Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahar yoʻlovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda Toshkent shahrida koʻp qavatli uy-joylar, maktablar, bolalar bogʻchalari, shifoxonalar, sport-sogʻlomlashtirish majmualari, dam olish maskanlari va boshqa ijtimoiy infratuzilma, ishlab chiqarish obyektlari qurilishi boʻyicha keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, uy-joylar qurilishi, avtotransport vositalari sonining koʻpayib borishi, avtobus yoʻnalishlari samarasizligi va bir-birini takrorlashi shahar yoʻlovchi tashish transportida yuklamalar nomutanosibligini, aholi uchun noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Toshkent shahri aholisi va mehmonlarga transportda sifatli xizmatlar koʻrsatish, transportga boʻlgan talabni oʻsib borishi natijasida harakat xavfsizligini taʼminlash va Toshkent shahri yoʻlovchi transporti tizimini oʻzaro integratsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2020-yil I chorak yakuniga qadar Toshkent shahrida metroning Yunusobod metro yoʻnalishining II bosqichi (2,9 km), yer usti halqa metro yoʻnalishining I bosqichi (11,5 km) hamda 2020-yil yakuniga qadar Sergeli yoʻnalishining I bosqichi (5,8 km) foydalanishga topshirilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 948-son qaroriga muvofiq umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira xaqi toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi 2020-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2020-yilda Toshkent shahrida 152 ta yoʻlovchi tashish transport yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish natijasida 131 tasini optimallashtirish, 14 tasini yopish hamda 7 ta yangi yoʻnalishlarni ochish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. Belgilansinki:
tashish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tender shartnomalariga oʻzgartirish kiritish asosida ular tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan shahar yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini maqbullashtirish va yopish amalga oshiriladi;
Toshkent shahar hokimi, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati va tuman hokimlari transport-oʻtkazgich bogʻlamalarini qurish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishga hamda shahar yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini oʻzgarishi boʻyicha aholini muntazam ravishda xabardor qilishga shaxsan masʼuldirlar.
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Toshkent metropolitenining qurilayotgan yangi yoʻnalishlari va shahar yoʻlovchi transportining maqbullashtirilgan tarmogʻi imkoniyatlari va afzalliklari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
5. Toshkent shahar hokimligi:
transport-oʻtkazgich bogʻlamalarini qurish ishlari yakunlangandan soʻng oʻrnatilgan tartibda obyektlarni “Toshshahartransxizmat” AJga oʻtkazilishini;
ikki hafta muddatda qurilishi rejalashtirilgan transport-oʻtkazgich bogʻlamalari joylashadigan hududda obyektni foydalanishga topshirish muddati, unga bogʻlanadigan yoʻnalishlar, ish vaqti hamda boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlar qayd etilgan stendlar oʻrnatilishini;
2020-yil 1-mayga qadar barcha turdagi shahar yoʻlovchi transportida foydalaniladigan yagona yoʻl chiptasini joriy etishni taʼminlasin.
6. Quyidagilar:
aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida shahar yoʻlovchi transporti turlarini oʻzaro bogʻloqligini taʼminlashni nazarda tutuvchi 2020-yilda Toshkent shahrida transport-oʻtkazgich bogʻlamalarini qurish reja-grafigi 1-ilovaga muvofiq;
samarasiz va bir-birini takrorlaydigan avtobus yoʻnalishlarini maqbullashtirish, poytaxt aholisiga hamda mehmonlarga yoʻlovchi tashish transportida sifatli xizmatlar koʻrsatish va talablarni qondirishni nazarda tutuvchi Toshkent shahrining jamoat transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq;
aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar natijasida samaradorlik mezonlarini belgilashni nazarda tutuvchi Toshkent shahri jamoat transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Toshkent shahar hokimligi “Toshshahartransxizmat” AJ bilan birgalikda:
