|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.07.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2000-yilning 1-sentabridan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV.
Toshkent sh.,
2000-yil 25-may,
72-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 143-modda)