O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining respublika hududlarini hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirish va ularga hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va sotish uchun ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktirish to‘g‘risidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaatiga asosan o‘ziga biriktirilgan hududlardan boshqa hududlarda faoliyat yurituvchi hunarmandlar mahsulotlarini chet elda namoyish etish va sotishda ham har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) bilan birgalikda respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali mazkur vakolatxonalar joylashgan va boshqa yirik shaharlarda hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini namoyish etish va sotish uchun milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, yangi bozorlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi “savdo uylari” va milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasining:
“Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi”ni (keyingi o‘rinlarda — Milliy katalog) joriy etish;
“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritish;
Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tanlash bo‘yicha kengashni (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tuzish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki:
a) Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar Kengash qarori asosida kiritiladi:
nufuzli xalqaro ko‘rgazma, ko‘rik-tanlov kabi tadbirlarda g‘olib yoki laureat sifatida e’tirof etilganlar;
tegishli sohada san’at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga egalar;
b) Reyestrga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “Hunarmand” uyushmasining quyidagi a’zolari kiritiladi:
turistik marshrutdagi manzil bo‘yicha o‘z ustaxonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvchilar;
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari, mahalliy va xorijiy savdo uylariga shartnoma asosida namoyish va sotish uchun qo‘yayotganlar;
Milliy katalogga kiritilganlar;
“Hunarmand” uyushmasining Badiiy kengashi tomonidan tavsiya etilganlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi va “Hunarmand” uyushmasi:
ikki hafta muddatda “Hunarmand” uyushmasi raisi rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi rahbarlari va mas’ul xodimlaridan iborat bo‘lgan Kengash tarkibini tasdiqlasin;
bir oy muddatda hunarmandlarni Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
“Hunarmand” uyushmasi 2020-yil 1-yanvardan boshlab Milliy katalogni ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt ko‘rinishida ishga tushirish choralarini ko‘rsin va doimiy ravishda yangilab borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
2020-yil 1-yanvarga qadar Reyestrning shakllantirilishini ta’minlasin;
2020-yil 1-martdan boshlab Reyestrni onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchi ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt ko‘rinishida ishga tushirish choralarini ko‘rsin va doimiy ravishda yangilab borsin.
7. 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
2023-yil 1-yanvarga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushumi 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq to‘lov stavkasi 2 foiz miqdorida to‘lanadi;
hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tishda to‘lanadigan davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida o‘rnatilsin;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlari.
Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilinsin;
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘rgazma zallari, galereyalar, pavilyonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish qilish va sotish uchun joylar ajratilishida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlik qo‘llanilsin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmoni bilan qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan yagona ijtimoiy to‘lovning 50 foizini to‘lash tartibi o‘rnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mazkur tartib 2020-yil 1-yanvardan boshlab shaharlarda ro‘yxatdan o‘tgan va aynan xalq amaliy san’ati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga tatbiq etilsin.
Bunda, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan bog‘liq bilimlar va ko‘nikmalar, an’anaviy asbob-anjomlardan foydalangan holda, asosan qo‘l mehnati usulida yaratilgan va qoida tariqasida milliy naqshlar bilan bezatilgan buyum va asarlar xalq amaliy san’ati mahsulotlari hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qaroriga muvofiq 2020-yil davomida hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi uchun 589,3 mlrd so‘m miqdorida (shundan, 470 mlrd so‘m (50 mln AQSH dollari) O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan) kreditlar ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larni yuqoridagi qarorning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisida belgilangan shartlarda ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
AT Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB ushbu manbalar hisobidan “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga, 2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, yillik 14 foiz stavkada 300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
10. “Hunarmand” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab hunarmandchilikka ixtisoslashgan hududlarda hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘quv kurslarini tashkil etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Hunarmand” uyushmasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar hunarmandchilik yo‘nalishida kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi ikki oy muddatda hunarmandlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo (shu jumladan mis, qora metall, ipak va yog‘och) bilan ta’minlashning qulay tizimini joriy etish hamda qayta tiklanadigan xomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraxtlar) bazasini yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga marketing sohasida doimiy amaliy yordam ko‘rsatsin va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yo‘nalishida keng qo‘llaniladigan Internet jahon axborot tarmog‘i veb-saytlari orqali sotilishida zarur tashkiliy ishlarni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
ikki oy muddatda yirik savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida alohida “hunarmandlar rastalari”ni tashkil etsin;
“Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan hunarmandlarni doimiy ravishda “hunarmandlar rastalari”ga joylashtirib borsin;
2020-yil yakuniga qadar tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarida milliy hunarmandchilikning barcha yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etadigan zamonaviy “hunarmandlar bozori”ni tashkil etsin;
hunarmandlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Suzuk ota” majmuasi misolida ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
2020-yil yakuniga qadar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrida xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma zallari va galereyalarini tashkil etsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “World craft council” xalqaro hunarmandchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda “Hunarmand” uyushmasining doimiy ishtirokini ta’minlash hamda ushbu xalqaro tashkilot bilan hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi tadbirlar uchun xalqaro tashkilotlarning texnik ko‘magini jalb qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsin.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi xalqaro tajribani muntazam o‘rganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilg‘or xorijiy tajribalarni O‘zbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
15. “Uzbekistan airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun yo‘l chiptalariga imtiyozlar qo‘llash tavsiya etilsin.
Bunda, xorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarda hunarmandlar ishtirok etishlari uchun zaruriy tashkiliy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’minlasin.
16. Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlarni Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020-yildan boshlab har chorakda ommaviy axborot vositalarida chop etib borilishini ta’minlasin.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda:
mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda tuman va shaharlarning hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2020-2021-yillarda hunarmandchilikni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqsin;
ishlab chiqilgan strategiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida taqdimot o‘tkazsin va tegishli tartibda tasdiqlasin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda an’anaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari turlarini qayta ko‘rib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
19. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
“Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati tarixi hamda bugungi rivojini keng targ‘ib qilib borish maqsadida “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalida muntazam namoyish etiladigan hunarmandchilikka oid teleko‘rsatuvlarni tashkil etsin;
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-noyabr,
PQ-4539-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PQ-4539-son qaroriga
1-ILOVA
Respublika hududlarini hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirish va ularga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktirish
RO‘YXATI

