O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublikada limonchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini isloh qilish, limonzorlar maydonini kengaytirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini ko‘paytirish borasida izchil choralar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, respublikada 2018-2019-yillarda 46 mln AQSH dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalari jalb qilinib, 730 gektar maydonda zamonaviy limonzorlar barpo etildi, limon yetishtiriladigan issiqxonalar umumiy maydoni 1 221 gektarga yetkazildi.
Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalar asosida yangi, serhosil va jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan limon navlarini yaratishga yetarli e’tibor berilmayotganligi, sifatli axborot-konsalting xizmatlarini ko‘rsatish talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi, kooperatsiya munosabatlari to‘liq shakllanmaganligi oqibatida sohadagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti.
Respublikada limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, ilg‘or va zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash asosida yuqori sifatli sanoatbop va eksportbop limon yetishtirish hajmini oshirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasining:
“Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi nomini “Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) deb o‘zgartirish;
tajriba tariqasida Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Uyushma ishtirokida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy — amaliy markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilar ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
kooperatsiya shartlari asosida sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish hamda mahsulot yetishtiruvchilarga yetkazish;
sertifikatlangan va kafolatlangan limon ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha maxsus ko‘chatxonalarni tashkil etish hamda limon ko‘chatlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
mavjud issiqxonalarni modernizatsiya qilish hamda serhosil, eksportbop limon navlari kolleksiyasini va ko‘rgazmali limon plantatsiyalarini yaratish;
sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar, eksport va import mahsulotlarini sertifikatlash;
sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar, shuningdek, manzarali o‘simliklar, gullar va ko‘kalamzorlashtirish ekinlari ko‘chatlarini yetkazib berish;
mahsulot ishlab chiqaruvchilarni mineral o‘g‘itlar va kimyoviy moddalar bilan ta’minlash;
sitrus, subtropik va tropik o‘simliklarni qayta ishlash, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va xizmat ko‘rsatish;
sohani rivojlantirish bo‘yicha xorijiy texnologiyalar, fan va ishlab chiqarishdagi yutuqlar, yangiliklarga oid rolik va maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlash.
Markaz faoliyati bank kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari, xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Uyushma bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Markazga Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududidan bino va issiqxona uchun 12 gektar yer maydoni ajratilishini;
Uyushma, Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda xususiy sherik o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Uyushmaning 2020-yil 1-martdan boshlab limonzorlarni barpo etishning quyidagi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
a) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi:
yangi barpo etiladigan limonzorlar uchun standartlarni (ko‘chat navi va sifati, ekish sxemasi, issiqxonaga qo‘yiladigan talablar, resurs tejovchi texnologiyalar hamda boshqalar) belgilaydi;
limonchilik tarmog‘ini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajriba va resurs tejovchi innovatsion texnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi;
limonzorlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli resurslari va grant mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘radi;
qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperatsiyalar (klasterlar) rahbarlari va limon yetishtiruvchilar uchun o‘quv-seminarlarni tashkil qiladi;
sertifikatlangan va kafolatlangan limon ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha maxsus ko‘chatxonalarni tashkil etadi hamda limon ko‘chatlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
kooperatsiya (klaster) asosida ishlaydigan qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ularga limon yetishtiruvchilarni biriktiradi;
limonzorlar uchun talab qilingan yer maydonlarining qisqa muddatlarda ajratilishini va belgilangan standartlar asosida barpo qilinishini ta’minlaydi;
hosildorlikni oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
v) qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperatsiyalar (klasterlar):
limon yetishtiruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik asosida kooperatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yetishtirilgan mahsulotni saralash, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilish bo‘yicha samarali ish yuritish tizimini joriy qiladi;
limonzorlarni barpo etadi va ularni lizing shartlari asosida uzoq muddatga tadbirkorlik subyektlariga beradi, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun mutaxassis ajratadi, ilmiy asoslangan agronomik tavsiyalar berib boradi;
limon yetishtiruvchilar talabi asosida ularni limon ko‘chatlari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlaydi;
soha olimlari va ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilib, limon yetishtiruvchilarning malakasini oshirib boradi;
g) mahsulot yetishtiruvchilar:
kooperatsiya talablari asosida limon ko‘chatlarining to‘liq ekilishini, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
limonzorlarni barpo etish bo‘yicha xarajatlarning kelishilgan qismi bo‘yicha dastlabki to‘lovlarni amalga oshiradi;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq yetishtirilgan mahsulotlarning belgilangan vaqtda va sifatda yetkazib berilishini ta’minlaydi.
4. Quyidagilar:
2020-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ishga tushadigan limonchilik yo‘nalishidagi loyihalarning manzilli ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
