Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.06.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qoʻyishda (hisobdan chiqarishda) taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 11-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3234]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 14-iyundagi 2022-20-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3373, 28.06.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qoʻyishda (hisobdan chiqarishda) taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-aprel,
2020-12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 9-apreldagi 2020-12-son qaroriga
ILOVA
Chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qoʻyishda (hisobdan chiqarishda) taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI

T/r

I. Alohida boʻlinmalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

1.

Hisobga qoʻyish uchun:

mazkur Roʻyxatning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;

taʼsis etilgan mamlakatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi (soliq toʻlovchining xos raqami koʻrsatilgan holda);

chet el yuridik shaxsi vakolatli organining Oʻzbekiston Respublikasida alohida boʻlinma tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;

vakolatli shaxsning chet el yuridik shaxsi nomidan Oʻzbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud boʻlgan taqdirda) davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxasi yoxud notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi;

vakolatli shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi.

2.

Hisobdan chiqarish uchun:

mazkur Roʻyxatning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;

chet el yuridik shaxsi vakolatli organining alohida boʻlinmani tugatish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi yoki ishlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi;

faoliyati tugagan sanada tuzilgan moliyaviy va soliq hisobotlari.

II. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

3.

Hisobga qoʻyish uchun:

mazkur Roʻyxatning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;

taʼsis etilgan mamlakatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga yoki ingliz tiliga tarjima qilingan nusxasi, bunda hujjatning notarial tarzda tasdiqlangan nusxasi talab etilmaydi.

4.

Hisobdan chiqarish uchun mazkur Roʻyxatning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza.

Chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qoʻyishda (hisobdan chiqarishda) taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga
1-ILOVA
Faoliyatini alohida boʻlinmalar orqali amalga oshiradigan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish toʻgʻrisida
ARIZA
Izoh:
* — mavjud boʻlsa
Chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qoʻyishda (hisobdan chiqarishda) taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga
2-ILOVA
Faoliyatini alohida boʻlinmalar orqali amalga oshiradigan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobdan chiqarish toʻgʻrisida
ARIZA
Izoh:
* — mavjud boʻlsa
Chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qoʻyishda (hisobdan chiqarishda) taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga
3-ILOVA
Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish toʻgʻrisida
ARIZA
Izoh:
* — mavjud boʻlsa
Chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qoʻyishda (hisobdan chiqarishda) taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga
4-ILOVA
Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobdan chiqarish toʻgʻrisida
ARIZA
Izoh:
* — mavjud boʻlsa
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2020-y., 10/20/3234/0567-son)