Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 23-fevraldagi 161-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-dekabr,
989-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-son qaroriga
1-ILOVA
Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining doimiy asosda ishlaydigan maslahat organi hisoblanadi, yer qaʼridan foydalanish shartlarini tegishli ravishda ishlab chiqishni taʼminlash va investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar tomonidan istiqbolli maydonlarni geologik oʻrganish va strategik foydali qazilma turlariga ega konlarni oʻzlashtirish sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish vazifalari va funksiyalari yuklangan vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Komissiya yer qaʼridan foydalanish shartlarining asoslangan va vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan loyihalarini ishlab chiqish hamda istiqbolli maydonlarni geologik oʻrganish va strategik foydali qazilma turlariga ega konlarni oʻzlashtirish sohasida quyidagi bitimlar doirasidagi investitsiya loyihalarining oshirilishiga koʻmaklashadi:
geologik oʻrganish toʻgʻrisida bitimlar;
konlarni ishlatish toʻgʻrisida bitimlar;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar;
konsessiya bitimlari.
3. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqishda va investorlar bilan tegishli bitimlar loyihalarini koʻrib chiqishda vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan samarali oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
investitsiya loyihalarining dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari asosida ishlab chiqilgan yer qaʼri uchastkalarini bitimlar doirasida investorlarga taqdim etish boʻyicha ochiq savdolarning boshlangʻich shartlarini kelishish;
investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash asosida bitim shartlari boʻyicha investorlarga beriladigan yer qaʼridan foydalanish shartlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishi va tegishli bitimlar loyihalari ekspertizasini tashkil etish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, yer qaʼridan foydalanish boʻyicha belgilangan shartlarga muvofiqligini baholash;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
bitim shartlariga muvofiq investorga taqdim etiladigan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini tasdiqlash uchun, shuningdek, bitimni imzolash maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqishda va investorlar bilan tegishli bitimlar loyihalarini koʻrib chiqishda vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan samarali oʻzaro hamkorlikni tashkil etish sohasida:
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillarini jalb etgan holda, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish jarayonini va bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi yigʻilishlarni tashkil etadi, shuningdek, ularni ishlab chiqishni yakunlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilaydi;
vakolatli davlat organi tomonidan investor bilan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini va bitimlar loyihalari muhokamasi boʻyicha olib boriladigan muzokaralarda ishtirok etadi;
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari va bitimlar loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini taʼminlash ishlarini, shuningdek, Komissiya vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni muvofiqlashtiradi;
b) investitsiya loyihalarining dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari asosida ishlab chiqilgan yer qaʼri uchastkalarini bitimlar doirasida investorlarga taqdim etish boʻyicha ochiq savdolarning boshlangʻich shartlarini kelishish sohasida:
investorga foydalanish uchun beriladigan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish muddatlarini;
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq geologik oʻrganish (qidiruv va izlash), yer qaʼrini, atrof-muhitni muhofaza qilish va ishlarni xavfsiz yuritish sohasidagi talablarni;
bitimlar doirasida investorning rejalashtirilgan faoliyatining atrof-muhitga taʼsirini baholash shartlarini;
bitimlarni amalga oshirish doirasida mahalliy ishchilarni yonlash shartlarini;
investor tomonidan tijorat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma zaxiralariga ega yangi konlar aniqlanganda, foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish shartlarini;
tijorat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma zaxiralariga ega yangi konlar aniqlangan taqdirda, geologik oʻrganishlar uchun yoʻl qoʻyiladigan xarajatlarni qoplash shartlarini;
yer qaʼri uchastkasini (uchastkaning bir qismini) unda foydali qazilma konlarini ochishning istiqbolsizligi aniqlanganda, qaytarish shartlarini;
investor tomonidan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish va bosqichma-bosqich qaytarish tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
investorga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani berish shartlarini;
(6-band “b” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
yer qaʼri uchastkalari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bobi.
v) investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash asosida bitim shartlari boʻyicha investorlarga beriladigan yer qaʼridan foydalanish shartlarini belgilash sohasida:
