Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3265]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 73-f-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Energetika vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
01-02/12-19-son
Energetika vaziri A. SULTANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
01-05-4-3202-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Energetika vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 01-02/12-19, 01-05-4-3202-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoida
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
elektr energiyasi — tovarning bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilishi (saqlanishi) va isteʼmol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida turi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 183-son va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3265-1, 27.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2024-y., 10/24/3265-1/0987-son)
hisob-kitob davri — elektr energiyasi uzatish va qabul qilish amalga oshiriladigan vaqt oraligʻi (kalendar oy);
elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblar — elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtgan elektr energiyasi hajmini aniqlash uchun energetika obyektlariga oʻrnatilgan hisoblagichlar;
bojxona nazorati joyi — davlatlararo elektr uzatish tarmogʻidagi elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblar oʻrnatilgan joy;
energetika obyekti — elektr stansiyalari, nimstansiyalar, taqsimlash qurilmalari, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr energiyasining hisobini yurituvchi hisoblagichlar oʻrnatilgan inshoot va qurilmalar;
energetika tizimi — tezkor-dispetcherlik boshqaruvi ostida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish boʻyicha uzluksiz texnologik jarayonining umumiy rejimi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan energetika obyektlari majmui;
energiya taʼminoti tashkiloti — shartnoma asosida energiyani sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimi (MO BET) — elektr uzatish liniyalari bilan bogʻlangan yagona energetika rejimida ishlovchi Markaziy Osiyo davlatlari energetika tizimlari birlashmasi;
davlatlar energetika tizimlarining parallel ishlash rejimi — yagona elektr rejimi bilan bogʻlangan elektr energiyasini rejali hamda/yoki texnologik (rejadan tashqari) uzatilishida davlatlar energiya tizimlarining parallel ishlash jarayoni;
“Energiya” MDM — Markaziy Osiyo hududidagi tegishli aʼzo davlatlarining “Energiya” muvofiqlashtirish-dispetcherlik markazi;
elektr energiyasining davlatlararo texnik oqimlari — bojxona chegaralaridan davlatlarning oʻzaro bogʻlangan energiya tizimlari orqali oʻtgan elektr energiyasi oqimlari;
energiya tizimi boʻyicha elektr energiyasining qoldiq oqimi — hisob-kitob davrida amalda ishlab turgan barcha kuchlanish toifasidagi davlatlararo elektr uzatish liniyalari orqali oqib oʻtgan elektr energiyasi texnik oqimlarining algebraik yigʻindisi;
MO BET davlatlari — tegishli energetik tizimlarining elektr energiyasini oʻzaro yetkazib berish shartnomalari va parallel ishlash shartlari asosida, ularning haqiqatda amalga oshgan (tezkor yoki amalda) qoldiq-oqimlarining “Energiya” MDM tomonidan taqsimlangan elektr energiyasi oqimlari miqdori;
boshqa chegaradosh davlatlar — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali elektr energiyasi oqimlarini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan tegishli energetika tashkiloti tomonidan aniqlangan oqimlar;
energetika tizimlari oʻrtasida elektr energiyasining texnologik (rejadan tashqari) oqimlari — davlatlarning parallel ishlovchi energetika tizimlari oʻrtasida hisob-kitob davri uchun shartnomaviy miqdoridan ortiqcha uzatilgan yoki qabul qilingan elektr energiyasi hajmlari, shu jumladan:
elektr energiyasi parametrlarini belgilangan meʼyorlarda ushlab turish hamda rostlash (tartibga solish) jarayonida vujudga kelgan elektr energiyasi oqimlari;
oqimlar boʻyicha tezkor va amaldagi maʼlumotlar oʻrtasidagi farq;
davlatlar energetika tizimlari oʻrtasida avariya holatlarini oldini olish, bartaraf etish yoki tugatish maqsadida vujudga keladigan elektr energiyasi oqimlari;
elektr energiyani tashish uchun texnologik sarf — texnologik va fizik jarayonlarda hosil boʻladigan oʻziga xos xususiyatlar bilan shartlangan elektr energiyasi sarfi;
nazorat bojxona posti — bojxona nazorati joyidagi hududda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali elektr energiyasini haqiqatda uzatilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi bojxona posti;
bojxona rasmiylashtiruvi posti — elektr energiyasining tijorat va texnologik (rejadan tashqari) uzatilishlarining hujjatli rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona posti.
2-bob. Elektr energiyasini bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi ustidan bojxona nazorati
2. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr energiyasini uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasining olib oʻtilishi ustidan bojxona nazorati nazorat bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona nazorati joylarida elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblardan koʻrsatkichlarni olishda ishtirok etish, bojxona maqsadlari uchun hisob va hisobot tizimini, hujjat va maʼlumotlarni tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona nazorati joylari Energetika vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq belgilanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