2021-2022-yillarda “Turonbank” ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1a-ilovaga muvofiq;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
limon yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
a) limonzorlar paxta va g‘alladan bo‘shagan hamda foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda barpo etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
yangi limonzorlar “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan barpo etiladi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2020-yil 1-martdan boshlab kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir sotixi uchun 300 ming so‘mdan oshmaydigan miqdori Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 5-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
tijorat banklari bilan birgalikda limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining kamida 100 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari jalb etilishini;
“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining 100 mln AQSH dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalarini limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “Turonbank” ATBga O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratilgan 357,8 mlrd so‘m ekvivalentidagi qoldiq mablag‘larni jamg‘armaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda limonchilik bo‘yicha 2020 — 2024-yillarga mo‘ljallangan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirsin hamda ularning grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin.
Bunda, limon ko‘chatlarining issiqxona va ochiq maydonda parvarish qilinadigan yangi navlarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarni tashkil etish, zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi kurashish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga alohida e’tibor qaratilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga:
bir oy muddatda limonchilikni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda resurs tejovchi texnologiyalarga asoslangan limonzorlarni barpo etish va parvarishlash, mahsulot yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish;
ikki oy muddatda limon ekish, parvarishlash, yetishtirish, hosilni yig‘ishtirib olish, qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish masalalari bo‘yicha fermer hamda dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va tadbirkorlik subyektlari uchun joylarda o‘quv-seminarlarini o‘tkazish;
yetakchi xorijiy institutlar bilan limonchilikni rivojlantirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy xodimlar va mutaxassislarning malakasini oshirish hamda tajriba almashish ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti huzurida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sitrus, subtropik va tropik o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha kichik innovatsion korxona tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Bunda, korxonaning asosiy vazifasi “fan-ta’lim-ishlab chiqarish”ning uzviy integratsiyasini ta’minlash, dars mashg‘ulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda amalga oshirish va talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish ekanligiga e’tibor qaratilsin.
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda universitetning 3-bosqich talabalari orasidan saralab olingan talabalar uchun sitrus, subtropik va tropik o‘simliklarni yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha zaruriy bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlovchi maxsus guruhlarni tashkil etsin.
Bunda, o‘quv auditoriyalarini jihozlash, zamonaviy texnologiya vositalari bilan ta’minlash Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, homiylik mablag‘lari hamda xalqaro moliya institutlari grantlari hisobidan amalga oshiriladi.
12. “O‘zstandart” agentligiga xalqaro darajada tan olingan standartlar talablariga mos mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar, jumladan limon mahsulotlarini ushbu standartlar talablari asosida sertifikatlash ishlarini jadallashtirish yuklatilsin.
13. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar, fan va ishlab chiqarishdagi yutuqlarga oid maxsus ko‘rsatuvlarni muntazam namoyish etib borish yuklatilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Uyushma bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020-yilda qo‘shimcha 2,5 ming gektar yer maydonida amalga oshiriladigan limonchilik yo‘nalishidagi loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirsin;
zarur hollarda, Uyushma taklifiga asosan mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi A.D. Vaxabov, qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.J. Teshayev — ushbu qaror ijrosining tashkil etilishini, 2020-yilda amalga oshiriladigan limonchilik yo‘nalishidagi loyihalarning tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi, limonzorlar uchun ajratiladigan subsidiyalarning maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori N.E. Najimov — davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish, sohada kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish choralarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari F.J. Rahimov, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev — xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etilishi, tashqi bozorlar konyunkturasi bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazilishi va limon eksporti geografiyasi kengaytirilishini ta’minlasin;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari — limonzorlar barpo etish uchun yer maydonlarini ajratish, kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish asosida ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish choralarini ko‘rsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari — limonzorlar barpo etish va hududlarni limonchilikka ixtisoslashtirish choralarini ko‘rsin, “Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi faoliyatiga ko‘maklashsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-fevral,
PQ-4610-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga
1-ILOVA
2020-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ishga tushadigan limonchilik yo‘nalishidagi loyihalarning
MANZILLI RO‘YXATI