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish uchun bir marotaba toʻlanadigan toʻlovlar (bonus) miqdorlari va toʻlash tartibi boʻyicha takliflarni;
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish soligʻi, daromad soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanish soligʻi, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining stavkalari boʻyicha takliflarni;
investorga foydalanish uchun beriladigan yer qaʼri uchastkasida olib borilgan qidiruv, razvedka ishlari va boshqa tadqiqot natijalari (geologik va boshqa maʼlumotlar) uchun sarflangan xarajatlarni qoplash miqdorini;
alohida bitimlarni amalga oshirish jarayonida investor tomonidan sarflangan xarajatlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan mahsulot ulushini aniqlash tartibini;
alohida bitimlarni amalga oshirish doirasida mahsulotni taqsimlash tartibi va mexanizmini ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishi va tegishli bitimlar loyihalari ekspertizasini tashkil etish, ularning Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, yer qaʼridan foydalanish boʻyicha belgilangan shartlarga muvofiqligini baholash sohasida:
(6-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tegishli vazirlik, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarida ularning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha investitsiya loyihalarini, shu jumladan investor tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashni va bitim loyihasining ekspertizasini oʻtkazishni tashkil etadi;
ekspertiza natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi, zarur hollarda, ularni vakolatli davlat organi hamda investor ishtirokida koʻrib chiqadi;
zarur hollarda, investor, vakolatli davlat organi, manfaatdor vazirlik, idoralar hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari ishtirokida investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini va bitim loyihasining qayta koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
d) bitim shartlariga muvofiq investorga taqdim etiladigan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini tasdiqlash uchun, shuningdek, bitimni imzolash maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish sohasida:
investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashni va bitim loyihasini ekspertizadan oʻtkazish natijalari asosida investorga bitim shartlari asosida beriladigangan yer qaʼri uchastkasidan yoki bir nechta uchastkalardan foydalanish boʻyicha ishlab chiqilgan shartlarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
tegishli bitimni tuzishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida bitimni va investitsiya loyihasini amalga oshirishning asosiy shartlari loyihasi ilova qilingan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyaga bitimlar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishni yuklashi mumkin.
3-bob. Komissiyaning huquqlari va javobgarligi
8. Komissiya unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, ixtisoslashgan ilmiy, loyiha va boshqa tashkilotlarga bitimlarga bogʻliq boʻlgan materiallarni ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish;
Komissiya ishiga tegishli sohadagi mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlarni tuzish;
vakolatli davlat organi vakillari, investorlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar, ilmiy, loyiha tashkilotlari va boshqa xoʻjalik subektlarining rahbarlari va mutaxassislarini Komissiya yigʻilishlariga taklif etish va koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha ularning axborotlarini eshitish;
bitimlar loyihalari shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida vakolatli davlat organi, investor bilan kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashni va bitim loyihasini ekspertizadan oʻtkazish natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish asosida vakolatli davlat organiga qayta ishlash uchun qaytarish;
bitim shartlari asosida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va boshqa axborotlarni belgilangan tartibda vakolatli davlat organidan soʻrash va olish;
Komissiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha uning majlislarida Komissiya aʼzolarini eshitish;
zarur boʻlgan holda, bitim shartlari asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalarni tezkor koʻrib chiqishda vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalariga koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyaga uning samarali ishlashi uchun hamda unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa huquqlarni ham berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Komissiya qabul qilingan qarorlarining natijalari va oqibatlari boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
10. Komissiyaga rais rahbarlik qiladi va uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Komissiya majlislarini chaqirish va kun tartibini belgilash;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosining nazoratini tashkil etish;
Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarishda uning aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qilish;
Komissiyaning samarali ishlashini taʼminlash maqsadida boshqa harakatlarni amalga oshirish.
