|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Mas’ul ijrochilar |
|
I.O‘zbekiston muzeylarining renovatsiyasi | ||||
|
Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun muzeylarning ma’muriy tuzilmasini takomillashtirish | ||||
|
1. |
I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi, Oybek uy-muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’ati muzeyining (keyingi o‘rinlarda muzeylar deb ataladi) rahbarlik lavozimlariga xalqaro mutaxassislarni jalb etgan holda ochiq tanlovlar o‘tkazish. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-2021-yillar |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Muzeylarda quyidagilarni nazarda tutuvchi Dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash: muzeylarga ishga qabul qilishda nomzodlarni tanlovdan o‘tkazish tartibi; asosiy sifat ko‘rsatkichlari asosida har chorakda muzeylar xodimlari faoliyatni baholash; tashrif buyuruvchilarga yo‘naltirilgan biznes-jarayonlar; aktivlar va xodimlarni boshqarishning samarali modeli. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
Muzeylarning joriy holatini tahlil qilish | ||||
|
3. |
Yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda muzeylar kolleksiyalari va muzeylar infratuzilmasini tahlil qilish, shu jumladan, xatlovdan o‘tkazish va moliyaviy auditni amalga oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
4. |
Muzeylar infratuzilmasi sifati darajasini oshirish, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarning muzeylarga kirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobot tuzish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
5. |
Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda muzeylarni rivojlantirish bo‘yicha yillik marketing rejasini tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
6. |
Tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini muntazamlik asosida tahlil qilish jarayonlarini joriy etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimo |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
Kolleksiyalarni boshqarish, eksponatlarni saqlash va konservatsiya qilish tizimini takomillashtirish | ||||
|
7. |
Muzeylar kolleksiyalarining elektron katalogini yuritish tizimini joriy qilish (tegishli shartnomalar tuzish). |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
8. |
Muzeylar kolleksiyalarini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
Muzeylar kolleksiyalarini saqlash va konservatsiya qilish siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
Muzeylar restavratsiyasi ishlarining reja-jadvalini tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
Infratuzilmani takomillashtirish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar interaktivligini oshirish | ||||
|
11. |
“Google Arts & Culture” axborot portaliga muzeylar kolleksiyalarining raqamlashtirilgan tasvirlarini kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
12. |
Ko‘p tilli audio-gidlar o‘rnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi |
|
13. |
Xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb etgan holda smart-texnologiyalarni joriy etish asosida ekspozitsiyalarni ishlab chiqish (tegishli shartnomalar tuzish). |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy asosda |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
Rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va moddiy-texnik jihozlash | ||||
|
14. |
Rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari, zarur uskunalarni xarid qilish bo‘yicha reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
Aholining muzey eksponatlari bilan tanishishi uchun infratuzilmani yaratish | ||||
|
15. |
Imkoniyati cheklangan shaxslar, keksa yoshdagi tashrif buyuruvchilar, maktab yoshidagi bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarning muzeylarga kirishi va ularga xizmat ko‘rsatishning inklyuziv usullari dasturini ishlab chiq�sh va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Muzeylarda inklyuzivlik dasturini amalga oshirish. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2021-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
O‘zini o‘zi ta’minlash tamoyiliga asoslangan muzeylarni moliyalashtirish modelini joriy qilish | ||||
|
17. |
Doimiylik asosida muzey ishiga tadbirkorlik faoliyatini joriy etish, shu jumladan, muzeylarda mavzuga oid va umumiy esdalik buyumlari, ish yuritish va bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotuvini tashkil etish, ma’ruzalar, mahorat darslari ko‘rinishida ta’lim-axborot tadbirlarini o‘tkazish, ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish qilish bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi |
|
Muzeylar huzurida akademik tadqiqotlarni rivojlantirish | ||||
|
18. |
Akademik tadqiqotlarning yo‘nalishi va mavzularini tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
19. |
Muzeylarda akademik tadqiqotlar bo‘yicha, shu jumladan mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilgan holda grant dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
20. |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Restavratsiya ilmiy-tadqiqot markazida restavratsiya faoliyati bo‘yicha kurslarni joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasiningqarori |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi faoliyatini takomillashtirish | ||||
|
21. |
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosining rekonstruksiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur xarajatlarni 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil dekabr |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Moliya vazirligi |
|
22. |
Smitson institutining (AQSh) tavsiyalari asosida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi kolleksiyalarini, ma’muriy-xo‘jalik boshqaruvini, texnik sharoitlarni va infratuzilmani tahlil qilish. Xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish, yakuniy xulosani va tavsiyalarni taqdim qilgan holda tadqiqot ishlarini o‘tkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