T/r

Loyiha tashabbuskorlari

Loyihaning qisqacha tavsifi (ga)

Loyihaning umumiy qiymati

Moliyalashtirish manbasi

Yaratiladigan
ish joyi

Loyihani ishga tushirish muddati

Xizmat ko‘rsatuvchi bank

ming
AQSH doll.

mln so‘m

o‘z mablag‘i (mln so‘m)

bank krediti (mln so‘m)

xorijiy investitsiya (ming
AQSH doll.)

83

Jami

2 495

11 050

5 672 134

1 697 292

3 971 407

11 050

26 667

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus tumani

1.

“Davkar limon agro” MCHJ

12

3 000

2 000

2 000

3 000

50

2020-yil noyabr

Turonbank

2.

YTT “Qudekov Jadiger Saparbaevich”

1

270

50

50

270

10

2020-yil avgust

Turonbank

Taxiatosh tumani

3.

“Ilham Agro Teplitsa” MCHJ

3

8 900

250

8 700

15

2020-yil iyun

Turonbank

Shumanay tumani

4.

“Yetti Xazina Olami” MCHJ

2

400

1 300

1 300

400

45

2020-yil sentabr

Turonbank

Ellikqal’a tumani

5.

“Umidbek Odilbek” MCHJ

2

500

400

400

500

5

2020-yil

oktabr

Turonbank

Jami

20

4 170

12 650

4 000

8 700

4 170

125

Andijon viloyati

Andijon tumani

1.

“Xayrixon Qo‘ldosh” F/X

1

500

150

350

8

2020-yil
III chorak

Agrobank

Asaka tumani

2.

“Risalotxon Limonariya Bog‘lari” MCHJ

1

180

130

50

8

2020-yil
III chorak

Milliy bank

Buloqboshi tumani

3.

“Usmonbodlik Jasurbek” MCHJ

1

650

650

10

2020-yil
II chorak

Milliy bank

Xo‘jaobod tumani

4.

“Shoirabonu Yog‘dusi” MCHJ

1

750

200

550

5

2020-yil
II chorak

Agrobank

5.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Jami

104

0

232 480

70 250

162 230

0

1 231

Buxoro viloyati

Vobkent tumani

1.

“Rahor Garder” MCHJ

1

500

150

350

10

2020-yil
II chorak

Turonbank

2.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Jami

101

0

230 900

69 270

161 630

0

1 210

Qashqadaryo viloyati

Muborak tumani

1.

“Muborak Yaguar” MCHJ

1

1 600

475

1 200

5

2020-yil

aprel

Turonbank

2.

“Qodir Orzu Omad” MCHJ

2

5 800

1 000

4 800

7

2020-yil

dekabr

Turonbank

Qarshi tumani

3.

“Sapar Bobo Nabirasi Javoxir” MCHJ

5

16 600

4 200

12 400

15

2020-yil

aprel

Turonbank

4.

“Demetr Agro Park” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 100

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

5.

“Limo Laym” MCHJ

1

1 200

380

855

6

2020-yil

aprel

Turonbank

Mirishkor tumani

6.

