Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini oʻzgartirish” investitsiya loyihasi boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Respublikamizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoniga muvofiq “COSCOM” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “COSCOM” MChJ) tomonidan “Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini oʻzgartirish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirilayotganligi;
investitsiya loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qarorining 7-ilovasiga asosan 2020 — 2022-yillarda amalga oshirilishi belgilanganligi;
investitsiya loyihasining umumiy qiymati 47 834,3 ming AQSh dollari ekvivalenti, shu jumladan, 28 500,0 ming AQSh dollari-litsenziyalar va avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimini (BSS) qoʻllab-quvvatlash (keyingi oʻrinlarda — 1-bosqich), 19 334,3 ming AQSh dollari-uskuna (apparatli taʼminot) va uchinchi shaxslar tomonidan yetkazib beriladigan dasturiy taʼminotning (keyingi oʻrinlarda — 2-bosqich) shartnoma qiymati va boshqa sarf-xarajatlar uchun ajratilganligi;
1-bosqich doirasida oʻtkazilgan tender yakunlari boʻyicha tender gʻolibi “Neksayn” AJ (Rossiya Federatsiyasi) va “COSCOM” MChJ oʻrtasida shartnoma imzolanganligi;
2-bosqich doirasida 2020-yil may va iyun oylarida “COSCOM” MChJ tomonidan tender eʼlon qilinishi va uning natijalariga koʻra tender gʻolibi bilan shartnoma(lar) tuzilishi rejalashtirilganligi;
investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbai etib “COSCOM” MChJning oʻz mablagʻlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini oʻzgartirish” investitsiya loyihasi boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-aprel,
246-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 246-son qaroriga
ILOVA
“Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini oʻzgartirish” investitsiya loyihasi boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari

ming doll.‎

T/r‎ Koʻrsatkich nomlanishi‎ Jami oʻzlashtiriladigan investitsiyalar ‎ Shundan, markazlashmagan investitsiyalar ‎
1.‎ Loyihaning umumiy qiymati‎ 47 834,3‎ 47 834,3‎
2.‎ Kapital qoʻyilmalarning qiymati‎ 47 834,3‎ 47 834,3‎

Shu jumladan:

‎‏ Mashina, uskunalar va litsenziyalar‎ 47 834,3‎ 47 834,3‎
Qurilish-montaj ishlari‎ -‎ -‎
Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar‎ -‎ -‎
Dastlabki aylanma kapital‎ -‎ -‎
Boshqa xarajatlar‎ -‎ -‎
3.‎ Mavjud asosiy fondlarning qiymati‎ -‎ -‎
4.‎ Tashkilotning quvvati, shu jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi, moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi‎

12 million abonentga xizmat koʻrsatuvchi uskuna (apparatli taʼminot);
‎10 million abonentga xizmat koʻrsatadigan dasturiy taʼminot, shundan oldindan toʻlov (prepaid) — kamida 9,1 million dona va keyingi toʻlov (postpaid) — kamida 900 000 dona.
‎Indikativ koʻrsatkichlar:
‎a) ovozli aloqa:
‎har bir abonent uchun hisobdagi pul mablagʻlarining oʻrtacha balanslari soni — 30 ta;
‎bir abonent uchun ulanish mumkin boʻlgan davriy xizmatlar (paket) soni — 5 ta;
‎GSM tarmogʻidagi har bir faol abonent uchun eng band soatda (EBS) ovozli qoʻngʻiroqlar soni — 3,5 ta;
‎b) maʼlumotlarni uzatish:
‎sekundiga tranzaksiyalar soni — 15 000 ta;
‎internet-sessiyaning oʻrtacha davomiyligi kamida 40 daqiqa;
‎bitta internet-sessiyadagi yangilanishlar soni — 5 ta;
‎bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladigan internet- sessiyalar soni — 7 000 000 ta;
‎v) CMC:
‎sms-sessiyalar uchun soniyalar soni — 1 500 ta;
‎g) qoʻshimcha koʻrsatkichlar:
‎EBSda toʻldirish soni — 250 000 ta;
‎kuniga buyurtmalar soni — 1 500 000 ta;
‎zamonaviy texnologiyalarni qoʻllab- quvvatlash, shu jumladan:
‎LTE texnologiyasidagi rouming;
‎talab boʻyicha video (VoD);
‎videouzatma (streaming);
‎IP turmaklari orqali ovoz (VoIP);
‎uyali aloqa operatori raqamini aloqa operatorlari (MNP) oʻrtasida oʻtkazish;
‎5G avlod texnologiyalari.

5.‎ Tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlari soni‎ -
6.‎ Loyihaning moʻljallanayotgan oʻzini qoplash muddati‎ 53 oy (4,4 yil)‎
7.‎ Investitsiya davrining davomiyligi‎ 6 oy

8.‎

Ishlab chiqarish fondlarining qiymati‎

‎‎19 334,3

9.‎

Kredit va boshqa qarz mablagʻlarini soʻndirish muddati, shu jumladan, valyutadagi qarzlar‎

‎‎-

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/246/0484-son)