Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.02.2023
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-19]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-son “Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi karor qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-dekabr,
33/6-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 28-dekabrdagi 33/6-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bank hisobvarag‘i shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati bo‘yicha bank omonati shartnomasi) bank va uning mijozlari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan yozma shaklda yoki masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali oferta shartnomasini tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.”;
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar “soliqlar va yig‘imlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 8-banddan beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Bank mijozlari bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari bank hisobvaraqlarini ochish uchun asos bo‘lgan mazkur Yo‘riqnomada belgilangan barcha hujjatlar hamda ushbu hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar nusxalari har bir mijoz uchun ochilgan yuridik yig‘majildlarda saqlanadi.
Yuridik yig‘majildlardagi ma’lumotlar elektron shaklda bankning maxsus dasturiy ta’minotlari orqali har bir mijoz bo‘yicha shakllantirilishi mumkin.”.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:”;
“d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;”.
5. 17-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Rezident jismoniy shaxslar bankning masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali bank xisobvarag‘i ochishlari mumkin, bunda bank rezident jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash va lozim darajada tekshirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni amalga oshirishi lozim.
Bank boshqa bankda ochilgan bank hisobvaraqlariga ega bo‘lgan rezident jismoniy shaxslarga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali depozit hisobvaraqlarini ochish uchun ushbu rezident jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash va lozim darajada tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
Rezident jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) elektron nusxada saqlanishi mumkin.”.
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 16-bandida keltirilgan hujjatlar;”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 24-band “hisobvarag‘i ochiladi” degan so‘zlardan keyin “, kredit masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali rasmiylashtirish hollari bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8. 39-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Budjetdan mablag‘ oluvchilar, rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari, faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari ta’sis hujjatlarida (ta’sis shartnomasida, ustavda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar (muassislar, a’zolar yoki boshqa ma’lumotlar) o‘zgargan taqdirda, ular ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxasini bankka taqdim qiladi.”.
9. 47-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan harakatsiz holatga o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarilgan kundan e’tiboran bank hisobvarag‘i shartnomasi bekor qilinadi.”.
10. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlarini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.”.
11. 49-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/1948-19/0148-son)