Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.12.2024
Hujjat 05.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining
buyrugʻi
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1458-5]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi 25-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3555, 25.09.2024-y.) asosan 2024-yil 28-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 25-fevraldagi 59-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 10-11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor D. SATTAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-yanvar,
4-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 4-son buyrugʻiga
ILOVA
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 18-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.”.
2. 43-bandning birinchi xatboshisidan “sertifikat aslining egasi yoki sertifikatni bergan idora, yoxud notarial idora tomonidan imzo qoʻyib tasdiqlangan va muhrlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 7-ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga
7-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATLASHTIRISH
‎ MILLIY TIZIMI
‎‎

(Sertifikatlashtirish idorasi nomi, manzili, Davlat reyestrdagi raqami)‎‎

№ ‎

MUVOFIQLIK SERTIFIKATI‎‎‎

yildan son bilan
(milliy muvofiqlik belgisi)‎‎‎ Davlat reyestrida roʻyxatga olingan‎‎‎
‎‎Amal qilish muddati
yilgacha‎

‎‎TIF TN kodi

‎‎(maʼlumot uchun)

(tashkilot nomi, ishlab chiqaruvchi mamlakat)‎‎

‎‎Ushbu sertifikat tegishli ravishda identifikatsiyalangan mahsulot:‎‎‎
‎‎(nomi, turi, xili, rusumi)

‎‎(miqdori yoki seriyali ishlab chiqarilishi)‎

‎‎normativ hujjat talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Sertifikatlashtirish sxemasi:‎
‎‎Murojaatchi (ishlab chiqaruvchi, sotuvchi):‎

‎‎(keraklisi tagiga chizilsin)

‎‎(amaldagi va yuridik manzili)

‎‎Sertifikat quyidagilarga asosan berildi:‎
‎‎a) hujjatlar‎
‎‎b) namunalar sinovi
‎‎v) ishlab chiqarishni tekshirish dalolatnomasi
‎‎Inspeksion nazoratni davriylik bilan amalga oshiradi.‎‎
Alohida yozuvlar:‎‎
‎‎Muvofiqlik belgisi qoʻyiladi:
‎‎Sertifikatlashtirish organi rahbari‎ ‎‎(imzo) (F.I.O.) ‎
‎‎Ekspert (imzo) (F.I.O.)‎

(orqa tomoni)‎‎

‎‎NATSIONALNAYA SISTEMA SERTIFIKATSII
‎RESPUBLIKI UZBEKISTAN ‎

‎‎(naimenovaniye organa po sertifikatsii, adres, № v Gosudarstvennom reyestre)

№ ‎

‎‎SERTIFIKAT SOOTVETSTVIYA

‎‎Zaregistrirovan v Gosudarstvennom reyestre
ot‎
‎‎(natsionalniy znak sootvetstviya)‎ №‎
Deystvitelen do
‎‎Kod TN VED
‎‎(spravochno)‎

‎‎(naimenovaniye predpriyatiya, strana-izgotovitel)‎

‎‎Nastoyashiy sertifikat udostoveryayet, chto identifitsirovannaya doljnim obrazom produksiya:

‎‎(naimenovaniye, tip, marka)

‎‎(kolichestvo ili seriynoye proizvodstvo)‎

‎‎sootvetstvuyet trebovaniyam normativnoy dokumentatsii.‎‎
‎‎Sxema sertifikatsii:‎
‎‎Zayavitel (izgotovitel, prodavets):
‎‎(nujnoye podcherknut)

‎‎(fakticheskiy i yuridicheskiy adres)

‎‎Sertifikat vidan na osnovanii:
a) dokumentov
‎‎b) ispitaniya obrazsov
‎‎v) akt proverki proizvodstva
‎‎Inspeksionniy kontrol osushestvlyayet s periodichnostyu:
‎‎Osobie otmetki:
‎‎Znak sootvetstviya prostavlyayetsya:
‎‎Rukovoditel organa po sertifikatsii

(podpis)‎‎‎

(F.I.O.)‎
M.P.‎
Ekspert

‎‎(podpis)

‎‎(F.I.O.)”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son)