“Bo‘ri Devonbegi” MCHJ

2

5 100

1 300

4

7

2020-yil

aprel

Turonbank

7.

“Jeynov Mebel Gold” MCHJ

1

1 300

427

950

6

2020-yil

aprel

Turonbank

8.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Turonbank

9.

“Sardor Eksport Servis” MCHJ

2

3 800

1 400

2 400

7

2020-yil

dekabr

Turonbank

Dexqonobod tumani

10.

“Oydin Oxunovna” XK

1

1 700

522

1 200

6

2020-yil

aprel

Turonbank

Shahrisabz tumani

11.

“Yangi Hayot Chorva Invest” MCHJ

1

4 000

1 100

2 900

7

2020-yil

dekabr

Turonbank

12.

“Kesh Global Story Servis” MCHJ

1

4 000

1 100

2 900

5

2020-yil

dekabr

Turonbank

13.

“Kesh Aziz Shifo” MCHJ

1

3 000

1 100

1 900

4

2020-yil

dekabr

Turonbank

14.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Jami

317

0

739 300

220 364

515 349

0

3 575

Navoiy viloyati

Karmana tumani

1.

“Jaloyir Limoni” oilaviy korxonasi

1

400

200

200

2

2020-yil

oktabr

Turonbank

Navbahor tumani

2.

“Davr” MCHJ

1

2 900

900

2 000

80

2020-yil

dekabr

Turonbank

Uchquduq tumani

3.

YTT “Bo‘riyeva Maxfuza”

1

500

500

10

2020-yil sentabr

Milliy bank

4.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Jami

103

0

234 200

70 720

163 480

0

1 292

Namangan viloyati

Norin tumani

1.

“Asqarali Ota Bo‘stoni” FX

1

550

250

300

7

2020-yil
III chorak

Agrobank

Pop tumani

2.

“Root Steam” MCHJ

5

1 500

4 700

4 700

1 500

50

2020-yil
IV chorak

Turonbank

Yangiqo‘rg‘on tumani

3.

“Oxunova Xurinsa Jo‘rabekovna” F/X

1

300

200

100

3

2020-yil
III chorak

Agrobank

4.

“Vodiy Agro Kompleks” F/X

2

6 000

1 500

4 500

10

2020-yil
IV chorak

Turonbank

5.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Jami

108

1 500

241 950

75 770

166 180

1 500

1 270

Samarqand viloyati

Urgut tumani

1.

“Obloqul Boymatov qo‘rg‘oni” F/X

1

750

225

525

4

2020-yil

noyabr

Agrobank

Kattaqo‘rg‘on tumani

2.

“Azizlar” MCHJ

1

600

300

300

6

2020-yil

dekabr

Turonbank

3.

“Jonkel Bogiyeram Mevalari” F/X

1

600

300

300

6

2020-yil

dekabr

Turonbank

4.

YTT “Normatov Sherzod”

1

600

300

300

6

2020-yil

dekabr

Turonbank

5.

YTT “Xayitov Zoxid”

1

600

300

300

6

2020-yil

dekabr

Turonbank

6.

YTT “Shakarov Nuriddin Abduxakimovich”

1

600

300

300

6

2020-yil

dekabr

Turonbank

7.

“Nusxas XAX” F/X

1

600

300

300

6

2020-yil

dekabr

Turonbank

8.

“Innavatsion Investor 7777” MCHJ

1

600

300

300

6

2020-yil

dekabr

Turonbank

9.

“Mashxurbek Mad” F/X

1

600

300

300

6

2020-yil

dekabr

Turonbank

Samarqand tumani

10.

“Samejon Agro Fayz Hosil” F/X

1

750

300

450

4

2020-yil

noyabr

Milliy bank

11.

YTT “Abbosov Ma’ruf”

1

750

300

450

4

2020-yil

noyabr

Agrobank

12.

