1-ILOVA
|
|
|
mln soʻm |
|
T/r |
Korxonalarning nomi |
Summa * |
|
Jami respublika boʻyicha, shu jumladan: |
333 197,7 | |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
|
“Kommunallik issilik orayi” DUK |
138,2 | |
|
“Taxiatash issilik tarmaklari” MCHJ |
190,0 | |
|
2. |
Andijon viloyati |
|
|
“Issiqlik manbai” DUK |
211,8 | |
|
3. |
Buxoro viloyati |
|
|
“Issiqlik manbai” DUK |
13 923,5 | |
|
“Buxoroenergomarkaz” DUK |
8 837,1 | |
|
4. |
Jizzax viloyati |
|
|
“Issiqlik manbai” DUK |
184,3 | |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
|
|
“Issiqlik manbai” DUK |
207,2 | |
|
6. |
Namangan viloyati |
|
|
“Issiqlik manbai” DUK |
171,3 | |
|
7. |
Samarqand viloyati |
|
|
“Issiqlik manbai” DUK |
169,4 | |
|
8. |
Surxondaryo viloyati |
|
|
“Issiqlik manbai” ICHB |
110,3 | |
|
9. |
Toshkent viloyati |
|
|
“Issiqlik manbai” ICHB |
4 687,7 | |
|
“Issiqlik energiyasi” ICHK (Chirchiq shahri) |
4 988,1 | |
|
“Issiqlik energiyasi” DUK (Angren shahri) |
18 881,3 | |
|
“Kommunal xizmat koʻrsatish” DK (Angren shahri) |
1 843,9 | |
|
10. |
Fargʻona viloyati |
|
|
“Issiqlik manbai” ICHB |
1 192,5 | |
|
“Kirguli issiqlik manbai” MCHJ |
2 372,6 | |
|
11. |
Xorazm viloyati |
|
|
“Xorazm issiqlik manbai” DUK |
1 645,4 | |
|
12. |
Toshkent shahri |
|
|
“Toshissiqquvvati” DUK |
273 443,1 |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlarning nomi | Amalga oshirish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
1. | Ekspertlarni jalb qilgan holda “Issiqlik taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda quyidagilarni nazarda tutish: aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan toʻla-toʻkis va sifatlitaʼminlashga yoʻnaltirilgan issiqlik taʼminoti sohasini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishni; aholiga koʻrsatilayotgan issiqlik taʼminoti xizmatlari sifatini oshirishga, issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni ragʻbatlantirishga, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan issiqlik taʼminoti sohasidagi davlat tarif siyosatini; issiqlik taʼminoti tizimlarining tarkibi va klassifikatsiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish texnologiya va usullarini, shu jumladan elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan tarzda ishlab chiqarish (kogeneratsiya), shuningdek, ekologiya xavfsizligini taʼminlash va yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali foydalanishni inobatga olgan holda boshqa turdagi energiyani issiqlik energiyasiga aylantirishni; issiqlik taʼminoti subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarni va oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishning zamonaviy usullarini, shuningdek, mazkur sohada shakllangan ijobiy amaliyotni va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda ushbu subyektlarning huquq va majburiyatlarini. Amalga oshirish shakli: Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi | 2020-yil 1-dekabr | — | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Ekspertlarni jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va toʻla miqyosda modernizatsiya qilish strategiyalari loyihalarini, shu jumladan issiqlik taʼminoti sxemalari, issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish rejalari, mazkur strategiyalarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Amalga oshirish shakli: strategiyalar loyihalari va tahliliy maʼlumotnomalar | 2020-yil 1-dekabr | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha) |
3. | Issiqlik taʼminoti xizmatlariga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan shakllantirilayotgan narx (tarif) tarkibiga issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha sarf-xarajatlar kiritilishini nazarda tutish. Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2020-yil 1-iyul | — | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
4. | Issiqlik yuklamalarini hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishga sarflanadigan yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv normalarini, shuningdek, texnologik yoʻqotishlar normalarini aniqlash tartibini bugungi kun holatini inobatga olgan holda takomillashtirish. Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2020-yil 1-iyul | — | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov) |
II. Issiqlik taʼminotini boshqarish tizimini takomillashtirish va ushbu sohadagi xizmatlar sifatini oshirish | ||||
5. | Har bir hududda bittadan qozonxona misolida issiqlik taʼminoti tizimlarining holati va samaradorligini kompleks oʻrganish boʻyicha grafik-reja ishlab chiqish va amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi aniq takliflar kiritish: | Ishlab chiqish: 2019-yil 20-dekabr | Ijrochilarning mablagʻlari | Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha) |
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sarf-xarajatlarini kamaytirishni; magistral va uylarning ichki issiqlik taʼminoti tarmoqlarida amaldagi yoʻqotishlarni qisqartirishni; elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan tarzda ishlab chiqarish (kogeneratsiya) texnologiyasini joriy etish imkoniyatlarini; issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish tizimini, shuningdek, aholiga koʻrsatilayotgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitob mexanizmlarini takomillashtirish. Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma | Amalga oshirish: 2019-yil dekabr — 2020-yil aprel | |||
6. | Hududlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini oʻz vaqtida ishlab chiqish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan: | 2020-2021-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
issiqlik taʼminoti sohasidagi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash; | 2020-yil 1-yanvar | |||
Vazirlar Mahkamasiga loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari va ularni moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida takliflar kiritish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasi, texnik-iqtisodiy asoslar va takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma | har bir loyihaning TIAsi tayyorlanishiga qarab | |||