3. Elektr energiyasi hisobini yurituvchi asboblardan koʻrsatkichlarni olish, har oyda energetika obyektining masʼul vakillari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning birinchi kunida (oʻrtacha Yevropa vaqti Grinvich meridiani plyus bir soat) Toshkent vaqti bilan soat 4-00 da bojxona nazorat posti xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
Masʼul vakillari boʻlmagan energetika obyektida bojxona nazorat posti xodimi elektr energiyasi hisobini yurituvchi asboblarning koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlarni sutkalik dispetcher qaydnomasi va koʻrsatkichlarni birlamchi qayd etish jurnali bilan taqqoslab, koʻrilgan hujjatlarni “Tekshirildi” belgisi hamda shaxsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlaydi.
Elektr energiyasi hisobini yurituvchi asboblarning koʻrsatkichlari tekshirilganidan soʻng energetika obyekti masʼul xodimi (agar mavjud boʻlmagan taqdirda, tegishli hududiy energetika tashkiloti vakili) tomonidan nazorat bojxona posti xodimining ishtirokida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomaning nusxalari tegishli ravishda energetika obyektiga, nazorat bojxona postiga va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” akolsiyadorlik jamiyatiga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston MET deb yuritiladi) yuboriladi.
Energetika tizimlari elektr tarmoqlarining boʻlinish chegarasi tegishlilik balans boʻyicha elektr energiyasini uzatish liniyasining maʼlum nuqtasida joylashganda, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali uzatilgan elektr energiyasi hajmi, uning boʻlinish chegarasidan hisobni yuritish asbobi oʻrnatilgan joyigacha boʻlgan qismi uchun sarflangan texnologik sarf miqdorini inobatga olgan holda hisoblanadi.
Oʻzbekiston MET elektr energiyasining davlatlararo texnik oqimlari hisobini yuritish asboblari koʻrsatkichlarini olish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga va (yoki) boshqa tasdiqlovchi hujjatlarga asosan energetika tizimi boʻyicha jami qoldiq oqimi hisobini aniqlaydi va hisobini yuritadi.
4. MO BET aʼzo davlatlar energetika tizimlari oʻrtasidagi shartnomalar va parallel ishlash shartlariga muvofiq “Energiya” MDM, energetika tizimining hisobot davridagi energetika tizimi boʻyicha elektr energiyasining qoldigʻiga asosan tijorat oqimlari hajmlarini (eksport, import) aniqlaydi.
“Energiya” MDM elektr energiyasi tijorat oqimlari boʻyicha maʼlumotlarni markaz rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlab, uni barcha MO BET energetika tizimlariga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali elektr energiyasi uzatish va qabul qilish vakolatiga ega tegishli energetika tashkiloti ham oʻz navbatida, hisob-kitob davrida amalga oshirilgan davlatlararo elektr energiyasi tijorat oqimlari boʻyicha maʼlumotlarni rahbarning imzosi va korxona muhri bilan tasdiqlagan holda Oʻzbekiston METga taqdim etadi.
“Energiya” MDM va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali elektr energiyasini uzatish va qabul qilish vakolatiga ega tegishli energiya taʼminoti tashkilotining maʼlumotlariga asosan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
3-bob. Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qoʻyish va olish tartibi
5. Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qoʻyish va yechib olish bojxona nazorati joylarida nazorat bojxona posti xodimi tomonidan energetika obyekti masʼul vakillari (agar mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston METning tegishli hududiy boʻlinmasi vakillari) ishtirokida amalga oshiriladi.
6. Bojxona plombalari energetika tashkilotining plombalari qoʻyilgan nuqtalarga, hisobga olish zanjirlari qisqichli yigʻmalariga va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining siqish qutilariga energetika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda qoʻyiladi.
Bojxona plombalarini hisobga olish zanjiri qisqichli yigʻmalariga va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining siqish qutilariga qoʻyishdan yoxud ularni yechib olishdan yoki almashtirishdan oldin energetika obyekti masʼul xodimlari (agar mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston METning tegishli hududiy boʻlinmasi vakillari) plomba qoʻyish joylarini tayyorlaydilar.
7. Nazorat bojxona posti xodimi ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani 3 nusxada rasmiylashtirgan holda plombalarni qoʻyadi.
Dalolatnomaning bir nusxasi nazorat bojxona postida, ikkinchi nusxasi energetika obyektida yoki Oʻzbekiston METning tegishli hududiy boʻlinmasida saqlanadi, uchinchi nusxasi esa — bojxona rasmiylashtiruvi postiga yuboriladi.
8. Bojxona plombalari faqatgina Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlari tomonidan yoki ularning ruxsati bilan yechilishi mumkin, bundan uzatilayotgan elektr energiyasini hisobga olish tizimining ish meʼyori buzilishi bilan bogʻliq haqqoniy xavf-xatar mavjud boʻlgan hollar mustasno.
Bojxona plombalarining buzilganligi haqida ularning saqlanishi uchun masʼul shaxs buzilishlar aniqlangan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida nazorat bojxona postiga buzilishlar sabablari haqida yozma xabar qiladi.
9. Elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblarni tekshirish yoki almashtirish, yoxud bojxona plombalari butligining buzilishlari talab etadigan boshqa ishlarni amalga oshirish zarurati tugʻilganda, bojxona plombalarining saqlanishi uchun masʼul shaxslar nazorat bojxona postini ushbu ishlar olib borilishi haqida, shu jumladan ularning boshlanish va yakunlanish sanalarini koʻrsatgan holda, kamida bir kun oldin xabardor qiladilar.
Bojxona plombasini yechib olish nazorat bojxona posti xodimi tomonidan energetika obyekti masʼul xodimlari (agar mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston METning tegishli hududiy boʻlinmasi vakillari) ishtirokida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani 3 nusxada tuzgan holda amalga oshiriladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi nazorat bojxona postida, ikkinchi nusxasi energetika obyektda saqlanadi, uchinchi nusxasi esa bojxona rasmiylashtiruvi postiga yuboriladi.
Elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblarni tekshirish yoki almashtirish, yoxud bojxona plombalari butligining buzilishlari talab etadigan boshqa ishlarni amalga oshirish tugatilganidan soʻng, nazorat bojxona posti xodimi mazkur Nizomning 5 — 7-bandlarida belgilangan tartibda yangi bojxona plombalarini oʻrnatadi.
4-bob. Elektr energiyasini deklaratsiyalash va bojxona rasmiylashtiruvi
10. Hisob-kitob davrida amalga oshirilgan barcha elektr energiyasining tijorat va texnologik (rejadan tashqari) oqimlari deklaratsiyalanishi lozim.
11. Elektr energiyasining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rasmiylashtiruvi postida amalga oshiriladi.
12. Energiya taʼminoti tashkiloti hisob-kitob davri tugagan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan dalolatnomaga asosan bojxona rasmiylashtiruvi postiga qogʻoz yoki elektron shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) taqdim etadi.
Quyidagilar mavjud boʻlmaganda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda MBYUD deb yuritiladi) taqdim etishga ruxsat etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
quvur transporti va elektr energiya uzatish tarmoqlari orqali haqiqatda uzatilgan mahsulotning hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati;
kontraktlarni (shartnomalarni, kelishuvlarni) vakolatli organlarda roʻyxatdan oʻtkazish.
13. Elektr energiyasi qiymati deklarant tomonidan taqdim qilingan qiymat yoki oldi-sotdi shartnomasi asosida aniqlanadi.
14. MBYUD mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan dalolatnomaga asosan toʻldiriladi.
15. MBYUD maʼlum qilinayotgan bojxona rejimiga nisbatan amalda boʻlgan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) muvofiq toʻldiriladi.
16. MBYUDning 1-grafasining toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1-grafa “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “VD”.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi.
17. MBYUD taqdim etilganda BYDni taqdim etish muddati MBYUDda keltirilgan tovarlarni yetkazib berish hisobot oyi tugagan kundan boshlab toʻqson kalendar kundan oshmasligi lozim.
18. MBYUD BYD rasmiylashtirilgandan soʻng, uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
19. BYD maʼlum qilingan bojxona rejimiga muvofiq, Yoʻriqnoma talablari asosida quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi koʻrsatiladi.
Grafaning uchinchi boʻlmasida “PVD” belgisi koʻrsatiladi.
2) 7-grafa. “BYDning roʻyxat raqami”.
Grafada VBYUDning roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
3) 37-grafa. “Protsedura”.
Grafaning oxirgi uchta raqamiga — “071” kodi koʻrsatiladi.
20. Tashqi savdo bojxona statistikasi hamda tashqi savdo operatsiyalari monitoringini va valyuta nazoratini amalga oshirish uchun faqatgina BYDlar hisobga olinadi. Tashqi savdo boʻyicha maʼlumotlarni tezkor ravishda hisobga olish maqsadida MBYUDda mavjud boʻlgan maʼlumotlardan foydalanish mumkin.
5-bob. Energiya uzatish tarmoqlari orqali tranzit tarzda uzatiladigan elektr energiyasini rasmiylashtirish xususiyatlari
21. Davlatlarning energetika tizimlari bir vaqtning oʻzida ishlagan sharoitda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan davlatlararo elektr energiyasini uzatish tarmoqlari orqali uzatiladigan elektr energiyasining tranziti MBYUD yoki BYD taqdim etilmagan holda amalga oshiriladi.
22. Bojxona munosabatlarida tranzit boʻyicha xizmatlar koʻrsatish joʻnatuvchi va qabul qiluvchi davlatlar, hisob-kitob davri uchun uzatishlar hajmlari, elektr energiyasining shartli qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
6-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash
23. Bir kalendar oy mobaynida elektr energiyasi uzatish tarmoqlari orqali bojxona chegarasidan olib oʻtilgan mahsulotlar uchun bojxona toʻlovlari BYD yoki MBYUD taqdim etilgan kundan kechiktirmagan holda mahsulotlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi.
Bunda, bir kalendar oy mobaynida elektr energiyasi uzatish tarmoqlari orqali olib oʻtilgan mahsulotlarning qiymati bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mahsulotlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida belgilangan valyutalarni rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha aniqlanadi.
24. Maʼlumotlarga aniqlik kiritish natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining miqdori oshadigan boʻlsa, ularning qoʻshimcha toʻlovi BYDni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Bu holda penya hisoblanmaydi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227-moddasi.
26. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2020-yil 12-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