“Bek Cluster” MCHJ

200

460 800

138 240

322 560

2 400

2020-yil

dekabr

Turonbank

Jami

211

0

467 850

141 465

326 385

0

2 460

Surxondaryo viloyati

Sariosiyo tumani

1.

“Jasur Ulug‘bek Farovon Fayz” F/X

1

1 000

200

800

8

2020-yil

oktabr

Tijorat banklari

Sho‘rchi tumani

2.

“Muxamad Golden Uzumi” MCHJ

1

1 000

250

750

5

2020-yil

iyun

Tijorat banklari

Qumqo‘rg‘on tumani

3.

“Ayon Oyjamoli” F/X

1

1 000

250

750

4

2020-yil

avgust

Tijorat banklari

4.

“Xamrox Fayz bog‘lari” FX

1

1 000

250

750

4

2020-yil sentabr

Tijorat banklari

5.

“Surxon Limonchilik Agrosanoat” MCHJ

10

10 000

2 500

7 500

40

2020-yil sentabr

Tijorat banklari

6.

“Ermuminovlar Uzumzori” F/X

2

2 000

500

1 500

8

2020-yil sentabr

Tijorat banklari

7.

“Demetr Agro Park” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 100

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

8.

“Nihol Navbaxor” XK

1

1 000

250

750

4

2020-yil

iyul

Tijorat banklari

9.

“Bek Cluster” MCHJ

200

460 800

138 240

322 560

2 400

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Jami

317

0

708 200

211 560

496 640

0

3 573

Sirdaryo viloyati

Mirzaobod tumani

1.

“Bunyodbek Universal Xamkor” XK

5

1 500

12 000

12 000

1 500

40

2020-yil

dekabr

Turonbank

2.

“Voxidjon Universal Xamkor” XK

5

1 500

5 900

5 900

1 500

40

2020-yil

dekabr

Turonbank

3.

“Ulug‘obod Ixlos Baraka” XK

5

1 500

5 400

5 400

1 500

40

2020-yil

dekabr

Turonbank

4.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Sayxunobod tumani

5.

“Sayxunobod Limonchilk Clusteri” MCHJ

140

300 000

50 000

250 000

800

2020-yil

dekabr

Asakabank

6.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Xovos tumani

7.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Sirdaryo tumani

8.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Sardoba tumani

9.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Guliston tumani

10.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

11.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Boyovut tumani

12.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Jami

955

4 500

2 166 500

626 260

1 540 240

4 500

9 320

Toshkent viloyati

Yuqorichirchiq tumani

1.

“Sim Agro Group” MCHJ

10

27 000

27 000

37

2020-yil
III chorak

Sanoatqurilishbank

Yangiyo‘l tumani

2.

“Saxiy Bog‘ Nematlari” MCHJ

2

5 700

100

5 600

15

2020-yil
III chorak

Qishloqqurilishbank

Zangiota tumani

3.

“Sherpulat O‘g‘illari” MCHJ

2

5 700

5 700

20

2020-yil
III chorak

Agrobank

Qibray tumani

4.

“Qibray limonchilik klasteri” MCHJ (“Bek Cluster”)

33

95 000

30 000

65 000

60

2020-yil
IV chorak

Agrobank

5.

“Nikitchenko” F/X

1

2 304

691

1 613

4

2020-yil
IV chorak

Savdogar bank

6.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Jami

147

0

366 104

126 911

239 193

0

1 336

Farg‘ona viloyati

Toshloq tumani

1.

“Bog‘bon Sarkor” F/X

2

880

2 000

2 000

880

15

2020-yil

iyul

Turonbank

2.

“Bek Cluster” MCHJ

100

230 400

69 120

161 280

1 200

2020-yil

dekabr

Tijorat banklari

Jami

102

880

232 400

71 120

161 280

880

1 215

Xorazm viloyati

Urganch tumani

1.

“Agro Savdo Urganch” MCHJ

2

7 600

1 900

5 700

10

2020-yil
I chorak

Turonbank

2.