a) 2020-yil 1-oktabrga qadar Toshkent shahrining Fargʻona yoʻli koʻchasida tezkor avtobus harakati qatnovini tashkil etish maqsadida maxsus qatnov yoʻlagini (BRT) tajriba loyiha tariqasida amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan 20 ta zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni;
b) 2020-yil 1-sentabrga qadar jamoat transportida yoʻnalishni rejalashtiruvchi “Mening yoʻnalishim” elektron tizimini joriy etishni;
v) 2020-yil 1-dekabrga qadar:
shahar avtobuslari (keyingi oʻrinlarda — avtobuslar) salonlarida bekatlarni avtomatik ravishda eʼlon qilib borish tizimini joriy etishni;
yirik avtobus bekatlarida yoʻnalishlar harakati jadvali va avtobusning yetib kelish vaqtini koʻrsatib turuvchi elektron-axborot tablolar bilan jihozlashni taʼminlasin.
8. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AJ va “Toshkent metropoliteni” UK bilan birgalikda ilgʻor xalqaro tajriba asosida xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda 2021-yil yakuniga qadar 2020 — 2030-yillarda Toshkent shahrida transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish bilan bogʻliq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
yoʻlovchi tashish jarayonlarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda Toshkent shahri transport tizimining iqtisodiy-matematik modelini yaratish;
shaxsiy avtotransportdan foydalanishga muqobil sifatida shahar yoʻlovchi transporti samaradorligini oshirish;
avtobus saroylari harakat tarkibini yangilashda elektr quvvati bilan ishlaydigan, tasarruf etishda samarali va atrof-muhitga zarari kam boʻlgan avtobuslarga bosqichma-bosqich oʻtish;
yoʻlovchilar uchun qulayliklar yaratish va xizmat sifatini yaxshilash hamda shahar yoʻlovchi transporti qatnovi oʻrtacha harakat tezligini oshirish;
velosiped va boshqa motorsiz transport turlarini rivojlantirish, “Bike Sharing” veloprokat tizimini joriy etish;
yoʻlovchilarni tashishga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda transport vositalarining turi, soni va maqbul yoʻnalishlarini, mavsumiylik hamda ish va dam olish kunlarini hisobga olgan holda tanlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2020 — 2030-yillarda Toshkent shahrida transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha tarmoq jadvali tasdiqlansin.
9. Moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
transport oʻtkazgich bogʻlanmalarini qurish, shuningdek, 2020 — 2030-yillarda Toshkent shahrida transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish transport bosh rejasini ishlab chiqish — Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari;
mazkur qarorning 7-bandida belgilangan shahar yoʻlovchi transporti tizimini raqamlashtirish boʻyicha tadbirlar — “Toshshahartransxizmat” AJ oʻz mablagʻlari;
20 ta zamonaviy elektrobus va quvvatlash uskunalarini xarid qilish — Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatini taqdim etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlari.
10. Belgilansinki:
20 ta zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash uskunalarini xarid qilish orqali Fargʻona yoʻli koʻchasida tezkor avtobus harakati qatnovi (BRT) tizimini tashkil etish boʻyicha tajriba loyihasini joriy qilinishida texnik-iqtisodiy hisoblarni ishlab chiqilishi bir bosqichda amalga oshiriladi;
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan jalb qilinayotgan kredit mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish boʻyicha masʼul qarz oluvchi va ijro organi hisoblanadi;
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan jalb qilinayotgan kredit mablagʻlarini qoplash, foizlar, komissiyalar va jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan jalb qilinayotgan kreditlar hisobiga xarid qilinayotgan 20 ta zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash uskunalari kafillik hisobida “Toshshahartransxizmat” AJ mulki hisoblanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi tashkilotlar harakat tarkibini 2021 — 2023-yillarda yangilash dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganib, yoʻlkirani toʻlashda avtomatlashtirilgan tizimini qoʻllagan holda shahar yoʻlovchi transportida takomillashtirilgan tarif tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Ganiyev va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-mart,
157-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 157-son qaroriga
1-ILOVA
2020-yilda Toshkent shahrida transport-oʻtkazgich bogʻlamalarini qurish
REJA GRAFIGI

