Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-avgustdagi OʻRQ-559-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)
Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-avgustdagi OʻRQ-559-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
937-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 43-son, 530-modda):
a) 1-ilovaning 71-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“71. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni koʻpaytirish yuzasidan jamoatchilik nazorati fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”;
b) 2-ilovaning 114-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“114. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ularni qayta koʻpaytirish, muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazorati — fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:
a) 3-bandga “Oʻzbekiston Respublikasining” soʻzlaridan keyin “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Jamoatchilik ekologik nazorati:
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
ommaviy axborot vositalari;
nodavlat notijorat tashkilotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (keyingi oʻrinlarda fuqarolar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
v) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida hamda ushbu Namunaviy nizomning 5-bandida sanab oʻtilgan tamoyillar bilan bir qatorda demokratizm, ijtimoiy adolat, mustaqillik, jamoatchilik asosidagi oʻzaro yordam, mahalliy urf-odatlar va anʼanalar taʼminlanishi kerak”;
g) 21-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 22-bandning birinchi xatboshidagi “oʻz ustavlariga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 25-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari” soʻzlari “Fuqarolar” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 39-son, 780-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 47-bandidagi “Fuqarolarning” soʻzi “Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalarining 55-bandidagi “Fuqarolarning” soʻzi “Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalarining 46-bandidagi “Fuqarolarning” soʻzi “Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son)