Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.02.2023
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 23-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1863-8]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-son “Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori (ro‘yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-dekabr,
33/7-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-dekabrdagi 33/7-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda bank mijozlariga xos raqam berish hamda ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish va mijozlar hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish tartibini belgilaydi.”.
2. 3-banddagi “boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar “yig‘imlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “80000001” raqami “60000001” raqami bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha pul mablag‘lari tushmaganda tijorat banklari tomonidan uch ish kuni ichida u hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron ma’lumot taqdim etiladi.”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan ushbu ma’lumotlar to‘g‘risida BDMABga, BDMABdan esa Davlat soliq qo‘mitasi uchun elektron xabarnoma shu kunning o‘zida uzatiladi.”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, BDMAB bazasiga “25” belgisi qo‘yib jo‘natilgan 3-so‘rov turi, faqat davlat soliq organlariga moliya-xo‘jalik faoliyatini to‘qqiz oy mobaynida amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari to‘g‘risida ma’lumot kiritib qo‘yiladi.”.
5. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha pul mablag‘lari tushmagan tijorat tashkiloti bo‘yicha ma’lumot jo‘natilgandan so‘ng, uning faoliyati qayta tiklanganda, 4-so‘rov “26” belgisi bilan faoliyati qayta tiklangan sanasi ko‘rsatilgan holda shakllantirilib, xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan BDMABga, BDMABdan esa davlat soliq organlariga elektron ma’lumot uzatiladi.
Bunda, BDMAB bazasiga “26” belgisi qo‘yib jo‘natilgan 4-so‘rov turi, faqat davlat soliq organlariga moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyati qayta tiklanganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritib qo‘yiladi.”.
6. 58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Mijozning asosiy depozit, ssuda va maxsus (232XX) tranzit hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun 8-so‘rov turini shu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bank filiallari yuborishi mumkin. Hisobvaraqlar to‘g‘risida olingan ma’lumotlar “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida sir saqlanishi lozim.”.
oltinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“25” belgi — to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bo‘yicha ma’lumot Davlat soliq qo‘mitasi hamda barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
“26” belgi — to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotining faoliyati qayta tiklanganda BDMABga uzatiladi.”.
8. 5-ilovaning izohidagi “mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan “2”, “3”, “4”, “6”, “7”, “8”, “9”, “21”, “23” degan so‘zlar “mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan “2”, “4”, “7”, “8”, “9”, “21”, “23”, “25” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 6-ilovaning izohidagi “mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan “12”, “13”, “14”, “16”, “17”, “18”, “19”, “22”, “24” degan so‘zlar “mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan “12”, “14”, “17”, “18”, “19”, “22”, “24”, “26” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 9-ilovaning izohidagi “mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan “3”, “4”, “6”, “11”, “15”, “18”, “19”, “20” degan so‘zlar “mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan “4”, “11”, “15”, “18”, “19”, “20”, “25” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 10/20/1863-8/0074-son)