T/r

Transport-oʻtkazgich bogʻlamalari nomlari

Joylashgan manzili va hudud maydoni

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Turkiston

Yunusobod tumani, Axmad Donish koʻchasi,
13-mavze, 0,50 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil aprel

2020-yil may

2020-yil iyun

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Yunusobod tumani hokimligi (R.Usmanov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

2.

Buyuk Ipak yoʻli

Mirzo Ulugʻ�ek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, “Buyuk Ipak yoʻli” metro bekati, 0,26 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
M.Ulugʻbek tumani hokimligi
(Sh. Irgashev), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

3.

“Paxtakor”

Shayxontohur tumani, Olmazor koʻchasi, “Paxtakor” metro bekati, 0,45 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Shayxontohur tumani hokimligi
(A. Toʻxtayev), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

4.

“Chorsu”

Shayxontohur tumani, Zarqaynar koʻchasi, “Chorsu” bozori, 0,48 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil iyun

2020-yil iyul

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Shayxontohur tumani hokimligi
(A. Toʻxtayev), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

5.

“Beruniy”

Olmazor tumani, Beruniy va Universitet koʻchalari kesishmasida, 0,36 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil iyun

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Olmazor tumani hokimligi
(B. Raxmonov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

6.

“Chilonzor”

Chilonzor tumani, KAXY va Bunyodkor koʻchasi kesishmasida, 0,32 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil iyul

2020-yil avgust

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Chilonzor tumani hokimligi
(S. Maxametov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

7.

“Olmazor”

Chilonzor tumani, Gavhar va Bunyodkor koʻchalari kesishmasida, 0,65 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil iyul

2020-yil avgust

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Chilonzor tumani hokimligi
(S.Maxametov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

8.

“Qoʻyliq bozori”

Bektemir tumani, TAXY va Fargʻon yoʻli koʻchasi kesishmasida, 0,75 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Bektemir tumani hokimligi
(Sh.Mamadjanov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

9.

“Choshtepa”

Sergeli tumani, Choshtepa koʻchasi, “Choshtepa” metro bekati yonida, 0,36 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Sergeli tumani hokimligi
(B.Shamuratov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

10.

“Qipchoq”

Sergeli tumani, Qipchoq va Mirzo Tursunzoda koʻchalari kesishmasida, 0,6 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil iyun

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Sergeli tuman hokimligi
(B.Shamuratov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

11.

“Sergeli-7”

Sergeli tumani, 7-mavze, Mirzo Tursunzoda va Mehrigiyo koʻchalari kesishmasida, 0,84 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil iyun

2020-yil avgust

2020-yil sentyabr

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Sergeli tuman hokimligi
(B.Shamuratov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

12.

“Chilonzor buyum bozori”

Chilonzor tumani, Bunyodkor shox koʻchasi, “Chilonzor buyum bozori” AJ avtoturargohi, 0,46 ga

1.Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2.Qurish.

3.Foydalanishga topshirish.

2020-yil may

2020-yil iyul

2020-yil avgust

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),
Chilonzor tuman hokimligi
(S.Maxametov), “Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

Izoh:
1. “Qoʻyliq bozori” bogʻlovchi bekatini loyihalashtirish va qurish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
2. Zarur hollarda, transport-oʻtkazgich bogʻlanmalari qurish parametrlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Toshkent shahrida yoʻlovchilarni tashishda haqiqiy ehtiyojni hisobga olib oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 157-son qaroriga
2-ILOVA
Toshkent shahrining jamoat transporti tizimini takomillashtirish
ChORA-TADBIRLARI DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Yangi liniyalar foydalanishga topshirilishi hisobga olinib yer usti yoʻlovchilar tashish transporti yoʻnalishlari tarmogʻini metropoliten bilan integratsiyalash

1.

Metropolitenning Yunusobod yoʻnalishi harakatini takrorlovchi yoʻnalishlar tarmogʻini qayta koʻrib chiqish:

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

“Toshkent metropoliteni” UK

(O. Xudoykulov),

Yunusobod tumani hokimligi (R. Usmanov),

Bektemir tumani hokimligi (Sh. Mamadjanov)

1.1.27 ta avtobus va yoʻnalishli taksiyoʻnalishlarni optimallashtirish, jumladan:

9 ta (26, 50, 52, 82, 95, 140, 151, 152, 61m);

2020-yil 1-iyulga qadar

10 ta (97, 71, 101, 20m, 27m, 80m, 40i, 62m, 134m, 90m);

2020-yil 1-oktabrga qadar

8 ta (63, 72, 91, 93, 190, 77m, 167m, 192m).

2021-yil 1-yanvarga qadar

1.2.4ta takrorlovchi avtobus va yoʻnalishli taksiyoʻnalishlarni yopish, jumladan:

1 ta (83m);

2020-yil 1-iyulga qadar

3 ta (9, 60, 24).

