Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA SANOATINI RIVOJLANTIRISHNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vatanimiz tibbiyot va farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirishni taʼminlash, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar ishlab chiqarish sohasini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzfarmsanoat” konserni, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy investorlarni jalb etgan holda “Oʻzfarmsanoat” konsernining importning oʻrnini bosuvchi dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqsin hamda uni respublikaning 1997-yilgi investitsiya dasturiga kiritsin.
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi “Oʻzfarmsanoat” konserni bilan birgalikda oʻziga qarashli korxonalarning mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalangan holda mahalliy oʻsimlik xom ashyosi va texnologiyalar asosida dori-darmon vositalari substansiyalarini sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “Agrobank” ATBga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklariga tibbiyot va farmatsevtika sanoati korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash maqsadlari uchun ustuvor tartibda imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
4. Vatanimiz tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni iqtisodiy ragʻbatlantirish maqsadida:
“Oʻzfarmsanoat” konserni korxonalari va tashkilotlariga soliqlarning barcha turlari boʻyicha budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan summaning 50 foizi miqdorida 3 yil muddatga imtiyozlar berilsin, ushbu summa farmatsevtika industriyasini rivojlantirishga yoʻnaltirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 11-son, 143-modda)
“Oʻzfarmsanoat” konserni korxonalari, shu jumladan qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqishda importdan olinayotgan xom ashyo va butlovchi materiallar qiymati 3 yil muddatga soliq solinadigan bazadan chiqarilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-noyabrdagi 490-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Asosiy dori vositalari roʻyxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlasin;
Asosiy dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar roʻyxatiga kiritilgan tibbiy buyumlarning davlat buyurtmasini shakllantirsin va ularning davlat tibbiyot muassasalarida bir oylik zaxirasi mavjud boʻlishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
 LexUZ sharhi
(6-bandga kiritilgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markazlashtirilgan kapital mablagʻlar va moddiy resurslar limitlari prognozlarini, qurilishning aniq maqsadli dasturlarini tuzishda tibbiyot va farmatsevtika sanoati obyektlari ularga birinchi navbatda kiritilishini nazarda tutsinlar.
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi har yili tibbiy bogʻlash materiallarini kooperatsiya asosida qayta ishlash va oʻzimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun “Oʻzfarmsanoat” konserniga paxta tolasi limitlarini nazarda tutsinlar.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga, dori-darmon xom ashyosi, tayyor dori-darmon vositalari, tibbiy anjomlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablagʻlarini jalb etish ishlarini tashkil etsinlar.
10. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi ulgurji operatsiyalar boʻyicha dori vositalari, tibbiy buyumlar xarid qilishga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlari ustuvor konvertatsiya qilinishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
 LexUZ sharhi
(10-bandga kiritilgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan eʼtiboran kuchga kiradi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga 5-ilovaning “Dori-darmon vositalari” 1-bandidan TIF TN 3003 va 3004 tovar kodlari chiqarib tashlansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S. Saidqosimov va B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 14-avgust,
283-son