1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari faoliyati va ilmiy salohiyatini tanqidiy tahlil qilgan holda akademik ilm-fanni yanada rivojlantirish, ilm-fan, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy tashkilotlarning tadqiqotlarni oʻtkazish tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan ilmiy tashkilotlar rahbar va yordamchi xodimlarning ayrim toifalari mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining:
xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplashni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
boshqaruv xodimlari va ayrim yordamchi xodimlarning ish haqi miqdorini ularning egallab turgan lavozimi va faoliyat sohasidan kelib chiqib oʻrtacha 130 foizga tabaqalashtirilgan miqdorda oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti, S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti, O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Mikrobiologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, Sanʼatshunoslik instituti, Tarix instituti, Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti va Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmalari tegishlicha 1 — 11-ilovalarga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 09/24/776/0951-son)
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti, S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti, U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarishiga ega boʻlgan ilmiy-texnik markaz, O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Botanika instituti, Zoologiya instituti, Genomika va bioinformatika markazi, Mikrobiologiya instituti, Immunologiya va inson genomikasi instituti, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Xorazm Maʼmun akademiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2026-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvallari tegishlicha 12 — 29-ilovalarga muvofiq;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining boshqaruv va ayrim yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorlari 30-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarurat boʻlganda, ilmiy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlarida davlat ilmiy dasturlari doirasidagi fundamental tadqiqotlarning amalga oshirilishi toʻxtatiladi va undan boʻshagan budjet mablagʻlari ilmiy tashkilotlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan ilmiy laboratoriya uskunalari roʻyxati Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, sotib olish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondining mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda Bioorganik kimyo institutida faoliyat yuritayotgan noyob obyektlarning shtat birliklarini maqbullashtirish evaziga ushbu institutlar huzurida har biri 8 ta shtat birligidan iborat yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari tashkil qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va uning “Toshkent muzeyi” filiali rahbar va ilmiy xodimlarining ish haqini Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Fanlar akademiyasining prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-iyun,
366-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 101 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar soni ― 51 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining
TUZILMASI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 09/24/776/0951-son)
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 101 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 81 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy soni ― 125 nafar, shu jumladan, ilmiy xodimlar ― 47 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 130 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 110 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
** Markaz ilmiy xodimlari soni ― 6 nafar
*** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 76 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 53 nafar
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 69 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 55 nafar
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 123 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 110 nafar
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 47 nafar, shu jumladan, ilmiy xodimlar ― 28 nafar.
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ― 49 nafar, jumladan, ilmiy xodimlar ― 29 nafar;
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
* Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 13-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
(13-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 09/24/776/0951-son)
Qattiq jismlar va yarim oʻtkazgichlar fizikasi nazariyasi laboratoriyasi
8
8
3.
Quyoshiy issiqlik va energetik qurilmalar laboratoriyasi
21
11
4.
Yarim oʻtkazgichli kristallarni oʻstirish laboratoriyasi
15
13
5.
Yuqori sezgirlikli yarim oʻtkazgichli datchiklar laboratoriyasi
10
9
6.
Fotoelektronika laboratoriyasi
7
7
7.
Elektronika, optoelektronika va fotonika sohasidagi asbobsozlik laboratoriyasi
10
6
Jami
81
64
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 14-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Nanostrukturali funksional keramika va ular asosidagi qurilmalar laboratoriyasi
7
4
4.
Issiqlik izolyatsiya qiluvchi, saqlovchi materiallar va geliotexnologiyalar laboratoriyasi
11
5
5.
Materiallarni sintez qilish va qayta ishlash laboratoriyasi
7
2
6.
Kompozitsion materiallar va qoplamalar laboratoriyasi
8
4
7.
Geliotexnologiyalar va nanostrukturali funksional materiallar laboratoriyasi
5
5
Jami
47
24
(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 15-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Nanotarkibiy materiallarda optik va elektron jarayonlar laboratoriyasi
4
4
2.
Lazer nurlanishning jism bilan oʻzaro tasiri laboratoriyasi
18
14
3.
Koʻp fazali tizimlarning issiqlik fizikasi laboratoriyasi
16
10
4.
Ion-plazma texnologiyalari laboratoriyasi
25
15
5.
Fizika jarayonlarini modellashtirish laboratoriyasi
3
3
6.
Optika va spektroskopiya laboratoriyasi
7
7
7.
Kondensiyalangan muhit optikasi laboratoriyasi
8
6
8.
Adsorbsion va emission hodisalar laboratoriyasi
6
4
9.
Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazi
6
6
Jami
51
44
(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 84-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 17-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy va injener-konstruktor xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Sanoat va meditsina uchun optoelektron qurilmalar laboratoriyasi
6
4
3.
Energetik qurilmalar va elektrrazryad texnologiyalari laboratoriyasi
5
4
4.
Elektron avtomatik tizimlar va dasturiy taʼminot laboratoriyasi
5
4
5.
Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish boʻlimi
5
4
Jami
26
20
(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 18-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Biologik faol makromolekulyar sistemalar laboratoriyasi
26
18
4.
Oʻsimlik sitoprotektorlari laboratoriyasi
5
4
5.
Sabzavotlar va oʻsimliklar hujayra texnologiyasi laboratoriyasi
3
2
6.
Kompleks birikmalar laboratoriyasi
7
7
7.
Quyimolekulyar biologik faol birikmalar laboratoriyasi
10
5
8.
Eksperimental-tajriba laboratoriyasi
10
6
9.
Biologik faol birikmalar farmakologiyasi va skriningi laboratoriyasi
7
5
10.
Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazi
6
6
Jami
110
81
(18-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 19-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari laboratoriyasi
5
2
11.
Kimyoviy texnologiya, gazni qayta ishlash va SFB laboratoriyasi
10
5
Jami
100
54
(19-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 20-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi laboratoriyasi
12
9
6.
Organik sintez va oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash boʻlimi
11
9
7.
Texnik va dorivor oʻsimliklar laboratoriyasi
3
2
8.
Tadqiqotlarning fizik uslublari laboratoriyasi
7
6
9.
Molekulyar genetika laboratoriyasi
19
15
10.
Farmakologiya va toksikologiya boʻlimi
16
10
11.
Eksperimental texnologiya laboratoriyasi
8
4
12.
Sintetik preparatlar texnologiyasi laboratoriyasi
3
2
Jami
110
79
(20-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 21-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar fizikasi va kimyosi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Sellyuloza va uning hosilalari kimyosi va texnologiyasi laboratoriyasi
19
7
3.
Nanokompozitsion polimer materiallar laboratoriyasi
14
7
4.
Polimerlar kimyosi va fizikasining nazariy asoslari laboratoriyasi
3
3
5.
Tadqiqotning fizik va fizik-kimyoviy uslublari laboratoriyasi
4
3
Jami
55
29
(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 22-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi
4
3
2.
Urugʻshunoslik laboratoriyasi
4
3
3.
Molekulyar va biokimyoviy genetika laboratoriyasi
7
6
4.
Gʻoʻzaning eksperimental poliploidiyasi va filogeniyasi laboratoriyasi
10
8
5.
Dukkakli, moyli hamda dorivor oʻsimliklar genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi
4
3
6.
Ekologik genetika va oʻsimliklar fiziologiyasi laboratoriyasi
5
3
7.
Biotexnologiya va nanotexnologiya laboratoriyasi
4
2
8.
Boshoqli ekinlar genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi
8
7
9.
Texnik oʻsimliklar tolalari va urugʻlari biologiyasi hamda texnologiyasi laboratoriyasi
7
4
Jami
53
39
(22-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 23-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Kamyob oʻsimlik turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi
7
5
4.
Geobotanika va ekologiya laboratoriyasi
10
7
5.
Mikologiya va algologiya laboratoriyasi
7
5
6.
Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi
8
6
Akad. F.N. Rusanov nomidagi Botanika bogʻi
1.
Anatomiya va sitoembriologiya laboratoriyasi
6
2.
Daraxtlar va oʻtsimon oʻsimliklar introduksiyasi laboratoriyasi
6
3.
Dorivor oʻsimliklar introduksiyasi laboratoriyasi
6
3
Jami
72
54
(23-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 24-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Entomofaglar ekologiyasi va biousullarning nazariy asoslari laboratoriyasi
5
4
3.
Entomologiya laboratoriyasi
6
6
4.
Ixtiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi
4
4
5.
Molekulyar zoologiya laboratoriyasi
4
4
6.
Umurtqali hayvonlar laboratoriyasi
5
5
7.
Kamyob hayvon turlari hisobi va kadastri laboratoriyasi
5
4
Jami
35
32
(24-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 25-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Oʻsimliklar proteomikasi va metabolomikasi laboratoriyasi
5
3
5.
Bioinformatika laboratoriyasi
4
4
6.
Markerlarga asoslangan seleksiya laboratoriyasi
8
4
7.