2020-yil 1-oktabrga qadar

1.3.4 ta yangi avtobus yoʻnalishlarni ochish, jumladan:

2 ta (“Yunusobod 9-mavzesi – Yunusobod 19-mavzesi”, “Yunusobod 6-mavzesi – Yunusobod 17-mavzesi”);

2020-yil 1-iyulga qadar

2 ta (“Hasanboy mahallasi — Yunusobod metro bekati”, “Gʻishtkoʻprik chegara oʻtkazish punkti — Yunusobod metro
bekati”).

2020-yil 1-oktabrga qadar

2.

Metropolitenning yer usti halqa yoʻli (Qoʻyliq) yoʻnalishi harakatini takrorlovchi yoʻnalishlar tarmogʻini qayta koʻrib chiqish.

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

“Toshkent metropoliteni” UK

(O. Xudoykulov),

Bektemir tumani hokimligi (Sh. Mamadjanov),

Yashnobod tumani hokimligi (X. Tillashayxov)

2.1.24 ta avtobus va yoʻnalishli taksiyoʻnalishlarni optimallashtirish, jumladan:

14 ta (23, 117, 155, 45, 110, 9i, 16m, 18m, 24m, 25m, 47m, 136m, 163m, 170m);

2020-yil 1-iyulga qadar

9 ta (119, 30, 55m, 61m, 88m, 99m, 111m, 137m, 190m);

2020-yil 1-oktabrga qadar

1 ta (23m).

2021-yil 1-yanvarga qadar

2.2.2ta takrorlovchi avtobus va yoʻnalishli taksiyoʻnalishlarni yopish, jumladan:

1 ta (72m);

2020-yil 1-iyulga qadar

1 ta (15).

2020-yil 1-oktabrga qadar

2.3.1 ta yangi yetkazib chiquvchi yoʻnalish ochish (Oltin topgan mahallasi — Qoʻyliq bozori).

2021yil 1-yanvarga qadar

3.

Metropolitenning Sergeli yoʻnalishi harakatini takrorlovchi avtobus va yoʻnalishli taksi yoʻnalishlar tarmogʻini qayta koʻrib chiqish:

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

“Toshkent metropoliteni” UK

(O. Xudoykulov),

Sergeli tumani hokimligi (B. Shamuratov),

Uchtepa tumani hokimligi (F. Abdullayev)

3.1.15 ta yoʻnalishlarni optimallashtirish, jumladan:

1 ta (84);

2020-yil 1-oktabrga qadar

14 ta (132, 48, 75, 32, 74, 62, 86, 66, 126, 59, 130, 8,40, 26m).

2021-yil 1-yanvarga qadar

3.2.4 ta takrorlovchi avtobus yoʻnalishlarni yopish (105, 104, 113, 112).

2021-yil 1-aprelga qadar

3.3.1 ta yangi yetkazib chiquvchi yoʻnalish ochish (Metallurgiya zavodi — Sergeli 7-mavzesi).

2020-yil 1-oktabrga qadar

II. Toshkent shahrida yangi qurilayotgan turar joy mavzelari va ijtimoiy hamda ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini yoʻlovchi transporti yoʻnalishlari bilan taʼminlash

4.

Oʻzaro parallel va bir-birining harakatini takrorlovchi yoʻnalishlar tarmogʻiniqayta koʻrib chiqish:

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

Toshkent shahri tumanlari hokimliklari

4.1.65 ta avtobus va yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarni optimallashtirish, jumladan:

14 ta (111, 123, 8T, 33, 49, 53, 94, 103, 124, 1m, 6i, 93m, 135m, 169m);

2020-yil 1-iyulga qadar

17 ta (38, 65, 98, 141, 120, 29m, 52m, 28m, 95m, 100m, 162i,11m, 17m, 91m, 92m, 113m, 168m);

2020-yil 1-oktabrga qadar

34 ta (13, 34, 78, 148, 150, 188, 2, 21, 89, 55, 69, 77, 83,100, 134, 122, 17, 18, 56, 68, 88, 28, 31, 87, 76, 116,74m, 76m, 191m,
36m, 114m, 17i, 188m, 12i).

2021-yil 1-yanvarga qadar

4.2.4 ta takrorlovchi avtobus va yoʻnalishli taksiyoʻnalishlarni yopish, jumladan:

1 ta (173m);

2020-yil 1-iyulga qadar

1 ta (144);

2020-yil 1-oktabrga qadar

2 ta (96, 20).

