1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar takchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iii muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan, mazkur qarorga ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar import qilinganda, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, 5 kun muddatda sertifikatlashtirish (faqat ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda) asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Agentlikning qo‘shma xulosasi asosida mazkur qarorga ilovadagi ro‘yxatga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ushbu qaror 1-bandining amal qilish muddatini uzaytirish huquqi berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
2. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tartib asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar importi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog‘ida yoki qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarida xalqaro patentlanmagan nomi o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tilida ko‘rsatilishini ta’minlagan holda, ishlab chiqaruvchi tashkilotning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
3. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi (reeksport bojxona rejimi bundan mustasno) 2020-yil 1-oktabrga qadar vaqtinchalik to‘xtatilsin.
Bunda, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Agentlikning qo‘shma xulosasi asosida ruxsat beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 474-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 09/20/474/1158-son)
4. Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qiskartirish vazirligi koronavirus pandemiyasi hamda sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning eksport qilinishiga bo‘lgan cheklovning muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari respublika hududidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy olib chiqib ketilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara ko‘shinlari bilan birgalikda xalqaro yuk tashuvchilar va ekspeditorlik tashkilotlariga mazkur qaror talablari, mazmun va mohiyatini tushuntirilishi va yetkazilishini ta’minlasin;
mazkur qaror ijrosi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish yuzasidan aviareyslarni tashkil etish taklifini bildirgan tashabbuskorlarga amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qaror mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va aholi e’tiboriga yetkazilishini ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekistoi Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyul,
449-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar
COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlar
Dona
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 09/20/449/1090-son, 12.08.2020-y., 09/20/474/1158-son, 25.09.2020-y., 09/20/582/1319-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)