Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi hamda tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 4-iyuldagi 558-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 482-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi hamda tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari va vakolatli organlarda tadbirkorlik subyektlari murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi hamda tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 4-iyuldagi 558-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-yil, 7-son, 150-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-may,
285-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 285-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi hamda tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 4-iyuldagi 558-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 43-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Kotibiyat mudiri va masʼul xodimlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda sudga yuborish”;
oʻn uchinchi xatboshi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“inspektor”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 14-banddagi “Kotibiyat bosh mutaxassislari” soʻzlaridan keyin “va inspektori” soʻzlari qoʻshilsin;
g) quyidagi mazmundagi 22-band qoʻshilsin:
“22. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yigʻmajildlarning tayyorlanishini va saqlash uchun arxivga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi”.
2. 2-ilovaning 8-bandida:
a) quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 43-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Bosh vazir qabulxonasi mudiri maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda sudga yuborish”;
b) oʻn toʻrtinchi xatboshi oʻn beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/285/0594-son)