2021-yil 1-yanvarga qadar

4.3.1 ta yangi yetkazib chiquvchi yoʻnalish ochish (Qoraqamish 2/4-mavzesi — Ber�niy metro bekati).

2021-yil 1-yanvarga qadar

III. Yoʻlovchi tashish transporti tizimining iqtisodiy-matematik modelini ishlab chiqish

5.

Toshkent shahar hokimligi va “Kalyon ulastirma muhendislik ve musavrilik A.S.” (Turkiya) injiniring kompaniyasi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzish orqali “2020 — 2030-yillarda Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish” boʻyicha transport bosh rejasini ishlab chiqish, bunda:

Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev)

Transport vazirligi (E. Ganiyev)

shahar transportining iqtisodiy-matematik modelini ishlab chiqish;

2021-yil 1-aprelga qadar

yoʻlovchi tashuvlarini boshqarishga raqamli texnologiyalarni joriy etish;

2021-yil 1-dekabrga qadar

mahalliy mutaxassislarni tayyorlash.

2020-2021-yillarda

IV. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun toʻsiqsiz muhit yaratish, yoʻlovchilarning bir transport turidan boshqasiga oʻtish uchun qulayliklar yaratish

6.

Yoʻlovchilarga bir transportdan boshqasiga qulay oʻtishi uchun sharoitlar mavjudligi yuzasidan yer usti yoʻlovchi transporti yoʻnalishi tarmogʻini metropoliten bilan oʻzaro bogʻliq holda maqbullashtirish, imkonyatlari cheklangan fuqarolar uchun xavfsiz va toʻsiqsiz muhit taʼminlashni inobatga olgan holda yirik bekatlar komplekslarini xatlovdan oʻtkazish.

2020-yil may

Transport vazirligi
(E. Ganiyev, I. Maxkamov),
Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev),
“ToshkentboshplanLITI” GUP (B. Adilxodjayev),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),
“Toshkent metropoliteni” UK (O. Xudaykulov),

Toshkent shahri tumanlari hokimliklari

7.

Xatlov natijalariga koʻra bekat komplekslarini rekonstruksiya qilish boʻyicha namunaviy loyihalarni nazarda tutgan holda avtobus bekat komplekslari hamda metropoliten bekatlariga oʻtish joylarini rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil 1-iyulga qadar

8.

Imkonyati cheklanganlar harakatlanishi uchun toʻsiqsiz muhitni yaratish maqsadida shahar va yoʻl-transport infratuzilmasi standartlarini joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va Toshkent shahrida xalqaro tajribani qoʻllash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar koʻzda tutilgan takliflarni kiritish:

Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev),
Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),

IIV (P. Bobojonov)

Transp�rt vazirligi
(E. Ganiyev, I. Maxkamov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev),
“Toshkent metropoliteni” UK (O. Xudaykulov)

svetoforlarni ovozli mayoqlar, piyodalar oʻtish joylarini maxsus plitka bilan jihozlash va boshq.;

2020-yil 1-sentabrga qadar

nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulayliklar yaratgan holda panduslar, alohida joylar, bekatlar va yoʻnalishni ovozli
tarzda eʼlon qilish, elektron axborot tablo bilan taʼminlash maqsadida jamoat transportini maxsus vositalar bilan
jihozlash.

9.

Shaharsozlikni rivojlantirishni (sanoat va turar joy qurilishi dasturlari va loyihalari) transport tizimi quvvatlari bilan majburiy uygʻunlashtirish mexanizmini joriy etish.

2020-yil 1-iyulga qadar

Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),
Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev)

V. Yoʻlkira toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi munosabati bilan shahar yoʻlovchilar tashish transportining tarif siyosatini takomillashtirish

10.

Xalqaro tajribani hisobga olgan holda qayishqoq tarif rejalari hisob-kitobi metodikasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish.

2020yil 1-mayga qadar

Transport vazirligi
(E. Ganiyev, I. Maxkamov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

“Toshkent metropoliteni” UK (O. Xudaykulov),

“ATTO” MChJ (T.Azadov)

11.