“Fayz Baraka Xorazm” MCHJ

1

4 100

1 000

3 100

5

2020-yil
I chorak

Turonbank

3.

“Zilola Zufar” MCHJ

1

3 300

830

2 500

6

2020-yil
I chorak

Turonbank

Xazorasp tumani

4.

“Xazorasp Varm Xous” MCHJ

1

3 800

1 000

2 800

5

2020-yil
II chorak

Turonbank

5.

“Surojiddin Fruit Gardens” MCHJ

1

4 700

1 100

3 600

7

2020-yil
II chorak

Turonbank

6.

“Xazorasp Agro Grin”MCHJ

1

3 500

1 000

2 500

5

2020-yil
III chorak

Turonbank

Xonqa tumani

7.

“Muzaffarbek Xursandbek Davlatbek” MCHJ

2

5 900

1 100

4 800

11

2020-yil
I chorak

Turonbank

8.

“Qoraqosh Savdo Invest” XK

1

3 900

802

3 100

5

2020-yil
II chorak

Turonbank

9.

“Axmadjon Axrorjon Mustafo” F/X

1

2 800

870

2 000

6

2020-yil
III chorak

Turonbank

Jami

11

0

39 600

9 602

30 100

0

60

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga
1a-ILOVA
2021-2022-yillarda “Turonbank” ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI

T/r

Hududlar nomi

Tashkil etiladigan limonzorlar

gektar

Limon hosili

tonna

Yaratiladigan doimiy ish o‘rinlari

Mavsumiy ish o‘rinlari

Talab etiladigan limon ko‘chatlari

dona

JAMI:

2 031

120 000

12 186

14 217

2 234 100

1.

Andijon viloyati

26

1 500

156

182

28 600

2.

Buxoro viloyati

20,5

1 200

123

144

22 550

3.

Qashqadaryo viloyati

5,5

300

33

39

6 050

4.

Namangan viloyati

862,5

50 800

5 175

6 038

948 750

5.

Surxondaryo viloyati

1 000

59 300

6 000

7 000

1 100 000

6.

Farg‘ona viloyati

100

5 900

600

700

110 000

7.

Xorazm viloyati

2,5

150

15

18

2 750

8.

Toshkent viloyati

14

850

84

98

15 400

(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga
2-ILOVA
Limon yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar
RO‘YXATI

T/r

Hududlar nomi

Ixtisoslashtirish davriga qadar (2017 — 2019 yy.)

Ixtisoslashtirish natijasiga ko‘ra (2020-y.)

Limonzor maydoni, ga

Mahsulot hajmi,
tn

Eksport hajmi, tn

Yangi tashkil etiladi, ga

Umumiy limonzor maydoni,
ga

Mahsulot hajmi,
tn

Eksport hajmi, tn

O‘sish sur’ati, foizda

Andijon viloyati bo‘yicha

1.

Andijon tumani

6,5

47,7

19,1

3,5

10

250

100

524

2.

Asaka tumani

5,3

52,3

20,9

6,7

12

300

120

574

Jami

11,8

100

40

10,2

22

550

220

550

Buxoro viloyati bo‘yicha

1.

Peshku tumani

6

36

14,4

44

50

500

200

1389

Jami

6

36

14,4

44

50

500

200

1389

Jizzax viloyati bo‘yicha

1.

Forish tumani

5,2

125

50

14,8

20

400

160

320

2.

G‘allaorol tumani

5,5

100

40

14,5

20

400

160

400

3.

Zomin tumani

1,5

80

32

14,5

16

320

128

400

4.

Zarbdor tumani

3,3

90

36

12,7

16

320

128

356

Jami

15,5

395

158

56,5

72

1 440

576

365

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha

1.

Chiroqchi tumani

17,2

813

325,2

16,8

34

952

380,8

117

2.

G‘uzor tumani

16,2

717

286,8

50

66

1 848

739,2

258

3.

Qamashi tumani

12,7

628

251,2

17,3

30

840

336

134

4.