TASDIQLAYMAN

Oʻzbekiston Respublikasi
energetika vaziri

(oʻrinbosari)

_________________

_________________

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali uzatiladigan elektr energiyasining bojxona nazorati joylari

T/r

Bojxona nazorati joyining nomi

(manzili)

Elektr energiyasi uzatish tarmogʻining nomlanishi

Hisobni yuritish asbobi oʻrnatilgan joy, kuchlanish toifasi

Elektr energiyasini uzatish yoʻnalishi

Ulangan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻzaro hamkorlik qiluvchi korxona nomi

Nazorat bojxona posti

Davlat

(qabul, uzatish)





KELISHILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi
(oʻrinbosari)

_______________________

_______________________

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Elektr energiyasining davlatlararo texnik uzatishlari hisobini yuritish asboblari koʻrsatkichlarini olish toʻgʻrisidagi

DALOLATNOMA

20__y. _______________ uchun

Nimstansiyalar nomi

Hisoblagich _____-son

Transformatsiya koeffitsiyenti

Hisoblagich koʻrsatkichlari

Farqi (5-4)

Elektr

energiya sarfi, kVT/s (3*6)

boshi

oxiri

1

2

3

4

5

6

7

Berish:

Nimstansiya

1.

2.

3.

Elektr energiyasini tashish uchun texnologik xarajat

Qabul qilish:

Nimstansiya:

1.

2.

3.

