1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA HUDUDIDA JOYLAShGAN BARChA XOʻJALIK SUBYEKTLARINI DAVLAT ROʻYXATIGA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi 555-sonli “Mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Barcha xoʻjalik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlashga oid amaliy chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik subyektlarining davlat roʻyxati haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasiga xoʻjalik subyektlarini roʻyxatga olish, moliya-xoʻjalik faoliyatini tavsiflovchi iqtisodiy-statistik koʻrsatkichlarning doimiy tarkibini ifodalovchi xoʻjalik subyektlari roʻyxatlari bankini tashkil etish va boshqarish yuklatilsin.
3. Tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, birjalar, barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda jismoniy shaxslar 1992-yilning 1-dekabrigacha davlat statistika qoʻmitasining bosh hisoblash markazi (BHM), Qoraqalpogʻiston davlat statistika qoʻmitasida, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarida roʻyxat (qayta roʻyxat)dan oʻtsinlar.
4. Respublika hududida joylashgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxona va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga statistika organlarida xoʻjalik subyektlarini oʻz vaqtida roʻyxat (qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasiga xoʻjalik subyektlari roʻyxatini olib yurish uchun uning hisob-kitobiga asosan moliya mablagʻlari va zarur miqdorda qogʻoz ajratishni taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi davlat matbuot qoʻmitasi ikki oy muddat ichida roʻyxatga olish kartochkalarini bosmadan chiqarsin, Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi esa mulkchilikning barcha shakllaridagi vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, birjalar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarni va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy shaxslarni roʻyxatga olish kartochkalari bilan taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari zimmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 10-iyul,
318-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 10-iyuldagi 318-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxati haqida
NIZOM
UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom xoʻjalik subyektlari tarkibini va kuzatiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlar maʼlumotlarini, axborotlarni toʻplash, qayta ishlash, yangilab turishning davriyligini va Oʻzbekiston Respublikasining turli mulkchilik shaklidagi xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxatini olib borish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxatini tuzish va olib borishdan maqsad jahon standartlari talablariga javob beruvchi, korxonalar va tashkilotlarning davriy statistik hisobotini qayta ishlashni keskin qisqartirish imkonini beruvchi, bir yoʻla axborotning toʻliqligini taʼminlovchi statistik maʼlumotlarni qayta ishlashning ilgʻor usullarini joriy qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik subyektlarini davlat tomonidan hisobga olishning yagona negizi asosida yalpi statistik kuzatuvni tashkil qilishning ishonchli asosini taʼminlashdir.
3. Xoʻjalik subyektlarining davlat roʻyxati Respublika hududida joylashgan xoʻjalik subyektlari haqidagi maʼlumotlarning yaxlit banki (maʼlumotlar yigʻindisi) boʻlib, u moliya, adliya organlari, markaziy banklar va boshqa respublika organlarining avtomatlashtirilgan respublika reyestrlari bilan birgalikda harakat qilishini taʼminlaydi. Xoʻjalik subyektlarining davlat roʻyxati xoʻjalik subyektlarining hududiy roʻyxatlari yigʻindisini oʻzida namoyon etadi.
4. Xoʻjalik subyektlarining hududiy roʻyxati — bu mazkur hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent sh.) joylashgan xoʻjaliklar birliklari haqidagi maʼlumotlar bankidir.
Respublika boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasining bosh hisoblash markazi;
hududiylari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Davlat statistika qoʻmitasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari
6. Xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxatining asosi boʻlib, korxonalar va tashkilotlarning umumiy klassifikatori (KTUK)dir davlat roʻyxatida roʻyxatga olinuvchi va kuzatiluvchi har bir obyektga oʻxshash (identifikatsion) xos raqam (kod) berilib, turli foydalanuvchilar tomonidan axborotlarni ishlashda hamda moliyaviy va iqtisodiy amallarni bajarishda, tijorat sirlarini taʼminlashda foydalaniladi.
7. Xoʻjalik subyektlari roʻyxatiga har bir xoʻjalik subyekti boʻyicha ilovada keltirilgan roʻyxat kartochkalarining maʼlumotlari kiritiladi.