8. | Issiqlik taʼminoti tizimlari samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirish imkoniyatlari va mexanizmlarini, shu jumladan zarur qurilma va uskunalar xarid qilish uchun lizing mexanizmlaridan qisman garov taʼminoti sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kafolat taqdim etgan holda foydalanish usullarini oʻrganish. Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma | 2020-yil 1-aprel | — | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (O. Nazirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
9. | Aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy manbalardan yagona issiqlik taʼminoti tizimiga issiqlik energiyasini yetkazib berish tizimini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma | 2020-yil 1-sentabr | — | DXSHni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev) |
III. Issiqlik energiyasi va issiq suvni nazorat qilish hamda hisobga olish tizimini takomillashtirish | ||||
10. | Issiqlik taʼminoti korxonalarida issiqlik energiyasi va issiq suvni nazorat qilish hamda hisobga olishning integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Ishlab chiqish: 2020-yil 1-yanvar | Issiqlik taʼminoti korxonalarining oʻz mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev) |
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasi | Amalga oshirish: 2020-2021-yillar davomida | |||
12. | Isteʼmolchilarning oʻz ehtiyojidan kelib chiqqan holda issiqlik isteʼmol qilishni tartibga solish imkoniyatini taʼminlaydigan issiqlikni hisobga oluvchi kvartira ichki asboblarini oʻrnatish uchun koʻp kvartirali uylarni issiqlik energiyasi taqsimlagichlari bilan jihozlash imkoniyatlarini oʻrganish nuqtai nazaridan qurilish normalari va qoidalarini, ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish. Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma | 2020-yil 1-sentabr | — | Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha) |
13. | Energiya yoʻqotilishi manbalari va sabablarini aniqlash, shuningdek, energiya resurslaridan nooqilona foydalanishga barham berish maqsadida hududlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini energetika tekshiruvdan (energiya auditi) oʻtkazish, shu jumladan: | 2020 — 2022-yillar | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari |
2020 — 2022-yillarda hududlar kesimida issiqlik taʼminoti tizimlarini energiya auditidan oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish; | 2020-yil 1-mart | |||
issiqlik taʼminoti tizimlarini energiya auditidan oʻtkazish boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish; | 2020-yil 1-may | |||
energiya auditi sohasida ixtisoslashgan tashkilotlarni belgilangan tartibda jalb qilish; | 2020-yil 1-sentabr | |||
energiya auditi yakunlariga koʻra energiya tejaydigan chora-tadbirlar boʻyicha hududlar kesimida takliflar shakllantirish va ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash. Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar va kelgusida amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish | har bir hudud boʻyicha energiya auditidan soʻng 20 kun ichida | |||
IV. Issiqlik taʼminoti sohasining kadrlar salohiyatini oshirish | ||||
14. | “Kommunaloʻquv” oʻquv-metodik markazi” DUK negizida issiqlik taʼminoti sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha doimiy ishlaydigan kurslar tashkil etish, shu jumladan: taʼlimning ilgʻor amaliyoti va texnologiyasi asosida 3 oydan 12 oygacha muddatli mutaxassislar malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish; soha mutaxassislarini issiqlik taʼminotini boshqarishning zamonaviy usullariga doimiy oʻqitishni tashkil etish uchun xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb etish boʻyicha tizimli choralar koʻrish. Amalga oshirish shakli: oʻquv dasturlari, oʻqitish kurslari | 2020-yil 1-aprel | “Kommunaloʻquv” oʻquv-metodik markazi” DUK mablagʻlari, xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) |
15. | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Qoʻshkoʻpir, Angor, Qarshi va Bekobod tumanlaridagi taʼlim muassasalari negizida taʼlimning ishlab chiqarish bilan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik sohalarida samarali integratsiyalashuvini taʼminlaydigan professional-taʼlim klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar | 2020-yil 1-sentabr | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) |
16. | Issiqlik taʼminoti sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning kasb mahoratini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari,amaliy seminar va treninglar, shuningdek, ularning chet elda ishlab chiqarish amaliyoti oʻtashini tashkil etish uchun xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlarini jalb etish choralarini koʻrish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar | 2020 — 2022-yillar | — | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) |
4-ILOVA
|
Xoʻjayev Botir Asadillayevich |
— |
iqtisodiyot va sanoat vaziri, Ishchi guruh rahbari |
|
Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich |
— |
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
|
Tursunov Yorqin Ergashevich |
— |
moliya vazirining oʻrinbosari |
|
Xodjayev Sherzod Hikmatullayevich |
— |
energetika vazirining oʻrinbosari |
|
Xidoyatov Sherzod Saidjanovich |
— |
qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
Vafayev Shuxrat Abdusharifovich |
— |
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari |
|
Umarov Olimjon Muxamadjanovich |
— |
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
Rajabbayev Sharof Raximberdiyevich |
— |
innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. |
|
Xoljigitov Gʻolib Ablakulovich |
— |
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori |
|
Djamalov Gʻofir Oribjanovich |
— |
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi |