|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.11.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoni)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli “Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son va “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-iyun,
364-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 364-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur maʼmuriy reglament (keyin oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud boʻlgan chet el fuqarolari (shu jumladan MDH davlatlari fuqarolari) hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) tomonidan koʻrsatiladi”.
3. 6-band kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/364/0739-son)