Respublika va hududiy roʻyxat maʼlumotlari tarkibiga oʻzgartish (kamaytirish yoki kengaytirish)larni Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi kiritishi mumkin.
8. Xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxati maʼlumotlaridan belgilangan tartibda foydalanuvchilar hamkorlik qilishi mumkin boʻlgan sheriklar haqida axborot olishdan manfaatdor boʻlganlar boshqaruv organlari, korxonalar, shuningdek, xorijiy ishbilarmonlar, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, alohida fuqarolardir.
9. Dastlabki statistik axborotdan, statistika organlaridan tashqari, faqat xoʻjalik subyektlarining davlat roʻyxati obyektlarigina oʻz obyektini tavsiflovchi axborot qismida foydalanishi mumkin.
10. Roʻyxat kartochkalarida sanab oʻtilgan statistik koʻrsatkichlarning belgilangan tarkibi boʻyicha maʼlumotlar yillik davriylikda taqdim etiladi.
11. Roʻyxatning belgilab qoʻyilmagan maʼlumotlarini berish xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxatini saqlovchilar tomonidan oʻrnatiladi va belgilangan tartibda ruxsat etiladi.
XOʻJALIK SUBYEKTLARI MAʼLUMOTLARI TARKIBI VA ROʻYXATGA OLISh TARTIBI
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, respublika qonunchilik aktlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtgan va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, birjalar, barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi korxona va tashkilotlar, ishbilarmonlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar, jamoat va diniy birlashmalar hisobga olinishi va kuzatilishi lozim boʻlgan xoʻjalik subyektlari boʻlib hisoblanadilar undan tashqari, respublikadan tashqarida kapital qoʻyilmalari boʻlgan xoʻjalik subyektlari kuzatiladi.
13. Roʻyxatdan oʻtishi va kuzatilishi lozim boʻlgan yangi tuzilgan xoʻjalik subyektlari roʻyxatdan oʻtish kartochkasini toʻldiradilar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalarining xizmat koʻrsatish boʻlinmalariga tegishli hokimiyat va boshqaruv organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun muddatda topshiradilar.
Xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxati vujudga kelgan vaqtdan beri mavjud boʻlgan xoʻjalik subyektlari roʻyxat kartochkasining oʻtgan yil uchun yillik statistik maʼlumotlar qismini toʻldiradilar va belgilangan tartibda xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxatini olib boruvchi xizmat koʻrsatish boʻlinmalariga topshiradilar.
14. Roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi rahbar tomonidan yoki axborotning ishonchliligi, shuningdek, qonun bilan belgilangan intizomga, moddiy va jinoiy javobgarlikka rioya qilinishi uchun masʼul boʻlgan roʻyxatga olinayotgan obyekt egasi tomonidan imzolanadi.
15. Tegishli statistika organlarining roʻyxatni olib boruvchi xizmati roʻyxatga olish kartochkasi maʼlumotlarini nazorat qiladi, tegishli klassifikatorlar bilan ularga xos raqam beradi.
MAʼLUMOTLARNI TOʻPLASh, IShLASh, ROʻYXATNING DAVRIYLIGI VA UNI YURITISh
16. Roʻyxatga kiritiladigan xoʻjalik subyektlari haqida maʼlumotlarni toʻplash korxona va tashkilotlarning umumiy klassifikatori asosida hisobga olinishi jarayonida amalga oshiriladi.
17. Muayyan hududdagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) xoʻjalik subyektlarini hisobga olishning toʻlaligini nazorat qilish tegishli statistika organlari tomonidan, obyektlarni taqqoslash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
18. Hisobot yili uchun xoʻjalik subyektlarining yillik iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi (xarakterlovchi) dastlabki statistik maʼlumotlarning har yilgi yangilanishi joriy yilning 30-yanvarida roʻyxat kartochkasi asosida (33 — 126-bandlar), “Xoʻjalik subyektlarini roʻyxatga olish va kuzatish tartibi haqidagi yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Roʻyxatni olib borishda unga hamma oʻzgartishlar va aniqlangan maʼlumotlar mazkur Nizomda belgilangan tartibda kiritiladi. Roʻyxatga (1 dan 32-bandgacha) kiritilishi lozim boʻlgan oʻzgartishlar haqidagi maʼlumotlarni xoʻjalik subyektlari oʻzgartish amalga oshirilgan paytdan boshlab 10 kun muddat ichida taqdim etishga majburdirlar, roʻyxatni olib boruvchi xizmatga xoʻjalik subyektlarining ruxsatisiz oʻzgartishlar kiritish man etiladi.
20. Xoʻjalik subyektini qayta tashkil etish yoki tugatishda tugatish komissiyasi yoxud uni tugatishga vakolatli boshqa organ 10 kun muddatda, oʻz navbatida, roʻyxatni olib boruvchi xizmatni bu haqda ogohlantiradi.
21. Roʻyxatga olish xizmatini olib boruvchi har oyning 7-sanasigacha xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxatida roʻyxatdan oʻtgan yangi tuzilganlar roʻyxatini, shuningdek, oʻtgan oyda tugatilgan xoʻjalik subyektlarining roʻyxatini mahalliy boshqaruv organlariga, bu organlar tomonidan xoʻjalik subyektlari xususiyatlarining toʻlaligini nazorat qilish maqsadida, aniqlangan nomuvofiqliklar haqida xoʻjalik subyektlarining davlat roʻyxati xizmatini keyinchalik xabardor etadi.
ROʻYXATNI OLIB BORIShDA IShTIROK ETUVChI TAShKILOTLARNING VAZIFALARI
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari:
oʻxshash (identifikatsiya) xos raqamlarni korxona va tashkilotlarning umumiy klassifikatori (KTUK) boʻyicha yangi xoʻjalik subyektlariga berilishini, roʻyxat kartochkalarida sanab oʻtilgan texnik-iqtisodiy axborotning umumiy klassifikatorining boshqa xos raqamlarini berish (oʻzgartirish)ni taʼminlaydilar;
korxona va tashkilotlarning umumiy klassifikatori asosida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida davlat roʻyxatidan oʻtgan xoʻjalik subyektlarining davlat hisobini taʼminlaydilar;
korxona va tashkilotlar umumiy klassifikatorining avtomatlashtirilgan usulda olib borilishini va korxonalar hamda tashkilotlar umumiy klassifikatorining respublika boʻlimi bilan birga harakat qilishini amalga oshiradilar;
hududiy roʻyxatdagi oʻzgartishlar haqida axborotlar toʻplashni amalga oshiradilar;
hududiy roʻyxatga oʻzgartishlar kiritadilar va bu oʻzgartishlarni har oʻn kunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining bosh hisoblash markaziga yuboradilar;
xoʻjalik subyektlari boʻyicha statistik maʼlumotlarning har yilgi yangilanishini amalga oshiradilar;
respublikada belgilangan tartibda axborot xizmatini bajaradilar.
23. Oʻzbekiston respublikasi davlat statistika qoʻmitasining bosh hisoblash markazi:
Respublika qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻlgan xoʻjalik subyektlariga korxona va tashkilotlarning umumiy klassifikatorining identifikatsiya kodlarini berishni taʼminlaydi (masalan, Adliya, Moliya vazirliklari va bank hamda boshqa respublika organlari roʻyxatdan oʻtkazadigan yangi respublika jamoat tashkilotlariga);
roʻyxat kartochkalarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar boʻyicha texnika-iqtisodiy axborotlarning umumiy klassifikatori boshqa xos raqamlarini berishni (oʻzgartishni) taʼminlaydi;
respublika hududida korxona va tashkilotlarning umumiy klassifikatori tarkibida davlat roʻyxatidan oʻtgan xoʻjalik subyektlarining davlat hisobini taʼminlaydi;
mahalliy statistika organlari boshqarmalaridan hududiy roʻyxatga oʻzgartishlarni toʻplashni bajaradi;
korxona va tashkilotlarning umumiy klassifikatori respublika boʻlimini olib borishni amalga oshiradi va korxona, tashkilotlar umumiy klassifikatorining davlat etaloni bilan oʻzaro harakatni taʼminlaydi;
respublika roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritadi;
roʻyxatga kiritiladigan oʻzgartishlar haqidagi maʼlumotnomani roʻyxatdan oʻtkazuvchi tashkilotlarga yuboradi;
xoʻjalik subyektlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni yangilashni amalga oshiradi;
xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxatini saqlovchi belgilagan tartibda roʻyxat maʼlumotlaridan foydalanuvchilarga axborot-maʼlumotnoma xizmatini amalga oshiradilar.
XOʻJALIK SUBYEKTLARI DAVLAT ROʻYXATINI TUZISh VA OLIB BORIShNI MOLIYAVIY TAʼMINLASh
24. Xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxatini tuzish va olib borish, shuningdek, foydalanuvchilarga reglament xizmati koʻrsatish xarajatlari budjetdan moliyaviy taʼminlash orqali amalga oshiriladi.
XOʻJALIK SUBEKTLARI DAVLAT ROʻYXATINING TUGATILIShI
25. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik subyektlari davlat roʻyxatini tugatish qonun bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
ILOVA
ROʻYXAT KARTOChKASI
KTUK boʻyicha identifikatsiya xos raqami
01
02
(obyektning toʻla va qisqartirilgan nomi va u
joylashgan manzilning nomi)
03
(obyektning oʻzbek tilidagi nomi)
MHOBS — maʼmuriy-hududiy obyektlarni belgilash sistemasi boʻyicha obyekt joylashgan manzilning xos raqami (kodi)
04
05
DBOBS xos raqami
06
XXTUK — xalq xoʻjaligi tarmoqlari umumiy klassifikatori boʻyicha asosiy faoliyat turi
XXTUK xos raqami
07
MShSK — mulk shakllarining statistik klassifikatori boʻyicha obyekt mulkchiligi shakllarining xos raqami
08
Korxona turining xos raqami
09
Manzilgohi:
Pochta koʻrsatkichi
10
(respublika, oʻlka, viloyat, nohiya)
11
12
(aloqa boʻlimi)
13
(koʻcha, uy, xona)
14
(telefon)
15
(teletayp)
16
(teleks)
.................................(telefaks)
17
(yuqori turuvchi tashkilot)
18
Korxona (tashkilot) rahbarining familiyasi, ismi
(Bank muassasasining,
19
bank boʻlinmasining nomi)
Filiallararo aylanma pul muomalalarining xos raqami
20
Taʼsis etishga ruxsat etgan organ
21
Taʼsis etishga ruxsat etgan organ
22
Ruxsatnoma (buyruq) nomeri
23
Sana
24
25
Tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtiroki (1—ha, 0—-yoʻq)
26
(xorijiy sherikning nomi va mamlakati)
(koʻshma korxonaning nomi)
27
tugatish haqidagi qarorni chiqargan organ
28
Tugatish sanasi (yil, oy, kun)
29
Tugatish haqidagi qarorning nomeri
Davlat roʻyxatiga olish maʼlumotlari
30
Roʻyxat nomeri (roʻyxatga olish haqidagi qaror nomeri)
31
Roʻyxatga olingan sana (yil, oy, kun)
32
______________ yil uchun IQTISODIY KOʻRSATKIChLAR
Ustav fondi (ming soʻm)
3 3
Asosiy fondlar qiymati (ming soʻm)
34
Aylanma fondlar qiymati (ming soʻm)
35
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ishlar, xizmatlar hajmi (ming soʻm)
36
Asosiy mahsulot turlarini (mahsulot bilan toʻlash) chiqarishda ishlab chiqarish quvvati;...................
37
38
39
40
41
Tayyor mahsulotning salmogʻi (%)
42
Roʻyxat boʻyicha xodimlarning oʻrtacha soni
43
Isteʼmol qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar (ming soʻm)
44
Ish haqi fondi (ming soʻm)
45
Mahsulot tannarxi (ming soʻm)
46
Moddiy xarajatlar
47
Asosiy fondlar amortiratsiyasi (ming soʻm)
48
Balansli foyda (zarar)
49
Ishlab chiqarish maydoni (kv. m)
50
Noishlab chiqarish maydoni (kv. m)
51
Budjetga toʻlovlar (ming soʻm)
52
Bank kreditlari boʻyicha qarzlar (ming soʻm)
53
Yil davomida ishga tushirilgan asosiy fondlar (ming soʻm)
54
Davlat mablagʻlari hisobidan
55
Korxona mablagʻlari hisobidan
56
shu jumladan, ishlab chiqarishga moʻljallangani
57
Davlat mablagʻlari hisobidan
58
Korxona mablagʻlari hisobidan
59
Kapital mablagʻlar (ming soʻm)
60
Davlat mablagʻlari hisobidan
61
.........................................
Korxona mablagʻlari hisobidan
62
Qurilish-montaj ishlari
63
Davlat mablagʻlari hisobidan
64
Korxona mablagʻlari hisobidan
65
Qurilishning toʻla smeta qiymati (ming soʻm)
66
Davlat mablagʻlari hisobidan
67
Korxona mablagʻlari hisobidan
68
Foydalanishga topshirilgan turar joylar (kv. m)
69
Davlat mablagʻlari hisobidan
70
Korxona mablagʻlari hisobidan
71
Foydalanishga topshirilgan umumtaʼlim maktablari (oʻquvchi oʻrinlari)
72
Davlat mablagʻlari hisobidan
73
Foydalanishga topshirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari (oʻrin)
74
Davlat mablagʻlari hisobidan
75
Korxona mablagʻlari hisobidan
76
Foydalanishga topshirilgan kasalxonalar (oʻrin)
77
Davlat mablagʻlari hisobidan
78
Korxona mablagʻlary hisobidan
79
Foydalanishga topshirilgan poliklinikalar (qatnov)
80
Davlat mablagʻlari hisobidan
81
Korxona mablagʻlari hisobidan
82
Yil davomida tugatilgan asosiy fondlar (ming soʻm)
83
Oʻz kuchlari bilan bajarilgan pudrat ishlarining hajmi (ming soʻm)
84
Qishloq xoʻjaligi yerlarining jami (ming ga)
85
Ekin maydoni (ming ga)
86
Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish (sentner)
Shu jumladan, asosiy turlari boʻyicha:
87
88
89
90
91
Chorvachilikning asosiy mahsulotlarini yetishtirish:
Goʻsht (tirik vaznda)
92
Sut (ming tonn�)
93
Tuxum (ming dona)
94
Jun (ming tonna)
95
96
97
Savdo tarmogʻi va umumiy ovqatlanish tovar oboroti (ming soʻm)
98
Muomala xarajatlari (ming soʻm)
99
Moddiy boyliklarning tovar zaxiralari (ming soʻm)
100
Tijorat yoʻli bilan sotib olingan mahsulotlar hajmi (ming soʻm)
101
Tijorat yoʻli bilan sotilgan mahsulotlar hajmi (ming soʻm)
102
MDH mamlakatlaridan olib kelinadigan mahsulotlar hajmi (ming soʻm)
103
MDH mamlakatlariga chiqariladigan mahsulotlar hajmi (ming soʻm)
104
Eksport yoʻli bilan yetkazib beriladigan mollar hajmi (ming soʻm chet el valyutasi hisobida)
105
Import yoʻli bilan olib kelingan mollar hajmi (ming soʻm chet el valyutasi hisobida)
106
Chet el firmalari bilan tuzilgan bitimlar hajmi (ming soʻm chet el valyutasi hisobida)
107
Shu jumladan, mamlakatlar boʻyicha:
108
109
110
111
Vositachi (broker) idoralarning soni
112
Tovar seksiyalarining miqdori (soni)
113
Tuzilgan bitimlar soni
114
Tashilgan yuk (m�ng tonna)
115
Tashilgan yoʻlovchilar (ming kishi)
116
Telefon apparatlari soni (ming dona)
117
Shu jumladan, shahar telefon tarmoqlari soni
118
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari uchun kapital mablagʻlar (ming soʻm)
119
Tutilgan va zararsizlantirilgan zararli moddalar (tonna)
120
Atmosfera havosiga chiqarilgan zararli moddalar (tonna)
121
Tabiat manbalaridan olingan suv (ming kub m)
122
Suv isteʼmoli (ming kub m)
123
Ifloslangan oqova suvlarni chetga oqizish (ming kub m)
124
Davlat ahamiyatiga molik oʻrmonlarda oʻrmonlarni tiklash ishlari (ga);