Elektr energiyasini tashish uchun texnologik xarajat



Energetika obyekti vakili
______________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Nazorat bojxona posti xodimi______________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Elektr energiyasining davlatlararo tijorat uzatilishi toʻgʻrisida

DALOLATNOMA

20__yil _______________uchun

_____________________________________

(tashkilot nomi)

T/r

Shartnoma raqami va sanasi

Bir yilda tuzilgan shartnomalar hajmi

Elektr energiya yetkazib berilgan oy

Haqiqatda eksport (import) qilingan

kVt.s

summa,
AQSh dollari

kVt.s

summa,
AQSh dollari

milliy valyuta



JAMI:


Energiya taʼminoti tashkiloti

rahbari (oʻrinbosari)



__________________

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA

‎‎Elektr energiyasining hisoblagichlari va ularning qisqichli yigʻmalariga bojxona
‎organi plombalarini qoʻyish toʻgʻrisidagi
‎ DALOLATNOMA


‎ Ushbu dalolatnoma men (biz) __________________________________________________________tomonidan
‎(F.I.O, lavozimi)
‎ ___________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O, lavozimi)
‎ ________________________________________________________________________________ ishtirokida
‎(F.I.O, lavozimi)
‎_________________________________________ da _____________________________________________ ga

‎‎(sana, oy, yil )

‎‎(hisobga olish asbobi nomi)

‎‎hisobga olish zanjirlari qisqichli yigʻmalariga va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining siqish qutilariga plombalar qoʻyilganligi haqida tuzildi.

T/r‎‏ Hisobga olish obyektining nomi‎‎‏ Hisoblagich aniqligining turi va klassi ‎‎‏ Hisoblagich raqami‎‎‎ Bojxona plombasi izi‎‎‏ Bojxona plombasi soni‎‎‏
uzatishda‎‎ qabul qilishda‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ Identifikatsiyalash vositalari (bojxona plobmalari)ni qoʻyish vaqtidagi hisoblagich koʻrsatkichlari

T/r‎

Hisoblagich raqami‎‎‎

Hisoblagich koʻrsatkichlari‎‎

Izohlar‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Yuqorida koʻrsatilgan bojxona nazorati ostidagi hisobga olish asboblaridagi (hisoblagichlar)___________________________________________________________________________________________

‎‎(hisobga olish asbobini nomi)

‎‎plombalar yechilishi va hisobga olish asbobining o�ilishi faqatgina bojxona organi rahbariyatini xabardor qilgan holda bojxona organi xodimining ishtirokida amalga oshirilsin.
‎Tezkor navbatchining xizmat telefoni_________________________________________________________
‎Telefon raqami: _______________________________________________________

___________________________‎‎‎

___________________________‎‎‎ ‎‎

___________________________‎‎‎ ‎‎

(bojxona organi xodimi lavozim) ‎‎

(Imzo) ‎‎

(F.I.O) ‎‎

___________________________‎‎

___________________________‎‎

___________________________‎‎

(energetika obyekti vakili lavozimi) ‎‎

(Imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O) ‎‎ ‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
5-ILOVA

‎Bojxona plombalarini yechish toʻgʻrisidagi
‎DALOLATNOMA


‎ Ushbu dalolatnoma men (biz) __________________________________________________________tomonidan
‎(F.I.O, lavozimi)
‎ ___________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O, lavozimi)
‎ ________________________________________________________________________________ ishtirokida
‎(F.I.O, lavozimi)
‎_________________________________________ da _____________________________________________ ga

‎‎(sana, oy, yil )

‎‎(hisobga olish asbobi nomi)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎______________________________________________________________________ning murojaatiga asosan

‎‎(F.I.O, lavozimi)

‎‎____________________________________________________________ning elektr energiyasini hisobga olish
‎ asboblari (hisoblagichar), elektr energiyasini hisobga olish zanjirlari qisqichli yigʻmalaridan bojxona organi plombalari yechib olinganligi haqida tuzildi.
‎Bojxona organi plombasi yechilishi uchun sabab ____________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎ __________________________________________________________________________________________
‎ __________________________________________________________________________________________
‎ __________________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

T/r‎

Hisoblagich raqami‎‎‎

Hisoblagich koʻrsatkichlari‎‎

Izohlar‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

___________________________‎‎‎

___________________________‎‎‎ ‎‎

___________________________‎‎‎ ‎‎

(bojxona organi xodimi lavozim) ‎‎

(Imzo) ‎‎

(F.I.O) ‎‎

___________________________‎‎

___________________________‎‎

___________________________‎‎

(energetika obyekti vakili lavozimi) ‎‎

(Imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O) ‎‎ ‎‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3265/1109-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 30.11.2024-y., 10/24/3265-1/0987-son)