|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi PQ-4193-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmonidagi Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish tartibi va muddatlarini nazarda tutuvchi normativ-xuquqiy hujjat loyihasini 2019-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2020-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami takdim etilishini yakunlasin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-noyabr,
PF-5872-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-noyabrdagi PF-5872-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnoma va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va koʻshimchalar
1. 7-banddagi:
“a” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya rakami”;
26 va 27-xatboshilari chiqarib tashlansin.
2. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun jismoniy shaxs yashash joyidagi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilishi kerak.
Shaxsning roziligi bilan yashash guvohnomasida sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan yashash guvohnomasi egasining qon guruhi va qanday rezusga mansubligi toʻgʻrisidagi belgilar koʻyiladi.
Yashash guvohnomasining amal qilish muddati uzaytirilganligi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlmagan takdirda, yashash guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Xorijiy shaxs va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasiga ushbu Nizomda koʻzda tutilmagan yozuvlarni kiritish taqiqlanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2019-y., 06/20/5872/0995-son)