1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining
buyrug‘i
Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3218]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan 1997-yil 15-mayda tasdiqlangan Chet eldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 348, 1997-yil 4-iyun) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
46-son
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2019-yil 30-dekabrdagi 46-son buyrug‘iga ILOVA
Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (bundan buyon matnda biometrik pasport deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega bo‘lgan hujjat;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti (bundan buyon matnda xorijga chiqish biometrik pasporti deb yuritiladi) — xorijga chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega bo‘lgan hujjat;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik namunadagi pasporti (bundan buyon matnda nobiometrik pasport deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida 2019-yil 31-dekabrgacha, xorijiy davlat hududida esa amal qilish muddati tugagunga qadar egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati (bundan buyon matnda harakatlanish hujjati deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, harakatlanish hujjati egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
konsullik okrugi — konsullik muassasasiga konsullik vazifalarini bajarish uchun biriktirilgan bir yoki bir necha davlat hududi;
konsullik muassasasi — O‘zbekiston Respublikasining chet davlatda ta’sis etiladigan diplomatik vakolatxonasining konsullik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasining bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulligi va konsullik agentligi;
doimiy konsullik ro‘yxati — xorijda doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarilgan va xorijga doimiy yashash uchun borishda ruxsat berish yozuvi stikeri yoki manzildan jo‘nab ketish varaqasi asosida mamlakatdan chiqqan (shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlariga 2017-yil 30-iyungacha chiqqan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar), shuningdek qabul qiluvchi davlat hududidan chiqmagan holda konsullik muassasasi orqali doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasi rasmiylashtirgan, konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik muassasasida qayddan o‘tkazish;
vaqtincha konsullik ro‘yxati — O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan hamda o‘qish, xizmat safarida bo‘lish, mehnat faoliyatini amalga oshirish (ishchi viza, vaqtincha ro‘yxatga olish, yashash uchun ruxsatnoma va mehnat qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar — patent, mehnat shartnomasi va shu kabilar asosida xorijiy davlat hududida qonuniy bo‘luvchilar), tibbiyot muassalarida davolanish va oilasi bilan birlashish maqsadlarida xorijda olti oydan ortiq muddatda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan qayddan o‘tkazish;
doimiy yashashga qoldirish — xorijda qonuniy ravishda vaqtincha bo‘lib turgan va turgan mamlakatidan chiqib ketmagan holda xorijiy davlatda doimiy yashash uchun qolishga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasining (O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatga olingan) fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy konsullik ro‘yxatiga olishda amalga oshiriladigan konsullik harakati;
ro‘yxatga olish varaqasi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan konsullikning mansabdor shaxsi ishtirokida konsullik muassasasida mazkur Yo‘riqnomaning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shaklda to‘ldiriladigan hujjat;
elektron ro‘yxatga olish varaqasi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 4 va 5-ilovalariga muvofiq shaklda interaktiv konsullik xizmatlari “www.consulate.mfa.uz” veb-portalida (bundan buyon matnda interaktiv xizmatlar veb-portali deb yuritiladi) to‘ldiriladigan shtrix-kodli hujjat.
2. Xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olish mazkur fuqarolar turgan konsullik okrugi hududiga tegishli bo‘lgan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Xorijda doimiy yashovchi yoki vaqtincha turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatiga (doimiy, vaqtincha) qo‘yish uchun konsullik mansabdor shaxsi nomiga ariza berish interaktiv xizmatlar veb-portali orqali onlayn tarzda masofadan turib ham amalga oshirilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
4. Konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olish:
konsullik muassasalarining o‘zida mazkur Yo‘riqnomaning 1 — 3-ilovalariga muvofiq shaklda;
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali mazkur Yo‘riqnomaning 4 va 5-ilovalariga muvofiq shaklda amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy konsullik hisobiga olish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undiriladi. 16 yoshga to‘lmagan bolalarga alohida ro‘yxatga olish varaqasi (elektron ro‘yxatga olish varaqasi) to‘ldiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
6. 16 yoshga to‘lmagan bolalarning biometrik pasporti, nobiometrik pasporti, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati bo‘lmaganda, shuningdek ota-onasining yoki ulardan birining nobiometrik pasportiga yozilgan holda xorijga chiqib ketgan shaxslar bo‘lganda hisobga olish ularning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
7. Doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobiga olingandan keyin hisob ma’lumotlariga o‘zgartirishlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzilini o‘zgartirish va shu kabilar) kiritilganda ro‘yxatga olish varaqasiga (elektron ro‘yxatga olish varaqasiga) tegishli qaydlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
8. Xorijda doimiy va vaqtincha yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron ro‘yxatga olish varaqalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining (bundan buyon matnda TIV deb yuritiladi) Yagona avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi (bundan buyon matnda YAAHT deb yuritiladi) ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
2-bob. Xorijda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatiga olish
9. Xorijda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik muassasasi ro‘yxatiga olinish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldirilgan elektron ro‘yxatga olish varaqasi (interaktiv xizmatlar veb-portali orqali elektron ro‘yxatga olish varaqasini to‘ldirishning imkoni bo‘lmaganda mazkur Yo‘riqnomaning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha ariza va ro‘yxatga olish varaqasi) to‘ldiriladi;
pasport (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasporti yoki harakatlanish hujjati (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining (biometrik pasport, nobiometrik pasport, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati bo‘lmaganda) asli (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);
chiqib ketish varaqasining yoki ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan berilgan fuqaroning biometrik pasporti, nobiometrik pasporti yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirilgan “Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi” yozuvli stikerning nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijiy davlat qonunchiligi talablariga muvofiq (viza, yashab turish hujjati, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, ma’lumotnomalar va shu kabilar) bo‘lib turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat;
3 x 4 sm o‘lchamdagi 1 dona fotosurat (elektron ro‘yxatga olish varaqasini to‘ldirishning imkoni bo‘lmaganda);
haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘imlar to‘langani to‘g‘risida kvitansiya.
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik ro‘yxatiga qo‘yish uchun interaktiv xizmatlar veb-portali orqali murojaat qilganda yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning “PDF” formatida skaner qilingan variantini yuboradi.
10. Xorijga vaqtincha yashash uchun chiqib ketgan hamda u yerda qonuniy ravishda yashayotgan va xorijda doimiy yashashga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kelgusida doimiy konsullik ro‘yxatiga qo‘yish uchun turgan mamlakatidagi konsullik muassasasiga murojaat qilishlari mumkin.
11. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs o‘zi yashab turgan mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi bo‘lmagan taqdirda, mazkur mamlakat O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi qaysi konsullik okrugiga kirsa o‘sha konsullik okrugining konsullik muassasasiga murojaat qiladi.
12. Mazkur Yo‘riqnomaning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan vaqtning o‘zida konsullik mansabdor shaxsi:
pasportga (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga imzo qo‘yadi, konsullik muassasasining muhrini bosadi va konsullik ro‘yxatiga olish sanasini ko‘rsatgan holda “(konsullik muassasasining nomi va uning joylashgan manzili)da doimiy konsullik ro‘yxatga olindi” degan yozuvni qayd qiladi;
YAAHT ma’lumotlar bazasiga doimiy konsullik ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron pochta manziliga doimiy konsullik ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi tegishli xabarnomani jo‘natadi.
3-bob. Xorijda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatiga olish
13. Xorijga xizmat safariga, o‘qishga, davolanishga, ishga va o‘z oilasi bilan birlashish uchun chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinadilar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar borgan mamlakatida qonuniy tarzda yashayotgan bo‘lsa va mamlakatga olti oydan ortiq muddatga borgan bo‘lsa vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinadilar.