Qarshi tumani

34

1 700

680

53

87

2 436

974,4

143

5.

Kitob tumani

24,4

1 290

516

15,6

40

2 200

880

171

6.

Shahrisabz tumani

16

652

260,8

34

50

1 400

560

215

7.

Yakkabog‘ tumani

15,9

470

188

14

30

840

336

179

Jami

136,4

6 270

2 508

200,7

337

10 516

4206,4

168

Samarqand viloyati bo‘yicha

1.

Bulung‘ur tumani

15

26

10,4

10

25

650

260

2500

2.

Jomboy tumani

22

29

11,6

4

25

650

260

2241

3.

Samarqand tumani

2

12

4,8

19

20

520

208

4333

4.

Urgut tumani

12

32

12,8

13

25

650

260

2031

Jami

51

99

39,6

46

95

2 470

988

2495

Sirdaryo viloyati bo‘yicha

1.

Xovos tumani

9,3

605

242

100

109,3

2 405

961,84

398

2.

Mirzaobod tumani

12,1

625

250

100

112,1

2 466

986,48

395

3.

Sayhunobod tumani

12,5

875

350

100

112,5

2 475

990

283

Jami

33,9

2 105

842

300

333,9

7 346

2938,32

349

Surxondaryo viloyati bo‘yicha

1.

Boysun tumani

12

600

240

16

28

812

324,8

135

2.

Denov tumani

17,2

930

372

22,8

40

1 160

464

125

3.

Jarqo‘rg‘on tumani

10

65,5

26,2

40

50

1 450

580

2214

4.

Qumqo‘rg‘on tumani

32,8

1 966,1

986,4

17,2

50

2 000

800

102

5.

Oltinsoy tumani

12

786

314,4

18

30

870

348

111

6.

Sariosiyo tumani

13,5

885

354

26,5

40

1 160

464

131

7.

Termiz tumani

11

721

288,4

100

111

3 219

1287,6

446

8.

Uzun tumani

18,5

1 000

400

6,5

25

1 000

400

100

Jami

127

6 953,6

2 981,4

247

374

11 671

4668,4

168

Navoiy viloyati bo‘yicha

1.

Xatirchi tumani

6,2

10

4

19,8

26

572

228,8

5720

2.

Nurota tumani

2,3

16

6,4

17,7

20

440

176

2750

Jami

8,5

26

10,4

37,5

46

1 012

404,8

3892

Namangan viloyati bo‘yicha

1.

Chortoq tumani

7,1

85

34

12

19

494

197,6

581

2.

Pop tumani

7,5

82,5

33

18,5

26

676

270,4

819

3.

To‘raqo‘rg‘on tumani

19,2

165

66

10,8

30

780

312

473

4.

Yangiqo‘rg‘on tumani

7

115,5

46,2

13

20

520

208

450

Jami

40,8

448

179,2

54,3

95

2 470

988

551

Toshkent viloyati bo‘yicha

1.

Bekobod tumani

3,9

16,6

6,6

22

25,9

699

279,72

4211

2.

Bo‘stonliq tumani

4

32

12,8

6

10

270

108

844

3.

Qibray tumani

10,9

34

13,6

200

211

3 697

1478,8

10874

Jami

18,8

82,6

33

228

246,9

4 666

1866,5

5649

Farg‘ona viloyati bo‘yicha

1.

Bag‘dod tumani

18,3

53,2

21,3

11,7

30

780

312

1466

2.

Quva tumani

2,6

234

93,6

17,4

20

520

208

222

3.

Rishton tumani

11,3

597

452,8

10,7

22

1 210

484

74

4.

So‘x tumani

-

-

-

15

15

390

156

-

Jami

32,2

884,2

567,7

54,8

87

2 262

904,8

118

Respublika bo‘yicha jami

481,9

17399,4

7 373,7

1 279

1 758,8

44 903,1

17 961,2

258

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2020-y., 07/20/4610/0194-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)