11. Komissiya oʻz faoliyatini Komissiya raisi tomonidan uning aʼzolari bilan kelishilgan holda tasdiqlangan ish reglamentiga muvofiq tashkil etadi.
12. Komissiya majlisini rais, Rais boʻlmaganda uning oʻrinbosari boshqaradi. Komissiya majlisi komissiya aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ishtirok etganda qonuniy deb hisoblanadi.
13. Komissiya raisi bilan kelishilgan holda, obyektiv sabablarga koʻra majlisda qatnasha olmaydigan Komissiya aʼzolari ularning ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan vakolatli vakillari bilan almashtirilishi mumkin.
14. Komissiyaning ishchi organi funksiyalarini quyidagilar amalga oshiradi:
yer qaʼridan foydalanish shartlarini koʻrib chiqish va uglevodorod xomashyosi konlarini ishlatish sohasidagi bitim loyihalarini tayyorlash masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;
yer qaʼridan foydalanish shartlarini koʻrib chiqish va istiqbolli maydonlarni geologik oʻrganish va strategik foydali qazilma turlariga ega konlarni oʻzlashtirish sohasidagi bitim loyihalarini tayyorlash masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi.
15. Ishchi organ unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash materiallari va bitimlar loyihalarini, shuningdek, boshqa materiallarni Komissiya tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qiladi;
koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha mustaqil ekspertlar xulosalarini oʻz vaqtida taqdim etilishi, toʻliqligi va xolisona boʻlishini nazorat qiladi;
Komissiyaga taqdim etilgan materiallar boʻyicha vakolatli davlat organidan texnik-iqtisodiy asoslashlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan va yer qaʼri uchastkalariga oid boshqa maʼlumotlarni soʻraydi va oladi.
16. Komissiyaning ishchi organ tomonidan tayyorlangan qarorlari loyihalari zarur materiallar bilan birga Komissiya Raisiga taqdim etiladi va Rais ularni Komissiya majlisida koʻrib chiqish muddatlarini tasdiqlaydi.
17. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihasi, bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida, shuningdek, koʻrib chiqilayotgan boshqa masalalar boʻyicha Komissiya qarorlari Komissiya majlisida mustaqil ekspertlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari vakillari ishtirokida qabul qilinadi.
18. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etgan Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya aʼzolarining ovozlari teng boʻlgan hollarda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinadigan qarorlar boʻyicha oʻzining alohida fikri va taklifini yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.
19. Komissiya raisi ayrim masalalar boʻyicha qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Komissiya aʼzolari bilan soʻrov asosida kelishilgan holda Komissiyaning qarorlarini qabul qilishi mumkin.
20. Komissiya qarorlari Komissiya majlisining bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya majlisining bayoni uning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi, Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Komissiya aʼzolari va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Komissiyaning qarorlari boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
22. Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
23. Komissiyaga jalb qilingan ekspertlarning xizmatlariga haq toʻlash xarajatlari vakolatli davlat organi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
24. Komissiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati asosida tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasining
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Komissiya raisining oʻrinbosari

B.F. Islamov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari

Sh.H. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari

L.Sh. Qudratov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

O.Z. Nasritdinxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

A.K. Abdinazarov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

Sh.K. Mirxadiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi, Komissiya kotibi

Izoh.
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Komissiya ishiga zaruratdan kelib chiqib, vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari hamda tijorat banklari rahbarlari jalb etilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus davlat komissiyasi tarkibi toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 53-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 30-son, 344-modda) 18-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 17-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2005-y., 45-son, 341-modda) 1-ilova 10-bandining sakkizinchi xatboshi va 2-ilovaning 4-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori) (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 39-son, 394-modda) ilovaning 2-bandi va 5-bandining “b” kichik bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori) (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 3-son, 20-modda) 1-ilovaning 14-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni) (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda) 1-ilova 45-bandining “b” kichik bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/989/4145-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)