O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-aprel,
195-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida:
33-pozitsiyasining “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “davlat notarial idoralari” so‘zlari “Notariuslar” so‘zi bilan almashtirilsin;
5 — 16 va 44-pozitsiyalarining “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “Intellektual mulk agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2021-y., 09/21/56/0091-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxati 90-pozitsiyasining “Axborotning turi” ustunidagi “davlat notarial idoralari” so‘zlari “Notariuslar” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Qishloq qurilish bank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “davlat notarial idorasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarorida:
a) muqaddimadagi “davlat notarial idoralari” so‘zlari “Notariuslar” so‘zi “Notarial idoralar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 5-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqidagi ma’lumotlarni faqat Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi”;
v) 4-ilovaning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 14-sentabrdagi 733-son qarorida:
a) Turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda turar joyda doimiy propiskada bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olishning ma’muriy reglamentida (1-ilova):
2-banddagi “Davlat notarial idoralarining (keyingi o‘rinlarda — DNI deb ataladi)” so‘zlari “Notariuslarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-bob nomidagi “DNI” qisqartmasi “notariuslar” so‘zi bilan almashtirilsin;
4-banddagi “DNIga” qisqartmasi “notariusga” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi, uchinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari, 11-bandning beshinchi xatboshidagi “DNIning” va “DNI” qisqartmalari tegishli ravishda “notarial idoraning” va “notarial idora” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNIga” qisqartmasi “notariusga” so‘zi bilan almashtirilsin;
2 va 4-bosqich pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi va 3-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNI notariusi” so‘zlari “Notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNI notariusi” so‘zlari “notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNIning” qisqartmasi “notarial idoraning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Notarial harakatlarni amalga oshirishda biometrik va pasportga oid ma’lumotlarni tekshirishning ma’muriy reglamentida (2-ilova):
2-banddagi “Davlat notarial idoralarining (keyingi o‘rinlarda — DNI deb ataladi)” so‘zlari “Notariuslarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-bob nomidagi “DNI” qisqartmasi “notariuslar” so‘zi bilan almashtirilsin;
4-banddagi “DNIga” qisqartmasi “notariusga” so‘zi bilan almashtirilsin;
1-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNIga” qisqartmasi “notariusga” so‘zi bilan almashtirilsin;
2 va 4-bosqich pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi “DNI notariusi” so‘zlari “Notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda bino va inshootlar haqida ma’lumotlar olishning ma’muriy reglamentida (3-ilova):
2-banddagi “Davlat notarial idoralarining (keyingi o‘rinlarda — DNI deb ataladi)” so‘zlari “Notariuslarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-bob nomidagi “DNI” qisqartmasi “notariuslar” so‘zi bilan almashtirilsin;
4-banddagi “DNIga” qisqartmasi “notariusga” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi, uchinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari, 11-bandning beshinchi xatboshidagi “DNIning” va “DNI” qisqartmalari tegishli ravishdaa “notarial idora” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNIga” qisqartmasi “notariusga” so‘zi bilan almashtirilsin;
2 va 4-bosqich pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi va 3-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNI notariusi” so‘zlari “Notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNI notariusi” so‘zlari “notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNIning” qisqartmasi “notarial idoraning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Xususiylashtirilgan turar joyni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar haqida ma’lumotlar olishning ma’muriy reglamentida (4-ilova):
2-banddagi “Davlat notarial idoralarining (keyingi o‘rinlarda — DNI deb ataladi)” so‘zlari “Notariuslarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-bob nomidagi “DNI” qisqartmasi “notariuslar” so‘zi bilan almashtirilsin;
4-banddagi “DNIga” qisqartmasi “notariusga” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi, uchinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari, 11-bandning beshinchi xatboshisidagi “DNIning” va “DNI” qisqartmalari tegishli ravishda “notarial idora” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNI” qisqartmasi “notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
2 va 4-bosqich pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi va 3-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNI notariusi” so‘zlari “Notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNI notariusi” so‘zlari “notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNIning” qisqartmasi “notarial idoraning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarni amalga oshirishda yuridik shaxslar haqida ma’lumot olishning ma’muriy reglamentida (5-ilova):
2-banddagi “Davlat notarial idoralarining (keyingi o‘rinlarda — DNI deb ataladi)” so‘zlari “Notariuslarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-bob nomidagi “DNI” qisqartmasi “notariuslar” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi, uchinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari, 11-bandning beshinchi xatboshisidagi “DNIning” va “DNI” qisqartmalari tegishli ravishda “notarial idora” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNI” qisqartmasi “notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
2 va 4-bosqich pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi va 3-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNI notariusi” so‘zlari “Notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNI notariusi” so‘zlari “notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNIning” qisqartmasi “notarial idoraning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini tasdiqlashda kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotlar olishning ma’muriy reglamentida (6-ilova):
1-banddagi “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz,” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Davlat notarial idoralarining (keyingi o‘rinlarda — DNI deb ataladi) xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar” so‘zlari “Notarial idoralarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bob nomidagi “DNIga” qisqartmasi “notariuslarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi, uchinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari, 11-bandning beshinchi xatboshisidagi “DNIning” va “DNI” qisqartmalari tegishli ravishda “notarial idora” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNI” qisqartmasi “notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
2 va 4-bosqich pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi va 3-bosqich pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “DNI notariusi” so‘zlari “Notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNI notariusi” so‘zlari “notarius” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi “DNIning” qisqartmasi “notarial idoraning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi 741-son qarori 10-bandining “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) “Adolat” huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarorida belgilangan davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga ustama haqi va yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi, shuningdek, avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 06.02.2021-y., 09/21/56/0091-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son; 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)