Qatnov masofasi, vaqti va bir transportdan boshqasiga oʻtish sonidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan toʻlov tizimi �oʻllanilishi hisobga olingan shahar yoʻlovchi tashish transportining tarif siyosatini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-iyunga qadar

12.

Tijorat banklarining 1900 ta oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish kioskalari orqali transport kartalarini toʻldirish jarayonini tashkil etish.

2020-yil 1-aprelga qadar

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

13.

“Humo” va “Uzcard” NFC (Near-Field Communication) bank kartalari orqali shahar yoʻlovchi tashish tarnsportida yoʻlkira toʻlovini qabul qilish jarayonini tashkil etish.

2020-yil 1-mayga qadar

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahar�ransxizmat” AJ (A. Djurayev)

14.

Mobil telefon kodining NFC (Near-Field Communication) va QR (Quick Response code) texnologiyasi bayonnomalaridan foydalanib mobil ilova orqali toʻlov jarayonini tashkil etish.

2020-yil may

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

15.

Shahar yoʻlovchi tashish transportida yoʻlkira toʻlash uchun VISA, MASTERCARD, UNIONPAY, MIR xalqaro toʻlov tizimlarining bank kartalarini qabul qilish jarayonini tashkil etish.

2020-yil iyun

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

16.

Toshkent shahrida 15 ta avtomatlashtirilgan transport kartalarini sotish uchun oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish qurilmalarini oʻrnatish.

2020-yil iyul

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

17.

Kontaktsiz axborot saqlovchi vositalar (smart soatlar, breloklar, brasletlar va boshqalar) orqali shahar yoʻlovchi tashish transportida yoʻlkirani qabul qilish jarayonini tashkil etish.

2020-yil iyul

“ATTO” MChJ (T. Azadov),
“Toshshahartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

VI. Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini raqamlashtirish

18.

Avtobuslar salonida bekatla� toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish.

2020-yil 1-dekabrga qadar

Transport vazirligi

(E. Ganiyev, D. Dexkanov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

19.

Oraliq bekatlarda avtobuslarning harakatlanish jadvali va bekatga yetib kelish vaqtini koʻrsatib boruvchi elektron tablolar oʻrnatish.

2020-yil 1-dekabr

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

20.

Aholiga shahar yoʻlovchi tashish t�ansportida yurishni rejalashtirish va uning ishi toʻgʻrisida boshqa foydali maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi “Mening yoʻnalishim” elektron tizimini joriy etish.

2020-yil 1-oktabrga qadar

Transport vazirligi (E. Ganiyev),
“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

21.

Yoʻlovchi tashish jarayonini avtomatlashtirilgan boshqarish uchun situatsion markazni tashkil qilish, bunda:

yoʻlovchi tashishni rejalashtirish tizimini avtomatlashtirish;

yoʻlovchi tashishning rejalashtirilgan vazifali bajarilishini nazorat qilish;

yoʻlovchi tashishning muntazamligi, tezlik meʼyori va harakat jadvaliga amal qilinishi ustidan nazorat tizimi;

tashish jarayonini tezkor boshqarish (harakat yoʻnalishini oʻzgartirish, ehtiyoj boʻyicha tigʻiz yoʻnalishlarga transportni qayta yoʻnaltirish);

yoʻlovchilardan transport xizmatlari sifati oshirilishi yuzasidan takliflar olish imkoniyati boʻlgan axborot tizimini nazarda tutish.

2021-yil mart

Transport vazirligi (E. Ganiyev),
“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev)

VII. Shahar yoʻlovchi tashish transporti uchun ustuvorlikni taʼminlash yoʻli bilan “Tezkor avtobus qatnovi tizimi (BRT)” tajriba loyihasini amalga oshirish

22.

A. Temur xiyoboni — “Kompass” savdo kompleks markazi (Istiqbol, Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali) yoʻnalishi boʻyicha aloxida yoʻlakli tezyurar “BRT” (Bus Real Tranzit) avtobus yoʻnalishi tajriba loyihasini amalga oshirish, aloxida yoʻlak qurish va yoʻlning tegishli xududlarini rekonstruksiya qilish.

2020-yil 1-noyabrga qadar

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Transport vazirligi (A. Abduvaliyev),

“ToshkentboshplanLITI” DUK (B. Adilxodjayev),

Toshkent shahar Mirobod va Yashnobod tumanlari hokimliklari

VIII. Transport vositalari parkini zamonaviy, yuqori samarali, qulay, xavfsiz va ekologik toza texnika bilan yangilash

23.

