|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.07.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur karordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-fevral,
PQ-4593-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4593-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4391-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2020-y., 07/20/4593/0174-son)