T/r

Hudud nomi

Biriktirilgan diplomatik vakolatxonalar

Tuman (shahar) nomi

Ixtisoslashuv yo‘nalishi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1. O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Elchixonasi

Xo‘jayli tumani

Metalldan yasalgan buyumlar

Chimboy tumani

Yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari

2.

Andijon viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Elchixonasi

Andijon shahri

O‘yinchoqlar

Paxtaobod tumani

Milliy poyabzal tayyorlash

Shahrixon tumani

Metalldan yasalgan buyumlar

3.

Buxoro viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi

Buxoro shahri

Kandakorlik, misgarlik buyumlari

G‘ijduvon tumani

Kashtachilik

Romitan tumani

Metalldan yasalgan buyumlar

4.

Jizzax viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi

Sh. Rashidov tumani

Milliy liboslar tayyorlash

G‘allaorol tumani

Yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari

Baxmal tumani

Qo‘lda gilam to‘qish

5.

Qashqadaryo viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasi

Shahrisabz shahri

Kashtachilik

Kasbi tumani

Chinni, fayans va sopol buyumlari

Chiroqchi tumani

Qo‘lda gilam to‘qish

6.

Navoiy viloyat

1. O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi

Nurota tumani

Kashtachilik

Uchquduq tumani

Qo‘lda gilam to‘qish

7.

Namangan viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi

Namangan shahri

Qo‘lda gazlamalar to‘qish, milliy poyabzal tikish

Chust tumani

Bosh kiyimlar tayyorlash

Kosonsoy tumani

Milliy liboslar tayyorlash

8.

Samarqand viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi

4. O‘zbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasidagi bosh konsulligi

Samarqand shahri

Miniatura, rang tasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar

Kattaqo‘rg‘on shahri

Zardo‘zlik buyumlari

Ishtixon tumani

Yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari

Urgut tumani

Milliy liboslar tayyorlash

9.

Surxondaryo viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

4. O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi

Termiz shahri

Qo‘lda gilam to‘qish

Boysun tumani

Kashtachilik

10.

Sirdaryo viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Elchixonasi

Guliston shahri

Metalldan yasalgan buyumlar

11.

Toshkent viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

4. O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Elchixonasi

Angren shahri

Qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlari

Chirchiq shahri

Tosh o‘ymakorligi

Zangiota tumani

Oddiy metallardan tayyorlangan milliy uslubdagi taqinchoqlar

12.

Farg‘ona viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Elchixonasi

Qo‘qon shahri

Yog‘och o‘ymakorligi

Marg‘ilon shahri

Qo‘lda gazlamalar to‘qish, ipak gilam to‘qish

Rishton tumani

Chinni, fayans va sopol buyumlar

13.

Xorazm viloyati

1. O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Elchixonasi

Urganch shahri

Qo‘lda gilam to‘qish

Xiva tumani

Yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari

14.

Toshkent shahri

1. O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasi

2. O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasi

3. O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasi

Shayxontohur tumani

Yog‘och o‘ymakorligi

Uchtepa tumani

Ganch o‘ymakorligi

Olmazor tumani

Milliy poyabzal tayyorlash

Chilonzor tumani

Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PQ-4539-son qaroriga
2-ILOVA
2020-yilda respublika hududlarida “hunarmandlar bozori”ni tashkil etish
CHORA-TADBIRLARI

T/r

Hudud

Tuman (shahar)

Manzili

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri

“Gone qal’a” MFY

2020-yil 1-iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev),

Nukus shahar hokimligi (Tureshev),

Chimboy tumani hokimligi (Yechanov),

Xo‘jayli tumani hokimligi (Yermashov)

Chimboy tumani

“Tazgara” OFY

2020-yil 1-iyul

Xo‘jayli tumani

“Samanko‘l” OFY, “Qamish sholi” aholi punkti

2020-yil 30-sentabr

2.

Andijon viloyati

Qo‘rg‘ontepa tumani

Mustaqillik ko‘chasi

2020-yil 31 dekabr

Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmanov),

Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi (Ergashev),

Paxtaobod tumani hokimligi (Bozorov),

Marhamat tumani hokimligi (Qamchiyev)

Paxtaobod tumani

“Z. Xabibiy” MFY

2020-yil 1-iyul

Marhamat tumani

Ipak yo‘li ko‘chasi

2020-yil 30-sentabr

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

Ibn Sino ko‘chasi

2020-yil 31 dekabr

Buxoro viloyati hokimligi (Barnoyev),
Buxoro shahar
hokimligi (Kamalov)

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

“O‘rda” bog‘i

2020-yil 1-iyul

Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev),

Jizzax shahar hokimligi (Shukurov)

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar

I. Karimov ko‘chasi, “Odina” tarixiy-me’moriy majmuasi hududi

2020-yil 1-iyul

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev),
Qarshi shahar
hokimligi (Xolboyev)

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahar

M. Tarobiy ko‘chasi 26-uy

2020-yil 31 dekabr

Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov),
Navoiy shahar
hokimligi (Bazarov),

Uchquduq tuman hokimligi (Hamroyev)

Uchquduq tumani

A. Temur ko‘chasi 9-uy

2020-yil 30-sentabr

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

“Ko‘zagarlik” ko‘chasi, “Mulla Qirg‘iz” tarixiy me’moriy majmuasi

2020-yil 1-iyul

Namangan viloyati hokimligi (Bozorov),
Namangan shahar
hokimligi (Abdurazakov),

Chust tumani hokimligi (Oxunov)

Chust tumani

“Chust dehqon bozori” MCHJ hududi

2020-yil 1-aprel

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

“Bibixonim” tarixiy-me’moriy majmuasi

2020-yil 30-sentabr

Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov),
Samarqand shahar
hokimligi (Oblaqulov)

9.

Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani

“Dexqonobod” MFY

2020-yil 31 dekabr

Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev),

Boyovut tuman hokimligi (Madaminov)

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

“Ibn Sino” ko‘chasi, “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozori

2020-yil 31 dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi (Bobolov),
Termiz shahar
hokimligi (Xudoyberdiyev)

11.

Xorazm viloyati

Xiva shahri

“Ichan Qal’a” MFY

2020-yil 1-iyul

Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov),

Xiva shahar hokimligi (Jumaniyazov)

12.

Farg‘ona viloyati

Rishton tumani

“To‘qimachi” ko‘chasi

2020-yil 30-sentabr

Farg‘ona viloyati hokimligi (G‘aniyev),
Rishton tumani
hokimligi (Soliyev),

Buvayda tumani hokimligi (Ibragimov)

Buvayda tumani

“Yangiqo‘rg‘on” paxta tozalash punkti

2020-yil 1-aprel

13.

Toshkent viloyati

Toshkent tumani

Toshkent xalqa yo‘li bo‘yi

2020-yil 1-iyul

Toshkent viloyati hokimligi (Xolmatov),
Toshkent tumani
hokimligi (Sulaymonov)

14.

Toshkent shahri

Shayxontohur tumani

Ko‘kaldosh madrasasidan “Islom sivilizatsiyasi markazi”gacha bo‘lgan hudud

2020-yil 1-aprel

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),
Shayxontohur tumani
hokimligi (To‘xtayev)

Izoh: Ushbu ilovada ko‘rsatilgan manzillar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bozor tashkil qilish uchun qulay bo‘lgan boshqa hudud bilan almashtirilishi mumkin;
YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari ularning loyihalari YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PQ-4539-son qaroriga
3-ILOVA
Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi

Ijro muddati

Amalga oshirish uchun mas’ullar:

vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Turizmni rivojlantirishda milliy hunarmandchilikning rolini oshirish

1.

“Hunarmand” uyushmasi raisi rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiyasi rahbarlari va mas’ul xodimlaridan iborat bo‘lgan Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tashlash bo‘yicha Kengash tarkibini tasdiqlash.

qaror qabul qilingan kundan ikki hafta muddatda

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qo‘chqorov, A. Ortiqov, B. Axmedov

2.

Hunarmandlarni Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qo‘chqorov, A. Ortiqov, B. Axmedov

3.

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash.

qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev

4.

“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni shakllantirish.

2020-yil 1-yanvar

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev

5.

“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchan ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt ko‘rinishida ishga tushirish.

2020-yil 1-mart

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev

II. Hunarmandlarni davlat tomonidan imtiyozlar berish va qulayliklar yaratish orqali qo‘llab-quvvatlash

6.

“Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi”ga va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun kalend��r yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) sotishdan olgan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan yagona soliq to‘lovini 2 foiz stavkada undirib borish.

2020 ― 2022-yillarda

Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qo‘chqorov, A. Ortiqov, B. Axmedov

7.

Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tishda davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat bojidan 50 foiz miqdorida undirish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (X. Turaxujayev)

J. Qo‘chqorov, D. Kalandarov, A. Ortiqov

8.

“Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi”ga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish yuzasidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

J. Qo‘chqorov, A. Ortiqov

9.

Ko‘rgazma zallari, galereyalar, pavilyonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish va sotish uchun joylar ajratilishida “Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi”ga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlikni qo‘llash.

doimiy

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

A. Ramatov, A. Abduxakimov, E. Ganiyev, B. Axmedov, Sh. Abidov

10.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni bilan qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan yagona ijtimoiy to‘lovning 50 foizini to‘lash tartibini shaharlarda ro‘yxatdan o‘tgan va aynan xalq amaliy san’ati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga tatbiq etish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab

Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

J. Qo‘chqorov, A. Ortiqov

III. “Usta-shogird” an’analari asosida hunar o‘rgatish tizimini takomillashtirish

11.

Hunarmandchilikka ixtisoslashgan hududlarda hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘quv kurslarini tashkil etish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

“Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

A. Abduxakimov, J. Qo‘chqorov, B. Axmedov, K. Rizayev, A. Ortiqov

12.

Hunarmandchilik yo‘nalishida kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash.

2020-yil 1-may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev

13.

“Mehribonlik uylari”da Milliy katalogdagi hunarmandlarni jalb etgan holda “usta-shogird” an’anasiga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini joriy etish.

2020-yil 1-martdan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev, A. Ortiqov

14.

Hunarmandlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo (shu jumladan mis, qora metall, ipak va yog‘och) bilan ta’minlashning qulay tizimini joriy etish hamda qayta tiklanadigan xomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraxtlar) bazasini yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N. Bakirov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qo‘chqorov, A. Ortiqov

IV. Mahsulot sotish va yangi bozorlarni o‘zlashtirishda hunarmandlarga qulayliklar yaratish

15.

Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun marketing sohasida doimiy amaliy yordam ko‘rsatish va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yo‘nalishida keng qo‘llaniladigan Internet jahon axborot tarmog‘i veb-saytlari orqali sotishni tashkil etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish.

doimiy

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)

J. Qo‘chqorov, S. Abdullayev, A. Ortiqov

16.

Savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida alohida “hunarmandlar rastalari”ni tashkil etish.

qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

A. Ramatov, A. Vaxabov, Sh. Abidov, A. Ravshanov

17.

“Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan hunarmandlarni “hunarmandlar rastalari”ga joylashtirib borish.

doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

A. Ramatov, Sh. Abidov, A. Ortiqov

18.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma zallari va galereyalarini tashkil etish.

2020-yil yakuniga qadar

Qoraqalpo?iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Ramatov, Sh. Abidov, B. Axmedov, A. Ortiqov

19.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlarda milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, yangi bozorlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi “savdo uylari” va milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (D. Axatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

E. Ganiyev, D. Turgunov, A. Ortiqov

20.

“World craft council” xalqaro hunarmandchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda “Hunarmand” uyushmasining doimiy qatnashishini ta’minlashga hamda ushbu xalqaro tashkilot bilan hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi tadbirlar uchun xalqaro tashkilotlarning texnik ko‘magini jalb qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqish.

qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (D. Axatov)

J. Qo‘chqorov, E. Ganiyev, A. Ortiqov, D. Turgunov

21.

Hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi xalqaro tajribani muntazam o‘rganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilg‘or xorijiy tajribalarni O‘zbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish.

doimiy

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qo‘chqorov, E. Ganiyev, A. Ortiqov, D. Turgunov

22.

Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendini ishlab chiqish va xalqaro miqyosda tanitish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2020-yil 1-fevral

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)

J. Qo‘chqorov, A. Ortiqov, K. Rizayev, D. Turgunov

23.

Nufuzli xalqaro festival va ko‘rgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali hunarmandlarning ko‘rgazma va festivallarda qatnashishlari uchun zaruriy tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish.

doimiy

Tashqi ishlar vazirligi (D. Axatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

Sh. Sulaymonov, A. Ortiqov

24.

An’anaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari turlarini qayta ko‘rib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Ab�uxakimov, B. Axmedov, A. Ortiqov

V. Milliy hunarmandchilikni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish

25.

Ommaviy axborot vositalarida hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati tarixi hamda bugungi rivojini keng targ‘ib etish maqsadida “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalida hunarmandchilikka oid muntazam namoyish etiladigan teleko‘rsatuvni tashkil etish.

doimiy

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, B. Axmedov, A. Ortiqov

26.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qaror mazmun va mohiyatining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

doimiy

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, B. Axmedov, A. Ortiqov

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 07/19/4539/4094-son; 24.03.2021-y., 07/21/5033/0227-son, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)