14. Xorijga sayyoh sifatida, shaxsiy ishlari yoki mazkur Yo‘riqnomaning 15-bandida nazarda tutilganidan boshqa maqsadlarda olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatga chiqib ketgan, shuningdek mamlakat orqali tranzit o‘tib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik muassasalarida konsullik ro‘yxatiga olinmaydi.
15. Vaqtincha konsullik ro‘yxati 4 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtiriladi.
Xususan, xorijda bo‘lish maqsadlardan kelib chiqqan holda vaqtincha konsullik ro‘yxati quyidagi muddatlarga rasmiylashtiriladi:
xizmat safari — xizmat safari davomiyligi muddatiga;
o‘qish — o‘qish muddatiga;
davolanish — tibbiy xizmatdan foydalanish yoki davo muolajalari muddatiga;
ishlash — mehnat shartnomasi muddatiga;
o‘z oilasi bilan birlashishga — 4 yilgacha.
16. Xorijda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik muassasasi ro‘yxatiga olinish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqasi (interaktiv xizmatlar veb-portali orqali elektron ro‘yxatga olish varaqasini to‘ldirishning imkoniyati bo‘lmaganda mazkur Yo‘riqnomaning 1 va 3-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha ariza va ro‘yxatga olish varaqasi) to‘ldiriladi;
pasport (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasporti yoki harakatlanish hujjati (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining (biometrik pasport, nobiometrik pasport, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati bo‘lmaganda) asli (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijiy davlat qonunchiligi talablariga muvofiq (viza, yashab turish hujjati, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, ma’lumotnomalar va shu kabilar) bo‘lib turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat;
3 x 4 sm o‘lchamdagi 1 dona fotosurat (elektron ro‘yxatga olish varaqasini to‘ldirishning imkoni bo‘lmaganda);
xorijga xizmat safariga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun buyruq yoki xizmat safari guvohnomasining nusxasi;
xorijga o‘qishga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun o‘qish joyidan ma’lumotnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar;
xorijga davolanishga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi yoki bo‘lib turgan mamlakat tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tibbiy hujjatlar (tibbiy ma’lumotnoma, tibbiy muassasa taklifnomasi va shu kabilar);
xorijga ishlashga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ish joyidan ma’lumotnoma yoki mehnat shartnomasidan nusxa;
nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnomaning (oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga chiqib ketgan fuqarolar uchun) hamda voyaga yetmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari (birgalikdagi nikohdan bolalar bo‘lganda) nusxalari;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik hisobiga qo‘yish uchun interaktiv konsullik xizmatlar veb-portali orqali murojaat qilganda yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning “PDF” formatida skaner qilingan nusxalari tizimga joylashtiriladi.
17. Mazkur Yo‘riqnomaning 16-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan vaqtning o‘zida konsullik mansabdor shaxsi:
pasportga (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga imzo qo‘yadi, konsullik muassasasining muhrini bosadi va konsullik ro‘yxatiga olish sanasini ko‘rsatgan holda “(konsullik muassasasining nomi va uning joylashgan manzili)da 20 ___ yil “___” ______ dan 20 ___ yil “___” ______ gacha vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olindi” degan yozuvni qayd qiladi;
YAAHT ma’lumotlar bazasiga vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron pochta manziliga vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi tegishli xabarnomani jo‘natadi.
Konsullik mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lib turgan mamlakatida yashashni davom ettirish istagi bo‘lganda, vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olish muddatining tugashidan bir oy oldin uni uzaytirish uchun murojaat qilish zarurligi haqida, shuningdek vaqtincha konsullik ro‘yxati muddati tugagunga qadar murojaat qilinmaganda uning konsullik hisobidan chiqarilishi haqida ogohlantiradi.
4-bob. Xorijda doimiy yoki vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatidan chiqarish
18. Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin:
boshqa konsullik okrugiga doimiy yashashga chiqib ketganda;
xorijda vaqtincha bo‘lib turish muddati tugaganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda (fuqarolikni yo‘qotganda);
vafot etganda.
19. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan chiqish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza to‘ldiradilar hamda shaxsan yoki ishonchli vakil orqali konsullik muassasasiga murojaat qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan chiqish uchun shaxsan kelishining imkoni bo‘lmaganda, ariza konsullik muassasasiga pochta yoki elektron pochta manzili orqali konsullik mansabdor shaxsini xabardor qilish va uning kelib tushgani tasdig‘ini olish sharti bilan yuborilishi mumkin.
20. Konsullik ro‘yxatidan chiqarishda konsullik mansabdor shaxsi tomonidan arizachining ro‘yxatga olish varaqasiga (elektron ro‘yxatga olish varaqasiga) tegishli yozuv kiritiladi va uning pasportiga (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga ro‘yxatdan chiqarilganlik to‘g‘risida shtamp, konsullik muassasasining gerbli muhri va konsullik mansabdor shaxsining imzosi qo‘yiladi.
Interaktiv xizmatlar veb-portali orqali konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatidan chiqarish tegishli xabarnomani ularning elektron pochta manziliga yuborish orqali elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
21. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash joyini, shuningdek, ish, o‘qish yoki xizmat safari joyini olti oydan ortiq muddatga o‘zgartirganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasiga qarashli boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tgan taqdirda oldingi yashash joyidagi konsullik ro‘yxatidan (doimiy, vaqtinchalik) chiqishlari hamda yangi kelgan joylarida konsullik ro‘yxatiga olinishlari lozim.
Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar oldingi yashash joyidagi konsullik ro‘yxatidan (doimiy, vaqtinchalik) chiqmasdan turib boshqa konsullik okrugiga ko‘chib o‘tganda konsullik mansabdor shaxsi uni mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza asosida uning pasportiga (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi shtampni (gerbli muhrdan foydalanmay) qo‘yish yo‘li bilan uni konsullik ro‘yxatidan chiqaradi va shundan so‘ng konsullik ro‘yxatiga kiritadi.
22. Konsullik mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatidan chiqarilgani to‘g‘risidagi xabarnomani uning oldingi yashash joyidagi konsullik muassasasiga mazkur konsullik harakati amalga oshirilgan kuni (konsullik muasasasining elektron pochtasi yoki boshqa texnik aloqa vositalari orqali) yuboradi.
Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatiga qo‘yilganining haqiqiyligiga shubha paydo bo‘lganda konsullik mansabdor shaxsi u avval ro‘yxatda turgan konsullik muassasasi bilan elektron pochta yoki boshqa texnik aloqa vositalari orqali bog‘lanib tekshirishi mumkin.
23. Konsullik ro‘yxatidan chiqarish va unga kiritish tartibi bir davlat hududi chegarasida boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham tatbiq etiladi. Bunday holatlarda arizachilardan haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmaydi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
24. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan hollarda ular konsullik ro‘yxatidan chiqish uchun TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qiladilar.
5-bob. Yakuniy qoidalar
25. Konsullik muassasasi yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha TIVga mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha doimiy va vaqtincha konsullik hisobiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqida ma’lumotlar taqdim etadi.
26. Mazkur Yo‘riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 1-ILOVA
__________________________________ dagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsuli (konsuli, vitse-konsuli, konsullik agenti)ga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) ______________________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi ___________________________________ dan 20____ yil “____” _____________ da tug‘ilgan _____________________________ manzilida doimiy yashovchi pasport (xorijga chiqish pasporti/harakatlanish hujjati) seriyasi _____ raqami ___________________
A R I Z A
Meni doimiy/vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga qo‘yishingizni so‘rayman.
Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 2-ILOVA
Konsullik ro‘yxatiga qo‘yish sanasi:________________________; Konsullik ro‘yxatidan chiqarish sanasi:______________________
Xorijda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni RO‘YXATGA OLISH VARAQASI
Rasm uchun joy 3x4 sm
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.) (agar familiya yoki ism o‘zgartirilgan bo‘lsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar ko‘rsatilishi lozim)
2. Tug‘ilgan yili, oyi, kuni
3. Tug‘ilgan joyi
4. Millati
5. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi
6. O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili
7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni
8. Ish joyi va lavozimi
9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati
(Konsullik ro‘yxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)
Konsulning imzosi
Konsullik ro‘yxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” _________________________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 3-ILOVA
Konsullik ro‘yxatiga qo‘yish sanasi:________________________; Konsullik ro‘yxatidan chiqarish sanasi:______________________
Xorijda vaqtinchalik yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni RO‘YXATGA OLISH VARAQASI
Rasm uchun joy 3x4 sm
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.) (agar familiya yoki ism o‘zgartirilgan bo‘lsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar ko‘rsatilishi lozim)
2. Tug‘ilgan yili, oyi, kuni
3. Tug‘ilgan joyi
4. Millati
5. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi
6. O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili
7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni
8. Ish joyi va lavozimi
9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati
(Konsullik ro‘yxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)
Konsulning imzosi
Konsullik ro‘yxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” _________________________
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 4-ILOVA
Xorijda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni
ELEKTRON RO‘YXATGA OLISH VARAQASI
Rasm uchun joy 3x4 sm
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.)
(agar familiya yoki ism o‘zgartirilgan bo‘lsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar ko‘rsatilishi lozim)
2. Tug‘ilgan yili, oyi, kuni*
3. Tug‘ilgan joyi*
4. Millati*
5. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi*
6. O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili*
7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni
8. Ish joyi va lavozimi
9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati*
10. JSHSHIR
* Mazkur bandlar avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
_________________________________________
_________________________________
(Konsullik ro‘yxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)
Konsulning imzosi
Ro‘yxatdan o‘tkazish raqami: ________________
Konsullik ro‘yxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” ________________________
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 5-ILOVA
Xorijda vaqtinchalik yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni
ELEKTRON RO‘YXATGA OLISH VARAQASI
Rasm uchun joy 3x4 sm
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.)
(agar familiya yoki ism o‘zgartirilgan bo‘lsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar ko‘rsatilishi lozim)
2. Tug‘ilgan yili, oyi, kuni*
3. Tug‘ilgan joyi*
4. Millati*
5. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi*
6. O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili*
7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni
8. Ish joyi va lavozimi
9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati*
10. JSHSHIR
* Mazkur bandlar avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
_________________________________________
_________________________________
(Konsullik ro‘yxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)
Konsulning imzosi
Ro‘yxatdan o‘tkazish raqami: ________________
Konsullik ro‘yxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” ________________________
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3218-1, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)
Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 6-ILOVA
__________________________________ dagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsuli (konsuli, vitse-konsuli, konsullik agenti)ga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) ______________________________________ (familiyasi) __________________________________ dan (ismi va otasining ismi) 20____ yil “___” _____________ da tug‘ilgan ________________________ manzili bo‘yicha doimiy yashovchi pasport (xorijga chiqish pasporti/harakatlanish hujjat) seriyasi ________ raqami ________________ _______ yil “____” __________ dan (doimiy/ vaqtinchalik) konsullik ro‘yxatida turaman
A R I Z A
____________________________________________________________________________________ sababli,
(boshqa konsullik okrugiga ko‘chib ketishi yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytishi va shu kabi sabablar ko‘rsatiladi)
Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 7-ILOVA
20___ yilning _____ yarim yilida/yakunida O‘zbekiston Respublikasining ______________________________________________ dagi konsullik muassasasida
(bo‘lish (bo‘lib turgan) davlati)
doimiy va vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning soni to‘g‘risida M A ’ L U M O T
T/r
Doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning soni
Vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning soni
1.
Konsullik ro‘yxatiga olinganlar
Jami konsullik ro‘yxatida turuvchilar
Konsullik ro‘yxatiga olinganlar
Jami konsullik ro‘yxatida turuvchilar
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3218/0164-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)