Genetik oʻzgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlari tahlili boʻlimi
2
1
8.
Personallashtirilgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻlimi
5
3
Jami
42
28
(25-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 26-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Mikrobiologiya va probiotiklar biotexnologiyasi laboratoriyasi
6
4
6.
Fiziologik faol birikmalar biokimyosi va biotexnologiyasi laboratoriyasi
8
5
7.
Tabiatni muhofaza qilish biotexnologiyalari laboratoriyasi
8
5
8.
Tuproq mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi laboratoriyasi
6
4
Jami
55
39
(26-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 27-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Hujayra terapiyasi va toʻqimalar nomutanosibligini yengish boʻlimi
7
7
2.
Immunitet fiziologiyasi laboratoriyasi
3
3
3.
Allergo va immunofarmakologiya laboratoriyasi
4
3
4.
Reproduksiya immunologiyasi laboratoriyasi
4
3
5.
Eksperimental immunologiya laboratoriyasi
4
3
6.
Fundamental immunologiya laboratoriyasi
7
6
7.
Autoimmun holatlar laboratoriyasi
4
3
8.
Immunoregulyatsiya laboratoriyasi
4
3
9.
Genom-hujayra texnologiyalari laboratoriyasi
11
9
10.
Filiallar (Qashqadaryo, Andijon va Nukus)
11
6
Jami
59
46
(27-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 28-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Ekologik jarayonlarni modellashtirish laboratoriyasi
4
3
4.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish laboratoriyasi
4
3
5.
Hayvonot dunyosi ekologiyasi laboratoriyasi
6
5
6.
Oʻsimliklar dunyosi ekologiyasi laboratoriyasi
6
5
7.
Kimyo laboratoriyasi
9
7
Jami
36
29
(28-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 29-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Maʼmun akademiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Janubiy Orolboʻyi tarixiy meʼmoriy yodgorliklarining qurilish materiallarini sinash va taʼmirlash laboratoriyasi
3
3
5.
Termitlar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish laboratoriyasi
3
3
Jami
36
29
(29-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 30-ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda
1.
Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
tabiiy-texnika fanlari yoʻnalishi boʻyicha
6,654
gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha
5,988
2.
Bosh buxgalter, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi
5,545
3.
Boʻlim boshliqlari (ilmiy-tadqiqot boʻlimdan tashqari)
4,99
4.
Bosh iqtisodchi, bosh patentshunos, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis va xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassi, bosh marketolog, xorijiy aloqalar boʻyicha bosh mutaxassis
4,436
5.
Yetakchi buxgalter, yetakchi iqtisodchi, yetakchi patentshunos, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaxassis va xodimlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassi, yetakchi marketolog, xorijiy aloqalar boʻyicha yetakchi mutaxassis
3,881
6.
Buxgalter, iqtisodchi, patentshunos, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis, maxsus boʻlim mutaxassisi, xodimlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis (oliy maʼlumotga yoki tegishli sohada 5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan oʻrta maxsus maʼlumotga ega), marketolog, xorijiy aloqalar boʻyicha mutaxassis
2 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan
3,56
2 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan
2,994
Izoh. Tarkibiy boʻlinmalarning boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari va bosh buxgalter oʻrinbosarlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari tegishli tarkibiy boʻlinma rahbari va bosh buxgalteri bazaviy lavozim maoshi miqdoridan 10 foiz past qilib belgilanadi.
(30-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-maydagi 260-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 09/26/260/0516-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 31-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 41 va 42-bandlar qoʻshilsin:
“41. Arxeologik tadqiqotlar oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarda dala ustamasi arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan ilmiy xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qatʼi nazar, dala ustamasi hisoblab yoziladigan sanada Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2,3 baravaridan ortiq boʻlmagan quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:
a) kuniga 0,08 — dala sharoitlarida bevosita dala ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda ishlaganda;
b) kuniga 0,03 — bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda.
42. Arxeologik tadqiqotlar oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarda dala sharoitlarida mavsumiy yollanadigan “yer qazuvchi” ishchilarning ish haqi miqdori Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2,6 baravaridan ortiq boʻlmagan quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:
a) kuniga 0,12 — haftada 5 kun ishlaganda;
b) kuniga 0,1 — haftada 6 kun ishlaganda”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 20-son, 371-modda) 1 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“rahbar va ilmiy xodimlarning ish haqi budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy tashkilotlar rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2021-y., 09/21/326/0496-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son; 22.11.2024-y., 09/24/776/0951-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son; 20.05.2026-y., 09/26/260/0516-son)