperator va kinorejissor yordamchilari, sahnalashtiruvchi rassomlar, rassomlar, ovoz operatorlari, musiqiy bezakchi, bezakchilar, tovush bezakchisi, kinoga olish guruhlarining direktorlari, kinoga olish guruhi direktorining oʻrinbosarlari, administratorlar, kinofilm muharrirlari, matnlarni joylashtiruvchi, kinostudiyalarning bosh direktorlari, kinostudiyalar direktori oʻrinbosarlari, ijodiy birlashmalarning tijorat direktorlari, direktorlari;
kino tarmogʻi va kino ijarasi xodimlari — kinomexaniklar, filmlarni tekshirib koʻruvchilar, film nusxalarini taʼmirlovchilar, shahar, nohiya kino direksiyasi direktorlari, kinoni ijaraga berish tashkilotlarining, film bazalarining direktorlari, kinoteatrlar direktorlari, ularning oʻrinbosarlari, kinoteatrlarning bosh administratorlari, administratorlari.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-avgustdagi 399-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston mustaqilligining 1 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga imtiyozlar berish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-iyuldagi Farmonida imtiyozlar berish nazarda tutilgan tibbiyot xodimlarining lavozimlari
ROʻYXATI
Sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari (bosh vrach, direktor, boshliq, mudir).
Tarkibiy boʻlinma (boʻlim, kabinet, laboratoriya va hokazolar) mudirlari.
Vrach (mutaxassisligining nomi qanday boʻlishidan qatʼi nazar).
Oʻrta tibbiyot xodim (bosh tibbiyot hamshirasi), katta tibbiyot hamshirasi, tish doktori, katta feldsher, feldsher, tibbiyot hamshirasi, akusherka, laborant, yoʻriqchi, tibbiyot statistigi, dizenfektor, tibbiy roʻyxatga oluvchi, tish texnigi va hokazolar).
Dorixona muassasasi mudiri va uning oʻrinbosari.
Dorixona muassasasi boʻlimi mudiri va uning oʻrinbosari — provizor va dorishunos (farmatsevt).
Provizor.
Farmatsevt.
Kichik tibbiy va kichik dorishunos xodim.
Sogʻliqni saqlash muassasalari mutaxassislari va xizmatchilari.
Sogʻliqni saqlash muassasalarining pedagog xodimlari (oʻqituvchilar, logopedlar, defektolog-oʻqituvchilar, tarbiyachilar, madaniy tadbirlar tashkilotlari, konsertmeystrlar, akkompaniatorlar va boshqalar).
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining professor-oʻqituvchilar tarkibi.
Ilmiy xodimlar: oliy oʻquv yurtlari va ularning filiallarining ilmiy-tadqiqot boʻlimi (boʻlinmalari, laboratoriyalari) mudirlari (boshliqlari), oliy oʻquv yurtlarining ilmiy kotiblari; oliy oʻquv yurtlari va ularning filiallarining ilmiy-tadqiqot boʻlimlari, (boʻlinmalari laboratoriyalari) tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot shuʼbasi (laboratoriyasi) mudirlari (boshliqlari), oliy oʻquv yurtlari filiallarining ilmiy kotiblari, tibbiyot ilmiy muassasalarning ilmiy xodimlari, katta laborantlari, texnik xodimlari .
Sogʻliqni saqlash organlari (Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat sogʻliqni saqlash boʻlimlari, shahar, nohiya sogʻliqni saqlash boʻlimlarining va farmatsevtika xizmatining xodimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi kasaba uyushmasi qoʻmitalari (Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalarining MQ, sogʻliqni saqlash xodimlari shahar, viloyat va nohiya kasaba uyushmalari qoʻmitalari) xodimlari.