23. |
Jahonga mashhur arxitektor Tadao Andoning “Tadao Ando Architect & Associates” arxitektorlik byurosini (Yaponiya) jalb qilgan holda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosining arxitektura dizaynini ishlab chiqish. Shartnomalar tuzish, homiylik xayriyalarini va grantlarni jalb qilish, dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
24. |
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyini rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishning boshqa manbalarini aniqlash. Binoni rekonstruksiya qilishning umumiy qiymatini ko‘rib chiqish uchun Moliya vazirligiga kiritish, homiylik xayriyalarini jalb qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi |
|
25. |
O‘zbek�ston Davlat san’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha shartnomalar tuzish, binoni rekonstruksiya qilish maqsadida ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha shartnomalarni tuzish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi |
|
26. |
Rekonstruksiya qilish davrida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi madaniy aktivlarini ko‘chirish va saqlanishini ta’minlash. Aktivlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni saqlash joylarini aniqlash va aktivlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha texnik talablarga muvofiqlashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi |
|
27. |
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi madaniy aktivlarini restavratsiya qilish. Madaniy aktivlarni restavratsiya qilish uchun yetakchi xorijiy restavratorlar bilan shartnomalar tuzish masalasini o‘rganish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
28. |
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish. Maslahat va boshqa xizmatlarni xarid qilish, binoni rekonstruksiya qilish uchun pudratchilar bilan shartnomalar tuzish, rekonstruksiya davrida muzey kolleksiyalarini maxsus tanlangan bino/xonaga joylashtirish, bino rekonstruksiyasini amalga oshirish, muzey uchun zarur uskuna va texnik vositalarni sotib olish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-2021-yillar |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
29. |
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi faoliyatini takomillashtirish. |
Ishchi guruh bayoni |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
30. |
Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi kolleksiyalarini reekspozitsiya qilish bo‘yicha tegishli ishlarni bajarish. Muzeyning doimiy ekspozitsiyasini yaratish uchun yetakchi xorijiy muzey mutaxassislarini jalb qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi |
|
III. Sobiq knyaz Romanov qarorgohini rekonstruksiya qilish va faoliyatini ta’minlash | ||||
|
31. |
Obyekt binosini ta’mirlashning reja-konsepsiyasini ishlab chiqish. Obyekt binosi dizayni va uni restavratsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni bajarishga qurilish sohasidagi yetakchi xorijiy kontraktlar tuzuvchilar bilan shartnomani imzolash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
32. |
Obyekt binosini restavratsiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma tuzish, loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi |
|
33. |
Xorijiy ekspertlarni, shu jumladan, YUNESKO mutaxassislarini jalb qilgan holda Toshkent shahar, Sayilgoh ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan knyaz Romanov qarorgohi (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) binosini (texnik shartlari va infratuzilmasini) o‘rganish va obyektni ma’muriy-xo‘jalik boshqarish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. Obyekt kolleksiyasini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi fondlarini o‘rganish. Xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish, yakuniy xulosa va tavsiyalar taqdim etgan holda tadqiqot ishlari olib borish, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi fondlaridan obyekt binosida ekspozitsiya zallarini tashkil etish uchun tadqiqotlar o‘tkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
34. |
Obyekt negizida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi filialini tashkil etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
35. |
Moddiy madaniy meros obyektl�rini saqlashni ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga muvofiq obyekt binosini restavratsiya qilish ishlarini bajarish. Binoni restavratsiya qilish ishlarini bajarishga kontrakt tuzuvchilar bilan shartnomalar tuzish, kolleksiyalarni obyektda joylashtirish, binoni rekonstruksiya qilish ishlarini amalda bajarish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
36. |
Obyektni moddiy-texnik jihozlash. Obyektni, shuningdek, ekspozitsiya zallarini jihozlash uchun texnik aktivlarni xarid qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
|
37. |
Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi fondlaridan kolleksiyalarni obyekt binosida ekspozitsiyaga qo‘yish ishlarni bajarish. Obyektning doimiy ekspozitsiyasini tashkil qilish uchun yetakchi xorijiy muzey mutaxassislarini jalb etish. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
2-ILOVA
|
1. |
B. Sayfullayev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, ishchi guruh rahbari |
|
2. |
A. Vial |
— |
Luvr muzeyining diplomatik maslahatchisi, xalqaro munosabatlar bo‘yicha Luvr muzeyi prezidentining yordamchisi (Parij shahri) (kelishuv bo‘yicha) |
|
3. |
Z. Tregulova |
— |
Davlat Tretyakov galereyasining direktori (Moskva shahri) (kelishuv bo‘yicha) |
|
4. |
lavozim bo‘yicha |
— |
Smitson instituti (AQSh) xodimi (kelishuv bo‘yicha) |
|
5. |
M. Yuldasheva |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti arxitektura bo‘limi mudiri |
|
6. |
G. Umerova |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktorining o‘rinbosari |