1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi uchinchi xatboshi “favqulodda vaziyatlar vazirliklari” so‘zlaridan keyin “Milliy gvardiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 30-iyundagi PQ-112-son qarorining 2-bandi “Favqulodda vaziyatlar vazirliklari” so‘zlaridan keyin “Milliy gvardiya va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-son qarorining 3-bandi birinchi xatboshi “Ichki ishlar vazirligi” so‘zlaridan keyin “Milliy gvardiya va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 20-fevraldagi PQ-589-son qarorida:
a) 1-bandi ikkinchi xatboshi “Mudofaa vazirligi” so‘zlaridan keyin “Milliy gvardiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 2-bandi “po chrezvichaynm situatsiyam” so‘zlaridan keyin “Natsionalnoy gvardiyey” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
35 va 36-bandlari “po chrezvichaynim situatsiyam” so‘zlaridan keyin “Natsionalnoy gvardii” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
37-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari “po chrezvichaynim situatsiyam” so‘zlaridan keyin “Natsionalnoy gvardii” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarorining 3-bandi “Ichki ishlar vazirligi” so‘zlaridan keyin “Milliy gvardiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarorida:
b) 2-ilovaning 9-bandi “DXX” abbreviaturasidan keyin “Milliy gvardiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 3-ilovada “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati” bo‘limining 2-bandi “Favqulodda vaziyatlar vazirliklari” so‘zlaridan keyin “Milliy gvardiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qarorining 1-ilovasi rus tilidagi matnida “Voyennaya formennaya odejda” bo‘limi quyidagi tahrirdagi 31-band bilan to‘ldirilsin: