Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash ishlari samaradorligini yanada oshirish, yong‘inlarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof tabiiy muhitga yetkazadigan og‘ir oqibatlarining oldini olish, shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi qonun hujjatlariga hamda diagnostika va davolash standartlariga, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan mas’uliyatni oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar hamda mavzu bo‘yicha teleko‘rsatuvlarni tashkil etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu Farmon 2020-yil 1-martdan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-noyabr,
PF-5884-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5884-son Farmoniga
ILOVA
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

10.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha:

uch oyda ko‘pi bilan bir marotaba — umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi
va iste’molchilarni vodoprovod suvi bilan ta’minlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan;

olti oyda ko‘pi bilan bir marotaba — qonun hujjatlariga ko‘ra xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi;

bir yilda ko‘pi bilan bir marotaba — aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi

1 kun

.

2. Quyidagi mazmundagi 101-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

101.

Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda ko‘pi bilan bir marotaba (qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar bo‘lgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi

5
kundan oshmagan holda

.

3. 15-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan ro‘yxatga muvofiq, avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan nazorat tadbirlari.

Sanoat xavfsizligi
davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari
va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
va Favqulodda vaziyatlar vazirligi
bilan birga

1 kun

.

4. Quyidagi mazmundagi 32-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

32.

Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan yong‘in xavfliligiga ko‘ra obyektlar bo‘yicha quyidagi muddatlarda:

birinchi guruhga kiradigan obyektlarda — bir yilda ko‘pi bilan bir marta;

ikkinchi guruhga kiradigan obyektlarda — ikki yilda ko‘pi bilan bir marta;

uchinchi guruhga kiradigan obyektlarda — uch yilda ko‘pi bilan bir marta yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10 kundan

oshmagan

holda

.

5. Izohning uchinchi xatboshisidagi “19 va 31-bandlarda” so‘zlari “19, 31 va 32-bandlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son)