Mavjud avtobus parkini bosqichma-bosqich yuqori samarali va atrof muhitga zarari kam boʻlgan avtobuslar hisobiga yangilash, shuningdek, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qulay transport muhiti yaratishni nazarda tutuvchi “2021 — 2023-yillarda “Toshshahartransxizmat” AJ korxonalari harakatlanadigan tarkibini yangilash dasturi” loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabrga qadar

Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),
“Toshshaxartransxizmat” AJ (A. Djurayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

24.

2020 — 2024-yillarda metropolitenning yangi liniyalari foydalanishga topshirilishi hisobga olingan holda yangi vagonlarni xarid qilish va foydalanilayotganlarining bir qismini modernizatsiya qilish orqali metropolitenning harakatlanadigan tarkibini yangilash dasturini ishlab chiqish, bunda:

48 ta yangi metro tarkiblarini xarid qilish, jumladan:

2020-yilda — 10 ta, 2021-yilda — 10 ta, 2022-yilda — 10 ta, 2023-yilda — 10 ta, 2024-yilda — 8 ta;

64 ta metro vago�larini kapital tiklash ishlarini amalga oshirish uchun texnik va moliyaviy talablar boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlash, jumladan:

2020-yilda — 20 ta, 2021-yilda — 8 ta, 2022-yilda — 12 ta, 2023-yilda — 4 ta, 2024-yilda — 20 ta.

2020-yil 1-iyulga qadar

“Oʻzbekiston temir yullari” AJ (X. Xasilov),

“Toshkent metropoliteni” UK (O. Xudaykulov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“Toshkent shahar yoʻlovchi vagonlarini taʼmirlash zavodi” AJ
(D. Dadaxodjayev)

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 157-son qaroriga
3-ILOVA
Toshkent shahri jamoat transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturining
MAQSADLI PARAMETRLARI

T/r

Maqsadli parametrlar

Oʻlchov birligi

Hammasi

shu jumladan:

Kutilayotgan natija

2020-yil

1-iyulgacha

2020-yil

1-oktabrgacha

2021-yil

1-yanvargacha

1.

Shahar yoʻlovchi tashish transporti yoʻnalishlarini optimallashtirish (yoʻnalish masofasini qisqartirish
yoki uzaytirish, trassasini oʻzgartirish)

dona

131

37

37

57

1. Yoʻnalishlarning oʻrtacha masofasini 19,8 km dan 15 km gacha qisqartirish.

2. Avtobuslarning oʻrtacha harakatlanish oraliq vaqtini 20 — 30 daqiqadan 10 — 12 daqiqagacha kamaytirish.

3. Yer usti jamoat transportining bir kunlik bosib oʻtadigan masofasini 37,6 ming km ga kamaytirish.

4. Kunlik yoqilgʻi xarajatini 13 ming litrga kamaytirish.

5. Atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni kuniga 2,5 tonnaga kamaytirish;

6. Yoqilgʻi-moylash mahsulotlari sarf-harajatlarini yiliga 27,7 mlrd soʻm miqdorida tejash.

7. Metropolitendagi kunlik yoʻlovchilar oqimini 240 ming yoʻlovchidan 500 ming yoʻlovchigacha koʻpaytirish.

8. 75 ming nafardan ortiq aholi yashaydigan 6 ta yangi turarjoy mavzesini muntazam avtobus yoʻnalishlari qatnovi bilan taʼminlash.

2.

Shahar yoʻlovchi tashish transportining bir-birini takrorlovchi va samarasiz yoʻnali�larni yopish

dona

14

3

5

6

3.

Shahar yoʻlovchi tashish transportining yangi yoʻnalishlarini ochish

dona

7

2

3

2

4.

Transport-oʻtkazgich bogʻlamalarini qurish

dona

12

1

11

-

5.

Kunlik yoqilgʻi harajatlarini qisqartirish

ming litr

12,7

-

-

13

6.

Metropolitenda kunlik yoʻlovchi aylanmasini oshirish

ming litr

470,5

-

-

500

* – hozirda Toshkent metropolitenida kunlik yoʻlovchi oqimi 240,0 ming yoʻlovchini tashkil etadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/157/0318-son)